TISHLARNING XUSUSIY ANATOMIYASI. DOIMIY KESUVCHI, QOZIQ VA PREMOLYAR TISHLARNING ANATOMIYASI: UMUMIY TASNIFI, CHIQISH VAQTI, XAR BIR TISH TUZILISHINING XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
102,5 KB
TISHLARNING XUSUSIY ANATOMIYASI. DOIMIY KESUVCHI, QOZIQ
VA PREMOLYAR TISHLARNING ANATOMIYASI: UMUMIY TASNIFI,
CHIQISH VAQTI, XAR BIR TISH TUZILISHINING XUSUSIYATLARI
VA ULARNING O‘ZARO FARQLARI.
Yuqori va pastki jag‘ premolyar tishlarining o‘zaro farqlari. Tishlarning
rivojlanish anomaliyalari
TISHLARNING XUSUSIY ANATOMIYASI
Doimiy tishlar
Doimiy tishlar – dentes permanents, 32 ta tishlardan iborat: 8 ta kesuv tishlar,
4 ta qoziq tishlar, 8 ta kichik oziq tishlar (premolyar) va 12 ta katta oziq tishlar
(molyar).
har bir jag‘ suyagida to‘rttadan bo‘ladi, stomatologiyada ularni oldingi tishlar
deb aytiladi. YUqorgi va pastki, xamda medial va lateral kesuv tishlar farqlanadi.
SHuni aytish lozim, kurak tishlari eng ingichka toj qismiga ega. Ular kesuv qirra-
margo incisalis va belkuraksimon shakliga ega toj qismidan iborat. Bu tuzilish
xisobiga kesuv tishlari uzib olish vazifasini bajaradi. SHuni aytish lozimki kesuv
tishining toji shakdi odam tanasi konstitutsiyasiga bog‘liq. YUqori jag‘ suyagidagi
kesuv tishlar kattaroq va kengroq bo‘ladi, markaziy tish eng katta, pastki jag‘dagi
markaziy tish esa eng kichik hisoblanadi. . Kesuv tishlarda bittadan ildiz bo‘ladi.
Konstitutsiya
turi
Kesuv tishlarining toj qismining
shakli
Dolixomorf
Tor, to‘g‘ri to‘rtburchak
Mezomorf
SHakl xar-xil, toj qismi uzun
Braximorf
Keng
(kvadratsimon
yoki
ovalsimon)
YUqorgi kesuv tishlar. YUqorgi medial (markaziy) kesuv tish – toj qismi
keng, bo‘yin qismiga qarab torayadi. Kesuv qirrasi distal tomonga qarab pasayib
boradi. Tish tojidagi burchak belgisi yaqqol ko‘rinadi. Tanglay yuzasida medial va
lateral qirralar, crisrae marginalis medialis et lateralis mavjud. Bu qiyaliklar tish
dumboqcha- tuberculum dentalae ostida birlashadi. Medial qirrasi to‘g‘ri burchak
shaklida, distal qirrasi dumaloqlashgan. Oral (tanglay) yuzasida bo‘yin qismidan
kesuv yuzasi tomonga 3ta bolish yo‘nalgan, ular kesuv qirrasida torayadi. YUqorgi
markaziy kesuv tish bir ildizli va bir kanalli, ildiz belgisi mavjud. Tish kanali
ko‘ndalang kesimda yumaloq shakliga ega. Umumiy uzunligi 24 mm, tojning
uzunligi – 9-12 mm, tojning meziodistal diametri-6,9 mm, vestibulo-lingval – 7,1-
7,5 mm.
YUqorgi lateral (yon) kesuv tish –
medial kesuv tishiga o‘xshash, faqat uning o‘lchamlari
kichikroq Vestibulyar (lab) yuzasi trapetsiyasimon yoki ovoid shaklida, 2 satxga
bo‘ladigan to‘g‘ri tushgan chiziqni aniklash mumkin. Kesuv qirra qayrilgan. Til
(tanglay) yuzasida tish dumbog‘i yaqqol ko‘rinadi, uning ostida botiqni aniqlash
mumkin. Tish dumbog‘i 2ta qirralarga bo‘linishi mumkin. Buning natijasida xar xil
shakldagi kesuv tishlar paydo bo‘ladi – ikssimon, bochkasimon, premolyarsimon.
Tishning toj qismi va ildiz egriligi belgilari aniq seziladi. Lateral (yon) kesuv tish
bir ildizli va bir kanalli, tish kanali ko‘ndalang kesimi yumaloq yoki oval shakliga
ega. Uzunligi - 22,5 mm, tojning uzunligi – 8-10 mm, tojning meziodistal diametri-
6,5 mm, vestibulo-lingval – 5,5 mm.
Pastki kesuv tishlar.
Medial (markaziy) pastki kesuv tish – oldingi tishlar orasida xajmidan eng
kichikroq. Toj qismi tor, uzun. Kesuv qirrasining medial va distal qirralari to‘g‘ri
burchak shaklida, shuning uchun toj burchak belgisi yaxshi sezilmaydi.
Vestibulyar yuzasida vertikal yo‘nalgan 3 ta bolishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Til
yuzasi bir tekis, bo‘yin qismida 1ta dumboqcha mavjud. Til qiyalari sezilarsiz.
Odatda tish bir ildizli, kam xollarda 2ta illizli bo‘lishi mumkin. Kanallarining soni
va tuzilishi ildizlarning tuzilishiga mos bo‘ladi. Ikkita kanalli ildizlar uchida
birlashadi. Tish kanali ko‘ndalang kesimda oval shaklida, medio-distal tomonda
biroz ezilgan. Uzunligi - 21,5 mm, tojning uzunligi – 9-9,5mm, tojning meziodistal
diametri -3,5-5mm, vestibulo-lingval – 5,5- 6 mm.
Lateral (yon) pastki kesuv tish – umumiy shakli markaziy kesuvchi
tishlarga o‘xshash, faqat uning o‘lchamlari kattaroq. Kesuvchi qirra kengroq,
medial va distal qirralari dumaloqlashgan. Tishning toj qismi va ildiz egriligi
belgilari aniq. Lateral pastki kesuv tish bir ildizli, 1 ta kanali bor. Tish kanali
ko‘ndalang kesimda oval shaklida, medio-distal tomonda biroz ezilgan. Uzunligi -
22,5-23,5 mm, tojning uzunligi – 9-10 mm, tojning meziodistal diametri -5mm,
vestibulo-lingval – 6-6,5 mm.
Kesuv tishlarining rivojlanish anomaliyalari. Tishlar anomaliyalari
qo‘yidagi o‘zgarishlar bilan kechadi:
- umumiy o‘lchamlari (makro- yoki mikrodentiya);
- toj qismi va ildiz shakli;
- emal rangi va strukturasi;
- tishlar soni (giperdentiya, gipodentiya, adentiya)
- tish qatori va tish joyining o‘zgarishi;
- chiqish davri.
Kesuv tishlari anomaliyalar
ichida ko‘proq giperdontiya (tishlar soni ko‘payishi) ko‘rishimiz mumkin.
Qo‘shimcha tishlar normal tuzilishiga ega, shakli o‘zgarmagan, umumiy tish
qatorini buzmaydi. Masalan, yuqorgi medial tishlar orasida paydo bo‘lgan
qo‘shimcha tish – meziodens (mesiodens)ni ko‘rishimiz mumkin. Gipodontiya
(tishlar soni kamayishi) yoki umuman yoqligi – adentiya anomaliyasi kesuv tishlar
orasida ko‘p uchraydi, ayniqsa lateral (yon) kesuv tishining adentiyasi. Bunday
xolatda tishlararo oraliq yoki tirqish paydo bo‘ladi – diastema (kesuv tishlar
orasida) yoki tremalar (kesuv va qoziq tishlar orasida).
Tishlarning xajmi katta bo‘lishi – makrodentiya anomaliyasi, asosan yuqorgi
medial kesuv tishlar orasida uchraydi. Mikrodentiya (kichik xajmi tishlar) xolati
lateral (yon) kesuv tishlarda kuzatiladi, diastema va tremalar birga kuzatilishi
mumkin. Kesuvchi tishlarning shakl anomaliyasi juda ko‘p uchraydi (uchli,
konussimon, kubsimon, otvertkasimon va x.q.), bunday xolatida kesuvchi qirra
aniqlanmaydi.
Kesuvchi tishlar orasida retensiya xolati, ya’ni tishning yorib chiqmasligini
bo‘lishi mumkin. Tishlar qatorida kesuvchi tishlarning joylashuvi ham o‘zgarishi
mumkin. Kesuvchi tishlar vestibulyar tomoniga og‘ishi – protruziya yoki til
tomoniga og‘ishi – retruziyani ko‘rishimiz mumkin. Protruziya xolati lablarning
bo‘rtib chiqishiga va og‘iz teshigi yopilmasligiga olib keladi, diastema va tremalar
paydo bo‘ladi. Retruziya xolati esa yuqorgi lab og‘iz ichiga qaralgan bo‘ladi.
Umuman olganda bunday xolatlar chaynash va artikulyasiya jarayonlarini
buzilishiga olib keladi.
Bundan tashqari kesuv tishlar bir qatorda joylamasdan, balki 2 qator
joylashishi mumkin, buni krauding deb ataladi, ba’zida tortanomaliyasi (vertikal
oq atrofida aylanishi) bilan birgalikda bo‘ladi. Kesuv tishlarning transpoziyasiyasi,
ya’ni o‘zining maxsus joyi boshqa tishlar bilan almashuvi, tish ko‘rtagi noto‘g‘ri
rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu xolat ko‘proq lateral kesuv va qoziq tishlar orasida
kuzatiladi.
Qoziq tishlar - dentes canini - har bir jag‘ suyagida ikkitadan bo‘ladi. Qoziq
tishlar yirik, toj qismi bir dumboqli, bitta uzun, yaxshi rivojlangan ildizga ega.
Yirtqich hayvonlar qoziq tishlari singari inson qoziq tishi uzib olish vazifasini
bajaradi.
YUqorgi qoziq tishlar.
Tishlar qatorida eng uzun tishlar. Toj qismi rombsimon,
konussimon shakliga ega, kesuv yuzasidan bo‘yin qismiga ancha toraygan. Bundan
tashqari oral (tanglay) yuzasi vestibulyar yuzaga nisbatan toraygan Vestibulyar
yuzasi oldinga bo‘rtib chiqqan, oral (tanglay) yuzasi yuzasi ichiga qarab qirgan.
CHaynov qirrasining mezial qismi distal qismiga nisbat kaltaroq. Distal burchagi
yumaloq, medial burchagi esa to‘g‘ri burchak shaklida. Vestibulyar yuzasida uchta
bolishlari mavjud (medial, distal va markaziy), eng kattasi markaziy bolish, u
kesuv yuzadan buyin qismi tomonga kengaygan va medial yuzaga og‘gan. Oral
(tanglay) yuzasida 3ta bolishlar yoki qiyaliklar mavjud, ulardan markaziy bolish
yaxshi rivojlangan. Bolishlar tish dumbog‘ini hosil qiladi. Tishning toj burchagi
belgisi aniq ko‘rinadi. YUqorgi qoziq tish bitta ildiz va bitta ildiz kanali o‘tadi.
Ammo ba’zida ikkita ildizga ajralishi mumkin – vestibulyar yoki lunj ildizi (radix
buccalis) va tanglay ildiziga (radix palatinalis). Ildiz ko‘ndalang kesimi yumalok
yoki kisman oval formada bo‘ladi (medio-distal tomoni toraygan). Tish ildiz
belgisi yaxshi ajratish mumkin. Umumiy uzunligi- 28 mm, toj qismi uzunligi – 10-
12 mm, ildiz uzunligi – 16-18 mm, medio - distal kesimi – 5-6 mm, vestibulo-oral
kesimi – 7-8,5 mm.
Pastki qoziq tishlar – yuqorgi qoziq tishlarga o‘xshaydi, faqat o‘lchamlari
kichikroq. Toj qismi tor, ovoid yoki rombsimon shaklida bo‘lishi mumkin. Kesuv
qirrasida medial joylashgan dumboq mavjud. Toj burchak belgisi yaqqol ko‘rinadi.
Til yuzasida tish dumboqlari va bolishlar yaxshi rivojlanmagan. Pastki qoziq
tishlar bir ildizli, medio-distal tomoniga toraygan, ba’zida (10% odamlarda) ikkiga
ayrilgan. Ikkiga ayrilgan tish ildizlari bir xil uzunligida yoki vestibulyar (lunj)
tomonidani ildiz kalta va yo‘g‘on bo‘lishi mumkin. Tish ildiz belgisi yaxshi
ko‘rinadi. Tish kanali ko‘ndalang kesimda oval shaklda, medio-distal tomoni biroz
ezilgan. Tish uzunligi – 23-26 mm, tojning uzunligi – 9-12mm, tojning meziodistal
diametri -6-7 mm, vestibulo-oral kesimi esa – 7-8 mm.
Qoziq tishlarning anomaliyalar
Tishlar orasida qoziq tishlarda eng kam anomaliyalar uchraydigan. Qoziq
tishlar adentiyasi juda kam xolatda uchraydi. Asosan qo‘yidagi anomaliyalarni
ko‘rishimiz mumkin:
- qo‘shimcha qoziq tishlar, ko‘proq yuqori jag‘da. Bunday tishlar tish
qatori tashqarisi da joylashadi.
- tish qatorini buzilishi – krauding, bu anomaliyada qoziq tishlar
vestibulo-oral tomoniga siljiydi. Ba’zida tortanomaliyasi (vertikal oq
atrofida aylanishi) bilan birgalikda bo‘ladi.
- transpoziyasiya anomaliyasi - bunda lateral kesuv va qoziq tishlar joyi
bilan almashinishi (tish ko‘rtagi noto‘g‘ri rivojlanishi bilan bog‘liq).
-
Kichik oziq tishlar (premolyarlar) –dentes premolar
Kichik va katta oziq tishlar yon tishlar guruhiga kiradi. Ular ovqatni maylash
va chaynash uchun moslashgan, shuning uchun okklyuzial yuzasini chaynov
yuzasi (facies masseterica) ham ataladi. CHaynov yuzasida dumboqlar
(bo‘rtiqlar), ularning qiyaliklari, egatlar va qirralarni ko‘rishimiz mumkin. Kichik
oziq tishlar xar bir jag‘da 4 tadan bo‘ladi. Premolyarlar qoziq tishlardan lateral
joylashgan, birinchi premolyar – proksimal, ikkinchi esa – distal deb farqlanadi.
Tishlarning chaynov yuzasi 2ta dumboqchali, ular oral va vestibulyar yo‘nalishida
joylashgan bo‘ladi. Birinchi yuqorgi premolyar tishi ikkita ildizli, qolgan kichik
oziq tishlar bir ildizli.
YUqorgi birinchi kichik oziq tishi - toj qismining vestibulyar (lunj) yuzasi
qoziq tishlarning vestibulyar yuzasiga o‘xshash, faqat ulchamlari kichikroq.
Vestibulyar va tanglay yuzalari bo‘rtib chiqqan. CHaynov yuzasida 2 ta dumboq
farqlanadi: vestibulyar (lunj) va oral (tanglay) dumboqlari. Vestibulyar (lunj)
dumbog‘i balandroq va kattaroq bo‘ladi. Dumboqlarni ajratuvchi egat chuqur,
medial yuzasida botiqroq bo‘ladi..
Bu tish ikkita ildizli: uzun, lunj ildizi - radix buccalis va tanglay ildizi -
radix palatinalis. Tish bir ildizli bo‘lsada , ko‘ndalang kesimida ikkita ildiz kanali
ko‘rinib turadi. Tishning barcha belgilarini farqlash qiyin. Birinchi premolyarning
umumiy uzunligi- 22 mm, toj qismi uzunligi – 6-9 mm, ildiz uzunligi – 12-15 mm,
medio-distal kesimi kengligi – 6,8 mm, vestibulo-tanglay kesimi – 8,9 mm.
YUqorgi ikkinchi kichik oziq tishi – birinchi premolyar tishiga o‘xshab
ketadi, ammo xajmi kichikroq, chaynov yuzasi yaxshi rivojlanmagan va tekis
bo‘ladi. CHaynov dumboqlari ko‘p xolatda bir xil shaklga va xajmga ega. Ularni
ajratib turuvchi egat yaxshi rivojlanmagan. Odatda bu tish bir ildizli va bitta kanali
bor. Ikkita ildiz aniqlansa, ular ildiz uchida birlashib umumiy kanal hosil qiladi.
Tish barcha belgilarini farqlash qiyin. Ikkinchi premolyarning umumiy uzunligi-
20-21 mm, toj qismi uzunligi – 7,5-8 mm, ildiz uzunligi – 12-14mm, medio-distal
kesimi kengligi – 6,5 mm, vestibulo-tanglay kesimi – 8,9 mm.
Pastki birinchi oziq kichik tishi – yuqorgi premolyar tishlarga nisbat toj
kismi kichikroq, ammo ildizi ancha uzun. SHakli va xajmi bilan qoziq tishga
o‘xshab ketadi. Vestibulyar yuzasida ikkita dumboqni ajratish mumkin: vestibulyar
va oral (til). Vestibulyar yuzasida uchta bolish mavjud. Tishning toj qismi til
tarafga egilgan.Bu tish bir ildizli va ko‘ndalang kesimda bitta kanalga ega. Tish
ildiz belgisi yaqqol ko‘rinadi. Pastki birinchi premolyarning umumiy uzunligi- 22
mm, toj qismi uzunligi – 8-8,5 mm, ildiz uzunligi – 12-13mm, medio-distal kesimi
kengligi – 6,8 mm, vestibulo-tanglay kesimi – 7,6 mm.
Pastki ikkinchi kichik oziq tishi – birinchi premolyarga o‘xshash bo‘lgani
bilan, bir muncha farqalari bor. Bu tish birinchi premolyardan kattaroq, til
dumbog‘i xajmi xam katta, ikkita dumboqlari bo‘lishi mumkin. Bu xolatda
chaynov yuzasida 3 ta dumboq mavjud bo‘ladi (vestibulyar, oral medial va distal),
ularni ajratuvchi egat esa ancha chuqur. Tish toj qismida egrilik belgisi farqlanadi.
Odatda ikkinchi premolyar uzun bitta ildizga ega, ko‘ndalang kesimda bitta keng
va uzun kanal ko‘rinadi. Tish ildiz belgisi yaqqol ko‘rinadi. Pastki birinchi
premolyarning umumiy uzunligi- 23 mm, toj qismi uzunligi – 8,5 mm, ildiz
uzunligi – 13-17mm, medio-distal kesimi kengligi – 6,8 mm, vestibulo-tanglay
kesimi – 7,6 mm.
Kichik oziq tishlarning anomaliyalar.
Premolyar tishlar orasida eng kam uchraydigan anomaliyalar bu proksimal
premolyarda, distal premolyar tish esa eng o‘zgaruvchan tish xisoblanadi.. Asosan
qo‘yidagi anomaliyalarni ko‘rishimiz mumkin:
- premolyar tishlar adentiyasi xolati ko‘proq pastki ikkichi premolyarda
uchraydi;
- tish qatorini buzilishi – krauding, qoziq va ikkinchi premolyar tishlar
orasidagi tirqishlar, diastema.
- transpoziyasiya anomaliyasi - bunda proksimal premolyar va qoziq
tishlar joyi bilan almashinishi (tish ko‘rtagning noto‘g‘ri rivojlanishi
bilan bog‘liq).
Doimiy tishlarning chiqish tartibi va muddati
oimiy tishlar 6-7 yoshdan chiqa boshlaydi. Doimiy tishlardan birinchi bo‘lib -
birinchi katta oziq tishlar chiqadi. Bu tish: sut ikkinchi katta oziq tishining orqasiga
chiqadi. Sut kesuv va qoziq tishlarining o‘rniga - doimiy kesuv va qoziq tishlari
chiqadi. Doimiy kichik oziq tishlari esa sut katta oziq tishlarining o‘rniga chiqadi.
Birinchi katta oziq tishlar - 6-7 yoshlarda, medial kesuv tishlari - 8 yoshda, lateral
kesuv tishlari - 9 yoshda, birinchi kichik oziq tishlar - 10 yoshda, qoziq tishlar - 11-
13 yoshlarda, ikkinchi kichik oziq tishlar - 11-15 yoshlarda, ikkinchi katta oziq
tishlar - 13-16 yoshlarda, uchinchi katta oziq tishlar - 18-21 yoshlarda chiqadi.
Odatda qiz bolalarda doimiy tishlari oldin chiqishi kuzatiladi.
Joylashish tartibi
YOrib chiqish muddatlari
YUqori jag‘
Pastki jag‘
Markaziy kesuvchi tish
7-8 yoshda
6-7 yoshda
Lateral (yon) kesuvchi tish
8-9 yoshda
7-8 yoshda
Qoziq tish
11-12 yoshda
9-10 yoshda
Birinchi kichik oziq tish
10-11 yoshda
10-12 yoshda
Ikkinchi kichik oziq tish
10-12 yoshda
11-12 yoshda
Birinchi oziq tish
6-7 yoshda
6-7 yoshda
Ikkinchi oziq tish
11-13 yoshda
11-13 yoshda
Uchinchi oziq tish
17-21 yoshda
18-21 yoshda
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Baxadirov F.N. «Odam anatomiyasi». - 2005, 2006 yil. Toshkent.
2. Sapin M. R. Anatomiya cheloveka. - 1998.
3. Richard L.Drake, et alt. Gray`s Anatomy for students (third edition),
ELSEVIER 2014, 1161 p.
4. Anatomy of the Human Body. University of Washington. Seattle. 2004.
5. Xalkaro anatomik terminologiya eponimlar bilan. –Toshkent. 2011.
6. U. G‘ofurov.Tishlarning anatomiyasi.- o‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2015.