TO‘GARAK ISHLARINI REJALASHTIRISH

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

19,9 KB


 
 
 
 
 
 
TO‘GARAK ISHLARINI REJALASHTIRISH 
 
 
1.O‘quvchilar jamoasi va uning o‘quvchiga ta’siri 
2.Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari  
3.Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari  
 
   Shaxsni bolalar jamoasida shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining tarkibiy 
qismi. Bolalar jamoasi, ularning tuzilishi va belgilari. Bolalar jamoasini 
shakllantirish yo‘llari va vositalari. Jamoada bir maqsadga qaratilganlik, 
uyushqoqlik va ijtimoiy fikr uyg`otish uchun shart-sharoit yaratish. Jamoada barobar 
ta`sir ko‘rsatish tizimi. Jamoa ishini tashkil etishda “Kuch-birlikda” kabi 
hikmatlarga amal qilish. Bir maqsadga qaratilgan faoliyat-o‘qish, o‘yin, sport, 
mehnat, badiiy havaskorlik va boshqalarni tashkil etish. 
  Jamoadagi kelajakka umid bog`lash tizimi va an`analari. Faollar va ularning jamoa 
a`zolari bilan munosabati. Jamoada o‘zaro axloqiy munosabatlarni shakllantirishda 
o‘qituvchi, tarbiyachining tutgan o‘rni. 
Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak: 
- har bir o‘quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo‘llarini; 
- maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga 
qo‘yilgan Davlat standarti talablarini to‘garak a`zolarini o‘qitish va tarbiyalash 
sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish 
usullarini; 
-“Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g`risidagi Nizomni o‘rganishlari; 
- iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni 
tarbiyalash yo‘llarini; 
- o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo‘yicha 
ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini; 
TO‘GARAK ISHLARINI REJALASHTIRISH 1.O‘quvchilar jamoasi va uning o‘quvchiga ta’siri 2.Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari 3.Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari Shaxsni bolalar jamoasida shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining tarkibiy qismi. Bolalar jamoasi, ularning tuzilishi va belgilari. Bolalar jamoasini shakllantirish yo‘llari va vositalari. Jamoada bir maqsadga qaratilganlik, uyushqoqlik va ijtimoiy fikr uyg`otish uchun shart-sharoit yaratish. Jamoada barobar ta`sir ko‘rsatish tizimi. Jamoa ishini tashkil etishda “Kuch-birlikda” kabi hikmatlarga amal qilish. Bir maqsadga qaratilgan faoliyat-o‘qish, o‘yin, sport, mehnat, badiiy havaskorlik va boshqalarni tashkil etish. Jamoadagi kelajakka umid bog`lash tizimi va an`analari. Faollar va ularning jamoa a`zolari bilan munosabati. Jamoada o‘zaro axloqiy munosabatlarni shakllantirishda o‘qituvchi, tarbiyachining tutgan o‘rni. Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak: - har bir o‘quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo‘llarini; - maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga qo‘yilgan Davlat standarti talablarini to‘garak a`zolarini o‘qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish usullarini; -“Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g`risidagi Nizomni o‘rganishlari; - iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash yo‘llarini; - o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo‘yicha ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;  
 
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama 
qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo‘g`irchoq tayyorlash kasbi turlari 
haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari; 
- o‘quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni; 
- iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo‘llarini. 
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tavsiyalar 
Bugungi kunda bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g`ri tashkil etishda maktabdan va 
sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari 
ta’limni tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-
yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g`risidagi Nizomi asosiy 
hujjat hisoblanadi. Bo‘lajak to‘garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot 
va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Bu borada 
kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga 
e’tibor berilishi kerak. 
- Mutaxassislik fanlarini o‘rgatishda egallanayotgan bilim ko‘nikmalar davlat ta’limi 
standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo‘lishi kerak. 
- Mutaxassislik kasbi bo‘yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya 
taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak. 
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va 
boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak. 
- Fan bo‘yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o‘qituvchi o‘quvchilarga axborot 
va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgatishi va bunday 
mashg`ulotlarda o‘quvchi asosiy figura bo‘lishiga erishishi kerak. 
-Xonada o‘qituvchilar va o‘quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, 
internet tarmog`idan olingan manbalar to‘plami bo‘lishi kerak. Har bir darsda 
o‘qituvchi ulardan foydalanishi kerak. 
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo‘yicha tayyorlangan 
mashg`ulot ishlanmalari, ko‘rgazmalar namunalari bo‘lishl kerak. 
 
 
 
 
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo‘g`irchoq tayyorlash kasbi turlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari; - o‘quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni; - iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo‘llarini. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tavsiyalar Bugungi kunda bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g`ri tashkil etishda maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011- yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo‘lajak to‘garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak. - Mutaxassislik fanlarini o‘rgatishda egallanayotgan bilim ko‘nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo‘lishi kerak. - Mutaxassislik kasbi bo‘yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak. - Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak. - Fan bo‘yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o‘qituvchi o‘quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o‘quvchi asosiy figura bo‘lishiga erishishi kerak. -Xonada o‘qituvchilar va o‘quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to‘plami bo‘lishi kerak. Har bir darsda o‘qituvchi ulardan foydalanishi kerak. - Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo‘yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko‘rgazmalar namunalari bo‘lishl kerak.  
 
Ta`lim muassasalarida to‘garaklar faoliyatini tashkil etish to‘g`risida 
NIZOM 
1. Umumiy qoidalar 
1.Ta`lim muassasalarida umumta`lim va maxsus fanlar, hamda badiiy havaskorlik 
to‘garaklari, sport seksiyalari va to‘garaklari (keyingi o‘rinlarda “to‘garaklar” deb 
yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Kostitututsiyasi,Qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prizidenti Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror-lari, Ta`lim 
vazirligi qaror va buyruqlari hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi va faoliyat 
yuritadi. 
2. To‘garaklar uzluksiz ta`lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarning 
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga , ularning umumta`lim fanlariga , kasb-
hunarga , ommaviy sport va jismoniy sog`lomlashtirish tadbirlariga , badiiy 
havaskorlik, estetik talablarini qondirishga qaratilgandir. 
3. To‘garaklar qiziqishlari bir xil bo‘lgan bir guruh o‘quvchilarning ma`lum bir fan 
yoki kasb bo‘yicha, o‘qituvchi va kasbiy ta`lim ustalari yordamida bilim va 
mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi. 
4.Ta`lim muassasalarida to‘garaklarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, 
o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning 
o‘tkazish ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli , olingan nazariy bilimlarni 
mustahkamlash va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, kasbiy mahoratlarini 
oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha 
mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan iboratdir. 
5.To‘garaklar turini tanlash va qatnashish o‘quvchilar uchun ixtiyoriy bo‘lib, uning 
to‘garaklarga ishtirok etishi xaqidagi og`zaki bildirishi yetarlidir. 
6.To‘garaklar mazmunan o‘quvchilarning qiziqish vaimkoniyatlarini xisobga olgan 
xolda tashkil etiladi, ularga majburiy topshiriqlar berilmaydi. 
7.To‘garaklar o‘quv yili davomida faoliyat ko‘rsatadi. 
8.To‘garak mashg`ulotlarinng jadvali o‘quvchilarning jamoat ishlarida ishtirok 
etishi va dam olishlarini hisobga olgan holda, ularning yoshi, fiziologiyasining 
o‘ziga 
xosligi, 
sanitariya-gigiyena 
normalari 
hisobga 
olinib, 
pedagogik 
xodimlarning taqdimnomasi asosida tuziladi. 
Ta`lim muassasalarida to‘garaklar faoliyatini tashkil etish to‘g`risida NIZOM 1. Umumiy qoidalar 1.Ta`lim muassasalarida umumta`lim va maxsus fanlar, hamda badiiy havaskorlik to‘garaklari, sport seksiyalari va to‘garaklari (keyingi o‘rinlarda “to‘garaklar” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Kostitututsiyasi,Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror-lari, Ta`lim vazirligi qaror va buyruqlari hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi va faoliyat yuritadi. 2. To‘garaklar uzluksiz ta`lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga , ularning umumta`lim fanlariga , kasb- hunarga , ommaviy sport va jismoniy sog`lomlashtirish tadbirlariga , badiiy havaskorlik, estetik talablarini qondirishga qaratilgandir. 3. To‘garaklar qiziqishlari bir xil bo‘lgan bir guruh o‘quvchilarning ma`lum bir fan yoki kasb bo‘yicha, o‘qituvchi va kasbiy ta`lim ustalari yordamida bilim va mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi. 4.Ta`lim muassasalarida to‘garaklarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning o‘tkazish ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli , olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan iboratdir. 5.To‘garaklar turini tanlash va qatnashish o‘quvchilar uchun ixtiyoriy bo‘lib, uning to‘garaklarga ishtirok etishi xaqidagi og`zaki bildirishi yetarlidir. 6.To‘garaklar mazmunan o‘quvchilarning qiziqish vaimkoniyatlarini xisobga olgan xolda tashkil etiladi, ularga majburiy topshiriqlar berilmaydi. 7.To‘garaklar o‘quv yili davomida faoliyat ko‘rsatadi. 8.To‘garak mashg`ulotlarinng jadvali o‘quvchilarning jamoat ishlarida ishtirok etishi va dam olishlarini hisobga olgan holda, ularning yoshi, fiziologiyasining o‘ziga xosligi, sanitariya-gigiyena normalari hisobga olinib, pedagogik xodimlarning taqdimnomasi asosida tuziladi.  
 
9.O‘quvchilarni to‘garak ishlariga keng jalb qilish va qiziqtirish maqsadida ta`lim 
muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to‘garaklarga qatnashuvchi 
o‘quvchilar o‘rtasida tanlovlar tashkil qilinadi. 
10.To‘garaklar mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda buyurtmachi korxona, 
tashkilot va muassasalar hamda o‘quvchilar ota-onalar hisobidan ta`lim olayotgan 
yo‘nalishlariga turdosh yo‘nalishlaridan chuqur bilim va ko‘nikma berish maqsadida 
ham tashkil etilishi mumkin. 
II.To‘garak a`zolarinnig huquq va burchlari 
11.To‘garak a`zolari quyidagi huquqlarga ega: 
a) qiziqishlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar turini tanlash va ishtirok 
etish; 
b) ta`lim muassasasi o‘quv-texnologik jihozlari, axborot-resurs markazi jamg`armasi 
va jihozlaridan foydalanish; 
v) to‘garak faoliyatini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini ta`lim muassasasi 
rahbariyatiga og`zaki yoki yozma bildirish. 
12.To‘garak a`zolarinng burchlari: 
a) tuzilgan jadval asosida to‘garak ishida qatnashish, to‘garak mashg`ulotlarini 
sababsiz qoldirmaslik; 
b) ta`lim muassasasi o‘quvchilari orasida to‘garak , uning mohiyati va afzalliklari 
to‘g`risida tushuntirish ishlarini olib borish; 
v) kasbiy va nazariy bilimlarini muntazam oshirib borish; 
g) konkurs va tanlovlarda ishtirok etish; 
d) to‘garak mashg`ulotlari uchun zarur bo‘lgan barcha darslik, o‘quv qo‘llanma va 
daftarlarni olib kelish; 
e) texnika xavfsizligi va sanitariya gigiena me`yorlariga rioya qilish. 
III.To‘garak ishini tashkil etish va rahbarlik qilish 
13.Ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to‘garaklar 
tashkil etiladi. 
14.Ta`lim muassasalarida tashkil qilingan to‘garaklar ishini nazorat qilish ta`lim 
muassasasi direktorining ma`naviy – ma`rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga 
yuklatiladi. 
9.O‘quvchilarni to‘garak ishlariga keng jalb qilish va qiziqtirish maqsadida ta`lim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to‘garaklarga qatnashuvchi o‘quvchilar o‘rtasida tanlovlar tashkil qilinadi. 10.To‘garaklar mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda buyurtmachi korxona, tashkilot va muassasalar hamda o‘quvchilar ota-onalar hisobidan ta`lim olayotgan yo‘nalishlariga turdosh yo‘nalishlaridan chuqur bilim va ko‘nikma berish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. II.To‘garak a`zolarinnig huquq va burchlari 11.To‘garak a`zolari quyidagi huquqlarga ega: a) qiziqishlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar turini tanlash va ishtirok etish; b) ta`lim muassasasi o‘quv-texnologik jihozlari, axborot-resurs markazi jamg`armasi va jihozlaridan foydalanish; v) to‘garak faoliyatini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini ta`lim muassasasi rahbariyatiga og`zaki yoki yozma bildirish. 12.To‘garak a`zolarinng burchlari: a) tuzilgan jadval asosida to‘garak ishida qatnashish, to‘garak mashg`ulotlarini sababsiz qoldirmaslik; b) ta`lim muassasasi o‘quvchilari orasida to‘garak , uning mohiyati va afzalliklari to‘g`risida tushuntirish ishlarini olib borish; v) kasbiy va nazariy bilimlarini muntazam oshirib borish; g) konkurs va tanlovlarda ishtirok etish; d) to‘garak mashg`ulotlari uchun zarur bo‘lgan barcha darslik, o‘quv qo‘llanma va daftarlarni olib kelish; e) texnika xavfsizligi va sanitariya gigiena me`yorlariga rioya qilish. III.To‘garak ishini tashkil etish va rahbarlik qilish 13.Ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to‘garaklar tashkil etiladi. 14.Ta`lim muassasalarida tashkil qilingan to‘garaklar ishini nazorat qilish ta`lim muassasasi direktorining ma`naviy – ma`rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklatiladi.  
 
15.Ta`lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog yoki ishlab chiqarish 
ta`limi ustasi ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida fan to‘garagini tashkil etadi. 
16. Har bir to‘garakdagi o‘quvchilar soni 5 nafardan kam bo‘lmasligi kerak. 
17.To‘garak yonalishini o‘ziga xosligiga ko‘ra (cholg`u ansambli , xor, raqs, sport 
turlari va boshqalar) chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud bo‘lganda , 
alohida iste`dodga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borilishi 
mumkin. 
18.To‘garak rahbarlari ta`lim muassasasining asosiy shtatidagi o‘qituvchilar 
tarkibidan ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida ta`lim muassasasi direktori 
buyrug` bilan tayinlanadi. 
19.To‘garak rahbari to‘garak ishiga javobgar shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyati 
yuzasidan ilmiy-pedagogik kengashga hisobot berib boradi. 
20.To‘garak rahbari zimmasiga: 
a)o‘z bilimi , ma`naviy-axloqiy fazilatlari va kiyinish odobi bilan o‘quvchilarga 
o‘rnak bo‘lishi; 
b) to‘garak obro‘si, ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik 
ko‘rsatish; 
v) o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ota-onalar hamdama`naviy , 
tarixiy, milliy, va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash; 
g) iqtidorli o‘quvchlarni izlab topish va ularni to‘garaklarga jalb qilish ; 
d) fanlardan o‘zlashtirish darajasi nisbatan past bo‘lgan o‘quvchilarni mazmunan shu 
fanlarga mos bo‘lgan to‘garaklarga jalb qilish; 
e) to‘garak o‘tkaziladigan o‘quv xonasini to‘garak yo‘nalishiga mos ravishda 
to‘garaklarga jalb qilish; 
j) to‘garak a`zolari orasidan qobiliyatli o‘quvchilarni taqdirlash va rag`batlantirish 
to‘g`risida ilmiy-pedagogik kengashga taklif kiritish; 
i) bajarilgan ishlar bo‘yicha yarim yillik va bir yillik hisobotlarini tayyorlash; 
l) to‘garak ishini havsizlik texnikasi qoidalari va sanitari-gigiyna meyorlari asosida 
tashkil qilish vazifalari yuklatiladi. 
21.To‘garak rahbarlarida quyidagi meyoriy-xuquqiy xujjatlar bo‘lishi lozim: 
a)Ta`limi muassasalarida to‘garaklarni tashkil qilish nizomi; 
b)Ta`limi muassasalarida to‘garaklarni tashkil etish tartibi; 
15.Ta`lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog yoki ishlab chiqarish ta`limi ustasi ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida fan to‘garagini tashkil etadi. 16. Har bir to‘garakdagi o‘quvchilar soni 5 nafardan kam bo‘lmasligi kerak. 17.To‘garak yonalishini o‘ziga xosligiga ko‘ra (cholg`u ansambli , xor, raqs, sport turlari va boshqalar) chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud bo‘lganda , alohida iste`dodga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borilishi mumkin. 18.To‘garak rahbarlari ta`lim muassasasining asosiy shtatidagi o‘qituvchilar tarkibidan ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida ta`lim muassasasi direktori buyrug` bilan tayinlanadi. 19.To‘garak rahbari to‘garak ishiga javobgar shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyati yuzasidan ilmiy-pedagogik kengashga hisobot berib boradi. 20.To‘garak rahbari zimmasiga: a)o‘z bilimi , ma`naviy-axloqiy fazilatlari va kiyinish odobi bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi; b) to‘garak obro‘si, ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatish; v) o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ota-onalar hamdama`naviy , tarixiy, milliy, va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash; g) iqtidorli o‘quvchlarni izlab topish va ularni to‘garaklarga jalb qilish ; d) fanlardan o‘zlashtirish darajasi nisbatan past bo‘lgan o‘quvchilarni mazmunan shu fanlarga mos bo‘lgan to‘garaklarga jalb qilish; e) to‘garak o‘tkaziladigan o‘quv xonasini to‘garak yo‘nalishiga mos ravishda to‘garaklarga jalb qilish; j) to‘garak a`zolari orasidan qobiliyatli o‘quvchilarni taqdirlash va rag`batlantirish to‘g`risida ilmiy-pedagogik kengashga taklif kiritish; i) bajarilgan ishlar bo‘yicha yarim yillik va bir yillik hisobotlarini tayyorlash; l) to‘garak ishini havsizlik texnikasi qoidalari va sanitari-gigiyna meyorlari asosida tashkil qilish vazifalari yuklatiladi. 21.To‘garak rahbarlarida quyidagi meyoriy-xuquqiy xujjatlar bo‘lishi lozim: a)Ta`limi muassasalarida to‘garaklarni tashkil qilish nizomi; b)Ta`limi muassasalarida to‘garaklarni tashkil etish tartibi;  
 
v)to‘garak dasturini tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar; 
g)ilmiy-pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan to‘garakning yillik ish rejasi; 
d)o‘quvchilar davomatini qayd qilish jurnali; 
e)to‘garak ish jadvali; 
j)to‘garakka qatnashuvchi o‘quvchilarning ro‘yxati. 
IV.To‘garaklar faoliyatini moliyalashtirish 
22.To‘garakni tashkil qilish va uni yuritish bilan bog`liq bo‘lgan xarajatlar 
o‘rnatilgan tartibda ta`lim muasasi tomonidan amalga oshiriladi. 
23.Korxonalar va tashkilotlar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning to‘garak tashkil 
qilish va uni moliyalashtirish to‘g`risidagi takliflari amaldagi qonunchilik asosida 
xal qilinadi. 
ADABIYOTLAR 
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda 
matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011. 
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish 
metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 - yil. 
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ 
darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 - yil. 
4. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich matematika darslarida tarixiy materiallardan 
foydalanish. Toshkent. “Uzkomtzentr” 2003- yil 
 
v)to‘garak dasturini tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar; g)ilmiy-pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan to‘garakning yillik ish rejasi; d)o‘quvchilar davomatini qayd qilish jurnali; e)to‘garak ish jadvali; j)to‘garakka qatnashuvchi o‘quvchilarning ro‘yxati. IV.To‘garaklar faoliyatini moliyalashtirish 22.To‘garakni tashkil qilish va uni yuritish bilan bog`liq bo‘lgan xarajatlar o‘rnatilgan tartibda ta`lim muasasi tomonidan amalga oshiriladi. 23.Korxonalar va tashkilotlar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning to‘garak tashkil qilish va uni moliyalashtirish to‘g`risidagi takliflari amaldagi qonunchilik asosida xal qilinadi. ADABIYOTLAR 1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011. 2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 - yil. 3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 - yil. 4. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish. Toshkent. “Uzkomtzentr” 2003- yil