TARIXIY XOTIRANI SHAKLLANTIRISHDA MA’NAVIY OMILLARNING O‘RNI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
38,3 KB
1
TARIXIY XOTIRANI SHAKLLANTIRISHDA MA’NAVIY
OMILLARNING O‘RNI
Mundarija
Kirish……………………………………………………………….……….3
I BOB. Ma’naviyatning shakllanish tarixi va bosqichlari
1.1. Milliy ma’naviyatning rivojlanish
qonuniyatlari………………….…….5
1.2. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar……………………….8
II.Bob. Tarixiy xotirani shakllantirishda ma’naviy omillarning o’rni.
2.1. Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy boyliklar millat ma’naviyatini
shakllantiradigan asosiy omil sifatida………………………………………..……15
2.2. Mustaqillik davrida ma’naviyatning takomili va muammolari……..…20
Xulosa…………………………………………………………..………….27
Foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati………………………………………29
2
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi.
Milliy
qadriyatlarimiz,
urf-odatlarimiz
va
an'analarimiz
qayta
tiklanib,
yanada
rivojlangandagina
jamiyatimizda
o’tkazilayotgan islohatlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma'naviy
barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega
insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’ta oladi. Shunday ekan,
xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini chuqur va
atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga
singdirib, ayniqsa yosh avlodni ma'naviy etuk, fidoyi etib tarbiyalash hozirgi kunda
eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Mavzuning ahamiyati. Ma’naviyat inson ko‘rki bo‘lib, uning ichki va tashqi
dunyosida namoyon bo‘ladi. Bu ruh va aql bilan uzviy bog‘liqdir. Jahon
falsafasining tarkibiy qismi bo‘lgan Sharq falsafasida inson vujudida ikki qarama-
qarshi asos – modda va ruh dialektik bog‘liqlikda ekanligi va u inson mohiyatini
belgilashda bosh ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanadi. Inson o‘z aql-zakovati
bilan bu ikki asosni boshqarib hamda nazorat qilib turadi.
Kurs ishining obyekti: Milliy ruxiyat- millatning ichki xolati, kechinmalari,
xis-tuyg’ulari, ma’naviy dunyosi, uy-fikrlari, maqsad va maslaklari hamda
kayfiyatlari bilan bog’liq mulohazalari majmuidir.
Kurs ishining predmeti: Ma’naviyatning shakllanish tarixi va bosqichlari,
Milliy ma’naviyatning rivojlanish qonuniyatlari, Ma’naviyatni shakllantiradigan
asosiy mezonlar, Tarixiy xotirani shakllantirishda ma’naviy omillarning o’rni,
Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy boyliklar millat ma’naviyatini shakllantiradigan
asosiy omil sifatida hamda Mustaqillik davrida ma’naviyatning takomili va
muammolaridan iborat.
3
Kurs ishining maqsadi: Kurs ishining asosiy tarixiy xotirani shakllantirishda
ma’naviy omillarning o’rni va o’ranilish yo’llariga yechim topishdir.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, har biri ikki paragrafdan iborat ikkita
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
4
I.Bob.Ma’naviyatning shakllanish tarixi va bosqichlari.
I.1.Milliy ma’naviyatning rivojlanish qonuniyatlari.
Milliy ma’naviyatimizning tarixiy takomil jarayoni o’ta murakkab hodisa
bo’lib, uni chuqur va hartaraflama tadqiq etish uchun birnecha avlod jiddiy
terto’kishi kerak bo’ladi. Bizning ushbu qisqa kursdan maqsadimiz esa hadd-
ulimkon bu yo’ldagi dastlabki urinish bo’lib, faqat milliy ma’naviyatimizningtarixiy
takomil jarayoniga engil bir nazar tashlab o’tish harakati sifatida baholashmumkin.
Albatta, barcha asosiy jihatlarni qamrab olish qiyin. Masalan, xalqog’zaki ijodi deb
ataluvchi behudud ma’naviyat ummoni haqida, ko’chmanchilikmadaniyatida aks
etgan ma’naviyat unsurlari haqida maxsus to’xtalish imkoninitopmadik. Urf-
odatlarimiz, marosimlarimiz ma’naviyatining tarixiy takomilihaqida ham maxsus
tadqiqotlar lozim. Biz asosan yozma merosga tayandik, ammoshu ham to’liq
qamrovda emas. Albatta, qo’limizdan kelganicha, aqlimiz etganichaharakat qildik.
Insoniyat tarixiy takomili hozirgi Evropa ilmida 4 asosiy davrga ajratiladi:
1. Ibtidoiy jamoa. 2. Qadimgi dunyo. 3. O’rta asrlar. 4. Yangi davr.
Ammo qadimshunoslar (arxeolog va paleontologlar) masalaga birozo’zgacha
qaraydilar. Ular 1) tosh asri, 2) bronza asri, 3) temir asri, deb ibtidoiyjamoa va
qadimgi dunyoni uch bosqichga bo’lib o’rganadilar.1
Yuqorida
ham
aytib
o’tilganidek,
har
bir
xalq
ma’naviyatining
rivojlanishtarixi turli sabablarga ko’ra o’ziga xos qonuniyatlarga ega bo’ladi.
Bundan tashqarima’naviyatimizning tarixiy takomil jarayoni siyosiy tarixdan ham,
iqtisodiymunosabatlarning rivojlanish bosqichlaridan ham, madaniyat tarixidan
hammuayyan darajada farq qiladi. Bugungi kun jahon ilmining tajribasi
ko’rsatibturibdiki, avvalo, yaxlit tarixiy-ma’naviy jarayonning har qanday tasnifi
1 J.Rahimov J.«Ma’naviyat asoslari». O‘quv qo‘llanma, Т.: TDYU, 2009.
5
shartli va noto’liq bo’lishi o’z-o’zidan ma’lum. Ammo, baribir, bu borada qandaydir
o’zaktomirlar, asosiy bo’g’inlar ajratib olinmasa, umuman ilmiy mulohaza
yuritibbo’lmaydi.
Milliy
ma’naviyatimizning
tarixiy
takomili
o’lkamiz
xalqlari
madaniytaraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog’liq va ushbu sahnda yuz beruvchi
hodisadir. Faqat madaniy taraqqiyot o’ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini
tashkil etsa, millatning ma’naviy kamoloti bugungi kungacha o’z dolzarbligini
saqlabkelayotgan asosiy o’zak unsurlarga tayangan holda belgilanadi. Shu sababli
milliyma’naviyatimizning necha ming yillik takomilini birqator mavjud
alomatlargako’ra dastlabki tarzda uch asosiy davrga ajratib ko’zdan kechirishni
maqbul bildik:
1. Islomgacha milliy ma’naviyatimizning shakllanishi.
2. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimiz takomili.
3. Yangi davrda jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz nisbati.
Bu davrlar o’z ichiga olgan muddatlariga ko’ra o’zaro aslo teng emas. Birinchi
davr necha ming yilni qamrasa, ikkinchi davr 8-9 asrni o’z ichiga oladi, uchinchi
davr esa bizning o’lkamiz - Turkiston uchun 5 asr chamasi davom etib, oxirgi 200
yili ko’proq fojialarga to’liq bo’ldi.2
Ushbu davrlashtirishning asosida ko’proq tashqi belgilar yotadi. Ularningeng
muhimi
manbalar
ahvoli
bilan
bog’liq.
Islomgacha
ma’naviyatimiz
takomilihaqidagi
eng
muhim
manbalar
o’lkamizning
bugungi
milliy
hududlaridantashqarida topilgan bo’lib, asl matnlarning yaxlit va nisbatan
mukammallari«Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklardir. Ikkinchi qismi bilvosita
2 Xo‘jamurodov N. Ma’naviy qadryatlar va milliy o‘zlikni anglash, Т.: «Fan», 1991
6
ma’lumotlarbo’lib, qadim Shumer, Bobil va Ashshur, qadimgi Misr va Yunon, Hind
va Xitoymanbalarida, Eron shohanshohlaridan qolgan toshbitiklarda aks etgandir.
Uchinchiguruh manbalar arxeologik yodgorliklar bo’lib, ular bevosita yurtimiz
hududidanyoki atrof-mintaqadan topilgan moddiy ashyolar va inshootlar bilan
bog’liq. To’rtinchi guruh manbalar so’nggi davrlargacha og’zaki an’ana holida etib
kelganxalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o’yinlar, bayramlar, xurofiy irim-
sirimlarbo’lib, ular yuzasidan uzil-kesil xulosalar chiqarish, ayniqsa, murakkabdir.
Umuman, bunday turli guruh manbalar o’zaro jiddiy qiyosiy tahlilni
talabqiladi va oxir-natijada ham ko’pincha muayyan darajada taxminiy
xulosalarchiqariladi. Islomgacha ma’naviyat haqidagi tasavvurlarimiz, shu
sabablarga ko’ra, baribir uzil-kesil bo’lishi qiyin va qancha qadim zamonlarga kirib
borsak, shuqadar tarixiy haqiqat va afsonalar qorishib, chatishib ketadi.
Islom davri manbalari qadim davrga nisbatan beqiyos darajada boy
vaishonchliroqdir.
Islom
davridan
boshlab,
aytish
mumkinki,
masalaga
ilmiyyondoshuv
imkoni
jiddiy
tarzda
oshadi
va
millatning
ma’naviy
kamolotbosqichlari mintaqa madaniyati doirasida aniq tarixiylik kasb etadi.3
Uchinchi davr bizga eng yaqin bo’lgani sababli uni o’rganish masalalari
tadqiqotchilarning ancha keng doirasini qamrab olgan, chunki manbalar asosan
o’zbek, rus va qisman boshqa qardosh xalqlar tillarida saqlanganligidan bu sohada
imkoniyatlar etarli. Mustaqillikkacha ba’zi arxivlar davlat siri hisoblanib,
tadqiqotchilar nazaridan pinhon tutilgan bo’lsa, bugun ularning eshiklari ochildi va
tabiiyki, matbuotimizdagi eng ko’p nashrlar ushbu Yangi davr ma’naviyati
muammolariga aloqador bo’lmoqda.
3 J.Rahimov J.«Ma’naviyat asoslari». O‘quv qo‘llanma, Т.: TDYU, 2009.
7
1.2.Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan,
uning
dunyoqarashi,
tafakkur
tarzini
muayyan
yo‘nalishga
soladigan,
o‘zgartiradigan, jamiyat hamda millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar,
an’analar,
qadriyatlar,
meros,
turmush
tarzi,
g‘oyalar
va
qarashlarni
umumlashtiruvchi tushuncha.4
Ushbu tushunchaning mazmun-mohiyati Prezidentimiz Islom Karimovning
«Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida chuqur va har tomonlama asoslab
berilgan.Mazkur asarga tayangan holda ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlarni
shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruhga millat, xalq,
davlatchilik, madaniyat, me’moriy yodgorliklar, qishloq va suv xo‘jaligi bilan
bog'liq agrar madaniy an’analar, geografik shart-sharoitga aloqador tarixiy
munosabatni ifodalovchi moddiy meros kiradi; ikkinchi guruhga xalqimizga xos bir
necha ming yillik diniy e’tiqod, ta’lim-tarbiya, shuningdek, barcha ilm-fan sohalari
va ular rivojida muhim o‘rin tutgan mutafakkirlar va ularning asarlari, xalq ijodini
qamrab oluvchi madaniy meros; uchinchi guruhga xalqimizga xos an’analar, urf-
odatlar, marosimlar, bayramlar, turmush tarzi bilan bog‘liq boshqa madaniy omillar;
to‘rtinchi guruhga xalq qadriyatlari, tafakkur tarzi, mafkurasi, xalqqa xos ma’naviy
xususiyatlar, g‘oyalar, ruhiyat va o‘zaro ijtimoiy munosabatlar; beshinchi guruhga
hozirgi jamiyatimizda bevosita amaliy faoliyat yuritayotgan, inson tarbiyasida katta
ta’sirga ega umuman, ma’naviy dunyoqarash shakllanishida bosh rol o‘ynaydigan
ta’lim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari, kutubxona, teatr, san’at
saroylari
va
shu
kabi
boshqa
ma’naviy
ta’lim
vositalarini
kiritish
4 Xo‘jamurodov N. Ma’naviy qadryatlar va milliy o‘zlikni anglash, Т.: «Fan», 1991
8
mumkin.Ma’naviyatni yuksaltirish masalasi har bir davr va jamiyatga xos bo‘lib,
bunda davlat va jamiyat oldida ma’naviyatni shakllantiradigan va unga ta’sir
o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada
qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olish maqsadi ham yotadi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «Har qaysi xalq yoki millatningma’naviyatini
uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari,hayotiy qadriyatlaridan ayri holda
tasawur etib bo‘lmaydi. Buborada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar,
ko‘hnatarixiy
yodgorliklar
eng
muhim
omillardan
biri
bo‘lib
xizmat
qiladi»5.Masalan, shu zamindan yetishib chiqqan buyuk zotlar, olimu ulamolar,
siyosatchi va sarkardalar, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy
qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan
bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida xizmatlari katta.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan
murakkab suv inshooatlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan
osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik
madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan
dalolat beradi va mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan dunyo me’morchilik
muzeyiga aylangan Samarqand, Xiva, Buxoro shaharlari va to‘rt mingdan ziyod
moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida
YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikmi tasdiqlaydi.
Bunday o‘lmas osori-atiqalar bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan
buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi va tabiiyki, insonning
ma’naviy dunyosini shakllantirishda qanday kuchli ta’sirga ega bo'lganini bildiradi.
5 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.T.:”Ma’naviyat” 2008.29-30-betlar.
9
Milliy ma’naviyatimizda xalq og‘zaki ijodi ham muhim o‘rin tutib, u
millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, uni avlodlardan avlodlarga o‘tkazib,
tarix sinovlaridan eson-omon chiqarib, o‘zligini saqlab kelayotgan el-yurtimizni
chuqur anglash, insonga xos ezgu fazilatlarini o‘zida ifoda etadi.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan biri bo‘lgan din azaldan inson
ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va
haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzularini o‘zida mujassam etgan, ularni
barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g'oya va qarashlaming yaxlit
bir tizimidir. Har bir ilmiy y a n g ilik , yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va
dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyat mezonlari shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir
o‘tkazadi.Prezidentimiz Islom Karimov «Har qaysi millatning o‘ziga xos
ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning оʼrni va
ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy
tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida sh akllanad i. Bolaning
xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar -
yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi
muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir».6Oila
muhitida paydo boiadigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi u m rbod qarzdorlik
burchi kabi odamiylik faziiatlari va oilaviy m u n osab atlarn in g negizi, oilaning
ma’naviy olamini tashkil etadi. Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar haqida
so‘z ketganda, mahallaning o‘mi va ta’siri xususida to‘xtalish zarur. Ma’lumki,
o‘zbek mahallalari azaldan chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib keladi.
O'zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar
6 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.T.:”Ma’naviyat” 2008.52-bet.
10
holidan xabar olish, to‘y hashar va ma’rakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat
o'tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos
urf-odat va an’analar, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.
Bu borada barchamiz uchun Prezidentimizning quyidagi fikrlari qadrli
«Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqaruv tizimining bu noyob usuli q ad im -q ad im
d an odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur joy egallagani
bejiz emas. «Mahalla - ham ota, ham ona» degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy
haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz. Har qaysi xonadon, butun el-yurtdagi
ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo'lsak, kishi, bu boradagi haqiqiy
manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol
ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz».
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan yana biri ilmu ma’rifat, ta’lim-
tarbiya bo‘lib, ularga inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va
garovi sifatida qaralgan. Kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, xalqning
ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarning bugun qanday ta’Iim va tarbiya olishiga
bogʼliq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida,
awalo, shaxsni ko‘rishi zarur.
Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarni mustaqil va keng
fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazish ishi ta lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lib qoladi. Bu
esa ta’Iim va tarbiya ishini uzluksiz va uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham
mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta’Iim va tarbiya, ilm-fan, kasb-
hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e’tibor qaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida
11
maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlashga e’tibomi kuchaytirish muhim va jiddiy masalaga aylangan.
Ma’naviyat inson ko‘rki bo‘lib, uning ichki va tashqi dunyosida namoyon
bo‘ladi. Bu ruh va aql bilan uzviy bog‘liqdir. Jahon falsafasining tarkibiy qismi
bo‘lgan Sharq falsafasida inson vujudida ikki qarama-qarshi asos – modda va ruh
dialektik bog‘liqlikda ekanligi va u inson mohiyatini belgilashda bosh ahamiyat kasb
etishi alohida ta’kidlanadi. Inson o‘z aql-zakovati bilan bu ikki asosni boshqarib
hamda nazorat qilib turadi. Birinchi asos – inson tanasi, jismining ehtiyojidir. Tana
moddiy bo‘lganligi tufayli uning ehtiyojlari ham moddiydir. Inson moddiy dunyoda
yashar ekan, tabiatning boshqa jonli mavjudotlaridan farqi mehnat qilish jarayonida
u o‘z aqlidrokini maqsadini amalga oshirish uchun harakat qiladi. Yaqin yillargacha
moddiylik falsafasi aql-zakovatimizni, iste’dodu salohiyatimizni tanamiz ehtiyojlari,
nafsimiz yo‘liga xizmat qildirdi. Inson vujudidagi ikkinchi asos – ruh ham o‘z
ehtiyojiga egadir. Bu insonning o‘z mohiyatini anglash ehtiyojidir. Sharq falsafasida
bu ma’naviy ehtiyoj yoki imon deb ataladi. Imon (ma’naviy ehtiyoj) – insonni inson
qiladigan, uning hayotini go‘zallashtiradigan fazilatdir. Bu ehtiyojni qondirish
uchun ham inson mehnat qiladi, izlanadi va o‘z ma’naviy qiyofasini yaratadi.
Insonning shu bugunga qadar yaratgan jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarining
negizi aynan shu ikki asosga: modda va ruhga tayangan ehtiyojlardir. Inson
vujudidagi bu ikki asos tarbiyaga va parvarishga muhtoj. Tarbiya va parvarish orqali
bu ikki asosning inson vujudida muvozanati saqlanadi, mutanosibligi ta’minlanadi.
Imonning yetilishi insonning ma’naviy-ruhiy jihatdan yuksalishi, o‘z-o‘zini anglab
yetishi, komil shaxs darajasiga ko‘tarilishidir. Mustaqilligimiz tufayli erishgan eng
katta va eng muhim imkoniyatlardan yana biri fan bilan dinni, ilmiy dunyoqarash
bilan bir-biriga dushman deb qaraydigan tushunchalardan xalos bo‘lganimizdir.
Umumjahon, jumladan, Sharq falsafasining tub mohiyati ilm-fan erishgan yutuqlar
12
bilan diniy tushunchalarni uyg‘unlashtirish, ularning bog‘liqligini ochib berishdir.
Islom falsafasi insonni jismoniy va ruhiy borliq deb qarab, uning o‘tkinchi va mangu
hayoti mavjud ekanligini uqtiradi. Insonni inson etgan uning tanasi emas, balki
ruhidir. O‘lim tanani yashashdan to‘xtatadi, uni jasadga aylantiradi, shaxsiyatidan
ajratadi. Inson tanasi foniy, o‘tkinchi, o‘zgaruvchi, mavh bo‘luvchi shaklda
yaratilgan. Islom falsafasida ruh boqiydir, o‘lmasdir, buni tushunmagan va inkor
etganlar bilimsizdir, deb ta’kidlanadi. Ma’naviyati qashshoq yoki ma’naviyatdan
mahrum bo‘lgan odamdan biror narsa kutish aslo mumkin emas. Chunki u yaxshilik
va ezgulik haqida umuman o‘ylamaydi. Atrofiga va hatto ota-onasi, qarindosh-
urug‘lari taqdiriga ham befarq, loqayd holda shunchaki yashaydi. Yuksak
ma’naviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, qayg‘uradi. Zotan
mustaqil yosh mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak barkamol
insonlar zarur. Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat –
kelajak poydevori” degan hikmatli shiorni yanada balandroq ko‘tardiki, yuksak
ma’naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun
muhim va zurur tamoyillardan biridir. Ruhning poklanishi qurilayotgan huquqiy
demokratik davlatimizning ajralmas ma’naviy-axloqiy tamoyili hisoblanadi. huddi
shu g‘oya islom dini va tasavvuf ilmida ilgari surilgan. Ma’naviyat milliy
xususiyatga ega ekanini hech qachon unutmaslik kerak. Ma’naviyat milliy urf-
odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, qadriyatlari, din, e’tiqod, madaniy-
ma’rifiy,
ijtimoiy-didaktik,
falsafiy-pedagogik
qarashlar,
ruhiy-psixologik
jarayonlar va shu kabilar majmuasidir. Mustaqillik yillarida bu borada olib borilgan
tadqiqotlar natijasi o‘laroq, ma’naviyatning quyidagi tarkibiy qismlari aniqlandi:
madaniy-ma’rifiy yuksaklik; ijtimoiy-didaktik taraqqiyot; falsafiy-pedagogik
o‘sish; imon-e’tiqodning butunligi; milliy axloq-odob me’yorlariga to‘la rioya
qilish; ilm-ma’rifatli bo‘lish; insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik,
13
adolatparvarlik; milliy qadriyatlarga muhabbat; fidoyilik, mardlik, jasurlik,
tashabbuskorlik; poklanish; islom diniga e’tiqod; Vatan va xalq mustaqilligini
doimiy himoya qilish va unga xizmat qilish; ajdodlar va ularning merosiga chuqur
hurmat va shu kabilar.
14
II.Bob.Tarixiy xotirani shakllantirishda ma’naviy omillarning o’rni.
2.1.Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy boyliklar millat ma’naviyatini
shakllantiradigan asosiy omil sifatida
Mustaqillik davrida O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning bevosita
tashabbusi bilan barcha darajadagi ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” alohida
vamaxsus fan sifatida o’qitila boshlandi. Keyinchalik shu sohada kadr
tayyorlashmasalasi yo’lga qo’yilishi munosabati bilan oxirgi yillarda bu fan ham
tarmoqlanib, “Ma’naviyatning diniy asoslari”, “Axloqning ma’naviy asoslari”,
“San’atning ma’naviy asoslari”, “Oila ma’naviyati” “Milliy mustaqillik
vama’naviyat” kabi yangi-yangi kurslar maxsus yo’nalishning bakalavriat
vamagistrlik o’quv rejalariga kiritilmoqda. Shulardan biri, balki eng muhimi
“Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” kursidir. “Nega eng muhimi?” degan savol
tug’ilishi mumkin. Nazarimizda, suhbatni ushbu savolga javob qidirishdan boshlash
kerak bo’ladi.Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson mohiyati
moddiyat vama’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh
yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlarining o’ziga xos ma’naviy olami
mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda
o’zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Lekin
ma’naviyathodisasini tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni
rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham
sezilmoqda. Masalan, O’zbekistonda barcha oliy o’quv yurtlarida“Ma’naviyat
asoslari” maxsus fan sifatida 1997-yildan o’qitila boshlagan bo’lsa, shundan beri bu
mavzuda qator tadqiqotlar, o’quvqo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlandi va
nashr
etildi.
Ularning
har
biri
fan
rivojiga
ozmi-ko’pmi
muayyan
hissaqo’shganligini inkor etmagan holda, tan olish kerakki, ma’naviyat
hodisasiningmohiyatini teran ochib beruvchi, sohaning ko’pchilik xodimlarini har
15
jihatdanqoniqtira olgan ta’riflar hanuz keng iste’molga kirmadi. Buning turli
sabablari bor. Ammo, bizning nazarimizda, eng birinchi sabab shu kungacha
millatma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar biror kitobda aniq
belgilabolinmaganida edi. Ayni shu vazifa O’zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida birinchi marta aniq va
mukammalamalga oshirildi.
Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs
ma’naviyati va millat ma’naviyati. Ma’naviyat ko’ngil ko’zgusidan taralgan nur, u
inson qalbida yashiringan. Demak, ma’naviyatni tadqiq etish aslida Shaxs
ma’naviyatini o’rganishdan boshlanmog’i zarurdek ko’rinadi. Darhaqiqat, har bir
insonning ma’naviy dunyosi o’ziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir
insonmuayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi,
muayyan bir millatga mansub bo’ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson o’sib-ulg’ayar
ekan, unga atrof muhitida yashayotgan insonlarning ta’siri bo’ladi. Insonning
ma’naviy kamoloti ayni shu muhitning ta’siridanbosh-lanadi. Har bir shaxs, o’zi
buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi, qat’i nazar, biror elat yo millatga mansub
bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning
g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “o’zini xalqining bir zarrasi
deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan
tutashadi”7.Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan
ayru, undan tashqaridabo’lmaydi. Shunday ekan, millat ma’naviyati haqida
muayyan tasavvurga egabo’lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham o’rganish
imkondan tashqari.Agarchi, tarixan va nazariy jihatdan millat ma’naviyati, tom
ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish,
7 Islom Karimov.Asarlar.1-jild,s.81.
16
bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan iborat bo’lsa-da,
voqelikda har bir shaxs ma’naviyati millat ma’naviyatidan oziqlanadi, uningasosida
kamol topadi.
Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul bebahra
qolgan bo’lsa va muayyan sharoitda to’liq boshqa millat madaniyati ruhida
tarbiyaolsa, uni endi o’z millatining to’laqonli vakili deyish qiyin. Ammo eng
yomonholat Sho’rolar davrida yuz berdi. Bu davrda sun’iy birlashtirilgan ulkan
birhududning barcha aholisi, millatidan qat’i nazar, kuchli va har taraflama
taziyqostida muayyan maqsadlarda maxsus ishlab chiqilgan yolg’on mafkura
ruhidamajburiy “tarbiya” qilindi. Bu zug’umga barcha ham birday bo’y bergani yo’q,
ammo afsus bilan e’tirof qilishga to’g’ri keladiki, bunday vahshiyona vamakkorona
“ta’lim-tarbiya” tizimi juda ko’p insonlar ongida og’ir asoratlarqoldirdi. Eng
achinarlisi, bugungi aksariyat ijtimoiy-gumanitar sohaga mansub ziyolilarimiz
bunday mafkuraviy taziyqdan eng ko’p ziyon ko’rdilar. Mustaqilliktufayli biz bugun
endi ushbu noxush asoratlarni ongimizdan bartaraf qilishningqulay imkoniyatlarini
qo’lga kiritdik. Ammo bor imkoniyatdan unumlifoydalanish uchun ham inson o’z
holatiga to’g’ri baho bera bilmog’i, o’z ustidajiddiy mehnat qilishga havsala
qilmog’i kerak bo’ladi.Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda
rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar
va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’zlarini ham, o’zgalarni ham
ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul
kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o’ziniboyita olgan emas.Yakka bir shaxs
butkul o’zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to’liq moslashishi mumkin.
Bu insontabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga
xalqma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z
ma’naviyqiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy
17
mustaqillikpoydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy
ma’naviyatningtakomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy
kamoloti bilanbevosita bog’liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.Milliy
ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish,uning asoslarini
qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoqaniq ko’rsatib va
qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchiva asosiysi buyuk
ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirganulkan meros – milliy
ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butunkerakli unsur va tarkiblarni
yaratib qo’yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydilqidirsak, kifoya. Mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab muntazam davometib kelayotgan qutlug’ an’ana – ulug’
bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahonjamoatchiligi allaqachon o’z muqaddas
mulki deb tan olgan ma’naviy merossohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon
miqyosida nishonlash haqidagifarmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy
ma’naviyatimizsarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod
e’tiborini jalbetish maqsadini ko’zda tutadi.Islom Karimov xalq ma’naviyatini
yuksaltirish deganda nimani ko’zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan
– 1990-yili O’zbekiston Prezidentisifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon
etgan bo’lib, ushbu ma’ruzadainson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan,
“xazinalarga to’la milliytarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar
bilan hisoblashmaslik”yaqin o’tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar
keltirganligi qayd etilib, busohada yangicha vazifalar olg’a surilgan edi:
“Birinchi
navbatda
milliy
madaniyatimiz,
xalq
ma’naviy
boyliginingildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab
to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad
bo’lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada
18
boyitish,so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining
erkinligini ta’minlashimiz kerak”.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov yangi kitobida o’zining ushbu
fikrlarini yanada rivojlantiradi va muayyanlashtiradi. Unda ajdodlarimiz merosiga
birinchidarajali ahamiyat ajratilib, Yurtboshimiz ulkan g’urur va iftixor bilan
shunday debyozadi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi
toshyozuvva bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi
kundakutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar,
ulardamujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot,
matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa
sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik
katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdankam topiladi.”Prezidentning yangi
asarida bu to’g’ridagi qarashlarini umumiy ifodasibilan cheklanib qolmay, ushbu
mavzuga alohida fasl bag’ishlab, unda milliy ma’naviyatimizning shakllanishiga
asos bo’lgan, bugungi kun yosh avlod ma’naviy olamini shakllantiradigan asosiy
mezonlarni birma-bir batafsil ta’riflab beradi. Biz bu o’rinda kitobning tegishli
qismini to’liq takrorlashga harakat qilmasdan undagi eng muhim jihatlarga diqqatni
qaratib o’tamiz.
19
2.2.Mustaqillik davrida ma’naviyatning takomili va muammolari.
XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish
ulkan bir hududda voqean «manqurtlar saltanati» shakllangan edi. Keyinchalik
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yig’ilishida Prezident I.A.
Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini,
uningruhi va urf-odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar
edi.”Ular yo’q emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha
faoliyatinimarkaz izmiga bo’ysundirish asosan o’shalarga ishonib topshirilgan edi.
Allohga beadad shukrlar bo’lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu
makrdomiga to’liq tushib qolmadi. Chunki tuzum olg’a surgan marksistik
mafkurabizning necha ming yillik ma’naviy merosimiz, milliy an’analarimiz,
xalqimiz ruhiuchun mutlaqo begona bo’lib, faqat siyosiy va iqtisodiy qaramlik
sharoitidachetdan zo’ravonlik yo’li bilan kiritilgan va shafqatsiz usullar bilan
ongimizgasingdirishga urinilgan edi.
“O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz,- deb yozgan edi I.A.Karimov
mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yo’l
emas,totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati
etkazganziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”.8
Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. Yangicha,
mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish,
xalqma’naviyatini
yuksaltirish
bugunning
ham
eng
muhim
vazifasidir.
8 Islom Karimov.Asarlar.1-jild,s.359.
20
Mustaqillikmas’uliyati ayni shu vazifalarni mukammal hal etishni taqozo qilib
turipti.
“Biz, - deydi Prezident, - iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish,
iqtisodiyrivojlanishni ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish
harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini istaymiz” 9. Chunki xalq ma’naviyati
o’nglanmaguncha, na ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, na iqtisodiy sohada
jiddiyyangilanishlar quvvatga kirishi qiyin.
I.A.Karimov
O’zbekiston
Prezidenti
lavozimiga
saylangan
dastlabkikunlardan beri xalq ma’naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e’tibor
qaratibkelmoqda. Hali sho’rolar tuzumi mavjud bo’lib, yurtimiz “sovet
sotsialistikrespublikasi” deb atalgan davrda - 1990 yil 24 mart Oliy Kengash
sessiyasidaO’zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom
Abdug’anievichKarimov ushbu lavozimga munosib topilgach, O’zbekiston
Prezidentining birinchinutqidayoq “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va
ma’naviyyuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi
alohida ta’kidlab o’tildi10.
Ma’naviyat degan so’zni yuqori doiralardaishlatish mutlaqo urf bo’lmagan
o’sha zamonlardabu mutlaqo yangicha yondoshuv, o’sha paytlar respublika rahbari
uchun katta jasorat edi.Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident
“O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasini e’lon qildi.
Ushbukitobning alohida bobi “Mustaqil O’zbekistonnirivojlantirish-ning ma’naviy-
axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish
masalalari batafsil tahlil etildi.
9 Islom Karimov.Asarlar.3-jild,s.35.
10 I.Karimov.Istiqlol va ma’naviyat.T.-“O’zbekiston”-1994,s.65.
21
Ma’naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda
yaqin, tushunarli hodisa. Uni, bir tomondan, soxta «ilmiy» murakkab ta’riflar bilan
mavhumlashtirmay, shu bilan bir paytda siyqa, odmi «targ’ibot»ga aylantirmay, xalq
ongiga tiniq etkazmoq, yosh avlod ruhiga esh qilmoq lozim. Bunda
qandayme’yorlarga rioya etish zarurligini o’sha davrdayoq O’zbekiston Prezidenti
o’zkitobida aniq tavsiflab bergan edi:
“Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
Vatanparvarlik"
Mustaqillik ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi bu to’rt negiz o’zaro
chuqur ichki uyg’unlikka ega. Shu bilan birga bugungi kun uchun
dolzarbligijihatidan alohida inson shaxsining o’z ichki imkoniyatlarini erkin
namoyon qilishimasalasi birinchi o’ringa chiqib turipti. “Erkin fuqaro ma’naviyatini,
ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir” deb
ta’kidladi.
I.A.Karimov 1999 yili 14 apreldagi ma’ruzasida. Davlatimiz va
Prezidentimizningmilliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga e’tibori, aslida va
birinchi navbatda, harbir insonning haqiqiy erkinligini ta’minlashga bo’lgan asosli
e’tiborini ko’rsatadi. Chunki o’zligini anglamagan odam, unga qancha imkon va
sharoit yaratibbermang, voqean hur va ozod bo’la olmaydi. Ammo o’zligini anglash
degani, o’zining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini
to’g’ribelgilay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan bo’lmaydi.
1994 yil bahorida “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika jamoatchilikmarkazini
tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbumarkaz
faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risidayana