TOG' TUPROQLARI
REJA
1. Tog’li tuproqlar tarqalishi va maydoni.
2. Tuproq paydo bo’lish tabiiy sharoitlari
3. Tog’ tuproqlarining klassifikasiyasi, diagnostikasi va asosiy xossalari
4. Tog’-o’tloqi va tog’-o’tloqi-dasht tuproqlari
Kalit so’zlar: Tuproq, tog’ tuproqlari, zonallik, inversiya, migratsiya, ona
jins, dlyuvial, Qutbiy, Boreal, Subboreal va Subtropik.
Tog’li tuproqlar tarqalishi va maydoni. Tog‘li xududlar Yer sharida keng
tarqalgan bo‘lib, maydoni 30,65 mln. kv. km. yoki uning 21 foizini tashkil
etadi(V.G.Rozanov, 1977) . MDH hududida tog‘li tuproqlar 652,7 mln. ga. (29,6
foiz). Tog‘ tuproqlar maydonining ko‘p bo‘lishi, tog‘ tizmalarining mavjudligi bilan
bog‘liq. Bular jumlasiga Karpat, Qrim, Kavkaz tog‘lari, shuningdek, Sharqiy va
Janubiy Sibir, Uzoq Sharq va O‘rta Osiyo tog‘ sistemalari kiradi.
Tog‘ tuproqlarining shakllanishi va tarqalishi vertikal zonallik qonuniga
bo‘ysunadi. Vertikal zonallik deganda - joyning balandligi bo‘ylab iqlim va
o‘simliklarning o‘zgarishiga bog‘liq holda turli tuproqlarning bir-biri bilan
almashinib borishi tushuniladi.
Tog‘li o‘lkalardagi tuproq zonalari tekisliklardagi kabi mintaqalar bo‘ylab
joylashadi, ammo joyning balandligiga qarab tuproqlarning birin-ketin o‘zgarish
tartibi ancha boshqacharoqdir. Shuning uchun ham tuproqlarning vertikal zonalligi
gorizontal zonallikning oddiy tarzda tarqalishi bo‘lmasdan, balki o‘ziga xos
tuproqlarini tashkil etadi.
Tog‘li nohiyalarda tuproqlar nihoyatda murakkab tarqalgan va ba‘zan vertikal
zonalar tekisliklardagidek bo‘lsa-da, ular ba‘zan teskari yo‘nalishda "noto‘g‘ri"
joylashadi. Bu hodisaga tuproq zonasining inversiyasi deyiladi. Ko‘pincha bir
tuproq zonasi boshqasiga qiyalik ekspozisiyalariga qarab yoki tog‘ vodiylari bo‘ylab
kirib boradi. Bir tuproq zonasining boshqasiga ana shunday aralashib ketishi tuproq
zonasining migrasiyasi nomini olgan. Nihoyat qator tog‘li viloyatlardagi normal
zona qatorlaridan ayrim tuproq zonalarining mutlaqo tushib qolishi hodisasiga zona
interferensiyasi deb ataladi.
Tuproq paydo bo’lish tabiiy sharoitlari Tog‘li viloyatlrning tuproq paydo
bo‘lish tabiiy sharoitlari nihoyatda xilma-xilligi bilan farq qiladi.
I q l i m i tekislik hududlaridagidan o‘zini yil davomida haroratning pastligi,
yog‘inlar miqdorining ko‘pligi, havo nisbiy namligining va quyosh radiasiyasining
yuqori bo‘lishi bilan farq qiladi. Aniqlanganki, har 100 m balandlikka ko‘tarilgan
sayin havoning o‘rtacha harorati 0,50S ga pasayib, yog‘inlar miqdori (ma‘lum
balandlikkacha) ko‘payadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 800-1200 dan 1500 mm
va undan ko‘p bo‘ladi. Tog‘li nohiyalarning qishi uzoq bo‘lib, qor ko‘p yog‘adi, yozi
qisqa.
R ye l ye f i. Tog‘ o‘lkalarida relyef juda murakkab. Shu sababli tuproq qoplami
ham nihoyatda turli-tuman. Bu yerdagi relyef nurash mahsulotlarining taqsimlanishi
(tarqalishi) va tuproq hosil bo‘lish jarayonlariga juda katta ta‘sir etadi. Joyning
ekspozisiyasi, (kunga yoki soya tomondaligi) tuproqning suv va issiqlik rejimlariga
ta‘sir etadi. Nam va issiqlik rejimlaridagi farqlar o‘simlik va tuproq qoplamiga ham
ta‘sir qiladi.
T u p r o q p a y d o q i l u v ch i o n a j i n s l a r. Turli tarkibli va yoshdagi tog‘
jinslarining nurash mahsulotlari tuproqning ona jinslari hisoblanadi. Ayniqsa bo‘r
va uchlamchi davr (ohaktoshlar, qumtoshlar, slaneslar kabi) cho‘qindi jinslar va
shuningdek, magmatik jinslarning nurash maxsulotlari keng tarqalgan. Tog‘ oralig‘i
vodiylarida va cho‘kmalaridagi tub jinslar yuzasi to‘rtlamchi davrning turli qalinlik
va tarkibdagi skeletli yotqiziqlari bilan qoplangan. Tyanshan va Pomir tog‘ tizmalari
va boshqa joylardagi ona jinslar tarkibida suvda oson eruvchi tuzlar bo‘lganidan,
odatda tuproqlar sho‘rlangan.
O‘ s i m l i k l a r q o p l a m i. Atmosfera yog‘inlari miqdori va harorati rejimiga
qarab o‘simliklar qoplami ham o‘zgaradi va o‘ziga xos mintaqa hosil qiladi. Turli
balandlik va ekspozisiyalarda biogidrotermik sharoitlarning o‘zgarishi turlicha
tuproqlarning shakllanishiga olib keladi.
Murakkab tuzilishli, xilma-xil tog‘ tuproqlari orasida uning quyidagi asosiy
tiplari (MDH tuproqlarining umumiy maydoniga nisbatan foiz hisobida) ajratiladi:
tog‘ tundra tuprog‘i 7,6, tog‘ o‘tloqi tuproqlari 0,7, tog‘ o‘tloqi-dasht tuproqlari 0,5,
tog‘ podzolllashgan va muzloq-tayga tuproqlari 15,3, karbonatli tog‘-muzloq-tayga
tuproqlari 1,4, tog‘-chimli-subtropik tuproqlari 0,4, tog‘-sur-o‘rmon tuproqlari 0,7,
tog‘-chim karbonatli tuproqlar 0,1, tog‘-o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlari 0,9, tog‘-sariq
tuproqlar 0,1, tog‘ jigarrang tuproqlar 0,3, tog‘ qora tuproqlari 0,5, tog‘ kashtan
tuproqlari 0,6, tog‘ bo‘z tuproqlar 0,2, baland tog‘ cho‘l tuproqlari 0,2, tub tog‘
jinslari chiqib turadigan maydonlar 0,1.
Tog‘ tuproqlari asosan tog‘larning yonbag‘irlarida tarqalganligidan, tuproq
paydo bo‘lish jarayonlari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Yonbag‘irlardan
yog‘inlarning tez oqib ketishi sababli tuproqlar yuqori kserofit (quruq) xususiyatga
ega.
Tog’ tuproqlarining klassifikasiyasi, diagnostikasi va asosiy xossalari.
Tog‘ tuproqlarini klassifikasiyalash borasida ikki xil nuqtai nazar mavjud bo‘lib,
uning birinchisiga ko‘ra tog‘ tuproqlari tekisliklardagi o‘ziga o‘xshash tuproqlardan
farq qiladigan mustaqil tip sifatida qaraladi. Ikkinchi nuqtai nazarga asosan MDH
ning tekisliklarida uchramaydigan va tog‘lardagi o‘ziga xos orginal tog‘
tuproqlarinigina mustaqil tipga ajratiladi. Bularga tog‘-o‘tloqi, qora tuproqlarga
o‘xshash tog‘-o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht tuproqlari kiradi.
Boshqa tiplardagi tog‘ tuproqlari umumiy tarzda o‘zining tekisliklardagi
o‘xshashliklariga ega bo‘lganligidan, ular muayyan tuproq tiplari o‘rganilayotganda
qarab chiqiladi.
Relyef sharoitlariga qarab qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlariga
ko‘ra tog‘ tuproqlari 3 guruppaga bo‘linadi: 1. Qiyaligi 100 dan ortiq bo‘lgan
sharoitda shakllanadigan tog‘-qiyalik tuproqlari, bunda tuproq nomiga "Tog‘" so‘zi
qo‘shiladi (masalan, tog‘-podzol tuproqlar va boshqalar). Ulardan dehqonchilikda
foydalanish chegaralangan.
2. Tog‘li tekislik tuproqlari tog‘larning nisbatan tekislangan va qiyaligi 100 dan
kam bo‘lgan uchastkalarida tarqalgan va ko‘pincha dehqonchilikda foydalaniladi
(masalan, tog‘li tekisliklarning ishqorsizlangan qora tuproqlari).
3. Tog‘ oralig‘i tekislklari va tog‘ vodiylarining tuproqlari, qiyaligi 4-50 dan
oshmaydigan tekislik va yonbag‘irlarda (daryo terrasalari, delyuvial shleyflar va
boshqa joylarda) rivojlangan va bularga tog‘oraligi tekisliklarining ishqorsizlangan
qora tuproqlari kiradi. Bu tuproqlar dehqonchilikda keng foydalaniladi.
Tog’-o’tloqi va tog’-o’tloqi-dasht tuproqlari. Bu tuproqlar baland
tog‘lardagi tuproqlarning o‘ziga xos original tiplari hisoblanadi hamda atmosfera
yog‘inlari ko‘p yog‘adigan sharoitda alp va subalp tipiga kiradigan turli o‘tloq
o‘simliklar ta‘sirida, har xil ona jinslarda hosil bo‘ladi.
Tog‘-o‘tloqi tuproqlardagi chimlanish jarayoni va gumus to‘planish darajasi
o‘simliklar qoplami va ona jinslar xarakteri bilan belgilanadi (50-rasm). Karbonatli
jinslarda qalin va ko‘p gumusli tuproqlar rivojlanadi. Karbonatsiz jinslarda
shakllangan tog‘-o‘tloqi tuproqlarda gumus kamroq. Tuproq profilining yuzaga
kelishida joyning relyefi katta rol o‘ynaydi. Alp zonasi tog‘-o‘tloqi tuproqlari odatda
past tog‘lardagi o‘tloqlarning yuqori mintaqasini egallaydi. Subalp zonasining tog‘-
o‘tloqi tuproqlari esa baland bo‘lib o‘sadigan turli o‘simliklardan iborat tog‘
o‘tloqlarining pastki mintaqasida rivojlanadi.
Tog‘-o‘tloqi tuproqlari torfli chim gorizontining yaxshi ifodalanganligi,
qo‘ng‘ir (och qo‘ng‘irdan to‘q qo‘ng‘irgacha) tusi, ammo uncha qalin bo‘lmagan
(20-40 sm) gumusli gorizontining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Gumusli A1
gorizonti kamroq torflangan, kukunsimon donali yoki changsimon uvoqli
strukturaga ega, ko‘pincha temir oksidlari ta‘sirida zang tusli.
Subalp mintaqasining ayrim tog‘-o‘tloqi tuproqlarida gumusli gorizont ancha
qalin bo‘lib, 50 sm dan oshadi. Tog‘-o‘tloqi va o‘tloqi-dasht tuproqlarining profili
o‘zining skeletli bo‘lishi, karbonatlardan yuvilganligi bilan xarakterlanadi.
Tog‘-o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht tuproqlarida 8-20 foizgacha gumus bo‘ladi
va uning tarkibida gumin kislotasiga nisbatan fulvokislota ko‘proq. Azot miqdori
0,3 dan 1,2 foizgacha o‘zgarib turadi. Harakatchan fosfor va kaliy oz. Singdirilgan
kationlar orasida kalsiy va magniy bilan bir qatorda Kavkaz va boshqa tog‘lar
tuproqlarida vodorod va alyuminiy ham ko‘p bo‘ladi, natijada tuproqda kislotali
reaksiya vujudga keladi (pH 4,6-5,3). Ammo O‘rta Osiyo tog‘ sistemalaridagi tog‘-
o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht tuproqlari asoslar bilan to‘yinganligi sababli neytral
yoki ishqoriy reaksiya (pH 6,6-7,4) bo‘lishi bilan xarakterlanadi (105-jadval).
Tog‘-o‘tloqi tuproqlarda odatda podzollanish belgilari bo‘lmaydi. Bu tuproqlar
orasida tipik chimli tog‘-o‘tloqi, torfli va torf-gleyli tog‘-o‘tloqi tuproqlar ko‘proq
uchraydi.
Turli tuman t o g‘ - o‘ t l o q i - d a sh t tuproqlari orasida tog‘ -o‘tloq-dasht
qora tuproqlar alohida ahamiyatga ega.
Bu tuproqlar asosan karbonatli jinslar (ohaktoshlar, karbonatli slaneslar kabi)da
va subalp mintaqasining dashtlashgan o‘simliklari ostida rivojlanadi. Ularda chim
qatlam va gumusli gorizontining qalin va yaxshi rivojlanganligi (kukunsimon
strukturaning ko‘proq ifodalanganligi) xarakterli. Gumus 20 foizgacha va CgCa :
CfCa nisbati taxminan 1 ga barobar. Singdirish sig‘imi 100 g tuproqda 40-50
mg/ekv.
Tog‘-o‘tloqi-dasht
tuproqlari
tog‘-o‘tloqi
tuproqlardan
gumusli
gorizontining qalinroq bo‘lishi, torflanish darajasi, ishqorsizlanganligi va skeletligi
bilan ajralib turadi.
Vertikal
mintaqalarning
asosiy
qonuniyatlari
va
ayrim
tog’li
viloyatlarning tuproqlari. Vetikal mintaqalar bo‘yicha tuproqlarning tarqalishi
xarakteri tog‘ o‘lkalarining qaysi bioiqlim zonasida joylashuvi bilan belgilanadi.
Demak, har bir tog‘ sistemasinin tuproq qoplami, o‘zining rivojlanish qonuniyatlari
va xaraktrli beligilariga ega.
Odatda tog‘ tuproqlarining pastki mintaqasi o‘zi joylashgan zona tabiiy
sharoitiga qarab o‘zgarib boradi.
Turli tog‘ sistemalarida vertikal zonallik har xil va shuningdek, muayyan bir
tog‘ tizmasida uning yo‘nalishi haqida yonbag‘ir ekspozisiyasiga qarab, tuproq
zonasining joylashuvi farq qiladi. Ana shunday o‘zgarishlar, ayniqsa Bosh Kavkaz
tog‘ tizmalarida yaxshi ifodalangan. Tog‘ o‘lkalarining vertikal zonalligida
mintaqalarning Qutbiy, Boreal, Subboreal va Subtropik sinflari ajratiladi
(V.M.Fridland)
Nazorat savollari:
1. Tog’li tuproqlar tarqalishi va maydoni?
2. Tuproq paydo bo’lish tabiiy sharoitlarini izohlang?
3. Tog’ tuproqlarining klassifikasiyasi, diagnostikasi va asosiy xossalari
nimalarga bog’liq?
4. Tog’-o’tloqi va tog’-o’tloqi-dasht tuproqlari xossalari?
Tavsiya qilingan adabiyotlar.
1. Boboxo‘jayev I., Uzokov P.- “Tuproqshunoslik”. “Mehnat” T 1995.
2. Qo‘ziev R.K.- «Genetik tuproqshunoslik muammolari», T.1996
3. Гафурова Л.А ва бошқалар “Мелиоратив тупроқшунослик” –Т. 2002
4.Кауричев И.С. «Почвоведение», Москва «Высшая школа», 1989
5. Маxсудов X.М., Одилов А.А. Эрозияшунослик Т.1998 й.
6. Турсунов Л. - “Тупроқ физикаси”, “Меҳнат” нашриёти. Т.1988 .
7.И. Турапов, Х. Номозов Тупроқ бонитировкаси Т-2010
8.Белоусов М.А. «Физиологические основны корневого питания
хлопчатника», - Т.: «Фан», 1975.