Tetratsiklin preparatlari turli shakllarda retseptlar yozish
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
23,7 KB
Tetratsiklin preparatlari turli shakllarda retseptlar yozish
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashgulotda talabalarga Tetratsiklinlar sinfi,
preparatlari va preparatlari bilan tanishishadi. Mulohazalar o‘tkazadi. Xar xil
sxemalarda retseplar yozadi.
Darsning utkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori
moddalari bilan tanishadi. Antibiotiklar sinflariga doir dorilarning lotincha nomlarini
yozish.
Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar: tetratsiklin gidroxlorid,
oksitetratsiklin, digidrat, jadvallar, plakatlar.
Tetratsiklin preparatlari penitsillinlarga qaraganda ta’sir etish doirasi kengroq,
ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga ham shuningdek ular kislotaga
chidamli bakteriyalar, rikketsiyalarga va ayrim yirik viruslarga ham bakteriotsid
ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriolitik ta’siri bakteriostatik ta’siridan 10 martaga kuchliroq.
Tetratsiklinlar bir-biridan o‘ziga xos mikroblarga bo‘lgan qarshi ta’sirlariga qarab,
organizmga so‘rilishi va undan ajralib chiqish tezligiga qarab hamda organizmda
parchalanishi va zaharliligiga qarab ajratiladi.
Tetratsiklinlarga mikroorganizmlarni urganib qolish holati asta-sekinlik bilan
amalga oshadi. Ushbu preparatlarning ta’sir mexanizmi asosini mikroorganizmlarda
ribosomalar darajasidagi oqsil sintez bo‘lishini bo‘zadi. Tetratsiklinlar organizmga
qaysi yo‘llar bilan yuborilishidan qat’iy nazar, ular qonda o‘zining yuqori
konsentratsiyasini hosil qilib barcha organ va to‘qimalarga (bosh miya va orqa
miyadan tashqari) kirib boradi. Shuningdek ular platsintar devor orqali yengil o‘tsa,
gematoensefalitik devoridan esa faqatgina bir qator yuqumli kasalliklar hamda
organizm zaharlanishlarida o‘tish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ushbu antibiotiklar
kalsiy, temir va boshqa og‘ir metall ionlari bilan birikib, qiyin eriydigan birikmalar
hosil qiladi. Shu tufayli ularni ichga sut bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Organizmga ushbu antibiotiklar og‘iz orqali yuborilganda ularning qondagi eng
yuqori konsentratsiyasi 1,5-4 soat o‘tgandan so‘ng namoyon bo‘lib, terapevtik
samaradorligi 8-12 soatgacha saqlanadi. Muskul orasiga yuborilganda esa ta’siri 12-
24 soat davom etadi. Ingalyasiya qilinganda esa ularning yuqori konsentratsiyasi
o‘pkada bo‘lib, unda 36-48 soat davomida saqlanadi. Barcha xolatlarda ham
tetratsiklinlar 6-7 kun davomida saqlanib, bosh miyada yosh hayvonlarda esa bosh
miya to‘qimalarida ham borligi aniqlangan. Shunga muvofiq hayvonlarni go‘shtga
so‘yish, preparat yuborilgandan so‘ng 7 kun o‘tgandan keyin amalga oshirish tavsiya
etiladi. Tetratsiklinlar veterinariya amaliyotida barcha turdagi uy hayvonlari,
yirtqichlar hamda parrandalarning bakteriali, virusli infeksiyalarda, barcha yuborish
usullari orqali keng qo‘llaniladi.
Tetratsiklinlarning salbiy ta’sirlaridan disbakterioz, jigarning zaharlanishi
hamda embratoksik ta’sir xususiyatlarining mavjud ekanligidir.
Tetratsiklinlar har xil shakllarda tashqi va ichki tomonlarga keng qo‘llaniladi.
Ko‘z kasalliklarida esa maz (malxamlari) va liniment shakllarida ham ishlatiladi.
Preparatlari: tetratsiklin, tetratsiklin gidroxlorid, oksitetratsiklin digidrat,
tetratsiklin, terramitsin gidroxlorid, xlortetratsiklin, biomitsin, morfotsiklin,
metatsiklin, dioksitsiklin gidroxlorid, dibiomitsin.
Misol tariqasida: Xlortetratsiklin gidroxloridning qo‘llash dozalari.
-qoramollarga – 0,01- 0,02 / kg.
-qo‘ylarga - 0,007-0,01/ kg
-parranda - 0,02-0,03 / kg, kuniga 2 marta – per os .
Dibiomitsin – muskul orasiga:
-qoramollarga – 20.000 – 30.000 – TB/kg.
-qo‘ylarga -30.000 -50.000 TB/ kg.
Oksatetratsiklin (terramitsin ). Barcha hayvonlarga o‘rtacha -5000-10000
TB/kg, muskul orasiga.
Tetratsiklin (Tetracyclinum). Sariq tusli ignasimon kukun bo‘lib, xidsiz,
achchiq ta’mga ega, suvda kam, spirtda qiyin eriydigan, kislotali muhitga chidamli.
Tetratsiklin gidroxlorid (Tetracyclinum hydrochloridum). Tetratsiklindan
farqi suvda yaxshi eriydi va shu tufayli uni muskul orasiga hamda ingalyasion
usullarda qo‘llash mumkin.
Oksitetratsiklin
gidroxlorid
(Oxytetracyclinum
hydrochloridum),
Xloretratsiklin gidroxlorid (Chlortetracyclinum hydrochloridum). Ushbu preparatlar
bakterialarga qarshi ta’sir doirasi bo‘yicha tetratsiklinga yaqin.
Morfotsiklin
(Morfocyclinum).
Tetratsiklinning
sun’iy
o‘xshashi
hisoblanadi. Tuq sariq ko‘rinishda bo‘lib, achchiq ta’mga ega, suvda yengil eriydi.
Kislotali va ishqorli eritmalarda tezda buziladi. Bakterialarga qarshi ta’sir etish
doirasi boshqa tetratsiklinlarga o‘xshash bo‘lib, ammo u organizmga yuborilganda
uning qonda tezda konsentratsiyasi namoyon bo‘lib, davolash samaradorligi yuzaga
keladi. Xususan uni ko‘proq sepsis holatlarida tavsiya etiladi.
Metatsiklin gidroxlorid (Methacyclini hydrochloridum). Yarim sun’iy
tetratsiklin bo‘lib, oksitetratsiklinga yaqin. Boshqa tetratsiklinlardan farqi ichga
yuborilganda yaxshi so‘riladi hamda qonda uzoq saqlanadi. Asosan ichga tavsiya
etiladi. Dozasi 5-7 mg/kg, 1 kunda 2 marta. Kapsula shaklida 0,15-0,3 g miqdorlarda
ishlab chiqariladi.
Doksitsiklina
gidroxlorid
(Doxycyclini
hydrochloridum).
Oksitetratsiklinning yarim sun’iy o‘xshashi. Yuqori mikroblarga qarshi ta’sir
ko‘rsatish doirasiga ega. Xususan stafilokokklar va streptokokklarga nisbatan ta’siri
yuqori. To‘qima to‘siqlari orqali yaxshi utadi, shu tufayli organizmda tez va to‘liq
so‘riladi. Organizmda ta’siri 24 soatdan yuqori vaqt maboynida saqlanadi. Boshqa
tetratsiklinga qaraganda zaharlilik darajasi yuqori. Uning salbiy ta’siri natijasida
organizmda oshqozon ichak tizmida buzilishlar (qusish, diareya), jigarni
zaharlanishi, gemolitik anemiya, teri sezuvchanligini oshishi va boshqalar
ko‘zatiladi.
Shuningdek
boshqa
tetratsiklinlar
qatori
penitsillinlar
bilan
kelishmovchiliklarga ega.Amaliyotda brutsellyoz, vobo, ulat, leptospiroz va boshqa
yuqumli kasalliklarda birlamchi preparat sifatida tavsiya etiladi. U asosan
organizmga vena qon tomiri orqali 3 mg/kg dozada, 5-7 kun davomida 1 martadan
yuborish tavsiya etiladi. Itlar leptospirozida 3-5 mg/kg dozada yuboriladi. Kapsula,
tabletka va ampulalarda 0,1 g miqdorda ishlab chiqariladi.
Minotsiklin (Minocyclinum). Yarim sun’iy tetratsiklin bo‘lib, tuzilishi va
ta’sir xususiyati bo‘yicha doksitsiklin gidroxloridga o‘xshash.
Tetraxlorid (Tetrachloridum). Dorivor shakli tetratsiklin gidroxlorid. U
maxsus veterinariya amaliyotida qo‘llash uchun ishlab chiqariladi. Kukun, suvda
yaxshi eriydi, 1 TB= 1 mkg mavjud. Farmakologik xususiyati bo‘yicha preparat
tetratsiklinga o‘xshaydi.
RETSEPTLAR YOZISH
1. Rp.: Pul. Limoxini WS – 2,0
M.D.S. Og‘iz orqali, 500 ml suvga aralashtirib, ichirish uchun.
#
2. Rp.: Pul. Nemoviti WS – 10,0
M.D.S. Og‘iz orqali, 500 ml suvga aralashtirib, ichirish uchun.
#
3. Rp.: Sol. Limoxini -50 – 100 ml
D.S. Mushak orasiga, 20 kg tirik vazniga, 1 мl dan yuborish uchun.
#
4. Rp.: Sol. Limoxini -100 – 50 мl
D.S. Mushak orasiga, 10 kg tirik vazniga, 1 мl dan yuborish uchun.
#
5 .Rp.: Sol. Limoxini -200 LA– 100 мl
D.S. Mushak orasiga, 10 kg tirik vazniga, 1 мl dan yuborish uchun.
#
6. Rp.: Sol. Limoxini -25 spray- 200 мl
D.S.Teri yuzasiga har xil jarohatlarda aerosol shaklida qo‘llash uchun.
#
7.Rp.: Sol. Oxytetracyclini -200-100 ml
D.S. Mushak orasiga, 10 kg tirik vazniga, 1 мl dan yuborish uchun.
#
8. Rp.: Sol. Oxytetracyclini -100-100 ml
D.S. Mushak orasiga, 10 kg tirik vazniga, 1 мl dan yuborish uchun.
#
9.Rp.: Ung . Oxytetracyclini -1% -50,0
D.S. Ko‘z shilliq pardasiga surtish uchun.
#
10.Rp.: Sol. Nitoxi -100 ml
D.S. Mushak orasiga, 10 kg tirik vazniga 1 мl dan yuborish uchun.
#
11.Rp.: Caps. Methacyclini hydrochloridi -7,0
D.S. Og‘iz orqali 1 kunda 2 marta ichirish uchun.
#
12. Rp.: Tab.Tetracyclini hydrochloridi -0,1
D.t.d.№10
S. suvga aralashtirib, 1 kunda 2 marta ichirish uchun.
#
13. Rp.: Sol. Ashoxyni 20 % LA-5 ml
D.S. Mushak orasiga, 1 marta yuborish uchun.
#
14. Rp.: Sol. Oxyteti -20% -50 ml
D.S.Mushak orasiga, bir kunda, 1 marta yuborish uchun.
#
15. Rp.:Sol. O-Tetrae -20% -50 ml
D.S.Mushak orasiga, bir kunda, 1 marta yuborish uchun.