Texnologiya darslarida xorijiy ta‘lim tizimidan foydalanish
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
22,3 KB
Texnologiya darslarida xorijiy ta‘lim tizimidan foydalanish
Reja:
1.Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi.
2.Texnologiya ta’limining ahamiyati va mohiyati.
3.Modulli ta’lim tizimining mohiyati
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Muammoli o’qitish, ”SINKVEYN”
texnologiysi, FSMU texnologiyasi, SWOT tahlil, Shvetsariya ta’limi.
Islohotlarimizdan ko‘zlangan maqsad va Prezidentimiz siyosatining bosh
omillaridan biri teran fikrlovchi, o‘z mustaqil dunyoqarashiga ega bo‘lgan iqtidorli
yoshlarni qo‘llab quvvatlash va tarbiyalashdir. SHuning uchun zamonaviy talablar
asosida ta’lim mazmunini boyitish, rivojlangan Evropa davlatlari (Germaniya,
Angliya, Fransiya, Kanada), Osiyo mamlakatlari (Yaponiya, Janubiy Koreya) va
Amerika Qo‘shma SHtatlari kabi davlatlarning o‘quv, o‘quv - uslubiy, ilmiy -
tadqiqot jarayonlari, modulli ta’lim tizimi mohiyati, Evropa yagona ta’lim muhiti
(Bolonya jarayoni), modulli - kredit tizimi mohiyati, ESTS kreditlari, uning asosiy
tamoyillari va xususiyatlari haqidagi pedagogik kadrlarining kasbiy kompitentlilik
darajasini raqobatbardosh ta’lim tizimi doirasida shakllantirish muhim ahamiyat
kasb etadi
XXI asrda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish modelini shakllantirishning
muhim sharti hisoblangan innovatsion faoliyatni keng ko‘lamda tatbiq etish, ilmiy
bilimlarni, yangi texnologiyalarni qo‘llash malakasini egallash bevosita texnologiya
fanini bilishlariga va kundalik hayotda qo‘llay olishlariga erishish, o‘quvchilarda
mantiqiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, ularni yozma va og‘zaki muloqot
me’yorlarini egallashga hamda o‘z - o‘zini boshqarish va tuta bilishga o‘rgatish
uchun ta’lim tizimining debochasi bo‘lgan boshlang‘ich sinflarda sifatli ta’limiy
faoliyatni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ta’lim falsafasi, didaktika
ta’lim nazariyasi paradigmalari uzluksizligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim
maktablari
boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilari
kompetentliligi,
ijodkorligi,
mustaqilligini rivojlantirish, innovatsiyalarni baholay olishi hamda o‘z faoliyatiga
tatbiq etishi, shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish
uchun maqbul sharoitlar yaratishga tizimli yondashuvni talab qiladi.
Quyida biz rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimni tashkil qilish
masalalariga to‘xtalamiz. Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish,
eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon
xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan. Bugungi kunda Yaponiya
dunyodagi barcha davlatlar uchun ochiq va xalqaro hamkorlik maydonida faol
ishtirok etib kelmoqda. Yaponiya - juda tez rivojlanayotgan davlat bo‘lib, aqliy
imkoniyatlaridan foydalanuvchi fan va texnikani qo‘llash siyosati asosan
yaponlarning tabiatan mehnatsevarlik va ishbilarmonligidan dalolat bersa, bolalarni
ijodkorlik, mustaqillik, erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun, shart -
sharoitlar yaratish vazifalari yapon tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Psixologik adabiyotlar tahlilidan bilamizki, 7 yoshgacha inson bilimlarni 70%
ni, qolgan 30% ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Mazkur teoriyaga
yapon xalqi jiddiy e’tibor qaratgan bo‘lib, ularda maktabgacha tarbiya odatda
oiladan boshlanadi. Milliy mintalitetimiz nuqtai nazari doirasida solishtirganimizda,
yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi.
Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Ular bolalarning yosh
xususiyatlariga qarab tarbiyaning barcha jihatlariga urg‘u beradi. Masalan, 1 yoshda
– o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 yoshda – amaliy san’at qo‘l mehnatini
ko‘rsatish, 3 yoshda – burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda – yaxshilik va yovuzlikni
farqlashga o‘rgatish. Yаpon tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, 5 yoshda –
liderlik xislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga
o‘rgatish, bolalarda qiziqishlariga doir yo‘nalishlarni belgilab olish uchun, eng
muhimi o‘zgalar oldida maqsadlarini ifoda qilishga o‘rganishlari uchun katta e’tibor
berilgan. O‘rta maktabda xanlar doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezroq
ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib turiladi. Yaponiya bog‘chalariga 3-5 yoshdagi
bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va
jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini
tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan
iborat. Shuningdek, matematik savodxonlik, og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri
qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport
o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi.
Yaponiyada maktabga 6 yoshdan boriladi. Boshlang‘ich maktabga 6 yoshdagi
yapon bolalarning 99 % qatnaydi. 99 % yapon boshlang‘ich maktablari davlat
tasarrufida, 1 % - xususiy. O‘quv rejasiga yapon tili, gumanitar fanlar, arifmetika
kabilar kiradi. Maktablarda o‘qitish dasturi o‘zgaruvchan, lekin Ta’lim vazirligi
tasdiqlagan standartlarga asoslanadi. Boshlang‘ich ta’limni moliyalashtirish,
o‘qituvchilar bilan ta’minlash, maktab dasturlarini yaratish mahalliy hokimiyat
zimmasida. Boshlang‘ich ta’limda bolalar davlat hisobidagi 1945 ta kandji
ieroglifdan 1006 tasini yod olishi kerak.
Boshlang‘ich ta’lim “syogakko” quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vataniga, o‘z qadriyatlariga
hurmat hissini o‘rgatish;
-o‘quvchilarni xalqaro hamkorlik ruhida tarbiyalash;
-ona tilidan to‘g‘ri foydalanish;
-iqtisodiy tarbiya berish;
Yuqori o‘rta maktabda yapon tili, matematika, tabiiyot, jamiyatshunoslik va
boshqa majburiy umumta’lim fanlariga qo‘shimcha holda o‘quvchilar tanlov
bo‘yicha fanlarni taklif qiladilar, bu ingliz tili, yoki boshqa chet tillar, shuningdek,
texnik va maxsus fanlar bo‘lishi mumkin.
Germaniya Federativ Respublikasi ta’lim tizimi bir necha bosqichni o‘z ichiga
oladi: elementar ta’lim: maktab ta’limining 1- bosqichiga tegishli bo‘lib,
maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan bular bolalar bog‘chalari, tayyorlov sinflari
va kirish guruhlari bo‘lib, bu yerlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-
onalar xohishiga ko‘ra ixtiyoriydir.
Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang‘ich maktab, unga 6
yoshdan qatnay boshlaydi. O‘qish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu
bosqichdagi ta’limning maqsadi – bolalarga ta’limning ikkinchi bosqichidagi u yoki
bu maktabda ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan
iborat.
Ta’limning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yo‘nalishli bosqich” deb
nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga ko‘ra o‘quv
muassasalarining kerakli turiga yo‘naltiradi: asosiy maktablar, real maktablar,
gimnaziyalar, kompleks maktablar. O‘quvchilar ta’lim haqidagi attestatni real va
asosiy maktablarni bitirgachgina olishadi. Respublikamizda har yili 1 sentyabrda
maktabga ilk qadam qo‘ygan bolalar uchun “Prezident sovg‘asi” berilgani kabi
Germaniyada boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga ilk o‘qish kuni shirinliklar va kerakli
maktab qurollaridan iborat “maktab sovg‘asi (kulyok)” beriladi. Germaniyada
majburiy maktab ta’limi 6 yildan 19 yilni o‘z ichiga oladi, demak maktabda ta’lim
umuman olganda 13 yilni tashkil etadi. Boshlang‘ich maktab-ta’lim tizimining
poydevori hisoblanadi. Bu ta’lim bosqichining vazifasi – bolalarga ta’limni davom
ettirishga imkon beruvchi bilimlar asosini berishdir. Boshlang‘ich maktabdan so‘ng
o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktablarga o‘tadilar. Germaniyada o‘rta
maktab tiplari: asosiy, real, aralash maktablar va gimnaziyalar. O‘quvchilar ularga
tavsiya etilgan o‘quv yo‘nalishlaridan bitta asosiysini tanlab olish imkoniga ega. Bu
tabiiy-matematik, texnik, lingvistik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-tibbiy, musiqiy-
badiiy yo‘nalish bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich sinflarda umumta’lim bilimlarni
kengaytirish va chuqurlashtirish va shular asosida o‘quvchilarni zamonaviy
ma’lumotlarni olish va qayta ishlashning ilmiy metodlari bilan tanishtirish, oliy
o‘quv yurtida muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni
yaratishdan iborat.Germaniyada boshlahg`ich sinflarda texnologiya fanini o`qitishda
alohida e`tibor qaratiladi. Texnologiya fanini o`qitish jarayonida o`quvchilari
mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatib boriladi. Bu fan maxsus jihozlangan sinflarda
o`tkaziladi.
Janubiy Koreya Respublikasi ko‘plab tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga
tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo
– Tinch okeani regionining noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart
bo‘lgan asosiy vazifa - o‘z an’anaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarni o‘z madaniy-siyosiy identivlik, Sharqning an’anaviy
qadriyatlari va markazlari bilan bog‘lashga intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning
ta’lim tizimi YUNISEF ekspertlari xulosasiga ko‘ra sanoati rivojlangan davlatlar
ichida “eng samaralisi” deb tan olingan. Ko‘pchilikning yagona fikricha, Janubiy
Koreyaning iqtisodiyoti va texnikadagi yutuqlari “inson resursiga investitsiyani
to‘g‘ri tikkanligida” deb ta’kidlashadi. Ko‘p rivojlanayotgan davlatlarda ta’lim
bugungi kunda jamiyatning faqat sarf-harajatlar sohasi emas, balki asosiy ishlab
chiqaruvchi kuchiga aylandi. Ya’ni, ta’lim raqobatbardosh, jiddiy moliyaviy
mablag‘larni olib keluvchi soha bo‘lishi kerakligi isbotlandi. Ta’limning deyarli 1-
bosqichiyoq davlat va iqtisodiyotning rivojlanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Faqat
bilim olish uchungina emas, balki olingan bilimlarni amaliyotda samarali qo‘llash
uchun o‘qish zarur.
Koreya o`qituvchilarining fikricha 3 yoshgacha bog’chaga brogan bolalarning
fanlarni qabul qilishi, uydan to’g’ri kelgan bolalarning qabul qilishidan yaxshiroq.
Yasli bog’chaga qatnab kelgan bolalar faolroq, qiziquvchan, o’zlashtirish darajasi
yuqori bo’ladi.
Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
aytganlaridek, bolalar tarbiyasi jarayoniga o’z ishini puxta biladigan, malakali va har
bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog kadrlarni jalb qilgan holda, ularni
go’dakligidan ongi va tafakkurini to’g’ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak
saviya, bilim va ma’naviyatga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin
bo’ladi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14
fevral 2018 yil maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo’yicha
ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag’ishlanganvideoselektordan).
Koreyada davlat tasarrufidagi boshlang‘ich maktablardan tashqari qator
xususiy maktablar ham mavjud. Bu maktablarning o‘quv dasturlari davlat maktablari
o‘quv dasturlariga birmuncha mos keladi, lekin o‘qitish yuqori darajada amalga
oshiriladi. Masalan, kam sonli o‘quvchilarga ko‘p o‘qituvchilarning jalb etilishi,
qo‘shimcha fanlarning kiritilishi, umuman ta’limning yuqori standartlarga egaligi va
h.k. Shu bois ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandlarini xususiy maktabga berishga
intiladilar. Lekin bunday maktablarda o‘qish narxining balandligi ota-onalarni
o‘ylantirib qo‘yadi. Boshlang‘ich maktabni bitirgan o‘quvchilar keyingi
bosqichlarga imtixonsiz o‘tadilar .Kanadaliklarning eng muhim yutuqlaridan biri -
bu ularning ta’lim tizimidir. Ilg‘or universitet va kollejlardagi ta’lim sifati juda
yuqori va Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro reytingda Kanada
ta’limi AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimini oladigan bo‘lsak Angliyada
bolalarning maktab yoshi o‘rtasa 5-6 yosh bo‘lib, bolalar sinfda o‘ynaydilar,
mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar, ovqatlanadilar. Hamma mashg‘ulotni birta
murabbiy olib boradi. Bolalar ko‘proq ochiq havoda sayr qilishadi.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografn, aholishunoslik, tabiiy fanlar,
texnologiya fani, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Xuddi shunday Shvetsariyada ham texnologiya fanini o`qitishda o`quvchilar
ijodkorligini oshirish maqsadida sinf xonlarini uy ko`rinishida bezab qo`yishadi.
Bunday jihozlanishda o`quvchilar o`larini uylaridagiday his qilib mustaqil
fikrlashlari uchun zamin yaratiladi.
Shvetsariya va O’zbekistonda boshlang’ich sinflarda Texnologiya fanini
o’qitish holati.
1-slayd. Shetsariyada boshlang’ich ta’limda tahsil olish 4 yoshdan boshlanadi.
Har bir maktab oldida
2-slayd. O’zbekiston Respublikasida boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’limning 2-
bo’gini ya’ni yosh bolalar uchun tayyorlov bo’limlari tashkil qilingan. Hozirgi kunda
Shetsariyada maktabgacha ta’lim muassasalari birlashtirilib,2 yillik majburiy
maktabgacha ta’lim joriy etilishi jarayoni bormoqda. maktabgacha ta’limdan keying
o’rinda turadi. Boshlang’ich ta’limga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Maktabgacha
ta’lim muassasalariga qatnamagan bolalar uchun maktablar qoshida tayyorlav o’quv
kurslari tashkil qilingan.O’zbekistonda YUNISEF tashkiloti tomonidan 2011-yildan
“BILIMDON” dasturi asosida qisqartirilgan guruhlarda bolalarni maktabga
tayyorlash ishlari olib borildi. Bunda bolalarga boshlahg’ich mehnat elementlari
o’rgatiladi.
3-slayd. Shetsariyada boshlang’ich ta’lim maktablari majburiy va bepul.
Boshlang’ich ta’lim jarayoni 6 yilni tashkil etadi. Boshlang’ich ta’lim maktablarida
bolalarni qabul qilishda hech qanday test topshiriqlari va imtihonlar qabul
qilinmaydi. Boshlang’ich maktabda o’quv dasturi jami 23-32 soatni tashkil etadi.
Boshlang’ich maktablarida 100 tagacha o’quvchi qabul qilinadi. Har bir sihfda 10-
15 nafardan o’quchi o’qitiladi.
4-slayd. O’zbekistonda 6 yoshli bolalarni qabul qilishda ulardan layoqat testlari
olinadi. O’zbekistonda o’rta umum ta’lim jumladan boshlang’ich ta’limham
majburiy va bepul. Ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlangan. Texnologiya fani
1-sinfdan boshlab o’qitiladi.
5-slayd. Boshlang’ich ta’limda har bir o’quvchiga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshlang’ich maktabda oila sharoiti va muhiti yaratilgan.Boshlangich
6-slayd. Texnologiya fani bo’yicha DTS ishlab chiqilgan. Texnologiya fani fan
sifatida o’rta umum ta’lim maktabida jami 407 soatni tashkil etib 1-4 maktabida yosh
bolalarga mehnat topshiriqlari bajarilish jarayonida ularni ortiqcha zo’riqishiga yo’l
qo’yilmaydi. Mutaxasislarning fikricha agar bolada biror narsaga qobiliyat sezilsa u
albatta vaqti kelib rivojlanadi deb hisoblashadi. Rossiya Fediratsiyasi O’zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimidagi DTSdagi barcha fanlar o’qitilmasa ham boshlang’ich
ta’limni tugatadigan o’quvchilar 2-3 ta chet tillarida gaplasha olishadi. sinflarda
haftasiga 1 soatdan yillik 34 soatni; 5-6-7- sinflarda haftasiga 2 soatdan yillik 68
soatni; 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan yillik 34 soatni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinfdan boshlab mehnat elementlari o’rgatiladi, mehnatga psixologik
tayyorllanadi, ongli ravishda kasb tanlashga o’rgatiladi. Uzluksiz ta’limning keyigi
bosqichlarida mutaxasisliklar bo’yicha texnologiya fani o’qitiladi.
Modulli ta'lim tizimi: Modulli texnologiyaga tizimli faoliyat yondashuvi eng
avvalo, kasb-hunar ta'limida qo'llaniladi. Yorqin misoli sifatida Yuneskoning
xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Mehnat ko’nikmalari
modullari
konsepsiyasi”
hisoblanadi.
Bu
konsepsiya
yaxlit
o’qitishga
yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Modulli o’qitishda o’quv dasturlarini to’la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan
tabaqalash orqali o’qitishni tabaqalashtirish imkoniyati mavjud bo’ladi, ya’ni
o’qitishni individuallashtirish mumkin.
O’qitishning modul tizimiga o’tish samaradorligi quyidagi omillarga
bog’liq bo’ladi:
-o’quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darjasi;
-professor-o’qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;
-o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
-ko’zlangan natijalarni baholash;
-didaktik materiallarni ishlab chiqarish;
-natijalar tahlili va modullarni maqbullashtirish.
Modulli o’qitish dasturlari o’quvchining individual ehtiyojlariga ossonlik bilan
moslashadi va erkin vaqt omiliga ega bo’ladi, chunki bu yerda individuallashtirilgan
o’qitish jarayoni ustunlik qiladi. Tizimli faoliyat yondashuvi asosidagi modulli
o’qitish texnoligiyasi o’quv materialini individual va mustaqil o’zlashtirishga to’la
imkoniyat yaratilishi tufayli ixtisoslikka samarali o’rgatishni ta’minlaydi.
Masofali o’qitish:
Masofadan turib o’quv mashg’ulotlarining barchasi yoki ko’p qismi
telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalari asosida olib
boriladi.
Masofaviy ta’lim jarayoni imkoniyati cheklangan va chet elda o’qishni
istovchilar, ikkinchi mutaxassislikni egallovchi shaxslar va boshqa shu kabi bir
necha imtiyozli jarayonlarni qamrab oladi. Masofaviy o’qitish-ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot davrining mahsulidir va ayni vaqtda uning rivojlanish katalizatori hamdir.
Maqsadi: Davlat ta’limi standartlari asosida shakllantirib, bilim ko’nikma va
malakalarni hamda shaxsiy fazilatlar tizimini o’z ichiga oladi. Bu yaxlitlik tizim
bo’lib, o’qitishning maqsadi, o’quv fani maqsadi, mavzuning o’quv maqsadi,
mavzuning tayanch tushunchalari o’quv maqsadidan shakllanadi.
Mavzuga oid savol va topshiriqlar:
1.Xorijiy mamlakatlardagi ta’lim tizimi haqida fikrlaringizn bayon eting.
2.Xorijiy mamlakatlarda Texnologiya ta’limining ahamiyati va mohiyatini
tushuntirib bering.
3.Modulli ta’lim tizimining mohiyati ochib bering.
4.Zamonaviy ta’lim shakllariga qanday ta’lim shakllari kiradi?
5. Masofali ta’lim qanday tashkil etiladi?
6.Boshlang’ich sinf Texnologiya fani bo’yicha mahorat darslarini qanday tashkil
etish mumkin?
7.Vebinar darslari mahorat darslaridan nimasi bilan farq qiladi?
Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar:
1.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.
2.Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi». Darslik. Т.: TDPU.2015-yil.