Tibbiyot tarixi fani va uni boshqa tibbiy fanlar qatorida tutgan o’rni. Insoniylik jamiyatida tibbiyotni rivojlanishi va yangi davolash usullarini ishlab chiqilishi
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
22,7 KB
Tibbiyot tarixi fani va uni boshqa tibbiy fanlar qatorida tutgan o’rni.
Insoniylik jamiyatida tibbiyotni rivojlanishi va yangi davolash usullarini ishlab
chiqilishi
Reja:
1. Tibbiyot tarixi fanining tarixi.
2. Tibbiyot tarixi fanining asosiy vazifalari.
3. Tibbiyot tarixi fanining manba’lari.
4. Tibbiyotning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar.
Tibbiyot tarixi – tibbiyot amaliyoti va tibbiy bilimlarning rivojlanishini
ijtimoiy–iqtisodiy formatsiyalarning rivojlanishi bilan bog’liq ravishda o’rganuvchi
fandir.
Tibbiyot amaliyoti o’z rivojlanishida kasalliklarni aniqlash, ularni davolash va
oldini olish soxasi yangi-yangi usullar ishlab chiqib, tibbiy fanni boyitadi. Tibbiy
bilim esa tibbiyot amaliyoti to’plangan tajribalarni umumiylashtiradi, uni yangi
nazariy asoslar, fikrlar va xulosalar bilan boyitadi, yangi bosqichga ko’taradi.
Tibbiy amaliyot bilan tibbiyot ilmi bir-birlari bilan bog’liq xolda rivojlanadi.
Tibbiyot tarixi fani umumiy va xususiy qismlarga bo’linadi.
Umumiy tibbiyot tarixi tibbiyotning umumiy rivojlanish tarixini o’rganadi,
uning rivojlanish qonuniyatlarini ochadi.
Xususiy tibbiyot tarixi ayrim tibbiy bilimlarni kelib chiqishi va rivojlanish
yo’llarini o’rganadi, yirik kashfiyotlar va erishilgan yutuqlarni qayd qiladi, mashxur
olimlarning xayoti va faoliyatini yoritadi.
Umumiy tibbiyot tarixi mustaqil fan sifatida o’qitiladi. Xususiy tibbiyot tarixi
esa xar bir tibbiy bilimni o’rganishda bayon etadi. Xar bir tibbiy bilim shu bilimning
rivojlanish tarixini bayon etishdan boshlanadi. Umumiy tibbiyot tarixi esa masalani
keng qamrab oladi.
Fanning vazifasi. Tibbiyot tarixi fanining asosiy maqsadi insoniyat jamiyatida
tibbiyotning kelib chiqishi va rivojlanishi yo’llarini keng va chuqur o’rganishdan
iborat.
Bizga ma’lumki, tabiyat va jamiyatdagi xar bir xodisa o’zaro bir-birlari bilan
bog’liqdir va tarixiy rivojlanish jarayonida bo’ladilar. Narsa va xodisalarni o’zaro
bog’liq sifatida o’rganish, ularning moxiyatini to’g’ri tushunishga yordam beradi.
Tibbiyot faninig o’z rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish, tibbiyotning bundan
keyingi rivojlanish yo’llarini oldindan ko’rishga imkon beradi.
Tibbiyot tarixi tibbiyotning umumiy nazariy va falsafiy masalalari bilan
shug’ullanadi, u tibbiyot fanining hamma soxalaridagi amaliy va nazariy yutuqlarni
umumlashtiradi. Bu fan klinik fanlardan o’zining tadqiqot usullari bilan ham farq
qiladi. Klinik fanlar o’z faoliyatida biologik, kimyoviy va fizik tekshirish usullaridan
foydalaniladi. Tibbiyot tarixi fani esa o’z faoliyatida tarixiy usuldan foydalanadi.
Tarixiy jarayonlarda taqqoslash usulini qo’llaydi.
Manba’lar.
Tibbiyot
tarixini
o’rganishda
biz
ko’p
manba’lardan
foydalanamiz. Bu manba’lardan birinchisi arxeologiya fanidir. Arxeologiya fani
qadimgi zamoni odamlari va ularning tarixiga oid masasalalarni arxeologik
qazilmalar orqali o’rganuvchi fandir. Arxeologik qazilmalar vaqtida tibbiyotning
kelib chiqishi va uning dastlabki rivojlanishiga oid ashyo’viy materiallar (qadimgi
odamlar suyaklari, ular ishlatgan qo’rollari, xususan, tibbiy muolajada
foydalanadigan asboblar, xar xil idishlarda saqlanib qolgan dorivor moddalarning
qoldiqlari va x.k.) topildi. Shu ashyoviy materiallarga qarab, u yoki bu mamlakatda,
yoki bu davrda tibbiyot qanday darajada rivojlanganligi, qanday davo usullari
qo’llanilganligini aniqlash mumkin.
Arxeologiya fanining bir qancha tarmoqlari bor.
Shulardan birinchisi - antropologiya. Bu fan qadimgi odamlarning gavda
tuzilishi, uning biologik xususitlari, yashash sharoitlarini tekshiradi. Shu yil orqali
ham o’sha zamon tibbiyotning rivojlanish darajasi haqida ma’lum tushunchaga ega
bo’lish mumkin.
Ikkinchisi – paleopatologiya. Bu fan qadimgi zamon odamlarining suyaklarini
tekshirib, ularning qanday kasallikla bilan og’riganliklarini aniqlaydi. Bunda
rentgenologik usullardan foydalaniladi.
Uchunchisi – paleobiologiya. Bu fan qadimgi zamon odamlarining suyaklarini
radio-biologik va immunologik usullar bilan tekshirib, o’sha zamon odamlarining
organizmdagi biologik xususiyatlarini aniqlaydi. Masalan, odamning qon gurppasini
aniqlash mumkin va x.k.
Ikkinchi manba’a – yozma asarlardir. Yozma asarlar ikki guruxga bo’linadi:
1. Qo’l yo’zma asarlar
2. Bosma (chop etilgan) asarlar
Qo’lyozma asrlar juda qadim zamonlardan yaratila boshlangan. Bularga
qadimgi Misr papiruslari, Assuriya va Vaviloniya (Bobil) shoxlarining toshga o’yib
yozilgan qonunlari, teriga va nixoyat kashf eitilgandan so’ng qog’ozga yozilgan
xatlar kiradi. Shu xatlar orasida tibbiyotga oid qo’lyozmalar ham ko’p uchraydi.
Bosma asarlar bosma dastgox kashf etilgandan so’ng (XV-asr) paydo bo’ldi.
Qog’oz va bosma dastgox kashf etilishi tibbiyot bilimining tez va keng
rivojlangishiga asos bo’ldi. Jumladan, tibbiyot tarixiga oid asarlar ham ko’p bosilib
chiqarila boshladi.
Tibbiyot tarixini o’rganishda xalq tibbiyoti ham yordam beradi. Biz xalq
tibbiyoti bilan tanishib, qaysi mamlakatda, qaysi davrda tibbiyot qay darajada
rivojlanganligini haqida ma’lum tushunchaga ega bo’lamiz.
Tibbiyot tarixini o’rganishda bu asosiy manba’lardan tashqari, qo’shimcha
ham foydalanishimiz mumkin. Bular jumlasiga umumiy tarixiga oid asarlar, badiy,
amaliy san’at asarlari (rasmlar, xaykallar, uy jixozlari va x.k.), xalq og’zaki
adabiyoti, folklor, xalq eposlari kabi tarixiy materiallar kiradi. Masalan, eramizdan
oldingi 428 yilda qadimgi Yunonistonda tarqalgan o’lat kasalligi tarixchi Fukidid
asarlari orqali ma’lum. Tibbiy asarlarda esa bu haqida yozilmagan. Mashxur shoir
(Gomer) Xomerning «Iliada» nomli asarida qadimgi yunonlarning tibbiyoti haqida
ma’lumot berilgan va x.k.
Insoniyat jamiyatida tibbiyotning kelib chiqishi.
Insoniyat jamiyatida tibbiyotning kelib chiqishi haqida ikki xil nazariya
mavjud:
1. Diniy-mistik nazariya
2. Ilmiy – materialistik nazariya
Diniy-mistik
nazariya
tarafdorlarining
fikricha,
tibbiyot
dastlab
ibodatxonalarda paydo bo’lgan. Davolash ishlari bilan birinchi bo’lib koxinlar
(ruxoniylar) va roxiblar (monaxlar) shug’ullanlanganlar. Ular insonning xar xil
kasalliklardan azob chekayotganligini ko’rib, ularga raxmlari kelgan va raxm-
shafkat yuzasidan bemorlarni davolay boshlaganlar. Ammo, bu nazariya unchalik
to’g’ri emas, chunki tibbiyot insoniyat tarixida kelib chiqishidan ancha ilgari ham
mavjud bo’lgan. Masalan, tarixdan ma’lumki, ibtidoiy jamoa davrida yashagan
odamsimon maxluqlar xar xil kasalliklar bilan kasallanganlar va davolanganlar. U
vaqtlarda esa xali xech qanday din va koxinlar yoq edi. Binobarin, tibbiyotning kelib
chiqishi dinga bog’liq bo’lmagan, u dindan oldin paydo bo’lgan.
Ilmiy-materialistik nazariya. Ilmiy-materialistik nazariyaga asosan tibbiyot,
insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki bosqichida zarurat tufayli, yashash
uchun kurash jarayonida kelib chiqqan. Bu xaqida mashxur yunon xaqimi Xippokrat
shunday deb yozgan edi: «Zaruratning o’zi odamlarni tibbiy sa’natni kashf etishga
majbur qilgan». Arxeologik va tarixiy materiallarning ko’rsatishicha, birinchi
ibtidoiy (primitiv) davo usullari bundan bir necha million yillar muqaddam yashagan
odamsimon maxluqlar (antropoidlar) tomonidan ishlab chiqilgan.
Insoniyat jamiyatida tibbiyotning kelib chiqishi haqida yuqoridagi ikki
nazariyadan tashqari, yana uchinchi tushuncha ham mavjud bo’lgan. Masalan, ba’zi
mualliflarning fikricha, ibtidoiy odamlar juda ham baquvvat va sog’lom bo’lganlar,
ular xech narsaga muxtojlik sezmaganlar. Chunki atrof tabiatda insonning yaxshi
yashashi uchun hama narsa bo’lgan. Shuning uchun xech qanday kasallik bilan
kasallanmagan va davolashga zarurat sezmaganlar. Bu davr qandaydir «oltin davr»
bo’lgan. Tibbiyot esa ancha keyin, insoniyatning madaniy rivojlanish maxsuli
sifatida paydo bo’lgan.
Bu fikrni mashxur fransuz faylasufi Jan Jak Russo olg’a surgan edi. Ammo
tarixiy va ashyeviy (arxeologik) ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, o’tgan zamonda
xech qanday «oltin davr» bo’lgan emas. Angliyalik tabiatshunos olim Devid
Ettenbarro avstraliyalik tub joy kishilarining og’ir xayoti misolida ibtidoiy
odamlarninig qanchalik og’ir axvolda yashaganliklarini yaqqol ko’rsatib berdi. Ular
na kiyim-kechak na oziq-ovqat va na turar joyga ega bo’lmay, qiyin axvolda
avstraliyaning markaziy saxrolarining axvoli shu qadar og’ir bo’lganki, ular xatto
chumolilarni ham tutib olib, yeb ekanlar. Demak, o’tmishda yashagan ibtidoiy
odamlar kasal bo’lmaganlar va davolanmaganlar, tibbiyot esa ancha kech,
sivilizatsiya davrida paydo bo’lgan, degan fikr ham to’g’ri emas. Xaqiqatda esa
tibbiyot ibtidoiy davr odamlarining yashash uchun kurash jarayonining maxsulidir.
Qisqacha xulosa: Tibbiyot tarixi fani mustaqil fan sifatida rivojlangan bo’lib,
buning tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki,
o’tmishsiz kelajak yoq deyilganidek, xar bir tibbiyot xodimi o’z soxasi tarixini, kelib
chiqishini va jamiyatdagi o’rnini bilishi lozim.
Nazorat savollari:
1. Tibbiyot tarixi nimani o’rganadi?
2. Insoniyat tarixida tibbiyotning paydo bo’lishi qanday kechgan?
3. Insoniyat jamiyatida tibbiyotning kelib chiqishi haqida qanday
nazariyalarni bilasiz?
4. Antropoidlar tibbiyotning insonlar tibbiyotiga o’tishi qaysi davrdan
boshlandi?
5. Arxeologiya fanining qanday manba’larini bilasiz?
6. Arxeologiya fanining tarmoqlarini ayting?
7. Yangi tosh davrida yashagan antropoidlarni ularni o’ziga xos
xususiyatlarini izoxlang?
8. Fetishizm nima?
9. Totemizm va shovinizm nima?
10. Tibbiyot qanday shaqllandi va mustaqil kasb bo’lib ajraldi?