TUGANAK MEVALI EKINLAR

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

21,0 KB


 
 
 
 
 
 
TUGANAK MEVALI EKINLAR 
 
 
 
Reja. 
1.Tuganak mevali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot.  
2. Kartoshkaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 
3. Kartoshkaning botanikva biologik xususiyatlari. 
4. Kartoshkaning ekish muddatlari usullari va meyori.  
 
Bu guruhga har xil tur va oilaga mansub tuganak meva hosil qiladigan 
o‘simliklar 
kiradi. 
Tuganakmevalilar 
oziq-ovqat 
sanoatida, 
yem-xashak 
tayyorlashda va texnik xomashyo sifatida ishlatiladi. Tuganakmevalar yer osti 
poyalarida yoki ildizlarida 5-20 sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevalilar qator 
orasiga ishlov beriladigan ekinlar bo‘lganligi sababli almashlab ekishda katta 
ahamiyatga ega. 
Jahonda tuganakmevali o‘simliklardan quyidagilar ekiladi: 
1.  Kartoshka - Solanum tuberosum L. oilasi-  Solanaceae 
2.  Batat - Ipomaea batatus Lam. oilasi- Convolvulaceael 
3.  Topinambur - Helianthus tuberosus L. oilasi - Asteraceae va hokazolar. 
Bu ekinlar har xil oilaga mansub bo‘lgani bilan ularning tuganakmevasi bir-
biriga yaqin, tarkibida quruq modda kam, shu bois yaxshi saqlanmaydi. 
Tuganakmevali ekinlarni yetishtirish texnologiyasi bir-biriga yaqin, chunki ularning 
barchasi qator orasiga ishlov beriladigan ekinlardir. Jahonda tuganakmevali 
o‘simliklar orasida eng ko‘p tarqalgani kartoshka o‘simligidir. Tuganakmevali 
ekinlardan Respublikamizda asosan kartoshka, qisman topinambur-yer noki va batat 
(shirin kartoshka) ekiladi.   
Kartoshka
TUGANAK MEVALI EKINLAR Reja. 1.Tuganak mevali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot. 2. Kartoshkaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 3. Kartoshkaning botanikva biologik xususiyatlari. 4. Kartoshkaning ekish muddatlari usullari va meyori. Bu guruhga har xil tur va oilaga mansub tuganak meva hosil qiladigan o‘simliklar kiradi. Tuganakmevalilar oziq-ovqat sanoatida, yem-xashak tayyorlashda va texnik xomashyo sifatida ishlatiladi. Tuganakmevalar yer osti poyalarida yoki ildizlarida 5-20 sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevalilar qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar bo‘lganligi sababli almashlab ekishda katta ahamiyatga ega. Jahonda tuganakmevali o‘simliklardan quyidagilar ekiladi: 1. Kartoshka - Solanum tuberosum L. oilasi- Solanaceae 2. Batat - Ipomaea batatus Lam. oilasi- Convolvulaceael 3. Topinambur - Helianthus tuberosus L. oilasi - Asteraceae va hokazolar. Bu ekinlar har xil oilaga mansub bo‘lgani bilan ularning tuganakmevasi bir- biriga yaqin, tarkibida quruq modda kam, shu bois yaxshi saqlanmaydi. Tuganakmevali ekinlarni yetishtirish texnologiyasi bir-biriga yaqin, chunki ularning barchasi qator orasiga ishlov beriladigan ekinlardir. Jahonda tuganakmevali o‘simliklar orasida eng ko‘p tarqalgani kartoshka o‘simligidir. Tuganakmevali ekinlardan Respublikamizda asosan kartoshka, qisman topinambur-yer noki va batat (shirin kartoshka) ekiladi. Kartoshka
 
 
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kartoshka xalq xo‘jaligida oziq-ovqat, yem-
xashak, texnik ahamiyatga ega. Dunyo dehqonchiligida kartoshka sholi, bug‘doy va 
makkajo‘xori bilan bir qatorda yetakchi o‘rinni egallaydi. Kartoshka tuganagi 
tarkibida 25% gacha quruq moddalar, shu jumladan, kraxmal 14-22%, oqsil 1,4-
3,0%, kletchatka-1,0, yog‘-0,3% va 0,8-1,0% kul moddalari bo‘ladi. Kartoshka 
vitamin S va V guruh vitaminlariga boy. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 
40 mg ga yetadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% suv bor, tuganagi 
tarkibida esa 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi.  
Kartoshka tarkibida kraxmal, sifatli oqsil va vitaminlar bo‘lganligi uchun 
insonning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Shuning uchun u 
ikkinchi non deyiladi. Kartoshkadan 200 dan ortiq Yevropacha ovqat tayyorlash 
mumkin.  
Kartoshkaning po‘sti va yashil rangga kirgan tuganaklari tarkibida zaharli modda-
solanin (0,005-0,1%) bo‘lib, kartoshka pishirilganda u qisman parchalanadi. 
Shuning uchun yashil rangga kirgan va ko‘kargan (o‘simta chiqargan) tugunaklarni 
yaxshilab pishirmasdan oziq-ovqatga ishlatish va mollarga berish mumkin emas.  
Kartoshka tugunagi spirt, kraxmal, glukoza, kauchuk olishda va sanoatning 
boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kartoshka mollar uchun yaxshi oziq hisoblanadi. 
Organik moddasining hazm bo‘lishiga (83-97%) ko‘ra, xashaki lavlagi, turneps va 
boshqa ildiz mevalar kabi barcha o‘simliklar orasida birinchi o‘rinda turadi. 
Tugunaklari xomligicha, bug‘latib, shuningdek, siloslangan holda mollarga beriladi. 
Agrotexnikaviy va agroiqtisodiy ahamiyatga ham ega. U ko‘pgina ekinlar-
barcha don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Mamlakatimizning 
ko‘pgina hududlarida shudgorni band qiladigan ekin sifatida ekiladi va kuzgi g‘alla 
ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. 
Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi, bu mintaqada kartoshka 
bizning eramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko‘pchilik yovvoiiy 
turlari madaniylashtirilgan. Kartoshka XVI-asrda Yevropaga, ya’ni Ispaniyaga 
keltirilgan va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Rossiyaga kartoshka 
Gollandiyadan keltiril-gan. XX asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko‘proq
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kartoshka xalq xo‘jaligida oziq-ovqat, yem- xashak, texnik ahamiyatga ega. Dunyo dehqonchiligida kartoshka sholi, bug‘doy va makkajo‘xori bilan bir qatorda yetakchi o‘rinni egallaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida 25% gacha quruq moddalar, shu jumladan, kraxmal 14-22%, oqsil 1,4- 3,0%, kletchatka-1,0, yog‘-0,3% va 0,8-1,0% kul moddalari bo‘ladi. Kartoshka vitamin S va V guruh vitaminlariga boy. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 40 mg ga yetadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% suv bor, tuganagi tarkibida esa 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi. Kartoshka tarkibida kraxmal, sifatli oqsil va vitaminlar bo‘lganligi uchun insonning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Shuning uchun u ikkinchi non deyiladi. Kartoshkadan 200 dan ortiq Yevropacha ovqat tayyorlash mumkin. Kartoshkaning po‘sti va yashil rangga kirgan tuganaklari tarkibida zaharli modda- solanin (0,005-0,1%) bo‘lib, kartoshka pishirilganda u qisman parchalanadi. Shuning uchun yashil rangga kirgan va ko‘kargan (o‘simta chiqargan) tugunaklarni yaxshilab pishirmasdan oziq-ovqatga ishlatish va mollarga berish mumkin emas. Kartoshka tugunagi spirt, kraxmal, glukoza, kauchuk olishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kartoshka mollar uchun yaxshi oziq hisoblanadi. Organik moddasining hazm bo‘lishiga (83-97%) ko‘ra, xashaki lavlagi, turneps va boshqa ildiz mevalar kabi barcha o‘simliklar orasida birinchi o‘rinda turadi. Tugunaklari xomligicha, bug‘latib, shuningdek, siloslangan holda mollarga beriladi. Agrotexnikaviy va agroiqtisodiy ahamiyatga ham ega. U ko‘pgina ekinlar- barcha don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Mamlakatimizning ko‘pgina hududlarida shudgorni band qiladigan ekin sifatida ekiladi va kuzgi g‘alla ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi, bu mintaqada kartoshka bizning eramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko‘pchilik yovvoiiy turlari madaniylashtirilgan. Kartoshka XVI-asrda Yevropaga, ya’ni Ispaniyaga keltirilgan va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Rossiyaga kartoshka Gollandiyadan keltiril-gan. XX asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko‘proq
 
 
ekila boshlandi. Kartoshkani tashqi muhitga tez moslashishi dunyoda tez tarqalishiga 
va asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lishiga sabab bo‘ldi.  
Hozirgi vaqtda kartoshka dunyoning hamma qit’alarida ekiladi. Dunyo 
bo‘yicha FAO ma’lumotlariga qaraganda (1994 yil) da kartoshka 18 mln gektar 
yerga ekilgan. 
Yevropa mamlakatlarida kartoshka ko‘p ekiladi. Dunyo ekin maydonini 35% 
ini tashkil qiladi. Ko‘proq Polsha (2,26 mln.ga), Germaniya (yaqin 1 mln.ga) va 
boshqa mamlakatlarda ekiladi. Kartoshka AQShda ham ko‘p ekiladi. Hamdo‘stlik 
mamlakatlaridan kartoshka Rossiya, Urkaina, Belorusiya va Boltiq bo‘yi 
mamlakatlarida ekiladi. O‘zbekistonda oxirgi yillari kartoshkani ekish maydoni 
ancha kengaygan va 1998 yil 13,4 ming gektar yerga ekilgan. 
Kartoshka yuqori hosilli ekin. O‘zbekistonda 2004 yilda kartoshka 52,1 ming 
gektar yerga ekilib, 892,7 ming tonna yalpi hosil olindi. Hosildorlik o‘rtacha 17,1 
tonna gektarni tashkil etdi.  
Kartoshkaning navlari morfologik va biologik belgilari bilan farq qiladi. 
O‘zbekistonda kartoshkani quyidagi navlari ekiladi: Akrab, Zarafshon, Lorx, 
To‘yimli, Pikasso, Diamant, Voltman. 
Botanik xususiyatlari. Kartoshka ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga va 
yovvoyi hamda madaniy turlarni birlashtiradigan-Solanum L. avlodiga kiradi. 
Ulardan Solanum tuberosum L. eng ko‘p tarqalgan.  
Kartoshkaning ildizi popuk ildiz bo‘lib, asosan tuproqning yuza 60-70 sm 
qatlamida joylashadi. Ayrim ildizlar yerga 150-200 smga kirib boradi. Ildizida oq 
yo‘g‘on o‘simtalar bo‘lib, unga stolon yoki o‘zgaruvchan novda deyiladi. Kartoshka 
poyasining ko‘pchiligi tik, ba’zilari egilib o‘sadi. Bo‘yi sharoitga qarab keskin (30 
dan 150 sm gacha) o‘zgaradi. Kartoshka o‘simligi tupining asosiy qismi 4-8 serbarg 
poyadan iborat. Tupdagi poyalar soni naviga, ekiladigan tuganaklarning yirik-
maydaligiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik tuganaklardan o‘sib chiqqan o‘simliklar mayda 
tuganaklardan o‘sib chiqqan o‘simliklarga qaraganda serpoya bo‘ladi. Tupdagi 
poyalar soni ma’lum darajada tuganak hosili ko‘p yoki kam bo‘lishini ifodalaydi.  
Kartoshka poyasining yer ostki qismidagi qo‘ltiq kurtaklaridan novdalar-
stolonlar rivojlanadi, ularning uchi yo‘g‘onlashadi (tuganaklar hosil bo‘ladi). 
Stolonlar ertagi navlarda qisqaroq, kechkilarida uzunroq bo‘ladi.
ekila boshlandi. Kartoshkani tashqi muhitga tez moslashishi dunyoda tez tarqalishiga va asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaqtda kartoshka dunyoning hamma qit’alarida ekiladi. Dunyo bo‘yicha FAO ma’lumotlariga qaraganda (1994 yil) da kartoshka 18 mln gektar yerga ekilgan. Yevropa mamlakatlarida kartoshka ko‘p ekiladi. Dunyo ekin maydonini 35% ini tashkil qiladi. Ko‘proq Polsha (2,26 mln.ga), Germaniya (yaqin 1 mln.ga) va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Kartoshka AQShda ham ko‘p ekiladi. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan kartoshka Rossiya, Urkaina, Belorusiya va Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ekiladi. O‘zbekistonda oxirgi yillari kartoshkani ekish maydoni ancha kengaygan va 1998 yil 13,4 ming gektar yerga ekilgan. Kartoshka yuqori hosilli ekin. O‘zbekistonda 2004 yilda kartoshka 52,1 ming gektar yerga ekilib, 892,7 ming tonna yalpi hosil olindi. Hosildorlik o‘rtacha 17,1 tonna gektarni tashkil etdi. Kartoshkaning navlari morfologik va biologik belgilari bilan farq qiladi. O‘zbekistonda kartoshkani quyidagi navlari ekiladi: Akrab, Zarafshon, Lorx, To‘yimli, Pikasso, Diamant, Voltman. Botanik xususiyatlari. Kartoshka ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga va yovvoyi hamda madaniy turlarni birlashtiradigan-Solanum L. avlodiga kiradi. Ulardan Solanum tuberosum L. eng ko‘p tarqalgan. Kartoshkaning ildizi popuk ildiz bo‘lib, asosan tuproqning yuza 60-70 sm qatlamida joylashadi. Ayrim ildizlar yerga 150-200 smga kirib boradi. Ildizida oq yo‘g‘on o‘simtalar bo‘lib, unga stolon yoki o‘zgaruvchan novda deyiladi. Kartoshka poyasining ko‘pchiligi tik, ba’zilari egilib o‘sadi. Bo‘yi sharoitga qarab keskin (30 dan 150 sm gacha) o‘zgaradi. Kartoshka o‘simligi tupining asosiy qismi 4-8 serbarg poyadan iborat. Tupdagi poyalar soni naviga, ekiladigan tuganaklarning yirik- maydaligiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik tuganaklardan o‘sib chiqqan o‘simliklar mayda tuganaklardan o‘sib chiqqan o‘simliklarga qaraganda serpoya bo‘ladi. Tupdagi poyalar soni ma’lum darajada tuganak hosili ko‘p yoki kam bo‘lishini ifodalaydi. Kartoshka poyasining yer ostki qismidagi qo‘ltiq kurtaklaridan novdalar- stolonlar rivojlanadi, ularning uchi yo‘g‘onlashadi (tuganaklar hosil bo‘ladi). Stolonlar ertagi navlarda qisqaroq, kechkilarida uzunroq bo‘ladi.
 
 
 Kartoshka barglari oddiy, uzun-uzun, toq patsimon, cheti tekis bo‘lib, bir 
juftdan uch juftgacha, ba’zan ko‘proq barg hosil qiladi. Poyaga birikadigan joyda 
barg o‘qi barg bandiga aylanadi. Oxirgi barg bo‘lagi odatda, qolganlardan yirikroq 
bo‘ladi.  
Guli to‘pgulga yig‘ilgan bo‘lib, turli uzunlikdagi gulpoyada tutash joylashgan. 
Gulbandi qismlarga ajralgan. Guli beshtalik tipda. Har xil rangda oq, ko‘k, to‘q ko‘k, 
binafsha rang, qizg‘ish-binafsha rangda bo‘lib, turli tusda tovlanadi. Gulining 
o‘rtasida 5 ta changchisi bor. Urug‘chisi tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan 
iborat. Gul kosasi tutashib o‘sgan, beshta gultojibargi bor. Kartoshka o‘zidan 
changlanadi. Mevasi yumaloq, ikki uyali sersuv rezavor meva bo‘lib, juda ko‘p 
mayda yassi urug‘i bor. 1000 dona urug‘ining vazni 0,5 g keladi. Ammo hamma 
navlari meva tutmaydi. Kartoshka tuganagi yo‘g‘onlashgan qisqa poyadan iborat. 
Kartoshka tuganaklari yumaloq, cho‘zinchoq va ovalsimon shaklda bo‘ladi. Bu 
kartoshka naviga va yetishtirilayotgan sharoitga ko‘ra o‘zgarib turadi. 
Tuganaklarining eti oq, sariq, qizil va zangori rangda bo‘ladi. Po‘sti sariq, pushti, 
qizil, och zangori yoki ko‘k rangda bo‘lishi mumkin. Tuganaklarining po‘sti 
kartoshka naviga bog‘liq bo‘lib, silliq, g‘adir-budur yoki to‘rsimon bo‘lishi mumkin. 
Kartoshka tuganagi usti epidermis bilan qoplangan, pishib yetilganda u ko‘chib 
to‘kilib ketadi. Po‘stloq o‘z navbatida havo o‘tkazmaydigan, periderma bilan 
qoplanadi. Uning ustida po‘kak qatlami shakllanib, kartoshka po‘sti paydo bo‘ladi, 
bu esa uni tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Ichki qismi yirik, g‘ovak parenxima 
hujayralaridan iborat, ularning ichi oqsil moddalari va kraxmal donalari bilan 
to‘lgan. Po‘stloq ostida hosil qiluvchi to‘qima (kambiy qatlami) mavjud. Tuganak 
ana shu kambiy hisobiga o‘sadi. 
Biologik xususiyatlari. Kartoshka past temperaturaga mutlaqo chidamaydi. 7-
80 C dan past temperaturada yaxshi o‘smaydi. Ko‘pgina olimlar yozishicha issiqqa 
chidamsiz, ammo, sug‘orish yordamida hosil qilingan mikroklimat ta’sirida 
kartoshka issiq havodan qiynalmaydi. Faqatgina tuproqda nam yetarli bo‘lmasa 
uning kasalliklarga moyilligi ham ko‘payadi, hosildorligi keskin kamayib ketadi. 
O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu o‘simlik issiqqa chidamli ekanligini 
ko‘rsatdi. Tuproq temperaturasi 18-200 C eng qulay temperatura hisoblanadi.  
Kartoshkaning butun o‘sish davri uch bosqichga bo‘linadi:
Kartoshka barglari oddiy, uzun-uzun, toq patsimon, cheti tekis bo‘lib, bir juftdan uch juftgacha, ba’zan ko‘proq barg hosil qiladi. Poyaga birikadigan joyda barg o‘qi barg bandiga aylanadi. Oxirgi barg bo‘lagi odatda, qolganlardan yirikroq bo‘ladi. Guli to‘pgulga yig‘ilgan bo‘lib, turli uzunlikdagi gulpoyada tutash joylashgan. Gulbandi qismlarga ajralgan. Guli beshtalik tipda. Har xil rangda oq, ko‘k, to‘q ko‘k, binafsha rang, qizg‘ish-binafsha rangda bo‘lib, turli tusda tovlanadi. Gulining o‘rtasida 5 ta changchisi bor. Urug‘chisi tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Gul kosasi tutashib o‘sgan, beshta gultojibargi bor. Kartoshka o‘zidan changlanadi. Mevasi yumaloq, ikki uyali sersuv rezavor meva bo‘lib, juda ko‘p mayda yassi urug‘i bor. 1000 dona urug‘ining vazni 0,5 g keladi. Ammo hamma navlari meva tutmaydi. Kartoshka tuganagi yo‘g‘onlashgan qisqa poyadan iborat. Kartoshka tuganaklari yumaloq, cho‘zinchoq va ovalsimon shaklda bo‘ladi. Bu kartoshka naviga va yetishtirilayotgan sharoitga ko‘ra o‘zgarib turadi. Tuganaklarining eti oq, sariq, qizil va zangori rangda bo‘ladi. Po‘sti sariq, pushti, qizil, och zangori yoki ko‘k rangda bo‘lishi mumkin. Tuganaklarining po‘sti kartoshka naviga bog‘liq bo‘lib, silliq, g‘adir-budur yoki to‘rsimon bo‘lishi mumkin. Kartoshka tuganagi usti epidermis bilan qoplangan, pishib yetilganda u ko‘chib to‘kilib ketadi. Po‘stloq o‘z navbatida havo o‘tkazmaydigan, periderma bilan qoplanadi. Uning ustida po‘kak qatlami shakllanib, kartoshka po‘sti paydo bo‘ladi, bu esa uni tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Ichki qismi yirik, g‘ovak parenxima hujayralaridan iborat, ularning ichi oqsil moddalari va kraxmal donalari bilan to‘lgan. Po‘stloq ostida hosil qiluvchi to‘qima (kambiy qatlami) mavjud. Tuganak ana shu kambiy hisobiga o‘sadi. Biologik xususiyatlari. Kartoshka past temperaturaga mutlaqo chidamaydi. 7- 80 C dan past temperaturada yaxshi o‘smaydi. Ko‘pgina olimlar yozishicha issiqqa chidamsiz, ammo, sug‘orish yordamida hosil qilingan mikroklimat ta’sirida kartoshka issiq havodan qiynalmaydi. Faqatgina tuproqda nam yetarli bo‘lmasa uning kasalliklarga moyilligi ham ko‘payadi, hosildorligi keskin kamayib ketadi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu o‘simlik issiqqa chidamli ekanligini ko‘rsatdi. Tuproq temperaturasi 18-200 C eng qulay temperatura hisoblanadi. Kartoshkaning butun o‘sish davri uch bosqichga bo‘linadi:
 
 
 Birinchi bosqich maysa paydo bo‘lgandan gullashgacha. Bu davrda asosan 
poya o‘sadi, ko‘k massa ko‘payadi. Tuganaklari sekin o‘sadi.  
Ikkinchi bosqich-gullash davridan poyaning o‘sishi to‘xtaguncha davom 
etadi. Bu davrda intensiv ravishda tuganak mevalar paydo bo‘ladi.  
Uchinchi davr poyaning o‘sishi tugagandan tabiiy so‘lish davrigacha davom 
etadi. Bu davrda tuganak mevalar paydo bo‘lishi davom etadi. Lekin ikkinchi davrga 
nisbatan sekinlashadi. Bu bosqichlarni o‘tish muddati kartoshkani navi va ob-havo 
sharoitiga bog‘liqdir. Shunday qilib, ikkinchi bosqich tuganaklar shakllanishida eng 
muhim davr hisoblanadi.  
Kartoshka yorug‘likka talabchan, qisqa kun o‘simlik. Erta bahorda ekilganda 
ham kunning uzunligi rivojlanishga ta’sir qilmaydi. Faqatgina past haroratda 
kartoshka ta’sirlanadi. Yorug‘lik kam bo‘lsa, barglari sarg‘ayib, poyalari cho‘zilib, 
gullamaydi va tuganak hosil qilmaydi. O‘ta qalin bo‘lsa ham yaxshi rivojlanmay, 
hosildorligi keskin kamayadi. 
O‘g‘itlash. Kartoshka yerni o‘g‘itlashga yaxshi ta’sirchan bo‘ladi. 
Kartoshkaga organik va mineral o‘g‘itlar solish hosilni 50% gacha va undan ham 
ko‘proq oshiradi. Kartoshka yetishtirishning hozirgi texnologiyasi organik 
o‘g‘itlarni albatta mineral o‘g‘itlarga qo‘shib solishga asoslangan. Organik o‘g‘itlar 
hosilni oshirish bilan birga tugunaklar tarkibidagi kraxmal miqdorini oshiradi va 
yirik tugunaklar soni ko‘payadi. Organik o‘g‘itlar, asosan bahorda solinadi, bunda 
ekish muddati cho‘zilib ketadi. Organik o‘g‘itlarni bir qismini kartoshkadan oldingi 
ekinga -kuzgi g‘allaga solish mumkin. Agar o‘tmishdagi ekin ekiladigan yerlar 
organik o‘g‘itlar bilan yaxshilab o‘g‘itlansa, kartoshkani faqat mineral o‘g‘itlar bilan 
o‘g‘itlab yetishtirish mumkinligi tajribalarda tasdiqlangan. Bunda xo‘jaliklarda, 
kartoshka hosilining bir oz kamayishi kuzgi ekinlar hosilining ortishi hisobiga 
qoplanib ketadi. Ertagi kartoshka ekishda organik o‘g‘itlarni albatta, kuzdan 
boshlab, kuzgi shudgor vaqtida solish kerak. Qumli va qumloq tuproqlarda ko‘kat 
o‘g‘itlardan oraliq ekin sifatida lyupindan foydalanish yaxshi natija beradi. Faqat 
organik o‘g‘itlar solish bilan kartoshkaning oziq moddalarga bo‘lgan talabi to‘liq 
ta’minlanmaydi, shuning uchun organik o‘g‘itlar bilan birga mineral o‘g‘itlar ham 
solish kerak.
Birinchi bosqich maysa paydo bo‘lgandan gullashgacha. Bu davrda asosan poya o‘sadi, ko‘k massa ko‘payadi. Tuganaklari sekin o‘sadi. Ikkinchi bosqich-gullash davridan poyaning o‘sishi to‘xtaguncha davom etadi. Bu davrda intensiv ravishda tuganak mevalar paydo bo‘ladi. Uchinchi davr poyaning o‘sishi tugagandan tabiiy so‘lish davrigacha davom etadi. Bu davrda tuganak mevalar paydo bo‘lishi davom etadi. Lekin ikkinchi davrga nisbatan sekinlashadi. Bu bosqichlarni o‘tish muddati kartoshkani navi va ob-havo sharoitiga bog‘liqdir. Shunday qilib, ikkinchi bosqich tuganaklar shakllanishida eng muhim davr hisoblanadi. Kartoshka yorug‘likka talabchan, qisqa kun o‘simlik. Erta bahorda ekilganda ham kunning uzunligi rivojlanishga ta’sir qilmaydi. Faqatgina past haroratda kartoshka ta’sirlanadi. Yorug‘lik kam bo‘lsa, barglari sarg‘ayib, poyalari cho‘zilib, gullamaydi va tuganak hosil qilmaydi. O‘ta qalin bo‘lsa ham yaxshi rivojlanmay, hosildorligi keskin kamayadi. O‘g‘itlash. Kartoshka yerni o‘g‘itlashga yaxshi ta’sirchan bo‘ladi. Kartoshkaga organik va mineral o‘g‘itlar solish hosilni 50% gacha va undan ham ko‘proq oshiradi. Kartoshka yetishtirishning hozirgi texnologiyasi organik o‘g‘itlarni albatta mineral o‘g‘itlarga qo‘shib solishga asoslangan. Organik o‘g‘itlar hosilni oshirish bilan birga tugunaklar tarkibidagi kraxmal miqdorini oshiradi va yirik tugunaklar soni ko‘payadi. Organik o‘g‘itlar, asosan bahorda solinadi, bunda ekish muddati cho‘zilib ketadi. Organik o‘g‘itlarni bir qismini kartoshkadan oldingi ekinga -kuzgi g‘allaga solish mumkin. Agar o‘tmishdagi ekin ekiladigan yerlar organik o‘g‘itlar bilan yaxshilab o‘g‘itlansa, kartoshkani faqat mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlab yetishtirish mumkinligi tajribalarda tasdiqlangan. Bunda xo‘jaliklarda, kartoshka hosilining bir oz kamayishi kuzgi ekinlar hosilining ortishi hisobiga qoplanib ketadi. Ertagi kartoshka ekishda organik o‘g‘itlarni albatta, kuzdan boshlab, kuzgi shudgor vaqtida solish kerak. Qumli va qumloq tuproqlarda ko‘kat o‘g‘itlardan oraliq ekin sifatida lyupindan foydalanish yaxshi natija beradi. Faqat organik o‘g‘itlar solish bilan kartoshkaning oziq moddalarga bo‘lgan talabi to‘liq ta’minlanmaydi, shuning uchun organik o‘g‘itlar bilan birga mineral o‘g‘itlar ham solish kerak.