TO‘QIMALARNI BIRLASHTIRISHNING UMUMIY PRINSIPLARI.

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

17,2 KB


 
 
 
 
 
 
TO‘QIMALARNI BIRLASHTIRISHNING UMUMIY PRINSIPLARI. 
 
MA’RUZA REJASI: 
 
1. Xirurgik chok turlari: uzlikli choklar, uzliksiz choklar. 
2. Qo‘llanilishi bo‘yicha choklarning xarakteristikasi (yaqinlashtiruvchi, 
birlashtiruvchi, vaqtinchalik) holatiga qarab, ikkalamchi, kechiktirib qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan choklar. 
3. Teri choklarini olib tashlash. Maxsus choklar: ichaklarga qo‘llaniladigan 
(qo‘llash xususiyatlari, prinsiplari va turlari). 
4. Pay, nerv, qon tomirlarni birlashtiruvchi choklar.  
5. Sintetik yelimlar yordamida to‘qimalarni birlashtirish. Suyaklarni 
birlashtirish asoslari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TO‘QIMALARNI BIRLASHTIRISHNING UMUMIY PRINSIPLARI. MA’RUZA REJASI: 1. Xirurgik chok turlari: uzlikli choklar, uzliksiz choklar. 2. Qo‘llanilishi bo‘yicha choklarning xarakteristikasi (yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi, vaqtinchalik) holatiga qarab, ikkalamchi, kechiktirib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan choklar. 3. Teri choklarini olib tashlash. Maxsus choklar: ichaklarga qo‘llaniladigan (qo‘llash xususiyatlari, prinsiplari va turlari). 4. Pay, nerv, qon tomirlarni birlashtiruvchi choklar. 5. Sintetik yelimlar yordamida to‘qimalarni birlashtirish. Suyaklarni birlashtirish asoslari.  
 
 
Tayanch iboralar: uzlikli choklar, uzliksiz choklar, valikli chok, pay 
choklari, biriktiruvchi choklar, maxsus choklar. 
 
Operatsiya so‘ngida jarohatlarni tez bitishi uchun hamda tashqi muhit 
ta’surotlarini kamaytirish maqsadida to‘qimalar biriktiriladi. 
 
 
To‘qimalarni biriktirish vaqtida quyidagi prinsiplarga rioya etish kerak: 
 
1. Jarohatdagi qon oqishini to‘xtatish va ivigan qonlarni olib tashlash. 
 
2. Choklash vaqtida to‘qimalar yuzasi bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. 
 
3. Jarohatdagi mavjud kislotalarni yo‘qotish lozim. 
 
4. Jarohatning qirralari bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak (kooptasiya). 
 
5. Choklash vaqtida aseptika, antiseptika qoidalariga qat’iyan rioya qilish 
kerak: 
 
A) jarohatga qo‘l bilan tegish man etiladi; 
 
B) sterillangan choklash materiallarini qo‘llash kerak; 
 
V) qon bilan ifloslangan choklarni qo‘llash man etiladi; 
 
G) katta igna va qalin choklarni ishlatmaslik; 
 
D) qattiq bog‘lamaslik; 
 
Ye) jarohatni bog‘lash kerak. 
 
Choklar ikki xilga bo‘linadi: biriktiruvchi va maxsus. 
 Birinchisi teri, teri osti yog‘i, muskullar, fassiyalar va shilliq pardalar 
biriktirilishi uchun ishlatiladi. Ikkinchisi esa ichak, pay, suyak, qon tomirlar va 
nervlarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. To‘qimalarni birlashtirish vaqtiga qaraganda 
choklash birlamchi 6-12 soat ichida, ikkilamchi 8-15 kun ichida o‘tkazish mumkin. 
 
To‘qimalarning qalinligiga ko‘ra choklash bir qavat yoki ko‘p qavatli bo‘lishi 
mumkin. 
 
Choklash materiallariga quyidagilar kiradi: ipak, ketgut, otlarning yoli, ayollar 
sochi, paxta va sintetik iplar, sim. Choklash uchun ishlatiladigan asboblar: igna, igna 
qisqichi, pinset. 
 
Asosan ikki xil choklash ishlatiladi:  
Tayanch iboralar: uzlikli choklar, uzliksiz choklar, valikli chok, pay choklari, biriktiruvchi choklar, maxsus choklar. Operatsiya so‘ngida jarohatlarni tez bitishi uchun hamda tashqi muhit ta’surotlarini kamaytirish maqsadida to‘qimalar biriktiriladi. To‘qimalarni biriktirish vaqtida quyidagi prinsiplarga rioya etish kerak: 1. Jarohatdagi qon oqishini to‘xtatish va ivigan qonlarni olib tashlash. 2. Choklash vaqtida to‘qimalar yuzasi bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. 3. Jarohatdagi mavjud kislotalarni yo‘qotish lozim. 4. Jarohatning qirralari bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak (kooptasiya). 5. Choklash vaqtida aseptika, antiseptika qoidalariga qat’iyan rioya qilish kerak: A) jarohatga qo‘l bilan tegish man etiladi; B) sterillangan choklash materiallarini qo‘llash kerak; V) qon bilan ifloslangan choklarni qo‘llash man etiladi; G) katta igna va qalin choklarni ishlatmaslik; D) qattiq bog‘lamaslik; Ye) jarohatni bog‘lash kerak. Choklar ikki xilga bo‘linadi: biriktiruvchi va maxsus. Birinchisi teri, teri osti yog‘i, muskullar, fassiyalar va shilliq pardalar biriktirilishi uchun ishlatiladi. Ikkinchisi esa ichak, pay, suyak, qon tomirlar va nervlarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. To‘qimalarni birlashtirish vaqtiga qaraganda choklash birlamchi 6-12 soat ichida, ikkilamchi 8-15 kun ichida o‘tkazish mumkin. To‘qimalarning qalinligiga ko‘ra choklash bir qavat yoki ko‘p qavatli bo‘lishi mumkin. Choklash materiallariga quyidagilar kiradi: ipak, ketgut, otlarning yoli, ayollar sochi, paxta va sintetik iplar, sim. Choklash uchun ishlatiladigan asboblar: igna, igna qisqichi, pinset. Asosan ikki xil choklash ishlatiladi:  
 
 
Uzlukli choklash har bitta tikish alohida ligatura yordamida bajariladi. Ularga 
quyidagilar kiradi: tugunsimon, situasion, sirtmoqsimon va valik yordamida.  
Uzluksiz choklashda jarohatni butun uzunligi bo‘yicha bitta 20-30 sm ligatura 
yordamida tikiladi ularga skornyagi, matris, kiset usullari kiradi. 
 
To‘qimalarni biriktirish uchun qoqshol materiallarni tugish lozim. Buning 
uchun quyidagi tugunlar turlari ishlatiladi: oddiy, dengiz va xirurgik. 
 
Yarani bitishiga qarab choklarni 7-10 kundan keyin olib tashlash kerak. 
 
Ichak choklari – ichi bo‘sh, seroz qavati bo‘lgan organlarni biriktirish uchun 
ishlatiladi. Bularga Lamber, Shmiden, Pirogov-Cherni, Plaxotin-Sadovskiy usullari 
kiradi. 
 
Pay choklari – jarohatlangan paylarni biriktirish uchun ishlatiladi. Choklash 
materiali sifatida sintetik iplar, kapron, lavsan, neylonlarni qo‘llash mumkin. Mayda 
hayvonlarda Vitsel, kattalarida esa Tixonin usuli qo‘llaniladi.  
 
Hozirgi vaqtda to‘qimalarni biriktirish uchun maxsus kley ishlatish mumkin: 
BF-6, siakrin. 
Tugun turlari. Jarrohlik amaliyotida asosan to’g’ri (morskim) va jarrohlik 
tugunlar ko’pincha ishlatiladi. Qiyshiq (ayollarniki) chok jarrohlikda ishlatilmaydi. 
To’qimalarni birlashtirish qonsiz va qonli usullarga bo’linadi. Masalan, qonsiz 
usuliga kiradi: yopishmoq va malham. Uni yaraning yuza qismiga yopishtiriladi. 
Amaliyotda ko’pincha qonli tikishlar ishlatiladi, qaysiki teri, mushak, fassiya va 
maxsus belgilangan baxiyalarga (ichak, tog’ay, nerv, tomirlarga mansub) bo’linadi. 
Terilar choki. Alohida-alohida yoki uzlukli chok tugish amaliyotda ko’p 
tarqalgan. Buni bajarish uchun kalta ip (uzunasi 20-25 sm) qo’llaniladi. Avval 
yaraning o’rta qismidan, keyin chetlaridan tikishni boshlaydi, bitguncha tikadi, har 
bir o’tkazilgan baxiya to’g’ri (morskim) tugun bilan bog’lanadi, paydo bo’lgan tugun 
yaraning tikilgan labiga emas biqiniga joylashtiriladi. 
Valikli chok. Tananing biron qismiga o’tkazilgan chok kelajakda terining 
tortilishi oqibatida uni kesishi mumkin. Buning oldini olish uchun yaraning teri 
kesilgan uchidan juft ipni o’tkazib, keyin orasiga (ikki tomonlama) dokadan 
yasalgan lo’la shaklidagi tampon kirgiziladi va ipni bo’sh tomonidan tortib tugib 
tashlanadi. 
Uzlukli choklash har bitta tikish alohida ligatura yordamida bajariladi. Ularga quyidagilar kiradi: tugunsimon, situasion, sirtmoqsimon va valik yordamida. Uzluksiz choklashda jarohatni butun uzunligi bo‘yicha bitta 20-30 sm ligatura yordamida tikiladi ularga skornyagi, matris, kiset usullari kiradi. To‘qimalarni biriktirish uchun qoqshol materiallarni tugish lozim. Buning uchun quyidagi tugunlar turlari ishlatiladi: oddiy, dengiz va xirurgik. Yarani bitishiga qarab choklarni 7-10 kundan keyin olib tashlash kerak. Ichak choklari – ichi bo‘sh, seroz qavati bo‘lgan organlarni biriktirish uchun ishlatiladi. Bularga Lamber, Shmiden, Pirogov-Cherni, Plaxotin-Sadovskiy usullari kiradi. Pay choklari – jarohatlangan paylarni biriktirish uchun ishlatiladi. Choklash materiali sifatida sintetik iplar, kapron, lavsan, neylonlarni qo‘llash mumkin. Mayda hayvonlarda Vitsel, kattalarida esa Tixonin usuli qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda to‘qimalarni biriktirish uchun maxsus kley ishlatish mumkin: BF-6, siakrin. Tugun turlari. Jarrohlik amaliyotida asosan to’g’ri (morskim) va jarrohlik tugunlar ko’pincha ishlatiladi. Qiyshiq (ayollarniki) chok jarrohlikda ishlatilmaydi. To’qimalarni birlashtirish qonsiz va qonli usullarga bo’linadi. Masalan, qonsiz usuliga kiradi: yopishmoq va malham. Uni yaraning yuza qismiga yopishtiriladi. Amaliyotda ko’pincha qonli tikishlar ishlatiladi, qaysiki teri, mushak, fassiya va maxsus belgilangan baxiyalarga (ichak, tog’ay, nerv, tomirlarga mansub) bo’linadi. Terilar choki. Alohida-alohida yoki uzlukli chok tugish amaliyotda ko’p tarqalgan. Buni bajarish uchun kalta ip (uzunasi 20-25 sm) qo’llaniladi. Avval yaraning o’rta qismidan, keyin chetlaridan tikishni boshlaydi, bitguncha tikadi, har bir o’tkazilgan baxiya to’g’ri (morskim) tugun bilan bog’lanadi, paydo bo’lgan tugun yaraning tikilgan labiga emas biqiniga joylashtiriladi. Valikli chok. Tananing biron qismiga o’tkazilgan chok kelajakda terining tortilishi oqibatida uni kesishi mumkin. Buning oldini olish uchun yaraning teri kesilgan uchidan juft ipni o’tkazib, keyin orasiga (ikki tomonlama) dokadan yasalgan lo’la shaklidagi tampon kirgiziladi va ipni bo’sh tomonidan tortib tugib tashlanadi.  
 
Valikli chok va bog’lam. Yaraning ikki chekkasidan lo’lali chok o’tkazilgandan 
keyin, uning ustiga toza salfetka yopib bog’lanadi. Bu usul veterinariya amaliyotida 
keng tarqalgan. Ko’pincha bu usulni yirik mollarning yarasini bint bilan bog’lash 
mumkin bo’lmagan taqdirdagina ishlatish mumkin. 
Xalqali chok. Yaraning ikki chekkasidan ipli nina o’ng tomondan chapga qarab, 
keyin teskari tomonga qarab o’tkaziladi. Iplarning erkin uchlariga to’g’ri tugun 
o’tkazib bog’lanadi. Shu tikish usuli orqali yaraning lablari bir-biriga 
yaqinlashtiriladi. Tortilishni kamaytiruvchi bu baxiya tananing Biron ma’lum 
qismida, terida qandaydir kuchlanish mavjud, lekin ba’zi sabablarga ko’ra lo’lali 
chokni qo’llashning iloji bo’lmasdan qoladi. Shu sababli xalqali tikish qo’llaniladi. 
Avval yaraning yuqori chekkasidan chatib, keyin ikkinchi chokni (bitta tashlab) 
birinchisiga biroz undan pastroqdan o’tkziladi. 
Vaziyatli (situasiyali) baxiya yaraning lablarini bir-biriga to’g’ri va tekis 
yopishishini ta’minlaydi. Agar yaraning shakli qiyqimli (loskutli) bo’lsa. U holda 
birinchi chatish qirraning yuqori burchagidan boshlab, keyingi choklarning ikki 
labini o’rta qismidan boshlash kerak. Agar yaraning lab chekkalari anatomik 
teshiklarga yaqin joylashgan bo’lsa (og’iz, burun, ko’z tirqishi va boshqalar) birinchi 
chatish shularning cheka qismidan, keyingilari esa yara labining o’rta qismidan 
boshlanadi. 
Tuzatuvchi (korrekturali) chok yaraning qiyshiq lablarining shaklini 
to’g’rilaydi. Mabodo yaraning lablari ichkariga qarab qayrilgan bo’lsa, u chokda ip 
yaraning qirrasiga yaqinlashtirilib o’tkazib tikiladi. Agar yaraning lablari tashqariga 
qayrilgan bo’lsa u vaqtda tugunli chok o’tkaziladi, lekin nina yaraning qirrasidan 
biroz uzoqda bo’ladi. 
Fassiyalar choki 
Uzluksiz (mo’ynado’z) baxiya. Tikish bitta uzun ip bilan bajariladi. Yara 
qirrasining bir tomonidan chatishini ketma-ket o’tkazib, keyin so’nggi chekasidan 
boshlab muqarrar (turmush) nusxa Bilan tikiladi. Bu usulni bajarish uchun o’ng 
tomondan chapga qarab tikish qulayroq bo’ladi. Tikish yakunlanganda ortib qolgan 
ipning erkin uchini uzun qoldirib oxirgi chokni tamomlab tugib tashlanadi. Bunday 
chatish usuli ko’pincha qorin seroz pardasini tikishda qo’llash kerak. 
Mushak to’qimalari choki 
Valikli chok va bog’lam. Yaraning ikki chekkasidan lo’lali chok o’tkazilgandan keyin, uning ustiga toza salfetka yopib bog’lanadi. Bu usul veterinariya amaliyotida keng tarqalgan. Ko’pincha bu usulni yirik mollarning yarasini bint bilan bog’lash mumkin bo’lmagan taqdirdagina ishlatish mumkin. Xalqali chok. Yaraning ikki chekkasidan ipli nina o’ng tomondan chapga qarab, keyin teskari tomonga qarab o’tkaziladi. Iplarning erkin uchlariga to’g’ri tugun o’tkazib bog’lanadi. Shu tikish usuli orqali yaraning lablari bir-biriga yaqinlashtiriladi. Tortilishni kamaytiruvchi bu baxiya tananing Biron ma’lum qismida, terida qandaydir kuchlanish mavjud, lekin ba’zi sabablarga ko’ra lo’lali chokni qo’llashning iloji bo’lmasdan qoladi. Shu sababli xalqali tikish qo’llaniladi. Avval yaraning yuqori chekkasidan chatib, keyin ikkinchi chokni (bitta tashlab) birinchisiga biroz undan pastroqdan o’tkziladi. Vaziyatli (situasiyali) baxiya yaraning lablarini bir-biriga to’g’ri va tekis yopishishini ta’minlaydi. Agar yaraning shakli qiyqimli (loskutli) bo’lsa. U holda birinchi chatish qirraning yuqori burchagidan boshlab, keyingi choklarning ikki labini o’rta qismidan boshlash kerak. Agar yaraning lab chekkalari anatomik teshiklarga yaqin joylashgan bo’lsa (og’iz, burun, ko’z tirqishi va boshqalar) birinchi chatish shularning cheka qismidan, keyingilari esa yara labining o’rta qismidan boshlanadi. Tuzatuvchi (korrekturali) chok yaraning qiyshiq lablarining shaklini to’g’rilaydi. Mabodo yaraning lablari ichkariga qarab qayrilgan bo’lsa, u chokda ip yaraning qirrasiga yaqinlashtirilib o’tkazib tikiladi. Agar yaraning lablari tashqariga qayrilgan bo’lsa u vaqtda tugunli chok o’tkaziladi, lekin nina yaraning qirrasidan biroz uzoqda bo’ladi. Fassiyalar choki Uzluksiz (mo’ynado’z) baxiya. Tikish bitta uzun ip bilan bajariladi. Yara qirrasining bir tomonidan chatishini ketma-ket o’tkazib, keyin so’nggi chekasidan boshlab muqarrar (turmush) nusxa Bilan tikiladi. Bu usulni bajarish uchun o’ng tomondan chapga qarab tikish qulayroq bo’ladi. Tikish yakunlanganda ortib qolgan ipning erkin uchini uzun qoldirib oxirgi chokni tamomlab tugib tashlanadi. Bunday chatish usuli ko’pincha qorin seroz pardasini tikishda qo’llash kerak. Mushak to’qimalari choki  
 
1. Ilmoqli chatish teri yarasiga mos keladi. 
2. To’shak (matras) kuk ilmoqli baxiyaga mos, ya’ni bitta uzun ipni yaraning bir 
chekkasidan boshlab, uning oxiriga yetkaziladi. 
Maxsus tikuvlarning tanlanishi – ichak, pay, nerv praktikumning tegishli 
bo’limida yoziladi. 
Teridagi choklarni olib tashlash 
Tikilgandan 7-10 kun o’tgandan keyin teri yuzasidagi choklar Birma-bir olib 
tashlanadi. Qisqich orqali terini ustida joylashgan chokni tugunidan ushlab biroz 
yuqoriga qarab tortiladi, ichkarida – to’qimaning nina teshgan oralig’idan oqargan 
holatda tikilgan ip chiqaboshlaydi, qayerda qaychini kesuvchi uchi Bilan kesganda 
qolgan qoldig’i bo’lsa, u ham olinadi. To’xtovsiz, ilmoqli, matras choklarni olib 
tashlash har bir kuk ipga alohida qaychi ishlatib kesiladi. Iplarni kesishdan oldin va 
ularni kesgandan keyin 5% yod eritmasini yaraning ustki qismining uzunasiga surtib 
chiqiladi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1. Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev – 
 
  1997. 
 
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I. – 1990. 
 
3. Teoriya i praktika xirurgicheskogo shva. A.N. Tolikov. 1951. 
 
1. Ilmoqli chatish teri yarasiga mos keladi. 2. To’shak (matras) kuk ilmoqli baxiyaga mos, ya’ni bitta uzun ipni yaraning bir chekkasidan boshlab, uning oxiriga yetkaziladi. Maxsus tikuvlarning tanlanishi – ichak, pay, nerv praktikumning tegishli bo’limida yoziladi. Teridagi choklarni olib tashlash Tikilgandan 7-10 kun o’tgandan keyin teri yuzasidagi choklar Birma-bir olib tashlanadi. Qisqich orqali terini ustida joylashgan chokni tugunidan ushlab biroz yuqoriga qarab tortiladi, ichkarida – to’qimaning nina teshgan oralig’idan oqargan holatda tikilgan ip chiqaboshlaydi, qayerda qaychini kesuvchi uchi Bilan kesganda qolgan qoldig’i bo’lsa, u ham olinadi. To’xtovsiz, ilmoqli, matras choklarni olib tashlash har bir kuk ipga alohida qaychi ishlatib kesiladi. Iplarni kesishdan oldin va ularni kesgandan keyin 5% yod eritmasini yaraning ustki qismining uzunasiga surtib chiqiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev – 1997. 2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I. – 1990. 3. Teoriya i praktika xirurgicheskogo shva. A.N. Tolikov. 1951.