TISHLARNING UMUMIY ANATOMIYASI. TISHLAR TARAQQIYOTI. TISH QATORI, FORMULALARI. TISHNING UMUMIY TUZILISHI: TOJ, BO‘YIN VA ILDIZ QISMLARNING ANATOMIK XUSUSIYATLARI. TISH BO‘SHLIG‘I. TISH YUZALARI
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
95,0 KB
TISHLARNING UMUMIY ANATOMIYASI. TISHLAR TARAQQIYOTI.
TISH QATORI, FORMULALARI. TISHNING UMUMIY TUZILISHI: TOJ,
BO‘YIN VA ILDIZ QISMLARNING ANATOMIK XUSUSIYATLARI.
TISH BO‘SHLIG‘I. TISH YUZALARI.
Tishlar – dentes chaynov-nutq apparatining asosiy qismi bo‘lib xisoblanadi.
Tishlar vaqtincha yoki sut tishlariga - dentes decidui va doimiy tishlar - dentes
permanentes ga - bo‘linadi. Tishlar tuzilishi va vazifasiga ko‘ra quyidagi
guruxlarga bo‘linadi:
1) dens incisivi – kesuvchi (kurak) tish;
2) dens caninus – qoziq tish;
3) dens premolaris – kichik oziq tish (premolyar);
4) dens molaris – katta oziq tish (molyar). Uchinchi katta oziq tish dens
molaris tertius kechroq chiqqanligi uchun “aql” tish dens serotinus deyiladi.
Tishlar taraqqiyoti
Tishlar filogenezi bir necha bosqichlardan o‘tib, qadimgi baliqlarning
tangachalaridan hosil bo‘lgan. Boshlang‘ich bosqichlarda tishlar juda mayda va
ko‘p bo‘lib, oddiy konussimon shaklga ega. Bunday tipdagi tishlarni – gomodont
tishlar ataladi. Sut emizuvchi xayvonlarda, tishlar soni kamayib, xar xil shaklga
ega bo‘ladi – geterodont tishlar. Evolyusiya jarayonida tishlar generatsiyasi, ya’ni
almashuvi insonlarda 2 marta bo‘ladi (sut va doimiy tishlar) – difiodont turi.
Bundan tashqari, tishlar soni, o‘lchamlari va shakli ham tubdan o‘zgardi. Ko‘pgina
sut emizuvchi hayvonlarda 44 gacha tishlar bo‘lishi mumkin: maymunlarda -36 ta,
odamda - 32 ta. Tishlar soni va o‘lchamlari reduksiyasi tishlararo yoriqlarni
(diastema va tremalar) yopilishiga olib keladi.
Odam organizmidagi tishlar taraqqiyoti murakkab ko‘p etapli jarayondir va bu
jarayon embrional davrda boshlanib, 18-20 yoshgacha davom etadi. Tishlar
taraqqiyotida 3 davr farqlanadi: 1) boshlang‘ich davri – tish kurtaklari (germen
dentis) va emal (tish) a’zosini paydo bo‘lishi; 2) tish kurtaklari rivojlanishi va
differensirovkasi; 3) tishlar paydo bo‘lishi.
Birinchi bosqich – boshlang‘ich davr embrion taraqqiyotining 7-8 xaftasida
og‘iz bo‘shlig‘i epiteliysining qalinlanishidan boshlanadi. Hosil bo‘lgan tish
plastinkasi, lamina dentales (enamelare) mezenximaga botib kiradi va uning ichida
sut va doimiy tishlarning kurtaklari paydo bo‘ladi, keyinchalik ular emal a’zosiga
aylanadi. Embrionning 10 xaftasida emal a’zosiga mezenxima botib kirib, tish
so‘rg‘ichini (papillae dentales) hosil qiladi, undan keyingi davrlarda dentin va
pulpa hosil bo‘ladi. Emal a’zosini o‘rab turgan mezenxima tish qopchasini (saccus
dentalis) xosil qiladi, bundan sement va periodont rivojlanadi.
Ikkinchi bosqichda emal a’zosi va uning atrofidagi to‘qimalar butunlay
o‘zgaradi.Emal a’zosi kattalashadi va qavatlarga bo‘linadi. Emal a’zosi markazida
pulpani xosil qiluvchi xujayralar, periferik qismida esa ameloblastlar paydo
bo‘ladi. Surg‘ichlar ustki yuzasida esa dentin xosil qiluvchi xo‘jayralar –
odontoblastlar qatori shaklanadi. Bundan tashqari xar bir tish so‘rg‘ichiga qon-
tomir va nervlar kiradi. Jag‘ suyaklarning mezenximasida tish alveolarining
shaklanishi boshlanadi.
Uchinchi bosqichda (4-chi oyning oxiri va 5-chi oyining boshlarida) – tish
to‘qimalarining (emal, dentin va pulpa) differensirovkasi to‘liq kuzatilishi
mumkin. Bundan tashqari bu bosqichda doimiy tishlarning taraqqiyoti boshlanadi.
SHuni aytish lozimki, dastavval ikkala tish kurtaklari umumiy alveolada yotadi va
ularning orasida suyak plastinkasi (to‘sig‘) mavjud bo‘ladi. So‘ngra 6-7 yoshda
osteoklastlar suyak to‘siqlarini va sut tishlarning ildizlarini emiradi.
Tishlarning taraqqiyotini buzilishi xar xil patologik xolatlarga olib kelishi
mumkin (emal gipoplaziya, adentiya, qo‘shimcha tishlar va x.q.).
Tishning qismlari
Tishlarning quyidagi qismlari bo‘ladi: 1) toj qismi - corona dentis; 2) bo‘yin
qismi - collum dentis; 3) ildiz qismi - radix dentis. Tishlarning toj qismi alveolyar
o‘simtalardan chiqib tursa, tishlarning bo‘yin qismi milk bilan o‘ralgan bo‘ladi,
tishning ildiz qismi esa alveolyar o‘simtalar ichidagi chuqurchalarda joylashadi.
Amaliy stomatologiyada anatomik va klinik tojlarga ajratish kabul kilingan (rasm
6.4). Tishlarning bo‘yin qismi milklar bilan o‘ralganida tish tojining milklardan
chiqib turgan qismi klinik toj – corona clinica deyiladi. Qolgan qismi esa klinik
ildiz – radix clinica deyiladi. Anatomik toj yosh o‘tishi bilan dumbokchalar yoki
kesuv qirralarning emirilishi okibatida kichrayadi, klinik toj esa, alveola devori
rezorbsiyasi va ildizni ochilishi okibatida kattalashishi mumkin. SHunday kilib,
klinik toj ma’lum xolatlarda anatomik toj va ildiz qismini o‘z ichiga olashi
mumkin.
Tish ildizining uchi - apex radicis dentis deb atalib, shu sohadagi teshikga
foramen apicis deyiladi. O‘z navbatida bu teshik ildizning ichida joylashgan kanal
- canalis radicis ga davom etadi. Kanal esa tish tojining ichida hosil bo‘ladigan
bo‘shliq - cavitas dentis - bilan tutashadi. Bu bo‘shliq o‘z navbatida toj qismi
ichidagi bo‘shliq – cavitas coronae va tish ildizining kanali – canalis radicis
dentis lardan hosil bo‘ladi. Tish ildizi uchidagi teshikdan nerv, qon tomir, limfa
tomirlari yo‘naladi. Kanal orqali yo‘nalgan bu hosilalar, tish toji ichida qon - tomir
- nerv chigalini va siyrak pulpa dentis ni - hosil etadi. Tish pulpasi o‘z navbatida
toj qismi ichidagi pulpa coronalis va ildiz ichidagi pulpa radicularis lardan
tashqil topadi.
Tish yuzalari.
Tish relefi xususiyatlarini va patologik jarayonlarni toj qismida joylashuvini
aniqlash uchun tish toj yuzasida qo‘yidagi yuzalar farqlanadi:
1.Tishning og‘iz daxliziga qaragan yuza - facies vestibularis farqlanadi. Oldingi
(frontal) tishlar (kesuv va qoziq tishlar uchun) lablarga qaraganligi uchun - facies
labialis deyiladi. Kichik va katta oziq tishlar uchun - facies buccalis – lunjga
qaralganligi tufayli. Bu yuza tishning ildiz qismiga davom etadi - facies
vestibularis radicis deb nomlanadi.
2.Tishning hususiy og‘iz bo‘shlig‘i tarafiga qaralgan yuzasini umumiy nomi –
facies oralis deb nomlanadi. Ammo pastki jag‘ tishlarida ular yuzasi til tarafga
qaraganligi uchun - facies lingualis deb ataladi, yuqori jag‘ tishlarida tanglay
tomoniga qaragani uchun - facies palatenalis farqlandi;
3. Qo‘shni tishlar bilan birlashib turgan yuzasi - facies contactus yoki facies
approximales deb ataladi. Tish qatori markaziga karagan tish yuzasi- facies
mesialis, markaziy kurak tishlarda esa medial yuza- facies medialis deb ataladi.
Karama-karshi tomonga, ya’ni tish qatori markazdan orkaga yunalgan yuza - facies
distalis xisoblanadi.
4. Tishlarning qarama-qarshi tish toji yuzasi- chaynov yuza - facies occlusialis
deyiladi, bu yuzani faqat kichik va katta oziq tishlarda faraqlanishi mumkin.
Frontal tishlar qarama-qarshi qismi - kesuv kirra – margo incisalis nomlanadi.
Tishlarning toj qismlari yonma - yon joylashib tish qatorlarini hosil etadi.
Doimiy tishlar har bir jag‘da 16 tadan bo‘lib, yoysimon shaklda terilgan bo‘ladi.
YUqori jag‘ tishlarning ravog‘i – arcus dentalis maxillaris (superior), pastki jag‘
tishlarning ravog‘i arcus dentalis mandibularis (inferior) deyiladi.
Tishlar tuzilishi va vazifasiga ko‘ra quyidagi guruxlarga bo‘linadi
(odontogramma):
1) dens incisivi – kesuvchi (kurak) tish;
2) dens caninus – qoziq tish;
3) dens premolaris – kichik oziq tish (premolyar);
4) dens molaris – katta oziq tish (molyar). Uchinchi katta oziq tish dens
molaris tertius, kechroq chiqqanligi uchun “aql” tish - dens serotinus deyiladi.
YUqori va pastki jag‘ tishlari o‘zaro jipslashgan holatida - yuqori jag‘dagi kesuv
tishlar, pastki jag‘dagi kesuv tishlarining oldingi yuzasiga tegib turadi. YUqori jag‘
suyagidagi tish yoylari kattaroq bo‘ladi. SHu sababdan yuqori jag‘dagi oziq
tishlarining til tarafidagi bo‘rtig‘i - pastki jag‘dagi tishlarining til va lunj tarafidagi
bo‘rtiqlar orasidagi chuqurchada bo‘ladi. Bunday jipslashish xolatini – okklyuziya
deb nomlanadi. Jag‘larning jipslashgan paytida o‘zaro birlashgan tishlar
antagonistlar deyiladi. Odatda xar bir tish jipslashganida ikkita antagonisti ega –
asosiy va qo‘shimcha. Pastki jag‘ning medial kesuv tishlari va yuqori jag‘dagi
uchinchi katta oziq tishi faqat bitta antagonist tishga ega.
Tish formulasi
Har bir jag‘ning tish o‘z o‘rnini va tishlar turlarini belgilash uchun maxsus
raqamlar yordamida ifodalanadi, buni tishlarning formulasi deb ataladi. Bir necha
formulalar mavjud. Masalan, anatomik formulasi yordamida jag‘ning yarmidagi
tish turlarini ko‘rsatib berishimiz mumkin. Sut tishlarning anatomik formulasi:
2 0 1 2 | 2 1 0 2
2 0 1 2 | 2 1 0 2
YA’ni bolalarda 2 ta kesuvchi tishlar, 1 ta qoziq tishi, premolyar yo‘qligi va 2ta
molyar tishlari borligini ifodalaydi.
Doimiy tishlarning anatomik formulasi:
3 2 1 2 | 2 1 2 3 .
3 2 1 2 | 2 1 2 3
Stomatologiya amaliyotida tishlarning to‘liq klinik formulasidan foydalaniladi.
Klinik formula jag‘lardagi o‘rta chiziqdan boshlangan tish turlarining tartib raqami
bilan belgilanadi. Kesuv tishlar - 1, 2; qoziq tishi – 3; kichik oziq tishlar - 4, 5;
katta oziq tishlar 6, 7, 8 - raqamlar bilan belgilanadi.
Sut tishlari va doimiy tishlarni farqlash uchun - sut tishlarini rim raqamlari bilan:
kesuv tishlar - I, II; qoziq tishi - III; katta oziq tishlar - IV, V raqamlari bilan
belgilanadi.
Bundak tashqari, xar tishni lotin tilidagi boshlang‘ich xarfi bilan belgilashi
mumkin: I- kesuvchi tish, C- qoziq tish, P- premolyar, M-molyar.
1970 yilda xalqaro FDI (Federation Dentaire Internatinale) tomonidan qo‘yidagi
shakl tavsiya qilingan. Bunda oldida turgan kichik raqamlar yuqorgi va pastki
jag‘larni o‘ng va chap katakchalarini belgilaydi. Katta raqamlar tishlarni
belgilaydi. Kichik 1,2,3,4 raqamlar dimiy tishlar qatorini belgilasa, 5,6 7 va 8
raqamlar sut tishlar qatori belgilaydi.
Doimiy tishlar:
18 17 16 15 14 13 12 11 || 21 22 23 24 25 26 27 28
48 47 46 45 44 43 42 41 || 31 32 43 34 35 36 37 38
Sut tishlar:
55 54 53 52 51 || 61 62 63 64 65
85 84 83 82 81 || 71 72 73 74 75
Tishlarning umumiy belgilari
Xar bir tish o‘ziga xos belgilarga ega, bular orqali ularning qaysi jag‘ga tegishli
ekanligi bilib olinadi. Buning uchun qo‘yidagi belgilari mavjud - ildiz belgisi; tish
tojidagi burchak belgisi; tish toji bo‘rtig‘i belgisi.
Tish ildizi belgisi - ildizning vertikal o‘tkazilgan chiziqda biror tarafga qayilgani
bilan aniqlanadi. Qayilish burchagi tishning distal tarafiga yo‘nalgan bo‘ladi.
Tish tojidagi burchak belgisi - tishning chaynov yuzasidagi qirrasi distal
yo‘nalishda kattaroq burchak hosil etadi, mezial yuzasida esa burchak o‘tkirroq
bo‘ladi.
Tish toji egrilik belgisi - vestibulyar bo‘shliqga qaragan yuzadagi qabariqlik
medial qismida ko‘proq, distal tarafda esa yassiroq bo‘ladi.
Bundan tashqari tishlarning yuqori yoki pastki jag‘da joylashuvi tish tojining
shakli va uning ildizlarining miqdori bilan farqlanishi mumkin.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Baxadirov F.N. «Odam anatomiyasi». - 2005, 2006 yil. Toshkent.
2. Sapin M. R. Anatomiya cheloveka. - 1998.
3. Richard L.Drake, et alt. Gray`s Anatomy for students (third edition),
ELSEVIER 2014, 1161 p.
4. Anatomy of the Human Body. University of Washington. Seattle.
2004.
5. Xalkaro anatomik terminologiya eponimlar bilan. –Toshkent. 2011.
6. U. G‘ofurov.Tishlarning anatomiyasi.- o‘quv qo‘llanma, Toshkent,
2015.