TEXNIK VA DONLI EKINLARNI O‘G‘ITLASH
Reja
1. G’o’zani oziqlanish asoslari.
2. G’o’zaga o’g’itlarni qo’llash me’yori, muddati, usullari va shakllari.
3. Donli ekinlarning o’g’itlashni o’ziga xos tomonlari. Kuzgi bug’doyni
oziqlanishi va uni o’g’itlash asoslari. Kuzgi javdar va arpani oziqlanishi, ularni
o’g’itlash tizimi.
4. Dukkakli don ekinlarining biologik xususiyatlari va oziqlanish asoslari va
o’g’itlash
Kalit so’zlar: o’g’itlash tizimi, o’g’it qo’llash meyori, muddatlari, usullari,
g’o’zani o’g’itlash, kuzgi bug’doy oziqlanishi va o’g’itlash, dukkakli don
ekinlarining biologik xususiyatlari va oziqlanish asoslari va o’g’itlash.
G’o’za asosan Markaziy Osiyo Respublikalarida yetishtiriladi. Sug’oriladigan
yerlarda g’o’zaning asosiy qismi bo’z tuproqli, shuningdek, o’tloq va o’tloq-buz
tuproqli yerlarda ekiladi. G’uza o’simligi xalq xo’jaligining asosiy ekinlaridan biri
hisoblanadi. Respublikamizda 1 mln 360 ming sug’oriladigan maydonga eqiladi.
G’uzaning o’rtacha hosildorligi 2004 yil 25,7 s/ga ni tashkil etdi. Umuman 28-36 s hosil
olish imkoniyatlari bor.
G’o’za o’simligi biologik jihatdan ko’p yillik o’simlik bo’lib bizning sharoitda bir
yillik ekin sifatida ekib yetishtiriladi. G’uza o’simligi kuchli o’q ildizli tizimga bo’lib
tuproqning 120-180 sm chuqurligiga va 150 sm kenglikga tarqalib o’sadi.
Bir tonna paxta va shunga mos miqdordagi vegetativ massa to’plash uchun g’o’za
tuproqdan o’rta hisobda 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 50-60 kg kaliyni o’zlashtirib
ketadi. G’o’za o’stirilgan yerlardan oziq elementlarining chiqib ketishi hosildorlik
darajasiga va uning strukturasiga bog’liq. Gektaridan olinadigan hosil yuqori (40-45 s)
bo’lganda vegetativ va reproduktiv qismlar orasidagi nisbat ancha qulay bo’ladi va 1 t.
Paxta yetishtirish uchun sarflanadigan oziq moddalar miqdori nisbatan kam, hosilga
qaraganda oz bo’ladi. G’o’za maysasi unib chiqqandan to shonalash davrigacha juda
sekin rivojlanib quruq moddaning atigi 4-5 foizi shakllanadi. Shonalashdan to
gullashgacha o’simlik quruq massasining 25-30 foizi shakllanadi. O’suv qismining
jadal to’planishi ko’saklarning ochilish davrigacha davom etadi. Quruq massa
miqdorining bundan keyingi ortib borishi hosil organlari salmog’ining ortishi hisobiga
sodir bo’ladi.
G’o’zani oziq moddalarga bo’lgan talabi bevosita quruq massaning to’planish
tezligi bilan bog’liq, lekin bu jarayon bir me’yorda ketmaydi. Boshqa ekin turlari kabi
g’o’za ham o’suv davrining boshlarida fosfor va azotga o’ta talabchan.
Bu davrda g’o’za azot va fosfor tanqisligiga ta’sirchan bo’ladi, vaholanki, chigit
unib chiqqandan to shonalashgacha bo’lgan davr ichida u hosil bilan chiqib ketadigan
oziq elementlarining bor-yo’g’i 8-10 foizi miqdorida talab qiladi. G’o’za gullash
boshlashdan to yoppasiga pishguncha qadar oziq moddalarni eng ko’p miqdorda
o’zlashtiradi (92 - jadval).
92 jadval
G’o’zani o’suv davrida oziq moddalarnio’zlashtirishi, foiz
Rivojlanish davri
Azot
Fosfor
Kaliy
Chigitni unishidan shonalashgacha
8
8
10
Shonalashdan hosil to’plashgacha
62
56
64
Hosil to’plashdan o’suv davrini
oxirigacha
30
36
26
G’o’za o’simligining urug’ida va barg massasida asosiy oziq moddalar to’planadi.
Urug’larida umumiy azotning 32,4 %, fosforning 53,8 %, bargida azotning 34,9 %,
fosforning 25 %, kaliyning 76,1 % mavjud bo’ladi.
93-jadval
G’uza organlarida oziq moddalarini tarqalishi, %
Element
Urug’
Tola
Barg
Poya
Ko’sak
Azot
32,4
2,0
34,9
18,2
12,5
Fosfor
53,9
1,5
25,0
12,3
7,3
Kaliy
2,5
1,0
76,1
14,3
6,1
G’o’za o’simligi unib chiqgandan so’ng 10-15 kundan so’ng tanglik davri
boshlanadi. Shu davrda tuproqda kam mikdorda bo’lsada turli oziqalarni bo’lishini
ta’minlash kerak. Shonalashdan hosil to’plashgacha maksimal o’zlashtirish boshlanadi.
Shonala davrida fosforli oziqaga nisbatan kritik davri hisoblanadi. Mineral o’g’it
me’yoriga va turiga qarab g’o’za hosildorligi o’zgaradi.
94-jadval
Turli o’g’itlarni hosildorlikga ta’siri, s/ga
Tajriba varianti
Hosildorlik s/ga
Qo’shimcha hosil s/ga
Nazorat (o’g’itsiz)
24,8
-
PK
28,0
3,2
NP
33,8
9,0
NK
33,6
8,8
NPK
36,6
11,8
Yashil o’g’it + NPK
40,0
16,0
Azotni g’o’za o’simligi asosan nitrat formada (N-NO3) va ammiak (N-NH3)
shaklida oladi. Turli qishloq xo’jaligi o’simliklari tarkibidagi N miqdori 1-5 % bo’ladi.
G’o’za tarkibidagi N miqdori esa har xil bo’lib, u g’o’zaning yoshiga qarab o’zgarib
boradi.
G’o’za N ni mineral holda yengil o’zlashtiriladigan shaklda tuproqdan bevosita
o’zlashtiradi. Tuproqdagi bunday birikma tuzdan iborat bo’lib, uning tarkibiga no3
holdagi N yoki azotni qayta tiklangan formasi NH3 li N kiradi.
G’o’za o’simligi tomonidan N ni o’zlashtirish miqdori vegetasiya davrida quruq
moddaning to’planish tezligiga bog’liq bo’ladi. Huruq moddaning o’zi esa, tuproqdagi
oziq element, suv va boshqa faktorlarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham, g’o’za
tomonidan N ni o’zlashtirishi ham har xil rivojlanish davrlarida turlicha bo’ladi.
O’simlikni N ga bo’lgan talabi maysa unib chiqqanda juda past bo’ladi, u asta-
sekinlik bilan orta borib, shonalashdan to hosil tugib bo’lguncha eng yuqori bo’lib,
keyinchalik uni o’zlashtirish kamayib ketadi.
G’o’za o’simligi o’ziga kerakli bo’lgan N ni umumiy miqdoriga nisbatan
qo’yidagicha o’zlashtiradi: unib chiqqandan to shonalash davrigacha – 7 %. Shonalash
dan to gullashgacha – 46% ni, gullashdan to pishib yetilishni boshlangunicha – 44% ni,
pishib yetilishdan to vegetasiya davrining oxirigacha – 3% ni. Bunday o’zlashtirish,
g’o’zani o’sishi uchun yetarli sharoit bo’lganda, o’simlikka oziq elementlari to’xtovsiz
o’tib turganda sodir bo’ladi.
G’o’za o’simligi tomonidan N ni boshlang’ich rivojlanish davrida kam miqdorda
o’zlashtirishiga qaramasdan ushbu elementni shu davrda yetishmasligi o’simlikni
keyingi fazaga-shonalashga o’tishini kechiktirib yuboradi.
G’o’zani unib chiqish davrida tuproqda N ni ko’plab to’planishi maysa hosil
bo’lishini kechiktirib, ildiz Sistemasini rivojlanishini to’xtatib qo’yadi. Shonalash
davrining boshlanishida N ni ko’p bo’lishi, birinchi hosil shoxlarini yuqorida
joylanishiga sabab bo’lib, keyingi rivojlanish fazalariga o’tishini kechiktirib yuboradi.
Shonalash va gullash davrlarida ko’plab N ni o’zlashtiradi, lekin, shu davrda ko’plab N
ni bo’lishi o’simlikni g’ovlab ketishiga sabab bo’ladi. Natijada hosildorlik keskin
kamayib ketadi.
G’o’zadan yuqori va sifatli hosil olish uchun kerak bo’ladigan N miqdori
rejalashtirilgan hosil miqdoriga, ushbu hosil bilan oziq elementlarini o’zlashtirib
ketishiga, o’simlikni tuproqdan, organik va mineral o’g’itlardan oziq moddalarni
o’zlashtirish koeffisiyentiga hamda tuproqlarni N-NO3 va N-NH4 bilan ta’minlanishiga
qarab belgilanadi. M; N li o’g’itnormasi tuproqdagi NO3 va NH4 azot miqdoriga qarab
qo’yidagicha to’g’rilanadi:
G’o’zadan rejalashtirilgan hosil yetishtirish uchun tavsiya etilgan N
normasi qo’yidagicha:
Rejalashtirilgan hosil, s/ga
N kg/ga
20 – 25
160 – 200
25 – 30
200 – 230
30 – 35
220 – 270
Almashlab ekish dalasida g’o’zani bedadan keyingi yillarda joylashishiga
qarab azotli o’g’itlar miqdori qo’yidagi to’g’rilash koeffisiyenti bo’yicha
to’g’rilanadi:
- bedadan keyingi 1 – yil - 0,4-0,5;
- bedadan keyingi 2 – yil - 0,6-0,75;
- bedadan keyingi 3 – yil - 0,8-1,00;
- bedadan keyingi 4-5 – yil-da – 1,0-1,25.
Bo’z tuproqlarda g’o’zaga beriladigan mineral o’g’itlarni optimal me’yorlari,
eskidan paxta ekilib kelingan yerlarda azot bo’yicha gektariga 150-180 kg bo’lib, N:P
nisbati 1 : 0,5, o’tloqi tuproqlarda 1 : 0,7 – 1:0,8 hisoblanadi.
G’o’zaga beriladigan n li o’g’itlar bir-nechta usullarda qo’llaniladi: ekishgacha,
ekish bilan birgalikda va 2-3 marta oziqlantirishda. N li o’g’itlar normasi 100 kg/ga
atrofida bo’lsa, yaxshisi uni oziqlantirishda berish kerak. N normasi katta bo’lsa uni 20
– 30% (30-70 kg) ekishdan oldin, qolgan qismi teng 2-ga bo’linib 20-40% dan yoki 30-
75 kg 2-3 marta oziqlantirishda: 2-4 ta chin barg hosil qilganda (30-50 kg),
shonalashning boshlanishida – 30-75 kg dan, va gullash davrining boshlanishida – 30-
75 kg/ga hisobida beriladi. Ekish bilan birgalikda N li o’g’itberilishi kerak bo’lsa, u
vaqtda gektariga 10-20 kg N tem holida qo’llaniladi. N li oziqlantirishni g’o’zani
gullashiga 10 kun qolganda tugallash kerak.
Paxta hosildorligini oshirishda N li o’g’itlar shakllarini tanlash va ularni
paxtachilik hududlari bo’yicha tuproq-iqlim sharoitlariga bog’liq holda qo’llash katta
ahamiyatga ega.
Azotli o’g’itlar shakllarini paxta hosildorligiga bo’lgan ta’siri bo’yicha ularni
qo’yidagiga joylashtirish mumkin: (NH4)2SO4, CO(NH2)2, NH4NO3.
Paxtachilikning turli xil hududlarida, g’o’za-beda almashlab ekishni alohida
dalalarida N li o’g’itlarning samaradorligini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan kuzatishlarni
ko’rsatishicha, bedapoya buzilgan yil uzoqlashgan sari g’o’zaning N li o’g’itlarga
bo’lgan talabi orta boradi. Shuning uchun ham, bedapoya buzilgan yil uzoqlashgan sari
g’o’zaga beriladigan N li o’g’itlar miqdorini ham oshirib borishga to’g’ri keladi.
Ekish bilan birgalikda gektariga 10-20kg N ni kompleks o’g’it holida qo’llash
kerak. O’g’itlarni chigitdan 5-7 sm uzoqlikda va 10-12 sm chuqurlikda berish kerak.
Oziqlantirishda beriladigan o’g’itlar sug’orishdan oldin jo’yak olish bilan birgalikda
solinadi. Shonalash davrigacha beriladigan o’g’itlar o’simlikdan 15-18 sm uzoqlikda
va 10 sm dan kam bo’lmagan chuqurlikda, keyingilarida qator oralarining o’rtasiga 14-
18 sm chuqurlikda berilishi kerak.
Azotli o’g’itlarning samaradorligi, uni tuproqda qanday o’zgarishiga, boshqa
shakllarga aylanib qolishiga, o’simlik uchun qanchalik layoqatligiga bog’liq bo’ladi.
Shuning uchun ham, N li o’g’itlar samaradorligini oshirishning birdan-bir yo’li
tuproqda kechadigan nitrifikasiya jarayonini susaytirish, tuproqda ammoniyli shakldagi
N ni to’plashga erishishdan iborat. Chunki, u nitratlarga qaraganda kam harakatchandir.
Azotli o’g’itlar samaradorligini oshirishning yana bir yo’li bu azotli o’g’itlarning
sekin eruvchan va undagi N sekin nitrifikasiyaga uchraydigan shakllarini tanlashdir.
Bunday N li o’g’itlar g’o’zani butun vegetasiyasi davomida N ga bo’lgan talabini
qondiradi.
Fosfor g’o’zaning oziqlanishi uchun eng muhim oziq elementlaridan biri
hisoblanadi. U g’o’za tomonidan butun vegetasiya davri mobaynida o’zlashtiriladi.
Nihollarni unib chiqish davrida va hosil elementlari paydo bo’lish fazasida g’o’za eng
ko’p miqdorda fosfor talab qiladi.
G’o’za nihollari yerdan unib chiqa boshlaganidan e’tiboran ko’plab fosfor bilan
oziqlantirishni talab etadi. Ana shu davrda tuproqda fosforning yetishmasligi,
g’o’zaning boshlang’ich fazalarida kechadigan o’sish va rivojlanish jarayonlarini
buzilishiga sabab bo’ladi. Buni esa keyinchalik fosforli o’g’itlarni yuqori miqdorda
qo’llash yo’li bilan ham qayta tiklab bo’lmaydi.
G’o’za nihollari unib chiqa boshlagandan to 2-4 chinbarg chiqarguncha tuproqda
fosforning yetishmasligi birinchi hosil shoxining shakllanishiga ta’sir etib, ko’saklarni
yetilishini kechiktiradi. Hosil elementlari shakllanayotgan davrda fosfor yetishmasligi
esa shonalarni to’kilishiga olib keladi, ko’saklarni ochilishini kechiktirib, tola hamda
chigit sifatini pasayishiga sabab bo’ladi.
Fosfor yetishmaganda, ko’pincha g’o’za yaxshi o’smay, past bo’yli bo’lib,
barglari to’k yashil rangga kirib maydalashib qoladi.
G’o’za o’simligi tomonidan fosforni o’zlashtirilishi uning turli rivojlanish
davrlarida qo’yidagicha bo’ladi: urug’ unib chiqqandan to shonalashgacha – 5%,
shonalashdan to gullashgacha – 35%, gullashdan to pishishgacha – 50%, pishib
yetilishni boshlanishidan to vegetasiya davrining oxirigacha 10% ni o’zlashtiradi.
Karbonatli tuproqlar tarkibida umumiy P2O5 miqdori yetarli bo’lib hisoblanadi.
Bunday tuproqlarga fosforli o’g’itlarni qo’llash, paxtadan o’g’ithisobiga har bir gektar
hisobiga 2-12 s qo’shimcha hosil olishni ta’minlaydi.
Paxtachilikda fosforli o’g’itlarni asosiy qismini kuzgi shudgordan oldin qo’llash
tavsiya etiladi. Yillik me’yorni 20-40 kg ni ekish bilan bir vaqtda berish kerak. Fosforli
o’g’itlarni yillik normasi tuproqlarni harakatchan P2O5 bilan ta’minlanish darajasiga
qarab belgilanadi. Tuproqlar P2O5 bilan kam ta’minlanganda gektariga 150 kg, o’rta
ta’minlaganda – 100, yuqori va juda ortikcha ta’minlanganda – 50 kg dan fosforni 200
kg/ga N bilan birgalikda qo’llash o’rtacha 35 s/ga hosil yetishti-rishni ta’minlashi
tajribalarda aniqlangan. Rejalashtirilgan paxta hosili olish uchun qo’yidagi miqdorda
har bir gektar hisobiga P2O5 qo’llash tavsiya etadi.
95 - jadval
G’o’za hosildorligiga fosforli o’g’it turlarining ta’siri, s
(M.A.Hayitov ma’lumoti)
Variant
Hosildorlik, s/ga
2001 y
2002 y
o’rtacha
1. O’g’itsiz nazorat
14,2
15,1
15,0
2. N250K110+fon
26,6
25,9
26,3
3. Fon+Pammofost 160 kg/ga
32,1
33,2
32,7
4. Fon+Pammofosfat 160 kg/ga
31,6
32,7
32,2
5. Fon+Ppoliyammofos 160 kg/ga
36,8
37,4
37,1
Fosforli o’g’itni oldindan qo’llashni sababi – bu uni kimyoviy jihatdan
tuproqbilan bog’lanib qolishini kamaytirishdir. Bunga o’g’itni ma’lum qavatga berish
usulini qo’llash bilan erishish mumkin. Fosforli o’g’itlarni ikki qatlamda qo’llash paxta
hosildorligini 3,8 s/ga, bedapoyadan keyin birinchi yili esa 5,2 s ga oshirdi.
Kuzgi shudgorlashda berilgan fosforli o’g’itlarni o’simlik oradan 35-40 kun
o’tganda, ekish bilan birgalikda berilganda esa 5-8 kun o’tgach o’zlashtira boshlaydi.
Ekish bilan beriladigan fosforni urug’dan 5-7 sm uzoqlikda va 12-15 sm chuqurlikda
berish kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, bedapoyadan uzoqlashgan sari P li o’g’itlarni
samaradorligi kamaya boradi. M : bedadan keyin 3-chi yili r hisobiga olingan
qo’shimcha hosil 4-6 s ni tashkil etgan bo’lsa, 5-6 chi yillarda bu ko’rsatkich 3-1,5 s
bo’lgan xolos.
P li o’g’itlarning samaradorligi g’o’zaning biologik ehtiyojiga nisbatan ortiqcha
miqdorda berilishiga, tuproqdagi P zapasiga va o’simlik ildiz Sistemasining
rivojlanishiga bog’liq bo’ladi. Shunga asosan, ekishgacha, ekish bilan bir vaqtda va
oziqlantirish vaqtida beriladigan mineral o’g’itlarning yillik normasi belgilanadi.
Yer qobig’idagi K2O miqdori 2,35% ni tashkil etsa, tuproqdagi kaliy esa 0,15 dan
4% gacha boradi. Uning asosiy qismi silikatlar tarkibiga kirib o’simlik tomonidan kam
o’zlashtiriladi.
Tuproqda K yetishmaganda g’o’za yaxshi o’sa olmaydi masalan: fosfor
yetishmaganda paxta hosili 4-5 s ga kamaygan bo’lsa, K yetishmaganda hosildorlik –
9 s ga kamayib ketgan. N – yetishmasa o’simlik o’sishdan qolib zararlanmaydi, r
yetishmasa g’o’za barglari ko’kimtir bo’ladi, K – yetishmasa barglarda sariq qo’ng’ir
dog’lar paydo bo’lib, keyinchalik zararlangan barglar nobud bo’ladi.
Kaliy o’simlikda uglevodlar hosil bo’lishida ishtirok etib, g’o’zani sovuqqa va
qurg’oqchilikka chidamligini oshiradi. U o’simlikni yerga yotib qolishini kamaytirib,
poyani mustahkamlaydi, har xil kasalliklarga chidamligini oshiradi.
G’o’zadan rejalashtirilgan hosil olish uchun K2O miqdori qo’yidagicha:
Hosildorlik, s/ga
K2O, kg/ga
20-25
50-80
25-30
60-100
30-35
70-120
Tuproq xaritanomasi bo’yicha rejalashtirilgan hosil olish uchun tavsiya
etilgan K2O miqdori esa qo’yidagicha:
25-30 s
30-35 s/ga
Juda kam
100 mg/kg
100
120
Kam
100-200
80
100
O’rtacha
200-300
60
80
Yuqori
300-400
40
60
Juda yuqori
400 dan ko’p
-
-
Kaliy o’simlikda uglevodlar hosil bo’lishida ishtirok etib, g’o’zani sovuqqa va
qurg’oqchilikka chidamligini oshiradi. U o’simlikni yerga yotib qolishini kamaytirib,
poyani mustahkamlaydi, har xil kasalliklarga chidamligini oshiradi.
Kaliyli o’g’itlarni yillik miqdorini 50% ni shudgorlashdan oldin, qolgan 50% ni
g’o’zani shonalash davrida qo’llash, g’o’za tuplarini yotib qolishini kamaytiradi.
Tuproqda K2O yetishmay qolganda chigit yetilmay qoladi, undagi yog’ miqdori
kamayib tolani texnologik xususiyati buziladi va hosildorlik kamayadi.
Paxtachilikda o’g’it me’yorlari, qo’llash dozisi va muddati o’g’it zahirasiga yoki
xo’jalik iqtisodiga bog’liq bo’ladi. Jamg’arilgan o’g’it qanchalik ko’p bo’lsa, qo’llsha
dozasi miqdori va soni oshadi yoki aksincha. Shunga mos ravishda qo’shimcha hosil
salmog’i ham o’zgaradi.
Kaliyli o’g’itlarni g’o’zadagi samaradorligi almashlab ekish dalasida uch yillik
bedadan keyin ekilganda, yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki, yaxshi o’t qoplamasi
tuproqdagi harakatchan K2O miqdorini keskin kamaytiradi. Uch yil beda ekilgan
tuproqdan beda gektaridan 710 dan 980 kg gacha k2o o’zlashtirib ketadi.
Paxtachilikda qo’llaniladigan K2O o’g’itlarning samaradorligi tuproqdagi
almashinadigan k miqdoriga bog’liq bo’ladi. Ma’lumki, tuproqdagi k viloyat miqyosida
emas, balki tuman va hatto brigada doirasidagi ayrim dalalarda ham keskin o’zgarib
turadi. Shuning uchun ham, g’o’zaga beriladigan kaliyli o’g’itlarni tuproqda bo’lgan
K2O miqdoriga qarab rasional normada ishlatish paxta hosildorligini oshirishda muhim
ahamiyatga ega.
Donli ekinlarni o’g’itlash
Donli ekinlarni xususiyati, ularni oziqlanish asoslari, turli rivojlanish davrlarida
oziq moddalarga bo’lgan talabi va ularni o’zlashtirishi, o’g’itlashning o’ziga xos
tomonlari. Tuproq unumdorligiga bo’lgan talabi, oziqlanishda tuproq eritmasining
muhiti, tuproqdan oziq elementlarini o’zlashtirib ketishi. Donli ekinlarni qishlashgacha
va qishdan chiqqandan keyingi davrlarda oziqlanish asoslari, bunda o’tmishdosh ekin
va tuproq unumdorligini ahamiyati.
Donli ekinlarni bahorda oziqlantirish asoslari: qo’llaniladigan o’g’itme’yori, turi,
shakllari va qo’llash usullari. O’g’itlar me’yorini belgilashda kuzgi ekinlardan
olinadigan hosil darajasi, almashlab eqiladigan ekin, tuproq-iqlim sharoitlari.
Sug’oriladigan sharoitda qo’llaniladigan o’g’itlar me’yori, uni nav xususiyati bilan
bog’liqligi. Ildizdan tashqari oziqlantirish va uning mohiyati, o’g’itlarni qo’llashning
iqtisodiy samaradorligi: hisobga olinadigan ko’rsatkichlar.
Donli ekinlar – ulardan don olish uchun yetishtirilib, insonlar uchun zarur bo’lgan
non mahsulotlari tayyorlanadi. Uning somoni va boshqa qoldiqlari chorva mollari
uchun yem-xashak hisoblanadi.
Respublikamizda 1,23 mln gektar maydongan g’alla don ekinlari ekilib
dexqonchilik qilinadi. Hosildorlik sug’oriladigan sharoitlarda 44-65 s/ga, Toshkent
,Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 700 ming gektarga yaqin
lalmi haydaladigan maydon bo’lib, o’rtacha hosildorligi 8-23 s/ga ni tashkil etadi.
Donli ekinlarni tarkibini asosini azotsiz birikmalar, ya’ni 2/3 qismi kraxmal va
kam miqdorda eriydigan qand moddalari tashkil etadi. Azotli birikmalardan don
ekinlari uchun eng muhimi bu oqsildir. Janubiy rayonlarda yetishtirilgan qattiq bug’doy
tarkibidagi oqsil miqdori 24 foizgacha yetadi. Oqsillardan eng muhimi – bu suvda
erimaydigan glyutenin va gliadin bo’lib, ular kleykovinani asosini tashkil etadi. Bu non
mahsulotlari tayyorlashda juda muhimdir.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishni asosiy tarmog’i – bu don yetishtirish va
xalqimizni don mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Don ishlab chiqarishni
ko’paytirish – bu qishloq xo’jaligini barcha tarmoqlarini rivojlanishini ta’minlaydi.
Don yetishtirishni ortishi bilan insonlarni yashash tarzi va bu mahsulotga bo’lgan talabi
qondiriladi. Shuning uchun ham mustaqil Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov
o’zining bir qator asarlarida O’zbekiston o’zini-o’zi don bilan ta’minlashi juda muhim
masala ekanligini ko’rsatib o’tgan.
Buning uchun donli ekinlar hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashda,
barcha agrotexnik ishlar bilan bir qatorda ushbu ekinlarni o’g’itlash tizimini yaxshi
yo’lga qo’yishi zarur.
Donli ekinlar uchun umumiy bo’lgan xususiyatlardan biri, bu ularning ildiz
tizimining popuksimonligi bo’lib, u yon-atrofga 80-150 sm kenglikda va 150-200 sm
chuqurlikda joylashadi.
Donli ekinlar bir-biriga biologik jihatdan o’xshash bo’lsada kuzgi don ekini
o’zining o’suv davri uzoqligi bilan ya’ni, oziq moddalarni uzoq vaqt o’zlashtirilishi
bilan ajralib turadi. Chunki, kuzning boshlanishidan keyingi yilning may-iyun
oylarigacha davom etadi. Kuzgi don ekinlari to’la qishki va baxorgi tuproq namligidan
foydalaniladi. Kuzgi javdar va bug’doy boshqa don ekinlariga nisbatan biologik
jihatdan oziq moddalarga – o’g’itlarga talabchandir. Kuzgi don ekinlari kuzda ko’p
miqdorda fosforli va kaliyli o’g’itga talabi oshadi. Kuchli to’planish darajasi va ildiz
tizimini hosil qilib o’simlikda uglevodlarni to’plab sovuqqa chidamligini oshiradi.
Tuproq, havo isishi bilan o’simlikning azotga bo’lgan talabi osha boradi. Kuzda
ortiqcha berilgan azot o’simlikni sovuqqa chidamligini pasaytiradi. Ko’p holatda
qishki-bahorgi davrda o’simlik sovuqdan zararlanishiga hosili pasayishiga olib keladi.
Kuzgi bug’doy, arpa javdarga nisbatan sovuqqa chidamli hisoblanadi. Kuzgi javdar
tuproq va o’g’it tarkibidan fosfaridlarni, kaliy oziqasini kuchli iste’mol qiladi. Kam
unumdor tuproqda ham o’sa oladi. Bu ekin uchun yengil qumoq, qumloq mexaniq
tarkibli tuproqlarga ekish yaxshi natija beradi.
Donli ekinlarni o’g’itlash tizimini tuzishda ularniing rivojlanish davrlarini va har
bir davrda o’simlikni oziq moddalarga bo’lgan talabini bilish juda muhim hisoblanadi.
Donli ekinlarda qo’yidagi rivojlanish davrlarini farqlash mumkin:
1. Urug’ni unib chiqishi va maysa hosil bo’lish davri;
2. Ildiz otishi va o’simlikni shakllanish davri;
3. Naycha hosil qilish davri;
4. Boshoqlanish davri;
5. Gullash davri;
6. Donni shakllanishi va pishishi (sut, mum va to’liq).
O’simlikni rivojlanish davrlarini bilgan holda uning butun o’suv davrida oziq
moddalarga bo’lgan talabini qondirish imkoniyati paydo bo’ladi.
Donli ekinlar 2 guruhga – kuzgi va bahorgi donli ekinlarga ajratiladi. Kuzgi donli
ekinlar (bug’doy, javdar, arpa). Ushbu ekinlarga xos xususiyatlardan biri, - bu ular
qishlab keyingi yilda hosil beradi.
Kuzgi donli ekinlar umuman yuqori hosildorlikka ega va o’g’itlarga juda
talabchandir.
Kuzgi bug’doy tuproq unumdorligiga juda talabchan bo’lib, tuproqeritmasini ph
muhiti neytralga yaqin va neytral bo’lganda yaxshi rivojlanib yuqori hosil beradi.
O’tmishdash ekinga juda talabchan. Past haroratga chidamsiz. Tuproqdagi qiyin
eriydigan birikmalarni kam o’zlashtiradi. Kuzgi bug’doy 10 s don va shunga mos
keladigan somon bilan o’rtacha 35 kg azot, 12 kg fosfor va 26 kg kaliyni o’zlashtirib
ketadi yoki 25 s don va 60 s somon shakllantirishi uchun 105 kg azot, 35 kg fosfor va
70 kg kaliy sarflaydi.
Kuzgi bug’doy to’planishi davrigacha oziq moddalarini unchalik ko’p talab
qilmaydi, lekin ularning, ayniqsa fosforning tanqisligiga juda sezgir. Naychalashdan
boshoq tortishgacha o’tadigan davrda va gullash oldidan oziq moddalarni ko’p
miqdorda talab qiladi (jadval). Urug’ unib chiqqandan toki nihollar qishlashga
kirguncha eng mas’uliyatli davr hisoblanib, bu davrda tuproqda yetarli miqdorda
oziq moddalar bo’lishini taqoza etadi.
Kuzgi bug’doyni yaxshi o’sib rivojlanishi, qishlashi uchun kuzda fosforli-kaliyli
o’g’itlarni ko’proq, azotli o’g’itlarni esa kamroq qo’llash kerak. Kuzgi bug’doyni asosiy
o’g’itlash ko’p jihatdan o’tmishdosh ekin turiga, o’g’itme’yori va tuproqunumdorligiga
bog’liq. Ushbu ekin erta bahordan jadal o’sa boshlaydi. Shu bois ularning azotli
o’g’itlarga bo’lgan talabi bu davrda kuchayadi, ma’lumki, erta bahorda tuproqda
azotning mineral shakldagi birikmalari juda kam bo’ladi, chunki kuzgi-kishki davrlarda
tuproqharorati past bo’lganligi sababli ammonifikasiya va nitrifikasiya jarayonlari sust
ketadi, mavjud nitratlar yuvilib va denitrifikasiyalanib ketganligi sababli o’simlik ildizlari
o’sgan qatlamda deyarli qolmaydi. Fosforli-kaliyli o’g’itlar bilan qo’shimcha
oziqlantirishning samarasi ularni kuzgi shudgor ostiga qo’llagandagiga nisbatan juda
kam bo’ladi.
Kuzgi bug’doy mahalliy o’g’itlarga juda talabchan bo’lib, har bir gektar hisobiga
20 t go’ng qo’llanilganda olinadigan qo’shimcha don hosili 3-6 sentnerni tashkil etadi.
Mineral o’g’itlarni kuzgi bug’doy hosiliga ta’siri ko’pincha tuproq-iqlim sharoitiga
bog’liq bo’ladi. Fosforli va kaliyli o’g’itlarni shudgor ostiga yoki tasma usulida
o’g’itlashga moslashtirilgan SZ-3,6 va SZS-2,1 seyalkalari bilan qo’llash kerak. Faqat
kam miqdordagi fosforni (10-15 kg) qator oralariga berish uchun saqlab qolish kerak.
Fosfor va kaliy o’g’itlarini to’g’ri miqdorini tanlash, o’simlikda ko’plab qand
moddalarini to’plashni ta’minlaydi, bu esa o’simlikni sovuqqa chidamligini oshirib,
ularni yotib qolishdan saqlaydi.
Azotli o’g’itlar samarodorligi tuproqunumdorligi past bo’lgan yerlarda yuqori
bo’ladi. Asosiy o’g’itlashda azotli o’g’itlar plug ostiga, kultivatorlar bilan beriladi. Kuzda
berilgan ortiqcha miqdordagi azot o’simlikda qand moddalari to’planishini kamaytirib
yuboradi va o’simlik qishdan yaxshi chikmaydi. Aksincha, azot yetishmasligi ham
o’simlikka saliy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham kuzgi bug’doyni ekishdan oldin
tavsiya etilgan azot miqdorini 1/3 qismi berilishi kerak. Lekin, bunda har bir gektar
hisobiga beriladigan azot miqdori 60-70 kg dan oshib ketamasligi kerak.
Azotli o’g’itlar me’yorini belgilashda rejalashtirilgan hosil miqdorini, o’simlikda
kuzda to’planadigan azot miqdorini, o’tmishdosh ekin turini va uni o’g’itlanganligini
bilish zarur.
Hator oralariga o’g’itberish – bu muhim agrokimyoviy tadbir bo’lib, bunda asosiy
rol fosfor, kamroq azotga ta’luqli, kaliyning ta’siri sezilmaydi. Hator oralariga
beriladigan oziq element miqdori N10P10 kompleks o’g’itholida beriladi. Bu davrda
yuqori me’yorda azot va kaliy qo’llanilsa urug’larni unib chiqishi kamayib ketadi (tuzlar
konsentrasiyasi oshib ketishi natijasida).
Turli tuproq-iqlim sharoitida kuzgi bug’doyni erta bahorda azotli oziqlantirish
yuqori samara berishi aniqlangan. Fosfor va kaliy samarasiz hisoblanadi. Azotli
oziqlantirish samaradorligi shimoldan janubga qarab kamayib boradi. Umuman, kuzgi
bug’doyni bahorda 30 kg/ga azot bilan oziqlantirish, o’rtacha 3-5 s/ga qo’shimcha hosil
olishni ta’minlaydi.
Kuzgi donli ekinlarni oziqlantirishda NH4NO3, CO(NH2)2, (NH4)2SO4, ishlatiladi.
Eng samaralisi NH4NO3.
Kuzgi bug’doyni har xil navlari oziq elementlariga turlicha talabchan bo’ladi. Bu
uning hosildorligiga va poyalarini yotib qolishga chidamligiga bog’liq. Yuqori hosilli
navlar oziq moddaga ko’plab talabchan bo’ladi.
O’g’itlarni qo’llashni to’g’ri tizimini joriy etish, nafaqat kuzgi bug’doy
hosildorligini oshiradi, balkim uni sifatini ham yaxshilaydi.
Don sifatiga o’simlikni gullash yoki sut pishish davrlarida ildizdan tashqari azotli
oziqlantirish yaxshi samara beradi. Bunda hosildorlik sezilarli oshmaydi, lekin don
tarkibidagi oqsil 0,5-2,0 foizga ortadi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda mochevinani
qo’llash yaxshi samara beradi. Bu vaqtda ildizdan tashqari sepiladigan eritma
konsentrasiyasi 20-30 yoki 40-foizli bo’lishi kerak.
Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda kuzgi bug’doy yetishtirish, yerlar
shudgorlangandan keyin nam to’plovchi sug’orish bilan boshlanadi. Ushbu agrotexnik
jarayon ta’sirida hosildorlik 1,5-2 marta ortadi. Keyingi rivojlanish davrlarida 2-3 marta
sug’orish o’tkaziladi.
Sug’orilib kuzgi bug’doy eqiladigan yerlarda gektariga 15-20 t. Go’ng o’tmishdosh
ekin ostiga beriladi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar ham kuzgi shudgorlashdan oldin beriladi.
Fosforli o’g’itlarni kam miqdori 10-15 kg/ga qator oralariga berish uchun olib kolinadi.
Azotli o’g’itlarni 1/3 miqdori ekishdan oldin, asosiy qismi bahorgi oziqlantirishda, faqat
30-40 kilogrammi ildizdan tashqari oziqlantirishda beriladi.
Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitlarda kuzgi bug’doyga qo’llaniladigan
o’g’itlarning samaradorligi yanada yuqori bo’ladi. Karbonatli tuproqlarda azotli, fosforli
va kaliyli o’g’itlarni o’rtacha me’yorda qo’llash gektaridan 4-7,0 sentnergacha
qo’shimcha hosil yetishtirishni ta’minlaydi. Bunday yerlarda qo’llaniladigan har bir kg
npk hisobiga 7-8 kg don yetishtiriladi. Sug’oriladigan sharoitlarda donli ekinlardan
yuqori hosil yetishtirishda birinchi o’rinda azot, undan keyin fosfor turadi. Kuzgi
bug’doyning turli navlariga mineral o’g’itlar turlicha ta’sir qiladi Muqobil o’g’it me’yori
berilganda bug’doyning barg yuzasi,va hosildorlik turlicha bo’ladi.
Sug’orilib kuzgi bug’doy eqiladigan yerlarda gektariga 15-20 t. Go’ng o’tmishdosh
ekin ostiga beriladi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar ham kuzgi shudgorlashdan oldin beriladi.
Fosforli o’g’itlarni kam miqdori 10-15 kg/ga qator oralariga berish uchun olib kolinadi.
Azotli o’g’itlarni 1/3 miqdori ekishdan oldin, asosiy qismi bahorgi oziqlantirishda, faqat
30-40 kilogrammi ildizdan tashqari oziqlantirishda beriladi.
97 - jadval
Mineral o’g’it me’yorlarini kuzgi bug’doy hosildorligi va barg yuzasiga
ta’siri, s\ga , m2 (J.B.Xudoyqulov ma’lumoti ,TDAU)
Nav
O’g’itlash
me’yori
barg yuzasi
Hosildorlik
, s\ga
kg\ga
1ta
o’simlikdagi
,sm2
1 m2 da,
m2
1ga da,
m 2\ga
Sanzar -8
N 50P 50K25
305,1
5,38
53,7
56,5
N 50P 50K25
300,0
5,54
55,4
59,0
N 100P 75K50
368,5
6,22
62,2
63,1
Avesto
N 50P 50K25
335,0
5,31
53,1
57,1
N 50P 50K25
344,1
5,83
58,3
60,5
N 100P 75K50
355,5
6,11
61,1
65,3
Turon
N 50P 50K25
370,5
6,.15
61,5
65,9
N 50P 50K25
402,5
7,09
70,9
72,8
N 100P 75K50
375,4
6,80
68,0
70,1
Kuzgi bug’doy ekiniga beriladigan o’git me’yorlari turli usullarda berilganda
olinadigan hosildorlik turlicha bo’ladi.
98 - jadval
O’g’it me’yori va berish usulining bug’doy doni tarkibidagi kleykavina va
makaronlik xususiyatiga ta’siri
Variant
1983 y
1984 y
1985 y
1986 y
1988 y
O’rtacha
Makaronlik
xususiyati va
kleykovina, gr
O’g’itsiz
30,9
30,9
30,5
31,2
35,2 31,7
+0,52
N60P60K60 sochma
29,8
34,3
30,7
32,0
34,5 32,2
-0,74
N60P60K60 lokal
31,0
35,7
28,1
31,2
31,9 31,6
+0,01
N30 oziqlantirishda
34,1
32,2
29,7
33,1
38,0 33,4
-0,45
N60P60K60 sochma+N30
oziqlantirishda
34,4
35,0
29,9
33,5
38,7 34,4
-0,65
N60P60K60 lokal+N30
oziqlantirishda
35,1
34,9
30,6
32,8
33,2 33,3
-0,06
Sug’oriladigan tuproqlarda donli ekinlarning kaliyga bo’lgan talabi, asosan
tuproqdagi kaliy zahirasi hisobiga qondiriladi. Lekin, kuzgi bug’doydan imkon qadar
yuqori hosil yetishtirish uchun azot va fosfor bilan bir qatorda kaliyli o’g’itlarni
qo’llashga ham ehtiyoj seziladi.
Samarqand qishloq xo’jalik institut olimlari N.Halilov va P.Bobomirzayevlar
sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar sharoitida turli azotli o’g’it me’yorlarining qattiq
bug’doy texnologik ko’rsatkichlariga ta’siri o’rganilmoqda.
Javdar va arpaning yaxshi o’sib rivojlanishi va qishlovni yaxshi o’tkazishi
uchun kuzda ularga fosfor-kaliyli o’g’itlarni ko’proq, azotli o’g’itlarni esa kamroq
qo’llash zarur. Ushbu ekinlarni kuzda fosfor va kaliy o’g’iti bilan qondirib
oziqlantirish o’simliklarning yaxshi to’plashiga va bakuvvat ildiz otishiga, ko’p
miqdorda uglevodlar (shakar) to’plashiga hamda qishga chidamligini oshirishga
sharoit yaratadi. Kuzda azotli o’g’itlarni ko’p miqdorda qo’llash o’simliklarning
qishlash sharoitini yomonlashtiradi.
Dukkakli don ekinlarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati uning urug’idagi va
vigetativ organlaridagi oqsilning atmosfera azoti evaziga to’planishidir. Ularning
ildizlaridagi tuganak bakteriyalar havodagi azotni o’zlashtirib tuproqni azot bilan
boyitadi. Ushbu ekinlarning bunday hususiyati barcha ekinlar uchun yaxshi yo’ldosh
ekin bo’la olishini ko’rsatadi. U o’zidan keyingi ekinga 2-3 yilgacha ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Kuzgi javdar va arpaning yaxshi o’sib rivojlanishi va qishlovni yaxshi
o’tkazishi uchun kuzda ularga fosfor-kaliyli o’g’itlarni ko’proq, azotli o’g’itlarni esa
kamroq qo’llash zarur. Ushbu ekinlarni kuzda fosfor va kaliy o’g’iti bilan qondirib
oziqlantirish o’simliklarning yaxshi to’plashiga va bakuvvat ildiz otishiga, ko’p
miqdorda uglevodlar (shakar) to’plashiga hamda qishga chidamligini oshirishga
sharoit yaratadi. Kuzda azotli o’g’itlarni ko’p miqdorda qo’llash o’simliklarning
qishlash sharoitini yomonlashtiradi.
Texnik ishlov beriladigan ekinlarga sug’oriladigan tuproqlarda donli ekinlarning
kaliyga bo’lgan talabi, asosan tuproqdagi kaliy zahirasi hisobiga qondiriladi. Lekin, kuzgi
bug’doydan imkon qadar yuqori hosil yetishtirish uchun azot va fosfor bilan bir qatorda
kaliyli o’g’itlarni qo’llashga ham ehtiyoj seziladi.
99 - jadval
Qattiq bug’doy don hosili va sifatiga azotli o’g’it me’yorlarining ta’siri
(Istiqlol navi, 2004-2005 yil ma’lumoti)
Variantlar
Don hosili, ga/s
1000 ta don vazni
Shishasimonligi, %
Natura og’irligi g/l
Dondagi oqsil miqdori,
%
1 gektardan oqsil
chiqishi, ga/s
Dondagi kleyka-vina
miqdori, %
Bir gektardan kley-
kavina chikishi ga/s
P90K fon nazorat
35
45
73
290
13,5
4,72
27
9,45
Fon+N60
40,9 45,3
80
792
14,1
5,76
29
17,86
Fon+N90
44,3 44,1
82
789
14,5
6,42
20
13,29
Fon+N120
50,1 43,0
84
786
14,9
7,46
31
15,53
Fon+N150
55,2 42,3
85
783
15,4
80,0
31
17,66
St Fon+N180
59,5 42,0
88
780
15,8
9,40
33
19,63
Fon+N210
60,2 41,5
89
779
16,2
9,75
34
20,46
Fon+N240
58
41,1
90
777
16,2
9,33
34
19,72
Boshqa kuzgi donli ekinlar qatori kuzgi javdar va arpani ham ildiz tizimi
popuksimondir. Javdar asosan kuzda barcha poyalarini hosil qilsa, arpada esa kuzda va
bahorda poyalar to’liq shakllanib bo’ladi. Kuzgi javdar va arpa tuproqunumdorligiga
juda talabchan emas. Ushbu ekinlarni mexanikaviy tarkibi yengil tuproqlarda, hatto pH
muhiti birmuncha nordon bo’lgan sharoitdagi tuproqlarda ham yetishtirish mumkin.
100 - jadval
Kuzgi javdar tomonidan oziq moddalarni o’zlashtirish dinamikasi
(eng ko’p o’zlashtiriladigan miqdorga nisbatan foiz)
O’suv davri
Kuzgi javdar
Arpa
Azot
Fosfor
Kaliy
Azot
Fosfor
Kaliy
Boshoqlash
76
58
82
71
56
73
Gullash
93
78
99
96
74
100
Mum pishish
100
100
100
100
100
64
Kuzgi javdar 10 s hosili va shunga mos keladigan somoni bilan o’rtacha 31 kg azot,
14 kg fosfor va 26 kg kaliyni, arpa esa 29 kg azot, 13 kg fosfor va 25 kg kaliyni
o’zlashtirib ketadi.
Kuzgi javdar va arpaning yaxshi o’sib rivojlanishi va qishlovni yaxshi
o’tkazishi uchun kuzda ularga fosfor-kaliyli o’g’itlarni ko’proq, azotli o’g’itlarni esa
kamroq qo’llash zarur. Ushbu ekinlarni kuzda fosfor va kaliy o’g’iti bilan qondirib
oziqlantirish o’simliklarning yaxshi to’plashiga va bakuvvat ildiz otishiga, ko’p
miqdorda uglevodlar (shakar) to’plashiga hamda qishga chidamligini oshirishga
sharoit yaratadi. Kuzda azotli o’g’itlarni ko’p miqdorda qo’llash o’simliklarning
qishlash sharoitini yomonlashtiradi.
Kuzgi javdar va arpani asosiy o’g’itlash ko’p jihatdan o’tmishdosh ekin
harakteriga, o’g’itlanishiga va tuproqunumdorligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu ekinlardan
yuqori hosil yetishtirishda bahorda ularni azotli o’g’itlar bilan oziqlantirishning
ahamiyati benihoya katta.
Bahorda kuzgi javdar va arpa barvaqt o’sa boshlaydi va azotli o’g’itga talabi
ko’proq ortadi. Bu vaqtda tuproqda azotning mineral birikmalari juda kam bo’ladi,
chunki kuz-qish oylarida haroratning past bo’lganligi tufayli tuproqqa azotni o’tish
jarayoni sust boradi, mavjud nitratlar esa yuvilib va denitrifikasiyalanib ketgani uchun
ildiz oziqlanadigan qatlamda qolmaydi.
O’simliklarning dastlabki o’suv davrida ularni oziq moddalar bilan
ta’liminlanishini yaxshilash maqsadida asosiy o’g’itga oz miqdorda fosfor (gektariga
10-15 kg P2O5 hisobida) yoki azot-fosforli murakkab o’g’itqo’shish kerak. Azot-
fosforli murakkab o’g’itqo’shish ekishga qadar o’g’itlanmagan kuzgi javdar va arpa
uchun ayniqsa muhimdir.
Kuzgi javdar va arpa eqiladigan bo’z tuproqlarda NPKni o’rtacha me’yorda
qo’llash gektaridan 4-6,5 s gacha qo’shimcha don hosili olishni ta’minlaydi.
Namgarchilik yetarli bo’lgan hududlarda va sug’orib dehqonchilik qilinadigan
rayonlarda ushbu ekinlarga solingan o’g’itlarning samaradorligi ayniqsa yuqori bo’ladi.
1 kg solingan npk hisobiga 7-10 kg don olinadi.
Kuzgi donli ekinlar uchun o’g’itlash me’yorini belgilashda kuzgi ekinlardan
olinadigan hosil darajasi, almashlab eqiladigan ekin, tuproq-iqlim sharoitlari hisobga
olinadi. Sug’oriladigan yerlarda qo’llaniladigan mineral o’g’itlar me’yori bir muncha
oshiriladi.
Tuprog’i tez quriydigan sharoitlarda 50% azotli o’g’it birinchi oziqlantirishda
selyalka o’g’itlagich yordamida tuproq qatlamiga beriladi. Qolgan 50% esa nam
tuproqqa naychalash fazasiga berish kerak. Bug’doy doni tarkibidagi oqsil va boshqa
texnologik hususiyatlari yaxshilanishi uchun ildizdan tashqari oziqlantirish maqsadga
muvofiq bo’ladi. Buning uchun 30 % li azot eritmasi uchun 1 gektarga 60 kg karbomit
va 150 litr suv olinadi. Keyin 150 – 300 gr namlatgich aralashtirib sepiladi. Ishlov
berishda kechqurun yoki havo bulutli bo’lganda yomg’ir yog’mayotganda havo
harorati 200S bo’lganda qo’llaniladi. Bundan tashqari ildizdan tashqari oziqlantirishga
molibdat ammoniy – 6600 gr, magniy sulfat – 220 gr, barat kislotasi – 110 gr, mis
kuparosi – 330 gr bir gektarga azotli o’g’it yoki gerbisit bilan qo’llash yaxshi natija
beradi.
Dukkakli don ekinlarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati uning urug’idagi va
vigetativ organlaridagi oqsilning atmosfera azoti evaziga to’planishidir. Ularning
ildizlaridagi tuganak bakteriyalar havodagi azotni o’zlashtirib tuproqni azot bilan
boyitadi. Ushbu ekinlarning bunday hususiyati barcha ekinlar uchun yaxshi yo’ldosh
ekin bo’la olishini ko’rsatadi. U o’zidan keyingi ekinga 2-3 yilgacha ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Ayrim dukkakli ekinlar tuproqdagi qiyin o’zlashtiriladigan formadagi mineral
moddalarni ham o’zlashtira oladi. O’zi qurib qolib tarkibidagi anashu moddalarni oson
o’zlashtiriladigan holatga aylantiradi. Shu tariqa dukkakli ekinlar tuproq unumdorligini
oshiradi.
Dukkakli don ekinlari ortiqcha namlik, yer osti suvi yaqin va yengil qumoq
yerlardan boshqa barcha yerlarda yaxshi o’sadi. Qumoq tuproqlarda fosforli va kaliyli
o’g’itlarning yetarlicha bo’lgan sharoitida yem-hashak uchun ishlatiladigan ko’k no’xat
o’sa oladi.
Ayrim dukkaklilar tuproqda azotni ko’p bo’lishini talab qiladi. Soya go’ng
solinmagan yerlarda ham kamroq bo’lsada, hosil beradi. Ko’k no’xatga esa azotli o’g’it
berilsa, vegetasiya davri cho’zilib, ko’p miqdorda ko’k massa to’playdi.
Dukkakli ekinlarga ayniqsa, ular birinchi marta ekilayotgan yerlarga netragenni
qo’llash yaxshi natija beradi. Dukkakli don ekinlari yerdan ko’p miqdorda kalsiyni
o’zlashtiradi va tuproqni neytral reaksiyasini yoqtiradi. Ular mikroelementlar ta’sirida
juda yaxshi o’sadi. Ayniqsa, moliptin urug’ini ko’paytiradi va oqsil miqdorini oshiradi.
Mikroelementlar ta’sirida don hosili 5 s/ga oshishi mumkin.
Ko’k no’xat (gorox) ni o’g’itlash.
Ko’k no’xat yengil qumoq, sho’r va bobqoq tuproqlarda yaxshi o’smaydi. U
o’rtacha qumoq mexaniq tarkibi unchalik og’ir bo’lmagan va tarkibida fosfor va
kaliy yetarlicha bo’lgan yerlarda yaxshi o’sadi. Ayniqsa, kislotali tuproqlar ko’k
no’xat uchun umuman yaroqsiz hisoblanadi. Goroxo uchun neytral va kuchsiz
ishqorli (pH 0,6-7,0) yerlar yaxshi yerlar hisoblanadi. Bunday yerlarda tuganak
bakteriyalar yaxshi rivojlanib azot to’plashni yaxshilaydi.
Ko’k no’xat (gorox) barcha ekinlar uchun yaxshi yo’ldosh ekin bo’lib,
tuproqda 30 kg/ga atrofida azot to’playdi.
Agar ko’k no’xatning har gektaridan 30 s/ga hosil olinsa, 90 kg azot, 30 kg
fosfor va 70 kg kaliyni o’zlashtiradi. U o’zining dastlabki rivojlanish fazalarida oziq
moddalarni ko’p o’zlashtiradi. Gullash davri tuganakda kaliy 60-100%, fosfor 30-
65% o’zlashtiradi. Ko’k no’xat asosan fosforli va kaliyli o’g’itlarni o’zlashtirib, azot
o’zlashtiruvchi bakteriyalarning faoliyatini yaxshilaydi.
Agar ko’k no’xat forsforli o’g’itlar bilan yaxshi oziqlantirilsa, ularning
donining pishishi tezlashadi. Ko’k no’xatga daraxtlarning kulini solish ham yaxshi
natija beradi. Kaliyli tuzlar ham ko’k no’xatga ijobiy ta’sir etadi. Ko’k no’xatning
tuproqda azot to’plashi bilan birga ularning ildizida tuganak bakteriyalar yaxshi
rivojlungacha 10-20 kg/ga hisobida azotli o’g’it berilsa samarabordigi yuqori
bo’ladi. Agar go’ng berilsa o’sishi juda tezlashib ko’k massasi oshadi va pishishi
kechikadi. Shuning uchun go’ngni ko’k no’xatdan oldin ekilgan ekinga berilsa
yaxshi samara beradi. Shu bilan bir qatorda tuproqda chirindi miqdori kam bo’lsa,
go’ng va mineral o’g’itlar aralashtirilib to’g’ridan to’g’ri uning o’ziga berilganda
ham samarasi yuqori bo’ladi.
Ko’k no’xatni urug’i nitragin bilan yoki 50-100 gr molebden tuzini 2 litr suvda
eritilib ko’k no’xatni urug’i ishlanib ekilsa, hosildorligi oshadi.
No’xatni o’g’itlash.
No’xat qadim zamonlardan biyon qurg’oqchilik zonalarida va ayniqsa, tog’ va
tog’ oldi lalmikor yerlarda yaxshi o’sadi. Bu tuproq unumdorligiga juda talabchan
bo’lib, unumdor yerlarda mo’l hosil beradi. Lekin sho’rlangan yerlarni
yoqtirmaydi. No’xat eqiladigan yerlar go’ng bilan to’yintirilishi kerak.
Almashlab ekishda no’xat uchun kuzgi don ekinlari yaxshi yo’ldosh ekin
hisoblanadi.
No’xat uchun yer kamida 25-30 sm chuqur haydalishi kerak. U fosforli
o’g’itlarni yaxshi o’zlashtirganda mo’l hosil beradi. Yengil tuproqlarda no’xat
ekilsa albatta organik o’g’itlar bilan oziqlantirilishi kerak.
No’xat yaxshi o’g’itlanganda yalang –tepalik yerlarda 4-6 s/ga tog’ etaklarida
6-8 s/ga va tog’li zonalarga 10-12 s/ga hosil beradi. No’xat havodagi azotni
o’zlashtirishiga qaramasdan u o’suv davrida azotni ko’p talab qiladi. Shuning uchun
uning no’xat eqiladigan dalalarga haydash oldidan yoki ekish oldidan tuproqni
ishlash vaqtida gektariga 45 kg sof azot hisobidan amiyakli selitra solish tavsiya
qilinadi.
Loviyaning o’g’itlash.
Yaxshi oziqtirilganda loviyaning har gektaridan 40 s/ga cha hosil olish
mumkin.
Loviya yer osti suvlari yuza, og’ir loy tuproqlarda yomon o’sadi. Ayniqsa,
sho’rlangan, yerlar loviya uchun yaroqsiz yerlar hisoblanib tuproq eritmasi pH-6-
7,5 bo’lganda yaxshi o’sadi.
Loviya deyarli barcha ekinlar uchun yaxshi yo’ldosh ekin hisoblanib, go’ng
bilan yaxshi oziqlantirilganda hosildorligi ikki hissa oshadi. Loviyaning oziq
moddalarini iste’mol qilishi juda qisqa muddatlarda davom etadi. Ya’ni, ko’karib
chiqgan so’ng gullash tamom bo’lguncha 50-60 kun mobaynida fosfor, kaliy va
kalsiyning 90-95 %o’zlashtiradi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar ayniqsa kaliyli
o’g’itlarning kaliy sulfat formasi loviya uchun juda foydalidir.
Moshni o’g’itlash.
Mosh g’alladan so’ng takroriy ekin sifatida yozning ikkinchi yarmida ekilsa
gektaridan o’rta hisobda 8-12 s gacha hosil olish mumkin. Keng qatorlab, pilla
qurtining nayjasi bilan 1:3 nisbatda (bir hissa mosh urug’i, uch hissa pilla qurtining
nayjasi) ekilganda hosildorlik yanada oshadi.
Moshning hosil elementlari paydo bo’layotganda fosforli o’g’itlar bilan
oziqlantirilishi yaxshi natija beradi.
Soyani o’g’itlash.
Soya tuproq unumdorligiga juda ham talabchan o’simlik. U sho’rlangan,
botqoq va kislotali tuproqlardan boshqa barcha yerlarda yaxshi o’sadi. Tuproq
eritmasining pH ko’rsatkichi 6,5-7 bo’lganda soya uchun optimal sharoit
hisoblanadi.
Soya almashlab ekishda yaxshi o’g’itlangan g’alla ekinidan so’ng joylashtirish
kerak. Soyadan keyin ekilgan g’alla, qand lavlagi, sholi, zig’ir va boshqa ekinlarning
hosili oshadi.
Ma’lumotlarga qaraganda soyadan 20 s/ga don va unda muvofiq ravishda
vegitativ massa olinganda har gektar yerdan 142 kg azot, 23 kg fosfor va 35 kg kaliy
o’zlashtirilgan. Shuning uchun ham soya organik va mineral o’g’itlar bilan yaxshi
oziqlantirilgan yerlarga ekilishi kerak.
Soya uchun fosforli va kaliyli o’g’itlarning yuqori me’yori yaxshi ta’sir etadi.
Ayniqsa fosforli o’g’itlar soya hosildorligini oshirishi bilan birga urug’idagi yog’
miqdorini ham oshiradi. Fosforli o’g’itlar soya ildizidagi tuganak bakteriyalarning
faoliyatini yaxshilash evaziga atmosfera azotini o’zlashtirilishini yaxshilaydi.
Soyani yaxshi oziqlantirish evaziga undan 40 s/ga cha hosil olish mumkin.
Agar soya urug’ini ekish oldidan nitragen bilan ishlov berilsa yaxshi natija
beradi. Bu usul nafaqat soyani balki o’zidan keyin ekilgan arpani hosilini ham
oshiradi.
Shunday qilib dukkakli don ekilari unumdor yerlarga ekilib yaxshi
oziqlantirilganda nafaqat mo’l va oqsilga boy hosil beradi, balki o’zidan keyin yerni
unumdorligini oshiradi.
Nazorat savollari
1. G’o’zaning turli rivojlanish davrlarida oziq moddalarga bo’lgan talabi
qanday?
2. G’o’zaning azotga bo’lgan talabi va azotli o’g’itlar me’yori qanday
belgilanadi?
3. G’o’zaga azotli o’g’itlar qaysi muddat va usullarda qo’llaniladi?
4. Paxtachilikda qo’llaniladigan fosforli o’g’itlarni mohiyati nimada?
5. Fosforli o’g’itlar me’yorini belgilashda agrokimyoviy haritanomadan
qanday foydalaniladi?
6. G’o’za hosildorligini oshirishda kaliyli o’g’itlarni qo’llash va uni
samaradorligi qanday?
7. Kuzgi donli ekinlarning o’ziga xos biologik xususiyatlari nimalardan
iborat?
8. Kuzgi donli ekinlarni tuproqxususiyatlariga talabi qanday?
9. Azotli
o’g’itlarni
qo’llash
muddatlari
va
usullari
to’g’risida
tushunchangiz?
10. Kuzgi donli ekinlar uchun mahalliy, fosforli va kaliyli o’g’itlarni qo’llash
va ularning samaradorligi qanday?
11. Kuzgi donli ekinlarni oziqlantirish asoslari nimalardan iborat?
12. Oziqlantirishni don sifatiga ta’siri qanday?
13. Dukkakli don ekinlarini xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Tavsiya qilingan adabiyotlar
1. Мусаев Б.С. “Агрокимё” Т.: «Шарқ» матбаа-акциядорлик
компанияси, 2001.
2. Сатторов Ж.”Агрокимё”.”Чўлпон”,Т.,2011
3. “Агрохимия” (п/р проф. Б.А.Ягодина) М.: ВО «Агропромиздат»,
1989.
4. Минеев В.Г. “Агрохимия” Издательтво Московского университета
1990 г.
5. Ниёзалиев И.Н., Раджабов Б.Б. ва бошқалар. «Агрохимиядан амалий
машғулотлар» . -Т.: «Меҳнат», 1989.