TOLALI EKINLAR

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

27,8 KB


 
 
 
 
 
 
TOLALI EKINLAR 
 
 
 
Reja. 
1. Tolali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot.  
2. G‘o‘zaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, 
ekish muddatlari usullari va meyori. 
3. Zig‘irning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, 
ekish muddatlari usullari va meyori.  
4. Nashaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, 
ekish muddatlari usullari va meyori.  
5.Kanopning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, 
ekish muddatlari usullari va meyori.  
 
Tolali ekinlar asosan turli xil gazlama va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab 
chiqarishda xomashyo olish uchun ekiladi. Tolali ekinlar botanik jihatidan har xil 
oila va turlarga mansub bo‘lib, quyidagi uch guruhga bo‘linadi.  
1.Urug‘ida va mevasi tola hosil qiladigan o‘simliklar. Urug‘ida tola hosil 
qiladigan o‘simliklarga g‘o‘za va mevasida tola hosil qiladigan o‘simliklarga kokos 
palmasining mevasi kiradi. 
     2. Poyasida tola hosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruhga zig‘ir, nasha, kanop, jut, 
rami, kendir va boshqalar kiradi. 
3. Bargida tola hosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruhga yangi Zelandiya zig‘iri, 
tolali banan, agava, yukka va boshqalar kiradi. 
Respublikamizda asosan tolali ekinlardan g‘o‘za, zig‘ir va kanop .ekiladi. 
Xalq xo‘jaligida o‘simlik tolasining ahamiyati juda katta. Eng ko‘p ishlatiladigani 
paxta tolasi hisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil 
TOLALI EKINLAR Reja. 1. Tolali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot. 2. G‘o‘zaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 3. Zig‘irning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 4. Nashaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 5.Kanopning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Tolali ekinlar asosan turli xil gazlama va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda xomashyo olish uchun ekiladi. Tolali ekinlar botanik jihatidan har xil oila va turlarga mansub bo‘lib, quyidagi uch guruhga bo‘linadi. 1.Urug‘ida va mevasi tola hosil qiladigan o‘simliklar. Urug‘ida tola hosil qiladigan o‘simliklarga g‘o‘za va mevasida tola hosil qiladigan o‘simliklarga kokos palmasining mevasi kiradi. 2. Poyasida tola hosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruhga zig‘ir, nasha, kanop, jut, rami, kendir va boshqalar kiradi. 3. Bargida tola hosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruhga yangi Zelandiya zig‘iri, tolali banan, agava, yukka va boshqalar kiradi. Respublikamizda asosan tolali ekinlardan g‘o‘za, zig‘ir va kanop .ekiladi. Xalq xo‘jaligida o‘simlik tolasining ahamiyati juda katta. Eng ko‘p ishlatiladigani paxta tolasi hisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil  
 
qiladigan o‘simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag‘al bo‘lganligi sabab, undan 
uy jihozlarida ishlatiladigan dag‘al gazlamalar, qop, qanor, arqon va shunga 
o‘xshash mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi. Bundan tashqari bu o‘simliklar 
urug‘ining tarkibida 18-42 % gacha moy bo‘ladi. O‘simlik moyi oziq-ovqat 
maxsulotlarini tayyorlashda, texnikada, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun tayyorlashda va 
boshqa maqsadlarda ishlatiladi. 
 
G‘o‘za 
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. G‘o‘za - bizning respublikamizda ekiladigan 
eng asosiy tolali ekinlardan biri hisoblanadi va to‘qimachilik sanoatini qimmatli tola 
bilan ta’minlaydi. Paxta tolasidan satin, chit, trikotaj, ip va boshqa buyumlar 
tayyorlanadi. Podpushka yoki lintasidan qog‘ozning eng yaxshi navlari, gigroskopik 
paxta, kinoplyonka, sun’iy teri tayyorlashda ishlatiladi. Bioorganika insitutining 
olimlari tomonidan g‘o‘za o‘simligini chanog‘idan pektin moddasi sintez qilindi. Bu 
pektin moddasi qandolat sanoatida marmelad va shokaladlarga qo‘shiladi.  
1 ts paxtadan 30-35 kg tola va 60-65 kg urug‘ olinadi. 1 kg paxta tolasidan esa 
20 m chit yoki 150 ta g‘altak ip tayyorlanadi. Urug‘ida 18 dan 27% gacha yog‘ 
bo‘ladi, u oziq-ovqat sanoatida, margarin, konservalar va sovun pishirishda 
ishlatiladi.  
Paxta kunjarasi 38-40% oqsil tutadi, mollar uchun eng yaxshi yem hisoblanadi 
va o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Lekin 1 sutkada 2,5-3 kg dan ortiq berib bo‘lmaydi, 
chunki tarkibida gossipol degan zaharli modda bo‘ladi. Chigitni po‘stlog‘i qog‘oz 
tayyorlashda, izolatsion materiallar, etil va metil spirti tayyorlashda, maydalangan 
holda yem va o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Poyasi va bargidan organik kislotalar olinadi. 
Umuman olganda, paxtadan 200 dan ortiq buyumlar tayyorlanar ekan. 
G‘o‘za qadimiy ekinlardan biri hisoblanib, eramizdan 3 ming yil oldin 
Hindiston va Xitoy, 500 yil oldin Misrda ekilib kelingan. O‘rta Osiyoga IV-V asrda 
Xitoydan, Zakavkazega esa XIII asrda Erondan keltirilgan. 
G‘o‘za juda keng tarqalgan ekin, uni 80 dan ortiq mamlakat 34 mln gektar 
maydonda yetishtiradi. Hindiston, AQSH, Xitoy, Braziliya va Pokistonda katta 
maydonlarda ekiladi. 
qiladigan o‘simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag‘al bo‘lganligi sabab, undan uy jihozlarida ishlatiladigan dag‘al gazlamalar, qop, qanor, arqon va shunga o‘xshash mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi. Bundan tashqari bu o‘simliklar urug‘ining tarkibida 18-42 % gacha moy bo‘ladi. O‘simlik moyi oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda, texnikada, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. G‘o‘za Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. G‘o‘za - bizning respublikamizda ekiladigan eng asosiy tolali ekinlardan biri hisoblanadi va to‘qimachilik sanoatini qimmatli tola bilan ta’minlaydi. Paxta tolasidan satin, chit, trikotaj, ip va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Podpushka yoki lintasidan qog‘ozning eng yaxshi navlari, gigroskopik paxta, kinoplyonka, sun’iy teri tayyorlashda ishlatiladi. Bioorganika insitutining olimlari tomonidan g‘o‘za o‘simligini chanog‘idan pektin moddasi sintez qilindi. Bu pektin moddasi qandolat sanoatida marmelad va shokaladlarga qo‘shiladi. 1 ts paxtadan 30-35 kg tola va 60-65 kg urug‘ olinadi. 1 kg paxta tolasidan esa 20 m chit yoki 150 ta g‘altak ip tayyorlanadi. Urug‘ida 18 dan 27% gacha yog‘ bo‘ladi, u oziq-ovqat sanoatida, margarin, konservalar va sovun pishirishda ishlatiladi. Paxta kunjarasi 38-40% oqsil tutadi, mollar uchun eng yaxshi yem hisoblanadi va o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Lekin 1 sutkada 2,5-3 kg dan ortiq berib bo‘lmaydi, chunki tarkibida gossipol degan zaharli modda bo‘ladi. Chigitni po‘stlog‘i qog‘oz tayyorlashda, izolatsion materiallar, etil va metil spirti tayyorlashda, maydalangan holda yem va o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Poyasi va bargidan organik kislotalar olinadi. Umuman olganda, paxtadan 200 dan ortiq buyumlar tayyorlanar ekan. G‘o‘za qadimiy ekinlardan biri hisoblanib, eramizdan 3 ming yil oldin Hindiston va Xitoy, 500 yil oldin Misrda ekilib kelingan. O‘rta Osiyoga IV-V asrda Xitoydan, Zakavkazega esa XIII asrda Erondan keltirilgan. G‘o‘za juda keng tarqalgan ekin, uni 80 dan ortiq mamlakat 34 mln gektar maydonda yetishtiradi. Hindiston, AQSH, Xitoy, Braziliya va Pokistonda katta maydonlarda ekiladi.  
 
Paxta Markaziy Osiyo respublikalarida ham ekiladi. O‘zbekistonda 1 mln. 425 
min. ga maydonda paxta yetishtiriladi.  
Botanik xususiyatlari. G‘o‘za gulhayrilar oilasiga (Malvaceae), Gossypium 
avlodiga kiradi. Bu ko‘p yillik tropik butali o‘simlik bo‘lib, balandligi 5-6 m ga 
yetadi. O‘rta Osiyoda bir yillik o‘simlik sifatida ekiladi. Poyasi 40 sm dan 1,5 m 
gacha yetadi, 7-15 yon shoxlar hosil qiladi. G‘o‘za ildizi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 
1,5-2,5 m va undan ham ortadi, ko‘p yon ildizchalar chiqaradi, ular 30-40 sm 
chuqurda joylashadi. Poyasi tik o‘sadi. G‘o‘za shoxlari o‘suv (monopodial) va hosil 
(simpodial) shoxlarga bo‘linadi. Monopodial shoxlar (monopodiylar) poyasining 
pastki qismida rivojlanadi, undan o‘tkir burchak hosil qilib chiqadi. Simpodial 
shoxlar (ya’ni simpodiylar) monopodial shoxlardan yuqoriroqdan chiqadi, ular 
o‘tmas burchak hosil qilib chiqadi. Simpodial shoxlarda gul hosil bo‘ladi va meva 
tugiladi. 
G‘o‘za barglari bitta o‘simlikni o‘zida o‘lchami va shoxligiga ko‘ra har xil 
bo‘ladi. Dastlabki 2-3 ta barg tekis qirrali, yuraksimon shaklda, qolgan 3-7 tasi 
bo‘lma bargdan iborat bo‘ladi. O‘suv shoxlaridagi barglar har qaysi bo‘g‘im 
oralig‘ida, hosil shoxlaridagi esa har qaysi shona qarshisida joylashgan bo‘ladi. 
Gulining gultojisi yirik, beshta tojibargdan iborat bo‘ladi. Tojibarglarining rangi 
sariq, och sariq yoki oq. G‘o‘za asosan o‘zidan changlanadi. Kamdan-kam holda 
chetdan changlanadi. G‘o‘zaning guli ertalabki soatlarda ochiladi. Ertalab 
gultojbarglar och sariq rangda bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qizarib, kechga 
borib so‘lib, yopilib qoladi. Kelasi kuni gultojisi binafsha rangga kirib to‘kiladi. 
Mevasi yumaloq-tuxumsimon shakldagi 3-4-5 uyali ko‘sakdan iborat. Har 
qaysi chanog‘ida 5-11 tagacha chigitli paxta bo‘ladi. Bir dona yetilgan ko‘sak 
paxtasining vazni 2-3 dan 10 g gacha keladi va undan ortadi. Eng yaxshi rivojlangan 
g‘o‘za tupida 100 dan ortiq ochilgan ko‘sak bo‘ladi. 3-40 C sovuqda ko‘saklarini 
ochilishi to‘xtaydi. 
Urug‘i (chigiti) tuxumsimon, bo‘yi 9-12 mm gacha, eni 6-8 mm gacha bo‘ladi. 
1000 dona chigitning vazni 60-125 g keladi. Paxta tolasi-20-50 mm uzunlikdagi 
epidermisning juda cho‘ziq hujayrasidan iborat. Tola oq, ayrim navlarida och sariq, 
och yashil, jigarrang yoki qo‘ng‘ir bo‘ladi. Har dona chigitda 10-15 mingtagacha 
tukcha hosil bo‘ladi. Paxta tolasining asosiy texnologik xususiyatlari: tolasining 
Paxta Markaziy Osiyo respublikalarida ham ekiladi. O‘zbekistonda 1 mln. 425 min. ga maydonda paxta yetishtiriladi. Botanik xususiyatlari. G‘o‘za gulhayrilar oilasiga (Malvaceae), Gossypium avlodiga kiradi. Bu ko‘p yillik tropik butali o‘simlik bo‘lib, balandligi 5-6 m ga yetadi. O‘rta Osiyoda bir yillik o‘simlik sifatida ekiladi. Poyasi 40 sm dan 1,5 m gacha yetadi, 7-15 yon shoxlar hosil qiladi. G‘o‘za ildizi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 1,5-2,5 m va undan ham ortadi, ko‘p yon ildizchalar chiqaradi, ular 30-40 sm chuqurda joylashadi. Poyasi tik o‘sadi. G‘o‘za shoxlari o‘suv (monopodial) va hosil (simpodial) shoxlarga bo‘linadi. Monopodial shoxlar (monopodiylar) poyasining pastki qismida rivojlanadi, undan o‘tkir burchak hosil qilib chiqadi. Simpodial shoxlar (ya’ni simpodiylar) monopodial shoxlardan yuqoriroqdan chiqadi, ular o‘tmas burchak hosil qilib chiqadi. Simpodial shoxlarda gul hosil bo‘ladi va meva tugiladi. G‘o‘za barglari bitta o‘simlikni o‘zida o‘lchami va shoxligiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Dastlabki 2-3 ta barg tekis qirrali, yuraksimon shaklda, qolgan 3-7 tasi bo‘lma bargdan iborat bo‘ladi. O‘suv shoxlaridagi barglar har qaysi bo‘g‘im oralig‘ida, hosil shoxlaridagi esa har qaysi shona qarshisida joylashgan bo‘ladi. Gulining gultojisi yirik, beshta tojibargdan iborat bo‘ladi. Tojibarglarining rangi sariq, och sariq yoki oq. G‘o‘za asosan o‘zidan changlanadi. Kamdan-kam holda chetdan changlanadi. G‘o‘zaning guli ertalabki soatlarda ochiladi. Ertalab gultojbarglar och sariq rangda bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qizarib, kechga borib so‘lib, yopilib qoladi. Kelasi kuni gultojisi binafsha rangga kirib to‘kiladi. Mevasi yumaloq-tuxumsimon shakldagi 3-4-5 uyali ko‘sakdan iborat. Har qaysi chanog‘ida 5-11 tagacha chigitli paxta bo‘ladi. Bir dona yetilgan ko‘sak paxtasining vazni 2-3 dan 10 g gacha keladi va undan ortadi. Eng yaxshi rivojlangan g‘o‘za tupida 100 dan ortiq ochilgan ko‘sak bo‘ladi. 3-40 C sovuqda ko‘saklarini ochilishi to‘xtaydi. Urug‘i (chigiti) tuxumsimon, bo‘yi 9-12 mm gacha, eni 6-8 mm gacha bo‘ladi. 1000 dona chigitning vazni 60-125 g keladi. Paxta tolasi-20-50 mm uzunlikdagi epidermisning juda cho‘ziq hujayrasidan iborat. Tola oq, ayrim navlarida och sariq, och yashil, jigarrang yoki qo‘ng‘ir bo‘ladi. Har dona chigitda 10-15 mingtagacha tukcha hosil bo‘ladi. Paxta tolasining asosiy texnologik xususiyatlari: tolasining  
 
uzunligi, ingichkaligi, metrik nomeri, pishiqligi, uzilish uzunligi, elastikligi bilan 
ta’riflanadi. 
Tolaning uzunligi (mm) uning eng muhim sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Uzun 
tola eng qimmatli hisoblanib, undan juda yaxshi ingichka ip yigiriladi. Ko‘p g‘o‘za 
navlarida tolaning uzunligi 30-33 mm, ingichka tolali navlarida esa 38-40 mm 
bo‘ladi. 
Tolaning ingichkaligi (mkm) qurigan tolaning diametrini (enini) o‘lchab 
aniqlanadi. U 1,0-3,0 ko‘pincha 15-25 mkm ni tashkil etadi. Ingichka tolali g‘o‘za 
navlarining tolasi eng ingichka bo‘ladi. 
 Tolaning metrik nomeri bilan ham tolaning ingichkaligi o‘lchanadi, u 1 g 
tolaning umumiy uzunligini ifodalaydi. Tolalarni umumiy uzunligi qancha uzun 
bo‘lsa, u shuncha ingichka bo‘ladi. Metrik nomer turli navlarda 3000 dan 8000 gacha 
bo‘ladi.  
Tolaning pishiqligi 1 dona tola uzulguncha g hisobida qancha yuk ko‘tara 
olishini ko‘rsatadi. Tolaning pishiqligi 4 dan 7-8 g gacha va undan ortadi. 
Tolaning uzilish uzunligi uning metrik nomeri bilan pishiqlik ko‘paytmasiga 
teng. U km bilan ifodalanadi. (masalan, 5000x525 km). Bu ko‘rsatkich qancha katta 
bo‘lsa, yig‘iriladigan ipning pishiqligi shuncha yuqori bo‘ladi.  
Tola elastikligi ya’ni uning cho‘ziluvchanlik xususiyati pishiqligi va 
ingichkaligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Pishiq ingichka tola eng elastik 
bo‘ladi. 
Biologik xususiyatlari. Chigit tuproq temperaturasi 10-120 C bo‘lganda una 
boshlaydi. 20-250 C da qiyg‘os unib chiqadi. 0,5-10 C g‘o‘za uchun sovuq nobud 
qiladigan darajada ta’sir qiladi. G‘o‘za issiqni (25-300 C) gullash va shonalash 
fazalarida ko‘p talab qiladi. Temperatura 10-120 C pasayganda tolasi qisqa bo‘lib 
qoladi va to‘la yetilmaydi.  
G‘o‘za yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. Siyrak tushgan yorug‘likda uning 
rivojlanishi cho‘ziladi va vegetativ massasi ko‘payadi.  
Qirg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Ildiz sistemasi tuproqning chuqur 
qatlamlaridan, yer osti suvlaridan foydalanishga imkon beradi. Transpiratsiya 
koeffitsiyenti 500-600. Sug‘orishga juda ta’sirchan. Sug‘oriladigan sharoitda hosili 
ortadi. Mamlakatimizda g‘o‘za faqat sug‘oriladigan sharoitda ekiladi. O‘rta Osiyoda 
uzunligi, ingichkaligi, metrik nomeri, pishiqligi, uzilish uzunligi, elastikligi bilan ta’riflanadi. Tolaning uzunligi (mm) uning eng muhim sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Uzun tola eng qimmatli hisoblanib, undan juda yaxshi ingichka ip yigiriladi. Ko‘p g‘o‘za navlarida tolaning uzunligi 30-33 mm, ingichka tolali navlarida esa 38-40 mm bo‘ladi. Tolaning ingichkaligi (mkm) qurigan tolaning diametrini (enini) o‘lchab aniqlanadi. U 1,0-3,0 ko‘pincha 15-25 mkm ni tashkil etadi. Ingichka tolali g‘o‘za navlarining tolasi eng ingichka bo‘ladi. Tolaning metrik nomeri bilan ham tolaning ingichkaligi o‘lchanadi, u 1 g tolaning umumiy uzunligini ifodalaydi. Tolalarni umumiy uzunligi qancha uzun bo‘lsa, u shuncha ingichka bo‘ladi. Metrik nomer turli navlarda 3000 dan 8000 gacha bo‘ladi. Tolaning pishiqligi 1 dona tola uzulguncha g hisobida qancha yuk ko‘tara olishini ko‘rsatadi. Tolaning pishiqligi 4 dan 7-8 g gacha va undan ortadi. Tolaning uzilish uzunligi uning metrik nomeri bilan pishiqlik ko‘paytmasiga teng. U km bilan ifodalanadi. (masalan, 5000x525 km). Bu ko‘rsatkich qancha katta bo‘lsa, yig‘iriladigan ipning pishiqligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tola elastikligi ya’ni uning cho‘ziluvchanlik xususiyati pishiqligi va ingichkaligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Pishiq ingichka tola eng elastik bo‘ladi. Biologik xususiyatlari. Chigit tuproq temperaturasi 10-120 C bo‘lganda una boshlaydi. 20-250 C da qiyg‘os unib chiqadi. 0,5-10 C g‘o‘za uchun sovuq nobud qiladigan darajada ta’sir qiladi. G‘o‘za issiqni (25-300 C) gullash va shonalash fazalarida ko‘p talab qiladi. Temperatura 10-120 C pasayganda tolasi qisqa bo‘lib qoladi va to‘la yetilmaydi. G‘o‘za yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. Siyrak tushgan yorug‘likda uning rivojlanishi cho‘ziladi va vegetativ massasi ko‘payadi. Qirg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Ildiz sistemasi tuproqning chuqur qatlamlaridan, yer osti suvlaridan foydalanishga imkon beradi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 500-600. Sug‘orishga juda ta’sirchan. Sug‘oriladigan sharoitda hosili ortadi. Mamlakatimizda g‘o‘za faqat sug‘oriladigan sharoitda ekiladi. O‘rta Osiyoda  
 
g‘o‘za bo‘z, bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqli yerlarga ekiladi. Tuproqning 
kuchsiz sho‘riga chidaydi.  
G‘o‘za quyidagi tartibda rivojlanadi. Chigit ekilgandan keyin 5-6 chi kuni yer 
yuziga urug‘ pallasi yorib chiqadi, 8-10 kundan keyin chin barg chiqadi. Navbatdagi 
har qaysi barg 3-5 kunda chiqadi. 7-8 ta chin barg chiqarganda 4-5 chi barg 
qo‘ltig‘ida va undan balandroqda 1 chi hosil shoxi vujudga keladi. Bu shonalash 
davrining boshlanishi hisoblanadi. Birinchi chin barg chiqargandan to shonalash 
davri boshlarigacha 20-30 kun vaqt o‘tadi. 
G‘o‘za tupida shonalar 2 xil yo‘nalashda: hosil shoxi bo‘ylab (gorizontal) va 
yuqorida joylashgan hosil shoxlarida spiral bo‘ylab paydo bo‘ladi. Birinchi shona 
hosil bo‘lishidan 1 chi gul ochilishigacha 25-35 kun o‘tadi, bu esa 9-10 hosil 
shoxining paydo bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.  
. Gullashdan ko‘saklarning ochilishigacha 50-65 kun o‘tadi. Chigit ekishdan 
to birinchi ko‘saklar ochilguncha g‘o‘za navlarida 120-140 kun, ingichka tolali 
g‘o‘za navlarida 145-160 kun vaqt o‘tadi. 
 G‘o‘za turlari va navlari. G‘o‘zaning Gossypium- avlodi 37 turni o‘z ichiga 
oladi, shundan 7 ta turi madaniy va 30 ta turi yovvoyi hisoblanadi. Asosan 
g‘o‘zaning 2 ta madaniy turi - oddiy Meksika g‘o‘zasi (G, hirsutum L.) va Peru 
g‘o‘zasi (G,barbadense L.) ekiladi. 
G‘o‘za agrotexnikasi. Ko‘pchilik paxtachilik hududlarining tuproqlari oziq 
elementlari bilan kam ta’minlangan bo‘ladi. Respublikamizda g‘o‘za ekiladigan 
maydonlarning kattagina qismi sho‘rlangan tuproqlarga keladi. Shuning uchun ham 
bunday tuproqlar unumdorligini oshirish, almashlab ekishni to‘g‘ri joriy qilish, 
tuproqlarga ishlov berish, o‘g‘itlash tizimini to‘g‘ri joriy etish talab etiladi.  
Almashlab ekishda asosan bedadan foydalaniladi. Bedaning ahamiyati 
shundan iboratki, u bir yilda tuproqda 150 kg gacha azot to‘playdi. Shu bilan bir 
qatorda yer osti suvlarini satxini pasaytirishda, tuproqlarning sho‘rini kamaytirishda, 
tuproqlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. 
Beda ekilgandan so‘ng, g‘o‘za ekilganda, ular vilt kasalligiga chalinmaydi. Bedadan 
tashqari almashlab ekish dalalariga qand lavlagi, dukkakli-don ekinlari ekiladi. 
G‘o‘za g‘allali ekinlar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. 
g‘o‘za bo‘z, bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqli yerlarga ekiladi. Tuproqning kuchsiz sho‘riga chidaydi. G‘o‘za quyidagi tartibda rivojlanadi. Chigit ekilgandan keyin 5-6 chi kuni yer yuziga urug‘ pallasi yorib chiqadi, 8-10 kundan keyin chin barg chiqadi. Navbatdagi har qaysi barg 3-5 kunda chiqadi. 7-8 ta chin barg chiqarganda 4-5 chi barg qo‘ltig‘ida va undan balandroqda 1 chi hosil shoxi vujudga keladi. Bu shonalash davrining boshlanishi hisoblanadi. Birinchi chin barg chiqargandan to shonalash davri boshlarigacha 20-30 kun vaqt o‘tadi. G‘o‘za tupida shonalar 2 xil yo‘nalashda: hosil shoxi bo‘ylab (gorizontal) va yuqorida joylashgan hosil shoxlarida spiral bo‘ylab paydo bo‘ladi. Birinchi shona hosil bo‘lishidan 1 chi gul ochilishigacha 25-35 kun o‘tadi, bu esa 9-10 hosil shoxining paydo bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. . Gullashdan ko‘saklarning ochilishigacha 50-65 kun o‘tadi. Chigit ekishdan to birinchi ko‘saklar ochilguncha g‘o‘za navlarida 120-140 kun, ingichka tolali g‘o‘za navlarida 145-160 kun vaqt o‘tadi. G‘o‘za turlari va navlari. G‘o‘zaning Gossypium- avlodi 37 turni o‘z ichiga oladi, shundan 7 ta turi madaniy va 30 ta turi yovvoyi hisoblanadi. Asosan g‘o‘zaning 2 ta madaniy turi - oddiy Meksika g‘o‘zasi (G, hirsutum L.) va Peru g‘o‘zasi (G,barbadense L.) ekiladi. G‘o‘za agrotexnikasi. Ko‘pchilik paxtachilik hududlarining tuproqlari oziq elementlari bilan kam ta’minlangan bo‘ladi. Respublikamizda g‘o‘za ekiladigan maydonlarning kattagina qismi sho‘rlangan tuproqlarga keladi. Shuning uchun ham bunday tuproqlar unumdorligini oshirish, almashlab ekishni to‘g‘ri joriy qilish, tuproqlarga ishlov berish, o‘g‘itlash tizimini to‘g‘ri joriy etish talab etiladi. Almashlab ekishda asosan bedadan foydalaniladi. Bedaning ahamiyati shundan iboratki, u bir yilda tuproqda 150 kg gacha azot to‘playdi. Shu bilan bir qatorda yer osti suvlarini satxini pasaytirishda, tuproqlarning sho‘rini kamaytirishda, tuproqlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Beda ekilgandan so‘ng, g‘o‘za ekilganda, ular vilt kasalligiga chalinmaydi. Bedadan tashqari almashlab ekish dalalariga qand lavlagi, dukkakli-don ekinlari ekiladi. G‘o‘za g‘allali ekinlar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.  
 
Tuproq-iqlim sharoitlariga bog‘liq holda yer kultivatsiya qilinadi, yuza 
haydaladi, chizellanadi, shudgor qilinadi. Eng progressiv usullardan 2 yarusli 
shudgor qilishdir. Bunda 30-40 sm chuqurlikda yer haydaladi. Bu usul 
qo‘llanilganda tuproq oziq elementlari yaxshi taqsim qilinadi, begona o‘tlardan 
tozalanadi, natijada hosildorlik 2,5-3,0 s ga oshadi.  
O‘g‘itlash. G‘o‘za o‘g‘itga talabchan o‘simlik. 1 t paxta xom-ashyosi va unga 
mos o‘simlik poyasini hosil qilish uchun g‘o‘za tuproqdan o‘rta hisobda 50-60 kg 
azot, 15-20 kg fosfor va 50-60 kg kaliy o‘zlashtiradi. G‘o‘za oziq elementlarni eng 
ko‘p qismini intensiv o‘sish davrida (gullash va yetilish) fazalarida talab qiladi. 
Butun vegetatsiya davrida beriladigan umumiy azot, fosforni 60-70 % ini, kaliyni 
70-80 % ini shu fazada iste’mol qiladi. 
O‘rta Osiyoni ko‘pchilik tuproqlarida g‘o‘zadan yuqori hosil yetishtirish 
o‘g‘itlar 1:0,7-0,8:0,3-0,5 nisbatda berilganda yaxshi natijaga erishiladi. O‘g‘itlarni 
yuqori samaradorligi ular vegetatsiya davrida bo‘lib-bo‘lib berilganda kuzatilgan. 
Azotni 12 normasi-ekin ekish oldidan yoki 3-4 ta chin barg chiqarish fazasida, 
qolgan yarim qismi 2 marta shonalash va gullash oldidan beriladi. Fosforli o‘g‘itlar 
ham 2 marta beriladi. Asosiy 70-80% kuzgi shudgorda, qolgan 20% ekish oldidan 
beriladi. Kaliyni shonalashgacha 15-20% ini, gullash va hosil tugish davrida 75-80 
% ini iste’mol qiladi. 
Azot, fosfor va kaliydan tashqari g‘o‘zani o‘g‘itlashda oltingugurt muhim rol 
o‘ynaydi. Oltingugurt yetishmasa, o‘simliklar yaxshi o‘smaydi, bargi sariq rangda 
bo‘ladi. Magniy yetishmasa o‘simlik barglari qo‘ng‘ir-qizil tusga kiradi. Bunday 
barglar tez to‘kiladi va hosilni kamaytiradi. Tuproqqa superfosfat solish bilan 
o‘simliklarni magniy bilan ta’minlash mumkin. Natriy tuproqda yetarli miqdorda 
bor, lekin ortiqcha miqdorda bo‘lishi o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishiga salbiy 
ta’sir etadi. Mikroelementlardan marganes, bor, rux, molibden muhim rol o‘ynaydi. 
Mikroelementlar tuproqqa kombinirlangan o‘g‘itlar bilan solinadi yoki ekish oldidan 
chigitlar shu mikroelementlar bilan purkaladi. 
Sug‘orish 2-3 ta chin barg chiqargandan keyin boshlanadi. Vegetatsiya davri 
davomida g‘o‘za tuproq iqlim, ob-havo sharoitiga, dalaning namiga, tuproq tipiga, 
sizot suvlarining joylashish chuqurligiga bog‘liq holda 3-12 martacha sug‘oriladi.  
Tuproq-iqlim sharoitlariga bog‘liq holda yer kultivatsiya qilinadi, yuza haydaladi, chizellanadi, shudgor qilinadi. Eng progressiv usullardan 2 yarusli shudgor qilishdir. Bunda 30-40 sm chuqurlikda yer haydaladi. Bu usul qo‘llanilganda tuproq oziq elementlari yaxshi taqsim qilinadi, begona o‘tlardan tozalanadi, natijada hosildorlik 2,5-3,0 s ga oshadi. O‘g‘itlash. G‘o‘za o‘g‘itga talabchan o‘simlik. 1 t paxta xom-ashyosi va unga mos o‘simlik poyasini hosil qilish uchun g‘o‘za tuproqdan o‘rta hisobda 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 50-60 kg kaliy o‘zlashtiradi. G‘o‘za oziq elementlarni eng ko‘p qismini intensiv o‘sish davrida (gullash va yetilish) fazalarida talab qiladi. Butun vegetatsiya davrida beriladigan umumiy azot, fosforni 60-70 % ini, kaliyni 70-80 % ini shu fazada iste’mol qiladi. O‘rta Osiyoni ko‘pchilik tuproqlarida g‘o‘zadan yuqori hosil yetishtirish o‘g‘itlar 1:0,7-0,8:0,3-0,5 nisbatda berilganda yaxshi natijaga erishiladi. O‘g‘itlarni yuqori samaradorligi ular vegetatsiya davrida bo‘lib-bo‘lib berilganda kuzatilgan. Azotni 12 normasi-ekin ekish oldidan yoki 3-4 ta chin barg chiqarish fazasida, qolgan yarim qismi 2 marta shonalash va gullash oldidan beriladi. Fosforli o‘g‘itlar ham 2 marta beriladi. Asosiy 70-80% kuzgi shudgorda, qolgan 20% ekish oldidan beriladi. Kaliyni shonalashgacha 15-20% ini, gullash va hosil tugish davrida 75-80 % ini iste’mol qiladi. Azot, fosfor va kaliydan tashqari g‘o‘zani o‘g‘itlashda oltingugurt muhim rol o‘ynaydi. Oltingugurt yetishmasa, o‘simliklar yaxshi o‘smaydi, bargi sariq rangda bo‘ladi. Magniy yetishmasa o‘simlik barglari qo‘ng‘ir-qizil tusga kiradi. Bunday barglar tez to‘kiladi va hosilni kamaytiradi. Tuproqqa superfosfat solish bilan o‘simliklarni magniy bilan ta’minlash mumkin. Natriy tuproqda yetarli miqdorda bor, lekin ortiqcha miqdorda bo‘lishi o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Mikroelementlardan marganes, bor, rux, molibden muhim rol o‘ynaydi. Mikroelementlar tuproqqa kombinirlangan o‘g‘itlar bilan solinadi yoki ekish oldidan chigitlar shu mikroelementlar bilan purkaladi. Sug‘orish 2-3 ta chin barg chiqargandan keyin boshlanadi. Vegetatsiya davri davomida g‘o‘za tuproq iqlim, ob-havo sharoitiga, dalaning namiga, tuproq tipiga, sizot suvlarining joylashish chuqurligiga bog‘liq holda 3-12 martacha sug‘oriladi.  
 
Ekish meyori. Chigit 60x60 sm qilib ekilsa, 1 ga yerga 35-40 kg dan, 90x25 
sm qilib ekilsa 60-70 kg urug‘ ekiladi. Vilt bilan kasallangan yerlarga, sho‘rlangan 
tuproqlarga ekish normasi 10% ko‘paytiriladi. Ekish chuqurligi bo‘z tuproqlarda 4-
5 sm, o‘tloqi botqoq yerlarda 3-4 sm. Chekanka (15-25 iyungacha) eng yaxshi 
rivojlangan uchastkalarda 17-18 ta hosil shoxlari hosil bo‘lganda qilinadi. O‘rtacha 
rivojlangan maydonlarda 15-16 ta hosil shoxlari hosil bo‘lganda olib boriladi. 
Yaxshi rivojlanmagan paxta maydonlarida 12-14 hosil shoxlari paydo bo‘lganda 15 
avgustdan kechiktirmay qilinadi. Chekanka qo‘l bilan va mexanizatsiya bilan olib 
boriladi. Mexanizatsiyalangan chekanka iyulning ikkinchi yarmi- avgust boshlarida 
qilinadi. Birinchi marta 50 % o‘simliklarda 15 ta hosil shoxi hosil bo‘lganda, 
ikkinchi marta 7-10 kundan keyin qilinadi. 
Yig‘ib-terib olish 2 oy mobaynida olib boriladi. Shuning uchun qo‘l bilan 4 
marta, mashinada 3 marta yig‘ib olinadi. Mashinada yig‘ib-terib olish 60 % ni tashkil 
etadi. Mashinalar ko‘m-ko‘k barglari bo‘lgan o‘simliklarni terib ololmaydi. Shuning 
uchun mashina terib olishdan oldin defolatsiya qilinadi, ya’ni o‘simliklarni barglari 
kimyoviy moddalar bilan quritiladi, natijada barglar to‘kilib ketadi va mashinalar 
yordamida hosil yig‘ib olinadi. 
 
Zig‘ir 
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Zig‘ir-eng muhim tolali va moyli o‘simlikdir. 
To‘qimachilik sanoatida zig‘ir tolasi paxtadan keyin 2 chi o‘rinni egallaydi. 
Tolasining pishiqligi jihatidan paxta va jundan ustun turadi. Zig‘ir tolasi xalq 
xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatiladi. Undan brezent, qop-qanor, polotno, 
batist, dag‘al mato va hokazolar tayyorlanadi. O‘rtacha 1 kg zig‘ir tolasidan 2,4 
kv.m2 gazmol tayyorlanadi. Gazmol tayyorlashdagi chiqindilardan termoizolatsion 
materiallar, qog‘oz, mebel, qurilish plitalari tayyorlash uchun xom-ashyo sifatida 
foydalaniladi. Zig‘irdan faqat tola emas moy ham olinadi. Uning urug‘ida 35-42 % 
yog‘ bor. Zig‘ir kunjarasi mollar uchun yuqori konsentirlangan yem hisoblanadi. 
Uning tarkibida 30-36 % gacha oqsil moddasi bo‘ladi.  
Zig‘ir qadimiy o‘simlik bo‘lib, bizning eramizdan 4 ming yil ilgari Hindiston, 
Xitoy, Misr, Zakavkazeda ekilgan. O‘rta Osiyoda zig‘ir qadimdan ekib kelinadi.  
Ekish meyori. Chigit 60x60 sm qilib ekilsa, 1 ga yerga 35-40 kg dan, 90x25 sm qilib ekilsa 60-70 kg urug‘ ekiladi. Vilt bilan kasallangan yerlarga, sho‘rlangan tuproqlarga ekish normasi 10% ko‘paytiriladi. Ekish chuqurligi bo‘z tuproqlarda 4- 5 sm, o‘tloqi botqoq yerlarda 3-4 sm. Chekanka (15-25 iyungacha) eng yaxshi rivojlangan uchastkalarda 17-18 ta hosil shoxlari hosil bo‘lganda qilinadi. O‘rtacha rivojlangan maydonlarda 15-16 ta hosil shoxlari hosil bo‘lganda olib boriladi. Yaxshi rivojlanmagan paxta maydonlarida 12-14 hosil shoxlari paydo bo‘lganda 15 avgustdan kechiktirmay qilinadi. Chekanka qo‘l bilan va mexanizatsiya bilan olib boriladi. Mexanizatsiyalangan chekanka iyulning ikkinchi yarmi- avgust boshlarida qilinadi. Birinchi marta 50 % o‘simliklarda 15 ta hosil shoxi hosil bo‘lganda, ikkinchi marta 7-10 kundan keyin qilinadi. Yig‘ib-terib olish 2 oy mobaynida olib boriladi. Shuning uchun qo‘l bilan 4 marta, mashinada 3 marta yig‘ib olinadi. Mashinada yig‘ib-terib olish 60 % ni tashkil etadi. Mashinalar ko‘m-ko‘k barglari bo‘lgan o‘simliklarni terib ololmaydi. Shuning uchun mashina terib olishdan oldin defolatsiya qilinadi, ya’ni o‘simliklarni barglari kimyoviy moddalar bilan quritiladi, natijada barglar to‘kilib ketadi va mashinalar yordamida hosil yig‘ib olinadi. Zig‘ir Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Zig‘ir-eng muhim tolali va moyli o‘simlikdir. To‘qimachilik sanoatida zig‘ir tolasi paxtadan keyin 2 chi o‘rinni egallaydi. Tolasining pishiqligi jihatidan paxta va jundan ustun turadi. Zig‘ir tolasi xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatiladi. Undan brezent, qop-qanor, polotno, batist, dag‘al mato va hokazolar tayyorlanadi. O‘rtacha 1 kg zig‘ir tolasidan 2,4 kv.m2 gazmol tayyorlanadi. Gazmol tayyorlashdagi chiqindilardan termoizolatsion materiallar, qog‘oz, mebel, qurilish plitalari tayyorlash uchun xom-ashyo sifatida foydalaniladi. Zig‘irdan faqat tola emas moy ham olinadi. Uning urug‘ida 35-42 % yog‘ bor. Zig‘ir kunjarasi mollar uchun yuqori konsentirlangan yem hisoblanadi. Uning tarkibida 30-36 % gacha oqsil moddasi bo‘ladi. Zig‘ir qadimiy o‘simlik bo‘lib, bizning eramizdan 4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Misr, Zakavkazeda ekilgan. O‘rta Osiyoda zig‘ir qadimdan ekib kelinadi.  
 
Dunyo bo‘yicha zig‘irni ekish maydoni 1,5-1,7 mln. gektar yerni tashkil etadi. 
Asosan 70 % dan ko‘prog‘i Rossiyada ekiladi. Zig‘irning tola hosili gektariga 6,50-
7,56 ts, urug‘ hosili esa 10-12 ts ni tashkil etadi. 
Botanik xususiyatlari. Zig‘ir zig‘irdoshlar-Linaceae oilasiga, Linum avlodiga 
kiradi. Bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Yer yuzida zig‘irning 45 dan ortiq 
turi tarqalgan. Bulardan eng muhimi madaniy zig‘irdir-Linum usitatissimum. Shu 
tur yana 4 ta guruhga bo‘linadi: 
1.  
Uzun tolali zig‘ir (var elongata). Ildiz sistemasi o‘q ildiz, asosan tuproqning 
haydalma qatlamida joylashadi. Poyasi silliq, uzun, 70 sm dan 120 sm bo‘lib, 
poyaning yuqori qismida shoxlanadi. Bargi lansetsimon bo‘lib, ketma-ket 
joylashgan. Gul to‘dasi zontiksimon bo‘ladi. Guli zangori rangda bo‘ladi. Zig‘ir o‘z-
o‘zidan changlanadigan o‘simlik, lekin havo quruq va issiq bo‘lganda hashoratlar 
yordamida bir guldan ikkinchi gulga o‘tib changlanadi. Mevasi sharsimon 5 uyali 
quticha bo‘lib, bitta poyada 5-8 quticha bo‘ladi. Bitta quticha 10 ta yarim uyaga 
bo‘lingan bo‘ladi, har bir yarim uyada 1 tadan urug‘ bo‘ladi. Urug‘i tuxumsimon 
shaklda, tekis, jigarrang bo‘lib, 1000 ta urug‘ining massasi 3,7-5,5 g bo‘ladi. Bu tur 
asosan tola olish uchun ishlatiladi. 
2.  
Past bo‘yli shoxsimon zig‘ir (var brevimulticaulia). Poyasi 30-50 sm, 
shoxlanish poyaning pastki qismidan boshlanadi. Bitta o‘simlikda 30-60 korobka 
bo‘ladi. Urug‘i uzun tolali zig‘irning urug‘iga qaraganda yirikroq bo‘ladi. 1000 dona 
urug‘ining massasi 4-8 g bo‘lib tarkibida 47 % gacha yog‘ bo‘ladi. Asosan yog‘ olish 
maqsadida O‘rta Osiyo va Zakavkazeda ekiladi. 
3.  
Oraliq zig‘ir (var. intermedia)-o‘rtacha tolali zig‘ir, bo‘yi 50-70 sm, 
shoxlari kam bo‘ladi. Shoxlanishi poyaning o‘rta qismidan boshlanadi. 15-26 
tagacha quticha bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining massasi 4,5-6,0 g ni tashkil etadi. Asosan 
yog‘ olish maqsadida, kamroq tola olish uchun ekiladi.  
4.  
Yotib o‘sadigan (var. prostrata)-yoyilib-sochilib o‘suvchi zig‘ir. Bo‘yi 80-
100 sm, poyalarining soni ko‘p bo‘lib, yotib o‘sadi, gullash oldidan poyasi ko‘tarilib 
vertikal holatga o‘tadi. Asosan zig‘ir ekiladigan maydonning 85% iga uzun tolali 
zig‘ir ekiladi. Uzun tolali zig‘irning umumiy hosilining 70-80 % ini poya, 10-12 % 
urug‘, 10-12% qipiq va chiqindilar tashkil etadi. Poyasida 20-30% tola bo‘ladi. 
Dunyo bo‘yicha zig‘irni ekish maydoni 1,5-1,7 mln. gektar yerni tashkil etadi. Asosan 70 % dan ko‘prog‘i Rossiyada ekiladi. Zig‘irning tola hosili gektariga 6,50- 7,56 ts, urug‘ hosili esa 10-12 ts ni tashkil etadi. Botanik xususiyatlari. Zig‘ir zig‘irdoshlar-Linaceae oilasiga, Linum avlodiga kiradi. Bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Yer yuzida zig‘irning 45 dan ortiq turi tarqalgan. Bulardan eng muhimi madaniy zig‘irdir-Linum usitatissimum. Shu tur yana 4 ta guruhga bo‘linadi: 1. Uzun tolali zig‘ir (var elongata). Ildiz sistemasi o‘q ildiz, asosan tuproqning haydalma qatlamida joylashadi. Poyasi silliq, uzun, 70 sm dan 120 sm bo‘lib, poyaning yuqori qismida shoxlanadi. Bargi lansetsimon bo‘lib, ketma-ket joylashgan. Gul to‘dasi zontiksimon bo‘ladi. Guli zangori rangda bo‘ladi. Zig‘ir o‘z- o‘zidan changlanadigan o‘simlik, lekin havo quruq va issiq bo‘lganda hashoratlar yordamida bir guldan ikkinchi gulga o‘tib changlanadi. Mevasi sharsimon 5 uyali quticha bo‘lib, bitta poyada 5-8 quticha bo‘ladi. Bitta quticha 10 ta yarim uyaga bo‘lingan bo‘ladi, har bir yarim uyada 1 tadan urug‘ bo‘ladi. Urug‘i tuxumsimon shaklda, tekis, jigarrang bo‘lib, 1000 ta urug‘ining massasi 3,7-5,5 g bo‘ladi. Bu tur asosan tola olish uchun ishlatiladi. 2. Past bo‘yli shoxsimon zig‘ir (var brevimulticaulia). Poyasi 30-50 sm, shoxlanish poyaning pastki qismidan boshlanadi. Bitta o‘simlikda 30-60 korobka bo‘ladi. Urug‘i uzun tolali zig‘irning urug‘iga qaraganda yirikroq bo‘ladi. 1000 dona urug‘ining massasi 4-8 g bo‘lib tarkibida 47 % gacha yog‘ bo‘ladi. Asosan yog‘ olish maqsadida O‘rta Osiyo va Zakavkazeda ekiladi. 3. Oraliq zig‘ir (var. intermedia)-o‘rtacha tolali zig‘ir, bo‘yi 50-70 sm, shoxlari kam bo‘ladi. Shoxlanishi poyaning o‘rta qismidan boshlanadi. 15-26 tagacha quticha bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining massasi 4,5-6,0 g ni tashkil etadi. Asosan yog‘ olish maqsadida, kamroq tola olish uchun ekiladi. 4. Yotib o‘sadigan (var. prostrata)-yoyilib-sochilib o‘suvchi zig‘ir. Bo‘yi 80- 100 sm, poyalarining soni ko‘p bo‘lib, yotib o‘sadi, gullash oldidan poyasi ko‘tarilib vertikal holatga o‘tadi. Asosan zig‘ir ekiladigan maydonning 85% iga uzun tolali zig‘ir ekiladi. Uzun tolali zig‘irning umumiy hosilining 70-80 % ini poya, 10-12 % urug‘, 10-12% qipiq va chiqindilar tashkil etadi. Poyasida 20-30% tola bo‘ladi.  
 
 
Zig‘irning poyasi epidermisdan tuzilgan bo‘lib, tolalar to‘plami poyaning 
pastki qismidan yuqori qismigacha joylashgan bo‘ladi. Epidermis parenxima tolalar 
to‘plami bilan birgalikda poyaning po‘stlog‘ini tashkil etadi. Tolalar to‘plami 
uzunligi bilan farqlanadi, chunki tolalar to‘plamini uzunligi poyaning uzunligi bilan 
uzviy bog‘liq. Tolaning muhim ko‘rsatkichi-bu tolaning texnik uzunligidir (urug‘ 
palla bargdan gulgacha bo‘lgan poyaning uzunligi). Qimmatbaho tola poyasi uzun 
va juda ingichka bo‘lgan poyadan (qalinligi 1-2 mm) olinadi. Tolaning uzunligi, 
pishiqligi, ingichkaligi, elastikligi va rangi uni sifatini bildiradi. Tolaning eng yaxshi 
rangi kulrang va och kulrang hisoblanadi. Tolaning umumiy sifati nomer bilan 
belgilanadi. Tolani yuqori nomeri 25-36, o‘rtacha nomeri 12-15 hisoblanadi. Yuqori 
nomerli tola qimmat, boshqalari esa arzon baholanadi.  
Biologik xususiyatlari. Uzun tolali zig‘ir o‘rtacha iqlimli hududlarda, 
namgarchilik yetarli bo‘lgan yerlarda yaxshi o‘sadi. Urug‘i 50 C da unib chiqadi 3-
50 sovuqqa bardosh beradi.. Zig‘irni o‘sishi va rivojlanishi uchun optimal 
temperatura 16-170 C qulay hisoblanadi. Issiq va quruq havo (220 va undan yuqori),0 
uning rivojlanishini, poyasini o‘sishini kechiktirib, shoxlanishini ko‘paytiradi. 
 
Zig‘ir namsevar o‘simlik. Suvni shonalash va gullash davrida ko‘p talab 
qiladi. Boshqa fazalarda suvni kam isyemol qiladi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 400-
430 ga teng. Tuproqda namlik 70% bo‘lganda yaxshi o‘sib, yuqori hosil beradi. 
Zig‘ir uzun kun o‘simlik bo‘lib, unga kuchli yorug‘lik zarur emas, negaki kuchli 
yorug‘lik ta’sirida u tez shoxlanib, hosili kamayadi va tolaning sifati buziladi. 
Zig‘irning vegetatsiya davri 82-85 kundan iborat. Respublikamizda zig‘irning 
quyidagi navlari ekiladi: tolasi uchun Svetoch, K-6, L-1120, I-9, Pskov-359, Startok 
navlari,  moy olish uchun esa Baxmal-2, Baxmal-1056 navlari ekiladi. 
 
Tuproqqa bo‘lgan talabi. Ildiz tizimi boshqa ekinlarga nisbatan kuchsiz 
rivojlangan, shuning uchun tuproqdan oziq elementlarni kam o‘zlashtiradi va 
unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Almashlab ekishda tolali zig‘ir ko‘p yillik 
dukkakli ekinlardan keyin ekiladi. 
 
Lalmi yerlarda moyli zig‘ir don ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Tolali 
zig‘ir bir ekilgan yerga 5-6 yildan keyin ekiladi, asosiy o‘tmishdosh ekin ko‘p yillik 
o‘tlar hisoblanadi. Zig‘ir o‘g‘itga talabchan o‘simlik. Uzun tolali zig‘irga 1 g yerga 
azot 180-200, fosfor 80-100, kaliy 120-160 kg solinadi. Zig‘ir uchun yerni 22-25 sm 
Zig‘irning poyasi epidermisdan tuzilgan bo‘lib, tolalar to‘plami poyaning pastki qismidan yuqori qismigacha joylashgan bo‘ladi. Epidermis parenxima tolalar to‘plami bilan birgalikda poyaning po‘stlog‘ini tashkil etadi. Tolalar to‘plami uzunligi bilan farqlanadi, chunki tolalar to‘plamini uzunligi poyaning uzunligi bilan uzviy bog‘liq. Tolaning muhim ko‘rsatkichi-bu tolaning texnik uzunligidir (urug‘ palla bargdan gulgacha bo‘lgan poyaning uzunligi). Qimmatbaho tola poyasi uzun va juda ingichka bo‘lgan poyadan (qalinligi 1-2 mm) olinadi. Tolaning uzunligi, pishiqligi, ingichkaligi, elastikligi va rangi uni sifatini bildiradi. Tolaning eng yaxshi rangi kulrang va och kulrang hisoblanadi. Tolaning umumiy sifati nomer bilan belgilanadi. Tolani yuqori nomeri 25-36, o‘rtacha nomeri 12-15 hisoblanadi. Yuqori nomerli tola qimmat, boshqalari esa arzon baholanadi. Biologik xususiyatlari. Uzun tolali zig‘ir o‘rtacha iqlimli hududlarda, namgarchilik yetarli bo‘lgan yerlarda yaxshi o‘sadi. Urug‘i 50 C da unib chiqadi 3- 50 sovuqqa bardosh beradi.. Zig‘irni o‘sishi va rivojlanishi uchun optimal temperatura 16-170 C qulay hisoblanadi. Issiq va quruq havo (220 va undan yuqori),0 uning rivojlanishini, poyasini o‘sishini kechiktirib, shoxlanishini ko‘paytiradi. Zig‘ir namsevar o‘simlik. Suvni shonalash va gullash davrida ko‘p talab qiladi. Boshqa fazalarda suvni kam isyemol qiladi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 400- 430 ga teng. Tuproqda namlik 70% bo‘lganda yaxshi o‘sib, yuqori hosil beradi. Zig‘ir uzun kun o‘simlik bo‘lib, unga kuchli yorug‘lik zarur emas, negaki kuchli yorug‘lik ta’sirida u tez shoxlanib, hosili kamayadi va tolaning sifati buziladi. Zig‘irning vegetatsiya davri 82-85 kundan iborat. Respublikamizda zig‘irning quyidagi navlari ekiladi: tolasi uchun Svetoch, K-6, L-1120, I-9, Pskov-359, Startok navlari, moy olish uchun esa Baxmal-2, Baxmal-1056 navlari ekiladi. Tuproqqa bo‘lgan talabi. Ildiz tizimi boshqa ekinlarga nisbatan kuchsiz rivojlangan, shuning uchun tuproqdan oziq elementlarni kam o‘zlashtiradi va unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Almashlab ekishda tolali zig‘ir ko‘p yillik dukkakli ekinlardan keyin ekiladi. Lalmi yerlarda moyli zig‘ir don ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Tolali zig‘ir bir ekilgan yerga 5-6 yildan keyin ekiladi, asosiy o‘tmishdosh ekin ko‘p yillik o‘tlar hisoblanadi. Zig‘ir o‘g‘itga talabchan o‘simlik. Uzun tolali zig‘irga 1 g yerga azot 180-200, fosfor 80-100, kaliy 120-160 kg solinadi. Zig‘ir uchun yerni 22-25 sm  
 
chuqurlikda haydaladi. Zig‘ir bahorda tuproqning 10 sm chuqurlikdagi harorat 7-80 
C ga yetganda, gektariga 120-150 kg hisobida urug‘ sepiladi. Ekish chuqurligi 12-3 
sm, parvarish qilishda zig‘ir o‘simligini borona qilinadi. Har xil begona o‘tlarga 
qarshi gerbitsidlar va zararli hashoratga qarshi pestitsidlar bilan ishlov beriladi. 
Hosilning pishishi ko‘k, och sariq, sariq va to‘la pishishlik davrilariga bo‘linadi. Tola 
uchun o‘simlik sariq pishishlik davrida maxsus kombaynlarda o‘rib olinadi va dalaga 
uzun yoyib tashlab ketiladi, keyin 3-4 hafta o‘tgach uni maxsus yig‘adigan 
mashinalar yordamida poyasidan ajratib olinadi va 3-4 ta qilib bog‘lanadi. Zig‘ir 
tolasini. Nasha qimmatbaho tolali va moyli namligi 12% dan oshmasligi lozim 
Zig‘irni tolasini 36-380 C issiq suvda ivitish yo‘li bilan ajratib olish mumkin. 
 
 
Kanop 
 
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kanop-qimmatli lub tolali ekin bo‘lib, uning 
poyasida 24% gacha tola bo‘ladi. Tolasi pishiqligi, yumshoqligi va gigroskopikligi 
bilan ajralib turadi. Undan brezent, qoplar, gilam va mebel uchun material, arqon va 
boshqa buyumlar tayyorlanadi. Chiqindilari qurilish plitalari va qog‘oz tayyorlashda 
ishlatiladi. Kanop urug‘ida 18-20% yog‘ bo‘ladi, undan lak bo‘yoq sanoatida va 
sovun tayyorlashda ishlatiladi. Hindistonda lampa moyi sifatida foydalaniladi. 
Kunjarasi mollar uchun yem sifatida ishlatiladi.    
Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada uchraydi. Kanopning vatani-
Hindiston va Janubiy Afrika hisoblanadi. Kanop Hindistonda, Xitoy, Eron, 
Indoneziya, Birma, Sudan, Vyetnam, Italiya va AQShda ekiladi. Kanop 1925-1926 
yillarda Shimoliy Kavkaz va Turkiston nav tajriba stansiyasida ekila boshlangan. 
Mamlakatimizda 1927 yildan boshlab ekib kelinadi. Respublikamizning, asosan 
Toshkent viloyati Yuqori, O‘rta va Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l va Bo‘stonliq 
tumanlarida 10 ming gektar yerga ekiladi. Kanop o‘rtacha bir gektar yerdan 100-120 
s poya va 4-5 s urug‘ beradi. Yuqori agrotexnikani qo‘llash natijasida undan 150-
180 s poya   8-9 s urug‘ olish mumkin.  
Botanik xususiyatlari. Kanop-Hibiscus cannabinus L turiga., gulhayridoshlar 
(Malvaceae) oilasiga mansub bir yillik o‘t o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi 
chuqurlikda haydaladi. Zig‘ir bahorda tuproqning 10 sm chuqurlikdagi harorat 7-80 C ga yetganda, gektariga 120-150 kg hisobida urug‘ sepiladi. Ekish chuqurligi 12-3 sm, parvarish qilishda zig‘ir o‘simligini borona qilinadi. Har xil begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar va zararli hashoratga qarshi pestitsidlar bilan ishlov beriladi. Hosilning pishishi ko‘k, och sariq, sariq va to‘la pishishlik davrilariga bo‘linadi. Tola uchun o‘simlik sariq pishishlik davrida maxsus kombaynlarda o‘rib olinadi va dalaga uzun yoyib tashlab ketiladi, keyin 3-4 hafta o‘tgach uni maxsus yig‘adigan mashinalar yordamida poyasidan ajratib olinadi va 3-4 ta qilib bog‘lanadi. Zig‘ir tolasini. Nasha qimmatbaho tolali va moyli namligi 12% dan oshmasligi lozim Zig‘irni tolasini 36-380 C issiq suvda ivitish yo‘li bilan ajratib olish mumkin. Kanop Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kanop-qimmatli lub tolali ekin bo‘lib, uning poyasida 24% gacha tola bo‘ladi. Tolasi pishiqligi, yumshoqligi va gigroskopikligi bilan ajralib turadi. Undan brezent, qoplar, gilam va mebel uchun material, arqon va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Chiqindilari qurilish plitalari va qog‘oz tayyorlashda ishlatiladi. Kanop urug‘ida 18-20% yog‘ bo‘ladi, undan lak bo‘yoq sanoatida va sovun tayyorlashda ishlatiladi. Hindistonda lampa moyi sifatida foydalaniladi. Kunjarasi mollar uchun yem sifatida ishlatiladi. Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada uchraydi. Kanopning vatani- Hindiston va Janubiy Afrika hisoblanadi. Kanop Hindistonda, Xitoy, Eron, Indoneziya, Birma, Sudan, Vyetnam, Italiya va AQShda ekiladi. Kanop 1925-1926 yillarda Shimoliy Kavkaz va Turkiston nav tajriba stansiyasida ekila boshlangan. Mamlakatimizda 1927 yildan boshlab ekib kelinadi. Respublikamizning, asosan Toshkent viloyati Yuqori, O‘rta va Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l va Bo‘stonliq tumanlarida 10 ming gektar yerga ekiladi. Kanop o‘rtacha bir gektar yerdan 100-120 s poya va 4-5 s urug‘ beradi. Yuqori agrotexnikani qo‘llash natijasida undan 150- 180 s poya 8-9 s urug‘ olish mumkin. Botanik xususiyatlari. Kanop-Hibiscus cannabinus L turiga., gulhayridoshlar (Malvaceae) oilasiga mansub bir yillik o‘t o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi  
 
rivojlangan bo‘lib, tuproqning 2 m va undan ko‘p chuqurligiga kirib boradi. Asosiy 
ildizi yo‘g‘on, tuproqning yuza qatlamida 30-40 sm chuqurligida joylashadi. Keyin 
kichrayib boradi va yon ildizlar orasida yo‘qolib ketadi. Agar nam yetishmasa, o‘q 
ildiz baquvvat rivojlanib, 2 m va undan ham chuqurlikka o‘sib kiradi. Poyasi tik 
o‘sadi, ko‘ndalang kesimi yumaloq, ozgina g‘adir-budir bo‘lib, uzunligi 2 metrdan 
3,5 metrgacha yetadi. Siyrak ekilganda, oziq va nam bilan vaqtida ta’minlanib 
turilganda, poyasining bo‘yi 5m gacha yetishi mumkin. Poyasi uchiga tomon 
ingichkalashib boradi, kuchli shoxlangan, yon shoxlari poyaning ko‘sakchalar 
bo‘lmagan pastki qismidan chiqadi. Tola olish uchun qalin ekilgan joylarda poyasi 
shoxlanmaydi. Poyasida 40-90 tagacha bo‘g‘im bor. Bo‘g‘im oraliqlari 3-4 sm 
keladi. Poya odatda yashil rangda, lekin qirmizi rang yoki qizil poya chiqaradigan 
shakllari ham uchraydi. Qizil va qirmizi rangli kanop poyalari yaxshi iviydi. Shu 
bois ulardan sifatli tola olinadi. Poyasi tikanchalar bilan siyrak qoplangan. 
Poyasining diametri 1,5-2,0 sm. Tola olish uchun ekiladigan navlarida esa 1,3-1,5 
sm dan oshmaydi.  
Barglari ketma-ket joylashgan, pastki barglari oddiy, o‘rta qismida bo‘lak-
bo‘lakli, keyingilari esa lansetsimon bo‘ladi. Guli-yirik kalta bandli 5-7 mm. 5 ta 
tojibargdan tashkil topgan, ochilganda diametri 7-8 sm dan 12 sm gacha yetadi, sariq, 
och-gunafsha, pushti rangda yoki och qizil rangda bo‘ladi. Changchisi 60-70 ta, qizil 
rangda, bir-biri bilan qo‘shilib o‘sib, changchi ustunchasini hosil qiladi va 5 ta doira 
bo‘lib joylashadi. Changdoni buyraksimon shaklda, zarg‘aldoq rangda, tugunchasi 5 
uyali, tuk bilan qalin qoplangan. Gullash pastki gullardan boshlanadi. Har bir gul bir 
kunda ochiladi. Kanop bir uyli o‘simlik, kam hollarda chetdan changlanadi. Mevasi-
5 qirrali quticha bo‘lib, uzunligi 2,5 sm, eni 1-2 sm bo‘ladi. Bitta o‘simlikda 20-30 
ta quticha hosil bo‘ladi. Urug‘i buyraksimon yoki burchakli shaklda bo‘lib, rangi 
to‘q kulrangda bo‘ladi. Bitta qutichada 15-20 ta urug‘ bo‘ladi. 1000 donasining vazni 
18 gr gacha yetadi. Urug‘ining bo‘yi 3-5 mm, eni 2,5-4,0 mm keladi. 
Biologik xususiyatlari. Kanop issiqsevar o‘simliklar qatoriga kiradi. Urug‘i 
10-120 C da o‘sib chiqadi. Temperatura 20-220 C bo‘lganda to‘liq maysalar hosil 
qiladi. Temperatura 1,0-1,50 C sovuq bo‘lsa, faqat maysalarigina emas, katta 
o‘simliklari ham nobud bo‘ladi. O‘sishi va rivojlanishi uchun 23-250 C yaxshi 
temperatura hisoblanadi. Kanop namsevar o‘simlik bo‘lganligi uchun suvni yaxshi 
rivojlangan bo‘lib, tuproqning 2 m va undan ko‘p chuqurligiga kirib boradi. Asosiy ildizi yo‘g‘on, tuproqning yuza qatlamida 30-40 sm chuqurligida joylashadi. Keyin kichrayib boradi va yon ildizlar orasida yo‘qolib ketadi. Agar nam yetishmasa, o‘q ildiz baquvvat rivojlanib, 2 m va undan ham chuqurlikka o‘sib kiradi. Poyasi tik o‘sadi, ko‘ndalang kesimi yumaloq, ozgina g‘adir-budir bo‘lib, uzunligi 2 metrdan 3,5 metrgacha yetadi. Siyrak ekilganda, oziq va nam bilan vaqtida ta’minlanib turilganda, poyasining bo‘yi 5m gacha yetishi mumkin. Poyasi uchiga tomon ingichkalashib boradi, kuchli shoxlangan, yon shoxlari poyaning ko‘sakchalar bo‘lmagan pastki qismidan chiqadi. Tola olish uchun qalin ekilgan joylarda poyasi shoxlanmaydi. Poyasida 40-90 tagacha bo‘g‘im bor. Bo‘g‘im oraliqlari 3-4 sm keladi. Poya odatda yashil rangda, lekin qirmizi rang yoki qizil poya chiqaradigan shakllari ham uchraydi. Qizil va qirmizi rangli kanop poyalari yaxshi iviydi. Shu bois ulardan sifatli tola olinadi. Poyasi tikanchalar bilan siyrak qoplangan. Poyasining diametri 1,5-2,0 sm. Tola olish uchun ekiladigan navlarida esa 1,3-1,5 sm dan oshmaydi. Barglari ketma-ket joylashgan, pastki barglari oddiy, o‘rta qismida bo‘lak- bo‘lakli, keyingilari esa lansetsimon bo‘ladi. Guli-yirik kalta bandli 5-7 mm. 5 ta tojibargdan tashkil topgan, ochilganda diametri 7-8 sm dan 12 sm gacha yetadi, sariq, och-gunafsha, pushti rangda yoki och qizil rangda bo‘ladi. Changchisi 60-70 ta, qizil rangda, bir-biri bilan qo‘shilib o‘sib, changchi ustunchasini hosil qiladi va 5 ta doira bo‘lib joylashadi. Changdoni buyraksimon shaklda, zarg‘aldoq rangda, tugunchasi 5 uyali, tuk bilan qalin qoplangan. Gullash pastki gullardan boshlanadi. Har bir gul bir kunda ochiladi. Kanop bir uyli o‘simlik, kam hollarda chetdan changlanadi. Mevasi- 5 qirrali quticha bo‘lib, uzunligi 2,5 sm, eni 1-2 sm bo‘ladi. Bitta o‘simlikda 20-30 ta quticha hosil bo‘ladi. Urug‘i buyraksimon yoki burchakli shaklda bo‘lib, rangi to‘q kulrangda bo‘ladi. Bitta qutichada 15-20 ta urug‘ bo‘ladi. 1000 donasining vazni 18 gr gacha yetadi. Urug‘ining bo‘yi 3-5 mm, eni 2,5-4,0 mm keladi. Biologik xususiyatlari. Kanop issiqsevar o‘simliklar qatoriga kiradi. Urug‘i 10-120 C da o‘sib chiqadi. Temperatura 20-220 C bo‘lganda to‘liq maysalar hosil qiladi. Temperatura 1,0-1,50 C sovuq bo‘lsa, faqat maysalarigina emas, katta o‘simliklari ham nobud bo‘ladi. O‘sishi va rivojlanishi uchun 23-250 C yaxshi temperatura hisoblanadi. Kanop namsevar o‘simlik bo‘lganligi uchun suvni yaxshi  
 
talab qiladi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 580-700 ga teng. Tuproq namligi 80% 
bo‘lishi kanop uchun optimal namlik hisoblanadi. Shuning uchun u sug‘oriladigan 
yerlarda yoki yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan hududlarda ekiladi. Suvni 3 barg hosil 
qilish davrida juda ko‘p talab qiladi. Kanopning vegetatsiya davri, ekiladigan navi 
va qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlariga qarab 130-140 kungacha boradi. 
Kanop yorug‘sevar o‘simlik. Yorug‘lik kam bo‘lgan yoki juda qalin 
ekilganda, poyasi kalta va nimjon bo‘lib o‘sadi. 
Kanop daryo bo‘ylaridagi tuproqlarda, kulrang, bo‘z va bo‘z-botqoq 
tuproqlarda o‘sadi. Sho‘r tuproqlarda o‘smaydi. Kanopning O‘zbekistonda quyidagi 
navlari ekiladi: Uzbekskiy-1972, Uzbekskiy-2124, Kubanskiy-338, 3976. 
Agrotexnikasi. Almashlab ekishda kanop kuzgi g‘alla ekinlari, don-dukkakli 
ekinlar va bedadan keyin ekiladi.  
Oziq moddalarga talabi katta. 1 gektardan 100 ts poyasi bilan tuproqdan 120-
150 kg azot, 60-80 kg fosfor, 120-160 kg kaliy olib chiqadi. Vegetatsiya davrining 
boshlarida kanop ko‘p miqdorda fosfor va kaliy talab qiladi. Azotga bo‘lgan talabi 
esa shonalash va gullash fazalarida ortib boradi. 
O‘g‘itlarga juda talabchan, go‘ng bilan mineral o‘g‘itlar birga solinsa, u 
yaxshi o‘sadi. Kanopga o‘rtacha gektariga 90-150 kg azot, 90-150 kg fosfor va 50-
70 kg kaliy beriladi. Mineral o‘g‘itlarning asosiy qismi, ya’ni 50-60% fosfor va 50% 
kaliy organik o‘g‘itlar bilan birgalikda kuzgi shudgorda beriladi. 
Agar kanop bedadan keyin ekilsa, birinchi yili meneral o‘g‘it normasi 
kamaytiriladi. Go‘ng bilan fosfor va kaliy o‘g‘itlarini yarmini kuzgi shudgorlashda, 
ekish vaqtida 25-30 kg N va R beriladi, qolgan qismi esa 8-10 ta barg chiqarish 
fazalari va shonalashdan oldin beriladi. Ekishda eng sara urug‘ ekiladi, uning 
chiqishi 80% dan, tozaligi 94% dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Kanop tuproq yaxshi qizigan vaqtda, ya’ni temperatura 12-150 C bo‘lganda 
ekiladi. O‘zbekistonda tola uchun ekiladigan kanop 10-12 aprelda ekiladi. Urug‘ 
olish uchun ertaroq 1-10 aprelgacha ekib olish kerak bo‘ladi. Agar kanop tola olish 
maqsadida ekilayotgan bo‘lsa, lenta usulida ekiladi. Bunda ekish normasi 35-40 kg 
ni tashkil etadi. 
Urug‘ olish uchun ekilsa. Keng qatorlab, qator orasi 60 sm qilib ekiladi, 
bunda ekish normasi ham kamaytiriladi. 1 ga ga 18-20 kg urug‘ ekiladi. Ekish 
talab qiladi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 580-700 ga teng. Tuproq namligi 80% bo‘lishi kanop uchun optimal namlik hisoblanadi. Shuning uchun u sug‘oriladigan yerlarda yoki yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan hududlarda ekiladi. Suvni 3 barg hosil qilish davrida juda ko‘p talab qiladi. Kanopning vegetatsiya davri, ekiladigan navi va qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlariga qarab 130-140 kungacha boradi. Kanop yorug‘sevar o‘simlik. Yorug‘lik kam bo‘lgan yoki juda qalin ekilganda, poyasi kalta va nimjon bo‘lib o‘sadi. Kanop daryo bo‘ylaridagi tuproqlarda, kulrang, bo‘z va bo‘z-botqoq tuproqlarda o‘sadi. Sho‘r tuproqlarda o‘smaydi. Kanopning O‘zbekistonda quyidagi navlari ekiladi: Uzbekskiy-1972, Uzbekskiy-2124, Kubanskiy-338, 3976. Agrotexnikasi. Almashlab ekishda kanop kuzgi g‘alla ekinlari, don-dukkakli ekinlar va bedadan keyin ekiladi. Oziq moddalarga talabi katta. 1 gektardan 100 ts poyasi bilan tuproqdan 120- 150 kg azot, 60-80 kg fosfor, 120-160 kg kaliy olib chiqadi. Vegetatsiya davrining boshlarida kanop ko‘p miqdorda fosfor va kaliy talab qiladi. Azotga bo‘lgan talabi esa shonalash va gullash fazalarida ortib boradi. O‘g‘itlarga juda talabchan, go‘ng bilan mineral o‘g‘itlar birga solinsa, u yaxshi o‘sadi. Kanopga o‘rtacha gektariga 90-150 kg azot, 90-150 kg fosfor va 50- 70 kg kaliy beriladi. Mineral o‘g‘itlarning asosiy qismi, ya’ni 50-60% fosfor va 50% kaliy organik o‘g‘itlar bilan birgalikda kuzgi shudgorda beriladi. Agar kanop bedadan keyin ekilsa, birinchi yili meneral o‘g‘it normasi kamaytiriladi. Go‘ng bilan fosfor va kaliy o‘g‘itlarini yarmini kuzgi shudgorlashda, ekish vaqtida 25-30 kg N va R beriladi, qolgan qismi esa 8-10 ta barg chiqarish fazalari va shonalashdan oldin beriladi. Ekishda eng sara urug‘ ekiladi, uning chiqishi 80% dan, tozaligi 94% dan kam bo‘lmasligi kerak. Kanop tuproq yaxshi qizigan vaqtda, ya’ni temperatura 12-150 C bo‘lganda ekiladi. O‘zbekistonda tola uchun ekiladigan kanop 10-12 aprelda ekiladi. Urug‘ olish uchun ertaroq 1-10 aprelgacha ekib olish kerak bo‘ladi. Agar kanop tola olish maqsadida ekilayotgan bo‘lsa, lenta usulida ekiladi. Bunda ekish normasi 35-40 kg ni tashkil etadi. Urug‘ olish uchun ekilsa. Keng qatorlab, qator orasi 60 sm qilib ekiladi, bunda ekish normasi ham kamaytiriladi. 1 ga ga 18-20 kg urug‘ ekiladi. Ekish  
 
chuqurligi yengil tuproqlarda 5-6 sm qilib, og‘ir tuproqlarda 3-4 sm qilib ekiladi. 
Butun vegetatsiya davrida tola olish uchun ekiladigan kanop 5-6 marta sug‘oriladi. 
Birinchi sug‘orish o‘simlik balandligi 12-15 sm bo‘lganda, keyin har 15-20 kunda 
sug‘oriladi. Urug‘ olish uchun ekilgan kanop birinchi kultivatsiyadan so‘ng 
yaganalanadi. 1 ga da 150-180 ming o‘simlik qoldiriladi. Uch marta sug‘oriladi. 
Birinchi marta 18-20 barg hosil bo‘lganda, ikkinchi marta -shonalash va uchinchi 
marta gullash fazasida sug‘oriladi.  
Tola uchun ekilgan kanopni 50% gullaganda o‘riladi. Lub tola ajratuvchi LS-
1 rusumli mashinada kanopni poyasini ko‘k po‘stlog‘idan ajratib olinadi. Tolasi 
dalaning o‘zida quritiladi va 10-12 kg. dan qilib bog‘lab lub zavodlariga jo‘natiladi. 
Urug‘lik kanop 50% o‘simlik sarg‘ayganda 1-10 sentabrgacha o‘riladi. 
O‘rilgan poyalar 1-4 kun davomida so‘litiladi, keyin bog‘lab, taxlab qo‘yiladi. 
Qurigan poyalar maxsus kombaynlarda yanchib olinadi. 
 
Sinov savollari. 
1. Tolali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot bering?  
     2. G‘o‘zaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting? 
     3. G‘o‘zaning agrotexnikasi ayting? 
     4. Zig‘irni botanik ta’rifini ayting? 
     5. Kanopning biologik xususiyatlari ayting? 
 
chuqurligi yengil tuproqlarda 5-6 sm qilib, og‘ir tuproqlarda 3-4 sm qilib ekiladi. Butun vegetatsiya davrida tola olish uchun ekiladigan kanop 5-6 marta sug‘oriladi. Birinchi sug‘orish o‘simlik balandligi 12-15 sm bo‘lganda, keyin har 15-20 kunda sug‘oriladi. Urug‘ olish uchun ekilgan kanop birinchi kultivatsiyadan so‘ng yaganalanadi. 1 ga da 150-180 ming o‘simlik qoldiriladi. Uch marta sug‘oriladi. Birinchi marta 18-20 barg hosil bo‘lganda, ikkinchi marta -shonalash va uchinchi marta gullash fazasida sug‘oriladi. Tola uchun ekilgan kanopni 50% gullaganda o‘riladi. Lub tola ajratuvchi LS- 1 rusumli mashinada kanopni poyasini ko‘k po‘stlog‘idan ajratib olinadi. Tolasi dalaning o‘zida quritiladi va 10-12 kg. dan qilib bog‘lab lub zavodlariga jo‘natiladi. Urug‘lik kanop 50% o‘simlik sarg‘ayganda 1-10 sentabrgacha o‘riladi. O‘rilgan poyalar 1-4 kun davomida so‘litiladi, keyin bog‘lab, taxlab qo‘yiladi. Qurigan poyalar maxsus kombaynlarda yanchib olinadi. Sinov savollari. 1. Tolali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot bering? 2. G‘o‘zaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting? 3. G‘o‘zaning agrotexnikasi ayting? 4. Zig‘irni botanik ta’rifini ayting? 5. Kanopning biologik xususiyatlari ayting?