TEXNIK VA DONLI EKINLARINI O‘G‘ITLASH
Reja
1. O’g’itlarni qo’llash me’yori, muddati, usullari va shakllari.
2. Donli ekinlarning o’g’itlashni o’ziga xos tomonlari. Kuzgi bug’doyni
oziqlanishi va uni o’g’itlash asoslari. Kuzgi javdar va arpani oziqlanishi, ularni
o’g’itlash tizimi.
3. Dukkakli don ekinlarining biologik xususiyatlari va oziqlanish asoslari va
o’g’itlash.
Tayanch iboralar:o’g’itlash tizimi, o’g’it qo’llash meyori, muddatlari,
usullari, g’o’zani o’g’itlash, kuzgi bug’doy oziqlanishi va o’g’itlash, dukkakli don
ekinlarining biologik xususiyatlari va oziqlanishasoslari va o’g’itlash.
Donli ekinlarni xususiyati, ularni oziqlanish asoslari, turli rivojlanish davrlarida
oziq moddalarga bo’lgan talabi va ularni o’zlashtirishi, o’g’itlashning o’ziga xos
tomonlari. Tuproq unumdorligiga bo’lgan talabi, oziqlanishda tuproq eritmasining
muhiti, tuproqdan oziq elementlarini o’zlashtirib ketishi. Donli ekinlarni qishlashgacha
va qishdan chiqqandan keyingi davrlarda oziqlanish asoslari, bunda o’tmishdosh ekin
va tuproq unumdorligini ahamiyati.
Donli ekinlarni bahorda oziqlantirish asoslari: qo’llaniladigan o’g’itme’yori, turi,
shakllari va qo’llash usullari. O’g’itlar me’yorini belgilashda kuzgi ekinlardan
olinadigan hosil darajasi, almashlab eqiladigan ekin, tuproq-iqlim sharoitlari.
Sug’oriladigan sharoitda qo’llaniladigan o’g’itlar me’yori, uni nav xususiyati bilan
bog’liqligi. Ildizdan tashqari oziqlantirish va uning mohiyati, o’g’itlarni qo’llashning
iqtisodiy samaradorligi: hisobga olinadigan ko’rsatkichlar.
Donli ekinlar – ulardan don olish uchun yetishtirilib, insonlar uchun zarur
bo’lgan non mahsulotlari tayyorlanadi. Uning somoni va boshqa qoldiqlari chorva
mollari uchun yem-xashak hisoblanadi.
Respublikamizda 1,23 mln gektar maydongan g’alla don ekinlari ekilib
dexqonchilik qilinadi. Hosildorlik sug’oriladigan sharoitlarda 44-65 s/ga, Toshkent
,Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 700 ming gektarga yaqin
lalmi haydaladigan maydon bo’lib, o’rtacha hosildorligi 8-23 s/ga ni tashkil etadi.
Donli ekinlarni tarkibini asosini azotsiz birikmalar, ya’ni 2/3 qismi kraxmal va
kam miqdorda eriydigan qand moddalari tashkil etadi. Azotli birikmalardan don
ekinlari uchun eng muhimi bu oqsildir. Janubiy rayonlarda yetishtirilgan qattiq bug’doy
tarkibidagi oqsil miqdori 24 foizgacha yetadi. Oqsillardan eng muhimi – bu suvda
erimaydigan glyutenin va gliadin bo’lib, ular kleykovinani asosini tashkil etadi. Bu non
mahsulotlari tayyorlashda juda muhimdir.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishni asosiy tarmog’i – bu don yetishtirish va
xalqimizni don mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Don ishlab chiqarishni
ko’paytirish – bu qishloq xo’jaligini barcha tarmoqlarini rivojlanishini ta’minlaydi.
Don yetishtirishni ortishi bilan insonlarni yashash tarzi va bu mahsulotga bo’lgan talabi
qondiriladi. Shuning uchun ham mustaqil Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov
o’zining bir qator asarlarida O’zbekiston o’zini-o’zi don bilan ta’minlashi juda muhim
masala ekanligini ko’rsatib o’tgan.
Buning uchun donli ekinlar hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini
yaxshilashda, barcha agrotexnik ishlar bilan bir qatorda ushbu ekinlarni o’g’itlash
tizimini yaxshi yo’lga qo’yishi zarur.
Donli ekinlar uchun umumiy bo’lgan xususiyatlardan biri, bu ularning ildiz
tizimining popuksimonligi bo’lib, u yon-atrofga 80-150 sm kenglikda va 150-200 sm
chuqurlikda joylashadi.
Donli ekinlar bir-biriga biologik jihatdan o’xshash bo’lsada kuzgi don ekini
o’zining o’suv davri uzoqligi bilan ya’ni, oziq moddalarni uzoq vaqt o’zlashtirilishi
bilan ajralib turadi. Chunki, kuzning boshlanishidan keyingi yilning may-iyun
oylarigacha davom etadi. Kuzgi don ekinlari to’la qishki va baxorgi tuproq namligidan
foydalaniladi. Kuzgi javdar va bug’doy boshqa don ekinlariga nisbatan biologik
jihatdan oziq moddalarga – o’g’itlarga talabchandir. Kuzgi don ekinlari kuzda ko’p
miqdorda fosforli va kaliyli o’g’itga talabi oshadi. Kuchli to’planish darajasi va ildiz
tizimini hosil qilib o’simlikda uglevodlarni to’plab sovuqqa chidamligini oshiradi.
Tuproq, havo isishi bilan o’simlikning azotga bo’lgan talabi osha boradi. Kuzda
ortiqcha berilgan azot o’simlikni sovuqqa chidamligini pasaytiradi. Ko’p holatda
qishki-bahorgi davrda o’simlik sovuqdan zararlanishiga hosili pasayishiga olib keladi.
Kuzgi bug’doy, arpa javdarga nisbatan sovuqqa chidamli hisoblanadi. Kuzgi javdar
tuproq va o’g’it tarkibidan fosfaridlarni, kaliy oziqasini kuchli iste’mol qiladi. Kam
unumdor tuproqda ham o’sa oladi. Bu ekin uchun yengil qumoq, qumloq mexaniq
tarkibli tuproqlarga ekish yaxshi natija beradi.
Donli ekinlarni o’g’itlash tizimini tuzishda ularniing rivojlanish davrlarini va har
bir davrda o’simlikni oziq moddalarga bo’lgan talabini bilish juda muhim hisoblanadi.
Donli ekinlarda qo’yidagi rivojlanish davrlarini farqlash mumkin:
1.
Urug’ni unib chiqishi va maysa hosil bo’lish davri;
2.
Ildiz otishi va o’simlikni shakllanish davri;
3.
Naycha hosil qilish davri;
4.
Boshoqlanish davri;
5.
Gullash davri;
6.
Donni shakllanishi va pishishi (sut, mum va to’liq).
O’simlikni rivojlanish davrlarini bilgan holda uning butun o’suv davrida oziq
moddalarga bo’lgan talabini qondirish imkoniyati paydo bo’ladi.
Donli ekinlar 2 guruhga – kuzgi va bahorgi donli ekinlarga ajratiladi. Kuzgi donli
ekinlar (bug’doy, javdar, arpa). Ushbu ekinlarga xos xususiyatlardan biri, - bu ular
qishlab keyingi yilda hosil beradi.
Kuzgi donli ekinlar umuman yuqori hosildorlikka ega va o’g’itlarga juda
talabchandir.
Kuzgi bug’doy tuproq unumdorligiga juda talabchan bo’lib, tuproqeritmasini ph
muhiti neytralga yaqin va neytral bo’lganda yaxshi rivojlanib yuqori hosil beradi.
O’tmishdash ekinga juda talabchan. Past haroratga chidamsiz. Tuproqdagi qiyin
eriydigan birikmalarni kam o’zlashtiradi. Kuzgi bug’doy 10 s don va shunga mos
keladigan somon bilan o’rtacha 35 kg azot, 12 kg fosfor va 26 kg kaliyni o’zlashtirib
ketadi yoki 25 s don va 60 s somon shakllantirishi uchun 105 kg azot, 35 kg fosfor va
70 kg kaliy sarflaydi.
Kuzgi bug’doy to’planishi davrigacha oziq moddalarini unchalik ko’p talab
qilmaydi, lekin ularning, ayniqsa fosforning tanqisligiga juda sezgir. Naychalashdan
boshoq tortishgacha o’tadigan davrda va gullash oldidan oziq moddalarni ko’p
miqdorda talab qiladi (jadval). Urug’ unib chiqqandan toki nihollar qishlashga
kirguncha eng mas’uliyatli davr hisoblanib, bu davrda tuproqda yetarli miqdorda
oziq moddalar bo’lishini taqoza etadi.
74 - jadval
Kuzgi bug’doyni oziq moddalarga talabi, foiz
(eng yuqori talabga nisbatan foiz)
O’suv davri
Azot
Fosfor
Kaliy
Kuzda va erta bahorda
47
30
48
Boshoqlanish
71
68
88
Gullash
97
100
100
Sut pishish
98
97
96
To’liq pishish
100
93
100
Kuzgi bug’doyni yaxshi o’sib rivojlanishi, qishlashi uchun kuzda fosforli-kaliyli
o’g’itlarni ko’proq, azotli o’g’itlarni esa kamroq qo’llash kerak. Kuzgi bug’doyni asosiy
o’g’itlash ko’p jihatdan o’tmishdosh ekin turiga, o’g’itme’yori va tuproqunumdorligiga
bog’liq. Ushbu ekin erta bahordan jadal o’sa boshlaydi. Shu bois ularning azotli
o’g’itlarga bo’lgan talabi bu davrda kuchayadi, ma’lumki, erta bahorda tuproqda
azotning mineral shakldagi birikmalari juda kam bo’ladi, chunki kuzgi-kishki davrlarda
tuproqharorati past bo’lganligi sababli ammonifikasiya va nitrifikasiya jarayonlari sust
ketadi, mavjud nitratlar yuvilib va denitrifikasiyalanib ketganligi sababli o’simlik ildizlari
o’sgan qatlamda deyarli qolmaydi. Fosforli-kaliyli o’g’itlar bilan qo’shimcha
oziqlantirishning samarasi ularni kuzgi shudgor ostiga qo’llagandagiga nisbatan juda
kam bo’ladi.
Kuzgi bug’doy mahalliy o’g’itlarga juda talabchan bo’lib, har bir gektar hisobiga
20 t go’ng qo’llanilganda olinadigan qo’shimcha don hosili 3-6 sentnerni tashkil etadi.
Mineral o’g’itlarni kuzgi bug’doy hosiliga ta’siri ko’pincha tuproq-iqlim
sharoitiga bog’liq bo’ladi. Fosforli va kaliyli o’g’itlarni shudgor ostiga yoki tasma usulida
o’g’itlashga moslashtirilgan SZ-3,6 va SZS-2,1 seyalkalari bilan qo’llash kerak. Faqat
kam miqdordagi fosforni (10-15 kg) qator oralariga berish uchun saqlab qolish kerak.
Fosfor va kaliy o’g’itlarini to’g’ri miqdorini tanlash, o’simlikda ko’plab qand
moddalarini to’plashni ta’minlaydi, bu esa o’simlikni sovuqqa chidamligini oshirib,
ularni yotib qolishdan saqlaydi.
Azotli o’g’itlar samarodorligi tuproqunumdorligi past bo’lgan yerlarda yuqori
bo’ladi. Asosiy o’g’itlashda azotli o’g’itlar plug ostiga, kultivatorlar bilan beriladi. Kuzda
berilgan ortiqcha miqdordagi azot o’simlikda qand moddalari to’planishini kamaytirib
yuboradi va o’simlik qishdan yaxshi chikmaydi. Aksincha, azot yetishmasligi ham
o’simlikka saliy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham kuzgi bug’doyni ekishdan oldin
tavsiya etilgan azot miqdorini 1/3 qismi berilishi kerak. Lekin, bunda har bir gektar
hisobiga beriladigan azot miqdori 60-70 kg dan oshib ketamasligi kerak.
Azotli o’g’itlar me’yorini belgilashda rejalashtirilgan hosil miqdorini, o’simlikda
kuzda to’planadigan azot miqdorini, o’tmishdosh ekin turini va uni o’g’itlanganligini
bilish zarur.
Hator oralariga o’g’itberish – bu muhim agrokimyoviy tadbir bo’lib, bunda asosiy
rol fosfor, kamroq azotga ta’luqli, kaliyning ta’siri sezilmaydi. Hator oralariga
beriladigan oziq element miqdori N10P10 kompleks o’g’itholida beriladi. Bu davrda
yuqori me’yorda azot va kaliy qo’llanilsa urug’larni unib chiqishi kamayib ketadi (tuzlar
konsentrasiyasi oshib ketishi natijasida).
Turli tuproq-iqlim sharoitida kuzgi bug’doyni erta bahorda azotli oziqlantirish
yuqori samara berishi aniqlangan. Fosfor va kaliy samarasiz hisoblanadi. Azotli
oziqlantirish samaradorligi shimoldan janubga qarab kamayib boradi. Umuman, kuzgi
bug’doyni bahorda 30 kg/ga azot bilan oziqlantirish, o’rtacha 3-5 s/ga qo’shimcha hosil
olishni ta’minlaydi.
Kuzgi donli ekinlarni oziqlantirishda NH4NO3, CO(NH2)2, (NH4)2SO4, ishlatiladi.
Eng samaralisi NH4NO3.
Kuzgi bug’doyni har xil navlari oziq elementlariga turlicha talabchan bo’ladi. Bu
uning hosildorligiga va poyalarini yotib qolishga chidamligiga bog’liq. Yuqori hosilli
navlar oziq moddaga ko’plab talabchan bo’ladi.
O’g’itlarni qo’llashni to’g’ri tizimini joriy etish, nafaqat kuzgi bug’doy
hosildorligini oshiradi, balkim uni sifatini ham yaxshilaydi.
Don sifatiga o’simlikni gullash yoki sut pishish davrlarida ildizdan tashqari azotli
oziqlantirish yaxshi samara beradi. Bunda hosildorlik sezilarli oshmaydi, lekin don
tarkibidagi oqsil 0,5-2,0 foizga ortadi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda mochevinani
qo’llash yaxshi samara beradi. Bu vaqtda ildizdan tashqari sepiladigan eritma
konsentrasiyasi 20-30 yoki 40-foizli bo’lishi kerak.
Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda kuzgi bug’doy yetishtirish, yerlar
shudgorlangandan keyin nam to’plovchi sug’orish bilan boshlanadi. Ushbu agrotexnik
jarayon ta’sirida hosildorlik 1,5-2 marta ortadi. Keyingi rivojlanish davrlarida 2-3 marta
sug’orish o’tkaziladi.
Sug’orilib kuzgi bug’doy eqiladigan yerlarda gektariga 15-20 t. Go’ng
o’tmishdosh ekin ostiga beriladi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar ham kuzgi shudgorlashdan
oldin beriladi. Fosforli o’g’itlarni kam miqdori 10-15 kg/ga qator oralariga berish uchun
olib kolinadi. Azotli o’g’itlarni 1/3 miqdori ekishdan oldin, asosiy qismi bahorgi
oziqlantirishda, faqat 30-40 kilogrammi ildizdan tashqari oziqlantirishda beriladi.
Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitlarda kuzgi bug’doyga qo’llaniladigan
o’g’itlarning samaradorligi yanada yuqori bo’ladi. Karbonatli tuproqlarda azotli, fosforli
va kaliyli o’g’itlarni o’rtacha me’yorda qo’llash gektaridan 4-7,0 sentnergacha
qo’shimcha hosil yetishtirishni ta’minlaydi. Bunday yerlarda qo’llaniladigan har bir kg
npk hisobiga 7-8 kg don yetishtiriladi. Sug’oriladigan sharoitlarda donli ekinlardan
yuqori hosil yetishtirishda birinchi o’rinda azot, undan keyin fosfor turadi. Kuzgi
bug’doyning turli navlariga mineral o’g’itlar turlicha ta’sir qiladi Muqobil o’g’it me’yori
berilganda bug’doyning barg yuzasi,va hosildorlik turlicha bo’ladi.
75 - jadval
Mineral o’g’it me’yorlarini kuzgi bug’doy hosildorligi va barg yuzasiga
ta’siri, s\ga , m2 (J.B.Xudoyqulov ma’lumoti ,TDAU)
Nav
O’g’itlash
me’yori
barg yuzasi
Hosildorlik
, s\ga
kg\ga
1ta
o’simlikdagi
,sm2
1 m2 da,
m2
1ga da,
m 2\ga
Sanzar -8
N 50P 50K25
305,1
5,38
53,7
56,5
N 50P 50K25
300,0
5,54
55,4
59,0
N 100P 75K50
368,5
6,22
62,2
63,1
Avesto
N 50P 50K25
335,0
5,31
53,1
57,1
N 50P 50K25
344,1
5,83
58,3
60,5
N 100P 75K50
355,5
6,11
61,1
65,3
Turon
N 50P 50K25
370,5
6,.15
61,5
65,9
N 50P 50K25
402,5
7,09
70,9
72,8
N 100P 75K50
375,4
6,80
68,0
70,1
Kuzgibug’doyekinigaberiladigano’gitme’yorlariturliusullardaberilgandaolinadig
anhosildorlikturlichabo’ladi.
76 - jadval
O’g’itme’yorivaberishusuliningbug’doydonitarkibidagikleykavinavamakar
onlikxususiyatigata’siri
Variant
1983 y
1984 y
1985 y
1986 y
1988 y
O’rtacha
Makaronlik
xususiyati va
kleykovina, gr
Fon+N90
44,3 44,1
82
789
14,5
6,42
20
13,29
Fon+N120
50,1 43,0
84
786
14,9
7,46
31
15,53
Fon+N150
55,2 42,3
85
783
15,4
80,0
31
17,66
St Fon+N180
59,5 42,0
88
780
15,8
9,40
33
19,63
Fon+N210
60,2 41,5
89
779
16,2
9,75
34
20,46
Fon+N240
58
41,1
90
777
16,2
9,33
34
19,72
Boshqa kuzgi donli ekinlar qatori kuzgi javdar va arpani ham ildiz tizimi
popuksimondir. Javdar asosan kuzda barcha poyalarini hosil qilsa, arpada esa kuzda va
bahorda poyalar to’liq shakllanib bo’ladi. Kuzgi javdar va arpa tuproqunumdorligiga
juda talabchan emas. Ushbu ekinlarni mexanikaviy tarkibi yengil tuproqlarda, hatto pH
muhiti birmuncha nordon bo’lgan sharoitdagi tuproqlarda ham yetishtirish mumkin.
78 - jadval
Kuzgi javdar tomonidan oziq moddalarni o’zlashtirish dinamikasi
(eng ko’p o’zlashtiriladigan miqdorga nisbatan foiz)
O’suv davri
Kuzgi javdar
Arpa
Azot
Fosfor
Kaliy
Azot
Fosfor
Kaliy
Boshoqlash
76
58
82
71
56
73
Gullash
93
78
99
96
74
100
Mum pishish
100
100
100
100
100
64
Kuzgi javdar 10 s hosili va shunga mos keladigan somoni bilan o’rtacha 31 kg
azot, 14 kg fosfor va 26 kg kaliyni, arpa esa 29 kg azot, 13 kg fosfor va 25 kg kaliyni
o’zlashtirib ketadi.
Kuzgi javdar va arpaning yaxshi o’sib rivojlanishi va qishlovni yaxshi
o’tkazishi uchun kuzda ularga fosfor-kaliyli o’g’itlarni ko’proq, azotli o’g’itlarni esa
kamroq qo’llash zarur. Ushbu ekinlarni kuzda fosfor va kaliy o’g’iti bilan qondirib
oziqlantirish o’simliklarning yaxshi to’plashiga va bakuvvat ildiz otishiga, ko’p
miqdorda uglevodlar (shakar) to’plashiga hamda qishga chidamligini oshirishga
sharoit yaratadi. Kuzda azotli o’g’itlarni ko’p miqdorda qo’llash o’simliklarning
qishlash sharoitini yomonlashtiradi.
Kuzgi javdar va arpani asosiy o’g’itlash ko’p jihatdan o’tmishdosh ekin
harakteriga, o’g’itlanishiga va tuproqunumdorligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu ekinlardan
yuqori hosil yetishtirishda bahorda ularni azotli o’g’itlar bilan oziqlantirishning
ahamiyati benihoya katta.
Bahorda kuzgi javdar va arpa barvaqt o’sa boshlaydi va azotli o’g’itga talabi
ko’proq ortadi. Bu vaqtda tuproqda azotning mineral birikmalari juda kam bo’ladi,
chunki kuz-qish oylarida haroratning past bo’lganligi tufayli tuproqqa azotni o’tish
jarayoni sust boradi, mavjud nitratlar esa yuvilib va denitrifikasiyalanib ketgani uchun
ildiz oziqlanadigan qatlamda qolmaydi.
O’simliklarning dastlabki o’suv davrida ularni oziq moddalar bilan
ta’liminlanishini yaxshilash maqsadida asosiy o’g’itga oz miqdorda fosfor (gektariga
10-15 kg P2O5 hisobida) yoki azot-fosforli murakkab o’g’itqo’shish kerak. Azot-
fosforli murakkab o’g’itqo’shish ekishga qadar o’g’itlanmagan kuzgi javdar va arpa
uchun ayniqsa muhimdir.
Kuzgi javdar va arpa eqiladigan bo’z tuproqlarda NPKni o’rtacha me’yorda
qo’llash gektaridan 4-6,5 s gacha qo’shimcha don hosili olishni ta’minlaydi.
Namgarchilik yetarli bo’lgan hududlarda va sug’orib dehqonchilik qilinadigan
rayonlarda ushbu ekinlarga solingan o’g’itlarning samaradorligi ayniqsa yuqori bo’ladi.
1 kg solingan npk hisobiga 7-10 kg don olinadi.
Kuzgi donli ekinlar uchun o’g’itlash me’yorini belgilashda kuzgi ekinlardan
olinadigan hosil darajasi, almashlab eqiladigan ekin, tuproq-iqlim sharoitlari hisobga
olinadi. Sug’oriladigan yerlarda qo’llaniladigan mineral o’g’itlar me’yori bir muncha
oshiriladi.
Tuprog’i tez quriydigan sharoitlarda 50% azotli o’g’it birinchi oziqlantirishda
selyalka o’g’itlagich yordamida tuproq qatlamiga beriladi. Qolgan 50% esa nam
tuproqqa naychalash fazasiga berish kerak. Bug’doy doni tarkibidagi oqsil va boshqa
texnologik hususiyatlari yaxshilanishi uchun ildizdan tashqari oziqlantirish maqsadga
muvofiq bo’ladi. Buning uchun 30 % li azot eritmasi uchun 1 gektarga 60 kg karbomit
va 150 litr suv olinadi. Keyin 150 – 300 gr namlatgich aralashtirib sepiladi. Ishlov
berishda kechqurun yoki havo bulutli bo’lganda yomg’ir yog’mayotganda havo