Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari.

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

22,4 KB


 
 
 
 
 
 
Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari 
 
 
Reja: 
1.Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining o‘qitish metodologiyasi haqida 
tushuncha. 
2.Texnologiya fanini o‘qitish tamoyillari va texnologiya fani nazariyasining asosiy 
negizlari. 
3. Ertak qahramonlarining modulli origamisini yasash. 
 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Texnologiya haqida tushuncha, metodologiya, 
o’qitish tamoyillari, mehnat tarbiyasi.  
   Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo’lib, 
u turli fanlar bilan, shu jumladan, mehnat bilan ham qadim-qadim zamonlardan 
boshlab bog’liqlikda rivojlanib kelgan. 
   Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham eng muhim, bosh 
masala inson, uni mehnat orqali barkamol etib tarbiyalash bo’lganligining guvohi 
bo’lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo’lgan ta’limiy-
axloqiy asarlarda ham mehnatga oid nazariy, ham amaliy masalalar tahlil etilganki, 
uning asosida inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosi markaziy 
muammo bo’lgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" asaridan boshlab 
Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq",Sa’diyning 
"Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla Avloniyning "Turkiy 
guliston yoxud axloq" va boshqa juda ko’p didaktik asarlarning har birini ta’lim-
tarbiyaga oid darslik desak yangilishmagan bo’lamiz. Mazkur ta'limiy- axloqiy 
asoslarni insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishini ilm-
fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya ilgari suradi.
Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari Reja: 1.Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining o‘qitish metodologiyasi haqida tushuncha. 2.Texnologiya fanini o‘qitish tamoyillari va texnologiya fani nazariyasining asosiy negizlari. 3. Ertak qahramonlarining modulli origamisini yasash. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Texnologiya haqida tushuncha, metodologiya, o’qitish tamoyillari, mehnat tarbiyasi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo’lib, u turli fanlar bilan, shu jumladan, mehnat bilan ham qadim-qadim zamonlardan boshlab bog’liqlikda rivojlanib kelgan. Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham eng muhim, bosh masala inson, uni mehnat orqali barkamol etib tarbiyalash bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo’lgan ta’limiy- axloqiy asarlarda ham mehnatga oid nazariy, ham amaliy masalalar tahlil etilganki, uning asosida inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo bo’lgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" asaridan boshlab Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq",Sa’diyning "Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" va boshqa juda ko’p didaktik asarlarning har birini ta’lim- tarbiyaga oid darslik desak yangilishmagan bo’lamiz. Mazkur ta'limiy- axloqiy asoslarni insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishini ilm- fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya ilgari suradi.
 
 
  Xususan A.Avloniy o'z asarlarda shunday fikrlarni bildirgan edi: “Bolaning 
salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi xulqni o’rgatmoq, yomon 
xulqdan saqlab o’stirmoq va mehnat qilishga undamoq yaxshidir. 
  Tarbiya qiluvchi inson – tabibdir. Tabib xastaning kasaligiga da’vo qilsa, tarbiyachi 
– boladagi yaxshi xulqni, poklikni, mehnatga layoqatni davolaydi.” Xalq og’zaki va 
yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari taraqqiyot jarayonida paydo bo’lgan, 
rivojlangan qadriyat darajasiga ko’tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, 
amaliy mehnat faoliyatida o’z ifodasini topgan va ularni har tomonlama 
rivovlantirilishida katta ahamiyat kasb etgan.  
  Xalq og’zaki ijodiyotida mehnatga oid shakllantirilgan juda ko’p maqollar va 
iboralar namunalariga guvoh bo’lamiz: “Mehnat - mehnatning tagi rohat”, “Mehnat 
qilgan xor bo’lmas”, “Yozgi mehnat – qishki rohat”, “Bir yigitga yetmish hunar oz”, 
“Hunarli kishi xor bo’lmas”, “Ustozidan o’tmagan shogird – shogird emas”.         
Texnologiya fani pedagogika fanining metodologiyasiga tayanib faoliyat yuritadi. 
Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida qomusiy mutafakkirlar va 
mashhur pedagoglarning o’rni diqqatga sazovordir. Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu 
Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, chex olimi 
Yan Amos Komenskiy, shvetsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestaloststi, nemis 
pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o’z ijodiyotlarida 
pedagogikaning metodologik asosini yaratdilar. Shularga ko’ra texnologiya fanining 
mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, uslub va vositalari, har bir inson uchun zarur 
bo’lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi kerak. 
  Texnologiya fanining metodologik asosi, maqsad va vazifalari, yangi yo’nalishlari, 
texnologiya fani va tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari hamda boshqa qator 
muammolari va ularga yangicha yondashuv milliy istiqlol g’oyalari va milliy 
mafkura asosida yaratilishi muhim. "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va 
tamoyillar" texnologiya fanining metodologik asosi sanaladi. Dastlab “texnologiya” 
tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu tushuncha texnika taraqqiyot bilan bog’liq holda 
fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan – "texnos" – san’at, mahorat, 
hunar va "logos" – fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" degani.  
  Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining o’qitish metodologiyasi: sharq 
mutafakkirlarining ta’limotlari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining
Xususan A.Avloniy o'z asarlarda shunday fikrlarni bildirgan edi: “Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi xulqni o’rgatmoq, yomon xulqdan saqlab o’stirmoq va mehnat qilishga undamoq yaxshidir. Tarbiya qiluvchi inson – tabibdir. Tabib xastaning kasaligiga da’vo qilsa, tarbiyachi – boladagi yaxshi xulqni, poklikni, mehnatga layoqatni davolaydi.” Xalq og’zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari taraqqiyot jarayonida paydo bo’lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga ko’tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy mehnat faoliyatida o’z ifodasini topgan va ularni har tomonlama rivovlantirilishida katta ahamiyat kasb etgan. Xalq og’zaki ijodiyotida mehnatga oid shakllantirilgan juda ko’p maqollar va iboralar namunalariga guvoh bo’lamiz: “Mehnat - mehnatning tagi rohat”, “Mehnat qilgan xor bo’lmas”, “Yozgi mehnat – qishki rohat”, “Bir yigitga yetmish hunar oz”, “Hunarli kishi xor bo’lmas”, “Ustozidan o’tmagan shogird – shogird emas”. Texnologiya fani pedagogika fanining metodologiyasiga tayanib faoliyat yuritadi. Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida qomusiy mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning o’rni diqqatga sazovordir. Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, chex olimi Yan Amos Komenskiy, shvetsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestaloststi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o’z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini yaratdilar. Shularga ko’ra texnologiya fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, uslub va vositalari, har bir inson uchun zarur bo’lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi kerak. Texnologiya fanining metodologik asosi, maqsad va vazifalari, yangi yo’nalishlari, texnologiya fani va tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari hamda boshqa qator muammolari va ularga yangicha yondashuv milliy istiqlol g’oyalari va milliy mafkura asosida yaratilishi muhim. "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" texnologiya fanining metodologik asosi sanaladi. Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu tushuncha texnika taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan – "texnos" – san’at, mahorat, hunar va "logos" – fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" degani. Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining o’qitish metodologiyasi: sharq mutafakkirlarining ta’limotlari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining
 
 
mazmunini belgilab beruvchi direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 
qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan g’oyalardan iborat.      
  O’zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda texnologiya 
fani va uning metodologik asoslariga bevosita bog’langan holda har bir pedagog 
masalaga ijodiy, rivojlanuvchi nuqtayi nazaridan yondashishi zarurdir. Ana shunda 
mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakllanayotgan mehnatning 
yangicha ko’rinishlari-inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi zamonaviy metodlar asos 
bo’lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi 
muqarrar. 
  O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki 
kunlardayoq Respublikada texnologiya fanini tashkil etish sohasida tub islohotlarni 
amalga oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va jahon texnologiya fani 
darajasiga ko’tarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning 
yorqin isboti ta’lim sohasidagi, jumladan, texnologiya fani sohasidagi davlat 
siyosatining 
asosiy 
prinsiplari 
hamda 
texnologiya 
fanining 
O’zbekiston 
Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo’nalish deb e’lon qilinganligi 
bilan belgilanadi. 
  Texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan 
iborat:  
  1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi. 
Davlatimizda tashkil etilayotgan texnologiya fani va tarbiya jarayonida shaxs, uning 
qadr-qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori va 
qobiliyatini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, mehnat turlariga 
bo’lgan xohish-istagi va ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi.  
  2. Texnologiya fanining uzluksizligi va izchilligi. Ta’lim jarayonida didaktik 
xarakter kasb etib, o’quvchilarga texnologiya fani orqali berilayotgan bilim va 
shakllantirilayotgan ko’nikma hamda malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda 
shakllanishini ta’minlaydi. Uzluksiz va izchillik mehnatga oid ma’lumotlar, ushbu 
fan asoslarini o’rganishning tartibga solinishini, avvalgi va keyingi materiallar
mazmunini belgilab beruvchi direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan g’oyalardan iborat. O’zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda texnologiya fani va uning metodologik asoslariga bevosita bog’langan holda har bir pedagog masalaga ijodiy, rivojlanuvchi nuqtayi nazaridan yondashishi zarurdir. Ana shunda mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakllanayotgan mehnatning yangicha ko’rinishlari-inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi zamonaviy metodlar asos bo’lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar. O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardayoq Respublikada texnologiya fanini tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va jahon texnologiya fani darajasiga ko’tarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim sohasidagi, jumladan, texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari hamda texnologiya fanining O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo’nalish deb e’lon qilinganligi bilan belgilanadi. Texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi. Davlatimizda tashkil etilayotgan texnologiya fani va tarbiya jarayonida shaxs, uning qadr-qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori va qobiliyatini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, mehnat turlariga bo’lgan xohish-istagi va ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi. 2. Texnologiya fanining uzluksizligi va izchilligi. Ta’lim jarayonida didaktik xarakter kasb etib, o’quvchilarga texnologiya fani orqali berilayotgan bilim va shakllantirilayotgan ko’nikma hamda malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda shakllanishini ta’minlaydi. Uzluksiz va izchillik mehnatga oid ma’lumotlar, ushbu fan asoslarini o’rganishning tartibga solinishini, avvalgi va keyingi materiallar
 
 
o’rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o’quv fani singari 
texnologiya fani ham muayyan mantiqiy izchillikda o’qitilishi lozim. Mazkur prinsip 
shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi.  
  Ma’lumki, ta’limning quyidagi qonuniyatlari mavjud:  
  - tarbiyalovchi tarbiya qonuni; 
  - har qanday ta’lim faqat o’qitayotgan, o’qiyotgan va o’rganayotgan obyektning 
ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro ta’siri yordamida amalga oshiriladi;  
  - ta’lim faqatgina o’qituvchining faoliyatiga va o’y-fikrlariga muvofiq ravishda 
o’quvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz beradi;  
  - o’quv jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchining maqsadlari muvofiq kelgan holda 
yuz beradi;  
  - alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyatni o’rganishga yo’llash uni ushbu faoliyatga 
jalb etish orqali erishiladi;  
  - ta’limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta’lim metodlari orasida doimiy 
bog’liqlik mavjud bo’ladi;  
  - ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab beradi.  
  Shunga ko’ra texnologiya fanining qonuniyatlari tarkibiy qism sifatida ta’lim 
jarayoniga kiradigan, uning qonuniyatlaridan kelib chiqadigan yaxlit pedagogik 
jarayon bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o’zaro aloqalarini tahlil etishdan 
kelib chiqadi.  
  Texnologiya fani tamoyillari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchining bilish 
faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Texnologiya fani 
tamoyillari o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi 
hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo’sinda tashkil etiladigan 
texnologiya fanining samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun texnologiya fani 
tamoyillari mehnatdan ta’lim berishning ma’lum obyektiv qonuniyatlarini o’zida aks 
ettiradi.  
  Texnologiya fani tamoyillari tizimiga: texnologiya fanining milliy yo’nalganligi, 
texnologiya fani va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, mehnat bo’yicha iqtidorli 
yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish 
kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu qonun-qoidalar,
o’rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o’quv fani singari texnologiya fani ham muayyan mantiqiy izchillikda o’qitilishi lozim. Mazkur prinsip shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi. Ma’lumki, ta’limning quyidagi qonuniyatlari mavjud: - tarbiyalovchi tarbiya qonuni; - har qanday ta’lim faqat o’qitayotgan, o’qiyotgan va o’rganayotgan obyektning ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro ta’siri yordamida amalga oshiriladi; - ta’lim faqatgina o’qituvchining faoliyatiga va o’y-fikrlariga muvofiq ravishda o’quvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz beradi; - o’quv jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchining maqsadlari muvofiq kelgan holda yuz beradi; - alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyatni o’rganishga yo’llash uni ushbu faoliyatga jalb etish orqali erishiladi; - ta’limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta’lim metodlari orasida doimiy bog’liqlik mavjud bo’ladi; - ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab beradi. Shunga ko’ra texnologiya fanining qonuniyatlari tarkibiy qism sifatida ta’lim jarayoniga kiradigan, uning qonuniyatlaridan kelib chiqadigan yaxlit pedagogik jarayon bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o’zaro aloqalarini tahlil etishdan kelib chiqadi. Texnologiya fani tamoyillari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Texnologiya fani tamoyillari o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo’sinda tashkil etiladigan texnologiya fanining samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun texnologiya fani tamoyillari mehnatdan ta’lim berishning ma’lum obyektiv qonuniyatlarini o’zida aks ettiradi. Texnologiya fani tamoyillari tizimiga: texnologiya fanining milliy yo’nalganligi, texnologiya fani va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, mehnat bo’yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu qonun-qoidalar,
 
 
texnologiya fanini o’qitish, bilim berish, ya’ni texnologiya fani jarayoniga samarali 
ta’sir ko’rsatadi.  
  Mehnat ta’lim tamoyillari maktab, o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar 
asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holda bir tizimni 
tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi 
mumkin. Ular texnologiya fani oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z 
hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchilarga 
mehnat texnologiya fanidan mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay 
oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur 
anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.  
  Mehnat sohasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan 
bog’lab olib borish mehnat ta’limining yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. 
Texnologiya fani va tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo, nazariya bilan amaliy 
ishlarning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi o’rganayotgan 
o’quv materiallarning tub mohiyatini tushunib yetadi va mustaqil faoliyatda, amaliy 
ishlarda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida 
o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni 
ongli, tushunib o’zlashtirishga olib keladi.Texnologiya fanidagi onglilik va faollik 
o’quvchilardagi ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va 
xulosalar chiqarishga undaydi. Mehnatga doir bilimlarni ongli va faol o’zlashtirish 
o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi. Texnologiya 
fanining ilmiyligi tamoyili o’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks 
ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida 
zarurdir. O’quvchi texnologiya fanida bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning 
dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, iymon-e’tiqodi va qobiliyati ham 
o’sib rivojlanib boradi.  
  Texnologiya fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o’qituvchi 
avvalo, texnologiya darslarini uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishga, o’quv 
materiallarining mazmuni bilan bog’liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va 
bilim olishga qiziqtira olishga bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining o’quvchilar 
oldidagi obro’-e’tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
texnologiya fanini o’qitish, bilim berish, ya’ni texnologiya fani jarayoniga samarali ta’sir ko’rsatadi. Mehnat ta’lim tamoyillari maktab, o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holda bir tizimni tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular texnologiya fani oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchilarga mehnat texnologiya fanidan mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir. Mehnat sohasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog’lab olib borish mehnat ta’limining yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Texnologiya fani va tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo, nazariya bilan amaliy ishlarning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi o’rganayotgan o’quv materiallarning tub mohiyatini tushunib yetadi va mustaqil faoliyatda, amaliy ishlarda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o’zlashtirishga olib keladi.Texnologiya fanidagi onglilik va faollik o’quvchilardagi ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Mehnatga doir bilimlarni ongli va faol o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi. Texnologiya fanining ilmiyligi tamoyili o’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. O’quvchi texnologiya fanida bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, iymon-e’tiqodi va qobiliyati ham o’sib rivojlanib boradi. Texnologiya fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o’qituvchi avvalo, texnologiya darslarini uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishga, o’quv materiallarining mazmuni bilan bog’liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining o’quvchilar oldidagi obro’-e’tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
 
 
  Texnologiya fani jarayonini ko’rgazmali tashkil qilish zarur. Ham eshitish, ham 
ko’rsatish orqali o’quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o’zlashtirish, 
bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni 
barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko’rgazmali materiallar o’rganilayotgan 
mavzuning mazmuniga mos kelishi, o’quvchining yoshi va bilim darajasiga 
muvofiqlashgan bo’lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo’l va vositalar 
ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.  
  Texnologiya fanida bilimlar turli yo’l vositalari orqali puxta o’zlashtirgandagina, u 
mustahkam esda qoladi, bu esa o’quv materiallarini ongli o’zlashtirishga, nazariya 
bilan amaliyotni bog’lashga, ko’rsatmalikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash 
orqali mustahkamlashga bog’liqdir. Texnologiya fanining bosh maqsadi esa 
bilimlarni tizimli va puxta o’zlashtirishdir.  
  Texnologiya fani va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli 
munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir 
qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil 
etishda hal etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat 
faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. 
  Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
  - mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti 
va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;  
  - inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni 
qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish;  
  - mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni uyg’otish;  
  - o’quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga 
keltirish;  
  - mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni 
odatlantirish;  
  - mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish; 
  - mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo’lish;  
  - mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi va malakalarini 
shakllantirishni yuzaga keltirish;
Texnologiya fani jarayonini ko’rgazmali tashkil qilish zarur. Ham eshitish, ham ko’rsatish orqali o’quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o’zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko’rgazmali materiallar o’rganilayotgan mavzuning mazmuniga mos kelishi, o’quvchining yoshi va bilim darajasiga muvofiqlashgan bo’lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo’l va vositalar ishlab chiqilgan bo’lishi lozim. Texnologiya fanida bilimlar turli yo’l vositalari orqali puxta o’zlashtirgandagina, u mustahkam esda qoladi, bu esa o’quv materiallarini ongli o’zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni bog’lashga, ko’rsatmalikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlashga bog’liqdir. Texnologiya fanining bosh maqsadi esa bilimlarni tizimli va puxta o’zlashtirishdir. Texnologiya fani va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: - mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish; - inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish; - mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni uyg’otish; - o’quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish; - mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish; - mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish; - mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo’lish; - mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;
 
 
  - o’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati samarasidan 
g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish;  
  - muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va hokazolar.  
  Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarida rivojlantiriladi va tarkib 
toptiriladi: mehnat o’yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; 
mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o’zlashtirilishiga erishiladi; mehnat 
faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi. O’quvchilar ta’lim jarayonida va 
darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni va rolini, 
inson kamolotini ta’minlash omili ekanligini, shaxsni qobiliyati va iqtidorini mehnat 
jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib olishlari lozim. 
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda an’anaviy va 
noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda, xususan, mehnat bayramlari, ishlab 
chiqarish ko’rgazmalari, hashar, “mohir qo’llar” tanlovi, “Quvnoq shahar 
ustaxonasi”, o’quv ishlab chiqarish kombinatlari brigadalari, yordamchi xo’jalik, 
“Yosh radio-texniklar stansiyasi” va ijodiy markazlar faoliyati, shuningdek, ustoz-
shogird an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar ta’limi 
va boshqalar.  
  Mehnat tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim muassasalarida o’quvchilar 
maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o’zlarining yosh va psixologik 
xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o’z-o’ziga xizmat 
qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi 
ozodaligini saqlash, o’quv qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o’quv 
anjomlarini darsga tayyorlash va hokazolar).  
  Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o’quvchilarda 
mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo’ysunish, maqsadni 
amalga oshirish yo’lida shijoat, qat’iyat ko’rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar 
tarbiyalanib boradi.  
  Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni 
uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o’tkazilayotgan 
mehnat jarayonida o’quvchilarda do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik, 
jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. 
Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish,
- o’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati samarasidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish; - muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va hokazolar. Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarida rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o’yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o’zlashtirilishiga erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi. O’quvchilar ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni va rolini, inson kamolotini ta’minlash omili ekanligini, shaxsni qobiliyati va iqtidorini mehnat jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib olishlari lozim. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda an’anaviy va noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda, xususan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko’rgazmalari, hashar, “mohir qo’llar” tanlovi, “Quvnoq shahar ustaxonasi”, o’quv ishlab chiqarish kombinatlari brigadalari, yordamchi xo’jalik, “Yosh radio-texniklar stansiyasi” va ijodiy markazlar faoliyati, shuningdek, ustoz- shogird an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar ta’limi va boshqalar. Mehnat tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim muassasalarida o’quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o’zlarining yosh va psixologik xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o’z-o’ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini saqlash, o’quv qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o’quv anjomlarini darsga tayyorlash va hokazolar). Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo’ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida shijoat, qat’iyat ko’rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o’tkazilayotgan mehnat jarayonida o’quvchilarda do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish,