1
TUPROQ NAMLIGINI O‘LCHASH
Mashg‘ulotning
maqsadi:
Tuproq
namligi
haqida
umumiy
tushunchaga ega bo‘lish. Tuproq namligini aniqlash usullarini o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. O‘quv-uslubiy adabiyotlar yordamida tuproq namligi haqida
tushunchaga ega bo‘lish;
2.Tuproq namligini termostatda quritish usulini o‘rganish.
3.Tuproq namligini aniqlashning tezkor usullarini o‘rganish;
Kerakli materiallar va asboblar: o‘quv qo‘llanmalar, jadvallar, ish
daftari. Tuproq burg‘usi, b’yukslar, termostat, elektron tarozi, kalkulyator.
11.1. Tuproq namligi va uning ahamiyati
Tuproq tarkibidagi suv miqdoriga tuproq namligi deyiladi. Tuproq namligi
tuproqning tuzilishi, kimyoviy va mexanik, organik tarkibiga bog‘liq.
Tuproqdagi suv quyidagi shakllarda bo‘ladi: konstitutsion, kristallik, fizik
birikkan, erkin holda, bug‘simon va muz.
Erkin holdagi suvning tuproq bo‘shliqlarida qay holda joylashganligi va
qanday kuchlar ta’sirida harakatlanishi muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi
namlik o‘zining qay darajada birikkanligi, harakati va o‘simliklarning
o‘zlashtiraolish darajasiga qarab bir necha turga bo‘linadi: o‘zlashtira
olmaydigan, o‘zlashtirishi juda qiyin, qiyin, o‘rtacha va o‘zlashtirish oson
bo‘lgan suvlar.
Oson o‘zlashtiriladigan suvlarga gravitatsion va kapillyar suvlar kiradi.
O‘zlashtira olmaydigan suvlarga gigroskopik, maksimal gigroskopik va
kimyoviy birikkan suvlar kiradi.
2
Tuproqda nam kamaygan hollarda o‘simlik ildizlari tuproqdagi suvni so‘rib
ololmay qoladi. Tuproqdagi suvni so‘rib olish kuchi (koeffitsienti) ko‘pchilik
o‘simliklarda 15 atmosferadan oshmaydi.
O‘simliklarni tuproqdagi namlikni so‘rib ololmaydigan namlik darajasiga
so‘lish namligi deyiladi. So‘lish namligi quruq holdagi tuproq og‘irligiga
nisbatan foizda ifodalanadi. Uning miqdori tuproqning granulometrik tarkibiga
ko‘ra qumli tuproqlarda 1-3 % ni, qumloq va engil qumoq tuproqlarda 3-5 % ni,
o‘rtacha va og‘ir qumoq tuproqlarda 6-12 %ni va soz tuproqlarda 12-18 % va
hatto 32 % gacha boradi.
So‘lish namligi qishloq xo‘jalik ekinlari uchun juda muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, uning miqdoriga qarab o‘simlik uchun foydali bo‘lgan namlik zaxirasini
topish mumkin. O‘simlik uchun samarali namlik quyidagi ifoda yordamida
aniqlanadi:
W=0,1 hm h(Tn-Tsn)
(1)
bunda, W-samarali suv zaxirasi, mm; 0,1- suv miqdorini mm ga aylantirish
koeffitsienti; hm- tuproq qatlamining hajmiy massasi, g/sm3; h- hisoblanadigan
tuproq qatlami qalinligi, sm; Tn-tuproq namligi, mutloq quruq tuproqqa nisbatan
%; Tsn- tuproqning so‘lish namligi, mutloq quruq tuproqqa nisbatan %.
SHuni ham ta’kidlash kerakki, 1 m qalinlikdagi tuproq uchun o‘ta ko‘p
tuproq namligi (>250 mm) va o‘ta kam (<50 mm) namlik o‘simliklar uchun
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproq namligi uning unumdorligini va o‘simliklar hosildorligining asosi
hisoblanadi.
O‘simliklarning
o‘sishi,
rivojlanishi,
hosildorligi,
mikroorganizmlar hayoti, tuproqdagi barcha kimyoviy, fizikaviy, fizik-
kimyoviy jarayonlar tuproqdagi suv miqdoriga bog‘liq.
A.F.Vadyunina, Z.A.Korchaginlar tomonidan tuproqdagi samarali namlik
zaxiraslari baholangan (11.1.1-jadval).
11.1.1-jadval
Tuproqdagi samarali namlikni baholash
3
(A.F.Vadyunina, Z.A., Korchagin, 1986)
Tuproq qatlami, sm
Samarali suv, mm
Samarali suvning bahosi
0-20
> 40
Yaxshi
40-20
Qoniqarli
< 20
Qoniqarsiz
0-100
> 160
Juda yaxshi
160-130
Yaxshi
130-90
Qoniqarli
90-60
Yomon
< 60
Juda yomon
Quruq tuproqda urug‘ unmaydi, etarli miqdorda suv bo‘lmasa, o‘simlik
rivojlanmaydi, urug‘lanmaydi va hosil bermaydi. Turli o‘simliklar hayoti
davomida turlicha miqdorda suv iste’mol qiladi. Masalan, kartoshka,
makkajo‘xori va tariq 1 kg quruq massa hosil qilishi uchun 500 kg, g‘o‘za,
bug‘doy, zig‘ir va boshqa ekinlar bundan 2-3 barobar ko‘p suv safrlaydi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan sharoitida bir tonna paxta etishtirish uchun
10000m3, xudi shuncha bug‘doy etishtirish uchun 1500 m3 suv sarflaydi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki, tuproqdagi namlikning
turlari, xossalari va rejimlarini bilish va uni boshqarish tuproq unumdorligi va
ekinlar hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda tuproq namligini aniqlashning bir necha usullari mavjud:
termostatda quritish usuli, spirtda yoqib quritish, Kabaev usuli, parafin, usuli,
piknometrik usul, karbidli quritish usuli, gammoskopik usul, Chijova usuli va
boshqalar.
11.2. Tuproqni termostat yordamida quritish usuli
Tuproq namligini aniqlash uchun burg‘i yordami bilan tuproqdan namuna
4
olinadi. Burg‘i (metal silindr), shtanga va tutqichdan iborat. Silindr sirtida va
shtangada burg‘ining botish chuqurligini santimetrda ko‘rsatuvchi (shkala)
raqamlar yozilgan. Burg‘ini tuproqqa tutqich yordamida burab kiritiladi, burg‘i
kerakli chuqurlikka etgach qayta tortib olinadi. Bunda silindr ichidagi tuproq
namunasi ham burg‘u bilan chiqadi.
Silindrdagi tuproq namunasini tushirish uchun burg‘u ichidagi tuproq
namunasini tushirish uchun silindrning yon tomonidan uzunasiga tirqish joy bor.
Silindrdagi tuproq namunasi og‘irligi avvaldan og‘irligi aniqlangan alyuminiy
stakanchalarga solinadi va stakanchaning qopqog‘i yopiladi Tuproq namunalari
turli chuqurliklardan va uchastkalardan olinadi. Tuproq namunalari bilan birga
avvaldan og‘irligi o‘lchangan stakanchalar yana tarozida o‘lchanadi va
termostatga
joylashtiriladi.
Tuproq
tarkibida
nam
bug‘lanishi
uchun
stakanchaning qopqog‘ini ochib termostat ichiga qo‘yiladi. Shundan keyin
tuproq namunalari termostatda 100-105°C haroratda 6 soat quritiladi. Tuproq
qurigach stakanchaning qopqog‘ini yopib, eksikatorda 30-40 minut sovitiladi,
so‘ngra
namunalarning
og‘irligi
yana
aniqlanadi.
Tuproq
solingan
stakanchaning og‘irligi o‘zgarmas holga kelishi uchun yana 2 soat termostatda
quritilib, stakanchalar yana tarozida o‘lchanadi. Stakanchaning tuproq bilan
og‘irligi oxirgi marta tarozida o‘lchangan stakancha og‘irligi oldingisidan farq
qilmasagina quritish jarayonini to‘xtatish mumkin. Stakanchadagi namunaning
dastlabki og‘irligi bilan eng keyingi og‘irligi orasidagi ayirma quritilgan
tuproqdan bug‘lanib ketgan suv og‘irligiga teng. Bu suv og‘irligining absolyut
quruq tuproq og‘irligiga nisbati olingan tuproqning namligini ko‘rsatadi va u
foizlarda ifodalanadi.
Stakanchadagi tuproq namligi quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
.
100
Н
b
a
W
( 1 )
bu yerda: W - tuproq namligi (foizlarda); a - stakanchaning quritilmagan
tuproq namunasi bilan birgalikdagi og‘irligi, g; b – stakanchaning quritilgan tuproq
namunasi bilan birgalikdagi og‘irligi, g; h- tuproq massasi, g.
5
Misol:
Tuproqning
quritilmasdan
oldingi
og‘irligi
a=42,36
g,
quritilgandan keyingi og‘irligi b=38,14 g, H=19,56 g bo‘lsin. U holda tuproq
namligi
%
57
,
21
100
56
,
19
14
.
38
36
.
42
W
11.2.1-jadval
Tuproq namligini aniqlash
№
Tuproq namunasi
nomeri
qatlam chuqurligi,
sm
Tuproq massasi, g
Stakanchaning
tuproq bilan
vazni, g
Stakancha vazni,
g
Stakanchaning
quritilganlan
keyingi vazni
(tuproq bilan
birga), g
Tuproq namligi, g
Tuproq
namligi
%
1
18
10-20 19,56
42,36
22,80
38,41
4,22
21,57
Tuproqdagi umumiy namlik miqdori, tuproqning absolyut namligi
deyiladi.
Yog‘in miqdori
millimetrlardagi
suv
ustuni
balandligi bilan
aniqlanganidan, tuproqdagi namlik zahirasini ham xuddi shu birlikda ifodalash
uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi:
p
h
W
p
h
W
Wmm
1
,
0
100
10
(2)
bu yerda: Wmm-qalinligi h ga teng tuproq qatlamidagi mm da ifodalangan tuproq
namligi; W-quritilgan tuproqqa nisbatan namlik, %; h- tuproq qatlamining qalinligi;
p-tuproqning hajmiy massasi, g/sm3; 0,1- koeffitsient.
Misol: P=1,40 g/sm3, h=20 sm, W=22% bo‘lsa, 20 sm qatlamli tuproqdagi suv
zaxirasi quyidagicha topiladi:
мм
p
h
W
Wmm
6
,
61
40
,
1
20
22
1
,
0
1
,
0