TUPROQ HARORATI

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

373,7 KB


 
 
 
 
 
 
TUPROQ HARORATI 
 
Tuproq harorati tuproqda va unga yaqin havo qatlamida sodir bo’ladigan turli 
tuman jarayonlar va hodisalarga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omildir. Darhaqiqat, 
tuproq haroratining kunlik o’zgarishi tuproqdagi havo bilan yer havosi o’rtasida gaz 
almashinishini hosil qiladi. 
Tuproq harorati chirish jarayonini, organik moddalarning parchalanishini va 
turli xil tuzlarning erishini jadallashtiradi. Tuproqning isish darajasiga bog’liq holda 
o’simlik ildizlarining so’rib olish qobiliyati o’zgaradi. Harorat pasayganda bu 
qobiliyat anchagina susayadi. Tuproq harorati tuproq mikroor-ganizmlarining 
faoliyatini ta’minlaydi. Urug’larning unib chiqishi va o’simlik o’sishining dastlabki 
davri ko’p holda tuproq haroratiga bog’liqdir. 
Tuproqning issiqlik rejimi. Tuproqning issiqlik rejimi asosan yer yuzasiga 
singdirilgan va tarqatilgan nurlanish energiyasrning kirim va chiqim qismlari 
o’rtasidagi farq bilan ifodalanadi. Bu farq radiatsiya balansi deb ataladi. Kunduzi 
tuproq ustiga tushayotgan issiqlik balansi ortadi va yer usti isiydi. Tuproqqa 
singdirilgan issiqlikning bir qismi havoning va tuproqning quyi qatlamlarini isitishga 
sarf bo’ladi. Tunda esa, quyosh radiatsiyasining yo’qligi tufayli faqat nurlarning tar-
qalishi kuzatiladi va bunda radiatsiya balansi manfiy miqdorda bo’lib, tuproq 
ustining yanada sovib ketishiga olib keladi. Radiatsiya balansining eng katta musbat 
miqdorlari yoz oylari, eng katta manfiy qiymatlari qish oylari kuzatiladi. Radiatsiya 
balansi tuproqning fizik xususiyatlari, uning yuza qismining holati va ob-havo 
sharoitiga bog’liqdir. Shu omillar ta’sirida radiatsiya balansi miqdori musbat yoki 
manfiy qiymatda bo’lib, tuproqning issiqlik holatini, atmosfera bilan va shu bilan 
birga-likda tuproqning yuqorigi va chuqurlikdagi qatlamlari orasi-dagi issiqlik 
almashinuvi shiddatiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo barcha tuproq turlari bir xil isib va 
sovib turmaydi. Bunga ko’pgina sabablar mavjud bo’lib, ular ichida tuproqning 
issiqlik sig’imi va issiqlik o’tkazuvchanligi eng ahamiyatli hisoblanadi.
TUPROQ HARORATI Tuproq harorati tuproqda va unga yaqin havo qatlamida sodir bo’ladigan turli tuman jarayonlar va hodisalarga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omildir. Darhaqiqat, tuproq haroratining kunlik o’zgarishi tuproqdagi havo bilan yer havosi o’rtasida gaz almashinishini hosil qiladi. Tuproq harorati chirish jarayonini, organik moddalarning parchalanishini va turli xil tuzlarning erishini jadallashtiradi. Tuproqning isish darajasiga bog’liq holda o’simlik ildizlarining so’rib olish qobiliyati o’zgaradi. Harorat pasayganda bu qobiliyat anchagina susayadi. Tuproq harorati tuproq mikroor-ganizmlarining faoliyatini ta’minlaydi. Urug’larning unib chiqishi va o’simlik o’sishining dastlabki davri ko’p holda tuproq haroratiga bog’liqdir. Tuproqning issiqlik rejimi. Tuproqning issiqlik rejimi asosan yer yuzasiga singdirilgan va tarqatilgan nurlanish energiyasrning kirim va chiqim qismlari o’rtasidagi farq bilan ifodalanadi. Bu farq radiatsiya balansi deb ataladi. Kunduzi tuproq ustiga tushayotgan issiqlik balansi ortadi va yer usti isiydi. Tuproqqa singdirilgan issiqlikning bir qismi havoning va tuproqning quyi qatlamlarini isitishga sarf bo’ladi. Tunda esa, quyosh radiatsiyasining yo’qligi tufayli faqat nurlarning tar- qalishi kuzatiladi va bunda radiatsiya balansi manfiy miqdorda bo’lib, tuproq ustining yanada sovib ketishiga olib keladi. Radiatsiya balansining eng katta musbat miqdorlari yoz oylari, eng katta manfiy qiymatlari qish oylari kuzatiladi. Radiatsiya balansi tuproqning fizik xususiyatlari, uning yuza qismining holati va ob-havo sharoitiga bog’liqdir. Shu omillar ta’sirida radiatsiya balansi miqdori musbat yoki manfiy qiymatda bo’lib, tuproqning issiqlik holatini, atmosfera bilan va shu bilan birga-likda tuproqning yuqorigi va chuqurlikdagi qatlamlari orasi-dagi issiqlik almashinuvi shiddatiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo barcha tuproq turlari bir xil isib va sovib turmaydi. Bunga ko’pgina sabablar mavjud bo’lib, ular ichida tuproqning issiqlik sig’imi va issiqlik o’tkazuvchanligi eng ahamiyatli hisoblanadi.
 
 
Issiqlik sig’imi solishtirma va hajmiyga bo’linadi. Solish-tirma issiqlik sig’imi 
- 1 g moddani 1°C ga isitish uchun ketgan issiqlikka (kaloriyada) teng. Tuproqning 
isishi va sovishida solishtirmaga ko’ra hajmiy issiqlik sig’imi deb, 1 sm kub 1°C ga 
isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. 
Tuproqning isishi uning rangiga va tuzilishiga bog’liq. Oqish rangdagi tuproq 
nurni qaytarish qobiliyati katta bo’lganligidan, qora tusli tuproqga nisbatan kunduzi 
kamroq qiziydi. G’ovak tuproqda zich tuproqqa nisbatan kunduzlari ancha yuqori, 
kechalari esa, ancha past harorat kuzatuadi. 
Bundan tashqari, tuproq haroratiga yonbag’ining ekspo-zitsiyasi, uning 
o’simlik va qor qatlami bilan qoplanganligi ahamiyatlidir. 
Tuproq usti harorati kun va yil davomida o’zgarib turadi. Tuproq kunduzi isib, 
kechalari soviydi. Bunday o’zgarishni tuproq ostida va chuqurliklarda ham kuzatish 
mumkin. 
Tuproq haroratiga bulutlarning mavjudligi, tuman, sha-mol, yog’inlar ta’sir 
ko’rsatadi. Bulutlar ko’pligi tuproq haroratining kunlik amplitudasini kamaytiradi va 
tuproqning pastki qatlamlaridagi haroratni bir xil qilib qo’yadi. Shamol tuproq va 
atmosfera o’rtasidagi issiqlik almashinuvini tezlash-tiradi va natijada shamolli 
kunlardagi tuproq usti harorati odatdagi kunlardagiga nisbatan pasayib ketadi. 
Tuproq haroratiga o’simliklar ham ta’sir ko’rsatadi. Yilning iliq davrida 
o’simlik radiatsiyani tutib qoladi va o’sim-lik soyasida qolgan tuproq yaxshi 
isimaydi. Masalan, qalin o’t qoplami tuproqqa o’tkazib yuboradigan radiatsiya 20% 
dan oshmaydi. Bundan tashqari barg yuzasidan ham suv bug’la-nadi. Bunga ham 
issiqlikning ancha qismi sarf bo’ladi. Yilning sovuq faslida o’simlik yerning issiqlik 
tarqatishini kamaytiradi va tuproq unchalik sovib ketmaydi. O’simlik qanchalik 
qalin bo’lsa, u tuproq haroratiga shunchalik ko’p ta’sir etadi. O’sim-liklarning havo 
va tuproq haroratiga ta’siri o’rmonlarda ayniqsa katta bo’ladi. 
Ekinlar uchun tuproqning ustki 5 sm gacha qalinlikdagi qatlami ayniqsa katta 
ahamiyatga ega. Bu qatlamda o’simliklar urug’i unib chiqadi, o’tlar ildiz yozadi, 
o’simliklarning qishki toblanish bosqichi o’tadi. Shu bilan birga bu qatlamda eng 
ko’p o’zgarish bo’ladi, unda harorat va namlik keskin o’zgarib turadi. Qish vaqtida 
bu qatlam issiqlikni yaxshi saqlaydi, natijada tuproq qattiq sovib ketmaydi. Biroq
Issiqlik sig’imi solishtirma va hajmiyga bo’linadi. Solish-tirma issiqlik sig’imi - 1 g moddani 1°C ga isitish uchun ketgan issiqlikka (kaloriyada) teng. Tuproqning isishi va sovishida solishtirmaga ko’ra hajmiy issiqlik sig’imi deb, 1 sm kub 1°C ga isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. Tuproqning isishi uning rangiga va tuzilishiga bog’liq. Oqish rangdagi tuproq nurni qaytarish qobiliyati katta bo’lganligidan, qora tusli tuproqga nisbatan kunduzi kamroq qiziydi. G’ovak tuproqda zich tuproqqa nisbatan kunduzlari ancha yuqori, kechalari esa, ancha past harorat kuzatuadi. Bundan tashqari, tuproq haroratiga yonbag’ining ekspo-zitsiyasi, uning o’simlik va qor qatlami bilan qoplanganligi ahamiyatlidir. Tuproq usti harorati kun va yil davomida o’zgarib turadi. Tuproq kunduzi isib, kechalari soviydi. Bunday o’zgarishni tuproq ostida va chuqurliklarda ham kuzatish mumkin. Tuproq haroratiga bulutlarning mavjudligi, tuman, sha-mol, yog’inlar ta’sir ko’rsatadi. Bulutlar ko’pligi tuproq haroratining kunlik amplitudasini kamaytiradi va tuproqning pastki qatlamlaridagi haroratni bir xil qilib qo’yadi. Shamol tuproq va atmosfera o’rtasidagi issiqlik almashinuvini tezlash-tiradi va natijada shamolli kunlardagi tuproq usti harorati odatdagi kunlardagiga nisbatan pasayib ketadi. Tuproq haroratiga o’simliklar ham ta’sir ko’rsatadi. Yilning iliq davrida o’simlik radiatsiyani tutib qoladi va o’sim-lik soyasida qolgan tuproq yaxshi isimaydi. Masalan, qalin o’t qoplami tuproqqa o’tkazib yuboradigan radiatsiya 20% dan oshmaydi. Bundan tashqari barg yuzasidan ham suv bug’la-nadi. Bunga ham issiqlikning ancha qismi sarf bo’ladi. Yilning sovuq faslida o’simlik yerning issiqlik tarqatishini kamaytiradi va tuproq unchalik sovib ketmaydi. O’simlik qanchalik qalin bo’lsa, u tuproq haroratiga shunchalik ko’p ta’sir etadi. O’sim-liklarning havo va tuproq haroratiga ta’siri o’rmonlarda ayniqsa katta bo’ladi. Ekinlar uchun tuproqning ustki 5 sm gacha qalinlikdagi qatlami ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu qatlamda o’simliklar urug’i unib chiqadi, o’tlar ildiz yozadi, o’simliklarning qishki toblanish bosqichi o’tadi. Shu bilan birga bu qatlamda eng ko’p o’zgarish bo’ladi, unda harorat va namlik keskin o’zgarib turadi. Qish vaqtida bu qatlam issiqlikni yaxshi saqlaydi, natijada tuproq qattiq sovib ketmaydi. Biroq
 
 
qor qoplami yupqa bo’lsa, bu qatlam issiqlikni tutib qola olmaydi, natijada 
o’simliklarni sovuq urib ketishi mumkin. 
Tuproq haroratining yillik va fasliy amplitudasi zonal ravishda o’zgaradi. 
Quyosh radiatsiyasi doim intensiv bo’lgan ekvatoryal mintaqada harorat hamma vaqt 
yuqori bo’ladi, havoning namligi va o’simlik qoplamining qalinligi sababli harorat 
keskin o’zgarmaydi. Tropik mintaqada esa harorat amplitudasi ortadi. 
Eng katta fasliy o’zgarish o’rtacha geografik kengliklarga, ayniqsa 
materiklarning dengizdan uzoq ichki qismlariga xosdir. Bu mintaqalardagi ba’zi 
joylarda tuproq deyarli tropiklardagicha qizisa, qishda harorat shu darajada 
pasayadiki, tuproq muzlab qoladi, tuproq issiqligining saqlanishida, binobarin, 
gruntlarning muzlab qolishining kamayishida qor qoplami katta ahamiyatga ega. 
Qorning issiqlik saqlash xossasi uning qalinligi va zichligiga bog’liq. Doimiy 
muzloq yerlar keng tarqalgan qutbiy o’lkalarda tuproq tempe-raturasi hatto yoz 
oylarida ham 0°C dan ozgina ko’tariladi, holos. 
Tuproq haroratining yil davomida o’zgarishida quyidagi hol kuzatiladi: eng 
past harorat yanvar - fevralda, eng yuqo-rilari - iyul, avgustda kuzatiladi. Bunday 
harorat rejimi xuddi kunlik o’zgarishga o’xshab tuproqning pastki qatlamlariga ham 
tarqaladi. Bu o’zgarish o’rta kengliklarda 15 - 20 m, shimolda   25 m va tropik 
mintaqalarda 5-10 m davom etib, undan pastda tuproq harorati o’zgarmay qoladi. 
Tuproq haroratining yillik o’zgarishi, xuddi kunlik o’zgarishga o’xshab qor 
qoplamiga va yog’inlarga bog’liq.
qor qoplami yupqa bo’lsa, bu qatlam issiqlikni tutib qola olmaydi, natijada o’simliklarni sovuq urib ketishi mumkin. Tuproq haroratining yillik va fasliy amplitudasi zonal ravishda o’zgaradi. Quyosh radiatsiyasi doim intensiv bo’lgan ekvatoryal mintaqada harorat hamma vaqt yuqori bo’ladi, havoning namligi va o’simlik qoplamining qalinligi sababli harorat keskin o’zgarmaydi. Tropik mintaqada esa harorat amplitudasi ortadi. Eng katta fasliy o’zgarish o’rtacha geografik kengliklarga, ayniqsa materiklarning dengizdan uzoq ichki qismlariga xosdir. Bu mintaqalardagi ba’zi joylarda tuproq deyarli tropiklardagicha qizisa, qishda harorat shu darajada pasayadiki, tuproq muzlab qoladi, tuproq issiqligining saqlanishida, binobarin, gruntlarning muzlab qolishining kamayishida qor qoplami katta ahamiyatga ega. Qorning issiqlik saqlash xossasi uning qalinligi va zichligiga bog’liq. Doimiy muzloq yerlar keng tarqalgan qutbiy o’lkalarda tuproq tempe-raturasi hatto yoz oylarida ham 0°C dan ozgina ko’tariladi, holos. Tuproq haroratining yil davomida o’zgarishida quyidagi hol kuzatiladi: eng past harorat yanvar - fevralda, eng yuqo-rilari - iyul, avgustda kuzatiladi. Bunday harorat rejimi xuddi kunlik o’zgarishga o’xshab tuproqning pastki qatlamlariga ham tarqaladi. Bu o’zgarish o’rta kengliklarda 15 - 20 m, shimolda 25 m va tropik mintaqalarda 5-10 m davom etib, undan pastda tuproq harorati o’zgarmay qoladi. Tuproq haroratining yillik o’zgarishi, xuddi kunlik o’zgarishga o’xshab qor qoplamiga va yog’inlarga bog’liq.
 
 
15-rasm. Muddatli (a), minimal (b) va maksimal (d) termometrlar. 
 
Tuproq haroratini o’lchash usullari. Tuproqning isish darajasi uning sirti va 
pastki qatlamlarining harorati bilan ifodalanadi. Meteorologik stantsiya tarmoqlarida 
tuproq haro-ratini kuzatishda ikki usul qo’llaniladi: tuproq sirtidagi va turli xil 
chuqurliklardagi harorat o’lchanadi. 
Tuproq sirti harorati uch xil turdagi termometrlar yorda-mida o’lchanadi: 
muddatli, minimal va maksimal (15-rasm). 
Muddatli termometr tuproq sirti haroratini kuzatish muddatida o’lchash uchun 
xizmat qiladi, minimal va maksimal termometrlar esa, kuzatish muddatlari 
oralig’idagi eng past va eng yuqori haroratni aniqlash uchun ishlatiladi. Tuproq haro-
ratini 0 dan 20 sm gacha bo’lgan chuqurliklarda kuzatish uchun, ya’ni ko’pchilik 
qishloq xo’jaligi ekinlarining ildizlari rivojlana-digan qatlamda, bukilma 
termometrlaridan, 20 sm dan pastki qatlam haroratlarini o’lchashda tortish 
termometrlaridan foyda-laniladi. 
Kuzatish joyi. Tuproq haroratini o’lchaydigan barcha termometrlar 
meteorologik maydonchaning janubiy qismidagi tekis yerga o’rnatiladi. Tuproq sirti 
va bukilma termometrlar o’rnatiladigan joy 4x6 m o’lchamda bo’lib, o’simliklardan 
holi bo’lishi kerak (16-rasm). 
Tortish termometrlari 6x8 m o’lchamdagi maydonchada o’rnatilib, u tuproq 
sirti va bukilma termometrlardan sharqda joylashgan bo’ladi. Yil davomida bu joy 
sirtining tabiiy holatda saqlanishiga harakat qilinadi. 
Termometrlarni o’rnatish. Tuproq sirti termometrlari tayyorlangan joyning 
o’rtasiga o’rnatiladi. Muddatli va minimal termometrlar gorizontal ravishda 
yotqiziladi, maksimal termo-metrlar esa rezervuar tomonga ozgina nishab qilib 
joylashti-riladi. Har bir termometrning rezervuari va tanasi yarmisigacha tuproqqa 
ko’miladi. Termometrlar bir qator qilib shimoldan janubga qarab bir-biridan 5 - 6 sm 
oraliqda, rezervuarini sharq-ga qaratib o’rnatiladi. Shimoldan birinchi muddatli 
termometr, so’ng minimal va maksimal termometrlar joylashtiriladi (16-rasm). 
Bukilma termometrlar, ya’ni Savinov termometrlari (17-rasm) tuproq sirti 
termometrlariga nisbatan 20 - 30 sm g’arbga har birining oralig’i 10 sm dan qilib, 
5,10,15 va 20 sm chuqurlikda o’rnatiladi.
15-rasm. Muddatli (a), minimal (b) va maksimal (d) termometrlar. Tuproq haroratini o’lchash usullari. Tuproqning isish darajasi uning sirti va pastki qatlamlarining harorati bilan ifodalanadi. Meteorologik stantsiya tarmoqlarida tuproq haro-ratini kuzatishda ikki usul qo’llaniladi: tuproq sirtidagi va turli xil chuqurliklardagi harorat o’lchanadi. Tuproq sirti harorati uch xil turdagi termometrlar yorda-mida o’lchanadi: muddatli, minimal va maksimal (15-rasm). Muddatli termometr tuproq sirti haroratini kuzatish muddatida o’lchash uchun xizmat qiladi, minimal va maksimal termometrlar esa, kuzatish muddatlari oralig’idagi eng past va eng yuqori haroratni aniqlash uchun ishlatiladi. Tuproq haro- ratini 0 dan 20 sm gacha bo’lgan chuqurliklarda kuzatish uchun, ya’ni ko’pchilik qishloq xo’jaligi ekinlarining ildizlari rivojlana-digan qatlamda, bukilma termometrlaridan, 20 sm dan pastki qatlam haroratlarini o’lchashda tortish termometrlaridan foyda-laniladi. Kuzatish joyi. Tuproq haroratini o’lchaydigan barcha termometrlar meteorologik maydonchaning janubiy qismidagi tekis yerga o’rnatiladi. Tuproq sirti va bukilma termometrlar o’rnatiladigan joy 4x6 m o’lchamda bo’lib, o’simliklardan holi bo’lishi kerak (16-rasm). Tortish termometrlari 6x8 m o’lchamdagi maydonchada o’rnatilib, u tuproq sirti va bukilma termometrlardan sharqda joylashgan bo’ladi. Yil davomida bu joy sirtining tabiiy holatda saqlanishiga harakat qilinadi. Termometrlarni o’rnatish. Tuproq sirti termometrlari tayyorlangan joyning o’rtasiga o’rnatiladi. Muddatli va minimal termometrlar gorizontal ravishda yotqiziladi, maksimal termo-metrlar esa rezervuar tomonga ozgina nishab qilib joylashti-riladi. Har bir termometrning rezervuari va tanasi yarmisigacha tuproqqa ko’miladi. Termometrlar bir qator qilib shimoldan janubga qarab bir-biridan 5 - 6 sm oraliqda, rezervuarini sharq-ga qaratib o’rnatiladi. Shimoldan birinchi muddatli termometr, so’ng minimal va maksimal termometrlar joylashtiriladi (16-rasm). Bukilma termometrlar, ya’ni Savinov termometrlari (17-rasm) tuproq sirti termometrlariga nisbatan 20 - 30 sm g’arbga har birining oralig’i 10 sm dan qilib, 5,10,15 va 20 sm chuqurlikda o’rnatiladi.
 
 
 
  
 
 
16-rasm. Tuproq sirti termometrlarining o’rnatilishi. 
 
 
 
17-rasm. Savinov termometri majmuasi (a), bukilma termometr (b), 
bukilma termometrning o’rnatilishi (d). 
 
O’rnatilish chuqurligi sharqdan g’arbga oshishi kerak. Termometr rezervuari 
shimolga qaragan bo’lishi lozim. Savinov termometri rezervuari silindr shakldagi 
simobli termometrdan iborat bo’lib, 135° burchak hosil qilib bukilgan. 
Termometrning silindrik rezervuari yer ostiga bo’ylama holatda ko’milib, uning 
shkalali yuqorigi qismi yer ustida qiya nishablikni hosil qiladi. Termometrning yer 
ustidagi bunday holati ulardan sanoq olish qulay bo’lishi uchun ishlangan. Savinov 
termometrlaridan faqat yilning issiq oylarida foydalaniladi.
16-rasm. Tuproq sirti termometrlarining o’rnatilishi. 17-rasm. Savinov termometri majmuasi (a), bukilma termometr (b), bukilma termometrning o’rnatilishi (d). O’rnatilish chuqurligi sharqdan g’arbga oshishi kerak. Termometr rezervuari shimolga qaragan bo’lishi lozim. Savinov termometri rezervuari silindr shakldagi simobli termometrdan iborat bo’lib, 135° burchak hosil qilib bukilgan. Termometrning silindrik rezervuari yer ostiga bo’ylama holatda ko’milib, uning shkalali yuqorigi qismi yer ustida qiya nishablikni hosil qiladi. Termometrning yer ustidagi bunday holati ulardan sanoq olish qulay bo’lishi uchun ishlangan. Savinov termometrlaridan faqat yilning issiq oylarida foydalaniladi.
 
 
Tuproqning pastki qatlamlarining harorati tortish termo-metrlari yordamida 
aniqlanadi. Bunday termometrlarga 20, 40, 60, 80, 120, 160, 240, 320 sm 
chuqurliklar qaziladi va ularga pastki mis qalpoqcha bilan berkitilgan ebonitli quvur 
tushiriladi. Ebonit quvur ichiga maxsus termometr tushiriladi (18 -rasm). 
 
 
 
18-rasm. Tuproq tortish termometrlarining joylanishi. 
 
Tuproq haroratini kuzatish. Tuproq harorati asosan yilning issiq oylarida 
kuzatilib, qish oylari termometrlar kuzatish maydonchasidan xonaga olib qo’yiladi. 
Barcha termometrlardan sanoq olish qabul qilingan ob-havo muddatlarida, havo 
harorati va havo namligi kuzatilgandan so’ng olib boriladi. Kuzatish tartibi quyidagi 
ketma-ketlikda olib boriladi: avval tuproq usti termo-metrlaridan, so’ngra bukilma 
va oxirida tortish termometrlaridan sanoq olinadi. 
Tuproq usti termometrlaridan sanoq ularni joyidan qo’zg’atmasdan olinadi. 
Birinchi bo’lib muddatli termometrdan, so’ng minimal termometrning sirti va 
shtiftdan va oxirida maksimal termometrdan sanoq olinadi. 
Minimal termometrdan sanoq olib bo’lgach, shtift skirt bilan yaqinlashtiriladi. 
Maksimal termometrdan sanoq olib bo’lgach, silkitilib, yana sanoq olinadi. 
Bukilma termometrlardan chuqurlik oshib borishi tartibida ketma-ket sanoq 
olinadi.
Tuproqning pastki qatlamlarining harorati tortish termo-metrlari yordamida aniqlanadi. Bunday termometrlarga 20, 40, 60, 80, 120, 160, 240, 320 sm chuqurliklar qaziladi va ularga pastki mis qalpoqcha bilan berkitilgan ebonitli quvur tushiriladi. Ebonit quvur ichiga maxsus termometr tushiriladi (18 -rasm). 18-rasm. Tuproq tortish termometrlarining joylanishi. Tuproq haroratini kuzatish. Tuproq harorati asosan yilning issiq oylarida kuzatilib, qish oylari termometrlar kuzatish maydonchasidan xonaga olib qo’yiladi. Barcha termometrlardan sanoq olish qabul qilingan ob-havo muddatlarida, havo harorati va havo namligi kuzatilgandan so’ng olib boriladi. Kuzatish tartibi quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: avval tuproq usti termo-metrlaridan, so’ngra bukilma va oxirida tortish termometrlaridan sanoq olinadi. Tuproq usti termometrlaridan sanoq ularni joyidan qo’zg’atmasdan olinadi. Birinchi bo’lib muddatli termometrdan, so’ng minimal termometrning sirti va shtiftdan va oxirida maksimal termometrdan sanoq olinadi. Minimal termometrdan sanoq olib bo’lgach, shtift skirt bilan yaqinlashtiriladi. Maksimal termometrdan sanoq olib bo’lgach, silkitilib, yana sanoq olinadi. Bukilma termometrlardan chuqurlik oshib borishi tartibida ketma-ket sanoq olinadi.