To‘la o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar
Reja
1. Qattiq qanotlilar yoki qo‘ng‘izlar turkumi
2. To‘rqanotlilar turkumi
3. Buloqchillar turkumi.
Qattiqqanotlilar yoki qo‘ng‘izlar turkumi 250 minga yaqin turi ma’lum. Birinchi
juft qanotlari qattiq, qalqonga aylangan, tinch xolatda orqa tomonga yopishib turadi.
Ularning ostida buklangan ikkinchi juft parda qanotlari joylashadi. Qo‘ng‘izlar juda
xilma xil, kattaligi 0,3-1 mm (masalan pat qanotlilar) dan 10-15 sm gacha. (56 rasm
va 7-8-9 tablitsa). Ko‘pchilik qo‘ng‘izlar yil davomida 2-3 ta bo‘g‘im beradi.
Ko‘pchilik ko‘ng‘izlar voyaga etgan hasharot, g‘umbak ba’zilari lichinkalik
bosqichida qishlaydi. Qattiqqanotlilar ichida yirtqich, o‘simlikxo‘r, saprofag,
nekrofag quruqlikda, tuproqda, suvda yashovchi formalari bor. Bu turkum 100 dan
ortiq oilalarga bo‘linadi. Ular ikkita kenja turkumga go‘shtxo‘rlar va turli xo‘rlarga
bo‘linadi.
Go‘shtxo‘rlar kenja turkumi. Bularning orqa oyoq toschalari uzun, mo‘ylovlari
3-5 bo‘g‘imli, qo‘ng‘iz va lichinkalari yirtqichli bilan oziqlanadi.
Vizzildoq qo‘ng‘izlar oilasi 20 mingdan ortiq turi bor. Tashqi ko‘rinishi qora,
metal rangida tovlanadi. Qarabuslar avlodiga kiruvchilari yirik 5 sm gacha. Ular
kapalak qurtlari bilan oziqlanadi.
Suvsuzarlar oilasi. Tanasi silliq, suzuvchi tipda, nafas olish teshikchalari ust
qanotlari ostiga o‘rgashgan. Qo‘ng‘iz lichinkalari suvdagi umurtqaiz hayvonlar bilan
oziqlanadi.
Turlixo‘rlar kenja turkumi. Bularning orqa oyoq toschalari qorinchasining
birinchi sterniti chetiga etib bormaydi va xarakatchan o‘rgashgan. Orqa qanotlari
tomirlangan. Malpigiy naychalari turli xilda. Bir necha oilalarga bo‘linadi.
O‘likxo‘rlar oilasi. Mo‘ylovlari to‘g‘nag‘ichsimon, etuk formalari va lichinkalari
umurtqasiz hayvonlarni o‘liklari bilan oziqlanadi va ularga tuxum qo‘yadi.
Patqanotlilar oilasi. Juda mayda, tanasining uzunligi 0,25 -2 mm, quruq go‘ngda,
o‘simlik qoldiqlari ostida, hasharotlar inlarida uchraydi.
YAproqchasimon mo‘ylovlilar oilasi. Ularning
mo‘ylovlari
yaproqchalar
shaklida. 20 minga yaqin turi ma’lum. Dasht erlarda go‘nglarni shar shakliga
aylantirish yumalatib yuruvchi muqaddas skarobey va boshqa go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar
kiradi (58 rasm).
Qirsildoq qo‘ng‘izlar. Tanasi cho‘ziq, oldingi ko‘kragi gavdaning bosh qismlari
bilan xarakatchan o‘rnashgan. Oyoqlari qisqa, lichinkalari tuproqda yashaydi,
o‘simlik ildizlarini kemirib zarar keltiradi. (59 rasm).
Tilla qo‘ng‘izlar. Tanasi yoysimon, metalsimon rangda yaltiroq lichinkalari
oyoqsiz, lichinkalar daraxtning yog‘och qismlarida yo‘l solib yashaydi. O‘rmon
daraxtlariga zarar keltiradi (60 rasm).
Terixo‘rlar oilasi. Tanasi mayda, mo‘ylovlari qisqa to‘g‘nag‘ichsimon, oyoqlari
qalta, lichinkasining tanasi tuklar bilan qoplangan. Hayvon mahsulotlari, mo‘yna,
teri, pilla, pishloqlar bilan oziqlanadi. Ba’zi yirtqich vakillarining lichinkalari qush
uyalarida, o‘simlikda, sut emizuvchilar inlarida, daraxt po‘stloqlari ostida uchraydi.
Masalan chipor terixo‘r, ipak qurti pillasiga zarar keltiradi.
Tugmacha qo‘ng‘izlar yoki koksinellidlar oilasi. Ularning ko‘pchiligi yirtqich,
tanasi turli rangda, shakli tugmacha shaklda, lichinkalari serxarakat, lichinkalari
o‘simlik bitlari shiralar, koksidlar va o‘rgimchakkanalar bilan oziqlanadi. Bitta
lichinka bir kunda 30-50 tagacha shirani eyishi mumkin. Ular qishloq xo‘jalik
zararkunandalarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Malalan 7 nuqtali
tugmacha qo‘ng‘iz (59-60 rasm).
Malxamchilar oilasi. Teri qoplagichi va ust qanotlari yumshoq, bazi turlari
rangli, tuxumdan kichkina lichinka chiqadi, u chigirtka ko‘zachasiga kiradi yoki
gullarga chiqib, asalariga ilashib, uning iniga kirib oladi. Lichinka u erda tulaydi va
qurtsimon lichinkaga aylanadi. CHigirtkalarning tuxumlari yoki asalarilarning
ozuqasi bilan oziqlanadi. Bu tur qo‘ng‘izlar chigirtka va asalarilarning paraziti
xisoblanadi.
Qoratanli qo‘ng‘zlar oilasi. Tanasi qattiq qoplagich bilan qoplangan, rangi qora,
oldingi elkasining chetlari, uchli ingichkalashgan. 15 mingdan ortiq turi bor. CHo‘l
va saxro zonalarida tarqalgan. Bularga vakil sassiq qora qo‘ng‘iz, keng ko‘krakli
qora qo‘ng‘iz va boshqalar.
YOg‘och kemiruvchilar yoki uzunmo‘ylovlilar oilasi. Ularning mo‘ylovlari
uzunligi bilan boshqa ko‘ng‘izlardan farq qiladi. Qo‘ng‘izlarning tanasi cho‘ziq,
lichinkalari yo‘g‘on, tanasi yumshoq. 17 mingdan ortiq turi ma’lum. Rossiyada 850
tacha turi uchraydi. Lichinkalar daraxtlar poyasida va shoxlarida kovak yasab katta
zarar keltiradi. Ba’zi turlari binolarni yog‘och qismini shikastlaydi. Ularga vakil
kungaboqar uzunmo‘ylovli qo‘ng‘izi, ukraina dub uzunmo‘ylov qo‘ng‘izi kiradi.
Bargxo‘rlar oilasi. Tanasi qisqa, metalsimon yaltiroq rangda, lichinklari
g‘o‘lasimon, ko‘krak oyoqlari taraqqiy etgan, o‘simlik barglarida yashaydi va shu
erda g‘umbakka aylanadi. Voyaga etgan qo‘ng‘iz va lichinkalari barg bilan
oziqlanadi. Lichinkalari bargning tomirlari epidermisiga tegmasdan parenximasini
pastki tomondan kemiradi va bargni g‘alvirlashtiradi. Masalan kolorado qo‘ng‘izi.
Terak va tol daraxtlarida qizilqanot bargxo‘r qo‘ng‘izi yashaydi. (58 rasm).
Donxo‘rlar oilasi . Boshi cho‘ziqroq, ust qanotlari qisqargan, qo‘ng‘izlari kichik,
lichinkalari taqasimon, lichinka g‘umbaklari guli o‘simliklar (dukkakliklar) urug‘lari
ichida taraqqiy etadi.
Uzunburunlilar yoki filcha qo‘ng‘izlar oilasi. Qo‘ng‘izning bosh qismi oldinga
yo‘nalgan, xartumchasimon, mo‘ylovlari tirsakli, lichinkasi seret taqasimon
qayrilgan, oyoqsiz oqish rangda, xartumchasining tuzilishiga qarab uzun
xartumchalilar va kalta xartumchalilarga bo‘linadi. Birinchisiga olma gulxo‘ri, beda
barg filchasi, lavlagi filchasi, ombor uzunburun qo‘ng‘izi kiradi. Qisqa
xartumchalilarga to‘garak uzunburun qo‘ng‘izlar kiradi. Uzunburun qo‘ng‘izlarning
40 mingga yaqin turi ma’lum (61 rasm).
Po‘stloqxo‘rlar oilasi. Bular uzunburunlarga o‘xshash, tanasi silindrsimon,
mo‘ylovlari to‘g‘nag‘ichli, lichinkalari oyoqsiz (60 rasm). Daraxt po‘stloqlari ostida
yog‘ochlik qismida ariqchalar yasaydi va ular ichida rivojlanadi. Qo‘ng‘izlar tuxum
qo‘yish uchun po‘stloqda chuqurcha yasaydi va u erga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan
chiqqan lichinkalari o‘ziga yo‘l ochadi. Lichinka yo‘llari g‘umbak beshikchasi bilan
tugaydi. Po‘stloqxo‘rlar daraxtlarga zarar keltiradi.