Teodolit syomkasini bajarish

Yuklangan vaqt

2024-11-19

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

181,0 KB


 
 
 
 
 
 
Teodolit syomkasini bajarish 
 
 
 
Reja. 
1. Teodolit syomkasining mohiyati 
2. Joy tafsilotlarini syomka qilish 
3. Òeodolit syomkasi planini koordinatalar bo‘yicha chizish 
 
Tayanch so’zlar: Teodolit, teodolit syomkasi, kiprigel, nisbiy va mutloq 
balandlik, normal bosim, teodolit tayanch nuqatasi. 
 
Teodolit syomkasi dala o‘lchash ishlaridan boshlanib, uni bajarishda dastlab 
syomka tarmog‘i barpo qilinadi va u asosda joydagi tafsilotlar syomka qilinadi. 
Teodolit syomkasi deyilishiga sabab, asosiy o‘lchash ishlari — gorizontal burchaklar 
va og‘ish burchaklari geodezik asbob — teodolit bilan bajarilishidir. Teodolit 
syomkasini bajarishda yopiq ko‘pburchaklar (poligonlar) tarmog‘i (10.1- a shakl) 
yoki ochiq ko‘pburchaklar tarmog‘ini hosil qiluvchi teodolit yo‘llari (10.1- b shakl) 
syomka tarmog‘i bo‘lib xizmat qiladi. Bu yo‘llar burilish uchi nuqtalarining o‘rni 
joyda mahkamlanadi va koordinatalari aniqlanadi. Katta bo‘lmagan yer bo‘laklarini 
syomka qilishda esa yopiq ko‘pburchak (poligon) yoki ochiq ko‘pburchaklar (10.2- 
shakl) syomka asosi vazifasini bajaradi. Poligon o‘rta qismida joylashgan 
tafsilotlarni syomka qilish uchun poligon o‘rtasidan qo‘shimcha yo‘l o‘tkazilsa, unga 
diagonal yo‘l deyiladi (2, 6, 7 va 5 nuqtalar, 10.1- a shakl). O‘lchashlarni bajarishdan 
avval yo‘llar burilish nuqtalarining o‘rni joyda yog‘och qoziqlar, yog‘och ustunlar 
(7.2 ga qaralsin) va boshqalar bilan mahkamlanadi. Keyin tomonlar orasidagi 
burchaklar, tomonlarning uzunligi hamda ularning og‘ish burchaklari (tomonlar 
Teodolit syomkasini bajarish Reja. 1. Teodolit syomkasining mohiyati 2. Joy tafsilotlarini syomka qilish 3. Òeodolit syomkasi planini koordinatalar bo‘yicha chizish Tayanch so’zlar: Teodolit, teodolit syomkasi, kiprigel, nisbiy va mutloq balandlik, normal bosim, teodolit tayanch nuqatasi. Teodolit syomkasi dala o‘lchash ishlaridan boshlanib, uni bajarishda dastlab syomka tarmog‘i barpo qilinadi va u asosda joydagi tafsilotlar syomka qilinadi. Teodolit syomkasi deyilishiga sabab, asosiy o‘lchash ishlari — gorizontal burchaklar va og‘ish burchaklari geodezik asbob — teodolit bilan bajarilishidir. Teodolit syomkasini bajarishda yopiq ko‘pburchaklar (poligonlar) tarmog‘i (10.1- a shakl) yoki ochiq ko‘pburchaklar tarmog‘ini hosil qiluvchi teodolit yo‘llari (10.1- b shakl) syomka tarmog‘i bo‘lib xizmat qiladi. Bu yo‘llar burilish uchi nuqtalarining o‘rni joyda mahkamlanadi va koordinatalari aniqlanadi. Katta bo‘lmagan yer bo‘laklarini syomka qilishda esa yopiq ko‘pburchak (poligon) yoki ochiq ko‘pburchaklar (10.2- shakl) syomka asosi vazifasini bajaradi. Poligon o‘rta qismida joylashgan tafsilotlarni syomka qilish uchun poligon o‘rtasidan qo‘shimcha yo‘l o‘tkazilsa, unga diagonal yo‘l deyiladi (2, 6, 7 va 5 nuqtalar, 10.1- a shakl). O‘lchashlarni bajarishdan avval yo‘llar burilish nuqtalarining o‘rni joyda yog‘och qoziqlar, yog‘och ustunlar (7.2 ga qaralsin) va boshqalar bilan mahkamlanadi. Keyin tomonlar orasidagi burchaklar, tomonlarning uzunligi hamda ularning og‘ish burchaklari (tomonlar  
 
uzunligi gorizontal quyilishini hisoblash uchun) o‘lchanadi. Shunday qilib, teodolit 
syomkasini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 
1. Teodolit yo‘li (poligon) nuqtalarini joyda mahkamlash. 2. Poligon yoki 
ochiq yo‘lda tomonlar uzunligini va gorizontal burchaklarni o‘lchash. 3. Joy 
tafsilotlarini syomka qilish. O‘lchashlar natijasi maxsus jurnalga yozib boriladi (11- 
jadval). Òafsilotlar syomkasi asosida abris chiziladi. Dala o‘lchash natijalari kameral 
sharoitda (idorada) matematik ishlab chiqiladi va teodolit yo‘li nuqtalarining koordi 
natalari topiladi. Sifatli qalin chizma qog‘oz (vatman) olinib, tegishli masshtabda 
unga teodolit yo‘li (poligoni) nuqtalari hisoblab topilgan koordinatalari bo‘yicha 
tushiriladi. Planga olish abrisidan foydalanib, yo‘l tomonlariga tayangan holda 
tafsilotlar tegishli shartli belgilar bilan qog‘ozga tushiriladi va teodolit syomkasining 
plani hosil qilinadi. Shunday qilib, yer bo‘lagining teodolit syomkasi natijasida 
ushbu joyning faqat tafsilot va predmetlari tasvirlangan plani hosil qilinadi. Teodolit 
syomkasi, asosan, yirik masshtablarda bajariladi va yer, o‘rmon tuzish ishlarida keng 
qo‘llaniladi. 
Joy tafsilotlarini syomka qilish. Yer bo‘lagining chegaralari va o‘rta qismi 
bo‘ylab teodolit yo‘llari o‘tkazilgandan so‘ng tafsilotlarni syomka qilish boshlanadi, 
ko‘pincha teodolit yo‘llarini o‘tkazish bilan bir vaqtda tafsilotlar ham syomka qilinib 
boriladi. Syomka qilinadigan joydagi tafsilotlar shakliga, chegaralarining 
murakkabligiga, uzoq yoki yaqinligiga qarab quyidagi usullardan biri qo‘llaniladi. 
Òo‘g‘ri burchakli koordinatalar (perpendikularlar) usuli. Bu usul teodolit yo‘li 
tomoni yaqinida joylashgan yo‘l, daryo, imorat va shunga o‘xshashlarni syomka 
qilishda qo‘llaniladi. Teodolit yo‘lining tomoni abssissa o‘qi, nuqtasi esa bosh nuqta 
va syomka qilinadigan inshoot nuqtasidan abssissaga tushiriladigan perpendikular 
chiziqlar uzunligi ordinata deb olinadi. Masalan, 11.1- shaklda berilgan 1—2 
chiziqning 1- uchi koordinata boshiga, 1—2 chiziq esa abssissa o‘qiga qabul qilinadi. 
Uning yaqinida joylashgan daryoni syomka qilishda, burilish nuqtalari a, b, c, d lar 
o‘rni quyidagicha topiladi. 1—2 chiziq bo‘ylab lenta tarang tortib qo‘yiladi va unga 
a nuqtadan perpendikular tushiriladi. Hosil bo‘lgan 1 — a′ kesim lenta bo‘yicha 
aniqlanadi, a—a′esa ruletka bilan o‘lchanadi. Lentani 1 —2 chiziq bo‘yicha birin-
ketin qo‘yib, unga keyingi b, c va d nuqtalardan perpendikularlar tushiriladi va 
tegishli kesimlar oldingiday o‘lchanadi (1—b′; 1—c′; 1—d′ va b—b′; c—c′; d—d′) 
uzunligi gorizontal quyilishini hisoblash uchun) o‘lchanadi. Shunday qilib, teodolit syomkasini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 1. Teodolit yo‘li (poligon) nuqtalarini joyda mahkamlash. 2. Poligon yoki ochiq yo‘lda tomonlar uzunligini va gorizontal burchaklarni o‘lchash. 3. Joy tafsilotlarini syomka qilish. O‘lchashlar natijasi maxsus jurnalga yozib boriladi (11- jadval). Òafsilotlar syomkasi asosida abris chiziladi. Dala o‘lchash natijalari kameral sharoitda (idorada) matematik ishlab chiqiladi va teodolit yo‘li nuqtalarining koordi natalari topiladi. Sifatli qalin chizma qog‘oz (vatman) olinib, tegishli masshtabda unga teodolit yo‘li (poligoni) nuqtalari hisoblab topilgan koordinatalari bo‘yicha tushiriladi. Planga olish abrisidan foydalanib, yo‘l tomonlariga tayangan holda tafsilotlar tegishli shartli belgilar bilan qog‘ozga tushiriladi va teodolit syomkasining plani hosil qilinadi. Shunday qilib, yer bo‘lagining teodolit syomkasi natijasida ushbu joyning faqat tafsilot va predmetlari tasvirlangan plani hosil qilinadi. Teodolit syomkasi, asosan, yirik masshtablarda bajariladi va yer, o‘rmon tuzish ishlarida keng qo‘llaniladi. Joy tafsilotlarini syomka qilish. Yer bo‘lagining chegaralari va o‘rta qismi bo‘ylab teodolit yo‘llari o‘tkazilgandan so‘ng tafsilotlarni syomka qilish boshlanadi, ko‘pincha teodolit yo‘llarini o‘tkazish bilan bir vaqtda tafsilotlar ham syomka qilinib boriladi. Syomka qilinadigan joydagi tafsilotlar shakliga, chegaralarining murakkabligiga, uzoq yoki yaqinligiga qarab quyidagi usullardan biri qo‘llaniladi. Òo‘g‘ri burchakli koordinatalar (perpendikularlar) usuli. Bu usul teodolit yo‘li tomoni yaqinida joylashgan yo‘l, daryo, imorat va shunga o‘xshashlarni syomka qilishda qo‘llaniladi. Teodolit yo‘lining tomoni abssissa o‘qi, nuqtasi esa bosh nuqta va syomka qilinadigan inshoot nuqtasidan abssissaga tushiriladigan perpendikular chiziqlar uzunligi ordinata deb olinadi. Masalan, 11.1- shaklda berilgan 1—2 chiziqning 1- uchi koordinata boshiga, 1—2 chiziq esa abssissa o‘qiga qabul qilinadi. Uning yaqinida joylashgan daryoni syomka qilishda, burilish nuqtalari a, b, c, d lar o‘rni quyidagicha topiladi. 1—2 chiziq bo‘ylab lenta tarang tortib qo‘yiladi va unga a nuqtadan perpendikular tushiriladi. Hosil bo‘lgan 1 — a′ kesim lenta bo‘yicha aniqlanadi, a—a′esa ruletka bilan o‘lchanadi. Lentani 1 —2 chiziq bo‘yicha birin- ketin qo‘yib, unga keyingi b, c va d nuqtalardan perpendikularlar tushiriladi va tegishli kesimlar oldingiday o‘lchanadi (1—b′; 1—c′; 1—d′ va b—b′; c—c′; d—d′)  
 
shaklga qaralsin. Qutbiy koordinatalar usuli. 11.1- shaklda boshlang‘ich yo‘- 
nalishga 3—4 tomon, bosh nuqtaga esa 3- nuqta qabul qilinsa, a, b, v, g, d nuqtalarni 
syomka qilish uchun 3- nuqtaga teodolit o‘rnatiladi, gorizontal doira sanog‘i 0°00′ 
ga to‘g‘rilanib, ko‘rish trubasi 4- nuqtaga qaratiladi. 
 
Limb mahkamlanadi va alidada bo‘shatilib truba b- nuqtadagi reykaga 
qaratiladi va limbdan sanoq olinadi, iðli dalnomer bilan masofa o‘lchanadi. Keyin 
truba v- nuqtaga qaratilib xuddi oldingiday o‘lchashlar bajariladi va hokazo. Oxirida 
truba 4-nuqtaga qayta qaratiladi va gorizontal doiradan olingan sanoq tekshiriladi, u 
0°00′ bo‘lsa, limb doirasi qo‘zg‘almagan bo‘ladi. Bu nuqtalarni planga tushirishda 
transportirdan foydalanish uchun limbdan olingan sanoqlar 5′ ga yaxlitlanib olinadi. 
Nuqtalargacha bo‘lgan masofa iðli dalnomerda o‘lchanishi uchun 1:5 000 
masshtabdagi syomka uchun qiymati 150—200 m dan oshmasligi kerak, 1:10 000 
masshtab uchun esa 250 m gacha olinadi. O‘lchash natijalari maxsus jadvalga 
yoziladi. Kesishtirish usuli. Teodolit syomkasida bu usul nisbatan kam qo‘llaniladi. 
Kesishtirish usuli ikkita — burchak va chiziq kesishtirishlarga bo‘linadi. 
Burchak kesishtirishda teodolit yo‘li nuqtalarida teodolit bilan turib syomka 
qilinadigan nuqtaga (11.1- shaklda yo‘l burilish nuqtasi B) qarab burchaklar 
o‘lchanadi. Syomka tegishli aniqligini ta’minlash uchun o‘lchanayotgan nuqtadagi 
burchak 40° dan kichik va 140° dan katta bo‘lmasligi lozim. 
shaklga qaralsin. Qutbiy koordinatalar usuli. 11.1- shaklda boshlang‘ich yo‘- nalishga 3—4 tomon, bosh nuqtaga esa 3- nuqta qabul qilinsa, a, b, v, g, d nuqtalarni syomka qilish uchun 3- nuqtaga teodolit o‘rnatiladi, gorizontal doira sanog‘i 0°00′ ga to‘g‘rilanib, ko‘rish trubasi 4- nuqtaga qaratiladi. Limb mahkamlanadi va alidada bo‘shatilib truba b- nuqtadagi reykaga qaratiladi va limbdan sanoq olinadi, iðli dalnomer bilan masofa o‘lchanadi. Keyin truba v- nuqtaga qaratilib xuddi oldingiday o‘lchashlar bajariladi va hokazo. Oxirida truba 4-nuqtaga qayta qaratiladi va gorizontal doiradan olingan sanoq tekshiriladi, u 0°00′ bo‘lsa, limb doirasi qo‘zg‘almagan bo‘ladi. Bu nuqtalarni planga tushirishda transportirdan foydalanish uchun limbdan olingan sanoqlar 5′ ga yaxlitlanib olinadi. Nuqtalargacha bo‘lgan masofa iðli dalnomerda o‘lchanishi uchun 1:5 000 masshtabdagi syomka uchun qiymati 150—200 m dan oshmasligi kerak, 1:10 000 masshtab uchun esa 250 m gacha olinadi. O‘lchash natijalari maxsus jadvalga yoziladi. Kesishtirish usuli. Teodolit syomkasida bu usul nisbatan kam qo‘llaniladi. Kesishtirish usuli ikkita — burchak va chiziq kesishtirishlarga bo‘linadi. Burchak kesishtirishda teodolit yo‘li nuqtalarida teodolit bilan turib syomka qilinadigan nuqtaga (11.1- shaklda yo‘l burilish nuqtasi B) qarab burchaklar o‘lchanadi. Syomka tegishli aniqligini ta’minlash uchun o‘lchanayotgan nuqtadagi burchak 40° dan kichik va 140° dan katta bo‘lmasligi lozim.  
 
Burchaklar o‘rniga nuqtagacha bo‘lgan masofalar (yo‘nalishlar uzunligi) 
o‘lchansa, chiziq kesishtirish deyiladi. Bunda chiziqlar uzunligi o‘lchash asbobi 
(masalan, lenta) uzunligidan katta bo‘lmasligi kerak. 11.1- shaklda B nuqtasini 
syomka qilish uchun β1 va β2 kestirma burchaklari yoki 4-B va 5-B kestirma 
chiziqlar uzunligi o‘lchanishi kerak. Òafsilotlarni syomka qilish ish bajaruvchidan 
tajriba va e’tiborni talab qiladi. Bunda har bir syomka qilinadigan nuqtani o‘lchashda 
yo‘l qo‘yilgan xato faqat ushbu nuqta uchun ta’sir etadi va nuqtadan nuqtaga 
uzatilmaydi. Shu sababli ularning to‘g‘riligini ta’minlash uchun sinchiklab o‘lchash 
va ko‘z bilan solishtirib borish zarur. Syomka vaqtida joydagi qishloq xo‘jalik yer 
turlarini to‘g‘ri aniqlash va abrisda ko‘rsatib borish muhim ahamiyatga ega. 
Teodolit syomkasi planini koordinatalar bo‘yicha chizish. Poligonning 
shimoldan janub tomonga kattaligi nuqtalar abssissasining eng katta va eng kichik 
qiymatlari ayirmasi, g‘arbdan sharqqa esa ordinatalar eng katta va eng kichik 
qiymatlarining ayirmasi bilan belgilanadi. Ularni plan masshtabiga keltirib, 
santimetrda hisoblasak, plan chiziladigan qog‘oz varag‘ining o‘lchamini aniqlagan 
bo‘lamiz. Hisoblash asosida tanlab olingan vatman qog‘ozida tomonlari 10×10 sm 
bo‘lgan kvadrat kataklar yasaladi. Bu ish maxsus metall chizg‘ich – Drobishev 
chizg‘ichi yoki LBL chizg‘ichi yordamida bajariladi. Ular bo‘lmagan taqdirda 
kvadrat kataklarni kattaroq uzunlikdagi oddiy chizg‘ich, ko‘ndalang masshtab va 
sirkullardan foydalanib yasash mumkin. Drobishev chizg‘ichi metalldan yasalgan, 
uning o‘rta qismida 6 ta to‘g‘ri burchakli teshiklar joylashgan bo‘lib, ular har 
birining chap qirrasi, chizg‘ichning uzunasiga bitta yon qirrasi va oxirgi uchi qirrasi 
yo‘nilgan bo‘ladi (11.3- shakl). Birinchi teshik yo‘nig‘ida perpendikular yo‘nalishda 
shtrix chizilgan bo‘lib, u 0 bilan belgilangan. Qolgan teshiklarning yo‘nilgan 
qirralari noldan hisoblaganda, 10, 20, . . ., 50 sm va chizg‘ich oxirgi uchi yo‘nilgan 
qirrasi esa 70, 71 sm yozuvlar bilan belgilangan. Bunday chizg‘ichdan foydalanish 
prinsiði katetlari 50 sm, giðotenuzasi esa 70, 71 sm ga teng to‘g‘ri burchakli 
uchburchakni yasashga (502 +502 =70, 712 ) asoslangan. 
 
Burchaklar o‘rniga nuqtagacha bo‘lgan masofalar (yo‘nalishlar uzunligi) o‘lchansa, chiziq kesishtirish deyiladi. Bunda chiziqlar uzunligi o‘lchash asbobi (masalan, lenta) uzunligidan katta bo‘lmasligi kerak. 11.1- shaklda B nuqtasini syomka qilish uchun β1 va β2 kestirma burchaklari yoki 4-B va 5-B kestirma chiziqlar uzunligi o‘lchanishi kerak. Òafsilotlarni syomka qilish ish bajaruvchidan tajriba va e’tiborni talab qiladi. Bunda har bir syomka qilinadigan nuqtani o‘lchashda yo‘l qo‘yilgan xato faqat ushbu nuqta uchun ta’sir etadi va nuqtadan nuqtaga uzatilmaydi. Shu sababli ularning to‘g‘riligini ta’minlash uchun sinchiklab o‘lchash va ko‘z bilan solishtirib borish zarur. Syomka vaqtida joydagi qishloq xo‘jalik yer turlarini to‘g‘ri aniqlash va abrisda ko‘rsatib borish muhim ahamiyatga ega. Teodolit syomkasi planini koordinatalar bo‘yicha chizish. Poligonning shimoldan janub tomonga kattaligi nuqtalar abssissasining eng katta va eng kichik qiymatlari ayirmasi, g‘arbdan sharqqa esa ordinatalar eng katta va eng kichik qiymatlarining ayirmasi bilan belgilanadi. Ularni plan masshtabiga keltirib, santimetrda hisoblasak, plan chiziladigan qog‘oz varag‘ining o‘lchamini aniqlagan bo‘lamiz. Hisoblash asosida tanlab olingan vatman qog‘ozida tomonlari 10×10 sm bo‘lgan kvadrat kataklar yasaladi. Bu ish maxsus metall chizg‘ich – Drobishev chizg‘ichi yoki LBL chizg‘ichi yordamida bajariladi. Ular bo‘lmagan taqdirda kvadrat kataklarni kattaroq uzunlikdagi oddiy chizg‘ich, ko‘ndalang masshtab va sirkullardan foydalanib yasash mumkin. Drobishev chizg‘ichi metalldan yasalgan, uning o‘rta qismida 6 ta to‘g‘ri burchakli teshiklar joylashgan bo‘lib, ular har birining chap qirrasi, chizg‘ichning uzunasiga bitta yon qirrasi va oxirgi uchi qirrasi yo‘nilgan bo‘ladi (11.3- shakl). Birinchi teshik yo‘nig‘ida perpendikular yo‘nalishda shtrix chizilgan bo‘lib, u 0 bilan belgilangan. Qolgan teshiklarning yo‘nilgan qirralari noldan hisoblaganda, 10, 20, . . ., 50 sm va chizg‘ich oxirgi uchi yo‘nilgan qirrasi esa 70, 71 sm yozuvlar bilan belgilangan. Bunday chizg‘ichdan foydalanish prinsiði katetlari 50 sm, giðotenuzasi esa 70, 71 sm ga teng to‘g‘ri burchakli uchburchakni yasashga (502 +502 =70, 712 ) asoslangan.  
 
 
Ushbu chizg‘ich yordamida qog‘ozda kvadrat kataklarni yasash tartibini 
ko‘rib chiqamiz. Bunda dastlab qog‘ozning pastki qirrasiga Drobishev chizg‘ichi 
parallel qilib qo‘yiladi, birinchi va oxirgi teshiklar yo‘nilgan qirrasi bo‘yicha qalam 
bilan ingichka qilib chiziqchalar chiziladi va ular 0 va 5 raqamlar bilan belgilanadi 
(11.4- shakl). Nol bilan belgilangan chiziqchadagi nuqtaga nol nuqtasini tutashtirib, 
u qog‘ozning chap qirrasiga parallel holda o‘rnatiladi va birinchi hamda oxirgi 
teshikchalarning yo‘nilgan qirrasi bo‘yicha 0 va 5′ bilan belgilangan chiziqchalar 
chiziladi. So‘ngra chizg‘ichning nol nuqtasini 5 nuqta bilan tutashtirib, chizg‘ich 
diagonal yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yiladi va chizg‘ichning yo‘nalgan uchini 5′ 
chiziqcha bilan kesishtiriladi. 
 
 
 
Natijada 0, 5, 5′ raqamlar bilan belgilangan to‘g‘ri burchakli uchburchak 
uchlari topiladi. So‘ngra chizg‘ichning nol nuqtasini 5 nuqta bilan tutashtirib, u 
Ushbu chizg‘ich yordamida qog‘ozda kvadrat kataklarni yasash tartibini ko‘rib chiqamiz. Bunda dastlab qog‘ozning pastki qirrasiga Drobishev chizg‘ichi parallel qilib qo‘yiladi, birinchi va oxirgi teshiklar yo‘nilgan qirrasi bo‘yicha qalam bilan ingichka qilib chiziqchalar chiziladi va ular 0 va 5 raqamlar bilan belgilanadi (11.4- shakl). Nol bilan belgilangan chiziqchadagi nuqtaga nol nuqtasini tutashtirib, u qog‘ozning chap qirrasiga parallel holda o‘rnatiladi va birinchi hamda oxirgi teshikchalarning yo‘nilgan qirrasi bo‘yicha 0 va 5′ bilan belgilangan chiziqchalar chiziladi. So‘ngra chizg‘ichning nol nuqtasini 5 nuqta bilan tutashtirib, chizg‘ich diagonal yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yiladi va chizg‘ichning yo‘nalgan uchini 5′ chiziqcha bilan kesishtiriladi. Natijada 0, 5, 5′ raqamlar bilan belgilangan to‘g‘ri burchakli uchburchak uchlari topiladi. So‘ngra chizg‘ichning nol nuqtasini 5 nuqta bilan tutashtirib, u  
 
qog‘oz o‘ng qirrasiga parallel qo‘yilib, oxirgi teshikcha qirrasidan 5" chiziqcha 
chiziladi. Chizg‘ich nol nuqtasi qog‘ozdagi 0 nuqtaga qo‘yilib, diagonal 0 — 5" 
bo‘yicha yo‘naltiriladi va chizg‘ich uchi yo‘nalgan qirrasi bilan 5" chiziqcha 
kesishtiriladi. Shunday qilib, burchak uchlari 0, 5, 5" nuqtalardan iborat ikkinchi 
to‘g‘ri burchakli uchburchak hosil bo‘ldi. 0, 5, 5′ va 0, 5, 5" uchburchaklar qo‘shilib, 
tomonlari 50×50 sm, uchlari 0, 5′, 5", 5 nuqtalardan iborat kvadratni tashkil etadi. 
Bajarilgan ishlar to‘g‘riligini tekshirish uchun chizg‘ichning nol nuqtasi 5′ nuqta 
bilan tutashtirilib, qog‘ozning yuqori qirrasiga parallel qo‘yilsa, uning oxirgi teshigi 
yo‘nilgan qirrasi bilan 5" nuqta tutashishi kerak. Òutashmaslik qiymati 0,2 mm dan 
oshmasligi kerak. Shundan keyin kvadratning to‘rt tomoni chizg‘ichning 
teshikchalari orqali 10 sm li bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi va qarama-qarshi 
tomonlarda hosil bo‘lgan nuqtalar chizg‘ichning yo‘nilgan qirrasi bilan tutashtirilib 
chiziqlar chiziladi va kvadrat kataklari to‘ri hosil qilinadi. 
Kvadratlarning o‘zaro tengligini tekshirish uchun ulardan birining diagonali 
sirkul bilan olinib, qolganlarining diagonali bo‘yicha qo‘yib chiqilganda ular teng 
bo‘lishi yoki ularning farqi 0,2 mm dan oshmasligi kerak. Bunday maxsus chizg‘ich 
qo‘l ostida bo‘lmasa, oddiy yo‘l bilan kvadrat kataklar to‘rini hosil qilish mumkin. 
Buning uchun olingan qog‘oz varag‘ining qarama-qarshi burchaklaridan oddiy 
chizg‘ich bilan diagonal chiziqlar o‘tkaziladi. Ularning kesishgan nuqtasi 0 dan 
boshlab to‘rtta burchaklarga qarab qabul qilingan uzunlikdagi kesimlar qo‘yib 
chiqiladi va A, B, C va D nuqtalari topiladi (11.5- shakl). Bu nuqtalarni tutashtirib, 
to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak hosil qilinadi. A nuqtadan B nuqtaga qarab ko‘ndalang 
masshtabdan sirkul yordamida aniq o‘lchab olingan 10 sm ga teng kesim ketma-ket 
qo‘yib chiqilib, nuqtalar belgilanadi. So‘ngra sirkulda olingan o‘sha 10 sm li kesim 
A nuqtadan boshlab D nuqtaga qarab birin-ketin qo‘yilib, nuqtalar belgilanadi.  
 
qog‘oz o‘ng qirrasiga parallel qo‘yilib, oxirgi teshikcha qirrasidan 5" chiziqcha chiziladi. Chizg‘ich nol nuqtasi qog‘ozdagi 0 nuqtaga qo‘yilib, diagonal 0 — 5" bo‘yicha yo‘naltiriladi va chizg‘ich uchi yo‘nalgan qirrasi bilan 5" chiziqcha kesishtiriladi. Shunday qilib, burchak uchlari 0, 5, 5" nuqtalardan iborat ikkinchi to‘g‘ri burchakli uchburchak hosil bo‘ldi. 0, 5, 5′ va 0, 5, 5" uchburchaklar qo‘shilib, tomonlari 50×50 sm, uchlari 0, 5′, 5", 5 nuqtalardan iborat kvadratni tashkil etadi. Bajarilgan ishlar to‘g‘riligini tekshirish uchun chizg‘ichning nol nuqtasi 5′ nuqta bilan tutashtirilib, qog‘ozning yuqori qirrasiga parallel qo‘yilsa, uning oxirgi teshigi yo‘nilgan qirrasi bilan 5" nuqta tutashishi kerak. Òutashmaslik qiymati 0,2 mm dan oshmasligi kerak. Shundan keyin kvadratning to‘rt tomoni chizg‘ichning teshikchalari orqali 10 sm li bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi va qarama-qarshi tomonlarda hosil bo‘lgan nuqtalar chizg‘ichning yo‘nilgan qirrasi bilan tutashtirilib chiziqlar chiziladi va kvadrat kataklari to‘ri hosil qilinadi. Kvadratlarning o‘zaro tengligini tekshirish uchun ulardan birining diagonali sirkul bilan olinib, qolganlarining diagonali bo‘yicha qo‘yib chiqilganda ular teng bo‘lishi yoki ularning farqi 0,2 mm dan oshmasligi kerak. Bunday maxsus chizg‘ich qo‘l ostida bo‘lmasa, oddiy yo‘l bilan kvadrat kataklar to‘rini hosil qilish mumkin. Buning uchun olingan qog‘oz varag‘ining qarama-qarshi burchaklaridan oddiy chizg‘ich bilan diagonal chiziqlar o‘tkaziladi. Ularning kesishgan nuqtasi 0 dan boshlab to‘rtta burchaklarga qarab qabul qilingan uzunlikdagi kesimlar qo‘yib chiqiladi va A, B, C va D nuqtalari topiladi (11.5- shakl). Bu nuqtalarni tutashtirib, to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak hosil qilinadi. A nuqtadan B nuqtaga qarab ko‘ndalang masshtabdan sirkul yordamida aniq o‘lchab olingan 10 sm ga teng kesim ketma-ket qo‘yib chiqilib, nuqtalar belgilanadi. So‘ngra sirkulda olingan o‘sha 10 sm li kesim A nuqtadan boshlab D nuqtaga qarab birin-ketin qo‘yilib, nuqtalar belgilanadi.  
 
 
Xuddi shu tarzda DC tomon D nuqtadan, BC tomon esa B nuqtadan boshlab 
oldingiday kesimlarga bo‘linadi. Qarama-qarshi tomonlardagi teng nuqtalardan 
chiziqlar o‘tkazilib, 10×10 sm bo‘lgan kvadrat kataklar hosil qilinadi. Ularning 
tengligini tekshirish yuqoridagi kabi bajariladi. Kvadrat kataklar to‘rini yasab 
bo‘lingach, chiziladigan plan masshtabi va teodolit poligoni nuqtalarining 
koordinatalari qiymatidan kelib chiqib, kvadrat kataklar to‘ri koordinata qiymatlari 
bilan belgilab chiqiladi. Bizning misolimizda teodolit poligoni nuqtalarining 13- 
jadvaldagi x va y qiymatlariga qarab 1:2 000 masshtab uchun 11.4- shakldagi 
koordinatalar to‘ri sonlar bilan yozib chiqilgan. Poligon nuqtalarini koordinatalari 
bo‘yicha planga tushirish boshlang‘ich nuqta (13- jadvalda A nuqta) dan boshlanadi. 
Buning uchun ushbu nuqta koordinatalarining ishorasi va qiymatiga qarab nuqta 
joylashadigan kvadrat aniqlanadi. A nuqtasining koordinatalari x=+ 4100,00 m va y 
= 2500,00 m bo‘lgani uchun nuqta joylashadigan kvadratning pastki chap uchi 
koordinatalari x = 4000 m va y = 2500 m bo‘ladi. Demak, undan boshlab shimolga 
4100 – 4000 = 100 m, sharqqa 2500 – 2500 = 0 m masshtabda o‘lchab qo‘yilsa, A 
nuqta topiladi (11.4- shakl). Koordinatalari x=+ 4152,42 m va y=+ 2714,95 m 
bo‘lgan 1- nuqta (13- jadval) pastki chap uchi koordinatalari x = 4000 m va y = 2700 
Xuddi shu tarzda DC tomon D nuqtadan, BC tomon esa B nuqtadan boshlab oldingiday kesimlarga bo‘linadi. Qarama-qarshi tomonlardagi teng nuqtalardan chiziqlar o‘tkazilib, 10×10 sm bo‘lgan kvadrat kataklar hosil qilinadi. Ularning tengligini tekshirish yuqoridagi kabi bajariladi. Kvadrat kataklar to‘rini yasab bo‘lingach, chiziladigan plan masshtabi va teodolit poligoni nuqtalarining koordinatalari qiymatidan kelib chiqib, kvadrat kataklar to‘ri koordinata qiymatlari bilan belgilab chiqiladi. Bizning misolimizda teodolit poligoni nuqtalarining 13- jadvaldagi x va y qiymatlariga qarab 1:2 000 masshtab uchun 11.4- shakldagi koordinatalar to‘ri sonlar bilan yozib chiqilgan. Poligon nuqtalarini koordinatalari bo‘yicha planga tushirish boshlang‘ich nuqta (13- jadvalda A nuqta) dan boshlanadi. Buning uchun ushbu nuqta koordinatalarining ishorasi va qiymatiga qarab nuqta joylashadigan kvadrat aniqlanadi. A nuqtasining koordinatalari x=+ 4100,00 m va y = 2500,00 m bo‘lgani uchun nuqta joylashadigan kvadratning pastki chap uchi koordinatalari x = 4000 m va y = 2500 m bo‘ladi. Demak, undan boshlab shimolga 4100 – 4000 = 100 m, sharqqa 2500 – 2500 = 0 m masshtabda o‘lchab qo‘yilsa, A nuqta topiladi (11.4- shakl). Koordinatalari x=+ 4152,42 m va y=+ 2714,95 m bo‘lgan 1- nuqta (13- jadval) pastki chap uchi koordinatalari x = 4000 m va y = 2700  
 
m ga teng kvadratda joylashadi. Undan yuqoriga (shimolga) 4152,42—4000 = 
152,42 m va o‘ng tomonga (sharqqa) 2714,95—2700 = 14,95 m ni plan masshtabida 
o‘lchab qo‘yib (11.4- shakl) topilgan nuqtalardan kvadrat tomonlariga parallel 
chiziqlar chizilsa, ularning kesishishidan 1- nuqtaning plandagi o‘rni hosil bo‘ladi. 
Poligon qolgan nuqtalarining o‘rni ham planda shu tartibda topiladi. 
Planga nuqtalar to‘g‘ri tushirilganini tekshirish uchun birinketin tushirilgan 
ikki nuqta oralig‘i masshtabda sirkul bilan o‘lchanib, vedomostdagi (13- jadval) 
chiziqning gorizontal quyilishi qiymati bilan solishtiriladi. Agar ular bir-biriga teng 
chiqsa, nuqtalar planga to‘g‘ri tushirilgan bo‘ladi, aks holda, ular o‘rnini planda 
qayta topiladi. Òushirilgan har bir nuqta yoniga uning tartib raqami yoziladi. Aynan 
shu tarzda planga diagonal yo‘l nuqtalari ham tushiriladi. Plandagi teodolit yo‘li 
nuqtalari chiziqlar bilan o‘zaro tutashtirib chiqiladi va planda poligon hosil bo‘ladi. 
Shundan keyin joyda syomka qilingan tafsilotlar (11.1- shakl) planga yo‘l nuqtalari 
va tomonlaridan tegishli o‘lchangan qiymatlarni o‘lchab qo‘yib tushiriladi. Bunda 
dala syomkasida olib borilgan abrisdan foydalaniladi. Perpendikulyarlar usuli bilan 
syomka qilingan tafsilot nuqtalari esa planga sirkul, chizg‘ichlar (oddiy va 
uchburchak) hamda ko‘ndalang masshtab yordamida tushiriladi. 
Perpendikulyarlar uzunligi va ularning asosigacha o‘lchangan masofalarni 
uchburchak va oddiy chizg‘ichlar yordamida ko‘ndalang masshtab va sirkul 
yordamida o‘lchab qo‘yib, tafsilot nuqtalari planda topiladi. Qutbiy koordinatalar 
usulida syomka qilingan nuqtalarni transportir, sirkul va ko‘ndalang masshtab 
yordamida o‘lchab qo‘yiladi. O‘lchangan qutbiy burchaklarni qog‘ozda yasash 
uchun transportir markazi teodolit o‘rnatilgan nuqtaga, uning nol diametri esa joyda 
boshlang‘ich yo‘nalish qilib olingan tomon bilan tutashtirib olinadi. Har bir 
tushirilgan burchakni chegaralovchi yo‘nalish bo‘yicha teodolit o‘rnatilgan nuqtadan 
boshlab tegishli masofalar masshtabda qo‘yilib topilgan nuqtalar bo‘yicha tafsilot 
chegarasi chizib ko‘rsatiladi. 
Burchak kesishtirish usuli bilan syomka qilingan nuqtalarni planga transportir 
va chizg‘ich yordamida tushiriladi. Bunda burchaklar qaysi tomondan boshlab 
o‘lchangan bo‘lsa, transportir bilan o‘sha tomondan o‘lchab qo‘yiladi. Shunday 
qilib, planga chegaralari tushirilgan tafsilotlar tegishli topografik shartli belgilar 
jadvaliga asosan chizib chiqiladi. Planning ramkasi va ramkadan tashqari yozuvlari 
m ga teng kvadratda joylashadi. Undan yuqoriga (shimolga) 4152,42—4000 = 152,42 m va o‘ng tomonga (sharqqa) 2714,95—2700 = 14,95 m ni plan masshtabida o‘lchab qo‘yib (11.4- shakl) topilgan nuqtalardan kvadrat tomonlariga parallel chiziqlar chizilsa, ularning kesishishidan 1- nuqtaning plandagi o‘rni hosil bo‘ladi. Poligon qolgan nuqtalarining o‘rni ham planda shu tartibda topiladi. Planga nuqtalar to‘g‘ri tushirilganini tekshirish uchun birinketin tushirilgan ikki nuqta oralig‘i masshtabda sirkul bilan o‘lchanib, vedomostdagi (13- jadval) chiziqning gorizontal quyilishi qiymati bilan solishtiriladi. Agar ular bir-biriga teng chiqsa, nuqtalar planga to‘g‘ri tushirilgan bo‘ladi, aks holda, ular o‘rnini planda qayta topiladi. Òushirilgan har bir nuqta yoniga uning tartib raqami yoziladi. Aynan shu tarzda planga diagonal yo‘l nuqtalari ham tushiriladi. Plandagi teodolit yo‘li nuqtalari chiziqlar bilan o‘zaro tutashtirib chiqiladi va planda poligon hosil bo‘ladi. Shundan keyin joyda syomka qilingan tafsilotlar (11.1- shakl) planga yo‘l nuqtalari va tomonlaridan tegishli o‘lchangan qiymatlarni o‘lchab qo‘yib tushiriladi. Bunda dala syomkasida olib borilgan abrisdan foydalaniladi. Perpendikulyarlar usuli bilan syomka qilingan tafsilot nuqtalari esa planga sirkul, chizg‘ichlar (oddiy va uchburchak) hamda ko‘ndalang masshtab yordamida tushiriladi. Perpendikulyarlar uzunligi va ularning asosigacha o‘lchangan masofalarni uchburchak va oddiy chizg‘ichlar yordamida ko‘ndalang masshtab va sirkul yordamida o‘lchab qo‘yib, tafsilot nuqtalari planda topiladi. Qutbiy koordinatalar usulida syomka qilingan nuqtalarni transportir, sirkul va ko‘ndalang masshtab yordamida o‘lchab qo‘yiladi. O‘lchangan qutbiy burchaklarni qog‘ozda yasash uchun transportir markazi teodolit o‘rnatilgan nuqtaga, uning nol diametri esa joyda boshlang‘ich yo‘nalish qilib olingan tomon bilan tutashtirib olinadi. Har bir tushirilgan burchakni chegaralovchi yo‘nalish bo‘yicha teodolit o‘rnatilgan nuqtadan boshlab tegishli masofalar masshtabda qo‘yilib topilgan nuqtalar bo‘yicha tafsilot chegarasi chizib ko‘rsatiladi. Burchak kesishtirish usuli bilan syomka qilingan nuqtalarni planga transportir va chizg‘ich yordamida tushiriladi. Bunda burchaklar qaysi tomondan boshlab o‘lchangan bo‘lsa, transportir bilan o‘sha tomondan o‘lchab qo‘yiladi. Shunday qilib, planga chegaralari tushirilgan tafsilotlar tegishli topografik shartli belgilar jadvaliga asosan chizib chiqiladi. Planning ramkasi va ramkadan tashqari yozuvlari  
 
ham xuddi shu shartli belgilar jadvalining talabi asosida bajariladi. Yakuniy 
chizilgan plan rangli (qora, ko‘k, jigar rang va yashil) tushda chizib chiqiladi. 
 
ham xuddi shu shartli belgilar jadvalining talabi asosida bajariladi. Yakuniy chizilgan plan rangli (qora, ko‘k, jigar rang va yashil) tushda chizib chiqiladi.