To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: tana shakli; tana devori; nerv tizimi va sezgi organlari; harakatlanishi; oziqlanishi; ayiruv tizimi; ko‘payishi va rivojlanishi
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
202,8 KB
To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: tana shakli; tana devori;
nerv tizimi va sezgi organlari; harakatlanishi; oziqlanishi; ayiruv tizimi;
ko‘payishi va rivojlanishi. Parazit nematodalar va ularning odam, qishloq
xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklar uchun ahamiyati
REJA
1. To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: tana shakli; tana devori; nerv
tizimi va sezgi organlari.
2. To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: harakatlanishi; oziqlanishi;
ayiruv tizimi; ko‘payishi va rivojlanishi.
3. Parazit nematodalar va ularning odam, qishloq xo‘jalik hayvonlari va
o‘simliklar uchun ahamiyati
TO ‘G ARAK CHUVALCHANGLAR (NEM ATHELM INTHES) TIPI
To‘garak chuvalchanglar xilma-xil muhitda hayot kechiradigan 12 mingdan
ortiq turlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida tuproqda yoki suv havzalarida erkin
yashaydigan hamda odam, hay vonlar va o'simliklar tanasida parazitlik qiladigan
turlari bor. To'garak chuvalchanglar uchun xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: -
tanasi
ipsimon
yoki
duksimon,
bo
‘g
‘imlarga
bo
‘linmagan;
- tana bo‘shlig‘i birlamchi bo‘lib, tana suyuqligi bilan to‘lgan; - ko‘pchilik turlari
ayrim jinsli, jinsiy organlari soddatuzilgan;
- qon aylanish va nafas olish sistemasi bo‘lmaydi;
-ayirish sistemasi bo ‘lmaydi yoki shaklan o‘zgargan teri bezlaridan
iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan;
-hazm
qilish
sistemasida
orqa
ichak
va
anal
teshigi
rivojlangan;
-nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan;
To‘garak
chuvalchanglar
qorinkipriklilar,
nematodalar,
kinorinxlar,
qil
chuvalchanglar, og‘izaylangichlilar sinflariga bo‘linadi.
QORINKIPRIKLILAR (GASTROTRICHA) SINFI
Tanasining shakli chuvalchangsimon mayda, uzunligi 1-1,5 mm. Qorin tomoni
kipriklar bilan qoplanganligi ulami kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi.
Qorinkipriklilaming chuchuk suv va dengizlarda tarqalgan 160 ga yaqin turi ma’lum.
Tashqi tuzilishi. Qorinkipriklilar - sodda tuzilgan chuvalchanglar. (chuchuk suvda
yashovchi turlari tanasining oldingi qismi boshga o‘xshab tanadan biroz ajralib
turadi;
keyingi
qismi
esa
dumga
o‘xshash
ikkita
ayrini
liosil qiladi (64-rasm). Ayrisi uchiga yelim bezlarining yo‘li ochilgan. Tana
qoplag'ichining qorin vabosh qismida kipriklar bo‘ladi. Tanasining keyingi uchidagi
noksimon yelim bezlarining joylanishi va tuzilishi ham kiprikli chuvalchanglanikiga
o‘xshaydi. Qorinkipriklilaming silliq bo'ylama muskullari tana qoplag‘ichi ostida
yaxlit qavat hosil qilmasdan; to‘p-to‘p bo‘lib tanasi bo‘ylab joylashadi. Shuning
uchun
ulaming
teri-muskul
xaltasi
bo‘lmaydi.
Ichki
organlari
birlamchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan. Hazm qilish sistemasi to‘g‘ri nay shaklida,
tanasining oldingi qismiilagi og‘iz teshigidan boshlanib, keyingi tomonda anal
teshigi
bilan
tugaydi
Ichagi halqumdan, uzun o‘rta ichak va qisqa orqa ichakdan iborat. Halqum
teshigining qirrali bo'lishi va ichagining tuzilishi bilan qorinkipriklilar to‘garak
chuvalchanglarga o'xshab ketadi. Ozig‘i hujayra ichida hazm bo'ladi.
Ayirish sistemasi: bit jult buialgan piotonclricliylardan iborat. Har bir nefridiyning
uchidan faqat bittadan lipillovchi kiprikli hujayralari bo'ladi. Ayrim turlarida
protonefridiylar
bo’lmaydi.
Jinsiy sistemasi: germafrodit yoki ayrim jinsli. Jinsiy bezlari odatda
juft, ba’zan toq bo‘ladi. Jinsiy teshigi anal teshigi oldida joylashgan. Tuxumlari tana
ichida
urugianadi.
Nerv sistemasi: bir juft halqumusti gangliysi va ikkita yon nerv stvolidan iborat.
Tana qopIag‘ichi sirtidagi sezgir tukchalar tuyg‘u organlari, boshining ikki yonida
joylashgan kiprikli chuqurchalari esa xemoretseptorlar hisoblanadi.
Filogeniyasi:
Qorinkipriklilar
kiprikli
chuvalchanglar
bilan
to‘garak
chuvalchanglarni bog‘lovchi zveno bo‘lib hisoblanadi. Tanasining ayrim qismlarida
kiprikli epiteliyning bo‘lishi, ten bezlari, protonefridiy ayirish sistemasi va jinsiy
sistemasining tuzilishi ulami kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi. Kiprikli
epiteliyning
yo‘qola
borishi,
birlamchi
tana
bo‘shlig‘i, ayrim jinsli turlarining boiishi, ichagining tuzilishi ulami to‘garak
chuvalchanglarga yaqinligini ko‘rsatadi.
NEMATODALAR, YA’NI HAQIQIY TO‘GARAK CHUVALCHANGLAR
(NEMATODA) SINFI
Nematodalar turli xil muhitda yashashga moslashgan bir necha o‘n
ming turlami o‘z ichiga oladi. Ulami Yer yuzining deyarli barcha havzalarida va suv
tubidagi balchiqda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko‘p
hujayrali organizmlaming asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday
chirish
jarayoni
nematodalarning
ishtirokisiz
o‘tmaydi. Nematodalarning bir qancha turlari odam, hayvonlar va o'simliklarning
turli organlarida parazitlik qiladi. Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq
kutikula ularni har qanday zararli moddalar (a’siridan himoya qilib, xilma-xil muhit
sharoitida yashashga imkon beradi. Nematodalarning harakatlanish tarzi ham barcha
muhitga
to‘g‘ri
keladi.
Tashqi tuzilishi. Tanasi duksimon, y a’ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan,
ko‘ndalang kesimi to‘garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og‘iz teshigi, keyingi
uchiga yaqin joy da esa anal teshigi joy lashgan. Tanasining anal teshigidan keyingi
qismi
dumni
xosil
qiladi.
Tananing
anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari
ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi. Nematodalarning tanasi sirtdan
ko‘p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula nematoda tanasini mexanik ta’sirdan
va
zaharli
moddalardan
himoya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik
muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan
gipoderma birlamchi lichinka epiteliysi hujayralarining qo‘shilib ketishidan hosil
bo‘lgan sinsitiydan iborat. Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni
bo‘ylab 4 ta bo‘ylama chiziq o ‘tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda
to‘rtta valiklar (yo‘g ‘onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylashgan.
Gipoderma valiklari muskul qavatini to'rt bo'lakka bo'lib turadi. Orqa
va qorin muskullar nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan
nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi. Muskul hujayralari ancha uzun (ot
askaridasi muskullari uzunligi 0,5sm) bo ‘ladi. Kutikula, gipoderma va muskul
qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi Xaltabirlamchi tanabo‘shlig‘ini
o ‘rab turadi. Tana bo‘shlig‘i tayanch vazifasi bilan birga moddalar aylanish
jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo‘shlig‘i orqali moddalar ichakdan
muskullar va boshqa organlarga o‘tadi; moddalar almashuvining oxirgi maksulotlari
chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tana bo‘ shlig ‘i organizmning ichki
muhiti
vazifasini
ham
bajaradi.
Nematodalarda
kiprikli
hujayralar
bo‘lmaydi, hatto spermatozoidlariham xivchinsiz boladi.
Hazm qilish sistemasi. Nematodalarning og‘iz teshigi tanasining oldingi uchida
joylashgan; odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o‘simtalar-lablar bilan
o‘ralgan. Naysimon ichagining oldingi qismi og‘iz ho‘shlig‘i (stoma) va halqumga
bolinadi
Urg'ochi askaridaning ko‘ndalang
kesmasi.
1 - gipodermaning orqa valigi, 2 - muskul
hujayralarning
plazmatik
o'simtalari,
3 - muskul hujayralari, 4 - tuxumdonning
bo‘ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula,
7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi nayi, 9 - tuxumdon, 10 -
bachadon,
11 - tuxum yo‘li bo'yiga kesmasi, 12 - gipodermaning qorin valigi, 13 -
tuxumdon.
Ayrim yirtqich va ooparazitlar stomasidakutikulao'simtasidan iborat tishlar bo‘ladi.
O'simlik
parazitlari stomasi esa sanchib so‘ruvchi organ - stiletni hosil qiladi. Halqum
devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalarda
halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulhus hosil qiladi. Halqum tirqishi
uchburchak
shaklda,
uning
devori
xitia
lashgan. Halqum ektodermadan hosil bo‘ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o
‘rta ichakka o‘tadi. O‘rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan
iborat. Keyingi ichak kalta, murtak ektodermasidan hosil bo‘ladi. Ayrim
nematodalar
ichagi
turli
darajada
reduksiyaga
uchragan. Masalan, filyariya parazitining keyingi ichagi berk, anal teshigi bo’maydi.
Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchi nematodalar har xil mayda
organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki o‘simlik hujayralari shirasi,
ba’zanqon so‘rib oziqlanadi. O‘simlik parazitlari ozig‘i ichakdan tashqarida hazm
bo‘ladi. Stilet orqali o‘simlik to‘qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi.
Nematodalar
ana
shu
fermentlar
la’sirida chala hazm bo‘lgan oziqni stileti yordamida so‘rib oladi.
Ayirish sistemasi bo‘yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali teri (gipoderma)
bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o‘rniga ho'yin bezlarining
rivojlanishi kipriklami yo‘qolib ketishi bilan bog'liq. Bir qancha nematodalaming
bo‘yin
bezlari
yirik;
ularning ayirish yo‘li kalta bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarida bo‘yin
bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida
joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat.
askaridasining chiqarish nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali
moddalar almashinuvining suyuq mahsulotlari chiqariladi.
Erkin yashovchi nematodalaming tuzilish sxemasi.
A -u r g ‘ochisi. B-erkagi: 1 - og‘iz bo‘shlig‘i,
qizilo'ngach, 3 -bulbus, 4 - halqum oldi ncrv halqasi,
5- ayirish teshigi, 6 - o ‘rta ichak, 7 - tuxumdon,
« tuxumyo‘li,9-bachadon, 10-tuxumdondagituxum,
11 -- jinsiy teshik, 12 - keyingi ichak, 13 - anal teshigi,
14 urug‘don, 1 5 -urug‘ yo‘li, 16-urug‘ to'kish nayi,
17 spikulalar, 18 - bursa, 19 - bursa qovurg'alari.
Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan
organik moddalami playdigan fagotsitar hujayralar ham bo‘ladi. Bunday
“to‘plovchi buyraklar” gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot
askaridasida
bunday
valiklar
to‘rtta
bo'ladi.
Qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak bo‘shlig‘idagi va
ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar singari kislorod tanqis
bo‘lgan sharoitda hayot kechirishga moslashgan. Ular uchun asosiy energiya manbai
glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik kislotalar
(asosan, yog‘ va valerian kislotalari) hosil boiadi. Ana shu sababdan
nematodalaming tanabo‘shlig‘i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan
tushganda achishtiradi.
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi halqumni o‘rab turadigan nerv halqasi,
undan tana bo‘ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv stvollaridan
iborat. Ulardan gipodermaning orqa vayon valiklari bo‘ylab joylashgan ikkitasi
boshqalariga
nisbatan
kuchliroq
rivojlangan bo‘lib, asosiy stvollardeyiladi. Bu stvollar ko‘ndalang nervlar -
komissuralar orqali o‘zaro bog'langan. Tuproqda erkin yashaydigan yoki parazit
yashovchi
nematodalaming
sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg‘u organlari vazifasini papillalar
shaklidagi sezgi do‘mboqchalari yoki qillar bajaradi. Tuyg'u papillalari og‘iz
atrofida, erkak ematodalaming dum qismida ham joylashgan. Boshining ikki yonida
qadahsimon, spiralsimon botiq yoki tirqishga o'xshash amfidlar - kimyoviy sezgi
organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi
rivojlangan. Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog‘dan iborat oddiy ko‘zcha
ham boiadi.
Jinsiy sistemasi. Nematodalar odatda ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm yaxshi
rivojlangan. Jinsiy sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan uzun naychadan iborat.
Urg‘ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) boiadi. Urg‘ochisi jinsiy
sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum
yoli deyiladi. Tuxumdonda hosil bo’lgan tuxumlar tuxum yolida urug’lanadi va
xaltaga o‘xshash kengaygan bachadonga o‘tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy qinni
hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy
sistemasining ingichka uchki qismi urug'don deyiladi. Urug‘don birmuncha
yo‘g‘onlashib, urug‘ yo‘lini hosil qiladi. Urug‘ yo‘li kalta va keng nay - urug‘
pufagiga ochiladi. Lfryg1 pufagida urug‘ to‘planadi. Urug‘ pufagi bir muncha tor va
muskulli urug‘ to‘kilvchi nayga, urug‘ to'kuvchi nay orqa ichakning keyingi qismiga
ochiladi.
Kloaka
ichida
kutikulyar spikulalar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar
nematodalaming urug‘lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi.
Ko'pchilik nematodalar erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil
bo‘ladi. Bursa erkak nematodalami urg‘ochisi ustida ushlab turish vazifasini
bajaradi. Nematodalar urug‘ hujayrasining xivchinlari bo'lmaydi, urug‘ hujayrasi
kalta soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona
organizmidaurug‘lanadi. Ayrim turlari (rishta) tiriktug‘adi. Rivojlanishi. Ko‘pchilik
turlarining hayot siklida nasi almashinish kuzatilmaydi. Faqat ayrim vakillarida
(masalan, baqa o ‘pkasi paraziti (Rhabdias bufonis)da geterogoniya ko'zatiladi.
Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga
tushadi. Ayrim nematodalaming tuxumi oraliq xo‘jayinda rivojlanadi. Tuxum
hujayra to‘liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga
yetgan nematodaga o ‘xshash bo‘ladi. Lining bundan keyingi rivojlanishi
o‘zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi. Nematodalar tanasidagi hujayralar soni
doimiy bo‘lishi bilan boshqa chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning
jinsiy sistemasi markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda
yangi hujayralaming hosil bo‘lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki
davrlarida to‘xtaydi va shundan so‘ng hujayralar soni umr bo‘yi doimiy bo‘lib
qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va kolovratkalar uchun xos.
Parazit nematodalar eng muhim vakillarining ekologiyasi Nematodalar
tabiatda eng keng tarqalgan organizmlar bo‘lib, ular orasida tuproq va suv
xavzalarida erkin yashaydigan turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ko'pchilik erkin
yashovchi nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,8-1 mm); ayrim turlari 2-3
sm keladi. Nematodalar orasida 3000 dan ortiq turlari odam, hayvon va o‘simliklarda
parazitlik qiladi. Ko‘pchilik parazit nematodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan
yirik; ba’zan lm gacha, hatto 8 m ga (kashalotlar yo‘ldoshi paraziti Placentonema
gigantissima) yetadi. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) ning erkagi
urg'ochisidan katta farq qiladi. Erkagi urg‘ochisidan kaltaroq (15-25 sm), ancha
xipcha va dumi qorin tomonga spiral buralgan. Urg‘ochisining tanasi uzunroq (20-
40
cm)
va
yo‘g‘on
bo'ladi.
Odam askaridasi Yer yuzidagi deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim
mamlakatlar (masalan, Yaponiya) aholisining deyarli hammasi askarida bilan
zararlangan bo ‘ladi. Chunki bu mamlakatlarda odam axlatini organik o‘g‘it sifatida
sabzavot va poliz ekiladigan maydonlarga sepiladi. Odam ichagidan chiqqan
askarida tuxumlari nam muhitga tushib qolganida, bir oy davomida ulaming ichida
lichinkalar rivojlanadi. Bunday tuxumlar odamni zararlaydigan, ya’ni, invaziyali
deyiladi. Tuxumlar iflos suv, sabzavot va mevalar orqali odam ichagiga tushganida
ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar ichak devorini teshib qonga, qon orqali
o‘pka alveolalariga o‘tib oladi. Bu davrda ular alveolalar devorini yalligiantirib,
zotiljam
kasaliga o‘xshash yo‘tal paydo qiladi, ba’zan o'pkadan qon ketadi. Yo‘talganda
lichinkalar bronxlar vakekirdak orqali og'iz bo‘shlig‘iga, u yerdan so'lak bilan yana
oshqozon orqali ichakka boradi. Lichinkalar ana shunday murakkab migratsiyadan
so‘ng qayta ichakka tushib rivojlana boshlaydi. Askarida bilan zararlangan
kishilarning
qorni
og‘riydi,
ishtahasi
yo'qoladi; katar kasalligi paydo boladi. Askaridalar ichakda juda ko‘p bo‘lsa ichak
bo‘shlig‘ini bekitib qo‘yib, peritonitga olib keladi. Bolalar ichagidagi askarida
oshqozon va halqum orqali harakat qilib, og‘iz va burunga ko'tarilishi hatto u yerdan
nafas
yo‘llariga
o
‘tib,
bolani
bo‘g‘ib
qo‘yishi mumkin. Ichakdagi askaridalamî santonin va ichni suradigan boshqa dorilar
yordamida
haydaladi.
Bolalar gijjasi (Enterobius vermicularis) mayda -5-10 mm uzunlikdagi parazit.
Erkagi tanasining keyingi uchi spiral buralgan; urg‘ochisiniki bigizga o ‘xshash o
‘tkirlashgan. Gijja asosan bolalaming ingichka va yo‘g‘on ichagi bo‘shlig‘ida
yashaydi. Urg‘ochisi urug‘langandan so‘ng orqa ichakning keyingi qismiga tushadi.
Tuxumlami
orqa
chiqaruv
teshigi
atrofidagi terigaqo‘yadi. Tuxum ichida tez kunda lichinkalar rivojlanadi. Ana
shunday tuxumlar iflos qo‘l va oziq-ovqat bilan yana ichakka tushib qolganida
ulardan lichinkalar chiqadi. Bolalar gijjasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terini
qichitib,
kishini
juda
bezovta
qiladi.
Qilbosh chuvalchang - Trichocephalis îrichiurus uzunligi 35-50 mm, ko‘richakda,
ba’zan yo‘g‘on ichakda yashaydi. Tanasining oldingi ipga o‘xshash ingichkalashgan
qismi orqali ichak devorining shilimshiq qavatiga kirib oladi. Odam qilbosh
chuvalchang tuxumlari bilan ifloslangan suv va oziq-ovqatdan zararlanadi. Bu
chuvalchang ayrim mamlakatlarda (masalan, Italiyada) ancha keng tarqalgan, Lekin
odam sog'ligiga katta ziyon keltirmaydi.
O‘n ikki barmoqli ichak qiyshiqboshi yoki svaynik - Ancylostoma duodenale.
Mayda (10-18 mm), qizg‘ish chuvalchang, subtropik va tropik mamlakatlarda va
janubiy Yevropada tarqalgan. Parazit ta’sirida organizmda anemiya (kamqonlik)
paydo
bo‘ladi,
svaynikning
og‘iz
bo ‘shlig ‘ida xitin tishchalari bo ‘ladi. Ular yordamida parazit ichak devoriga
yopishib oladi va ichak epiteliysi bilan oziqlanadi. Tuxumlari axlat bilan zax joylarga
yoki suvga tushib qolganida ulardan bir sutka davomida lichinkalar chiqadi.
Lichinkalar
ikkimartatullagach,
invaziyali
bo‘lib
qoladi.
Vixina - Trishinejla spiralis hayotining bir qismini ichakda, qolgan qismini
muskullarda o'tkazadi. Trixina turli hayvonlar (yirtqichlar, juft tuyoqlilar,
hasharotxo ‘rlar, kemiruvchilar) ni zararlaydi. Voyaga yetgan trixina ingichka
ichakda y ashay di. Urg1 ochisi ichak bo‘shlig‘ida tirik lichinkalar tug'adi.
Lichinkalar
limfa,
so‘ngra
qon
tomirlari
orqali
tananing
har
xil
joylariga borib qoladi. Lichinkalar ko‘ndalang targ‘il muskul tolalariga o‘tib, 2
haftagacha oziqlanganidan so‘ng spiral buraladi va biriktiruvchi to'qimadan
iboratkapsulaga o‘raladi. Bir yildan so‘ng devoriga asta-sekin ohak modda
to‘planish tufayli kapsula oqish tusga kiradi. Odam va hayvonlar trixina kapsulasi
bo‘lgan go‘shtni yeb zararlanadi. Ichakda kapsuladan chiqqan lichinka juda tez o‘sa
boshlaydi; 3 kundan so‘ng voyaga yetadi. Urg‘ochi trixina urug‘langach, ichak
devoriga boshi bilan yopishib oladi. Trixina ikki oy yashab, 2000 gacha lichinka
tug‘adi. Shunday qilib, trixinaning hayot sikli faqat bitta organizmda o'tadi. Bu
organizm parazit uchun oraliq hamda asosiy xo‘jayin boiadi. Ba’zan organizmning
qarshiligi kamayganida parazitning rivojlanish sikli o‘zgaradi. Yangi tug‘ilgan
lichinkalar ichak vorsinkalaridan yana ichakka qaytib chiqib, voyaga yetadi. Bunday
hollarda ichakda parazitning soni keskin oshib ketadi. Odam trixinali go‘shtni
yeganda parazitni yuqtiradi. Odam trixina uchun yopiq xo'jayin hisoblanadi.
Cho'chqalar trixina bilan o‘lgan kalamushlarni yeb zararlanadi. Kalamushlar esa
boshqa zararlangan kalamushlami yeb zararlanadi. Trixinellyozning asosiy belgilari
trixina bilan zararlanishdan so‘ng bir necha kun o'tgach boshlanadi. Kasai odamning
harorati 40°C gacha ko‘tarilib, bosh va muskullarda og‘riq paydo bo‘ladi.
Trixinellyozga qarshi kurashda profilaktika qoidalariga rioya qilish, ya’ni
qushxonalarda so‘yilgan cho'chqalar go‘shtini yaxshi tekshiruvdan o'tkazish,
zararlangan go‘shtlami kuydirish zarur.
Rishta
-
Dracunculus
medinensis
tropik
va
subtropik
mamlakatlarda
tarqalgan.Tanasi ipga o‘xshash, uzunligi 32-100 sm. Rishta oyoq, ba’zan qo‘l terisi
ostidagi biriktiruvchi to‘qimada parazitlik qiladi. Oyoq yoki qo‘lning rishta bilan
zararlangan
joyi
terisida
ho‘l
yara
hosil
bo‘ladi.
Yaradan rishtaning bir uchi chiqib turadi. Tanasining qolgan qismi yara ostida
kalavaga o‘xshab o‘ralib yotadi. Rishta tirik lichinkalar tug‘ib ko'payadi. Rishta
bilan zararlangan odam oyog‘ini suvda yuvadigan boisa, lichinkalar suvga tushadi
va ulami sikloplar yutib yuboradi. Siklop tanasida lichinka biroz o‘sadi. Odam
lichinka
bilan
zararlangan
siklop
bo'lgan
suvni qaynatmasdan ichganida rishtani yuqtiradi. Odam tanasida lichinka bir yil
davomida voyaga yetadi. Rishta yirtqich hayvonlar oyog‘i terisi ostida ham
parazitiik qiladi. Aholini vodoprovodlar orqah ichimlik suv bilan ta’minlash va
boshqa ko'rilgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekistonda rishta aholi o‘rtasida
tugatilgan. Rishta bilan zararlanish yovvoyi hayvonlar o‘rtasida saqlanib qolgan.
Bankroft ipchasi - Wuchereria bancrofti subtropik va tropik mamlakatlarda
tarqalgan. Odamlarda elifantiaz — (fil kasalligi) paydo qiladi. Voyaga yetgan
parazit limfatik bezlar va tomirlarda yashaydi. Limfa yo‘li bekilib qolishi tufayli
limfa to‘xtab qolib, zararlangan joy juda yo‘g‘onlashib ketadi. Urg‘ochi nematoda
limfa
tomirlaridajuda
ko‘p
tirik
lichinkalar
tug‘adi.
“Kechki mikrofillariy” deb ataladigan lichinkalar kunduzi ichki organlarga o ‘tib
oladi; faqat kechasi periferik tomirlarda paydo bo‘ladi. Kechqumn yoki kechasi
pashshalar qon so ‘rganida lichinkalar pashshaning oshqozoniga va undan tana
bo‘shlig‘iga o‘tib olib, biroz o‘sadi va so‘ngra xartumi asosida to‘planadi. Pashshalar
qon
so‘rish
uchun
terini
teshganida
ular dastlab xartumdan teri ustiga chiqadi. So‘ngra o‘zlari faol harakat
qilib xo‘jayin tanasiga kiradi.
Bo‘rtma nematodalari (Meloidogyne) - o‘simliklaming yer ostki qismlari (ildizi,
tuganagi)parazitlari. O’simliklaming nematode zararlagan qismida har xil bo‘rtmalar
paydo bo'ladi. Bo‘itma nematodalarida jinsiy dimorfizm juda yaxshi rivojlangan;
voyaga yetgan erkagi ipsimon, uzunligi 1,5-2 mm bo‘lib, oziqlanmaydi, tuproqda
yashaydi. Urg‘ochilari noksimon shaklda, maxsus stileti yordamida o‘simIik
hujayralarini so'rib oziqlanadi. Urg'ochi nematoda maxsus tuxum xalta - ootekaga
yuztaga jaqin tuxum qo‘yadi. Tuxumdan lichinkalar tuproqqa chiqib, o'simlik
ildizini zararlaydi. Qulay iqlim sharoitidayil davomida nematodalaming bir
nechanasli rivojlanadi. O‘zbekiston va boshqa O‘rta Osiyo respublikalarida bo‘rtma
nematodalaming 5 turi ekinlarga ziyon keltiradi. Sabzavot va poliz ekinlariga janub
(M. incogniia) va araxis (M.arenaria) nematodalari katta ziyon yetkazadi. Janubiy
xududlarda g‘o‘za va boshqa ekinlarga g‘o‘za bo‘rtma nematodasi M.acrita katta
zarar yetkazadi. Bo'rtma nematodalari yengil tuproqli maydonlarda ekinlarga
ayniqsa, kata ziyon keltiradi, hosilning 40-60 % ini nobud qiladi. Zapaplanmaydigan
ekinlami almashlab ekishga joriy etish, insolyatsiya (tuproqni oftobda quritish),
zararlanmaydigan navlar ekish orqali va qisman kimyoviy preparatlar yordamida
bo‘rtma
nematodalariga
qarshi
kurash
olib
boriladi.
Bug‘doy nematodasi - Anguina tritici bug‘doy va ayrim boshoqli ekinlarga ziyon
keltiradi. Zararlangan bug‘doy boshoqlarida don o‘rniga nematodaning bo'rtiriasi
hosil bo'ladi. Bo'rtma ichida 15-17 minggacha anabioz holatidagi nematoda
lichinkalari bo'ladi. Quruq donlarda lichinkalar 20 yilgacha tirik saqlanishi mumkin.
Lichinkalar
don
bilan
nam
tuproqqa
tushganida suv shimib bo'kkan bo'rtmadan tuproqqa chiqadi va bug'doy maysalari
ildizi orqali bargqo'ltig'iga kirib oladi. Bug'doy boshoq chiqarayotganida gul
tugunchasiga o ‘tib oladi; ana shu joyda oziqlanib, voyaga yctadi vako‘payadi.
Urug‘langan urg‘ochi nematodalar 2500 gacha tuxum qo‘yadi, har bir tuxumdan
invaziyali lichinka chiqadi. Har bir donda 6- 8 urg‘ochi nematodalaming nasli
rivojlanadi. Nematodalar sinfi ikkita kenja sinfga bo‘linadi.
Nazorat savollari
1. To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: tana shakli; tana devori; nerv tizimi va
sezgi organlari qanday tuzilgan?
2. To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: harakatlanishi; oziqlanishi; ayiruv
tizimi; ko‘payishi va rivojlanishi haqida gapirib bering.
3. Parazit nematodalar va ularning odam, qishloq xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklar
uchun ahamiyatini tushuntirib bering.
Glossariy
1. Komissuralar- nerv stvollari va ularni birlashtirib turuvchi ko’ndalang belbog’.
2. Kutikula- parazitlik moslashish natijasida yuzaga kelgan teri qoplami.
3. Tegument- kipriksiz epiteliydan iborat tana qoplag’ichi.
4. Sporosista- so’rg’ichli chuvalchanglarning ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan
lichinka davri.
5.Geterogoniya- ayrim jinsli va germofrodit, ayrim jinsli va paileno-genetik
nasllarni almashlanib turishi.
Adabiyotlar
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190
б.
2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан
лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006.
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017