Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi
Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi
bo‘yicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik
qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga
beradi va o‘z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik
foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi
bo‘yicha ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va
texnik
foydalanish
bo‘yicha
xizmat
ko‘rsatmagan
holda
vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga
haq evaziga beradi.
Ushbu bobning ijara shartnomasini nomuayyan muddatga
qayta tuzish va ijaraga oluvchining ijara shartnomasini yangi
muddatga
qaytadan
tuzishga
imtiyozli
huquqi
haqidagi
qoidalari transport vositasini ijaraga berish shartnomasiga
nisbatan qo‘llanmaydi.
Transport
vositasini
ijaraga
berish
shartnomasining shakli
Transport
vositasini
ijaraga
berish
shartnomasi, uning muddatidan qat’i nazar, yozma
shaklda tuzilishi shart
Yengil
avtomobillar
va
mototransport
vositalarini
ijaraga
berish
bo‘yicha
xizmat
ko‘rsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar
bilan
yengil
avtomobillar
va
mototransport
vositalarini
o‘ttiz
kungacha
bo‘lgan
muddatga
ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda
tuzishlari mumkin.
Transport vositasidan foydalanish haqida uchinchi
shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar
Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini ekipaj
bilan yoki ekipajsiz ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga
beruvchining roziligi bilan qo‘shimcha ijaraga berishga haqli.
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz o‘z nomidan,
agar ijara shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalaridan
foydalanish maqsadlariga, bordi-yu bunday maqsadlar belgilab
qo‘yilgan
bo‘lmasa,
transport
vositasining
vazifasiga
xilof
bo‘lmasa, uchinchi shaxslar bilan tashish shartnomalarini va
boshqa shartnomalarni tuzishga haqli.
TRANSPORT
VOSITASIGA
YETKAZILGAN
ZARAR
UCHUN JAVOBGARLIK
Ijaraga berilgan transport vositasi halokatga uchragan yoki
shikastlangan taqdirda, agar ijaraga beruvchi transport vositasi
qonun yoki shartnomaga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar
bo‘ladigan
holatlarda
halokatga
uchraganini
yoki
shikastlanganligini
isbot
qilsa,
ijaraga
oluvchi
yetkazilgan
zararni ijaraga beruvchiga to‘lashi shart