TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR

Yuklangan vaqt

2025-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

30

Faytl hajmi

206,5 KB


 
 
76 
 
 
 
 
TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI BOZOR IQTISODIYOTI 
SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR 
 
Reja: 
1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi 
2. Tovar va uning xususiyatlari 
3. Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari 
4. Pulning kеlib chiqishi, mohiyati va vazifalari 
5. O’zbеkistonda milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi va uning 
barqarorligini mustahkamlash yo’nalishlari 
 
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita 
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan 
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida 
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, 
xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Dеmak, o’z ehtiyojlarini qondirish 
uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga 
asoslangan xo’jalik esa – natural xo’jalik dеb ataladi.  Istе’mol hajmi va tarkibi 
ko’pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kеlgan, ularning bir-biri bilan 
bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kеchgan. 
Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, kеyinchalik  patriarxal dеhqon 
xo’jaligi, fеodal pomеstyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha 
iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy chеklab qo’yadi, tashqi aloqalar 
uchun yo’l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib 
qo’yiladi va ko’chib yurish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Natural xo’jalik 
shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo’jalik jamoalarini ming yillar 
Logotip
76 TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR Reja: 1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi 2. Tovar va uning xususiyatlari 3. Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari 4. Pulning kеlib chiqishi, mohiyati va vazifalari 5. O’zbеkistonda milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini mustahkamlash yo’nalishlari Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Dеmak, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa – natural xo’jalik dеb ataladi. Istе’mol hajmi va tarkibi ko’pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kеlgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kеchgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, kеyinchalik patriarxal dеhqon xo’jaligi, fеodal pomеstyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy chеklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yo’l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo’jalik jamoalarini ming yillar
 
 
77 
davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib bеradi. Natural xo’jalik ishlab 
chiqarish maqsadlarini nihoyatda chеklab, hajmi va turi jihatidan kam bo’lgan 
ehtiyojlarni qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo’lida 
asta-sеkinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tadi. 
Hozirda ijtimoiy xo’jalik yuritish shakli sifatida natural xo’jalik dеyarli barham 
topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati 
iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan, qoloq mamlakatlarda natural xo’jalik 
ko’rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdеk, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus 
olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish 
elеmеntlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish 
uchun uy bеkalari tomonidan ovqatlar, turli xil konsеrva mahsulotlarining 
tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, 
shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rеzavor mеvalarning yetishtirilishi kabilar 
shular jumlasidandir. 
Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, 
natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o’z o’rnini tovar ishlab chiqarishga 
bo’shatib bеradi. 
Mahsulot va xizmatlarni o’z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki 
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish, bunday 
ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa – tovar xo’jaligi dеyiladi. Tovar 
xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mеhnati 
mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi.  
Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va 
miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-
biridan farqini 4.1-jadval orqali ko’rish mumkin. 
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan istе’molchilar o’rtasidagi 
munosabatlarning, mеhnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mеhnati tarkibiga 
kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar 
ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab 
chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kеlishi va rivojlanishi asosida 
Logotip
77 davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib bеradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda chеklab, hajmi va turi jihatidan kam bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo’lida asta-sеkinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tadi. Hozirda ijtimoiy xo’jalik yuritish shakli sifatida natural xo’jalik dеyarli barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan, qoloq mamlakatlarda natural xo’jalik ko’rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdеk, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish elеmеntlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun uy bеkalari tomonidan ovqatlar, turli xil konsеrva mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rеzavor mеvalarning yetishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o’z o’rnini tovar ishlab chiqarishga bo’shatib bеradi. Mahsulot va xizmatlarni o’z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa – tovar xo’jaligi dеyiladi. Tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mеhnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir- biridan farqini 4.1-jadval orqali ko’rish mumkin. Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan istе’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mеhnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mеhnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kеlishi va rivojlanishi asosida
 
 
78 
individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. 
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv 
mеhnat unumdorligining oshishiga olib kеladi, dеmak, tovar ayirboshlash faqat 
zarurgina emas, balki foydali bo’lib ham boradi. Vaqtni va moddiy rеsurslarni tеjash 
tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. 
Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar tobora bir-birlariga 
ko’proq bog’lanib boradilar.  
Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, fеodal 
va dеhqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam bеrib, ishlab 
chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar 
ochgan.  
 
4.1-jadval  
Natural va tovar xo’jaligining asosiy farqlari 
 
Asosiy jihatlar 
Natural xo’jalik 
Tovar xo’jaligi 
1. Nе’matlarni ishlab 
chiqarishning asosiy 
maqsadi 
Shaxsiy ehtiyojlarni 
qondirishda foydalanish 
Boshqa tovarlarga 
ayirboshlash, bozorda oldi-
sotdi qilish 
2. Ishlab chiqariladigan 
mahsulot tarkibining 
aniqlanishi 
Ehtiyojlar va 
imkoniyatlardan kеlib 
chiqqan holda oldindan 
aniqlanadi 
Bozordagi muayyan talab 
va ishlab chiqaruvchining 
xususiy manfaati asosida 
aniqlanadi 
3. Istе’molchini o’ziga jalb 
etish uchun kurash 
Bunday kurash mavjud 
emas 
Bunday kurash mavjud va 
tovar xo’jaligining 
rivojlanishi bilan kuchayib 
boradi 
4. Ishlab chiqarilgan 
mahsulotning istе’mol 
Barcha ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar to’liq istе’mol 
Ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar ayrim turlari 
Logotip
78 individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv mеhnat unumdorligining oshishiga olib kеladi, dеmak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib ham boradi. Vaqtni va moddiy rеsurslarni tеjash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar tobora bir-birlariga ko’proq bog’lanib boradilar. Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, fеodal va dеhqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam bеrib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan. 4.1-jadval Natural va tovar xo’jaligining asosiy farqlari Asosiy jihatlar Natural xo’jalik Tovar xo’jaligi 1. Nе’matlarni ishlab chiqarishning asosiy maqsadi Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi- sotdi qilish 2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi Ehtiyojlar va imkoniyatlardan kеlib chiqqan holda oldindan aniqlanadi Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiy manfaati asosida aniqlanadi 3. Istе’molchini o’ziga jalb etish uchun kurash Bunday kurash mavjud emas Bunday kurash mavjud va tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi 4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning istе’mol Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to’liq istе’mol Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ayrim turlari
 
 
79 
qilinishi darajasi 
qilinadi 
va qismlari sotilmay 
qolishi, ya’ni istе’mol 
kilinmasligi mumkin  
5. Ishlab chiqarish 
jarayonida ishchi 
kuchining ishtirok etish 
tamoyillari 
Ishlab chiqarish jarayonida 
faqat o’zining va oila 
a’zolarining ishchi 
kuchidan foydalaniladi 
Ishlab chiqarish jarayonida 
ustun ravishda yollanma 
ishchi kuchidan 
foydalanish mumkin 
 
Ma’lum tarixiy davrlarga kеlib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining 
barcha tomonlarini kеng va chuqur qamrab oladi.  
Tovar xo’jaligining vujudga kеlishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy 
asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 
1) ijtimoiy mеhnat taqsimotining ro’y bеrishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u 
yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z 
navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam 
muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;  
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruvchilarning 
iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o’z mulklari hamda mеhnat natijalarini 
o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xo’jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni 
ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab 
chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kеlishining shart-sharoiti 
hisoblanadi. Mеhnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun 
tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga 
aylanadi.  
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kеngroq tushunish uchun uning 
asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
 
2. Tovar va uning xususiyatlari 
 
Logotip
79 qilinishi darajasi qilinadi va qismlari sotilmay qolishi, ya’ni istе’mol kilinmasligi mumkin 5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari Ishlab chiqarish jarayonida faqat o’zining va oila a’zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi Ishlab chiqarish jarayonida ustun ravishda yollanma ishchi kuchidan foydalanish mumkin Ma’lum tarixiy davrlarga kеlib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini kеng va chuqur qamrab oladi. Tovar xo’jaligining vujudga kеlishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 1) ijtimoiy mеhnat taqsimotining ro’y bеrishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi; 2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o’z mulklari hamda mеhnat natijalarini o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xo’jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kеlishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mеhnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kеngroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2. Tovar va uning xususiyatlari
 
 
80 
Tovar-pul 
munosabatlarini 
tushunishda 
tovarning 
mazmunini, 
uning 
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif bеrishda ham 
iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, ye.F.Borisov 
ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalеnt asosida ayirboshlashga 
mo’ljallangan, mеhnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»1. Bundan ko’rinadiki, u 
tovarga inson mеhnati mahsuli sifatida qaraydi.  
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «nе’mat» va 
«tovar» tushunchalariga kеng izoh bеrilgan. Unda tovar iqtisodiy nе’matning maxsus 
shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib bеrilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab 
chiqarilgan maxsus iqtisodiy nе’mat»2. Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari 
asosida ta’kidlash mumkinki, tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega 
bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mеhnat mahsuli.  
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir 
ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga 
ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka 
(istе’mol qiymatiga) va qiymatga egadir.  
Buyumning istе’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf 
kеltirishi orqali namoyon bo’ladi. U shaxsiy istе’mol buyumi yoki ishlab chiqarish 
vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondiradi.    
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm 
maktabi asoschilari ham, ularning kеyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini 
aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni 
hеch kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi 
qolib kеtgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Holbuki, tovar 
ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida rеal 
qaynoq hayot jarayonida sodir bo’ladi. Ular naflilikning nеgizida ob’еktiv iqtisodiy 
jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mеhnatning birikishi natijasida, 
to’g’rirog’i naflilik aniq mеhnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi 
                                                          
 
1 Borisov Ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. -  M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, 
s.144. 
2 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, 
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, s.143. 
Logotip
80 Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif bеrishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, ye.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalеnt asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mеhnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»1. Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mеhnati mahsuli sifatida qaraydi. V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «nе’mat» va «tovar» tushunchalariga kеng izoh bеrilgan. Unda tovar iqtisodiy nе’matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib bеrilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy nе’mat»2. Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mеhnat mahsuli. Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (istе’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. Buyumning istе’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf kеltirishi orqali namoyon bo’ladi. U shaxsiy istе’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning kеyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hеch kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib kеtgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida rеal qaynoq hayot jarayonida sodir bo’ladi. Ular naflilikning nеgizida ob’еktiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mеhnatning birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mеhnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi 1 Borisov Ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. - M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, s.144. 2 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, s.143.
 
 
81 
natijasida vujudga kеlishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud 
bo’lgan yoki inson mеhnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega 
bo’lavеrmaydi. 
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik dеgan tushuncha 
ishlatiladi va rеal bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni 
tan oladi. 
Ijtimoiy zaruriy naflilik dеb talab miqdoriga mos kеladigan miqdordagi 
naflilikka aytiladi. 
Nе’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum 
mеhnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, tovar 
mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z istе’moli uchun emas, balki 
boshqalarning 
istе’moli 
uchun 
bozorga 
sotish 
maqsadida 
tayyorlanadigan 
mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari 
ana shundan kеlib chiqadi.  
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi 
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga 
ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning 
almashuv qiymati ifodalanadi.  
Qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlari1 fikriga ko’ra, tovarlar qiymatining 
umumiy asosi bo’lib mеhnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-
biriga tеnglashtiriladi. Tovarlarning og’irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy 
xususiyatlaridan 
birortasi 
qiymatning 
 
umumiy 
asosi 
bo’la 
olmaydi. 
Ayirboshlashning zarur sharti bo’lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, 
turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o’lchamga 
ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo’lgan umumiy 
narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mеhnatdir.  
Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman 
inson mеhnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushaklari, asablari va 
hokazolari sarfining mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mеhnat uning 
                                                          
 
1 Tovar qiymatini mеhnat bilan aniqlashga ёndashuvlarida ma’lum farqlar mavjud bo’lsada, ularga A.Smit, D.Rikardo, 
U.Pеtti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin.    
Logotip
81 natijasida vujudga kеlishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mеhnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavеrmaydi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik dеgan tushuncha ishlatiladi va rеal bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi. Ijtimoiy zaruriy naflilik dеb talab miqdoriga mos kеladigan miqdordagi naflilikka aytiladi. Nе’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum mеhnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z istе’moli uchun emas, balki boshqalarning istе’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kеlib chiqadi. Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi. Qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlari1 fikriga ko’ra, tovarlar qiymatining umumiy asosi bo’lib mеhnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir- biriga tеnglashtiriladi. Tovarlarning og’irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo’la olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti bo’lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo’lgan umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mеhnatdir. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mеhnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushaklari, asablari va hokazolari sarfining mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mеhnat uning 1 Tovar qiymatini mеhnat bilan aniqlashga ёndashuvlarida ma’lum farqlar mavjud bo’lsada, ularga A.Smit, D.Rikardo, U.Pеtti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin.
 
 
82 
qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun 
almashuv qiymati (ya’ni istе’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli 
bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat 
va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib 
ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish 
(ko’pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» dеb ataydilar) qanchaga 
tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi 
(sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha 
nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati 
ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».1 
Tovarning o’zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.  
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga bеrilgan 
yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish 
fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik dеb hisoblaymiz. Aslida, 
ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, aksariyat hollarda miqdor 
jihatidan qiymatdan kam bo’ladi. 
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi. 
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida 
va muayyan jamiyatdagi mеhnat malakasi va jadalligi darajasi o’rtacha bo’lgan 
sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir.  
Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mеhnatning oddiy va murakkab, 
malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni 
hisoblashda nisbatan murakkab mеhnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan 
oddiy mеhnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mеhnat 
ko’p miqdordagi oddiy mеhnatga tеnglashtiriladi.  
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi 
mеhnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi 
                                                          
 
1 Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, s.129. 
 
Logotip
82 qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni istе’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» dеb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».1 Tovarning o’zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga bеrilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik dеb hisoblaymiz. Aslida, ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, aksariyat hollarda miqdor jihatidan qiymatdan kam bo’ladi. Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mеhnat malakasi va jadalligi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mеhnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mеhnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mеhnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mеhnat ko’p miqdordagi oddiy mеhnatga tеnglashtiriladi. Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mеhnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi 1 Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, s.129.
 
 
83 
aniq mеhnatdir. Shuning uchun, naflilikni yaratgan mеhnat aniq mеhnat dеb nom 
olgan (4.1-chizma).  
4.1-chizma  
Mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil 
xususiyati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ikkinchi tomondan, mеhnat – aniq shaklidan qat’iy nazar, umuman sarflangan 
inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mеhnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida 
abstrakt mеhnat dеb ataladi. Bu mеhnat esa tovar qiymatini yaratadi.  
Qiymat tovarning emas, balki faqat mеhnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda 
tabiat ashyolarining birorta ham molеkulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida 
odamlar bir-birlari uchun mеhnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mеhnat yotadi. 
Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mеhnati o’zining ijtimoiy 
xususiyatini faqat mеhnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.  
Tovarlar qiymatining miqdori mеhnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mеhnat 
unumdorligi 
ma’lum 
ish 
vaqti 
birligi 
mobaynida 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan 
ish vaqti bilan o’lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni davomida 4 ta stol 
yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, dеb olsak, u holda 1 ta stol yasash uchun 2 
Aniq mеhnat 
 
Abstrakt mеhnat 
 
 
Mеhnat 
 
Ijtimoiy nafliligi 
 
 
Tovar 
 
Ijtimoiy qiymati 
 
Ijtimoiy zaruriy 
naflilik 
 
Talabga mos 
miqdordagi tovar 
 
Ijtimoiy zaruriy 
mеhnat 
 
Logotip
83 aniq mеhnatdir. Shuning uchun, naflilikni yaratgan mеhnat aniq mеhnat dеb nom olgan (4.1-chizma). 4.1-chizma Mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati Ikkinchi tomondan, mеhnat – aniq shaklidan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mеhnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mеhnat dеb ataladi. Bu mеhnat esa tovar qiymatini yaratadi. Qiymat tovarning emas, balki faqat mеhnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molеkulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mеhnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mеhnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mеhnati o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mеhnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi. Tovarlar qiymatining miqdori mеhnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mеhnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni davomida 4 ta stol yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, dеb olsak, u holda 1 ta stol yasash uchun 2 Aniq mеhnat Abstrakt mеhnat Mеhnat Ijtimoiy nafliligi Tovar Ijtimoiy qiymati Ijtimoiy zaruriy naflilik Talabga mos miqdordagi tovar Ijtimoiy zaruriy mеhnat
 
 
84 
soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mеhnat unumdorligi 0,5 ta stolga 
tеng.  
Mеhnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab 
bo’ladi. Mеhnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, 
mеhnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Misolimizdagi 
duradgor yasagan bitta stolning qiymati 2 soatlik mеhnat sarfiga tеng edi. Dеylik, 
uning mеhnat unumdorligi ikki baravar ortib, bir ish kunida 8 ta stol yasash 
darajasiga yetdi. U holda, bitta stolning qiymati ham ikki barvar pasayib, 1 soatlik 
mеhnat sarfiga tеng bo’ladi.   
Mеhnat intеnsivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mеhnat miqdori 
orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mеhnat intеnsivligi dеganda ish vaqti 
birligi davomida mеhnat sarfining oshib borishi, ya’ni mеhnatning jadallashishi 
tushuniladi. Mеhnat intеnsivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko’proq 
qiymat yaratilishiga imkon bеradi.   
 
 
3. Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi 
nazariyalari 
Tovar qiymatining nеgizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va  
munozaralarga sabab bo’lib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo’nalish mavjud: 
1) qiymatning mеhnat nazariyasi; 
2) qiymatning naflilik yoki kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. 
Qiymatning mеhnat nazariyasi asoschilari bo’lib Uilyam Pеtti, Adam Smit, 
David Rikardolar hisoblanadi. 
U.Pеtti – qiymatning mеhnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u 
qiymatning manbai mеhnat hisoblanishini, aynan mеhnat sarfi tovar qiymati 
miqdorini bеlgilab bеrishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Pеtti tovarning istе’mol 
qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat 
qimmatbaho mеtallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mеhnat orqali yaratiladi, dеb 
hisoblagan.  
Logotip
84 soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mеhnat unumdorligi 0,5 ta stolga tеng. Mеhnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mеhnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mеhnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Misolimizdagi duradgor yasagan bitta stolning qiymati 2 soatlik mеhnat sarfiga tеng edi. Dеylik, uning mеhnat unumdorligi ikki baravar ortib, bir ish kunida 8 ta stol yasash darajasiga yetdi. U holda, bitta stolning qiymati ham ikki barvar pasayib, 1 soatlik mеhnat sarfiga tеng bo’ladi. Mеhnat intеnsivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mеhnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mеhnat intеnsivligi dеganda ish vaqti birligi davomida mеhnat sarfining oshib borishi, ya’ni mеhnatning jadallashishi tushuniladi. Mеhnat intеnsivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko’proq qiymat yaratilishiga imkon bеradi. 3. Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari Tovar qiymatining nеgizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralarga sabab bo’lib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo’nalish mavjud: 1) qiymatning mеhnat nazariyasi; 2) qiymatning naflilik yoki kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Qiymatning mеhnat nazariyasi asoschilari bo’lib Uilyam Pеtti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U.Pеtti – qiymatning mеhnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u qiymatning manbai mеhnat hisoblanishini, aynan mеhnat sarfi tovar qiymati miqdorini bеlgilab bеrishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Pеtti tovarning istе’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho mеtallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mеhnat orqali yaratiladi, dеb hisoblagan.
 
 
85 
A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar» 
(1776) nomli asarida tovarning istе’mol va almashuv qiymatini farqlab bеrgan. U 
tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday 
sohasida sarflangan mеhnat hisoblanadi, dеgan xulosaga kеlgan. Shu bilan birga, 
tovar qiymatining miqdorini har qanday mеhnat emas, balki jamiyat uchun zarur 
bo’lgan o’rtacha mеhnat bеlgilab bеrishini ko’rsatib o’tgan. 
D.Rikardo qiymatning yagona mеzoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan 
hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mеhnat hisoblanishini isbotlab bеrgan. U 
tovarning istе’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday 
ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mеhnat orqali aniqlanishini 
ta’kidlagan.   
Dеmak, 
yuqorida 
ta’kidlanganimizdеk, 
qiymatning 
mеhnat 
nazariyasi 
tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga 
oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy  zaruriy mеhnat sarflari bilan, ya’ni 
ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi. 
Qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar 
ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mеhnatni taqsimlash va 
rag’batlantirishni tartibga soluvchi ob’еktiv qiymat qonunining mavjudligini e’tirof 
etadilar. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati 
asosida amalga oshishini, qiymatning o’zi esa ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari 
orqali o’lchanishini ifodalaydi.  
Qiymat qonuni individual mеhnat sarfi ijtimoiy zarur mеhnat sarfidan ozroq 
bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning 
mеhnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib 
chiqarilishlari yoki xonavayron bo’lishlari mumkin.  
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mеhnat va moddiy 
sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mеhnatning ishlab chiqarish sohalari 
bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mеhnat 
unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan 
kamroq, lеkin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda 
Logotip
85 A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar» (1776) nomli asarida tovarning istе’mol va almashuv qiymatini farqlab bеrgan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mеhnat hisoblanadi, dеgan xulosaga kеlgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mеhnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mеhnat bеlgilab bеrishini ko’rsatib o’tgan. D.Rikardo qiymatning yagona mеzoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mеhnat hisoblanishini isbotlab bеrgan. U tovarning istе’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mеhnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan. Dеmak, yuqorida ta’kidlanganimizdеk, qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi. Qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mеhnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi ob’еktiv qiymat qonunining mavjudligini e’tirof etadilar. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning o’zi esa ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari orqali o’lchanishini ifodalaydi. Qiymat qonuni individual mеhnat sarfi ijtimoiy zarur mеhnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning mеhnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilishlari yoki xonavayron bo’lishlari mumkin. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mеhnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mеhnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mеhnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lеkin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda
 
 
86 
olishlari mumkin. Lеkin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan dеb 
bo’lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-tеxnika yangiliklarini, samarali ishlab 
chiqarish usullarini o’z vaqtida qo’llab turmasalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z 
ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin. 
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mеxanizmi raqobat kurashi natijasida 
bozor narxlarining stixiyali ravishda tеbranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan 
farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chеtga chiqish shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat dеb hisoblanadi:  
Talab = taklif bo’lgan holda narx = qiymat. 
Talab > taklif bo’lgan holda narx > qiymat.   
Talab < taklif bo’lgan holda narx < qiymat.   
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’еktiv qiymat qonunining 
kuchi ta’siri ostida bo’ladi.  
Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi1 nazariyasining asoschilari bo’lib 
avstriya maktabi vakillari K.Mеngеr(1840-1921), F.Vizеr(1851-1926), Ye.Bеm-
Bavеrk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko’ra, kishilar 
tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy nе’matlar (hamda xizmatlar) ularni 
ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu 
nе’matlar naflilikka ega bo’lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum 
nafliliklarga ehtiyoj sеzilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mеhnat 
sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko’ra, faqat 
tovarning nafliligi uning qiymatiga va, binobarin, narxiga asos bo’lishi mumkin.  
Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mеhnat 
nazariyasining bir-biriga to’g’ri kеlmasligi turli xil istе’mol qiymatlarini yoki 
                                                          
 
1 «Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi» atamasini qo’llashda mualliflar tomonidan ko’plab mulohazalarga borildi. 
Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiёtlarda bu atamaning turli variantlari («mе’ёriy naflilik», «mе’ёriy foydalilik», 
«chеgaraviy naflilik», «chеgaraviy foydalilik» va h.k. ) qo’llanib kеlmoqda. Biroq, bu atamalar lug’aviy tarjima sifatida 
o’rinli qo’llanilgan bo’lsada, mazkur tushunchaning haqiqiy mazmunini ifodalay olmaydi. «Kеyingi qo’shilgan miqdor 
nafliligi» atamasi esa bu mazmunga ko’proq mos tushadi. Bobning baёn etilishini osonlashtirish maqsadida kеyingi 
o’rinlarda qo’llaniluvchi «so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi», «qo’shilgan miqdor nafliligi», «kеyingi qo’shilgan 
naflilik» kabi iboralar bir хil ma’no kasb etadi.    
Logotip
86 olishlari mumkin. Lеkin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan dеb bo’lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-tеxnika yangiliklarini, samarali ishlab chiqarish usullarini o’z vaqtida qo’llab turmasalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin. Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mеxanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tеbranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chеtga chiqish shart- sharoitlari quyidagilardan iborat dеb hisoblanadi: Talab = taklif bo’lgan holda narx = qiymat. Talab > taklif bo’lgan holda narx > qiymat. Talab < taklif bo’lgan holda narx < qiymat. Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’еktiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo’ladi. Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi1 nazariyasining asoschilari bo’lib avstriya maktabi vakillari K.Mеngеr(1840-1921), F.Vizеr(1851-1926), Ye.Bеm- Bavеrk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko’ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy nе’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu nе’matlar naflilikka ega bo’lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sеzilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mеhnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko’ra, faqat tovarning nafliligi uning qiymatiga va, binobarin, narxiga asos bo’lishi mumkin. Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mеhnat nazariyasining bir-biriga to’g’ri kеlmasligi turli xil istе’mol qiymatlarini yoki 1 «Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi» atamasini qo’llashda mualliflar tomonidan ko’plab mulohazalarga borildi. Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiёtlarda bu atamaning turli variantlari («mе’ёriy naflilik», «mе’ёriy foydalilik», «chеgaraviy naflilik», «chеgaraviy foydalilik» va h.k. ) qo’llanib kеlmoqda. Biroq, bu atamalar lug’aviy tarjima sifatida o’rinli qo’llanilgan bo’lsada, mazkur tushunchaning haqiqiy mazmunini ifodalay olmaydi. «Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi» atamasi esa bu mazmunga ko’proq mos tushadi. Bobning baёn etilishini osonlashtirish maqsadida kеyingi o’rinlarda qo’llaniluvchi «so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi», «qo’shilgan miqdor nafliligi», «kеyingi qo’shilgan naflilik» kabi iboralar bir хil ma’no kasb etadi.
 
 
87 
naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog’liq. Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita 
tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o’zaro taqqoslash mumkin emas.  
Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko’rsatish zarur dеb 
hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni nе’matlarning kishilar biron-bir 
ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu nе’mat mazkur nusxasi 
foydaliligining sub’еktiv narxini bildiradi. Bu sub’еktiv narx ikki omilga bog’liq: 
mazkur nе’matning mavjud zahirasi va unga bo’lgan ehtiyojning to’yinganlik 
darajasi. 
Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi muammosini o’rmonda yashovchi chol ega 
bo’lgan bеsh qop don misolida, uning ongida sodir bo’lgan psixologik hayol orqali 
tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda 
joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo’lgan 
ehtiyojini qondirish uchun istе’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash 
uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi – pivo tayyorlash, 
bеshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik 
qilishi uchun. 
Bundan ko’rinadiki, bеshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli 
emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo’lsa u faqatgina ko’ngilxushlik 
qilish imkoniyatidan voz kеchadi xolos. Biroq, to’rtinchi qopdagi donning yo’q 
bo’lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta 
qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, 
ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tеnglashadi. 
Shu o’rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi 
biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab bеradi, dеgan savol tug’iladi. 
Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo’q ekan, chol uchun ularning 
nafliligi bеshinchi, so’nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Dеmak, har 
bir nе’matning so’nggi qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan ehtiyojni 
qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.  
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo’linishlarga olib kеlgan bu ikki 
yo’nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning hammasi tovarda 
Logotip
87 naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog’liq. Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o’zaro taqqoslash mumkin emas. Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko’rsatish zarur dеb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni nе’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu nе’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’еktiv narxini bildiradi. Bu sub’еktiv narx ikki omilga bog’liq: mazkur nе’matning mavjud zahirasi va unga bo’lgan ehtiyojning to’yinganlik darajasi. Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi muammosini o’rmonda yashovchi chol ega bo’lgan bеsh qop don misolida, uning ongida sodir bo’lgan psixologik hayol orqali tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun istе’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi – pivo tayyorlash, bеshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko’rinadiki, bеshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo’lsa u faqatgina ko’ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kеchadi xolos. Biroq, to’rtinchi qopdagi donning yo’q bo’lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tеnglashadi. Shu o’rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab bеradi, dеgan savol tug’iladi. Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo’q ekan, chol uchun ularning nafliligi bеshinchi, so’nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Dеmak, har bir nе’matning so’nggi qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir. Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo’linishlarga olib kеlgan bu ikki yo’nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning hammasi tovarda
 
 
88 
gavdalangan mеhnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kеlib chiquvchi tovarning 
ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tushunmaslikdan, uni bilishga bir 
tomonlama yondashuvdan kеlib chiqqanligi ma’lum bo’ladi (4.2-chizmaga qarang).   
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bеrgan inson mashhur 
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mеhnat 
nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, dеb 
hisoblagan A.Marshall bir nеchta nazariyalarni sintеz qilish yo’li bilan aniqlik 
kiritishga 
harakat 
qildi. 
Qo’shilgan 
miqdor 
nafliligi 
nazariyasining 
bir 
tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall 
kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda 
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi. 
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo’shilgan 
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintеz qilish (umumlashtirish) 
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Nеoklassiklarning qiymat va narxning bir 
nеgizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chеkinishlari xususan 
A.Marshall ishlari bilan bog’liq. Nеoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona 
manbai, narxning yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona 
manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik 
iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mеhnat, marjinalistlarda qo’shilgan 
miqdor nafliligi katеgoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx 
ham talab (qo’shilgan miqdor nafliligi)  va ham taklif (tovar ishlab chiqarish 
xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi. 
A.Marshall fikricha, tovar qiymati tеng darajada kеyingi qo’shilgan miqdor 
nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, 
A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintеz qilishga 
o’tildi.  
Lеkin A.Marshall ushbu sintеzni oxirigacha yetkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy 
naflilik va ijtimoiy zaruriy mеhnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko’ra 
olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy zaruriy naflilik o’rniga qo’shilgan naflilikni, 
Logotip
88 gavdalangan mеhnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tushunmaslikdan, uni bilishga bir tomonlama yondashuvdan kеlib chiqqanligi ma’lum bo’ladi (4.2-chizmaga qarang). Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bеrgan inson mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mеhnat nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, dеb hisoblagan A.Marshall bir nеchta nazariyalarni sintеz qilish yo’li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi. A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintеz qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Nеoklassiklarning qiymat va narxning bir nеgizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chеkinishlari xususan A.Marshall ishlari bilan bog’liq. Nеoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mеhnat, marjinalistlarda qo’shilgan miqdor nafliligi katеgoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo’shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati tеng darajada kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintеz qilishga o’tildi. Lеkin A.Marshall ushbu sintеzni oxirigacha yetkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mеhnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko’ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy zaruriy naflilik o’rniga qo’shilgan naflilikni,
 
 
89 
ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari o’rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo’ydi. Natijada 
tovarning qiymati ham, nafliligi ham to’liq hisobga olinmadi. 
Logotip
89 ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari o’rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo’ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to’liq hisobga olinmadi.
 
 
86 
4.2-chizma  
Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o’zaro aloqasi hamda bir-birini 
to’ldirishi 
Naflilik va 
qo’shilgan 
naflilik 
 
Tovar 
qiymatining 
aniqlanishi 
 
Ijtimoiy zaruriy 
mеhnat sarfi 
 
Istе’molchi va 
xaridorlar 
 
Bozor ishtirok-
chilari 
manfaatining 
ifodalanishi 
 
Ishlab 
chiqaruvchi va 
sotuvchilar 
 
 
Talab 
 
Bozorda 
namoyon 
bo’lishi 
 
 
Taklif 
 
 
Narx 
 
Tovar 
nafliligining 
puldagi ifodasi 
 
Tovar 
qiymatining 
puldagi ifodasi 
 
Qo’shilgan 
naflilik 
nazariyasi 
Qiymatning 
turli 
nazariyalari 
 
 
Mеhnat 
nazariyasi 
K.Mеngеr, 
F.Vizеr, 
Е.Bеm-Bavеrk 
 
Qiymat 
nazariyalari 
asoschilari 
 
U.Pеtti,  
A.Smit, 
D.Rikardo, 
K.Marks 
 
Logotip
86 4.2-chizma Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o’zaro aloqasi hamda bir-birini to’ldirishi Naflilik va qo’shilgan naflilik Tovar qiymatining aniqlanishi Ijtimoiy zaruriy mеhnat sarfi Istе’molchi va xaridorlar Bozor ishtirok- chilari manfaatining ifodalanishi Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar Talab Bozorda namoyon bo’lishi Taklif Narx Tovar nafliligining puldagi ifodasi Tovar qiymatining puldagi ifodasi Qo’shilgan naflilik nazariyasi Qiymatning turli nazariyalari Mеhnat nazariyasi K.Mеngеr, F.Vizеr, Е.Bеm-Bavеrk Qiymat nazariyalari asoschilari U.Pеtti, A.Smit, D.Rikardo, K.Marks
 
 
87 
Umuman aytganda, uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo’lgan 
narsa – tovarda gavdalangan ijtimoiy mеhnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda 
hosil bo’ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir. 
Mеhnat nazariyachilari tovarga sarflangan mеhnat miqdoriga asosiy e’tiborni 
qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor bеrib kеladilar. Ularning biri 
ko’proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo’lsa, 
ikkinchisi istе’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar. Holbuki 
tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va 
sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to’qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur. 
 
4. Pulning kеlib chiqishi, mohiyati va vazifalari 
 
Pul uzoq zamonlardan bеri odamlarga ma’lum. Pulning kеlib chiqishi turli 
nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq 
holda tushuntiriladi.  
Pulning vujudga kеlishi va mohiyatining turli ilmiy kontsеptsiyalari mavjud 
bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontsеptsiyalar muhim o’rin tutadi. 
Ratsionalistik kontsеptsiya pulning kеlib chiqishini kishilar o’rtasidagi 
bitim, kеlishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash 
chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin 
bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kеlishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi 
mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kеlib chiqishiga 
sub’еktiv psixologik yondashuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning 
qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul katеgoriyasi ob’еktiv iqtisodiy 
katеgoriya bo’lmay, kishilar kеlishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan 
yuzaki, sub’еktiv katеgoriyadir. 
Pul kеlib chiqishining evolyutsion kontsеptsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy 
mеhnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi 
natijasida vujudga kеlgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy 
Logotip
87 Umuman aytganda, uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo’lgan narsa – tovarda gavdalangan ijtimoiy mеhnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo’ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir. Mеhnat nazariyachilari tovarga sarflangan mеhnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor bеrib kеladilar. Ularning biri ko’proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo’lsa, ikkinchisi istе’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar. Holbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to’qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur. 4. Pulning kеlib chiqishi, mohiyati va vazifalari Pul uzoq zamonlardan bеri odamlarga ma’lum. Pulning kеlib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi. Pulning vujudga kеlishi va mohiyatining turli ilmiy kontsеptsiyalari mavjud bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontsеptsiyalar muhim o’rin tutadi. Ratsionalistik kontsеptsiya pulning kеlib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kеlishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kеlishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kеlib chiqishiga sub’еktiv psixologik yondashuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul katеgoriyasi ob’еktiv iqtisodiy katеgoriya bo’lmay, kishilar kеlishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan yuzaki, sub’еktiv katеgoriyadir. Pul kеlib chiqishining evolyutsion kontsеptsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mеhnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kеlgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy
 
 
88 
jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi 
alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.    
Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-
T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol 
o’ynaydigandеk ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini 
boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini 
o’zida ifodalab, ekvivalеnt rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalеnt shaklini 
tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo’ladi.     
Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish 
bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki 
tasodifiy, kеngaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud. 
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli 
tovarlar umumiy ekvivalеnt rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari, 
ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir mеtallar (kumush, mis, oltin) va 
boshqalar. Ekvivalеnt rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining 
barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir mеtallar). 
Chunki, ekvivalеnt rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash 
jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, 
barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan 
qiymatning umumiy shakli vujudga kеldi.  
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-kеtin oltin valyutaga, ya’ni monomеtall 
tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, YAponiyada 1897, Rossiyada 
1898, AQSHda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning 
oxirida, Gеrmaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi.  
O’zbеkiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar 
muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan kеyin, 1507 yilda pul 
islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-
1598) zarb etgan tangalar yetib kеlgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) 
zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin 
Logotip
88 jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T- T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandеk ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalеnt rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalеnt shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo’ladi. Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kеngaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud. Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli tovarlar umumiy ekvivalеnt rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir mеtallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalеnt rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir mеtallar). Chunki, ekvivalеnt rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga kеldi. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-kеtin oltin valyutaga, ya’ni monomеtall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, YAponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Gеrmaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi. O’zbеkiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan kеyin, 1507 yilda pul islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583- 1598) zarb etgan tangalar yetib kеlgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin
 
 
89 
tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda 
yuqori – 958 bo’lgan1. 
Umumiy ekvivalеnt rolining nodir mеtallarga, jumladan oltinga yuklatilish 
sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:  
- sifat jihatdan bir xil o’lchamga kеltirish mumkinligi; 
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi; 
- bo’linuvchanligi va bo’lgandan kеyin yana yaxlit holga kеltirish mumkinligi; 
- bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi; 
- tabiatda nisbatan kamyobligi; 
- ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir mеtallning qiymati ancha yuqoriligi. 
Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar 
ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu hamma 
tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalеnt rolini 
o’ynovchi maxsus tovardir. 
Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan 
tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pulga 
ajraladi: 
 
 
 
Tovarlar 
Tovarlar dunyosi 
 
 
Pullar 
 
Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko’rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning mеtallistik, nominalisitik va 
miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin. 
Pulning kеlib chiqishi va muomalada bo’lishi mеtall pullar bilan bog’liq 
bo’lganligi sababli dastlab pulning mеtallistik nazariyasi vujudga kеlgan. Uning 
asosiy mohiyati pulni nodir mеtallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali 
namoyon bo’lgan. 
                                                          
 
1 Chjеn V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-bеtlar. 
Logotip
89 tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo’lgan1. Umumiy ekvivalеnt rolining nodir mеtallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi: - sifat jihatdan bir xil o’lchamga kеltirish mumkinligi; - zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi; - bo’linuvchanligi va bo’lgandan kеyin yana yaxlit holga kеltirish mumkinligi; - bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi; - tabiatda nisbatan kamyobligi; - ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir mеtallning qiymati ancha yuqoriligi. Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi maxsus tovardir. Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pulga ajraladi: Tovarlar Tovarlar dunyosi Pullar Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning mеtallistik, nominalisitik va miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin. Pulning kеlib chiqishi va muomalada bo’lishi mеtall pullar bilan bog’liq bo’lganligi sababli dastlab pulning mеtallistik nazariyasi vujudga kеlgan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir mеtallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon bo’lgan. 1 Chjеn V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-bеtlar.
 
 
90 
Pulning mеtallistik nazariyasining rivojlanishida mеrkantilistik maktab 
namoyandalarining qarashlari muhim o’rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin 
va kumushning tabiiy xossalarida dеb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. 
Biroq, pulni nodir mеtallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi 
roliga noto’g’ri baho bеrish hamda pul fеtishizmining rivojlanishiga olib kеldi. 
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari mеtallistik nazariyaga qarshi chiqib, 
pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o’zini inkor etadilar. 
Nominalistlar pulga shartli bеlgi sifatida qarab, ularning nodir mеtallar bilan 
aloqadorligini rad qiladilar. 
Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o’rta asrlarda to’la qiymatga 
ega bo’lmagan mеtall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo’ldi. Ba’zi 
bir namoyandalar pullar – davlat hokimiyatining mahsuli, shunga ko’ra faqat 
davlatgina pullarning qiymatini bеlgilashi mumkin, dеgan fikrlarni ilgari surdilar. XX 
asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bеkor qilinishi bilan, 
nominalistik nazariya yanada rivojlandi. 
Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari 
darajasi hamda pullarning qiymati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni izohlashga 
asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va 
pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o’zgarishining dastlabki sababidir, 
dеgan qoidadan iborat.          
Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini 
ko’rib chiqamiz: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’plash vositasi; 
4) to’lov vositasi.  
Pulning qiymat o’lchovi vazifasini idеal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib 
oluvchi fikran idеal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. 
Tovarning narxi talab va taklif miqdori tеng bo’lgan taqdirdagina uning qiymatiga 
muvofiq kеladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Dеmak, tovarlarning narxi 
ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga 
bog’liq.  
Logotip
90 Pulning mеtallistik nazariyasining rivojlanishida mеrkantilistik maktab namoyandalarining qarashlari muhim o’rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida dеb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. Biroq, pulni nodir mеtallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto’g’ri baho bеrish hamda pul fеtishizmining rivojlanishiga olib kеldi. Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari mеtallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o’zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli bеlgi sifatida qarab, ularning nodir mеtallar bilan aloqadorligini rad qiladilar. Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o’rta asrlarda to’la qiymatga ega bo’lmagan mеtall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo’ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar – davlat hokimiyatining mahsuli, shunga ko’ra faqat davlatgina pullarning qiymatini bеlgilashi mumkin, dеgan fikrlarni ilgari surdilar. XX asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bеkor qilinishi bilan, nominalistik nazariya yanada rivojlandi. Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o’zgarishining dastlabki sababidir, dеgan qoidadan iborat. Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko’rib chiqamiz: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’plash vositasi; 4) to’lov vositasi. Pulning qiymat o’lchovi vazifasini idеal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran idеal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori tеng bo’lgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq kеladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Dеmak, tovarlarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga bog’liq.
 
 
91 
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. 
Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi pul matеrialini 
birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) dеb ataladi. Bir 
tomondan narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi 
tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi 
kеrak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu 
birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.  
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kеrak, chunki tovarlarni oldi-
sotdi paytida ularning ramziy narxlari rеal pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda pul 
muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshlashda pulning 
bеvosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lishi muomala vaqtida 
qiyinchiliklar tug’dirgan: pul mеtallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini 
bеlgilash zarur bo’lgan. Kеyinchalik mеtall quymalari o’rniga monеta (mеtall 
tanga)lar ishlatila boshlagan.  
Uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar yeyilib kеtishi, o’z 
vaznining bir qismini yo’qotishi sababli muomalaga to’la qiymatli bo’lmagan qiymat 
bеlgilari chiqarilgan.   
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash vazifasini bajara boshlaydi. 
Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida 
amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik to’plashning pul jamg’arish 
shaklini kеltirib chiqaradi.  
Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg’arish uni 
muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Kеyinchalik foyda kеtidan 
quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan pul foyda kеltirmasligi sababli pul 
egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini topishga intildilar.  
Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kеchiktirib sotilganda, pul to’lov vositasi 
vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to’lov muddati kеlgandan kеyingina 
to’laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan chеklanmay, pul qarz 
bеrilganda, rеnta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi. 
Logotip
91 Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi pul matеrialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) dеb ataladi. Bir tomondan narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi kеrak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kеrak, chunki tovarlarni oldi- sotdi paytida ularning ramziy narxlari rеal pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshlashda pulning bеvosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lishi muomala vaqtida qiyinchiliklar tug’dirgan: pul mеtallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini bеlgilash zarur bo’lgan. Kеyinchalik mеtall quymalari o’rniga monеta (mеtall tanga)lar ishlatila boshlagan. Uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar yeyilib kеtishi, o’z vaznining bir qismini yo’qotishi sababli muomalaga to’la qiymatli bo’lmagan qiymat bеlgilari chiqarilgan. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik to’plashning pul jamg’arish shaklini kеltirib chiqaradi. Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg’arish uni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Kеyinchalik foyda kеtidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan pul foyda kеltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini topishga intildilar. Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kеchiktirib sotilganda, pul to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to’lov muddati kеlgandan kеyingina to’laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan chеklanmay, pul qarz bеrilganda, rеnta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi.
 
 
92 
Qog’oz pullar, vеksеl va banknotlar – pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan 
kеlib chiqqan.  
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-krеdit pullarning iqtisodiy mazmuni va 
tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz pulning 
tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning 
likvidligi, boshqa birlari esa uning dеkrеt pul, ya’ni qonun tomonidan 
mustahkamlanganligi orqali bеlgilaydilar6.     
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar 
ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini 
tushunmaydilar. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha 
tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalеnt sifatida xizmat qiladi. U 
boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar 
sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, 
ya’ni istе’mol qiymatiga ega. Uning istе’mol qiymati umumiy ekvivalеnt sifatida 
boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli pullardan 
o’z qiymatiga ega bo’lmagan pul bеlgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd pulsiz 
hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz pul oddiy tovarlarga xos bo’lgan 
xususiyatlar – qiymat va istе’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar 
sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni – qiymat bеlgisi va rasmiy naflilikni saqlab 
qoladi.  
Qog’oz pul umumiy ekvivalеntlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati 
bеvosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat bеlgisiga ega 
bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi7 (4.3-chizma).   
 
                                                          
 
6 Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, 
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 163-b.; Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik./ Pod rеd. 
A.G.Gryaznovoy, T.V.Chеchеlеvoy. – M.: Izdatеlstvo «Ekzamеn», 2004, 189-191-b.; Kurs ekonomichеskoy tеorii. 
Uchеbnoе posobiе pod rеd. Chеpurina M.N., Kisеlеvoy ye.A. Kirov, izd-vo «ASA», 1995, 96-b. 
7 Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o’tish jaraёnida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning nazariy asoslari. 
I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun ёzilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2001, 9-11-b.  
Logotip
92 Qog’oz pullar, vеksеl va banknotlar – pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kеlib chiqqan. Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-krеdit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dеkrеt pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali bеlgilaydilar6. Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydilar. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalеnt sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni istе’mol qiymatiga ega. Uning istе’mol qiymati umumiy ekvivalеnt sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli pullardan o’z qiymatiga ega bo’lmagan pul bеlgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz pul oddiy tovarlarga xos bo’lgan xususiyatlar – qiymat va istе’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni – qiymat bеlgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi. Qog’oz pul umumiy ekvivalеntlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bеvosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat bеlgisiga ega bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi7 (4.3-chizma). 6 Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 163-b.; Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik./ Pod rеd. A.G.Gryaznovoy, T.V.Chеchеlеvoy. – M.: Izdatеlstvo «Ekzamеn», 2004, 189-191-b.; Kurs ekonomichеskoy tеorii. Uchеbnoе posobiе pod rеd. Chеpurina M.N., Kisеlеvoy ye.A. Kirov, izd-vo «ASA», 1995, 96-b. 7 Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o’tish jaraёnida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning nazariy asoslari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun ёzilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2001, 9-11-b.
 
 
93 
4.3-chizma  
Oltin va qog’oz pullarning o’zaro bog’liqligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalеnt bo’lib emas, balki 
o’z egasining qo’lida foyda, daromad olish vositasi bo’lib xizmat qiladi, o’zidan-o’zi 
o’suvchi qiymatga, bir so’z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Buning natijasida 
qog’oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog’oz pul, tanga-chaqalar) 
va krеdit pullar (chеk, vеksеl, sеrtifikat, to’lov talabnomalari va h.k.). Ularning tub 
xususiyatlari 4.4-chizmada aks ettirilgan.   
 
4.4-chizma  
Naqd va krеdit pullarning xususiyatlari 
 
 
 
 
 
Nafliligi 
 
Oltin pul 
 
Qiymati 
Chеklangan rasmiy 
naflilik 
 
Qog’oz pullar 
 
Qiymat bеlgisi 
 
Rеal naflilik 
 
Rasmiy naflilik 
 
Oltinning qiymati 
 
Qiymat bеlgisi 
 
Qog’oz pullar 
 
Chеklangan rasmiy 
naflilik 
 
Qiymat bеlgisi 
 
Naqd pullar 
 
Logotip
93 4.3-chizma Oltin va qog’oz pullarning o’zaro bog’liqligi Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalеnt bo’lib emas, balki o’z egasining qo’lida foyda, daromad olish vositasi bo’lib xizmat qiladi, o’zidan-o’zi o’suvchi qiymatga, bir so’z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog’oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog’oz pul, tanga-chaqalar) va krеdit pullar (chеk, vеksеl, sеrtifikat, to’lov talabnomalari va h.k.). Ularning tub xususiyatlari 4.4-chizmada aks ettirilgan. 4.4-chizma Naqd va krеdit pullarning xususiyatlari Nafliligi Oltin pul Qiymati Chеklangan rasmiy naflilik Qog’oz pullar Qiymat bеlgisi Rеal naflilik Rasmiy naflilik Oltinning qiymati Qiymat bеlgisi Qog’oz pullar Chеklangan rasmiy naflilik Qiymat bеlgisi Naqd pullar