Toshkent turistik mintaqasi.
Reja:
1. Toshkent turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
4. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1. Toshkent turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o‘rni.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan iborat mintaqa hisoblanadi. Toshkent
shahri – Markaziy Osiyoning eng yirik shahri – O’zbekistonning Respublikasi
poytaxtidir. Toshkent qadimiy shaharlardan hisoblanib, u haqidagi dastlabki
ma’lumotlar eramizdan oldingi II asrdagi Xitoy solnomalarida uchraydi. Hozirgi
kunda Toshkent yirik transport tuguni sifatida (havo, temir yo’l, avtomobil) o’zida
mamlakatimizning tarixiy
o’tmishini
eslatib
turuvchi
taraqqiy
topgan
zamanoviy sanoat shahridir. Shuningdek, Toshkent turistik rayoni turistik
resurslarga boy hisoblanib, mahalliy va halqaro ahamiyatdagi sayyohlikni
rivojlantirish imkoniyatlariga ega. Mazkur rayonda madaniy – tarixiy, tabiiy
rekreasiya resurslari mavjud. Bu yerda Oqtosh, Xumson, G’azalkent, Tovoqsoy,
Boldirsoy, Chorbog’, Chimyon, Kumushkon, So’qoq, Ohangaron, Yangiobod,
Ertosh, Ko’ksaroy, Qizilchi kabi dam olish va davolanish resurslariga ega.
Rayonning turli tekislik va tog’li qismida ekskursiya obyektlari va shifobaxsh
maskanlari ko’p. Bu rayonda Botanika, Turon, Chinobod, Toshkent mineral suvi, 8
mart, Qibray, Bo’ston, Zangchi ota kabi bir qancha sanatoriya va kurort zonalari
joylashgan. Yuqoridagi tabiiy rekreasiya resurslaridan kelib chiqib ekologik
turizmni tashkil etish imkoniyatlari bisyor. Ayni kunda Chotqol davlat
qo’rio’xonasiga turli marshrutlarni yaratish katta samara beradi. O’z navbatida
Toshkent turistik rayoni madaniy-tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarga boy
hisoblanadi. Toshkent shahrida ko’plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san’at
muzeyi haykallar, rasmlar va turli hunarmandchilik mahsilotlarining yirik
to’plamiga ega. O’zbekiston Amaliy San’at muzeyi 30 mingdan ortiq
hunarmandchilik mahsulotlari va qimmatbaho taqinchoqlariga ega. Undan tashqari
XVI asrning ajoyib yodgorligi Baroqxon madrasasi, XIV asrga oid Ko’kaldosh
madrasasi kabi qadimiy arxitektura yodgorliklari va zamonaviy Amir Temur
xiyoboni, Mustaqillik maydoni kabi turli bog’ va maydonlar ham turistlarni jalb
qiluvchi obyektlardir.
2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
Mazkur turistik rayonda turizm infratuzilmasi boshqa rayonlarga nisbatan
ancha rivojlangan. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati tog’oldi
mintaqalaridagi turistik obyektlarda mehmonxona va dam olish maskanlarida
turistlarga xizmat ko’rsatish darajasi yildan – yilga yaxshilanmoqda. Bu albatta
yuqori darajada urbanizasiyalashgan hudud uchun ayniqsa muhimdir.
Toshkent shahrini 2007 yil «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinishi
natijasida poytaxtimizning dovrug’i yanada oshdi vash u bilan birga hukumatimiz
tashabbusi bilan ko’pgina qadimiy yodgorliklar qayta ta’mirlanib o’z jozibadorligini
yanada oshirdi. Bu shundan dalolat beradiki, mazkur turistik rayonda turizmni
rivojlanishi istiqbollari yana ham kengayib boradi.
3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
O’zbekiston
turistik
rayonlardagi
turistik
resurslar
salohiyati
keng
imkoniyatlarga ega. Toshkent turistik rayonda xalqaro ekologik rezervat joylashgani
uchun
ham
uning
xuquqiy
maqomi
tabiatga
ara-lashmaslik
prinsipiga
moslashgirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan
foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik
yo’lakchalar orkali, kam sonli turistik guruhchalarga bo’lingan tarzda, yilning
hayvonot olamini urchimaydigan va ko’paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda
aylanish maqsadga muvofikdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy
aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noekologik yo’naltirilgan
turmush tarzini ijobiy tomonlarga o’zgartiradi.
Toshkent turistik rayonda Ko’kaldosh madrasasi, Kaffol Shoshiy maqbarasi, Hazrati
Imom arxitektura majmuasi, Abulqosim madrasasi, Baroqxon madrasasi, Jome’
masjidi, Amir Temur muzeyi va xiyoboni, Mustaqillik maydoni, Xalqlar do’stligi
maydoni, Jasorat monumenti, Xasti Imom maydoni, Tilla Shayx masjidi, Xadra
maydoni, So’fi Ota maqbarasi mavjud.