TERMINAL HOLATDAGI BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH, AHVOLI HAQIDA AXBOROT BERISH. QUSAYOTGAN BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH. JAROHATLANGAN SOHAGA MUZ QO’YISH
Yuklangan vaqt
2025-01-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
23,0 KB
TERMINAL HOLATDAGI BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH,
AHVOLI HAQIDA AXBOROT BERISH. QUSAYOTGAN BEMORLARGA
YORDAM KO’RSATISH. JAROHATLANGAN SOHAGA MUZ QO’YISH
Terminal holat (lat. terminalis ohirgi, chegara holat) – bu hayot va o’lim
o’rtasidagi chegara holat bo’lib, hayotiylik ko’rsatkichlarini kritik darajada buzilishi
qon bosimining keskin tushib ketishi, metobolizm va havo almashinishining chuqur
buzilishi bilan kechadigan holat. Terminal holatlarni keltirib chiqaruvchi omillaridan
jarohatlar, kuyishlar, elektr bilan jarohatlanish, cho’kish, mexanik asfiksiya, miokard
infarkti, yurak ritmini o’tkir buzilishi, anafilaksiya (hashoratlarni chaqishi, dorilarni
yuborilishi) bo’lib hisoblanadi. Yurak to’xtashini patogenezi bitta etiologik faktor
ta’sirida bo’lishi mumkin. Sirtmoq xiqildoqni yuqori sohasida siqilishi sababli
mexanik asfiksiyada dastlab nafas olishni reflektor to’xtashi to’g’ridan to’g’ri
karotid sinuslarni bosilishi sababli kelib chiqadi. Boshqa holatlarda bo’yinni yirik
tomirlari, traxeyani bosilishi, ayrim xollarda bo’yin umurqalarini sinishi, yurak
to’xtashiga bir muncha boshqacha patogentik ko’rinish beradi. Cho’kish vaqtida suv
tezda nafas yo’llarini to’ldirishi mumkin, bu alveolalardagi oksigenatsiya jarayonini
to’xtatadi. Boshqa holatlardagi o’limlarda ovoz tirqishini kritik spazmi sabali
gipoksiyani kritik darajasi kelib chiqadi. Tana orqali elektr tokini o’tishida, hayotiy
funksiyalarni kritik buzilishi mexanizmi kuzatiladi.
Terminal xolatni uch bosqichli tasnifi keng tarqalgan: predagoniya, agoniya,
klinik o’lim. Undan tashqari, reanimatsion muolajalardan keyingi holat ham
kiritiladi.
Predagonal holat: umumiy karaxtlik, hushida emas, qon bosimi aniqlanmaydi,
pereferik qon tomirlarda puls aniqlanmaydi, lekin son va uyqu arteriyalarida
aniqlanadi; nafas olishni buzilishi xansirash, sianoz va teri qoplamlari va shilliq
qavatlarini rangparligi kuzatiladi.
Agonal holat: quyidagi simptomokompleks asosida aniqlanadi: hushini yo’qligi
va ko’z reflekslarini yo’qligi, qon bosimi aniqlanmaydi, yirik arteriyalarda juda sust
va pereferik tomirlarda aniqlanmaydi; auskultatsiyada yurak tonlari sust eshitiladi;
EKGda yurak ritmini buzilishi va gipoksiya belgilari qayd qilinadi.
Klinik o’lim: qon aylanishini butunlay to’xtashidan keyin, nafas va markaziy
nerv sistemasini funksional aktivligini yo’qolishi bilan qayd qilinadi. O’pkalarni
ishlashini to’xtashidan so’ng almashinuv jarayonlari keskin susayadi, lekin anaerob
glikoliz hisobiga to’liq to’xtamaydi. Shu sababli klinik o’lim holatidan qaytarish
mumkin, uni davomiyligi nafas va qon aylanishini to’liq to’xtashidan keyingi bosh
miyani yashashi bilan bog’liq bo’ladi.
Shu o’rinda miya va biologik o’lim tushunchalarini eslatib o’tish mumkin.
“Miya o’limi” holati (dekortikatsiya) - miya yarim sharlarini orqaga qaytmas
zararlanishida qayd qilinadi. Lekin erta davrlarda (klinik o’limni birinchi soat va
kunlarida) bu tashxisni qo’yish juda murakkab.
Biologik o’lim umumlashtirilgan ko’rinishda xayotiylikni orqaga qaytmas
buzilishida aniqlanadi. Uni ob’yektiv belgilari bo’lib gipostatik dog’lar paydo
bo’lishi ko’rsatadi, xaroratni tushishi va murda tanasia mushaklarni qattiqlashishi
aniqlanadi. Ko’pincha potensial sog’lom odamlarda tez o’lim holatlarida bosh
miyani o’rtacha yashashi 3 daqiqani tashkil qiladi. Undan so’ng bosh miyada orqaga
qaytmas o’zgarishlar yuzaga keladi. Halok bo’lishni erta davrlarida o’limni barcha
turlarida uchta klinik belgilar triadasi aniqlanadi; nafasni yo’qolishi (apnoe), qon
aylanishini to’xtasht (asisitoliya), hushini yo’qolishi (koma).
Spontan nafasni to’liq to’xtashi (apnoe) vizual aniqlanadi – nafas
ekskursiyasini yo’qligi bilan. Apnoeni vizual diagnostikasi reanimatologdan kuchli
diqqatlilikni, aniq va tez harakatni talab qiladi. To’liq obturatsiya tashhisi sun’iy
nafasni bosim ostida berganda o’tmasligida qo’yiladi. Nafas yo’llarini
o’tqazuvchanligini shoshilinch tiklash quyidagi harakatlarni bajarish bilan erishiladi:
bemor qulay holatda yotqiziladi; boshini orqaga qilinadi, o’pkaga havo yuborishga
harakat qilinadi. Yurak urishini to’xtashi simptomiga – son va uyqu arteriyalarida
puls yo’qolishiga asoslanadi. Puls yo’qligi – yurakni yopiq massajiga o’tishga belgi
hisoblanadi. Yurak va nafas faoliyatini tiklanish zahotiyoq miya va organizmni
sovutish choralariga o’tiladi, ya’ni miyani va a’zolarni gipoksiyaga chidamliligini
oshiruvchi dorilarni yuboriladi.
Xulosa qilish murakkab, agarda reanimatsion muolajalardan so’ng qon
aylanishi tiklansa-yu, lekin xushiga kelmasa, sun’iy nafas berish davom ettiriladi.
Jonlantirishni erta bosqichlarida “miya o’limi” haqida gapirish murakkab, shu
sababli reanimatsion muolajalarni davom ettirish lozim. Koma xolatini 6 soatdan
uzoq davom etishida miya faoliyatini to’liq tiklanishiga umid kamayadi; chuqur
komada 24 soatdan keyin keskin kamayadi; 48 soatdan keyin yo’qoladi.
Agonal xolatdagi bemorlarni parvarishi. Agoniya – o’lim oldi holati, modda
almashinuvini chuqur buzilishi va organizmni xayotiy funksiyalarini so’nishi bilan
harakterlanadi. Agoniyadan so’ng bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom
etadigan terminal (oxirgi) pauza holati yuzaga keladi. Bu qisqa vaqt ichida nafas
olish dastlab tezlashadi, keyin vaqtincha to’xtaydi, yurak faoliyati sekinlashadi, ko’z
qorachiqlari kengayadi, to’r parda refleksi yo’qoladi. Undan so’ng yuzaga keladigan
bir nechta soniyadan soatgacha davom etadigan agonal holatda nerv tizimini yuqori
bo’limlarini faoliyatini buzilishi; bosh miya funksiyalarini so’nishi (hushini
yo’qotish), uzunchoq miyani xaotik funksiyasi (nafas olish juda sustlashadi,
noto’g’ri bo’lib qoladi). Arterial qon bosimi nolgacha tushib ketadi, puls ipsimon
bo’lib keyinchalik butunlay yo’qoladi. Tana harorati tushib ketadi, umumiy talvasa
va sfinkterlar paralichi (siydik va axlat tuta olmaslik) kuzatiladi. Agar agonal holat
davom etsa o’pka shishi yuzaga keladi. Agonal holatdagi bemorlarni holati, tashqi
ko’rinishi: rangpar va ko’kargan yuzi, sovuq ter bosadi, ko’zni shox pardasi
xiralashadi.
Nafas va yurak faoliyatini to’htashi bilan klinik o’lim xolati yuzaga keladi.
Agonal holatga tushgan bemor reanimatsion muolajalarga muxtoj. Odatda
nafas va yurak-qon tomir, miya faoliyatini jonlantiruvchi dori vositalari yuboriladi.
Halok bo’layotgan bemorlarni oldida ortiqcha gaplashishni to’xtatish lozim, chunki
ular eshitishi mumkin va bu holatini yanada og’irlashtiradi. Ularni alohidalash kerak
yoki izolyatorga joylash kerak.
Agarda klinik o’lim holati operatsiyadan so’ng yoki jarohatlanish sababli kelib
chiqqan bo’lsa, reanimatsion muolajalarni davom ettirish lozim.
Klinik o’lim holatida bajarilgan davo choralari yordam bermaganda biologik
o’lim yuzaga keladi: nafas va yurak faoliyati to’xtaydi, mushaklar bo’shashadi, tana
xaroratini tushishi kuzatiladi. Keyinchalik tanani pastki qismlarida ko’kimtir
rangdagi murda dog’lari paydo bo’ladi. Vrach o’limni qayd qiladi va kasallik tarixiga
kun va vaqtini qayd qiladi. Murdani yechintirib oyoqlarin cho’zib yotqiziladi, pastki
jag’i bog’lanadi, qovoqlari yopiladi, ustini yopib 2 soatga qoldiriladi. Xamshira
murda oyoqlariga ismi sharifi va kasallik tarixi sonini yozib qo’yadi. Undan tashqari
ma’lumotlari kiritilgan yo’naltiruvchi ma’lumotnoma to’ldiriladi. Murdani yorish
uchun patologoanotamik bo’limga o’limni yaqqol belgilari (murda dog’lari,
qattiqlashish, ko’z kosalarini yumshashi) paydo bo’lgach olib chiqiladi. Barcha
murdalar yorib tekshiriladi va shundan so’ng qarindoshlariga beriladi. Murdadan
qimmatbaho buyumlar yechiladi va akt tuziladi. Shundan so’ng qarindoshlariga
tilxat ostida beriladi.
Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish
Qusish – oshqozon massalarini to’satdan og’iz orqali chiqishi. Qusish
uzunchoq miyada joylashgan qusish markazini buyrug’i bilan yuzaga keladi. Bu
markazga impulslar oshqozondan, ichaklardan, jigar, buyrak, bachadon, vestibulyar
apparatdan va oliy nerv tizimidan (masalan yoqimsiz xid sababli) kelishi mumkin.
Shu qatorda qusish xar xil toksik moddalar va dorilarni qusish markaziga ta’siri
natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Ko’p xolatlarda qusishdan oldin ko’ngil aynashi, so’lak ajralishi, tez va chuqur
nafas olish bilan boshlanishi mumkin.
Qusishni qayt qilishdan farqlash lozim. Qayt qilish odatda qorin mushaklari va
diafragmani xarakatisiz, bu oshqozonni ovqat yoki havo bilan to’lishi sababli yuzaga
keladi.
Bolalarda, ayniqsa erta yoshli bolalarda, qusish ko’p uchraydi. Bolalarda qusish
ximoya funksiyalarini rivojlanmaganligi, qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishi
xavfi bilan ayniqsa xavfli.
Qusishda dastlabki yordam ko’rsatish.
Agar bolada qusish kuzatilsa uni yolg’iz qoldirmaslik kerak.
Qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishini oldini olish maqsadida bolani
yonbosh xolatida yotqizish lozim.
Xar bir qusishdan so’ng bolani og’zini toza suv bilan yuvish lozim (20
grammlik shprits yoki sprinsofka yordamida) va terini qusuq massalari tushgan
sohalarini yuvish kerak.
Qusish sababini aniqlamaguncha bolani ovqatlantirish yoki unga dori
vositalarini bermaslik kerak.
Muz xaltasini qo’yish
Muz xaltasini qo’yish asosan tanani zararlangan sohasiga qon kelishini
kamaytirish maqsadida qo’llaniladi. Xaltani qo’llash uy sharoitidagi fizioterapiya
muolajasiga kiritish mumkin. Quruq sovuq gipotermik effekt sababli qon tomirlarini
torayishiga olib keladi, Sovuq nerv ta’sirchanligini kamaytiradi va og’riq kamayadi.
Xaltadagi muzni erishi sekin davom etganligi sababli tibbiyotda xozirgacha keng
qo’llaniladi.
Muz xaltasini qo’yishga ko’rsatma:
1. Qon ketish (ichki va tashqi)
2. Lat yeyishlar (dastlabki kunlarda).
3. Harorat ko’tarilganda
4. Komatoz xolatida
5. Hashoratlar chaqishida.
6. Qorin bo’shlig’idagi o’tkir yallig’lanish jarayonlarida.
7. Operatsiyadan keyingi davrlarda.
Muolajaga tayyorlash:
Muz bo’lakchalari yoki katta bo’lagi olinadi, 2-3 qavat choyshabga o’raladi,
katta bo’lagi bo’lsa urib maydalanadi. Katta bo’lagini o’zini ishlatish
taqiqlanadi.
Toza choyshab yoki sochiq tayyorlanadi
Muz uchun toza idish olinadi.
Sovuq suvli idish tayyorlanadi.
Muz xaltasini qo’llash texnikasi:
Muz xaltasini qo’yishdan oldin qo’yiladigan sohani ko’zdan kechirish lozim.
Yallig’lanish, tirnalish, qizarish yo’qligini aniqlash kerak.
Muz xaltasi asosan boshni peshona va ensa sohalariga, ko’krak qafasiga, qorin
sohasiga, yirik qon tomirlar sohasiga (chov, qo’ltiq osti sohalari) qo’yiladi.
Ko’krak yoshidagi bolalarga bosh sohsiga muz xalta qo’yish mumkin emas.
Bu xolatlarda sovuq kompresslar qo’llash mumkin.
Nazorat savollari:
1. Terminal holat tushunchasi?
2. Terminal holat davrlari?
3. Terminal holatlarda bajariladigan muolajalar?
4. Qusish nima?
5. Zararlangan tana qismlariga muz xalta qo’yish qoidalari.