TUPROQ HARORATINI O‘LCHASH

Yuklangan vaqt

2024-12-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

642,1 KB


 
1 
 
 
 
 
 
TUPROQ HARORATINI O‘LCHASH 
 
 
Mashg‘ulotning maqsadi: Tuproqning issiqlik xossalari va rejimi haqida 
tushunchaga ega bo‘lish. Tuproq haroratining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini 
bilish. Tuproq yuzasi haroratini o‘lchaydigan termometrlarning tuzilishi bilan 
tanishish. Tuproq yuza qismi haroratini o‘lchashni o‘rganish. 
 
Topshiriqlar: 
1. Tuproqning issiqlik xossa va rejimlari haqida umumiy tushunchaga ega 
bo‘lish; 
2.  Mavzuga 
doir 
adabiyotlar 
va 
internet 
ma’lumotidan 
foydalanib 
termometrlarning tuzilishini o‘rganish; 
3. Muddatli termometr TM-3 ni o‘rnatish va undan hisob olishni o‘rganish; 
4. Maksimal termometrni o‘rnatish va undan hisob olishni o‘rganish; 
5. Minimal termometr TM-2 ni o‘rnatish va undan hisob olishni o‘rganish. 
 
Kerakli materiallar va asboblar: mavzuga doir darslik, o‘quv qo‘llanma, 
ishchi daftar, termometrlar, soat. 
 
Tuproqning issiqlik xossalari va rejimi haqida tushuncha hamda uning 
qishloq xo‘jalik ekinlari uchun ahamiyati 
 
 Yer yuzasiga keladigan radiatsiya miqdoriga bog‘liq holda tuproq yuzasining 
harorati o‘zgaradi. Tuproqdagi haroratning bir qismi havoning quyi qatlamlarini 
isitishga, bir qismi tuproqdagi namni bug‘latishga, bir qismi tuproqda o‘sadigan 
o‘simliklarni harorat bilan ta’minlashga va qolgan qismi tuproqning ichki chuqur 
qismlarini isitishga sarflanadi. 
1 TUPROQ HARORATINI O‘LCHASH Mashg‘ulotning maqsadi: Tuproqning issiqlik xossalari va rejimi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Tuproq haroratining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini bilish. Tuproq yuzasi haroratini o‘lchaydigan termometrlarning tuzilishi bilan tanishish. Tuproq yuza qismi haroratini o‘lchashni o‘rganish. Topshiriqlar: 1. Tuproqning issiqlik xossa va rejimlari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish; 2. Mavzuga doir adabiyotlar va internet ma’lumotidan foydalanib termometrlarning tuzilishini o‘rganish; 3. Muddatli termometr TM-3 ni o‘rnatish va undan hisob olishni o‘rganish; 4. Maksimal termometrni o‘rnatish va undan hisob olishni o‘rganish; 5. Minimal termometr TM-2 ni o‘rnatish va undan hisob olishni o‘rganish. Kerakli materiallar va asboblar: mavzuga doir darslik, o‘quv qo‘llanma, ishchi daftar, termometrlar, soat. Tuproqning issiqlik xossalari va rejimi haqida tushuncha hamda uning qishloq xo‘jalik ekinlari uchun ahamiyati Yer yuzasiga keladigan radiatsiya miqdoriga bog‘liq holda tuproq yuzasining harorati o‘zgaradi. Tuproqdagi haroratning bir qismi havoning quyi qatlamlarini isitishga, bir qismi tuproqdagi namni bug‘latishga, bir qismi tuproqda o‘sadigan o‘simliklarni harorat bilan ta’minlashga va qolgan qismi tuproqning ichki chuqur qismlarini isitishga sarflanadi.  
2 
 
 
Tuproq harorati radiatsiya balansiga bog‘liq. Tuproq yuzasining radiatsiya 
balansi quyidagi qismlardan iborat: 
  
 
A
P
LE
B



  
 
 
 
 
(1) 
 
bunda: L - bug‘ hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘lgan yashirin issiqlik (o‘rtacha 2,5 ming 
J/g); E - bug‘lanish tezligi; P - Yer yuzasi bilan atmosfera  o‘rtasidagi turbulient 
issiqlik almashinuvi; A-Yer yuzasi bilan atmosferaning quyi qismi o‘rtasidagi 
molekulyar issiqlik almashinuvi. 
 
Tuproq harorati chuqurlikka mos ravishda isib boradigan bo‘lsa (kunduzi va 
yozda) haroratning insolyasiya tipi, aksincha ya’ni tuproq yuzasi ichki qismlarga 
nisbatan sovuqroq bo‘lsa, tuproq o‘zidagi issiqlikni atmosferaga beradi. Bunga 
tuproq haroratining radiatsiya tarqatish tipi deyiladi. 
 
Tuproq harorati o‘simliklar o‘sib rivojlanishining eng muhim omillaridan biri 
hisoblanadi. 
Tuproqning issiqlik rejimi shu joyda kechadigan biologik va kimyoviy 
jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat bo‘lgandagina 
o‘simliklar yaxshi rivojlanib, mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. Tuproq 
yuzasiga tushadigan quyosh raditsiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun 
sarflanib, boshqa qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi. Turli tuproqlar har xil 
darajada isib, sovish xususiyatiga ya’ni issiqlik rejimiga ega. Tuproqning issiqlik 
holati uning genetik qatlamlaridagi haroratning ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. 
Harorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy, biologik 
jarayonlarning borishi hamda intensivligining muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi 
turli birikmalarning erishi va cho‘kmaga tushishi, mikroorganizmlar va tuproq 
faunasining hayot faoliyati tuproqdagi issiqlik miqdoriga bog‘liq. Qishloq xo‘jalik 
ekinlari urug‘ining unib chiqishi, ildizlarning rivojlanishi, ulardagi alohida 
fazalarning o‘tishi, fotosintez jadalligi singarilarga bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘simlik 
hosildorligi tuproqning issiqlik sharoitiga bog‘liq. Tuproqda issiqlik etarli 
bo‘lmaganda, o‘simliklar hosili kamayib, ko‘pchilik ekinlar nobud bo‘ladi. Turli 
tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Voeykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, 
2 Tuproq harorati radiatsiya balansiga bog‘liq. Tuproq yuzasining radiatsiya balansi quyidagi qismlardan iborat: A P LE B    (1) bunda: L - bug‘ hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘lgan yashirin issiqlik (o‘rtacha 2,5 ming J/g); E - bug‘lanish tezligi; P - Yer yuzasi bilan atmosfera o‘rtasidagi turbulient issiqlik almashinuvi; A-Yer yuzasi bilan atmosferaning quyi qismi o‘rtasidagi molekulyar issiqlik almashinuvi. Tuproq harorati chuqurlikka mos ravishda isib boradigan bo‘lsa (kunduzi va yozda) haroratning insolyasiya tipi, aksincha ya’ni tuproq yuzasi ichki qismlarga nisbatan sovuqroq bo‘lsa, tuproq o‘zidagi issiqlikni atmosferaga beradi. Bunga tuproq haroratining radiatsiya tarqatish tipi deyiladi. Tuproq harorati o‘simliklar o‘sib rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi shu joyda kechadigan biologik va kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat bo‘lgandagina o‘simliklar yaxshi rivojlanib, mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh raditsiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib, sovish xususiyatiga ya’ni issiqlik rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qatlamlaridagi haroratning ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Harorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy, biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligining muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va cho‘kmaga tushishi, mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproqdagi issiqlik miqdoriga bog‘liq. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ining unib chiqishi, ildizlarning rivojlanishi, ulardagi alohida fazalarning o‘tishi, fotosintez jadalligi singarilarga bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘simlik hosildorligi tuproqning issiqlik sharoitiga bog‘liq. Tuproqda issiqlik etarli bo‘lmaganda, o‘simliklar hosili kamayib, ko‘pchilik ekinlar nobud bo‘ladi. Turli tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Voeykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko,  
3 
 
A.M.Shulgin, A.N.Dimo, O‘zbekistonda esa I.Turapov, SH.T.Xoliqulov va 
boshqalar tomonidan o‘rganilgan.  
Tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai - quyosh nur energiyasi (quyosh 
radiatsiyasi) hisoblanadi. Shuningdek tuproqdagi issiqlikning uncha ko‘p bo‘lmagan 
qismi, yerning ichki energiyasi va litosferaning yuqori qism kechadigan kimyoviy, 
biologik va radioaktiv jarayonlar natijasida keladigan issiqlik hisobiga to‘planadi. 
Organik moddalar (go‘ng, o‘simlik qoldiqlari, har xil chirindi kabilar) ning chirishi 
natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik yopiq grunt (parnik xo‘jaligi) sharoitida 
sabzavotchilikda keng ishlatiladi. 
Quyosh radiatsiyasi tuproq yuzasiga yutilib, issiqlik energiyasiga aylanadi va 
u tuproqning pastki qatlamlariga o‘tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qismi 
harorati tuproq haroratidan pastroq bo‘lsa, tuproqdagi to‘plangan issiqlik 
atmosferaga qarab o‘tadi. 
Yer yuzasiga tushayotgan va qaytayotgan quyosh radiatsiyalarining 
energiyasiga bog‘liq holda tuproq isib-soviydi. Tuproq yuzasiga singdiriladigan va 
undan qaytadigan issiqlikning miqdori tuproqning rangiga, struktura agregatlarining 
holatiga, tuproqning o‘simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga va boshqa 
omillarga bog‘liq. Tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi miqdori joyning 
geografik joylashuvi va relef sharoitlariga, Shuningdek, yil, kecha-kunduz davomida 
o‘zgarishi va atmosfera holati (ochiq yoki bulutli bo‘lishi) kabilarga ham bog‘liq. 
Shimoliy yarim sharda quyosh radiatsiyasining umumiy oqimi shimoldan janubga 
borgan sayin oshib boradi. Yer yuzasining mo‘tadil kenglik zonasida quyosh 
radiatsiyasi kunning o‘rtalarida, yerning tekis yuzasida minutiga 0,8-1,5 kal/sm2 ni 
tashkil etadi.  
Tuproqning issiqlik xossalari. Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning 
issiqlik singdirishi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kiradi. Tuproqning 
issiqlik singdirishi - tuproqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish 
xossasidir. Tuproqning bu xossasi odatda Albedo (A) ko‘rsatkichi bilan 
xarakterlanadi. Albedo qanchalik kam bo‘lsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha 
ko‘p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq 
yuzasining tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq (4.1.1-jadval). To‘q tusli, 
3 A.M.Shulgin, A.N.Dimo, O‘zbekistonda esa I.Turapov, SH.T.Xoliqulov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai - quyosh nur energiyasi (quyosh radiatsiyasi) hisoblanadi. Shuningdek tuproqdagi issiqlikning uncha ko‘p bo‘lmagan qismi, yerning ichki energiyasi va litosferaning yuqori qism kechadigan kimyoviy, biologik va radioaktiv jarayonlar natijasida keladigan issiqlik hisobiga to‘planadi. Organik moddalar (go‘ng, o‘simlik qoldiqlari, har xil chirindi kabilar) ning chirishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik yopiq grunt (parnik xo‘jaligi) sharoitida sabzavotchilikda keng ishlatiladi. Quyosh radiatsiyasi tuproq yuzasiga yutilib, issiqlik energiyasiga aylanadi va u tuproqning pastki qatlamlariga o‘tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qismi harorati tuproq haroratidan pastroq bo‘lsa, tuproqdagi to‘plangan issiqlik atmosferaga qarab o‘tadi. Yer yuzasiga tushayotgan va qaytayotgan quyosh radiatsiyalarining energiyasiga bog‘liq holda tuproq isib-soviydi. Tuproq yuzasiga singdiriladigan va undan qaytadigan issiqlikning miqdori tuproqning rangiga, struktura agregatlarining holatiga, tuproqning o‘simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga va boshqa omillarga bog‘liq. Tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi miqdori joyning geografik joylashuvi va relef sharoitlariga, Shuningdek, yil, kecha-kunduz davomida o‘zgarishi va atmosfera holati (ochiq yoki bulutli bo‘lishi) kabilarga ham bog‘liq. Shimoliy yarim sharda quyosh radiatsiyasining umumiy oqimi shimoldan janubga borgan sayin oshib boradi. Yer yuzasining mo‘tadil kenglik zonasida quyosh radiatsiyasi kunning o‘rtalarida, yerning tekis yuzasida minutiga 0,8-1,5 kal/sm2 ni tashkil etadi. Tuproqning issiqlik xossalari. Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning issiqlik singdirishi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kiradi. Tuproqning issiqlik singdirishi - tuproqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish xossasidir. Tuproqning bu xossasi odatda Albedo (A) ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi. Albedo qanchalik kam bo‘lsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha ko‘p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq yuzasining tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq (4.1.1-jadval). To‘q tusli,  
4 
 
gumusga boy tuproqlar och tusli tuproqqa nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa 
qaraganda quyosh energiyasini ko‘proq singdiradi va albedo ko‘rsatkichi past 
bo‘ladi.  
4.1.1-jadval 
Turli tuproqlar va o‘simlik qoplamining albedosi, % 
(A.F. CHudnovskiy, 1959) 
Tuproqlar 
Albedo 
O‘simliklar  
Albedo 
Quruq holdagi  qora 
14 
Bahorgi bug‘doy  
10-25 
Nam holdagi qora 
8 
Kuzgi bug‘doy 
16-23 
Quruq holdagi  bo‘z 
25-30 
Sabza o‘t 
26 
Nam holdagi bo‘z 
10-12 
Qurigan o‘t  
19 
Quruq holdagi  gil 
23 
G‘o‘za 
20-22 
Nam holdagi gil 
16 
Kartoshka  
Sholi  
19 
12 
 
Tuproqning issiqlik sig‘imi - tuproqning issiqlikni singdirib, o‘zida ushlab 
turish qobiliyati  bo‘lib, 1 gramm yoki 1 sm3 hajmdagi tuproqning 1°C ga qizdirish 
uchun ketgan va kalloriya bilan o‘lchanadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. 
Tuproqning og‘irlik (yoki solishtirma) issiqlik sig‘imi va hajmiy issiqlik sig‘imi 
ajratiladi. Issiqlik sig‘imi tuproqning minerologik va mexanik tarkibiga, organik 
moddalar miqdoriga, uning g‘ovakligi va tuproqdagi havo miqdoriga bog‘liq (4.1.2-
jadval). Suvning issiqlik sig‘imi tuproqdagi mineral va organik moddalardagiga 
qaraganda ancha yuqori bo‘lganidan, nam tuproqlarning haroratini oshirish uchun 
quruq tuproqqa nisbatan ko‘proq issiqlik zarur bo‘ladi. Nam tuproqlar sekinroq qizib 
va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi. Soz tuproqlar nam holatida 
qumli tuproqlarga qaraganda ancha yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, 
sekinroq soviydi. Shuning uchun serchirindi va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar 
"sovuq tuproq", oz chirindili, engil (qumli, qumloq) tuproqlar "iliq" tuproqlar 
jumlasiga kiradi.   
 4.1.2-jadval 
Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida minerallarining issiqlik sig‘imi 
4 gumusga boy tuproqlar och tusli tuproqqa nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa qaraganda quyosh energiyasini ko‘proq singdiradi va albedo ko‘rsatkichi past bo‘ladi. 4.1.1-jadval Turli tuproqlar va o‘simlik qoplamining albedosi, % (A.F. CHudnovskiy, 1959) Tuproqlar Albedo O‘simliklar Albedo Quruq holdagi qora 14 Bahorgi bug‘doy 10-25 Nam holdagi qora 8 Kuzgi bug‘doy 16-23 Quruq holdagi bo‘z 25-30 Sabza o‘t 26 Nam holdagi bo‘z 10-12 Qurigan o‘t 19 Quruq holdagi gil 23 G‘o‘za 20-22 Nam holdagi gil 16 Kartoshka Sholi 19 12 Tuproqning issiqlik sig‘imi - tuproqning issiqlikni singdirib, o‘zida ushlab turish qobiliyati bo‘lib, 1 gramm yoki 1 sm3 hajmdagi tuproqning 1°C ga qizdirish uchun ketgan va kalloriya bilan o‘lchanadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Tuproqning og‘irlik (yoki solishtirma) issiqlik sig‘imi va hajmiy issiqlik sig‘imi ajratiladi. Issiqlik sig‘imi tuproqning minerologik va mexanik tarkibiga, organik moddalar miqdoriga, uning g‘ovakligi va tuproqdagi havo miqdoriga bog‘liq (4.1.2- jadval). Suvning issiqlik sig‘imi tuproqdagi mineral va organik moddalardagiga qaraganda ancha yuqori bo‘lganidan, nam tuproqlarning haroratini oshirish uchun quruq tuproqqa nisbatan ko‘proq issiqlik zarur bo‘ladi. Nam tuproqlar sekinroq qizib va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi. Soz tuproqlar nam holatida qumli tuproqlarga qaraganda ancha yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, sekinroq soviydi. Shuning uchun serchirindi va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar "sovuq tuproq", oz chirindili, engil (qumli, qumloq) tuproqlar "iliq" tuproqlar jumlasiga kiradi. 4.1.2-jadval Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida minerallarining issiqlik sig‘imi  
5 
 
Modda 
Issiqlik sig‘imi 
Og‘irlik 
Hajmiy,  
kal/(g 
grad) 
j/(g 
grad) 
kal/sm3 
grad 
j/(sm3grad) 
Kvarsli qum 
0,196 
0,82 
0,517 
2,16 
Gil 
0,233 
0,98 
0,577 
2,42 
Torf 
0,477 
2,00 
0,611 
2,56 
Suv 
1,000 
4,19 
1,000 
4,19 
Kvars 
0,198 
0,83 
- 
 
Kaolin 
0,233  
0,97 
- 
 
 
Tuproqqa ishlov berish, yerni sug‘orish yo‘li bilan tuproq g‘ovakligini va 
namligini o‘zgartirish hamda ma’lum darajada tuproqning haroratini boshqarish 
mumkin. 
Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi - tuproqning o‘zi orqali issiqlikni 
o‘tkazish qobiliyati. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 
yuzasidan 1 sekundda o‘tadigan kaloriya yoki joul hisobidagi issiqlik miqdori bilan 
o‘lchanadi. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi, uning mineralogik, mexanik  
tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va tuproqning  
qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, 
tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Buni quyidagi 
ma’lumotlardan bilib olish mumkin: 
Modda 
Issiqlik o‘tkazuvchanlik 
kal/sm2 sek 
j/sm2 sek 
Havo 
0,00006 
0,000210 
Suv 
0,00136 
0,005866 
Torf 
0,00027 
0,001107 
Kvars 
0,00240 
0,00984 
Granit 
0,00820 
0,033620 
Bazalt 
0,00520 
0,021320 
 
5 Modda Issiqlik sig‘imi Og‘irlik Hajmiy, kal/(g grad) j/(g grad) kal/sm3 grad j/(sm3grad) Kvarsli qum 0,196 0,82 0,517 2,16 Gil 0,233 0,98 0,577 2,42 Torf 0,477 2,00 0,611 2,56 Suv 1,000 4,19 1,000 4,19 Kvars 0,198 0,83 - Kaolin 0,233 0,97 - Tuproqqa ishlov berish, yerni sug‘orish yo‘li bilan tuproq g‘ovakligini va namligini o‘zgartirish hamda ma’lum darajada tuproqning haroratini boshqarish mumkin. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi - tuproqning o‘zi orqali issiqlikni o‘tkazish qobiliyati. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 yuzasidan 1 sekundda o‘tadigan kaloriya yoki joul hisobidagi issiqlik miqdori bilan o‘lchanadi. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi, uning mineralogik, mexanik tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Buni quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin: Modda Issiqlik o‘tkazuvchanlik kal/sm2 sek j/sm2 sek Havo 0,00006 0,000210 Suv 0,00136 0,005866 Torf 0,00027 0,001107 Kvars 0,00240 0,00984 Granit 0,00820 0,033620 Bazalt 0,00520 0,021320  
6 
 
Tuproq mineral qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi havoga nisbatan o‘rtacha 
100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. Shuning uchun tuproq qanchalik nam 
bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazishi yuqori, g‘ovakligi ko‘p bo‘lganda esa issiqlik 
o‘tkazuvchanlik past. Yozda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik 
o‘tkazuvchanligi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab 
issiqlik o‘tkazishi ham pasayadi. Kuz davomida tuproqda ko‘proq nam to‘plash, o‘z 
navbatida  ko‘proq issiqlik zahirasini ham yaratish imkonini beradi. Bu - kuzgi 
g‘allani ertangi sovuqlar ta’sirida muzlashdan saqlab qoladi. 
Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi, tuproq qatlamlariga  o‘tishi, to‘planishi  
va qaytishi kabi hodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi. 
Tuproqning 
issiqlik 
rejimi 
iqlim 
(quyosh 
radiatsiyasining 
oqimi, 
atmosferaning namlanishi va quruqlashuvi va boshqalar) Shuningdek, joyning relef 
sharoitlari, o‘simlik va qor qoplami singarilar ta’sirida vujudga keladi. Tuproqning 
issiqlik holatini xarakterlovchi issiqlik rejimining asosiy ko‘rsatkichi tuproq harorati 
hisoblanadi. Tuproq harorati, kelayotgan quyosh radiatsiyasi oqimi va tuproqning 
issiqlik xossalari bilan belgilanadi. Harorat tez o‘zgarib turadigan tuproq qatlami 0-
1 sm bo‘lib, 3-5 sm dan boshlab, keskin pasayadi. Tuproqning 35-100 sm 
chuqurligida haroratning sutkalik o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi. Tuproq 
haroratining sutkalik o‘zgarishiga joyning kengligi, havoning ochiq yoki bulutli 
bo‘lishi, yog‘in sochin, shamol ta’siri hamda tuproqning tarkibi, o‘simlik va qor 
qoplami ta’sir etadi. YOz faslida yalang, ochiq joylarda tuproq usti qatlamining 
harorati O‘rta Osiyoda 70-75°C va tropik mamlakatlarda 82°C ga etadi. Tuproqdagi 
haroratning iyul va avgust oylarida o‘rtacha sutkalik o‘zgarishi eng yuqori, yanvar-
fevralda esa minimal darajada bo‘ladi. Yoz faslida eng yuqori sutkalik o‘rtacha 
harorat, odatda tuproqning ustki qismida kuzatilib, quyi qismlarida kamayib boradi. 
Qishda esa aksincha tuproqning yuzasida harorat pasayib, quyi qismlarida 
ko‘tariladi. Tuproq haroratining o‘zgarib turishiga sabab bo‘luvchi asosiy tabiiy 
omillarga joyning relefi, tuproq xossalari, o‘simlik va qor qoplami singarilar kiradi. 
O‘simlik qoplami yoz faslida yer yuzasining nihoyatda isib ketishidan saqlaydi, qish 
mavsumida esa tuproqdagi issiqlikning tarqalib ketishini pasaytiradi. Qishki davrda 
qor qoplami tuproq haroratiga ta’sir etib, issiqlikni to‘playdi va yerni sovib 
6 Tuproq mineral qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi havoga nisbatan o‘rtacha 100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. Shuning uchun tuproq qanchalik nam bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazishi yuqori, g‘ovakligi ko‘p bo‘lganda esa issiqlik o‘tkazuvchanlik past. Yozda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab issiqlik o‘tkazishi ham pasayadi. Kuz davomida tuproqda ko‘proq nam to‘plash, o‘z navbatida ko‘proq issiqlik zahirasini ham yaratish imkonini beradi. Bu - kuzgi g‘allani ertangi sovuqlar ta’sirida muzlashdan saqlab qoladi. Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi, tuproq qatlamlariga o‘tishi, to‘planishi va qaytishi kabi hodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi. Tuproqning issiqlik rejimi iqlim (quyosh radiatsiyasining oqimi, atmosferaning namlanishi va quruqlashuvi va boshqalar) Shuningdek, joyning relef sharoitlari, o‘simlik va qor qoplami singarilar ta’sirida vujudga keladi. Tuproqning issiqlik holatini xarakterlovchi issiqlik rejimining asosiy ko‘rsatkichi tuproq harorati hisoblanadi. Tuproq harorati, kelayotgan quyosh radiatsiyasi oqimi va tuproqning issiqlik xossalari bilan belgilanadi. Harorat tez o‘zgarib turadigan tuproq qatlami 0- 1 sm bo‘lib, 3-5 sm dan boshlab, keskin pasayadi. Tuproqning 35-100 sm chuqurligida haroratning sutkalik o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi. Tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishiga joyning kengligi, havoning ochiq yoki bulutli bo‘lishi, yog‘in sochin, shamol ta’siri hamda tuproqning tarkibi, o‘simlik va qor qoplami ta’sir etadi. YOz faslida yalang, ochiq joylarda tuproq usti qatlamining harorati O‘rta Osiyoda 70-75°C va tropik mamlakatlarda 82°C ga etadi. Tuproqdagi haroratning iyul va avgust oylarida o‘rtacha sutkalik o‘zgarishi eng yuqori, yanvar- fevralda esa minimal darajada bo‘ladi. Yoz faslida eng yuqori sutkalik o‘rtacha harorat, odatda tuproqning ustki qismida kuzatilib, quyi qismlarida kamayib boradi. Qishda esa aksincha tuproqning yuzasida harorat pasayib, quyi qismlarida ko‘tariladi. Tuproq haroratining o‘zgarib turishiga sabab bo‘luvchi asosiy tabiiy omillarga joyning relefi, tuproq xossalari, o‘simlik va qor qoplami singarilar kiradi. O‘simlik qoplami yoz faslida yer yuzasining nihoyatda isib ketishidan saqlaydi, qish mavsumida esa tuproqdagi issiqlikning tarqalib ketishini pasaytiradi. Qishki davrda qor qoplami tuproq haroratiga ta’sir etib, issiqlikni to‘playdi va yerni sovib  
7 
 
ketishidan, muzlashdan saqlaydi. Bu - qishlayotgan kuzgi g‘allaning nobud 
bo‘lishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. 
Tuproqning harorati, shuningdek, uning mexanik tarkibi, namligi va rangiga 
bog‘liq. Namlikni yaxshi saqlab turadigan soz tuproqlar yuqori issiqlik sig‘imiga ega 
bo‘lganidan, bug‘lanishga ketadigan issiqlikni shuncha ko‘p sarflaydi. Qumli 
tuproqlar kichik issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, soz tuproqqa nisbatan tezroq 
isiydi. Demak, engil mexanik tarkibli quruq va zahi yaxshi qochirilgan tuproqlar 
bahor-yozda issiqroq bo‘lib, kuzda esa soz tuproqlarga nisbatan sovuqroq bo‘ladi. 
Tuproqning harorat rejimini xarakterlashda tuproqning 20 sm chuqurlikdagi aktiv 
harorat (>10 °C) ning davomiylik davri muhim ahamiyatga ega. Ana shu chuqurlikda 
ekinlar ildiz sistemasi tabiiy qatlamining asosiy qismi tarqalgan bo‘ladi. 
Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi faol harorati (>10° C) tuproqning issiqlik 
bilan ta’minlanishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichdir (4.1.3-jadval). 
 Tuproq namligi etarli bo‘lsa, tuproqdagi issiqlik (ma’lum chegaragacha) 
qanchalik yuqori bo‘lsa, O‘simliklarning rivojlanishi shunchalik tez boradi. Juda 
yuqori harorat ham o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, yuqori haroratda 
kartoshka tuganaklarining hosil bo‘lish jarayoni pasayadi. Past haroratda  
o‘simliklarning rivojlanishi susayib, vegetatsiya davri cho‘ziladi va o‘simliklar 
hosili kamayadi. 
 
4.1.3-jadval 
Tuproqning issiqlik bilan ta’minlanish darajasini baholash  
(V.N.Dimo) 
Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi faol 
haroratlari yig‘indisi, oC 
Tuproqning issiqlik bilan 
ta’minlanishi 
0-400 
Past 
400-800 
Juda past 
800-1200 
Kuchsiz 
1200-1600 
O‘rtachadan past 
1900-2100 
O‘rtacha 
2100-2700 
O‘rtachadan yuqori 
7 ketishidan, muzlashdan saqlaydi. Bu - qishlayotgan kuzgi g‘allaning nobud bo‘lishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tuproqning harorati, shuningdek, uning mexanik tarkibi, namligi va rangiga bog‘liq. Namlikni yaxshi saqlab turadigan soz tuproqlar yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, bug‘lanishga ketadigan issiqlikni shuncha ko‘p sarflaydi. Qumli tuproqlar kichik issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, soz tuproqqa nisbatan tezroq isiydi. Demak, engil mexanik tarkibli quruq va zahi yaxshi qochirilgan tuproqlar bahor-yozda issiqroq bo‘lib, kuzda esa soz tuproqlarga nisbatan sovuqroq bo‘ladi. Tuproqning harorat rejimini xarakterlashda tuproqning 20 sm chuqurlikdagi aktiv harorat (>10 °C) ning davomiylik davri muhim ahamiyatga ega. Ana shu chuqurlikda ekinlar ildiz sistemasi tabiiy qatlamining asosiy qismi tarqalgan bo‘ladi. Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi faol harorati (>10° C) tuproqning issiqlik bilan ta’minlanishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichdir (4.1.3-jadval). Tuproq namligi etarli bo‘lsa, tuproqdagi issiqlik (ma’lum chegaragacha) qanchalik yuqori bo‘lsa, O‘simliklarning rivojlanishi shunchalik tez boradi. Juda yuqori harorat ham o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, yuqori haroratda kartoshka tuganaklarining hosil bo‘lish jarayoni pasayadi. Past haroratda o‘simliklarning rivojlanishi susayib, vegetatsiya davri cho‘ziladi va o‘simliklar hosili kamayadi. 4.1.3-jadval Tuproqning issiqlik bilan ta’minlanish darajasini baholash (V.N.Dimo) Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi faol haroratlari yig‘indisi, oC Tuproqning issiqlik bilan ta’minlanishi 0-400 Past 400-800 Juda past 800-1200 Kuchsiz 1200-1600 O‘rtachadan past 1900-2100 O‘rtacha 2100-2700 O‘rtachadan yuqori  
8 
 
2700-3400 
YAxshi 
3400-4400 
Eng yaxshi 
4400-5600 
YUqori 
5600-7200 
Eng yuqori 
 
O‘rtacha yillik harorat va tuproqning muzlash xarakteriga ko‘ra V.N.Dimo 
tuproq issiqlik rejimining muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy 
muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratadi.  
4.1.4-jadval 
Urug‘larning unib chiqish harorati, oC 
Ekinlar 
Urug‘lar 
unishi 
ko‘karib chiqishi 
Bug‘doy, arpa, no‘xat, beda 
0-1 
2-3 
Lavlagi, zig‘ir 
3-4 
6-7 
Kartoshka, kungaboqar 
5-6 
8-9 
Jo‘xori, tariq, soya 
8-10 
10-11 
Loviya, kanakunjut, g‘o‘za, 
10-12 
12-13 
Kunjut, sholi, yeryong‘oq 
12-14 
14-15 
 
4.2. Tuproq yuzasining haroratini o‘lchaydigan termometrlar 
Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda suyuqlikli, elektrik bimetall va 
boshqa termometrlardan foydalaniladi. Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda 
asosan suyuqlikli termometrlardan foydalaniladi. 
 
Muddatli termometr TM-3. Simobli termometr silindrik rezervuarga ega. 
Tuproq haroratini o‘lchash lozim bo‘lgan muddatdagi haroratni aniqlash uchun 
ishlatiladi (4.2.1-rasm). 
Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 oC ga teng bo‘lib noldan yuqori 50 oC gacha, 
noldan past -30 oC gacha haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan.  
8 2700-3400 YAxshi 3400-4400 Eng yaxshi 4400-5600 YUqori 5600-7200 Eng yuqori O‘rtacha yillik harorat va tuproqning muzlash xarakteriga ko‘ra V.N.Dimo tuproq issiqlik rejimining muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratadi. 4.1.4-jadval Urug‘larning unib chiqish harorati, oC Ekinlar Urug‘lar unishi ko‘karib chiqishi Bug‘doy, arpa, no‘xat, beda 0-1 2-3 Lavlagi, zig‘ir 3-4 6-7 Kartoshka, kungaboqar 5-6 8-9 Jo‘xori, tariq, soya 8-10 10-11 Loviya, kanakunjut, g‘o‘za, 10-12 12-13 Kunjut, sholi, yeryong‘oq 12-14 14-15 4.2. Tuproq yuzasining haroratini o‘lchaydigan termometrlar Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda suyuqlikli, elektrik bimetall va boshqa termometrlardan foydalaniladi. Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda asosan suyuqlikli termometrlardan foydalaniladi. Muddatli termometr TM-3. Simobli termometr silindrik rezervuarga ega. Tuproq haroratini o‘lchash lozim bo‘lgan muddatdagi haroratni aniqlash uchun ishlatiladi (4.2.1-rasm). Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 oC ga teng bo‘lib noldan yuqori 50 oC gacha, noldan past -30 oC gacha haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan.  
9 
 
 
4.2.1-rasm. Suyuqlikli (muddatli) termometr tuzilishi Psixrometrik termometr: 
1-shkala mahkamlagich; 2-shisha g’ilof; 3-shkala; 5-kapillyar trubka; 6-rezervuar 
 
 
Maksimal termometr TM-1. Ma’lum muddat o‘rtasidagi tuproq yuzasi 
haroratning maksimal qiymatini o‘lchashga mo‘ljallangan (4.2.2-rasm). Simobli va 
silindrik rezurvuarga ega. Shkalasining har bir bo‘lagi 0,50C ga teng. Termometr 
gorizontal holatda ishlatiladi(biroz rezervuar tomonga egilgan holda o‘rnatiladi). 
Rezervuarning 1 pastki qismiga shisha naycha 3 bilan rezervuar tutashgan joyni 
toraytiruvchi shtift o‘rnatilgan 2. Harorat oshganda, 
rezervuardagi simob shisha naycha bo‘ylab yuqoriga 
ko‘tariladi. Harorat pasayganda dastlab naycha ichidagi 
simob, ishqalanish kuchi sababli naychaning toraygan joyidan 
rezervuarga tusha olmaydi. Ya’ni kapilyarlik uziladi va 
simobning yuqori sathi shu joyda to‘xtab qoladi. Agar yana 
harorat ko‘tarilsa, simobning kengayish kuchi naychadagi 
simobni yuqoriga ko‘taradi. Shunday qilib ma’lum vaqt 
oralig‘idagi maksimal harorat aniqlanadi.  
Minimal termometr TM-2. Tuproq yuza qismining 
ma’lum vaqt oralig‘idagi eng past haroratni ko‘rsatadi (4.2.3-
rasm). Termometr  rezervuari spirt bilan to‘ldirilgan. 
Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 oC ga teng. Termometrning rezervuari 
vilkasimon yoki silindrik shkalaga ega. Shisha naycha 1 ichidagi spirtga 2 
ikki tomoni yo‘g‘onlashtirilgan yupqa qora shishadan iborat shtiftning 
shkala bo‘ylab, o‘zgarishiga qarab harorat aniqlanadi.  
4.2.2-rasm. Maksimal 
termometr. 1-
rezervuar; 2 -shtift; 3-
kanal 
9 4.2.1-rasm. Suyuqlikli (muddatli) termometr tuzilishi Psixrometrik termometr: 1-shkala mahkamlagich; 2-shisha g’ilof; 3-shkala; 5-kapillyar trubka; 6-rezervuar Maksimal termometr TM-1. Ma’lum muddat o‘rtasidagi tuproq yuzasi haroratning maksimal qiymatini o‘lchashga mo‘ljallangan (4.2.2-rasm). Simobli va silindrik rezurvuarga ega. Shkalasining har bir bo‘lagi 0,50C ga teng. Termometr gorizontal holatda ishlatiladi(biroz rezervuar tomonga egilgan holda o‘rnatiladi). Rezervuarning 1 pastki qismiga shisha naycha 3 bilan rezervuar tutashgan joyni toraytiruvchi shtift o‘rnatilgan 2. Harorat oshganda, rezervuardagi simob shisha naycha bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Harorat pasayganda dastlab naycha ichidagi simob, ishqalanish kuchi sababli naychaning toraygan joyidan rezervuarga tusha olmaydi. Ya’ni kapilyarlik uziladi va simobning yuqori sathi shu joyda to‘xtab qoladi. Agar yana harorat ko‘tarilsa, simobning kengayish kuchi naychadagi simobni yuqoriga ko‘taradi. Shunday qilib ma’lum vaqt oralig‘idagi maksimal harorat aniqlanadi. Minimal termometr TM-2. Tuproq yuza qismining ma’lum vaqt oralig‘idagi eng past haroratni ko‘rsatadi (4.2.3- rasm). Termometr rezervuari spirt bilan to‘ldirilgan. Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 oC ga teng. Termometrning rezervuari vilkasimon yoki silindrik shkalaga ega. Shisha naycha 1 ichidagi spirtga 2 ikki tomoni yo‘g‘onlashtirilgan yupqa qora shishadan iborat shtiftning shkala bo‘ylab, o‘zgarishiga qarab harorat aniqlanadi. 4.2.2-rasm. Maksimal termometr. 1- rezervuar; 2 -shtift; 3- kanal  
10 
 
Harorat 
oshganda 
spirt 
ichidagi 
shtift 
2 
erkin
 
 
 harakatlanadi. Lekin spirtning ichidan tashqariga chiqib ketmaydi. Tuproq 
harorati pasayganda engil shtiftni spirtning o‘zi tashqi  pardasi 3 bilan siljitib, pastga 
qarab olib tushadi. Hisob olishda, shisha shtiftning rezurvuarga teskari tomondagi 
qismining spirtning tashqi pardasiga tegib turgan qismining ko‘rsatishi yozib olinadi. 
 
4.2.3-rasm. Minimal termometr va uning ichidagi shtifning ko‘rinishi. 
 
Tuproq yuzasining haroratini o‘lchaydigan termometrlar meteorologik 
maydonchaning 
o‘tdan 
tozalangan, 
shudgorlangan 
va 
tekislangan, 
yirik 
kesakchalardan holi bo‘lgan 4x6 m o‘lchamdagi qismiga o‘rnatiladi. Har uchchala 
termometrlar rezervuari sharq tomonga qaratib qo‘yiladi. Termometrlar orasi 10-15 
sm bo‘lishi kerak. Termometr rezervuari tuproq ichida bo‘lishi uchun termometr 
tanasining yarimi tuproqqa kirgizilgan holda rezervuar tomonga biroz qiya qilib 
o‘rnatiladi. Termometrni o‘rnatishdan oldin spirt ichidagi shtift spirt sathining tashqi 
pardasiga tekizib qo‘yiladi. Termometr ko‘rsatishi muddatli termometr ko‘rsatishiga 
yaqin bo‘lishi kerak. Tuproq termometrlaridan hisob olish uchun (tuproq zichligini 
oshirmaslik uchun) maxsus yog‘och reykalardan iborat yo‘lak-moslama 3 
o‘rnatiladi. Kuzatuvchi yo‘lak-moslama ustidan borib muddatli, maksimal va 
minimal 1 hamda Savinov termometrlaridan 2 hisob oladi (4.2.4-rasm). 
Termometrlardan hisob olishda, shkala ko‘rsatishining 0,1 oC aniqligida amalga 
oshirish zarur. Dastlab muddatli keyin minimal va oxirida maksimal 
10 Harorat oshganda spirt ichidagi shtift 2 erkin harakatlanadi. Lekin spirtning ichidan tashqariga chiqib ketmaydi. Tuproq harorati pasayganda engil shtiftni spirtning o‘zi tashqi pardasi 3 bilan siljitib, pastga qarab olib tushadi. Hisob olishda, shisha shtiftning rezurvuarga teskari tomondagi qismining spirtning tashqi pardasiga tegib turgan qismining ko‘rsatishi yozib olinadi. 4.2.3-rasm. Minimal termometr va uning ichidagi shtifning ko‘rinishi. Tuproq yuzasining haroratini o‘lchaydigan termometrlar meteorologik maydonchaning o‘tdan tozalangan, shudgorlangan va tekislangan, yirik kesakchalardan holi bo‘lgan 4x6 m o‘lchamdagi qismiga o‘rnatiladi. Har uchchala termometrlar rezervuari sharq tomonga qaratib qo‘yiladi. Termometrlar orasi 10-15 sm bo‘lishi kerak. Termometr rezervuari tuproq ichida bo‘lishi uchun termometr tanasining yarimi tuproqqa kirgizilgan holda rezervuar tomonga biroz qiya qilib o‘rnatiladi. Termometrni o‘rnatishdan oldin spirt ichidagi shtift spirt sathining tashqi pardasiga tekizib qo‘yiladi. Termometr ko‘rsatishi muddatli termometr ko‘rsatishiga yaqin bo‘lishi kerak. Tuproq termometrlaridan hisob olish uchun (tuproq zichligini oshirmaslik uchun) maxsus yog‘och reykalardan iborat yo‘lak-moslama 3 o‘rnatiladi. Kuzatuvchi yo‘lak-moslama ustidan borib muddatli, maksimal va minimal 1 hamda Savinov termometrlaridan 2 hisob oladi (4.2.4-rasm). Termometrlardan hisob olishda, shkala ko‘rsatishining 0,1 oC aniqligida amalga oshirish zarur. Dastlab muddatli keyin minimal va oxirida maksimal  
11 
 
termometrlardan hisob olinadi. Maksimal termometrdan hisob olingandan so‘ng uni 
silkitib qayta o‘rnatiladi.  
 
a)
 b )
  
4.2.4-rasm. 
a) 
maydonchada 
termometrlarning 
joylashishi: 
1-tuproq 
temometrlari, 2-Savinov termometri, 3-hisob olish uchun maxsus yo‘lakcha. b) 
maydonchadagi termometrlarning ko‘rinishi. 
Minimal termometrning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirish uchun dastlab spirt 
sathining eng yuqori qismining ko‘rsatishi va keyin shtiftning ko‘rsatishi yozib 
olinadi. O‘lchov tugagandan so‘ng, termometr rezervuarini yuqoriga biroz ko‘tarib 
shisha shtiftcha spirtning ichki tomonidan tashqi pardaga tekizib keyin  termometr 
avvalgi joyiga qo‘yiladi. 
Termometrlardan 
olingan 
ma’lumotga 
shkala 
tuzatmasidan 
tashqari 
qo‘shimcha tuzatma ham kiritiladi. Bu tuzatma minimal termometrdagi spirt 
ko‘rsatishi bilan muddatli termometrdagi simob ko‘rsatishlarining o‘rtacha oylik 
farqiga qarab kiritiladi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Tuproq yuzasi harorati haqida nimalarni bilasiz? Uning qishloq xo‘jaligida 
ahamiyati qanday? 
2. Muddatli termometrning tuzilishi qanday? 
3. Muddatli termometr necha gradus haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan? 
4. Nima uchun muddatli termometr deyiladi? 
5. Maksimal termometr rezervuariga o‘rnatilgan shtift qanday vazifani 
bajaradi? 
6. Maksimal termometrning tuzilishi qanday? 
 
11 termometrlardan hisob olinadi. Maksimal termometrdan hisob olingandan so‘ng uni silkitib qayta o‘rnatiladi. a) b ) 4.2.4-rasm. a) maydonchada termometrlarning joylashishi: 1-tuproq temometrlari, 2-Savinov termometri, 3-hisob olish uchun maxsus yo‘lakcha. b) maydonchadagi termometrlarning ko‘rinishi. Minimal termometrning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirish uchun dastlab spirt sathining eng yuqori qismining ko‘rsatishi va keyin shtiftning ko‘rsatishi yozib olinadi. O‘lchov tugagandan so‘ng, termometr rezervuarini yuqoriga biroz ko‘tarib shisha shtiftcha spirtning ichki tomonidan tashqi pardaga tekizib keyin termometr avvalgi joyiga qo‘yiladi. Termometrlardan olingan ma’lumotga shkala tuzatmasidan tashqari qo‘shimcha tuzatma ham kiritiladi. Bu tuzatma minimal termometrdagi spirt ko‘rsatishi bilan muddatli termometrdagi simob ko‘rsatishlarining o‘rtacha oylik farqiga qarab kiritiladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Tuproq yuzasi harorati haqida nimalarni bilasiz? Uning qishloq xo‘jaligida ahamiyati qanday? 2. Muddatli termometrning tuzilishi qanday? 3. Muddatli termometr necha gradus haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan? 4. Nima uchun muddatli termometr deyiladi? 5. Maksimal termometr rezervuariga o‘rnatilgan shtift qanday vazifani bajaradi? 6. Maksimal termometrning tuzilishi qanday?