Texnologiya ta’limining shakl va metodlari (Boshlang‘ich sinflarda texnologiya faning shakl va usullari)

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

21,3 KB


 
 
 
 
 
 
Texnologiya ta’limining shakl va metodlari 
 
 
Reja: 
1. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya faning shakl va usullari 
2. Metod tushunchalari, uning turlari 
3. Ertak qahramonlarining modulli origamisini yasash 
 
  Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Boshlang`ich sinfda mehnat shakl va 
usullari, metod, metod turlari, boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari, 
o`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi, metodlararo bog`liqlik, o`quvchilarni 
mustaqil ishlarga o`rgatish, didaktik ko`rgazmalar yasash metodlari. 
 
  Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari o’sishi va yoshlarning fan-texnikaning 
jo’shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim mazmunini emas, balki 
o’qitish jarayonining usul va shaklini to’g’ri tashkil etilishini, o’qishga qiziqishni, 
ijodiy qobiliyatni, egallangan bilimlarni amalda ijodiy qo’llay bilishni rivojlantirish 
maqsadlarida yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. “Bu esa maktab 
zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg`otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday 
faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirish, ijodiy masalalarni mustaqil 
hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi”. 
  Mazkur shakllar o’quvchilarda mehnatning :  
1. Qоg`оz vа kаrtоn bilаn ishlаsh;  
2. Gаzlаmа bilаn ishlаsh;  
3. Turli mаtеriаllar bilаn ishlаsh;  
4. Tехnik mоdеllаshtirish; 
5. Qishlоq хo`jаligi mеhnаti turlari bo’yicha bilim, malaka va  
ko’nikma hosil qilishga da’vat etadi  
Texnologiya ta’limining shakl va metodlari Reja: 1. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya faning shakl va usullari 2. Metod tushunchalari, uning turlari 3. Ertak qahramonlarining modulli origamisini yasash Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Boshlang`ich sinfda mehnat shakl va usullari, metod, metod turlari, boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari, o`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi, metodlararo bog`liqlik, o`quvchilarni mustaqil ishlarga o`rgatish, didaktik ko`rgazmalar yasash metodlari. Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari o’sishi va yoshlarning fan-texnikaning jo’shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim mazmunini emas, balki o’qitish jarayonining usul va shaklini to’g’ri tashkil etilishini, o’qishga qiziqishni, ijodiy qobiliyatni, egallangan bilimlarni amalda ijodiy qo’llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. “Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg`otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirish, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi”. Mazkur shakllar o’quvchilarda mehnatning : 1. Qоg`оz vа kаrtоn bilаn ishlаsh; 2. Gаzlаmа bilаn ishlаsh; 3. Turli mаtеriаllar bilаn ishlаsh; 4. Tехnik mоdеllаshtirish; 5. Qishlоq хo`jаligi mеhnаti turlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikma hosil qilishga da’vat etadi  
 
  Boshlang’ich sinflarda texnologiya fanini amalga oshirib borishda boshqa 
predmetlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib, 
o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib, o’quvchilarning texnologiyaga bo’lgan 
qiziquvchanligini va ziyrakligini oshirib boradi. Ma’lum mavzu doirasadagi 
bilimlarini amalga qo’llay olish usullarini o’rgatadi. O’qitish metodi qisqa vaqt 
mobaynida o’quvchilarga ko’proq bilim berishni o’ziga maqsad qilib oladi.  
   O’qitish metodlari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qiishi 
kerakki, unda o’quvchilar o’qituvchining berayotgan ko’rsatmalari asosida 
o’zlarining ijodkorliklari, fantaziyalarini ishlata olish, olingan bilimlarini shu 
ko’rsatmalar asosida amalda ochib bera olishi kerak. Albattaki, har bir metodni o’z 
o’rnida qo’llash kerak, oddiy chizma chizishni butun sinfga barobar o’rgatishda 
frontal, amaliy ish bajarishda yakka shakldan foydalaniladi.  
  Bitta darsning o’zida o’qitishning turli usullari qo’llanishi mumkin.  
O`qituvchining intilishi, xatti-harakati darsda o’quvchilarning diqqat-e’tiborlari 
susaymasligiga, fikrlarining jamlangan bo’lishiga, ularning charchamasliklari va 
zerikmasliklariga yo’llangan bo’lishi kerak.  
  Didaktik jarayon tuzilmasiga ko’ra ta’lim metodlari 3 guruhga bo’linadi:  
1. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari;  
2. O’quv- bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash metodlari;  
3. Nazorat va o’z-o’zini nazorat (boshqarish) qilish metodlari.  
Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra:  
 Og’zaki bayon qilish metodlari  
 Ko’rgazmali metodlar  
 Amaliy metodlar  
 Og’zaki metod: Ta’lim metodlari tizimida muhim o’rin  
 tutadigan metod bo’lib, o’zi ham quyidagi turlarga bo’linadi:  
 hikoya  
 suhbat 
 tushuntirish  
 ma’ruza  
  Ko’rgazmali metod: samarali metodlardan biri hisoblanib, zamonaviy ta’limning 
asosini tashkil etadi.  
Boshlang’ich sinflarda texnologiya fanini amalga oshirib borishda boshqa predmetlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib, o’quvchilarning texnologiyaga bo’lgan qiziquvchanligini va ziyrakligini oshirib boradi. Ma’lum mavzu doirasadagi bilimlarini amalga qo’llay olish usullarini o’rgatadi. O’qitish metodi qisqa vaqt mobaynida o’quvchilarga ko’proq bilim berishni o’ziga maqsad qilib oladi. O’qitish metodlari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qiishi kerakki, unda o’quvchilar o’qituvchining berayotgan ko’rsatmalari asosida o’zlarining ijodkorliklari, fantaziyalarini ishlata olish, olingan bilimlarini shu ko’rsatmalar asosida amalda ochib bera olishi kerak. Albattaki, har bir metodni o’z o’rnida qo’llash kerak, oddiy chizma chizishni butun sinfga barobar o’rgatishda frontal, amaliy ish bajarishda yakka shakldan foydalaniladi. Bitta darsning o’zida o’qitishning turli usullari qo’llanishi mumkin. O`qituvchining intilishi, xatti-harakati darsda o’quvchilarning diqqat-e’tiborlari susaymasligiga, fikrlarining jamlangan bo’lishiga, ularning charchamasliklari va zerikmasliklariga yo’llangan bo’lishi kerak. Didaktik jarayon tuzilmasiga ko’ra ta’lim metodlari 3 guruhga bo’linadi: 1. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari; 2. O’quv- bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash metodlari; 3. Nazorat va o’z-o’zini nazorat (boshqarish) qilish metodlari. Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra:  Og’zaki bayon qilish metodlari  Ko’rgazmali metodlar  Amaliy metodlar  Og’zaki metod: Ta’lim metodlari tizimida muhim o’rin  tutadigan metod bo’lib, o’zi ham quyidagi turlarga bo’linadi:  hikoya  suhbat  tushuntirish  ma’ruza Ko’rgazmali metod: samarali metodlardan biri hisoblanib, zamonaviy ta’limning asosini tashkil etadi.  
 
  Ko’rgazmali metod 5 turga bo’linadi:  
 Namoyish  
 Tasvirlash  
 Sayohat  
 Kino  
 Grafik ishlar  
Amaliy ishlar metodi: Nazariy bilimlarimizni amalda tatbiq etish uchun 
eng zarur metod hisoblanadi.  
 Mashq  
 Laboratoriya  
 Amaliy ishlar 
   Og`zaki bayon qilish metodi ikki formada mavjud bo’lishi mumkin:  
1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa uning 
nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida tushuntirish va hikoya 
qilish, instruktaj ko’rinishida bo’ladi.       
2. Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro suhbatidir.  
  Hikoya qilish – bu programma materialini jonli va obrazli bayon qilishdir. Bu 
holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Ba’zan suhbat davomida o’quvchilar 
tushuntirilayotgan 
narsalarni 
qanchalik 
o’zlashtirayotganliklarini 
aniqlash 
maqsadida ularga savollar bilanmurojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agarda 
bajarilgan ishlar, natural namunalar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib 
qilinsa, anchagina tushunarliroq bo’ladi. Bu o’rinda tushuntirayotganingda – ko’rsat, 
ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda 
o’quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim. 
  O`qituvchi hikoyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:  
U mazmuniga ko’ra – programmada nazarda tutilgan barcha  
o’quv materialini aniq va to’liq qamrab olishi kerak;  
Bayon etilish shakliga ko’ra – aniq, tushunarli, mantiqiy, iboralari  
sodda bo’lishi zarur; 
  Material qiziqarli va o’quvchilarning fikrini aktivlashtiradigan,  
diqqatini yangilikning asosiy elementlariga jalb qiladigan bo’lishi  
lozim;  
Ko’rgazmali metod 5 turga bo’linadi:  Namoyish  Tasvirlash  Sayohat  Kino  Grafik ishlar Amaliy ishlar metodi: Nazariy bilimlarimizni amalda tatbiq etish uchun eng zarur metod hisoblanadi.  Mashq  Laboratoriya  Amaliy ishlar Og`zaki bayon qilish metodi ikki formada mavjud bo’lishi mumkin: 1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro suhbatidir. Hikoya qilish – bu programma materialini jonli va obrazli bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Ba’zan suhbat davomida o’quvchilar tushuntirilayotgan narsalarni qanchalik o’zlashtirayotganliklarini aniqlash maqsadida ularga savollar bilanmurojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agarda bajarilgan ishlar, natural namunalar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib qilinsa, anchagina tushunarliroq bo’ladi. Bu o’rinda tushuntirayotganingda – ko’rsat, ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda o’quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim. O`qituvchi hikoyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: U mazmuniga ko’ra – programmada nazarda tutilgan barcha o’quv materialini aniq va to’liq qamrab olishi kerak; Bayon etilish shakliga ko’ra – aniq, tushunarli, mantiqiy, iboralari sodda bo’lishi zarur; Material qiziqarli va o’quvchilarning fikrini aktivlashtiradigan, diqqatini yangilikning asosiy elementlariga jalb qiladigan bo’lishi lozim;  
 
Hikoyada o’qituvchi o’quvchilarbop fakt va tushunchalarga asoslanishi lozim. 
Nutq sodda va aniq bo’lmasa o’quvchilarning hikoyaga, keyinchalik predmetga 
bo’lgan qiziqishi so’nishi mumkin. O`qituvchi hikoyasida o’quvchilarning nutqini 
yangi so’zlar bilan boyituvchi atamalar bo’lishi, ularning ma’nosini shu vaqtning 
o’zida tushuntirmog`i shart;  
Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. 
O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, asosiy tushunchalarga 
alohida urg’u berib, hikoyani qisqa va o’quvchilarda his-hayajon, mavzuga 
qiziqishini uyg’otib borishi lozim, o’qituvchida albatta aktyorlik qobiliyati bo’lishi, 
hikoyani obrazga kirib, o’quvchilar e’tiborini jalb qila olish malakasi mukammal 
bo’lishi kerak.  
Instruktaj – texnologiya fanining samarali metodlaridan biridir. Instruktajning 
maqsadi o’quvchilarning amaliy faoliyatlarini uyushtirish va yo’naltirish orqali 
ularning amaliy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini hamda ularda 
mehnatga ongli ijodiy yondashishni tarbiyalashni ta’minlashdir. Instruktaj olgan 
o’quvchiga ishning maqsadi va usullari ravshan bo’lishi kerak. Instruktajning 
vazifasi o’quvchilarga texnologik jarayonni ongli va to’g`ri rejalashtirishni 
o’rgatishdan iboratdir.  
Instruktaj olgan o’quvchilar: ishni ratsional usullarda va to’g`ri izchillikda 
bajara bilishlari, mehnatni tashkil etishning belgilangan formalari va xavfsizlik 
texnikasi qoidalarini amalga oshirishlari, yo’l qo’yilgan xatolarni ish jarayonida 
tuzatishlari va ularning paydo bo’lish sabablarini bartaraf eta bilishlari kerak.  
Og`zaki instruktaj suhbat yoki hikoya qilish metodi orqali berilishi mumkin. 
Suhbat va hikoya qilish jarayonida ham predmetlar yoki ish usullari namoyish 
etilishi mumkin. Grafik ishlar texnik mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. 
Biror narsaning chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. 
Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga kirishishdan oldin, 
chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida chizmalarni bajarish uchun zarur 
bo’lgan elementlari bilan tanishtirish lozim.  
Chizmani tayyorlashga kirishishdan oldin masshtabning qanday belgilanishini 
chizg’ichlar yordamida amalga oshirish zarur. Chizmalar daftarda emas, balki 
Hikoyada o’qituvchi o’quvchilarbop fakt va tushunchalarga asoslanishi lozim. Nutq sodda va aniq bo’lmasa o’quvchilarning hikoyaga, keyinchalik predmetga bo’lgan qiziqishi so’nishi mumkin. O`qituvchi hikoyasida o’quvchilarning nutqini yangi so’zlar bilan boyituvchi atamalar bo’lishi, ularning ma’nosini shu vaqtning o’zida tushuntirmog`i shart; Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, asosiy tushunchalarga alohida urg’u berib, hikoyani qisqa va o’quvchilarda his-hayajon, mavzuga qiziqishini uyg’otib borishi lozim, o’qituvchida albatta aktyorlik qobiliyati bo’lishi, hikoyani obrazga kirib, o’quvchilar e’tiborini jalb qila olish malakasi mukammal bo’lishi kerak. Instruktaj – texnologiya fanining samarali metodlaridan biridir. Instruktajning maqsadi o’quvchilarning amaliy faoliyatlarini uyushtirish va yo’naltirish orqali ularning amaliy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini hamda ularda mehnatga ongli ijodiy yondashishni tarbiyalashni ta’minlashdir. Instruktaj olgan o’quvchiga ishning maqsadi va usullari ravshan bo’lishi kerak. Instruktajning vazifasi o’quvchilarga texnologik jarayonni ongli va to’g`ri rejalashtirishni o’rgatishdan iboratdir. Instruktaj olgan o’quvchilar: ishni ratsional usullarda va to’g`ri izchillikda bajara bilishlari, mehnatni tashkil etishning belgilangan formalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarini amalga oshirishlari, yo’l qo’yilgan xatolarni ish jarayonida tuzatishlari va ularning paydo bo’lish sabablarini bartaraf eta bilishlari kerak. Og`zaki instruktaj suhbat yoki hikoya qilish metodi orqali berilishi mumkin. Suhbat va hikoya qilish jarayonida ham predmetlar yoki ish usullari namoyish etilishi mumkin. Grafik ishlar texnik mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. Biror narsaning chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga kirishishdan oldin, chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan elementlari bilan tanishtirish lozim. Chizmani tayyorlashga kirishishdan oldin masshtabning qanday belgilanishini chizg’ichlar yordamida amalga oshirish zarur. Chizmalar daftarda emas, balki  
 
chizmachilikka mo’ljallangan albomda bajariladi. Chizmaning butun texnik 
texnologiya fani darslarida bitta albomda bajarilgani qulay, maqsadga muvofiqdir.  
O`quvchilarning chizmalarini muntazam tekshirish va baholab borish  
kerak. Chizmalarni qoralama qog`ozlarga chizish tavsiya etilmaydi. Chizmani 
bevosita albomga toza qilib chizishga odatlantirish kerak.       O`qituvchi 
o’quvchilardan chizma va yozuvlarni aniq, ravshan va tartibli bajarishlarini talab 
qilishi lozim. Chizmani aniq bajarmay turib, o’quvchilarga chizmani materialga 
to’g`ri ko’chirishga, chizmani o’qishga o’rgatib bo’lmaydi; qo’l mehnati 
darslarining asosiy vazifasi esa ana shundan iboratdir. O`qituvchi ish sifatini 
o’quvchilarning albomlarni qanday tutganligi bilan baholashi mumkin.  
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda qo’llashni o’rgatishda 
yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o’quvchilarning o’zlari mustaqil 
tuzishlari katta ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning 
o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu 
egallangan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.  
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi mumkin.Laboratoriya 
ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning ishonarlilik kuchini oshiradi, 
bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish 
uchun xizmat qiladi.  
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi 
mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his etish, kuzatuvchanlik, 
diqqatlilik rivojlanadi. Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, 
qurol va turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalar o’tkazish metodli 
hisoblanadi. Amaliy ishlarning laboratoriyalardan farqi shundaki, nazariy bilimlar 
majmuyini 
amalda 
qo’llash 
faoliyatini 
tashkil 
etadi, 
olingan 
bilimlar 
chuqurlashtiriladi, nazorat qilinadi, kamchiliklar tuzatiladi.  
Amaliy mashg’ulot quyidagi 5 bosqich asosida tashkil etadi. 
1. O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy  
jihatdan anglash;  
2. Ko’rsatma va yo’l-yo’riq berish;  
3. Tajribani tashkil etish: (bunda 2-3 nafar o’quvchi amalda bajaradi, qolganlari bu 
faoliyatni kuzatib boradi);  
chizmachilikka mo’ljallangan albomda bajariladi. Chizmaning butun texnik texnologiya fani darslarida bitta albomda bajarilgani qulay, maqsadga muvofiqdir. O`quvchilarning chizmalarini muntazam tekshirish va baholab borish kerak. Chizmalarni qoralama qog`ozlarga chizish tavsiya etilmaydi. Chizmani bevosita albomga toza qilib chizishga odatlantirish kerak. O`qituvchi o’quvchilardan chizma va yozuvlarni aniq, ravshan va tartibli bajarishlarini talab qilishi lozim. Chizmani aniq bajarmay turib, o’quvchilarga chizmani materialga to’g`ri ko’chirishga, chizmani o’qishga o’rgatib bo’lmaydi; qo’l mehnati darslarining asosiy vazifasi esa ana shundan iboratdir. O`qituvchi ish sifatini o’quvchilarning albomlarni qanday tutganligi bilan baholashi mumkin. Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda qo’llashni o’rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi mumkin.Laboratoriya ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi. Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol va turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalar o’tkazish metodli hisoblanadi. Amaliy ishlarning laboratoriyalardan farqi shundaki, nazariy bilimlar majmuyini amalda qo’llash faoliyatini tashkil etadi, olingan bilimlar chuqurlashtiriladi, nazorat qilinadi, kamchiliklar tuzatiladi. Amaliy mashg’ulot quyidagi 5 bosqich asosida tashkil etadi. 1. O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash; 2. Ko’rsatma va yo’l-yo’riq berish; 3. Tajribani tashkil etish: (bunda 2-3 nafar o’quvchi amalda bajaradi, qolganlari bu faoliyatni kuzatib boradi);  
 
4. Faoliyatni tashkil etish: (topshiriq mustaqil bajariladi, qiynalgan o’quvchilarga 
e’tibor qaratiladi);  
5. Nazorat (o’qituvchi tomonidan ishning sifati kuzatilib, baholanadi).  
Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i 
bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar 
o’zlarining intilishlarini qo’llab hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini 
u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda 
erishishga harakat qiladilar.  
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, o’quvchilar 
qo’l mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy malakalar o’rtasida uzviy 
aloqa bo’lishi kerakligini his etsinlar.  
O`quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda 
bo’lmasligi kerak.  
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga 
o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar.  
Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy yondashishni, 
ulardagi bilishga, qiziqishlarni, olingan bilimlarni amalda qo’llay bilishni 
rivojlantirishga yordam beradi.  
Ekskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik 
malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni egallaydi. Agarda 
ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada 
samaraliroq bo’ladi. 
Ekskursiya 
jarayonida 
o’quvchilar 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar.    Ekskursiyani o`tkazishdan oldin 
o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan so’ng savol – javoblar 
o’tkazish lozim.  
Har bir o’quvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, o’qitishda individual 
yondashishni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi 
o’quvchilarning rivojlanganlik darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi turlichadir.  
Darsni to’g`ri tashkil etishda har xil o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashning 
oldindan o’ylab qo’yilgan sistemasi bo’lishi muhimdir. Darsning samaradorlik 
darajasini oshirish uchun turli tarqatma materiallar, rasmlar, andozalar, o’lchamlar, 
asbob uskunalarda o’rinli foydalanilishi lozim. Bular o’quvchilarda ko’rish, tasavvur 
4. Faoliyatni tashkil etish: (topshiriq mustaqil bajariladi, qiynalgan o’quvchilarga e’tibor qaratiladi); 5. Nazorat (o’qituvchi tomonidan ishning sifati kuzatilib, baholanadi). Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llab hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar. Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, o’quvchilar qo’l mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy malakalar o’rtasida uzviy aloqa bo’lishi kerakligini his etsinlar. O`quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda bo’lmasligi kerak. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar. Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy yondashishni, ulardagi bilishga, qiziqishlarni, olingan bilimlarni amalda qo’llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi. Ekskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan so’ng savol – javoblar o’tkazish lozim. Har bir o’quvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, o’qitishda individual yondashishni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi o’quvchilarning rivojlanganlik darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi turlichadir. Darsni to’g`ri tashkil etishda har xil o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashning oldindan o’ylab qo’yilgan sistemasi bo’lishi muhimdir. Darsning samaradorlik darajasini oshirish uchun turli tarqatma materiallar, rasmlar, andozalar, o’lchamlar, asbob uskunalarda o’rinli foydalanilishi lozim. Bular o’quvchilarda ko’rish, tasavvur  
 
hosil qilish, diqqatni jamlab qunt bilan ishlash, chiroyli va shinam shakllar yaritishga 
da’vat etadi. Shuning uchun ham bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham, yaxshi 
o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham oldindan alohida kartochka-topshiriqlar 
tayyorlab qo’yish kerak.  
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo’lgan ekskursiyani ta’limning biror 
bo’limi boshlanishidan oldin o’tkazilishi kerak. Aniq mavzuga bag’ishlangan 
ekskursiyalarni dasturdagi biror mavzuni o’tishdan keyin yoki avval o’tkazilgani 
maqul. Ekskursiya 15-20 o’quvchidan iborat bo’lib, frontal o’tkaziladi. Mehnat 
o’qituvchisi rahbarligida ularning ishlash tamoyiliga va mahsulot ishlash 
texnologiyasiga, mehnatni tashkil etishga qaratiladi. Obyektiv ravishda mavjud 
bo’lgan munosabatlarni aniqlash va taqqoslash yo’li bilan umumiy tamoyillarni bilib 
olishni o’rganadi.  
Har qanday ekskursiyaning mazmuni 3 bosqichda amalga  
oshirilishi lozim:  
1. Kuzatuv ob’yektini oldindan tanlash, maqsad va vazifalarini aniqlash, 
ekskursiyaning o’tkazilish tartibi, berilgan topshiriq va hisobotlarning shakllarini 
tayyorlashdan iborat bo’lgan tayyorgarlik davri.  
2. Tayyorgarlik bosqichidagi barcha talablar nazorat qilinadi: Ekskursiyada o’zini 
tutish qoidalari, turli xil ma’lumot olish uchun suhbatlar uyushtiriladi.  
3. Ekskursiyaga yakun yasash. Ekskursiya jarayonida paydo bo’ladigan 
masalalarni hal qilishga qaratilgan yakunlovchi suhbat.  
O`quvchilarning qiziqish va o’zlashtirishlari turlichaligini bilgan o’qituvchi 
ularning qo’llaridan keladigan topshiriqlarni oldindan o’ylab qo’yadi. Shu orqali u 
faqat yaxshi o’zlashtiradiganlarninggina emas, balki bo’sh o’zlashtiradigan 
o’quvchilarning ham bilish faolligini rivojlantiradi. Topshiriqlar albatta muammo 
xarakteriga ega bo’lishi kerak.  
Kuzatishlar o’quvchilarni predmetga diqqat bilan qarashga, uning xarakterli 
xususiyatlarini sezishga odatlantiradi. O`quvchilarga bilimlarni hayotdan olishni 
ham o’rgatish kerak. Agarda o’qituvchi topshiriqqa kuzatilayotgan faktlarni 
kuzatuvchining qo’lidan keladigan tahlil va 
umumlashtirishlarni kiritsa, 
kuzatishlarning samaradorligi yanada ortadi.  
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:  
hosil qilish, diqqatni jamlab qunt bilan ishlash, chiroyli va shinam shakllar yaritishga da’vat etadi. Shuning uchun ham bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham, yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham oldindan alohida kartochka-topshiriqlar tayyorlab qo’yish kerak. Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo’lgan ekskursiyani ta’limning biror bo’limi boshlanishidan oldin o’tkazilishi kerak. Aniq mavzuga bag’ishlangan ekskursiyalarni dasturdagi biror mavzuni o’tishdan keyin yoki avval o’tkazilgani maqul. Ekskursiya 15-20 o’quvchidan iborat bo’lib, frontal o’tkaziladi. Mehnat o’qituvchisi rahbarligida ularning ishlash tamoyiliga va mahsulot ishlash texnologiyasiga, mehnatni tashkil etishga qaratiladi. Obyektiv ravishda mavjud bo’lgan munosabatlarni aniqlash va taqqoslash yo’li bilan umumiy tamoyillarni bilib olishni o’rganadi. Har qanday ekskursiyaning mazmuni 3 bosqichda amalga oshirilishi lozim: 1. Kuzatuv ob’yektini oldindan tanlash, maqsad va vazifalarini aniqlash, ekskursiyaning o’tkazilish tartibi, berilgan topshiriq va hisobotlarning shakllarini tayyorlashdan iborat bo’lgan tayyorgarlik davri. 2. Tayyorgarlik bosqichidagi barcha talablar nazorat qilinadi: Ekskursiyada o’zini tutish qoidalari, turli xil ma’lumot olish uchun suhbatlar uyushtiriladi. 3. Ekskursiyaga yakun yasash. Ekskursiya jarayonida paydo bo’ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgan yakunlovchi suhbat. O`quvchilarning qiziqish va o’zlashtirishlari turlichaligini bilgan o’qituvchi ularning qo’llaridan keladigan topshiriqlarni oldindan o’ylab qo’yadi. Shu orqali u faqat yaxshi o’zlashtiradiganlarninggina emas, balki bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarning ham bilish faolligini rivojlantiradi. Topshiriqlar albatta muammo xarakteriga ega bo’lishi kerak. Kuzatishlar o’quvchilarni predmetga diqqat bilan qarashga, uning xarakterli xususiyatlarini sezishga odatlantiradi. O`quvchilarga bilimlarni hayotdan olishni ham o’rgatish kerak. Agarda o’qituvchi topshiriqqa kuzatilayotgan faktlarni kuzatuvchining qo’lidan keladigan tahlil va umumlashtirishlarni kiritsa, kuzatishlarning samaradorligi yanada ortadi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:  
 
1. Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari qaysilar?  
2.Metod va uning turlari haqida ma’lumot bering.  
3. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodilari orasidagi bog`liqlikni izohlang.  
4. Ta’lim maqsadi va mazmunining o`zaro mutanosibligi ta’minlashda ta’lim 
vositalarining roli nimalardan iborat?  
5. Ta’lim vositalarining texnologiya fani maqsadi bilan aloqadorligini isbotlang? 
 
Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar: 
 
1.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish 
metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil. 
2.Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi». 
Darslik. Т.: TDPU.2015-yil. 
 
1. Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari qaysilar? 2.Metod va uning turlari haqida ma’lumot bering. 3. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodilari orasidagi bog`liqlikni izohlang. 4. Ta’lim maqsadi va mazmunining o`zaro mutanosibligi ta’minlashda ta’lim vositalarining roli nimalardan iborat? 5. Ta’lim vositalarining texnologiya fani maqsadi bilan aloqadorligini isbotlang? Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar: 1.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil. 2.Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU.2015-yil.