TILSHUNOSLIK FANI TARIXI. QADIMGI HIND, XITOY, GREK, RIM TILSHUNOSLIGI

Yuklangan vaqt

2025-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

27,9 KB


 
 
 
 
TILSHUNOSLIK FANI TARIXI. QADIMGI HIND, XITOY, GREK, RIM 
TILSHUNOSLIGI 
 
REJA: 
1. Тilshunoslik fanining shakllanish tarixi.   
2. Qadimgi hind tilshunosligi.  
3. Antik davrda grek tilshunosligi. 
4. Rim tilshunosligining rivojlanishi. 
5. Qadimgi xitoy tilshunosligi 
 
Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi 
Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming 
yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina 
mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV 
asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil 
fan sifatida tan olindi. Ammo insonlarning til ilmiga qiziqishlari ancha ilgari 
boshlangan bo‘lib, tilshunoslikning ildizlari taxminan eramizdan avvalgi VI ming 
yillikda Hindistonda, IV ming yillikda Yunonistonda, III ming yillikda shumerlar 
yashagan Mesopotamiyada, II ming yillikda misrliklarda, eramizning I ming yilligi 
boshida Turon qabilalarida vujudga kelgan.  
 Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda mashhur faylasuf Konfutsiy (554-449 
yy.) tomonidan yozilgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklari haqida 
ma’lumotlar berilgan. “Bahor va kuz” deb atalgan ushbu asarlarda eramizdan oldingi 
722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Qadimgi xitoyliklar eramizdan 10 asr 
ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning boshlarida esa ular sinonimlar lug‘atini ham 
tuzganlar. Keltirilgan dalillar tilshunoslik fanining shakllanish davri nihoyatda uzoq 
va murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rsatadi.  
Logotip
TILSHUNOSLIK FANI TARIXI. QADIMGI HIND, XITOY, GREK, RIM TILSHUNOSLIGI REJA: 1. Тilshunoslik fanining shakllanish tarixi. 2. Qadimgi hind tilshunosligi. 3. Antik davrda grek tilshunosligi. 4. Rim tilshunosligining rivojlanishi. 5. Qadimgi xitoy tilshunosligi Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olindi. Ammo insonlarning til ilmiga qiziqishlari ancha ilgari boshlangan bo‘lib, tilshunoslikning ildizlari taxminan eramizdan avvalgi VI ming yillikda Hindistonda, IV ming yillikda Yunonistonda, III ming yillikda shumerlar yashagan Mesopotamiyada, II ming yillikda misrliklarda, eramizning I ming yilligi boshida Turon qabilalarida vujudga kelgan. Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda mashhur faylasuf Konfutsiy (554-449 yy.) tomonidan yozilgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklari haqida ma’lumotlar berilgan. “Bahor va kuz” deb atalgan ushbu asarlarda eramizdan oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Qadimgi xitoyliklar eramizdan 10 asr ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning boshlarida esa ular sinonimlar lug‘atini ham tuzganlar. Keltirilgan dalillar tilshunoslik fanining shakllanish davri nihoyatda uzoq va murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rsatadi.
Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari 2 mintaqada, 2 xil madaniyat 
o‘chog‘ida, ya’ni qadimgi Sharq - Hindiston va Arabiston hamda qadimgi G‘arb - 
Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Shuning uchun tilshunoslik fanining tarixiy 
yo‘lini qadimgi tilshunoslik, o‘rta asrlar tilshunosligi, XIX asr tilshunosligi va 
zamonaviy tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga 
muvofiq.  
Qadimgi hind tilshunosligi 
Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, 
markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan ehtirof etiladi. Bu-mutlaq haqiqat. 
Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta 
shug`ullanish ilk bor Hindistonda - hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab 
berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. 
Aniqrog`i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida - sanskritda 
yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari - Vedalar tili davrlar o`tishi bilan 
mamlakat aholisining so`zlashuv tilidan (prakritlardan) farqlanib qola boshladi. 
Boshqacha aytganda, qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so`zlashuv 
tili (jonli nutq) orasida ajralish, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, 
farqlanishni yo`qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini 
o`rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular 
qadimgi Hindistonda alohida e`tiborga, hurmatga sazovor bo`lgan Vedalardagi 
tushunarli bo`lmagan so`zlarni aniqlab, ularning ma`nosini izohladilar, sharhladilar. 
Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug`atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik 
jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so`z va jumlalar m`hnosini, ularning 
aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo`lgan qat`iy intilish qadimgi Hindistonda 
tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo`ldi.  
Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va grammatikachi sifatida 
tanilganlar. Ular fonetika sohasida yunonlardan ham oldin unli va undosh 
tovushlarni farqlaganlar, portlovchi va sirg`aluvchi, jarangli va jarangsiz tovushlarni, 
tovush birikmalarini, bo`g`in, urg`u, intonatsiya, cho`ziqlik va qisqalik kabi fonetik 
hodisalarni, jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal ma`lumotlar 
qoldirganlar. Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham muayyan 
tushunchalar bo`lgan.  
Logotip
Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari 2 mintaqada, 2 xil madaniyat o‘chog‘ida, ya’ni qadimgi Sharq - Hindiston va Arabiston hamda qadimgi G‘arb - Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Shuning uchun tilshunoslik fanining tarixiy yo‘lini qadimgi tilshunoslik, o‘rta asrlar tilshunosligi, XIX asr tilshunosligi va zamonaviy tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq. Qadimgi hind tilshunosligi Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan ehtirof etiladi. Bu-mutlaq haqiqat. Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug`ullanish ilk bor Hindistonda - hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. Aniqrog`i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida - sanskritda yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari - Vedalar tili davrlar o`tishi bilan mamlakat aholisining so`zlashuv tilidan (prakritlardan) farqlanib qola boshladi. Boshqacha aytganda, qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so`zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yo`qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini o`rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Hindistonda alohida e`tiborga, hurmatga sazovor bo`lgan Vedalardagi tushunarli bo`lmagan so`zlarni aniqlab, ularning ma`nosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug`atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so`z va jumlalar m`hnosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo`lgan qat`iy intilish qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo`ldi. Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va grammatikachi sifatida tanilganlar. Ular fonetika sohasida yunonlardan ham oldin unli va undosh tovushlarni farqlaganlar, portlovchi va sirg`aluvchi, jarangli va jarangsiz tovushlarni, tovush birikmalarini, bo`g`in, urg`u, intonatsiya, cho`ziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni, jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal ma`lumotlar qoldirganlar. Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham muayyan tushunchalar bo`lgan.
Qadimgi hindlar so`zlarning faqat ma`no tomonidagina emas, balki tovush 
tomonida ham o`zgarishlar bo`lishini bilganlar. Shunga ko`ra ular so`zlarning tovush 
jihatiga alohida e`tibor berganlar. Tovush haqida, tovushlarning o`zgarishi haqida 
tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shuningdek, qadimgi hindlar tovushlarning 
fiziologik - artikulyatsion xususiyatlari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir 
tovushning boshqa tovush t`asiri bilan o`zgarishi (kombinator o`zgarish) kabi 
hodisalarni aniqlashga ham e`tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyatsion – 
fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda, yuqorida 
aytilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq ahzolarining 
yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga ta`siridan, ya`ni tegishidan undoshlar hosil 
bo`lishini qayd etganlar.  
Agar yunon filologlari tovush almashinuvi masalasiga umuman ahamiyat 
bermagan bo`lsalar, hind tilshunoslari bu jarayonga alohida e`tibor berganlar, ayni 
jarayonning o`ziga xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid 
so`zlarda, masalan, vidma so`zi «biz bilamiz» ma`nosini bersa, veda «men bilaman» 
tushunchasini, vaidyas so`zi esa «olim», «ilmli» ma`nosini berishini ko`rsatib 
berganlar. Qayd etilgan ma`no (tushuncha) o`zgarishlari esa i – e - ai unli 
tovushlarning almashinuvi natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon 
qilganlar.  
Qadimgi hind tilshunoslari grammatika - morfologiya sohasida ham ancha 
ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo`nalishda ham grek tilshunoslaridan ancha o`tib 
ketdilar. Aniqrog`i, hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo`limdan tashkil 
topishini aniq ko`rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So`zlar tasnifi (so`z 
turkumlari). 2. So`z yasalishi. 3. So`z o`zgarishi.  
Hindlar to`rtta so`z turkumini farqlaganlar: ot, fe`l, old ko`makchi va yuklama.  
Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe`l esa harakat, holat ifodalovchi so`z 
sifatida beriladi. Old ko`makchilar esa otlarning, asosan, fe`llarning ma`nosini 
belgilaydi. Yuklamalar esa ma`nolariga ko`ra 1) bog`lovchi va 2) qiyoslovchi kabi 
turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe`l turkumlariga qo`shib 
yuborilgan, alohida ajratilmagan.  
Logotip
Qadimgi hindlar so`zlarning faqat ma`no tomonidagina emas, balki tovush tomonida ham o`zgarishlar bo`lishini bilganlar. Shunga ko`ra ular so`zlarning tovush jihatiga alohida e`tibor berganlar. Tovush haqida, tovushlarning o`zgarishi haqida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shuningdek, qadimgi hindlar tovushlarning fiziologik - artikulyatsion xususiyatlari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir tovushning boshqa tovush t`asiri bilan o`zgarishi (kombinator o`zgarish) kabi hodisalarni aniqlashga ham e`tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyatsion – fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda, yuqorida aytilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq ahzolarining yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga ta`siridan, ya`ni tegishidan undoshlar hosil bo`lishini qayd etganlar. Agar yunon filologlari tovush almashinuvi masalasiga umuman ahamiyat bermagan bo`lsalar, hind tilshunoslari bu jarayonga alohida e`tibor berganlar, ayni jarayonning o`ziga xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid so`zlarda, masalan, vidma so`zi «biz bilamiz» ma`nosini bersa, veda «men bilaman» tushunchasini, vaidyas so`zi esa «olim», «ilmli» ma`nosini berishini ko`rsatib berganlar. Qayd etilgan ma`no (tushuncha) o`zgarishlari esa i – e - ai unli tovushlarning almashinuvi natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon qilganlar. Qadimgi hind tilshunoslari grammatika - morfologiya sohasida ham ancha ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo`nalishda ham grek tilshunoslaridan ancha o`tib ketdilar. Aniqrog`i, hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo`limdan tashkil topishini aniq ko`rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So`zlar tasnifi (so`z turkumlari). 2. So`z yasalishi. 3. So`z o`zgarishi. Hindlar to`rtta so`z turkumini farqlaganlar: ot, fe`l, old ko`makchi va yuklama. Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe`l esa harakat, holat ifodalovchi so`z sifatida beriladi. Old ko`makchilar esa otlarning, asosan, fe`llarning ma`nosini belgilaydi. Yuklamalar esa ma`nolariga ko`ra 1) bog`lovchi va 2) qiyoslovchi kabi turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe`l turkumlariga qo`shib yuborilgan, alohida ajratilmagan.
Yunonlardan farqli holda hindlar so`z turkumlarini gap bo`laklaridan 
farqlaganlar. Shunga ko`ra hindlar, yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe`llarni 
harakat ifodalovchi so`z sifatida «baholaganlar».  
Qadimgi hindlar so`zlarni tahlil qilish, tarkibini o`rganish jarayonida ularni 
quyidagi bo`laklarga ajratganlar: 1) o`zak, 2) suffiks, 3) qo`shimcha (turlovchi 
qo`shimcha). Shuningdek, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalar 
farqlangan.  
Yevropa olimlari hind tilshunoslarining ishlari bilan yaqindan tanishib, 
so`zlardan o`zak, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalarni ajratishga 
«kirishganlar».  
Hindlar otlarda yettita kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik, 2) qaratqich 
kelishigi, 3) jo`nalish kelishigi, 4) tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6) chiqish 
(ablativ) kelishigi, 7) o`rin kelishigi.  
Hind tilshunoslari qo`shma so`zlarning o`ttizga yaqin turini farqlaganlar. Ular 
qo`shma so`zlarning tuzilishida komponentlar orasidagi munosabatlarga e`tibor 
berganlar. Masalan: ot+ot//fe`l; sifat// sifatdosh //ravish+ot // sifat//fe`l; son+ot va 
boshqalar.  
Hind grammatikachilari fe`l turkumining morfologik kategoriyalarini 
mukammal ishlagan edilar. Ular fe`lning uch zamonga birlashadigan yetti xil zamon 
formasini: hozirgi zamon, o`tgan zamonning tugallangan, tugallanmagan, uzoq 
o`tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam 
qo`llaniladigan shart fe`li shaklini ajratganlar.  
Hindlar qadimgi davrlardayoq fe`lning to`rtta maylini - aniqlik, istak, buyruq 
va shart mayllarini bilganlar.  
Fe`lning aniq, o`rta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida 
ta`riflangan, tavsiflangan.  
Hindlar sanskrit tilida fe`lning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va 
ko`pliklarga ko`ra tuslanishni ko`rsatganlar.  
Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi bo`lgan gapning muhimligini inkor 
qilmagan bo`lsalar-da, sintaksis masalalari bilan maxsus shug`ullanmaganlar. Ular 
sintaksisda so`zlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl shakllarining 
birikishi kabi masalalarni o`rganish bilan chegaralanganlar. So`z fikr ifodalash 
Logotip
Yunonlardan farqli holda hindlar so`z turkumlarini gap bo`laklaridan farqlaganlar. Shunga ko`ra hindlar, yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe`llarni harakat ifodalovchi so`z sifatida «baholaganlar». Qadimgi hindlar so`zlarni tahlil qilish, tarkibini o`rganish jarayonida ularni quyidagi bo`laklarga ajratganlar: 1) o`zak, 2) suffiks, 3) qo`shimcha (turlovchi qo`shimcha). Shuningdek, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalar farqlangan. Yevropa olimlari hind tilshunoslarining ishlari bilan yaqindan tanishib, so`zlardan o`zak, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalarni ajratishga «kirishganlar». Hindlar otlarda yettita kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik, 2) qaratqich kelishigi, 3) jo`nalish kelishigi, 4) tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6) chiqish (ablativ) kelishigi, 7) o`rin kelishigi. Hind tilshunoslari qo`shma so`zlarning o`ttizga yaqin turini farqlaganlar. Ular qo`shma so`zlarning tuzilishida komponentlar orasidagi munosabatlarga e`tibor berganlar. Masalan: ot+ot//fe`l; sifat// sifatdosh //ravish+ot // sifat//fe`l; son+ot va boshqalar. Hind grammatikachilari fe`l turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar. Ular fe`lning uch zamonga birlashadigan yetti xil zamon formasini: hozirgi zamon, o`tgan zamonning tugallangan, tugallanmagan, uzoq o`tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam qo`llaniladigan shart fe`li shaklini ajratganlar. Hindlar qadimgi davrlardayoq fe`lning to`rtta maylini - aniqlik, istak, buyruq va shart mayllarini bilganlar. Fe`lning aniq, o`rta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida ta`riflangan, tavsiflangan. Hindlar sanskrit tilida fe`lning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va ko`pliklarga ko`ra tuslanishni ko`rsatganlar. Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi bo`lgan gapning muhimligini inkor qilmagan bo`lsalar-da, sintaksis masalalari bilan maxsus shug`ullanmaganlar. Ular sintaksisda so`zlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl shakllarining birikishi kabi masalalarni o`rganish bilan chegaralanganlar. So`z fikr ifodalash
imkoniyatiga ega emas, ya`ni so`z gapdan tashqari mavjud emas deb, gapni tilning 
asosiy birligi hisoblaganlar.  
Xullas, qadimgi hindlar fonetika va morfologiyaga nisbatan sintaksis 
masalalarida ancha bo`sh bo`lganlar. 
Panini grammatikasi 
Qadimgi hindlarning eng mashhur tilshunosi eramizgacha bo`lgan IV asrda 
yashab ijod etgan Paninidir. Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga 
kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning 
(qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu 
asari «Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin 
(3996 ta) qisqa va lo`nda shehriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan 
qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi.  
Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega bo`lib, unda 
sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, so`z yasalishi va 
sintaksisiga oid fikrlar jamlangan.  
Ushbu tadqiqot tili - undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa bo`lganligi, 
asar tili o`ziga xos terminologiyaga egaligi sababli Panini tadqiqoti uzoq vaqtgacha 
ovrupolik olimlarga tushunarli bo`lmadi. Birinchi bo`lib, asar mazmunini, undagi 
g`oyani rus tilshunos olimi O.Byotling izohlab berdi.  
Panini o`z davridayoq tilni sistema sifatida tushundi, so`z turkumlarini 
farqladi, so`z tarkibini o`rgandi, o`zak, qo`shimcha, urg`u, intonatsiya va boshqa 
hodisalar haqida mahlumot berdi.  
Paninining sakkiz bo`limdan iborat klassik sanskrit masalalariga oid 
grammatikasi Hindistonda deyarli ikki ming yil davomida eng asosiy va eng muhim 
qo`llanma bo`lib xizmat qildi. Eramizning XIII asrlaridagina sanskritning hind olimi 
Vopadeva tuzgan yangi grammatikasi maydonga keldi.  
Yaski (eramizdan avvalgi V asr) 
Yaski (Yaska) Hindistonning mashhur tilshunosidir. U so`z hamda so`zning 
morfologik tarkibi, ma`nosi, vazifasi haqida fikrlarini yozib qoldirgan. Yaski 
so`zning predmetni bevosita aks ettirmasligini, so`z bilan, ya`ni uning tovush tomoni 
bilan predmet o`rtasida ma`noning mavjudligini to`g`ri tahkidlaydi. So`z ma`no 
tufayli predmetni nomlash imkoniyatiga egaligini qayd etadi.  
Logotip
imkoniyatiga ega emas, ya`ni so`z gapdan tashqari mavjud emas deb, gapni tilning asosiy birligi hisoblaganlar. Xullas, qadimgi hindlar fonetika va morfologiyaga nisbatan sintaksis masalalarida ancha bo`sh bo`lganlar. Panini grammatikasi Qadimgi hindlarning eng mashhur tilshunosi eramizgacha bo`lgan IV asrda yashab ijod etgan Paninidir. Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari «Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin (3996 ta) qisqa va lo`nda shehriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi. Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega bo`lib, unda sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, so`z yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan. Ushbu tadqiqot tili - undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa bo`lganligi, asar tili o`ziga xos terminologiyaga egaligi sababli Panini tadqiqoti uzoq vaqtgacha ovrupolik olimlarga tushunarli bo`lmadi. Birinchi bo`lib, asar mazmunini, undagi g`oyani rus tilshunos olimi O.Byotling izohlab berdi. Panini o`z davridayoq tilni sistema sifatida tushundi, so`z turkumlarini farqladi, so`z tarkibini o`rgandi, o`zak, qo`shimcha, urg`u, intonatsiya va boshqa hodisalar haqida mahlumot berdi. Paninining sakkiz bo`limdan iborat klassik sanskrit masalalariga oid grammatikasi Hindistonda deyarli ikki ming yil davomida eng asosiy va eng muhim qo`llanma bo`lib xizmat qildi. Eramizning XIII asrlaridagina sanskritning hind olimi Vopadeva tuzgan yangi grammatikasi maydonga keldi. Yaski (eramizdan avvalgi V asr) Yaski (Yaska) Hindistonning mashhur tilshunosidir. U so`z hamda so`zning morfologik tarkibi, ma`nosi, vazifasi haqida fikrlarini yozib qoldirgan. Yaski so`zning predmetni bevosita aks ettirmasligini, so`z bilan, ya`ni uning tovush tomoni bilan predmet o`rtasida ma`noning mavjudligini to`g`ri tahkidlaydi. So`z ma`no tufayli predmetni nomlash imkoniyatiga egaligini qayd etadi.
Tilshunos Vedalar tilini keng izohlab, tushuntirib beruvchi asar yaratadi va 
bunda o`zigacha bo`lgan tadqiqotchilar ishlarini, umumlashtiradi.  
Xullas, qadimgi Hindistonning tilshunoslik sohasidagi yutuqlari ulkan bo`lib, 
ular o`z muvaffaqiyatlari bilan jahon tilshunosligi faniga katta hissa qo`shdilar. 
Ularning tahlimotlari, g`oyalari yunon va arab tilshunosligiga jiddiy ta`sir qildi. Hind 
tilshunosligi Yevropaga XVIII asrning o`rtalarida yetib keldi.  
O`rta Osiyoda esa hind tilshunoslarining tahlimotlari ancha ilgari ma`lum 
bo`lgan. Jumladan, buyuk bobokalonimiz xorazimlik Abu Rayhon Beruniy (X – XI 
asr) sanskritni yaxshi bilgan, Hindistonga maxsus bag`ishlangan «Hindiston» nomli 
asar ham yaratgan. 
Eng muhimi shundaki, hind tilshunoslarining jahon tilshunosligiga qo`shgan 
beqiyos hissasi sanskrit bilan belgilanadi. Tilshunos olimlarning sanskrit bilan 
yaqindan tanishuvi jahon fanida qiyosiy - tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishiga 
sabab bo`ldi.  
Qadimgi yunon tilshunosligi 
Qadimgi Yunoniston Yevropa tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi. 
Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval 
faylasuflar tomonidan o`rganilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini o`rganish 
jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab oladilarki, bu 
yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida namoyon 
bo`ladi.  
Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi qismi 
sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.  
Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish, 
so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, 
grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`nalishlarda 
muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.  
Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi:  
1. Falsafiy davr.  
2. Grammatik davr.  
1. Tilshunoslikning falsafiy davri 
Logotip
Tilshunos Vedalar tilini keng izohlab, tushuntirib beruvchi asar yaratadi va bunda o`zigacha bo`lgan tadqiqotchilar ishlarini, umumlashtiradi. Xullas, qadimgi Hindistonning tilshunoslik sohasidagi yutuqlari ulkan bo`lib, ular o`z muvaffaqiyatlari bilan jahon tilshunosligi faniga katta hissa qo`shdilar. Ularning tahlimotlari, g`oyalari yunon va arab tilshunosligiga jiddiy ta`sir qildi. Hind tilshunosligi Yevropaga XVIII asrning o`rtalarida yetib keldi. O`rta Osiyoda esa hind tilshunoslarining tahlimotlari ancha ilgari ma`lum bo`lgan. Jumladan, buyuk bobokalonimiz xorazimlik Abu Rayhon Beruniy (X – XI asr) sanskritni yaxshi bilgan, Hindistonga maxsus bag`ishlangan «Hindiston» nomli asar ham yaratgan. Eng muhimi shundaki, hind tilshunoslarining jahon tilshunosligiga qo`shgan beqiyos hissasi sanskrit bilan belgilanadi. Tilshunos olimlarning sanskrit bilan yaqindan tanishuvi jahon fanida qiyosiy - tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Qadimgi yunon tilshunosligi Qadimgi Yunoniston Yevropa tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi. Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomonidan o`rganilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida namoyon bo`ladi. Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi. Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish, so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`nalishlarda muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi. Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi: 1. Falsafiy davr. 2. Grammatik davr. 1. Tilshunoslikning falsafiy davri
Yunonistonda tilshunoslikning falsafiy davri ikki asr davom etadi. Bunda tilga 
falsafaning bir qismi sifatida qarash, til hodisalarining mohiyatini falsafiy jihatdan 
ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, g`oyalar yaratish ayni 
davrning eng muhim xususiyati hisoblanadi.  
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi Yunonistonda mavjud bo`lgan 
deyarli barcha falsafiy maktablar, oqimlar, yo`nalishlar til masalalari bilan faol 
shug`ullanganlar. Fikr yuritilayotgan davrning o`ta dolzarb va eng muhim muam-
molaridan biri so`z muammosi, so`zning tabiiy hodisami? yoki shartli hodisami? 
ekanligi haqidagi bahs, munozara bo`lib, bu masala atrofida fikrlar qarama-
qarshiligi, faylasuflarning ayni masalani hal qilishda tarafma - taraf bo`lib, «jangga» 
kirishishi, tadqiqot ishlarini olib borishi qizib ketdi. Aniqrog`i, bu davrning asosiy, 
bosh masalalaridan biri so`z bilan ma`no orasidagi, predmet bilan uning nomi 
orasidagi munosabat masalasi edi. Boshqacha aytganda, predmet bilan uning nomi 
o`rtasida qanday munosabat mavjud? So`zdagi tovush bilan ma`noning bog`lanishi 
qanday yuz beradi? Bu bog`lanish tabiat tomonidan beriladimi yoki so`zlashuvchilar 
tomonidan kelishilgan holda yuz beradimi? yoki ma`lum qonun - ko`rsatma bilan 
tayinlanadimi?, «muayyan urf - odat bilan bog`lanadimi? yoki odamlar tomonidan 
belgilanadimi. Ya`ni bu jarayon ongli, ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladimi? va 
boshqalar.  
Tilshunoslikning falsafiy davrida so`z bilan predmet orasidagi munosabat 
masalasini hal qilishda Geraklit va uning tarfdorlari quyidagi g`oyani ilgari suradilar. 
Ular har bir nom o`zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas aloqada, 
bog`lanishda bo`lib, nomlarda predmetlarning mohiyati namoyon bo`ladi, 
«ochiladi». Aniqrog`i, suvda daraxtlar, ko`zguda o`zimiz aks etganidek, har bir nom 
o`zi ifodalayotgan predmetning tabiatini, mohiyatini aks ettiradi, degan fikrni ilgari 
suradilar. Yana ham anig`i, predmet bilan ularni anglatuvchi so`zlar orasidagi 
bog`lanish tabiat tomonidan berilgan bo`lib, bu bog`lanish tabiiy, zaruriy bog`lanish 
hisoblanadi.  
Xulosa shuki, olamda mavjud bo`lgan barcha narsa - predmetlarning tabiat 
tomonidan berilgan, o`ziga mos va xos nomlari, «to`g`ri» nomlari bor. So`zlar tabiat 
tomonidan yara-tilgan. Tabiat har bir predmet uchun alohida nom belgilagan.  
Logotip
Yunonistonda tilshunoslikning falsafiy davri ikki asr davom etadi. Bunda tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, til hodisalarining mohiyatini falsafiy jihatdan ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, g`oyalar yaratish ayni davrning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi Yunonistonda mavjud bo`lgan deyarli barcha falsafiy maktablar, oqimlar, yo`nalishlar til masalalari bilan faol shug`ullanganlar. Fikr yuritilayotgan davrning o`ta dolzarb va eng muhim muam- molaridan biri so`z muammosi, so`zning tabiiy hodisami? yoki shartli hodisami? ekanligi haqidagi bahs, munozara bo`lib, bu masala atrofida fikrlar qarama- qarshiligi, faylasuflarning ayni masalani hal qilishda tarafma - taraf bo`lib, «jangga» kirishishi, tadqiqot ishlarini olib borishi qizib ketdi. Aniqrog`i, bu davrning asosiy, bosh masalalaridan biri so`z bilan ma`no orasidagi, predmet bilan uning nomi orasidagi munosabat masalasi edi. Boshqacha aytganda, predmet bilan uning nomi o`rtasida qanday munosabat mavjud? So`zdagi tovush bilan ma`noning bog`lanishi qanday yuz beradi? Bu bog`lanish tabiat tomonidan beriladimi yoki so`zlashuvchilar tomonidan kelishilgan holda yuz beradimi? yoki ma`lum qonun - ko`rsatma bilan tayinlanadimi?, «muayyan urf - odat bilan bog`lanadimi? yoki odamlar tomonidan belgilanadimi. Ya`ni bu jarayon ongli, ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladimi? va boshqalar. Tilshunoslikning falsafiy davrida so`z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishda Geraklit va uning tarfdorlari quyidagi g`oyani ilgari suradilar. Ular har bir nom o`zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas aloqada, bog`lanishda bo`lib, nomlarda predmetlarning mohiyati namoyon bo`ladi, «ochiladi». Aniqrog`i, suvda daraxtlar, ko`zguda o`zimiz aks etganidek, har bir nom o`zi ifodalayotgan predmetning tabiatini, mohiyatini aks ettiradi, degan fikrni ilgari suradilar. Yana ham anig`i, predmet bilan ularni anglatuvchi so`zlar orasidagi bog`lanish tabiat tomonidan berilgan bo`lib, bu bog`lanish tabiiy, zaruriy bog`lanish hisoblanadi. Xulosa shuki, olamda mavjud bo`lgan barcha narsa - predmetlarning tabiat tomonidan berilgan, o`ziga mos va xos nomlari, «to`g`ri» nomlari bor. So`zlar tabiat tomonidan yara-tilgan. Tabiat har bir predmet uchun alohida nom belgilagan.
Demokrit va uning tarafdorlari esa so`z va predmet munosabati masalasida 
Geraklit va uning tarafdorlariga qarshi quyidagi g`oyani ilgari suradilar. Ular aytadi: 
narsa, predmetlarning nomlari, so`zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga muvofiq 
holda qo`yilmaydi, balki nomlash jarayoni odatga ko`ra, odamlarning o`zaro 
kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga ko`ra amalga oshadi. Demak, 
predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi.  
Demokrit va uning tarafdorlari o`z g`oyalarining to`g`riligini isbotlash uchun 
yana quyidagi fikrlarni ham bayon qiladilar: 1) ko`p so`zlar bir necha ma`noga ega 
bo`lib, shunga muvofiq ular turlicha predmetlarni ifoda etadi; 2) ko`pgina 
tushunchalar bir qancha nomga ega bo`ladi; 3) tilning tabiiyligi g`oyasidan kelib 
chiqadigan bo`lsak, u holda ko`pgina predmetlarning bir nechta nomga ega bo`lishi 
mumkin emas; 4) vaqt o`tishi bilan bir so`z o`rniga boshqasi yuzaga keladi. Ya`ni 
muayyan predmet nomi o`zgarib, boshqa nomga, atamaga ega bo`ladi; 5) ko`pgina 
tushunchalar so`z ifodasiga, nomga ega emas. Demak, - deydi Demokrit va uning 
tarafdorlari, bir vaziyatda so`zlar yetishmasa, boshqa vaziyatda ular ortiqcha, ko`p. 
Yana boshqa bir holatda so`zlar qatg’iy emas, yana boshqa bir vaziyatda esa so`zlar 
kamlik qiladi. Demokrit fikricha, bunday holat, asosan, odamlar faoliyati bilan 
bog`liq bo`lib, ular tomonidan yuzaga keladi, tabiat tomonidan emas.  
Shunday qilib, Demokrit va uning tarafdorlari narsa, predmet nomlari tabiat 
tomonidan berilgan emas, degan g`oyani ilgari suradilar va ayni fikrning to`g`riligini 
tilda mavjud bo`lgan omonim va sinonim so`zlar bilan isbotlaydilar. 
Haqiqatan, bir-biridan farq qiladigan turli narsalarning nomlari (so`zlar) 
qanday qilib bir xil (omonim: ot, yosh, qirq, ko`k, son, ko`r, til, ter, qo`y, quv) yoki 
bir narsaning qanday qilib birdan ortiq nomi (sinonim: bosh, kalla; janjal, g`avg`o, 
to`palon, g`alva, mashmasha; bo`kmoq, ivimoq; kulmoq, iljaymoq, jilmaymoq, 
tirjaymoq, ishshaymoq) bo`lishini Geraklit tarafdorlarining tahlimoti-moslik, 
«to`g`rilik» tahlimoti asosida izohlab bo`lmaydi. Chunki sinonimlar tovush 
tomonidan farqli bo`ladi; agar so`zning tovush tomoni predmetning mohiyati, 
xususiyati bilan bevosita bog`langan bo`lsa, demak, sinonimlar turli xil xususiyatni 
ifodalovchi so`zlar sifatida bitta predmetni anglatishlari mumkin emas. Qolaversa, 
tabiatdagi hamma predmetlar ham o`z nomlariga ega emas.  
Logotip
Demokrit va uning tarafdorlari esa so`z va predmet munosabati masalasida Geraklit va uning tarafdorlariga qarshi quyidagi g`oyani ilgari suradilar. Ular aytadi: narsa, predmetlarning nomlari, so`zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga muvofiq holda qo`yilmaydi, balki nomlash jarayoni odatga ko`ra, odamlarning o`zaro kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga ko`ra amalga oshadi. Demak, predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi. Demokrit va uning tarafdorlari o`z g`oyalarining to`g`riligini isbotlash uchun yana quyidagi fikrlarni ham bayon qiladilar: 1) ko`p so`zlar bir necha ma`noga ega bo`lib, shunga muvofiq ular turlicha predmetlarni ifoda etadi; 2) ko`pgina tushunchalar bir qancha nomga ega bo`ladi; 3) tilning tabiiyligi g`oyasidan kelib chiqadigan bo`lsak, u holda ko`pgina predmetlarning bir nechta nomga ega bo`lishi mumkin emas; 4) vaqt o`tishi bilan bir so`z o`rniga boshqasi yuzaga keladi. Ya`ni muayyan predmet nomi o`zgarib, boshqa nomga, atamaga ega bo`ladi; 5) ko`pgina tushunchalar so`z ifodasiga, nomga ega emas. Demak, - deydi Demokrit va uning tarafdorlari, bir vaziyatda so`zlar yetishmasa, boshqa vaziyatda ular ortiqcha, ko`p. Yana boshqa bir holatda so`zlar qatg’iy emas, yana boshqa bir vaziyatda esa so`zlar kamlik qiladi. Demokrit fikricha, bunday holat, asosan, odamlar faoliyati bilan bog`liq bo`lib, ular tomonidan yuzaga keladi, tabiat tomonidan emas. Shunday qilib, Demokrit va uning tarafdorlari narsa, predmet nomlari tabiat tomonidan berilgan emas, degan g`oyani ilgari suradilar va ayni fikrning to`g`riligini tilda mavjud bo`lgan omonim va sinonim so`zlar bilan isbotlaydilar. Haqiqatan, bir-biridan farq qiladigan turli narsalarning nomlari (so`zlar) qanday qilib bir xil (omonim: ot, yosh, qirq, ko`k, son, ko`r, til, ter, qo`y, quv) yoki bir narsaning qanday qilib birdan ortiq nomi (sinonim: bosh, kalla; janjal, g`avg`o, to`palon, g`alva, mashmasha; bo`kmoq, ivimoq; kulmoq, iljaymoq, jilmaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq) bo`lishini Geraklit tarafdorlarining tahlimoti-moslik, «to`g`rilik» tahlimoti asosida izohlab bo`lmaydi. Chunki sinonimlar tovush tomonidan farqli bo`ladi; agar so`zning tovush tomoni predmetning mohiyati, xususiyati bilan bevosita bog`langan bo`lsa, demak, sinonimlar turli xil xususiyatni ifodalovchi so`zlar sifatida bitta predmetni anglatishlari mumkin emas. Qolaversa, tabiatdagi hamma predmetlar ham o`z nomlariga ega emas.
Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo`lgan predmet va 
uning nomi orasidagi munosabat masalasi Platonning «Kratil» nomli asarida ham 
mukammal bayon qilinadi.  
Tilshunoslikning falsafiy davrida til masalalari bilan jiddiy va barakali 
shug`ullangan oqimlardan biri stoitsizm hisoblanadi. Stoitsizm tahlimotining 
vakillari bo`lgan stoiklar: Xrisipp, Krates va boshqalar o`z tahlimotlarida jahondagi 
nomuvofiqlikka hamma narsalarning maqsadga muvofiq bo`lishini qarama - qarshi 
qo`yadilar. Shunga ko`ra ular tilni kishilarning ruhida tabiat talabiga ko`ra paydo 
bo`lgan deyish bilan birga so`z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi, deb 
aytganlar. Stoiklar so`zlovchi gapirganida so`z orqali u predmetning tabiati haqida 
qanday taassurotda bo`lsa, eshituvchida ham xuddi shu xususiyatlar haqidagi 
taassurot tug`iladi, deb o`ylaganlar. Stoiklar predmet va uning nomi orasidagi 
munosabat masalasida Geraklit va uning tarafdorlari tahlimotini quvvatladilar. Ya`ni 
ular ham predmet va uning nomi (so`z) o`rtasida moslik, muvofiqlik mavjud deb 
hisoblar edilar.  
Ayni vaqtda stoiklarning muxolifi bo`lgan Epikur va uning ta`limoti 
tarafdorlari esa Demokritning fikrini quvvatlab, so`zlar va predmetlar orasidagi 
aloqa tabiiy bo`lishi mumkin emas. Chunki narsalarning mohiyati bilan ularning 
nomi orasida qarama-qarshiliklar juda ko`p, degan fikrni ilgari surganlar.  
Epikurchilar predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani 
dastlab tilni o`zaro kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan. Ana shunday 
tasodifiylik bo`lmaganida edi, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga tushungan 
bo`lar edi, deyishadi.  
Tilshunoslikning falsafiy davrida o`zaro qizg`in kurash olib borgan yetakchi 
oqimlardan, yo`nalishlardan yana biri analogistlar va anomalistlar - qarama - 
qarshi g`oyadagi faylasuflar guruhi edi.  
Ular til hodisalarida analogiya mavjudmi? yoki ano-maliyami?, qonuniyat 
mavjudmi yoki qonuniyat yo`qmi?, degan fikr bilan qurollanib, til bilan obhektiv 
borliq, so`z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishga kirishadilar.  
Mashhur yunon grammatikachisi Aristarx boshchiligidagi analogistlar oqimi 
tilning grammatik qurilishi va lug`at tarkibi bilan borliq orasida muvofiqlik mavjud, 
degan g`oyani ilgari surishadi. Ular yunon va lotin tillarida otning uch xil grammatik 
Logotip
Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo`lgan predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi Platonning «Kratil» nomli asarida ham mukammal bayon qilinadi. Tilshunoslikning falsafiy davrida til masalalari bilan jiddiy va barakali shug`ullangan oqimlardan biri stoitsizm hisoblanadi. Stoitsizm tahlimotining vakillari bo`lgan stoiklar: Xrisipp, Krates va boshqalar o`z tahlimotlarida jahondagi nomuvofiqlikka hamma narsalarning maqsadga muvofiq bo`lishini qarama - qarshi qo`yadilar. Shunga ko`ra ular tilni kishilarning ruhida tabiat talabiga ko`ra paydo bo`lgan deyish bilan birga so`z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi, deb aytganlar. Stoiklar so`zlovchi gapirganida so`z orqali u predmetning tabiati haqida qanday taassurotda bo`lsa, eshituvchida ham xuddi shu xususiyatlar haqidagi taassurot tug`iladi, deb o`ylaganlar. Stoiklar predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasida Geraklit va uning tarafdorlari tahlimotini quvvatladilar. Ya`ni ular ham predmet va uning nomi (so`z) o`rtasida moslik, muvofiqlik mavjud deb hisoblar edilar. Ayni vaqtda stoiklarning muxolifi bo`lgan Epikur va uning ta`limoti tarafdorlari esa Demokritning fikrini quvvatlab, so`zlar va predmetlar orasidagi aloqa tabiiy bo`lishi mumkin emas. Chunki narsalarning mohiyati bilan ularning nomi orasida qarama-qarshiliklar juda ko`p, degan fikrni ilgari surganlar. Epikurchilar predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani dastlab tilni o`zaro kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan. Ana shunday tasodifiylik bo`lmaganida edi, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga tushungan bo`lar edi, deyishadi. Tilshunoslikning falsafiy davrida o`zaro qizg`in kurash olib borgan yetakchi oqimlardan, yo`nalishlardan yana biri analogistlar va anomalistlar - qarama - qarshi g`oyadagi faylasuflar guruhi edi. Ular til hodisalarida analogiya mavjudmi? yoki ano-maliyami?, qonuniyat mavjudmi yoki qonuniyat yo`qmi?, degan fikr bilan qurollanib, til bilan obhektiv borliq, so`z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishga kirishadilar. Mashhur yunon grammatikachisi Aristarx boshchiligidagi analogistlar oqimi tilning grammatik qurilishi va lug`at tarkibi bilan borliq orasida muvofiqlik mavjud, degan g`oyani ilgari surishadi. Ular yunon va lotin tillarida otning uch xil grammatik
jinsi (rod): erkaklar jinsi, ayollar jinsi va har ikki jinsga ham tegishli bo`lmagan 
oraliq jins mavjudligini aytishadi. Shunga ko`ra ular predmetlar erkaklar jinsiga, 
ayollar jinsiga yoki oraliq jinsga tegishli bo`ladi, deyishadi.  
Anomalistlar oqimining yetakchisi stoik Krates va uning tarafdorlari esa 
ushbu g`oyaga zid fikrni, zid g`oyani ilgari surishadi. Ya`ni ular aytadi: tilning 
tarkibi va grammatik qurilishi bilan borliq orasida to`la moslik, o`xshashlik yo`q; biz 
doim turli tengsizlikka, moslik me’yoridan chetga chiqishlarga duch kelamiz. 
Masalan, tildagi uch grammatik jins atrofimizdagi narsalarga real ravishda to`g`ri 
keladi, deb hisoblash be`manilikdir. Haqiqatan ham, masalan, rus tilidagi cherepaxa 
(toshbaqa), belka (olmaxon) so`zlari shakliga qaraganda grammatik jihatdan ayollar 
jinsiga mansub bo`lishi kerak edi. Amalda esa o`sha hayvonlarning erkagi ham, 
urg`ochisi ham bir xilda cherepaxa, belka deyiladi. Shuningdek, rus tilidagi dyatel 
(qizilishton) so`zi o`z shakliga ko`ra faqat erkaklar jinsiga nisbatan qo`llanaveradi. 
Demak, bu yerda til anomaliyasi mavjud bo`lib, shakl bilan mazmun orasida moslik 
yo`qdir.  
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon faylasuflari Anaksimen, 
Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va 
hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar.  
Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502 yillar). U «Riktorika» 
asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.  
Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini 
ishlab chiqdi. U ma`no jihatdan har bir ma`nodosh so`zning o`ziga xos 
xususiyatlarini, ma`no ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi.  
Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410 yillar). Protagor otlarning 
rodlarini (jinsini), fe`l zamonlarini va gaplarning turlarini farqladi.  
Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan 
fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini ta`kidladilar.  
Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347 yillar). O`z davrining dastlabki 
yirik faylasufi Platon etimologiya fanining asoschisi sifatida e`tirof qilinadi. U 
mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: ot va fe`llarni farqladi. Gapda ega vazifasida 
kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb atadi.  
Logotip
jinsi (rod): erkaklar jinsi, ayollar jinsi va har ikki jinsga ham tegishli bo`lmagan oraliq jins mavjudligini aytishadi. Shunga ko`ra ular predmetlar erkaklar jinsiga, ayollar jinsiga yoki oraliq jinsga tegishli bo`ladi, deyishadi. Anomalistlar oqimining yetakchisi stoik Krates va uning tarafdorlari esa ushbu g`oyaga zid fikrni, zid g`oyani ilgari surishadi. Ya`ni ular aytadi: tilning tarkibi va grammatik qurilishi bilan borliq orasida to`la moslik, o`xshashlik yo`q; biz doim turli tengsizlikka, moslik me’yoridan chetga chiqishlarga duch kelamiz. Masalan, tildagi uch grammatik jins atrofimizdagi narsalarga real ravishda to`g`ri keladi, deb hisoblash be`manilikdir. Haqiqatan ham, masalan, rus tilidagi cherepaxa (toshbaqa), belka (olmaxon) so`zlari shakliga qaraganda grammatik jihatdan ayollar jinsiga mansub bo`lishi kerak edi. Amalda esa o`sha hayvonlarning erkagi ham, urg`ochisi ham bir xilda cherepaxa, belka deyiladi. Shuningdek, rus tilidagi dyatel (qizilishton) so`zi o`z shakliga ko`ra faqat erkaklar jinsiga nisbatan qo`llanaveradi. Demak, bu yerda til anomaliyasi mavjud bo`lib, shakl bilan mazmun orasida moslik yo`qdir. Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon faylasuflari Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar. Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502 yillar). U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi. Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U ma`no jihatdan har bir ma`nodosh so`zning o`ziga xos xususiyatlarini, ma`no ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi. Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410 yillar). Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe`l zamonlarini va gaplarning turlarini farqladi. Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini ta`kidladilar. Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347 yillar). O`z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologiya fanining asoschisi sifatida e`tirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: ot va fe`llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb atadi.
Aristotel (bizning eramizgacha bo`lgan 348-322 yillar). O`z davrining 
ikkinchi buyuk qomusiy olimi - faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan 
bog`liq holda o`rgandi va u birinchi bo`lib, grammatikani mantiqdan ajratdi.  
Aristotel ham, Platon kabi, ot - egani va fe`l - kesimni tan oldi. Bu guruhga 
qo`shimcha ko`makchi so`zlarni - bog`lovchilarni ham kiritdi. Ya`ni so`zlarni uch 
turkumga: ot, fe`l, bog`lovchi hamda yuklama kabilarga bo`ldi. Ot va fe`llarni 
mustaqil ma`noga ega so`zlar sifatida, bog`lovchi, yuklamani esa faqat grammatik 
vazifa bajaruvchi so`z sifatida qayd etdi.  
Aristotel o`z davridayoq gapni fikr ifodalovchi nutq birligi deb, tahrifladi. 
Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar haqida ham ma`lumot berdi. Masalan, u 
fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi.  
Yuqorida aytilganlardan bir muncha farqli holda tilshunoslikning falsafiy 
davrida stoiklar nutqda so`zlarni besh guruhga: fe`l, bog`lovchi, artiklg’, atoqli otlar 
va turdosh otlarga ajratdilar. Shuningdek, ular ushbu so`zlarning barchasi ham 
ma`nolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farqladilar: bosh kelishik, 
qaratqich kelishigi, jo`nalish kelishigi, tushum kelishigi va chaqirish (zvatelg’nqy; 
chiqish) kelishigi.  
Stoiklar mazkur davrdayoq nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa bo`lib 
o`rgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh 
tovushlarga ajratdilar.  
Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan hozirgi tilshunoslik uchun muhim 
bo`lgan ikki tahlimot qoldi:  
1. Tilning elementlari, birliklari (so`z va gap) – ishora, belgi.  
2. Til birliklari ma`no, fikr bilan shartli bog`langan.  
2. Tilshunoslikning grammatik davri 
Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya 
davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo`lgan Iskandariya makedoniyalik 
Iskandar nomi bilan bog`liq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, 
madaniyati, falsafasining tahsiri natijasida yunon madaniyati, Sharq madaniyati 
bilan qo`shilib ketib, aralash madaniyat - ellinizm yuzaga keladi.  
Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. 
Umuman, bizning eramizgacha bo`lgan III asrdan boshlab, birorta ham shahar: na 
Logotip
Aristotel (bizning eramizgacha bo`lgan 348-322 yillar). O`z davrining ikkinchi buyuk qomusiy olimi - faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan bog`liq holda o`rgandi va u birinchi bo`lib, grammatikani mantiqdan ajratdi. Aristotel ham, Platon kabi, ot - egani va fe`l - kesimni tan oldi. Bu guruhga qo`shimcha ko`makchi so`zlarni - bog`lovchilarni ham kiritdi. Ya`ni so`zlarni uch turkumga: ot, fe`l, bog`lovchi hamda yuklama kabilarga bo`ldi. Ot va fe`llarni mustaqil ma`noga ega so`zlar sifatida, bog`lovchi, yuklamani esa faqat grammatik vazifa bajaruvchi so`z sifatida qayd etdi. Aristotel o`z davridayoq gapni fikr ifodalovchi nutq birligi deb, tahrifladi. Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar haqida ham ma`lumot berdi. Masalan, u fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi. Yuqorida aytilganlardan bir muncha farqli holda tilshunoslikning falsafiy davrida stoiklar nutqda so`zlarni besh guruhga: fe`l, bog`lovchi, artiklg’, atoqli otlar va turdosh otlarga ajratdilar. Shuningdek, ular ushbu so`zlarning barchasi ham ma`nolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farqladilar: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, jo`nalish kelishigi, tushum kelishigi va chaqirish (zvatelg’nqy; chiqish) kelishigi. Stoiklar mazkur davrdayoq nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa bo`lib o`rgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan hozirgi tilshunoslik uchun muhim bo`lgan ikki tahlimot qoldi: 1. Tilning elementlari, birliklari (so`z va gap) – ishora, belgi. 2. Til birliklari ma`no, fikr bilan shartli bog`langan. 2. Tilshunoslikning grammatik davri Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo`lgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog`liq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining tahsiri natijasida yunon madaniyati, Sharq madaniyati bilan qo`shilib ketib, aralash madaniyat - ellinizm yuzaga keladi. Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. Umuman, bizning eramizgacha bo`lgan III asrdan boshlab, birorta ham shahar: na
Afina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz bo`lgan Iskandariya 
shahri bilan tenglasholmas, raqobat qilolmas edi.  
Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida-yunon - sharq davrida 
(bizning eramizgacha bo`lgan 334-31) taraqqiy qildi, rivojlandi.  
Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx, 
Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalar.  
Zenodot (taxminan bizning eramizgacha bo`lgan 250 yillar). Zenodot 800.000 
dan ortiq qo`lyozma manbalarga ega bo`lgan mashhur Iskandariya kutubxonasining 
birinchi rahbari. Zenodot va boshqa yunon filologlari Gomer, Esxil, Sofokl va 
boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu 
asarlarning lug`at tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat qildilar. 
Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi.  
Aristarx (bizning eramizgacha bo`lgan 215-143 yillar). Iskandariya 
maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar 
davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o`zining 40 ga yaqin shogirdlari 
bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal o`rganib, 
tekshirib chiqilgan to`liq matnini yaratishdi.  
Aristarx so`z turkumi haqidagi ta`limotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta 
so`z turkumini ajratdi. Bular: ot, fe`l, sifatdosh, artikl yoki ko`rsatish olmoshi, old 
ko`makchi, ravish va bog`lovchi.  
Dionisiy (bizning eramizgacha bo`lgan 170-90 yillar).  
Aristarxning 
shogirdi 
frakiyalik 
Dionisiy 
o`zigacha 
bo`lgan 
tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o`rganib, ulardan foydalanib, rimliklar 
uchun 
«Grammatika 
san`ati» 
nomli 
sistemalashtirilgan 
dastlabki 
yunon 
grammatikasini yaratdi.  
Dionisiy ta`limotiga ko`ra so`z so`zlashuv nutqining (bog`langan nutqning) 
eng kichik bo`lagi (qismi)dir. Gap (yoki nutq) esa so`zlarning o`zaro munosabatidan, 
bog`lanishidan hosil bo`lib, tugal fikr ifodalaydi.  
Dionisiy grammatikasida ot turkumi haqida quyidagi fikr beriladi: ot kelishik 
va songa ko`ra o`zgaruvchi turkumdir. U sifatlarni ham otga kiritadi.  
Dionisiy fe`l haqida fikr yuritib, fe`lning kelishiksiz so`z turkumi bo`lib, 
zamon, shaxs, son, mayl, nisbat, tuslanish va boshqalarga ega ekanligini aytadi. 
Logotip
Afina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz bo`lgan Iskandariya shahri bilan tenglasholmas, raqobat qilolmas edi. Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida-yunon - sharq davrida (bizning eramizgacha bo`lgan 334-31) taraqqiy qildi, rivojlandi. Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalar. Zenodot (taxminan bizning eramizgacha bo`lgan 250 yillar). Zenodot 800.000 dan ortiq qo`lyozma manbalarga ega bo`lgan mashhur Iskandariya kutubxonasining birinchi rahbari. Zenodot va boshqa yunon filologlari Gomer, Esxil, Sofokl va boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu asarlarning lug`at tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat qildilar. Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi. Aristarx (bizning eramizgacha bo`lgan 215-143 yillar). Iskandariya maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o`zining 40 ga yaqin shogirdlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal o`rganib, tekshirib chiqilgan to`liq matnini yaratishdi. Aristarx so`z turkumi haqidagi ta`limotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta so`z turkumini ajratdi. Bular: ot, fe`l, sifatdosh, artikl yoki ko`rsatish olmoshi, old ko`makchi, ravish va bog`lovchi. Dionisiy (bizning eramizgacha bo`lgan 170-90 yillar). Aristarxning shogirdi frakiyalik Dionisiy o`zigacha bo`lgan tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o`rganib, ulardan foydalanib, rimliklar uchun «Grammatika san`ati» nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratdi. Dionisiy ta`limotiga ko`ra so`z so`zlashuv nutqining (bog`langan nutqning) eng kichik bo`lagi (qismi)dir. Gap (yoki nutq) esa so`zlarning o`zaro munosabatidan, bog`lanishidan hosil bo`lib, tugal fikr ifodalaydi. Dionisiy grammatikasida ot turkumi haqida quyidagi fikr beriladi: ot kelishik va songa ko`ra o`zgaruvchi turkumdir. U sifatlarni ham otga kiritadi. Dionisiy fe`l haqida fikr yuritib, fe`lning kelishiksiz so`z turkumi bo`lib, zamon, shaxs, son, mayl, nisbat, tuslanish va boshqalarga ega ekanligini aytadi.
Fe`lning beshta: aniqlik, buyruq, istak, tobelik va noaniqlik mayllarini; fe`lning 
uchta: harakat, o`zlik va o`rta nisbatlarini; fe`lning uchta: birlik, juftlik va ko`plik 
sonlarini; fe`lning uchta: birinchi - nutqni so`zlagan, ikkinchi - nutq yo`naltirilgan 
va uchinchi - so`z yuritilgan (o`zga) shaxslarni qayd etadi. Grammatik zamon esa 
hozirgi, o`tgan va kelasi zamon kabi turlarga bo`linadi. Sifatdoshlar esa fe`l va 
otlarga xos bo`lgan belgilarni birlashtiradigan kategoriya sifatida talqin qilinadi.  
Artikl, Dionisiy fikricha, turlanuvchi so`z turkumi bo`lib, u turlangan otdan 
oldin ham, keyin ham kela oladi. Olmosh ot o`rnida qo`llaniladigan so`z bo`lib, 
ma`lum shaxslarga ishora qiladi. Ravish turlanmaydigan so`z turkumidir, fe`l haqida 
ma`lumot beradi va fe`lga birikadi. Bog`lovchi fikrni ma`lum tartibda bog`laydigan 
va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko`rsata-digan so`zdir. Old ko`makchi so`z 
turkumi bo`lib, barcha so`z turkumlari oldidan so`z tarkibida ham, gap tarkibida ham 
keladi. Ya`ni u sintaksisda ham, so`z yasalishida ham qo`llaniladi.  
Apolloniy Diskol (eramizning II asri). Apolloniy Diskol bizgacha yetib 
kelgan yunon tili sintaksisini yaratdi. U «Sintaksis haqida» asarida yunon tili 
sintaksisiga oid ma`lumotlarni berdi.  
Iskandariya maktabi vakillari tilning tovush tomoniga ham katta e`tibor 
berishdi. Ular tovushlarni akustik prinsip asosida tasvirladilar, tovush va harflarni 
aynan bir narsa hisoblab, ularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. Shunga ko`ra 
harflarni unli tovushlar va undosh tovushlar nomi bilan tasvirladilar. Unli harflarni 
(tovushlarni) o`z holicha talaffuz qilinadigan va o`zini alohida eshitish mumkin 
bo`lgan tovushlar sifatida, undosh harflarni (tovushlarni) esa unlilar bilangina 
talaffuz qilinadigan tovushlar sifatida qaradilar. Shuningdek, ular bo`g`in, urg`u 
haqida ham ma`lumot berishdi.  
Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon 
tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo`yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib 
bordilar va qator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga 
oid masalalar mukammal ishlangan bo`lib, unga nisbatan fonetika va sintaksis 
masalalari bo`sh tadqiq qilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari 
grammatikani falsafadan ajratdilar.  
Xullas, qadimda tilshunoslikning Iskandariya davri grammatikani mustaqil 
fan sifatida yaratdi.  
Logotip
Fe`lning beshta: aniqlik, buyruq, istak, tobelik va noaniqlik mayllarini; fe`lning uchta: harakat, o`zlik va o`rta nisbatlarini; fe`lning uchta: birlik, juftlik va ko`plik sonlarini; fe`lning uchta: birinchi - nutqni so`zlagan, ikkinchi - nutq yo`naltirilgan va uchinchi - so`z yuritilgan (o`zga) shaxslarni qayd etadi. Grammatik zamon esa hozirgi, o`tgan va kelasi zamon kabi turlarga bo`linadi. Sifatdoshlar esa fe`l va otlarga xos bo`lgan belgilarni birlashtiradigan kategoriya sifatida talqin qilinadi. Artikl, Dionisiy fikricha, turlanuvchi so`z turkumi bo`lib, u turlangan otdan oldin ham, keyin ham kela oladi. Olmosh ot o`rnida qo`llaniladigan so`z bo`lib, ma`lum shaxslarga ishora qiladi. Ravish turlanmaydigan so`z turkumidir, fe`l haqida ma`lumot beradi va fe`lga birikadi. Bog`lovchi fikrni ma`lum tartibda bog`laydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko`rsata-digan so`zdir. Old ko`makchi so`z turkumi bo`lib, barcha so`z turkumlari oldidan so`z tarkibida ham, gap tarkibida ham keladi. Ya`ni u sintaksisda ham, so`z yasalishida ham qo`llaniladi. Apolloniy Diskol (eramizning II asri). Apolloniy Diskol bizgacha yetib kelgan yunon tili sintaksisini yaratdi. U «Sintaksis haqida» asarida yunon tili sintaksisiga oid ma`lumotlarni berdi. Iskandariya maktabi vakillari tilning tovush tomoniga ham katta e`tibor berishdi. Ular tovushlarni akustik prinsip asosida tasvirladilar, tovush va harflarni aynan bir narsa hisoblab, ularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. Shunga ko`ra harflarni unli tovushlar va undosh tovushlar nomi bilan tasvirladilar. Unli harflarni (tovushlarni) o`z holicha talaffuz qilinadigan va o`zini alohida eshitish mumkin bo`lgan tovushlar sifatida, undosh harflarni (tovushlarni) esa unlilar bilangina talaffuz qilinadigan tovushlar sifatida qaradilar. Shuningdek, ular bo`g`in, urg`u haqida ham ma`lumot berishdi. Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo`yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va qator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlangan bo`lib, unga nisbatan fonetika va sintaksis masalalari bo`sh tadqiq qilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari grammatikani falsafadan ajratdilar. Xullas, qadimda tilshunoslikning Iskandariya davri grammatikani mustaqil fan sifatida yaratdi.