TIL BELGILAR SISTEMA SIFATIDA.TIL SATHLARI VA ULARNING BIRLIKLARI.
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
205,6 KB
TIL BELGILAR SISTEMA SIFATIDA.TIL SATHLARI VA ULARNING
BIRLIKLARI.
Reja:
1. Til - belgilar sistemasi sifatida va semiotika.
2. Sistema va struktura tushunchasi
3. Sath tushunchasi va iyerarxik munosabat.
5.Til sathi birliklari o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik
munosabatlari.
1.Til - belgilar sistemasi sifatida
Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi
ma`lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot
berishning boshqa yo`llari ham borligi ma`lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan
ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun
xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun
umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma`lum
narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb
nomlanadi.
Inson o`zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar
orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali
ifodalanadi. Axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.
Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy xususiyati va universal
tomonidir.
Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki
guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik
bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining
o‘zaro va ayni paytda insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-birisiz yashay
olmasligidan ham ko‘rish mumkin.
Belgi haqidagi falsafiy nazariya o`zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi elatlar
narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan
ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga
asoslangan edilar.
Faylasuflar ta’sirida XIX asrdan boshlab tilning
umumiy nazariyasiga bag`ishlangan deyarli barcha
lingvistik asarlarda so`z ikki tomonlama xarakterga ega bo`lgan belgi sifatida talqin
qilina boshladi. V.Gumboldt, A.Shleyxer, G.Shteyntal, L.Breal, A.Meye,
F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, N.Krushevskiy asarlarida so`zga belgi
nuqtayi nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini aniq-
ravshan yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shug`ullanuvchi alohida fan
semiologiya fani mavjud bo`lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi
lozimligini ta`kidladi.
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli nuqtayi
nazardan tavsiflanadi:
1. Vazifasi nuqtayi nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni
shakllantirish, ifodalash va vositasidir.
2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtayi
nazaridan til muayyan birliklar, ularning jami,
ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash
qoidalaridir.
3. Mavjudligi nuqtayi nazaridan til
ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir.
4. Informatsiya nazariyasi nuqtayi
nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar
muayyan axborot tashish, uzatish, yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod –
axborotni yozib olish usuli, matn – axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi,
kanal – axborot uzatiluvchi muhit, sharoitni ifodalaydi.
5. Semiotika nuqtayi nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar –
tovushlardan tashkil topadi.
Semiotika va lingvosemiotika
Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan
bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni
o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi
bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar.
Semiotika atamasi amerikalik mantiqshunos Ch.S. Pirs va shveysariyalik
tilshunos F. de Sossyur asarlarida bir vaqtning oʻzida va mustaqil ravishda qayd
etilgan. Ushbu tushuncha uchun Ch.S. Pirs "semiotika" terminini. F. de Sossyur
esa "semiologiya" terminini qoʻllagan.
Tabiiy belgilar aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi - alomatlari
bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.
Sun‘iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi
tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy
vazifasi ma’lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida
aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb
atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin.
Sun’iy belgilar grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi mumkin. Jumladan, yo‘l
harakati belgilarini grafik, signallarni tovushli, qushlar va hashoratlarning ma’lum
yo‘nalishlarda
uchishi,
imo-ishora,
mimikalar,
harakatli
belgilar
sifatida
muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat
qiladi. Bu o‘rinda ayrim
turlarga
moslashtirilgan
Morze, Brayze alifbolarini
ham misol sifatida keltirish mumkin. Til ham
muayyan belgilar sistemasi hisoblanadi va
ma’no, tushuncha, fikr kabilarning ramziy
belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda mavjud boshqa belgilar bilan umumiylikka,
o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy
bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi sifatida
o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar tizimini
boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi Masalan, signallarning
ikki tomonlamaligi( qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir tomonlamaligi
(masalan, trevoga signali).
Morze
alifbosi
—
telegraf
aloqada
qoʻllaniladigan shartli belgilar tizimi; nuqta va
tirelardan iborat.Harbir harfga muayyan nuqta va
tirelar uygʻunlashuvi (kombinatsiyasi) toʻgʻri
keladi. Nuqta va tirelar elektr toki impulslari
tarzida uzatiladi. Uzatiladigan impuls — kod juda
qisqa boʻlib, har qaysi belgini belgilashda
elementlar soni har xil (oʻzgaruvchan kod) yoki bir
xil (oʻzgarmas kod) boʻlishi mumkin. Kod
ementlari soniga qarab, 5 elementli, 6 elementli va
b. xillarga boʻlinadi.Morze apparati yordamida
uzatiladi
Demak, jamiyatda belgilarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning har biri:
belgi-alomatlar, belgi-signallar (ishoralar), belgi-simvollar (ramzlar) va til
belgilari o‘ziga xos va mos vazifani bajaradi. Til tarkibini tashkil etuvchi struktural
elementlar – morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap, matn va boshqalar muayyan
informatsiyani olish va yetkazish uchun xizmat qilishi bilan informativ belgilarning
eng asosiysi hisoblanadi va 2 tomonlama: informatsiyani ham qabul qilish, ham
yetkazish vazifasini bajaradi. Til grafik belgilar sifatida ham, (yozuv, harf
vositasida), tovushli belgilar sifatida ham (og‘zaki so‘zlashuv, tovush vositasida),
harakatli belgilarning o‘rnida ham qo‘llana oladigan ko‘p tarmoqli belgilar
sistemasidir. Shuning uchun tilni belgilarning belgisi deb atash mumkin.
2. Sistema va struktura tushunchasi
Har qanday sistema ichki bo`linuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki
tuzilishga ega bo`lgan ikki va undan ortiq birliklarning o`zaro munosabatidan iborat
bo`lib, ayni paytda o`zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema qismlardan,
bo`laklardan iborat bo`lsa, struktura ushbu qismlar, bo`laklar o`rtasidagi ichki
munosabatdir. Ya`ni, sistema - butunlik, struktura – xususiylik hisoblanadi. Ular
o`zaro uzviy bog`liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri o`ziga xos
tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo`ladi.
Sistemalarni mohiyatan 2 asosiy turga ajratish mumkin: material sistema va
ideal sistemalar. Har qanday moddiy materialdan tayyorlangan inshoot, qurilma,
imorat, tarkibiy qismlarga ajraluvchi obyektni yoki jonli organizmni esa material
sistema deb hisoblash mumkin. Aynan moddiy sistemalar birlamchi material sistema
deb ataladi. O`zaro muayyan munosabatlar bilan bog`langan g`oya, tushuncha yoki
fikrlar ideal sistemalar bo`lib, ular semantik informatsiyaning ko`rinishlaridan biri
bo`lgan boshqa material tashuvchida mustahkamlanadi. Bunday sistemalar
ikkilamchi material sistemalar deb nomlanib, inson faoliyati natijasida yuzaga keladi
va semiotik sistemalar deb yuritiladi. Aslida ikkilamchi sisemalar substansional,
ya`ni mohiyatan mavjud bo`lmaydi. Masalan, svetofor ranglaridagi ruxsat, man
qilish, harakatga tayyorlanish ma`nolari aynan shu ranglarda mavjud emas, ularga
ushbu ma`nolarni ifodalash yuklatilgan, buyurilgan, xolos.
Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko`ra juda
murakkabligi, ko`p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik,
morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo`lib, ular bir butunlikni tashkil
etadi va o`zaro aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta`minlaydi. Tilning har bir
birligi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. Ayni paytda til
sistemasining har bir sathi o`ziga xos sistemalar bo`lib, ular ham muayyan struktural
elementlardan – muayyan ijtimoiy vazifani bajaruvchi moddiy birliklardan tashkil
topadi. Bunda til sathlarining yig`indisi makrosistema bo`lsa, ichki yaruslar
sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo`ladi.
3. Sathlari tushunchasi va ularda iyerarxik munosabat.
XX asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda lingvistik sath tushunchasi
maydonga keldi. Til mohiyatining ikki tomonlama ekanligi, tildagi shakliy va
mazmuniy tomonlarning har biri o‘z ichki tuzilishiga ega ekanligi, har qaysisi o‘z
uzvlaridan tashkil topgan ichki sistema ekanligi, ular o‘rtasidagi munosabat tilni
harakatga keltirishi haqidagi qarashlarning barcha tomonidan e’tirof etilishi nafaqat
«lingvistik sath» tushunchasining paydo bo‘lishiga, balki uning juda keng ma’noda
qo‘llana boshlashiga olib keldi.
Til birliklarini turli belgilar asosida birlashtirish mumkin. Tilni sathlarga
ajratishning asosiy belgisi lingvistik birliklarning iyerarxik – pog‘onaviylik
xususiyati bo‘lib, o‘zaro pog‘onaviy munosabatda bo‘lmagan nisbiy bir xil birliklar
munosabatini lingvistik sath deb tushunish mumkin.
Bir sath birliklari boshqa sathdagi (o‘zidan katta yoki kichik) bo‘lgan birliklar
bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘ladi. Bunda quyi sath birligi yuqori sath
birligidan tashkil topadi, ya’ni u yuqori sath birligi tarkibiga kirish xususiyatiga ega.
Odatda, til sathlari o‘rtasida quyidan yuqoriga bo‘lgan munosabat e’tirof etiladi va
shundan kelib chiqib, tilga yagona iyerarxik shakllangan sistema deb, tilning ichki
tuzilishiga nisbatan bunday yondashuv esa kompozitsion konsepsiya deb qaraladi.
Hodisalar pog‘onaviy munosabatida gomogen va geterogen munosabatlar
farqlanadi. Gomogen munosabatda birliklarning bittasi boshqalari uchun namuna,
etalon deb qabul qilinadi. Masalan, qiyoslanayotgan 2 tovushdan mustaqil
pozitsiyadagi tovush invariant, tobe pozitsiyadagisi uning varianti hisoblanadi. Til
iyerarxiyasi esa geterogen, ya’ni ko‘p tarmoqli tizimdir.
Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo`lak munosabatlarida ham ko’rish
mumkin.Ushbu pog`onaviy munosabat tufayli ma`lum turlarga nisbatan jins,
bo`laklarga nisbatan butun bo`lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo`lak yoki
tur bo`lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi,
rozmarin, semerinka va h.z.) ga nisbatan jins, ushbu navlar o`z navbatida tur bo`lib
kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o`simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham
o`simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz,
dekorativ daraxtlar turlariga bo`linadi. Ushbu turlarning har biri o`z ichida har xil
turlarga bo`linishi ham barchaga ma`lum.
Tilning o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqazo etuvchi bir qancha
qatlamlardan iborat ekanligi haqidagi qarash o‘zining uzoq tarixiga ega. Sistemaviy-
struktur tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi til ichki tuzilishining o‘ziga xos
xususiyatini, til ichki birliklarining oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich
rivojlanib borishi, bunda quyi bosqich birligi o‘zidan yuqoriroq bosqich birligida o‘z
funksiyasini ko‘rsatishini ilmiy asoslab berdi. Xususan, til tuzilishining an’anaviy
tilshunoslikda 3 asosiy qism: fonetik, leksik va grammatik qismlarga bo‘linishi va
tilshunoslikning bu qismlarni o‘rganadigan 3ta bo‘limga ajratilishi ushbu
qatlamlarni bir butunlikda tushunishning yorqin namunasidir.
Bu qiziq!Mashhur Amerika olimi K. fon Frishning
ma`lumotiga ko`ra, asalarilar uyi ham belgi vazifasini
bajaradi. Asalari uyining shakli va chastotasi ozuqa
manbayining masofasi va yo`nalishi haqida ma`lumot
beradi. Doira shaklidagi uy ozuqa manbayining asalari
uyasidan uzoq emasligini, yuz metr atrofida ekanligini,
sakkiz shaklidagi uy esa birdaniga ikki axborot: ozuqa
manbayining masofasi yuz metrdan uncha yiroqligi va
yo`nalishini bildiradi.
Til sathi birliklari va ular orasidagi paradigmatik, sintagmatik va
izomorflik munosabati.
Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin:
- tilning asosiy birliklari – fonema va morfema;
- tilning konstruktiv birliklari – so‘z(leksema) va gap.
Bunda fonema til birligining ifoda tomoni va u til birliklarini ma’no jihatidan
farqlashga xizmat qiladi. Leksema lug‘aviy ma’no ifodalovchi morfema, morfema
esa grammatik ma’no ifodalovchi va so‘z shakllarini hosil qiluvchi birlikdir.
Har qanday til birligi nutq jarayonida bir nechta variantlar: fonema fonlar
(allofon, tovush), leksema (alloleks, leksema varianti), morfema morf (allomorf,
morfema varianti), so‘z (so‘z shakli), gap (jumla, allofrazema) orqali namoyon
bo‘ladi. Bunda: mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe pozitsiyadagisi uning
varianti; morfema – invariant, uning nutqdagi variantlari esa allomorf yoki morfema
variantlari hisoblanadi
Ko‘rinadiki, til va nutq o‘zaro farqli hodisalar, ayni paytda biri-birisiz mavjud
bo‘la ololmaydi. Nutq tilsiz yuzaga chiqa olmaydi, til esa nutqni amalga oshirish
uchun yashaydi. Til va nutqning o‘rtasidagi ushbu ziddiyat mohiyat va hodisa
dialektikasidan kelib chiqadi va tilning barcha sathlarini qamrab oladi.
Til birliklar haqida ma’lumot:
1. Fonema – tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida eng
maksimal vazifani bajaradi. U ta’sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. Fonema
morfema va so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson nutq
a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining nutqgacha bo‘lgan,
reallashmagan, umumlashgan andozalari bo‘lib, invariant hisoblanadi. Uning nutqda
so‘z tarkibidagi ko‘rinishi, qurshov tovushlar ta’sirida paydo bo‘lgan qiyofasi esa
variantdir.
fonem
a
morfem
a
leksema
2. Morfema - tilning eng kichik ma’no birligi, shakl va mazmun jihatiga ega
2 tomonlama birlik. So‘z shakli tarkibida ishtirok etayotgan morfema varianti – morf
deyiladi. Morfning faqat o‘zi uchun qulay vaziyatlarda yuzaga chiqadigan, tanlab
ishlatiladigan shakli allomorf deyiladi. Morfema so‘z kabi mustaqillikka ega emas,
u nutqda leksema, so‘z shakli tarkibida funksional qism sifatida qo‘llanadi.
3. Leksema - morfema kabi 2 tomonning: tovush va ma’no, ifoda va
mazmunning uyg’unligidan tashkil topadi. Leksemaning tovush, ifoda tomoni
nomemalar, ma’no –mazmun tomoniga denotatlar – predmetlar kiradi. Leksemaning
eng muhim xususiyati uning jamiyat a’zolari uchun tayyorligidir. Leksema til
sistemasining lug‘at boyligi, u so‘z birikmasi va gap uchun material hisoblanadi.
Nutq birliklari va ularga xos xususiyatlar
1. Tovush - nutq birligi, fonemaning nutqda voqelashgan, reallashgan moddiy
shakllanga asosi. Tovush til birliklari - morfema, leksemalarning moddiy qobig‘i,
ifoda tomoni hisoblanadi. Tovush xususiylik sifatida fizik, akustik, fizioligik va
lisoniy xususiyatlarga ega. U fonemaga nisbatan birlamchi hodisa va fonema bo‘la
oladi, muayyan birliklarni funksional-semantik jihatdan farqlaydi va ijtimoiy
vazifani bajaradi.
2. So‘z –nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan ijtimoiy
belgidir. U tilda tayyor turadigan, imkoniyatlar majmuasi bo‘lgan leksemaning
voqelanishi, ro‘yobga chiqishi, moddiy ko‘rinishidir. Demak, so‘z xususiylik
sifatida namoyon bo‘ladi va perseptiv (tovush tomoniga egalik), nominativ (atash
funksiyasi)va signifikativ (ma’no, tushuncha ifodalash) vazifalarni bajaradi.
3. So‘z birikmasi –leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan
tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik. U gap bilan so‘z orasidagi
oraliq nutqiy birlik - nutq mahsuli sifatida baholanadi va gap uchun qurilish
materiali bo‘lib xizmat qiladi. So‘z birikmasi ham nominativ - atash vazifasini
bajaradi, uning ma’nosi tarkibidagi mustaqil so‘zlar ma’nolaridan kelib chiqadi,
biroq ushbu so‘zlar semantikasiga qaraganda aniqroq, chuqurroq, murakkabroq va
kengro mazmunga ega. So‘z birikmasi tarkibidagi komponentlar o‘zaro tobe-hokim
munosabatida bo‘ladi. Har bir so‘z birikmasi asosida so‘z valentligi - so‘zlarning
birikuvchanlik imkoniyati yotadi.
4. Gap – ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lgan, fikr ifodalash (axborot olish
va axborot berish), ya’ni kommunikatsiya akti birligi hisoblanadi. Gap grammatik,
intonatsion tugallikka ega bo‘lgan va muayyan hukmni bildiradigan birlik. Ayni
paytda gapda borliqga munosabat– modallik ham ifodalanadi.
Til va nutq birliklari o‘zaro paradigmatik, sintagmatik va izomorfik
munosabatda bo‘ladi. Paradigmatik munosabat til birliklarining umumiy grammatik
ma’nolariga ko‘ra bir qatorga, paradigmaga birlashgan bo‘lib, bunga misol sifatida
so‘zlarning turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra
farqlanishini keltirish mumkin. Masalan, kitob, kitobni, kitobning, kitobda, kitobdan
so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra qiyoslanadi va muayyan til
birliklarining vertikal yo‘nalishdagi imkoniyatlari sifatida baholanadi. Nutqiy
vaziyatda esa ulardan bittasigina voqelanadi.
Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik
munosabatga kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi tushuniladi:
kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi. Demak, paradigmatik munosabat til
birliklarining nutqgacha bo‘lgan til hodisasi bo‘lsa, sintagmatik munosabat til
birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida
qaraladi. Nutq jarayonida tovushdan so‘z, so‘zdan so‘z birikmasi, so‘z birikmasidan
gap hosil qilinishi, ularning asosida turgan til birliklari fonema, morfema,
leksemalarning ham muayyan til modelini hosil qilishda o‘zaro shunday
munosabatda turishi ularning ierarxik munosabatini ko‘rsatadi.
4. Til sathlari o‘rtasidagi izomorflik
Izomorfizm (lotincha izoma, – o‘xshash, morfo-shakl) tilning turli sathlari
birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlikni bildiradi. Ushbu atama ilk bor
Ye.Kurilovich tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning fikricha, tovush komplekslari
(masalan, bo‘g‘in) va semantik komplekslar (masalan, gap) funksional, vazifaviy
munosabatlaridan qat’i nazar, chuqur struktur parallelizmga ega. Aynan shu holat,
ya’ni ular o‘rtasidagi o‘xshashlik izomorfizm deb nomlanadi.
Tilshunoslik tarixida tilning fonologik, morfemik, leksik, grammatik sath
birliklari ko‘p hollarda avtonom holda, ularning aloqadorligi va o‘xshash
nuqtalarining mavjudligi, ya’ni izomorflik e’tiborga olinmagan holda o‘rganildi.