TEMURIYLAR DAVRIDA FAN, MADANIYAT VA PEDAGOGIK G‘OYALARNING JAHON SIVILIZATSIYASIDA TUTGAN O‘RNI.
Yuklangan vaqt
2024-10-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
31,9 KB
TEMURIYLAR DAVRIDA FAN, MADANIYAT VA PEDAGOGIK
G‘OYALARNING JAHON SIVILIZATSIYASIDA TUTGAN O‘RNI.
REJA:
1. Temuriylar davrida ta’lim-tarbiya tizimi.
2. Amir Temurning marifatparvarlik g‘oyalari Tumurning o‘zi amal qilgan o‘n bir
sifati. Amir temurning o‘gitlari.
3. Temuriylar davrida maktab, madrasa va pedagogik g‘oyalarning rivojlanishi.
4. Ulug‘bek akademiyasida ta’lim-tarbiya tizimining pedagogik asoslari
5. Alisher Navoiyning pedagogik ta’limoti.
Tayanch so’zlar: Sivilizatsiya, tarixda Temuriylar saltanati, temur tuzuklari, akademiya,
ulug‘bek akademiyasi, to‘rt ulus tarixi, mudarris, hunarmandchilik, “Lisson ut tayr”
marifatparvarlik, Maktab? “Haftiyak”, iymon, adolat, adovat, ta’lim – tarbiya tizimi.
Temuriylar va boburiylar saltanati davrida ilm fan va madaniyatning jahon
sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida YUNESKO tomnidan o‘tkazilgan xalqaro
simpozumida ta’lim-tarbiya tizimni uning pedagogik asoslari e’tirof etildi. Buyuk
sarkarda, adolatli shoh Amir Temur Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullarning 150 yillik
hukmronligini tugatib, buyuk davlat tuzgan va uni dunyoga tanitgan shuningdek qurilish,
ilm-fan va madaniyatni rivojlantirgan. Amir Temur 1336 yilda Shahrisabzga yaqin Xo‘ja
ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi Amir Tarag‘ay Qozon xoniga tobe (Kesh
hozirgi Shahrisabz) hokimi bo‘lgan. Temurning tarjimai holida uning fel-atvori, axloqi
va ijobiy xususiyatlarining shakllanishidan dalolat beruvchi malumotlar alohida
ifodalangan. Temurzodalar: Jahongir Mirzo, Miron shoh, Umarshayx va Shohruh
Mirzo, nabiralari: Pirmuhammad, Xalil Sulton, Muhammad Sulton, Mirzo Ulug‘bek
va boshqalar temuriylar sulolasini idora qilishda davom etdilar.
Temuriylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot
bir maromda davom qildi va muayyan ijobiy o‘zgarishlar ham ro‘y berdi. Chunonchi,
Samarkand Sharqda muhim savdo, madaniyat, ilm-fan markazi sifatida
ko‘pdan beri malum edi. Xitoy, Hindiston, Eron va Sharqiy-Ovropa bilan savdo
munosabatlari uning iqtisodny va madaniy hayotida katta rol o‘ynadi. Mamlakatda
ishlab chiqarish kuchlari yetarli darajada rivojlapgan bo‘lsa-da, Temurning juda ko‘p
harbiy yurishlari sababli to‘plangan g‘oyat katta boyliklar mamlakatning
iqtisodiy yuksalishiga malum darajada yordam berdi.
Samarqand hunarmandchiligida to‘qimachilik, metallga ishlov berish, binokorlik,
kulolchilik yetakchi o‘rin olgan bo‘lib, shahar aholisining ko‘pchiligi shu
tarmoqlar bilan shug‘ullanib kelgan. XV—XVI asr yozma manbalarida Samarqandda
turli shakl-dagi shisha idishlar: ko‘zachalar, qadahlar, dori solinadigan idishlar, pardoz
ashyolari va ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarish rivojlangani qayd etilgan. Misol uchun
M.YE.Masonning aniqlashicha, Go‘ri Amir maqbarasida va Ulug‘bekning shahar
ichkarisidagi saroyida ham maxsus tayyorlangan rangli oynalardan foydalanilgan.
Yog‘och o‘ymakorligi ham rivojlangan. Mashhur tarixchi, A. Y. Yakubovskiyning
yozishicha, Amir Temur Samarqandda hunarmandchilikni kuchaytirish maqsadi-da
Oltin O‘rda, Xuroson, Ozarbayjon, Armaniston, Fors, Karmana, Mesopotamiya va
boshqa joylardan hunarmand ustalarni majburiy ravishda ko‘chirib keltirgan.
Shuningdek, o‘z davlotini barpo etgach, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va
marifiy ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. U bejiz sohibqiron deb
atalmagan. «Sohib-qiron» so‘zi «baxtiyor podsho», «ilmli podsho» degan manoni
bildiradi.
Amir Temur dunyoga tanilgan hadisshunos olimlar, mada-niyat arboblari Abu
Muhammad Abda ibn Hamid ibn Nasral Keshiy, Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiy
Samarqandiy va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriylarni Samarqandga taklif
etib, mamlakatda ilm-fanni rivojlantirishga o‘zi bosh-qosh bo‘lgan. Mashhur tarixchi
Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» kitobida Amir Temur Shahrisabzda Oq saroy,
Samarqandda Bog‘ishamol qasri, Jome masjidini hamda bir qancha madrasalar
qurdirgani haqida malumot bergan. Temur zamonasida o‘g‘il bolalar uchun
boshlang‘ich malumot beradigan diniy maktablar ko‘p bo‘lib, ular asosan masjidlarda va
xususiy uylarda o‘qimishli kishilar, domla-imomlar tomonidan ochilgan edi. Mazkur
maktablarda masjid imomlari yoki muazzinlar dars o‘tardilar.
Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilgan, “Haftiyat” kitobi o‘qitilgan. “Haftiyak”
«Qur’on»ning 7 dan 1 qismi hajmidagi materiallari tanlab olinib, fors, tojik tillarida
tuzilgan. Amir Temur o‘z tuzuklarida har bir sarkarda, davlat va jamoa rahbarlarini
adolat va yuksak insoniy fazilat egasi bo‘lishlarini talab qildi va o‘zi bunga namuna
ko‘rsata oldi. U kelajak avlodga qilgan nasihatlarida bu g‘oyalari dasturilamal bo‘lib
xizmat qildi. O‘sha davrdagi ta’lim mazmuni haqida quyidagilarni aytish mumkin:
Maktab muayyan o‘quv dasturiga ega bo‘lmagan. O‘quvchilar yakka taribda o‘qitilgan.
“Sinfdan – sinfga ko‘chirish” o‘quvchilarning ota-onalari o‘qituvchilarga berib
turadigan “sovg‘a”lariga bog‘liq bo‘lgan. Maktabga qabul qilishning aniq vaqti ham
bo‘lmagan. Maktabda o‘quvchilarni kichik va yuqori
guruhlarga ajratib o‘qitilgan. Kichik guruh o‘quvchilari «Qur’on» oyatlarini o‘qish
bilan cheklangan, katta guruh o‘quvchilari esa ularni o‘zlashtirayotgan bilimlaridan
tashqari islom dinining asoslarini tashviqot qilish bilan shug‘ullanganlar.
Amir Temur davrida madrasalar oliy o‘quv yurti vazifasini o‘tagan. Ular va
keyinchalik dunyoviy bilimlar o‘chog‘i, tafakkur gulshani, kadrlar tayyorlash maskani
bo‘lgan. Madrasalarda mamlakatning eng atoqli donishmand shayxlari, olimu ulamolari
mudarrislik qilishgan, maruzalar o‘qishgan. Temuriylar davridagi
madrasalar O‘rta Sharq qurilishi rejasiga binoan eng ko‘rkam qilib qurilgan. XV asrda
madraslar to‘g‘ri burchakli reja asosida qurilib, tevarak atrofi devor bilan o‘ralgan.
Xonalari tashqaridan qaraganda ko‘rinmaydigan bo‘lgan. Temurning o‘zi Bibixonim
madrasini qurishda tashabbuskor bo‘lgan. Samarqanddagi Muhamad Sulton
madarasasining qurilishga ham alohida e’tibor bergan. Bazi masalalar bo‘yicha murojat
etgan kishilarni yuqoridagi madrasalarda qabul qilib, ularning arzlarini eshitgan hamda
diniy masalalarni o‘sha joyda hal qilgan. Ulug‘bek 1417 yilda Buxoo madrasini
qurdirgan va uning peshtoqiga “Bilimga intilish har bir musulmon ayol va erkakning
burchidir” deb yozdirgan.
1. Amir Temurning marifatparvarlik g‘oyalari Tumurning o‘zi amal qilgan
o‘n bir sifati:
Birinchi sifat: Men sifatlarimni eng avvalgi deb beg‘arazlikni tushundim;
Ikkinchi sifat: Islomga qatiy rioya qildim;
Uchinchi sifat: Men kambag‘allarga ko‘p xayr-ehson qildim;
To‘rtinchidan sifat: Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf etkurdim;
Beshinchidan sifat: Islomga taluqli ishlarni har doim men kundalik va dunyoviy
ishlarimdan ustun qo‘ydim;
Oltinchi sifat: Barcha so‘zlarimda doim haqguylikkka amal qildim;
Yettinchi sifat: Men har kimgaki vada bersam unga vafo qildim;
Sakkizinchi sifat: Doim o‘zimni Allohning yerdagi mulkinining; posboni deb bildim va
parvardigorning yoki uning noibilarining iznisiz uni saf qilmadim;
To‘qqizinchi sifat: Men har doim tangrimning amrini va uning payg‘ambarlarini
hadislariga to‘laqonli amal etishga intildim;
O‘ninchi sifat: Men har doim insof bayrog‘ini baland ko‘tardim, va iymon tarqatishni
o‘z buyukligimning qudratli zamini deb bildim;
O‘n birinchi sifat: Men doim saidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni
e’zozladim;
AMIR TEMURNING O‘GITLARI
- 1.Har bir shaharlarda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni musofir yo‘lovchilar
uchun yo‘l ustiga Rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim;
- Botir jangda bilinar, dono mashvaratda;
- Bir kalima so‘z qilichni qiniga kiritar;
- Avval yo‘ldosh –keyin yo‘l;
- Adovat emas-adolat yengadi;
- So‘zlaguvchi gar nodon erur tinglaguvchi dono o‘lsin;
- Og‘zinga qon to‘lsa ham, dushman oldida tupurma;
- Oltmishga kirgan otadan osh so‘rama;
- Do‘stlik sinovda chiqadi;
- Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi;
- Kuch adolatdadir;
- Har bir malakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim;
- Chin do‘st uldurki, do‘stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham uzrini qabul
qiladi;
- Kimning aqli va shijoatini sinov taroozusida tortib ko‘rib boshqalarnikidan ortiqroq
ko‘rsam, uni tarbiya qilib amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatiga
yarasha martabasini yanada oshirar edim;
- Hech kimda o‘ch olish payida bo‘lmadim, tuzumni unutib, menga yomonlik
qilganlarini parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayidlar, olimlar va
fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon hikmatsizlarni, ko‘ngli buzuq
qo‘rqoqlarni majlisimda quvib yubordim;
- Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish
yuritdim, jabr zulmdan uzuoqroda bo‘lishga intildim.;
- Piri komil shayx Bahouddin Naqshbandning: “Kam yegin kam uxla, kam gapir” pandu
nasihatlariga amal qildim;
- Arkonu davlatga, barcha mulozimlarimga ham aytar so‘zim shu bo‘ldi;
- “Kam yenglar-ocharchilik ko‘rmasdan boy badavlat yashaysizlar kam uxlanglar-
mukammalliklarga erishasizlar, kam gapiringlar dono-bo‘lasizlar” deb maslahat
beradim;
- O‘g‘illarim nabiralarim, va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlarga
yaqinlashishni man etdim. Zero, sharobning tasirida bunyodga keladigan farzand nasl-
nasabining buzilishiga tasir etgay, debon shu pokiza yo‘lini tutdim;
- Har kimdan kengash oldim;
- Har kimdlan fikr o‘rgandim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil hazinasida saqlab,
ishlata bildim;
- Ulamo bilan suhbatda bo‘ldim va pok niyatli, toza qalbli kshilarga talpindim. Ularning
xizmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari balan duo-fotiha berishlarini o‘tindim;
- Darvesh va faqir va miskirlarni o‘zimga yaqin tutdim;
- Ularning ko‘ngilarini og‘ritmadim va hech bir talabalarini rad etmadim. Buzuqi va
og‘zi shaloq, g‘iybatchi odamlarni majlisimga yo‘latmadim, so‘zlariga amal qilmadim;
- Biron kimsaga tuhmatu g‘iybat qilsalar quloq solmadim;
3 Temuriylar davrida maktab, madrasa va pedagogik g‘oyalarning rivojlanishi.
(XIV- XVI asr) Manbalar Tarixiy davr Tarixiy shart sharoit Pedagogika nazariyasini
rivojlanishi Temur saltanati-ning ta’lim-tarbiya tizimi XII-XV asr Movaraun- Nahrda
Temuriylar hukmronligi Temur zamonasida o‘g‘il bolalar uchun boshlang‘ich malumot
beradigan diniy maktablar ko‘p bo‘lib, ular asosan masjidlarda va xususiy uylarda
o‘qimishli kishilar, domla- imomlar tomnidan ochilgan edi. Mazkur maktablarda masjid
imomlari yoki muazzinlar dars o‘tardilar. Maktablarda arab
alifbosida savod chiqarilgan, “Haftiyat” kitobi o‘qitilgan. “Haftiyak” «Qur’on»ning 7
dan 1 qismi hajmidagi materiallari tanlab olinib, fors, tojik tillarida tuzilgan. Amir
Temur o‘z tuzuklarida har bir sarkarda, davlat va jamoa rahbarlarini adolat va yuksak
insoniy fazilat egasi bo‘lishlarini talab qildi va o‘zi bunga namuna ko‘rsata oldi. U
kelajakk avlodga qilgan nasihatlarida bu g‘oyalari dasturilamal bo‘lib xizmat qildi.
O‘sha davrdagi ta’lim mazmuni haqida quyidagilarni aytish mumkin: Maktab
muayyan o‘quv dasturiga ega bo‘lmagan. O‘quvchilar yakka taribda o‘qitilgan. “Sinfdan
– sinfga ko‘chirish” o‘quvchilarning ota-onalari o‘qituvchilarga berib turadigan
“sovg‘a”lariga bog‘liq bo‘lgan. Maktabga qabul qilishning aniq vaqti ham bo‘lmagan.
Maktabda o‘quvchilarni kichik va yuqori guruhlarga ajratib o‘qitilgan. Kchik guruh
o‘quvchilari «Qur’on» oyatlarini o‘qish bilan cheklangan, katta guruh o‘quvchilari esa
ularni o‘zlashtirayotgan bilimlaridan tashqari islom dinining asoslarini tashviqot qilish
bilan shug‘ullanganlar.
Amir Temurning axloq va odobg oid ta’limoti 1336-1405 Movaraun- nahrda
Temuriylar xukmronligi ilm-fan madaniyatnin g rivojlanishi madrasalar qurilishi Amir
Temur o‘git-nasihatlarida axloqqa oid gaplar juda ko‘pdir. 1. Adolat va adolatsizilik
haqida “Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim”. “Qaysi
malakatni zarb etgan yoki qo‘shib olgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-e’tiborli,
kishilarini aziz tutdim, sayyidlari, ulamolari, fuqaro va mashoyihiga tazim bajo keltirdim
va hurmatladim, ularga vazifa berib, maoshlarini belgiladim. O‘sha Viloyatning
ulug‘larini og‘a-inilarimdek, yoshlari va bolalari bo‘lsa o‘z farzandlarimdek ko‘rdim”.
2. So‘z va ishning birligi Amir Temur “Belga kamar va tilda sano”, yani ish va so‘z
biriligini xush ko‘rar edi.
3. “Til qilichdan o‘tkir” Bu o‘git Sohibqironning o‘z tajribasidan sinalgan. Amir
Temurning pand-nasihatlari yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilar edi. Mirzo Ulug‘bek
1394-1449 Movaraunnahrda Temuriylar xukmronligi falakiyot ilm-fanining Ulug‘bek
yunon, arab, nemis, italiyan olimlari qatrida jahon madaniyati tarixida o‘chmas iz
qoldirgan. Ulug‘bek madrasasida ta’lim-tarbiya tizimining pedagogik asoslari bir necha
asr keng qo‘llanilgan. Alisher Navoiy Mirzo Ulug‘bek
haqida shunday deydi: “Temurxon naslidan Sulton Ulug‘bek, Ki olam ko‘rmadi sulton
oningdek” Ulug‘bek bolalarni rivojlanishi, shuningdek toju-taxt uchun kurash
temuriyzodalar kurashi madaraslar qurilishi. tarbiyalashda uy sharoiti muhim o‘rin
tutishini; ular savodxon va malumotli kishilar bilan birga bo‘lsa, savodli va malumotli
bo‘lishga qiziqishini; savodli ota-onalargina o‘z farzandlariga to‘g‘ri tarbiya bera
olishini; chidamlik va mehnatsevarlik sifatlari tarbiya uchun zarurligini bayon va isbot
etgan.
Buning dalili sifatida “Zij...”ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday
yozgan. “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunudz ishladik uni o‘z
maqsadimizga yetguncha o‘zimizga qadar yaratilgan jadvallar bilan taqqoslashdik,
qayda tuzdik va shu tariqa yuz qaydalab tuzatishlar kiritgach, o‘n sakkiz yildan so‘nggina
ko‘zlagan niyatimizga yetdik”. Ulu-bek o‘quv qo‘llanmalarining o‘quvchilarda
matematika, falakkiyat va tibbiyot fanlari bo‘yicha qobiliyatlarni rivojlantirishda
ahamiyatini yuqori baholagan. Uning axloqiy – tarbiyaviy masalalarga doir ilmiy ishlari
ham bag‘oyat diqqatga sazovordir. U har bir kishining axloqiy kamol topishida uning
boshqalar bilan o‘zar munosabatlari, hamkorligi va do‘stligi yetakchi rol o‘ynaydi, deb
hisoblagan. Hayotda haqiqiy do‘stlarnining ahamiyati beqiyosligini, soxta do‘stlardan
qochish kerakligini alohida takidlagan. Uning do‘sti va shogirdi ali Qushchi umrining
oxirigacha ustoziga sodiq qoldi. Ulug‘bek o‘zining ko‘p yillik mehnati samrasi bo‘lmish
“Ko‘ragoniyning yangi falakkit jadvali”asarini xuddi anashu Ali Qushchiga ishonib
topshirgan va u o‘z navbatida ustozining ishonchini oqlagan. Ulug‘bekning matematika
va falakiyotga oid ta’limoti Sharq va G‘arb malakatlarida keng tarqalgan va uni
matematika, falakiyot fanlarining rivojiga salmoqli tasir etgan Alisher Navoiy 1441-
1501 Movaraunnahrda Temuriylar xukmronligi ilm-fan rivojlanadi, madrasalar quriladi.
Madrasalarda mudarislarga maosh, talabalarga stependiya beriladi.
Temuriyzodalar o‘rtasida toj- taxt uchun kurash boshlanadi. Navoiy o‘zbek
adabiyoti va adaby tiliga asos solgan. Badiiy asar yaratish uchun o‘zbek tili ham fors va
arab tillari kabi imkoniyatga ekanligi ayrim o‘rnilarda esa ulardan ham usutnligini ham
isbotlagan. Navoiy insonning sifatlarini biri-biri bilan naqadar tutashganini ko‘rsatib
imoni bor insonda hamma yuksak fazilatlar bo‘lmog‘i deb hisoblaydi. Navoiy o‘z
falsafasida ideal ko‘rsatib berish bilan cheklanmagan, balki fikr – mulohazarini yanada
rivojlantirib, shaxsning xulq-atvori, axloqiy xususiyatlari ta’lim-tarbiya orqali
shakllanishini ifodalagan. Insonning fel - atvori o‘zicha hosil bo‘lmasligini, balki
jamiyatdagi malum kishilar jamoasid muayyan axloqiy qoidalar asosida shakllanishi
bayon qilgan.Navoiy fanning turli tarmoqlarida – adabiyot, tarix, til bilimlarini:
sanatning har-xil sohalarini musiqa, rasm, xattotlik, memorchilik va hokozolarni
rivojlanishaga xarakat qilish bilan birga, ana shu sohalarning ijodkorlariga
yordamlashgan, qimmatli maslahat bergan, ularni rag‘batlantirgan.
Navoiyning didaktikaga oid asarlaridan eng muhimi “Mahbubul qulub” dir, kitob
uch qismdan iborat. Navoiy xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar
ochish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilgan. Uning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, to‘g‘ri
yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. Mamalakat, xalq uchun maktab g‘oyat katta
ahamiyatga molik. Bo‘lur gum ulug‘larga mazhab yo‘li Chu yoshlarga boshlansa
maktab yo‘li Navoiy asarlarida o‘z davridagi maktablarning ta’lim –tarbiya ishlarini
yaqqol ifodalagan. Bolalar maktabga qabul qilingach, o‘qituvchi ularga savod
maqsadida avvalo arab alifbesiyozilgan taxtachani bergan. Bunday taxtachalar navoiy
davrigacha va undan keyin ham, xatto, eski maktablar tugatilguncha savod o‘rgatish
uchun yagona o‘quv quroli bo‘lib kelgan. Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483-1530
Movaraun- Nahrda Temuriylar Hukmronligi va Hindistonda Boburiylar hukmronligi
ilm-fan rivojlanadi, madrasalar quriladi.
U farzand tarbiyasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan usullar deb:
1. Ota – onani farmoni farzand uchun vojibligi;
2. Barcha insonlarga yaqinligini o‘rgatish;
3. Har bir paytda o‘zingizni ibrat aylab ko‘rsatish;
4. Mustaqillik, qaiylik va uddaburonlik uchun bolaga doimiy talablarni qo‘yish va uning
ijrosini kuzatish. Uning bu ish uslubini o‘g‘li Humoyunga qilgan nasihatiga ko‘rsa
bo‘ladi.U o‘g‘li Humoyunga doimo aql – zakovat va bilimga tayanib harakat qilish
kerakligini takidlagan: “... Yana ulug‘ ish ustiga borasen, ish ko‘rgan, ray va tadbirliq
beklar bila kengashib, alarning so‘zi bila amal qilgaysen. Agar meni rizomni tilarsen,
xilvatnishiliqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilg‘il. Kunda ikki navbat iningni va
beklarni ixtiyorig‘a qo‘ymay qoshinga chorlab, maslahat bo‘lsa kengashib, bu davlat
xalqlarining ittifoqi bilan har so‘z unga qaror bergaysen”.
Bobur farzandi Humoyunning kamchiliklarini ko‘rgan zahoti ularni tuzatish uchun
ogohlantirgan. Unga yozgan maktubida: “Xatingni xud tashvish birla o‘qusa bo‘ladur,