Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati. Tuproq kolloidlari , ularning kelib chikishi vatarkibi. Kolloidlarning xolati va xususiyatlari. Tuproqning singdirish kobiliyati va uning turlari.
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
40
Faytl hajmi
92,7 KB
TUPROQ UNUMDORLIGI VA UNING AHAMIYATI. TUPROQ
KOLLOIDLARI VA TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI
REJA
1. Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati
2. Tuproq kolloidlari , ularning kelib chikishi vatarkibi.
3. Kolloidlarning xolati va xususiyatlari.
4. Tuproqning singdirish kobiliyati va uning turlari.
Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati
Insonlar
qadim zamonlardayoq yerdan foydalanishda
eng
avvalo
o’simliklarning hosil bera olish qobiliyati jihatidan uni baholaganlar. Shuning uchun
tuproq unumdorligi haqidagi tushuncha tuproqshunoslik fan sifatida vujudga
kelganiga qadar ma’lum bo’lgan va ishlab chiqarish vositasi sifatida yerning eng
muhim xossasini namoyon etgan.
Tuproq yer sharining murakkab, materiklar quruqlik qismini qoplab turuvchi,
alohida biokos qatlamidir. Tog’ jinslari tirik organizmlarning ko’p avlodlari ta’siriga
uchrab, atmosfera va gidrosferalarning uzoq vaqt davom etgan ta’sirida tuproq
qoplamiga aylanadi. Tuproq o’ziga xos organomineral tarkibga ega. Tuproq paydo
bo’lish jarayonida gumus va boshqa murakkab organik birikmalar to’planishi sodir
bo’ladi. Shuningdek tuproqlar biogen ikkilamchi alyumosilikatli va silikatli
minerallar, biofil elementlari bilan boyib boradi, va shunday qilib, spesifik xossaga
– unumdorlikka – o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi, ya’ni xosil beraolish
qobiliyatiga ega bo’ladi.Tuproqning ushbu xossasi fitosenozlar va qishloq xo’jaligi
barcha tarmoqlarining mahsuldorligini ta’minlashda asosiy sharoit bo’lib xizmat
qiladi.
Tirik organizmlar va tog’ jinslarida kimyoviy elementlar nisbati turlicha.
Tuproqlarda hayotni ta’minlaydigan kimyoviy elementlar doimo to’planadi, bir
vaqtning o’zida mustahkam o’rnashib qoladi va harakatchan holatga o’tib,
hayotning mavjudligini ta’minlaydi. Tuproqning eng muhim xususiyati, uning
unumdorligining asosi – zarur elementlarning tuproq qatlamlarida tanlab
to’planishidir, qaysiki bu faqat tirik organizmlar, asosan o’simliklar ishtrokida sodir
bo’ladi. Ularning ildizlari ushbu elementlarni jinslardan singdiradi. O’simliklar,
o’zining organlarida biofil elementlarni to’plab, so’ngra ularni tuproq gumusi va
boshqa birikmalarga aylantiradi, shu bilan o’zi oziqlanadigan muhitni yaxshilaydi.
Bioiqlim sharoitlarning birxil emasligi Yer yuzasining geomorfologik
jihatdan turli tumanligi bilan birgalikda ko’pchilik hollarda o’zining tuzilishi va
sifati bo’yicha keskin farqlanadigan, tuproqlarning katta turli tumanligini
shakllantiradi. Ammo, barcha tuproqlarni umumiy xossasi – unumdorligi
birlashtiradi.
Unumdorlik – bu tuproqning muayyan o’simliklarni oziqa elementlari, suvga
bo’lgan talabini, ularning ildiz sistemalarini havo va issiqlik bilan ta’minlay olish
qobiliyatidir. Oziqa moddalar, suv, havo, issiqlik – tuproq unumdorligining eng
asosiy tarkibiy qismidir. Bunda quyidagilarni ta’kidlash zarur. Tuproq oziqasi
deganda o’simliklarni mineral shakldagi N, P, K, Ca, Mg, S va amalda tabiatda
uchraydigan boshqa barcha kimyoviy elementlar bilan ta’minlash tushuniladi.
Tuproq, agarda unda o’simliklar sovuqdan va issiqdan zararlanmasa, ildiz
sistemalari oziqa elementlarini, suvni talab qilingan miqdorda olaolsa, havodagi
kislorodning yetishmasligini sezmasa, unumdor hisoblanadi. Unumdorlikni tashkil
etadigan komponentlarning birortasining yetishmasligi yoki ortiq bo’lishi hosil olish
imkoniyatini chegaralaydi va ko’p hollarda o’simliklarning nobud bo’lishiga olib
keladi.
Ko’p qirrali unumdorlik tushunchasida uning harbir tarkibiy qismi muhim va
almashtirib bo’lmaydigandir. Shuning uchun ham asosiysini izlash shart emas.
Tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotning rivojlanishi akad.V.R.Vilyams
nomi bilan bog’liq. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda ham olimning tuproq unumdorligi
haqidagi tushunchasi keng tarqalgan. V.R.Vilyams bo’yicha (1936) unumdorlik
deganda tuproqning o’simliklarni suv va oziq elementlar bilan bir vaqtning o’zida,
uzluksiz ta’minlab tura olish qobiliyati tushuniladi. O’simliklar uchun zarur issiqlik
va yorug’likni Vilyams kosmik omillar jumlasiga kiritadi.
Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida, tuproqda kechadigan
ko’plab kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarga bog’liq. Unumdor tuproq
o’simliklarni zarur oziq moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olish, mo’tadil
reaksiyaga ega bo’lishi, har xil zararli moddalar saqlamasligi zarur. Buning uchun
tuproqning suv-fizik xossalari va rejimlari, oziq va tuz rejimlari, tuproqda
kechadigan biokimyoviy, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari qulay bo’lishi kerak.
Shular asosida hozir tuproq unumdorligi haqida quyidagi kengroq tushunchani
berish mumkin bo’ladi.
Unumdorlik deb, tuproqning o’simliklarni normal o’sishi va rivojlanishi (hosil
berishi) uchun zarur suv, oziq elementlar va shuningdek ularning ildiz sistemalarini
yetarli miqdorda havo, issiqlik va qulay fizik kimyoviy muhit va boshqa barcha
shart-sharoitlar bilan ta’min eta olish qobiliyatiga aytiladi. Demak, tuproqning ishlab
chiqarish qobiliyati, unda kechadigan ko’plab jarayonlar va hodisalarga bog’liq.
O’simliklarning barcha o’sib rivojlanish hayotiy davrlari bevosita tuproqning turli
xossalari yoki unda kechadigan jarayonlar bilan bog’liq. Shuning uchun ham
tuproqdan foydalanilayotganda unumdorlikning barcha omillariga va shart-
sharoitlariga bir vaqtning o’zida ta’sir eta bilish kerak. Tuproq unumdorligi nisbiy
tushuncha bo’lib, unumdorlik nafaqat tuproq xossalariga, balki o’stiriladigan ekinlar
turiga ham bog’liq. Masalan, muayyan bir tuproq alohida o’simliklar uchun
unumdor hisoblansa, boshqasiga kam unumli bo’ladi. Chunki har xil o’simliklarning
tuproq unumdorligiga (faktorlariga) bo’lgan talabi bir xil emas.
Tuproq unumdorligining elementlari va shart-sharoitlari.
Tuproqning o’ziga xos xususiyati hisoblangan unumdorlik tuproq paydo
bo’lish jarayonlari davomida shakllanib boradi va tuproqning qandaydir bir yoki
ikkita xossasi (masalan, oziq moddalar, gumus miqdori yoki fizik xossalari) bilan
emas, balki tuproqning barcha xossalari yig’indisi bilan belgilanadi. Shuni e’tiborga
olish lozimki, unumdorlik faqatgina o’simliklar ildizi o’sayotgan tuproqning ustki
qatlamiga bog’liq bo’lmasdan, balki tuproq ostki jinslari hamda barcha tuproq
profilining tuzilishi va xususiyatlari bilan ham ifodalanadi. O’simliklarni suv va oziq
moddalar bilan ta’minlanishiga tuproqning nafaqat gumusli yoki haydalma qatlami,
balki undan chuqurroq qatlamlari ham katta ta’sir etadi. Demak, unumdorlik tuproq
barcha qatlamlari (profili) ning xarakteri va xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tuproqda unumdorlikning shakllanishi bilan bir qatorda o’simliklar uchun zarur
omillar va shart-sharoitlar yuzaga keladi. Tuproqning barcha fizikaviy, biologik,
kimyoviy xossalari, tarkiblari va rejimlari shular jumlasiga kiradi. Odatda, tuproq
unumdorligining elementlari (omillari) va shart-sharoitlari ajratiladi (10-rasm).
10-rasm. Tuproq unumdorligining elementlari va shart sharoitlari
Atmosfera
Tuproq muhiti
Tuproqning
unumdorligi
Unumdorlik elementlari
Unumdorlik shart - sharoitlari
Tuproqniki (N, P,
K, S, H2O va
boshqalar)
Tuproqniki (Strukturasi,
hajmi, mexanik va kimyoviy
tarkibi, pH)
Atmosferaniki
(N,O2,H2O, CO2)
Atmosferaniki (yorug’lik,
issiqlik va shamol)
Tuproq unumdorligining elementlariga o’simliklarning o’sib-rivojlanishi
uchun zarur oziq moddalar (N, P, K kabilarning) o’zlashtirish uchun oson
shakllarining bo’lishi, o’simliklarga qulay tarzdagi suv, xavo va issiqlik kabi
omillarning mavjud bo’lishi singarilar kiradi. Bu omillar o’z navbatida atmosfera
elementlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Tuproq unumdorligining shart-sharoitlari
jumlasiga tuproqning barcha xossalari va rejimlari kiradi. Ana shunday eng muhim
xossalar va rejimlarga tuproq mexanik tarkibi va strukturasi bilan bevosita bog’liq
bo’lgan fizikaviy, suv, havo xossalari va rejimlari, tuproqning singdirish qobiliyati
bilan bog’liq bo’lgan xossalar (singdirilgan kationlar tarkibi, tuproq eritmasining
reaksiyasi) ni kiritish mumkin. Tuproqning bu shart-sharoitlari ham atmosfera
sharoitlari bilan bog’liq. Ushbu darslikning maxsus mavzularida tuproqning
xossalari, rejimlari va unumdorlik omillari haqida batafsil bayon etilgan. Tuproq
unumdorligining elementlari va shart-sharoitlari bevosita bir-biri bilan bog’liq
bo’lib, ulardan birining o’zgarishi boshqasiga va shu orqali tuproq unumdorligiga
ta’sir etadi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida tuproqdan foydalanilayotganda
tuproq unumdorligining barcha omillari va shart-sharoitlariga ta’sir etish lozim.
Tuproq unumdorligining kategoriyalari.
Tuproq unumdorligining quyidagi turlari ajratiladi: tabiiy, sun’iy, potensial,
effektiv (samarali), nisbiy va iqtisodiy unumdorliklar.
T a b i i y u n u m d o r l i k. Insonlar qo’li tegmagan tabiiy holatdagi tuproqlar
uchun xarakterli unumdorlik hisoblanadi.
S u n ‘i y u n u m d o r l i k insonlarning maqsadli faoliyati (yerni haydash,
unga davriy ravishda mexanikaviy ishlov berish, meliorasiyalash, o’g’itlardan
foydalanish singarilar) ta’sirida yuzaga keladi.
P o t e n s i a l u n u m d o r l i k - tabiiy tuproq hosil bo’lish jarayonlari
natijasida paydo bo’lgan xossalar va shuningdek insonlar faoliyati ta’sirida
yaratilgan yoki o’zgartirilgan tuproq xususiyatlari bilan belgilanadigan barcha
unumdorliklar yig’indisidan iborat.
E f f e k t i v (samarali) u n u m d o r l i k - muayyan iqlim va texnik-iqtisodiy
(agrotexnologik) sharoitda ekinlardan hosil olish uchun tuproq potensial
unumdorligining foydalaniladigan qismi hisoblanadi. Bu unumdorlik hozirgi vaqtda
olinadigan hosil miqdori bilan ifodalanadi. Demak, hosildorlik miqdori samarali
unumdorlikning asosiy ko’rsatkichi va konkret ko’rinishidir.
N i s b i y u n u m d o r l i k - muayyan gruppa yoki turdagi o’simliklarning
tuproq unumdorligiga nisbatan bo’lgan munosabati (talabi) bilan belgilanadi. Bir
turdagi o’simliklar uchun unumdor hisoblangan tuproq, boshqasiga yaroqsiz bo’lishi
mumkin.
I q t i s o d i y u n u m d o r l i k - tuproqning potensial unumdorligi va yer
uchastkalarining iqtisodiy xarakteristikasiga ko’ra tuproqlarni iqtisodiy jihatdan
baholashdir.
Tuproq unumdorligini qayta takroriy yaratish va tuproqlarni
madaniylashtirish.
T u p r o q u n u m d o r l i g i n i q a y t a t a k r o r i y ya r a t i sh - tuproqning
samarali unumdorligini potensail unumdorlikka yaqin darajada saqlash maqsadida,
tuproqqa ta’sir etadigan meliorativ va agrotexnika tadbirlari sistemasi yoki tabiiy
tuproq jarayonlari yig’indisidan iborat.
Unumdorlik, tuproq paydo qiluvchi jarayon kabi, unumdorlik omillari va
shart-sharoitlarining miqdor va sifat o’zgarishiga sabab bo’ladigan, moddalarning
o’zgarishi, to’planishi va o’tkazishi kabi jarayonlari bilan chambarchas bog’liq. Bu
o’zgarishlar unumdorlikning rivojlanishi uchun ijobiy yo’nalishda bo’lishi va bu
holda uning yaxshilanishiga olib kelishi (oziqa moddalarning to’planishi, ularning
o’simliklar uchun yanada qulay o’zlashtiriladigan shaklga o’tishi, strukturaning
yaxshilanishi va h.k.), yoki unumdorlikning pasayishiga olib keladigan salbiy
yo’nalishda (oziqa elementlarning yuvilib ketilishi, ularning qiyin o’zlashtiriladigan
shaklga o’tishi, strukturaning buzilishi va h.k) bo’lishi mumkin. Tuproq
xossalarining o’zgarishi ma’lum bir davrda unumdorlikni boshlang’ich darajasiga
olib kelishi ham mumkin.
Shunday qilib ma’lum davr ichida (o’suv davri, yillik yoki almashlab ekish
davri va h.z) unumdorlikning o’zgarishi uning to’liqsiz, oddiy va kengaytirilgan
holatda qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin. Tuproq unumdorligining
boshlang’ich davridagidan past darajada shakllanishi tuproq unumdorligining
to’liqsiz qayta tiklanishini bildiradi. Tuproq unumdorligining boshlang’ich
darajasiga qaytishi unumdorlikning oddiy qayta tiklanishini anglatadi. Tuproq,
unumdorligining
boshlang’ich
darajasidan
yuqori
holatda
yaratilishi
unumdorlikning kengaytirilgan tarzda qayta tiklanganligini bildiradi. Tuproq
unumdorligining qayta tiklanishi tuproq hosil bo’lish jarayonining obyektiv
qonunidir, va uning namoyon bo’lishining barcha shakllariga xosdir.
Tabiiy tuproq paydo bo’lish jarayonining rivojlanishi unumdorlikning to’liq
bo’lmagan, oddiy yoki kengaytirilgan tipdagi qayta tiklanishi muayyan tuproq
paydo bo’lish jarayonlari yoki ularning birgalikdagi rivojlanishi bilan aniqlanadi.
Tuproqning dehqonchilikda foydalanishi sharoitida uning unumdorligining qayta
tiklanishi tabiiy omillar ta’siri va insonning turli usullar bilan tuproqga ta’sir etishida
sodir bo’ladi.
Madaniy tuproq paydo bo’lish jarayoni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida
rivojlanadi. Insonlar yerdan uzoq vaqtlar foydalanganda tuproqda kechadigan tabiiy
jarayonlar, jumladan, tuproqning qator xossalari va rejimlari o’zgarib, yangi
madaniy tuproqlar paydo bo’ladi. Tuproq unumdorligini doim yaxshi va yuqori
holatda saqlab turish maqsadida, insonlar tomonidan tuproq tabiiy xossalarining
o’zgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirish deyiladi. Tuproqlarni
madaniylashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar sistemasi, ekinlardan barqaror va
muttasil yuqori hosil olishni ta’minlovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini
beradi. Tuproqlarni madaniylashtirishning biologik, kimyoviy va fizikaviy
usullaridan foydalaniladi.
B i o l o g i k u s u l tuproqda chirindi va azotning ko’proq to’planishiga
imkon beradigan tadbirlarni o’z ichiga oladi. Shu maqsadda ko’p yillik o’tlar (beda
va turli dukkaklilar) ekiladi va mahalliy-organik o’g’itlardan foydalaniladi.
K i m yo v i y u s u l yerga mineral o’g’itlar solish yo’li bilan tuproqda
o’simliklar uchun zarur va tez o’tadigan oziq elementlari miqdorini ko’paytirish
hamda tuproqning kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan.
F i z i k a v i y u s u l l a r g a fizik-mexanikaviy va meliorativ tadbirlar
qo’llanish ya’ni yerni ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihatdan qimmatli
struktura yaratish, tuproqning suv-fizik, issiqlik xossalari va rejimlarini yaxshilash
singari tadbirlar kiradi.
Qo’riq yerlar ishlab chiqarish oborotiga kiritilib, madaniylashtirilgandan
keyin, u tabiiy unumdorlik bilan bir qatorda sun’iy unumdorlikka ega bo’la
boshlaydi. Lekin tuproq qanchalik madaniylashtirilmasin, sun’iy unumdorlik bilan
bir qatorda, doim tabiiy unumdorlikka ham ega bo’ladi. Demak, bu har ikkala
unumdorlik turlari bir-biri bilan bog’liq. Yerlar qanchalik uzoq muddatda
foydalanilib, uning madaniy holati yaxshilanib, yuqori agrotexnika tadbirlari
sistemasi qo’llanilsa, tuproqning sun’iy unumdorligi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Madaniy o’simliklar tomonidan tabiiy va sun’iy unumdorliklar foydalanilganda,
bular haqiqiy, samarali unumdorlikka aylanadi. Bundan tashqari potensial samarali
unumdorlik ham ajratiladi. Bu unumdorlik tabiiyga nisbatan ancha yuqori bo’lib,
insonlarning yerga sarflaydigan mehnati va moddiy mablag’ sarfiga bog’liq.
Tuproq unumdorligining kengaytirilgan qayta, takror yaratilishi jarayonlari
yuqori dehqonchilik madaniyati sharoitida, samarali va potensial samarali
unumdorligining muntazam ravishda oshib borishiga bog’liq. Intensiv dehqonchilik
sharoitida tuproq unumdorligining takror yaratilishi asosan ikki yo’l bilan,
tuproqning moddiy tarkibini yaxshilash va texnologik usullardan samarali
foydalanish orqali amalga oshiriladi. Birinchi usulga o’g’itlar va turli
meliorantlardan, pestisidlardan foydalanish hamda texnologik jihatdan qulay
ekinlarni almashlab ekish, ikkinchisiga - yerga mexanik ishlov berish yo’li bilan
tuproq ning fizik holatini yaxshilash singarilar kiradi. Konkret sharoitlarda bu
usullardan to’g’ri va maqbul holda foydalanish zonal dehqonchilik sistemasining
mazmunini belgilaydi.
Tuproq unumdorligini limitlovchi omillar va ularni boshqarish. Yuqorida
aytilgandek, tuproqning barcha fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari uning
unumdorligining omillari hisoblanadi. Shuni e’tiborga olish muhimki, tuproqning u
yoki bu xossalari, ularning sifat va miqdor jihatdan namoyon bo’lishiga ko’ra
tuproqning potensial yoki effektiv (samarali) unumdorligi darajasiga ham ijobiy, va
ham salbiy (limitlovchi) ta’sir etishi mumkin.
Agronomiya va agrokimyoda "Minimum qonuni" azaldan ma’lum, ushbu
qonunga asosan o’simliklarning hosildorligi ayni paytda qaysi omil minimumda
turgan bo’lsa, ana shu omil bilan belgilanadi: azot va fosforning miqdori yetarli
bo’lgan sharoitda, masalan tuproqda, kaliy yoki aytaylik, kalsiy yoki temir
yetishmaydi, barcha oziqa elementlari bilan to’liq ta’minlangan sharoitda suv
yetishmasligi mumkin, yoki oziqa va suv optimal (maqbul) darajada bo’lganda
issiqlik yetishmasligi mumkin va h.k.
O’simliklar uchun barcha zarur faktorlar va ularning optimal nisbati hamma
vaqt ham ma’lum bo’lavermaydi, barcha mumkin bo’lgan variantlarni tekshirib
chiqish uchun ming yillar zarur, shu o’rinda aytish lozimki, inson o’zining butun
tarixi davomida bu ish bilan shug’ullanib kelmoqda. Hozirgi paytda EHMlar va
"hosilni programmalashtirish" matematik tenglamalar bu ishga jalb etilgan.
Tuproqshunoslikda boshqacha yondoshuv qabul qilingan. O’simliklar hayotidagi
tuproq faktorlari optimal holatni yoki tuproq unumdorligining elementlari bilan
ta’minlash vazifasi qatorida tuproqni tubdan meliorasiyalash va agrotexnik tadbirlar
yordamida tuproq unumdorligini limitlovchi faktorlarni bartaraf etish yoki
minimallashtirish vazifalari qo’yilmokda hamda amalda yechilmoqda. 22-jadvalda
tuproqning asosiy limitlovchi faktorlari va ularni maxsus meliorasiyalash usullari
keltirilgan.
22-jadval
Limitlovchi faktorlar va ularni bartaraf etish yoki
minimallashtirishdagi asosiy meliorativ tadbirlar
Faktorlar
Meliorativ tadbirlar
Oshiqcha kislotalilik
Ohaklash.
Oshiqcha ishqoriylik
Gipslash, kislotalash, fiziologik kislotali o’gitlar
solish
Oshiqcha tuzlar
Tuproq-grunt suvlarini oqizib ketadigan zovurlar
sharoitida yuvish
Yuqori loylilik
Qum solish, struktura hosil qilish, chuqur
yumshatish
Yuqori zichlilik
Struktura hosil qilish, yumshatish, o’tlar ekish
Issiqlik yetishmasligi
Issiqlik meliorasiyasi, yuzasini mulchalash, qor
to’plash, ixota daraxtzorlari barpo etish, plyonka
bilan yopish
Suvning yetishmasligi
Sug’orish, tuproqda suv to’plashga qaratilgan
agrotexnik usullar (qora shudgor) va parlanishdan
himoyalash
Mineral oziklarning
yetishmasligi
Mineral va organik o’g’itlar solish
Oshiqcha namlik-
botqoqlanish
Quritadigan zovurlar
Havo yetishmasligi
Zovurlash, strukturalash, g’ovakliklar barpo etish,
yumshatish
Mikrorelyefning xilma-xilligi Yuzani tekislash
Yuzaning katta qiyaligi
Zinapoya shaklida tekislash (terrassalash), polosa-
konturli haydash, ekinlarni navbatlash
Tuproq ichidagi juda zich
qatlamlar («sho’x», «gipsli»,
«arziqli» va x.z) tufayli
chegaralangan ildiz
joylashadigan qatlam
qalinligining kamligi
Plantajli
haydash,
chuqur
yumshatish,
portlatadigan meliorasiya qo’llash bilan asta-
sekin haydov qatlamini chiqurlashtirish
Gorizontlarga keskin
differensiyalashgan profil
Ildiz
oziqlanadigan
qatlamni
asta-sekin
chuqurlashtirish,
differensiyalanishni
chuqur
ishlov berish bilan yo’qotish
Kimyoviy toksikoz
(zaharlanish)
Kimyoviy va agrotexnologik meliorasiyalash
Biologik
toksikoz(zaharlanish)
Agrotexnologiya
va
biologik
meliorasiya,
almashlab ekish, shudgorlash
Masalan, sho’rtob-sho’rxoklar yuqori ishqoriylik, ko’p miqdorda tuzlarni
saqlashi va juda noqulay fizikaviy xossalarga ega. Shuning uchun kompleks
meliorasiyalashni talab etadi.
Tuproq xossalarining optimal parametrlari va unumdorlik modellari.
Yo’naltirilgan holda madaniy tuproqlarning yaratilish jarayonlari o’z navbatida
tuproq unumdorligining muayyan darajasi (modeli) ni yuzaga keltirish imkonini
beradi. T u p r o q u n u m d o r l i g i m o d e l i deganda ekinlardan ma’lum
darajadagi hosilni olish uchun shart-sharoitlarga javob beradigan va agronomik
nuqtai-nazardan ahamiyatga ega bo’lgan tuproq xossalari yig’indisi tushuniladi. Har
bir tuproq tipi uchun unumdorlik darajasini ko’rsatuvchi muayyan, o’ziga xos
bo’lgan xossalar ko’rsatkichi mavjuddir. Tuproq xossalarining optimal parametrlari
asosida unumdorlik modellari tuziladi. Quyida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib
turibdiki, qora tuproqlar bilan bo’z tuproqlarning unumdorligini belgilovchi
xossalarning ko’rsatkichlari miqdori bir-biridan keskin farq qiladi. (23-jadval).
Demak, qora tuproqlar va bo’z tuproqlar moddiy tarkibi jihatdan keskin farq
qilsa-da, ammo ana shu tuproqlar uchun aniqlangan va belgilangan xossalarning
maqbul parametrlari konkret tuproqlar sharoitida yuqori hosil olish imkoniyatini
beradi.
Unumdorlik modelini tuzishda tuproqning e’tiborga olinadigan kimyoviy,
fizikaviy xossalari va rejimlarining umumiy ko’rsatkichlari quyidagilar: 1) gumus
miqdori, tarkibi va uning zahirasi va gumusli qatlam qalinligi; 2) o’simliklarga tez
va oson o’zlashuvchi oziq moddalar miqdori; 3) fizik xossalarining optimal
ko’rsatkichlari: zichligi, struktura agregatlari miqdori, dala nam sig’imi, suv
o’tkzazuvchanligi, aerasiyasi; 4) tuproq profili tuzilishini xarakterlovchi
ko’rsatkichlar: haydalma jumladan gumusli qatlam qalinligi; 5) fizik-kimyoviy
xossalarning ko’rsatkichlari: tuproq reaksiyasi, singdirish sig’imi, almashinuvchi
kationlar tarkibi va asoslar bilan to’yinish darajasi singarilar hisoblanadi.
23-jadval
Qora tuproqlar va bo’z tuproqlar unumdorligining asosiy ko’rsatkichlari
(I.S.Rabochev, I.E. Koroleva, 1983).
Qora tuproq
Bo’z tuproq
Unumdorlik darajasi
o’rtacha
yuqori
o’rtacha
yuqori
Agrofizikaviy
Haydalma qatlam chuqurligi, (sm)
Tuproq zichligi, (gr/sm3)
Umumiy g’ovaklik, (foiz)
Dala nam sig’imi, (foiz)
>0.25 mm suvga chidamli agregatlar (%)
30
1.2
55
27
50
35
1.1
59
29
60
30
1.5
43
24
20
35
1.3
51
26
25
Agrokimyoviy
Gumus,%
------------
t/ga
Umumiy azot,%
--------------
t/ga
Harakatchan fosfor, 100 gr tuproqda, mg
Almashinuvchan kaliy,100 gr tuproqda,
mg
Nitrifikasiya qobiliyati, 100 gr tuproqda,
mg
pH
Singdirilgan asoslar yig’indisi, 100 gr
tuproqda, mg-ekv
Gidrolitik kislotali, 100 gr tuproqda, mg
5 – 7
180-280
0,31
9,0-12,0
12
20
5 – 7
7,0
30
2,5 – 1,5
16
35
5 – 7
40
1,1
50
0,09
4,0
20
350
8,0
7,3
30
-
1,3
59
0,14
6,3
36
400
8,0
40
-
Hosil (s/ga)
Kuzgi bug’doy
Arpa
Kartoshka
Paxta
35 – 40
-
-
-
55–60
-
-
-
35
30
100
30
50
40
120
45
Tuproqlarning ko’pchilik maqbul ko’rsatkichlari, uning fundamental
xossalari (mexanik tarkibi va gumusli holati) bilan bevosita bog’liq. Mexanik tarkibi
va gumus miqdori tuproqning barcha muhim agronomik xossalari va rejimiga ta’sir
etadi.
O’simliklarning barcha hayotiy omillari teng ahamiyatga ega bo’lib, ularning
birortasini boshqasi bilan almashtirib bo’lmaydi. Tuproq unumdorligini oshirish
hamda ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish uchun o’simliklarning barcha
hayotiy va o’sish omillariga bir vaqtning o’zida, teng ta’sir etish zarur.
Lekin bunda yo’naltiruvchi asosiy omil (yoki omillar gruppasi) ni aniqlay
bilish juda muhim. Chunki ana shu omilga ta’sir etish yo’li bilan, boshqa faktorlar
samaradorligini yuqori darajada oshirib borish mumkin. Masalan, qurg’oqchilik
zonalarida yo’naltiruvchi omil o’simliklarni zarur miqdordagi suv bilan
ta’minlashdir. Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan zonalarda yerlarni sug’orish
muhim tadbir bo’lib, bunda tuproqning qayta sho’rlanishi va botqoqlanishining
oldini olishga alohida e’tibor berish lozim. Demak, o’simliklar hosildorligini
belgilovchi barcha hayotiy faktorlarga bir vaqtning o’zida ta’sir etish prinsiplarini
amalga
oshirish,
turli
zonalarda
tuproq
unumdorligini
yaxshilashning
tabaqalashtirilgan usullaridan foydalanish zarurlagini talab etadi. O’simliklarning
hayotiy faktorlaridan birortasiga boshqasini o’zgartirilmagan holda ta’sir etish
natijasida, uning samarasi pasayib boradi va ma’lum sharoitda ekinlar xosilining
keskin kamayishiga olib keladi. Bunga misol qilib Gelrigelning o’simliklarga
namlikning ta’sirini o’rganishga qaratilgan vegetativ tajribalari natijalarini
ko’rsatish mumkin (24-jadval).
24-jadval
Gelrigelning tajriba yakunlari
Ko’rsatkich
To’liq nam sig’imiga nisbatan tuproqdagi nam (foiz)
miqdoriga ko’ra hosil
5
10
20
30
40
60
80
100
Hosil bir idishda, dg
1
63
146
190
217
227
197
0
Har 10 foiz namlikka to’g’ri
keladigan qo’shimcha hosil
124
83
44
27
10
-15
-98
Tuproq unumdorligining ekologik belgilari.
Turli tuproqlar hamma o’simliklar uchun ham bir xilda unumdor
bo’lavermaydi.
Tuproq
sharoitlariga:
muhit
reaksiyasi,
fizik
xossalari,
granulometrik tarkibi va xatto organik moddalar va oziq elementlar boyligiga
nisbatan, o’simlik organizmlarning biologik xususiyatlari turli tuman. Masalan choy
va lyupin (bo’ri dukkagi) faqat nordon tuproqlarda o’sadi, beda uchun esa neytral va
kuchsiz ishqorli tuproqlar qulay. G’o’za va g’alla ekinlari uchun organik moddalarga
boy, og’ir, strukturali tuproqlar optimal hisoblanadi; Kartoshka, poliz ekinlari va
gilos yengil tuproqlarda yaxshi o’sadi. Ekinbop nasha va sabzavot ekinlari juda boy,
unumdor tuproqlarga talabchan.
Mahsulotlar sifatining keskin yomonlashuvi tufayli uzum va tamaki
plantasiyalari oziqa elementlari va organik moddalarga boy tuproqlarda
joylashtirilmaydi. Shuning uchun amaliyotda tuproqlar xar doim dala ekinlari uchun,
bog’lar uchun, uzumzorlar uchun, kartoshka uchun, poliz ekinlari uchun, chay
plantasiyalari uchun va x.z. uchun ko’proq qulayligi buyicha ajratiladi. Shunday
qilib bir xil tuproqning o’zi bir turdagi o’simlik uchun unumdor hisoblansa,
ikkinchisi uchun kam unumli bo’lishi mumkin.
Tuproq unumdorligining ushbu o’ziga xos xususiyatida samarali asos, ya’ni
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini optimal ixtisoslashtirishga qaratilgan, tuproq
sharoitlariga eng ko’p darajada javob beradigan, qishloq xo’jalik ekinlarini
joylashtirishning asosiy negizi mavjud. Tuproq qoplamini o’rganish, tuproqni
rayonlashtirish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining turli yo’nalishlari uchun, turli
madaniy o’simliklar uchun eng qulay tabiiy – tuproq sharoitga ega bo’lgan
xududlarni ajratishga imkon yaratadi. Donchilik xo’jaligi, paxtachilik, uzumchilik,
tamakichilik, mevachilik, sabzavot-polizchilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish
tuproq unumdorligining xususiyatlari bilan bog’liq.
Madaniy o’simliklarning ekologik xususiyatlarini hisobga olgan holda,
unumdor tuproq quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerak:
Xossalari bo’yicha ekiladigan ekinlar ekologik xususiyatlariga mos bo’lishi.
Masalan, unumdor qora tuproqlar, qadimdan sug’oriladigan bo’z tuproqlar – yaxshi
bug’doy va paxta yerlari, yengil tuproqlarda kartoshka va poliz ekinlari, og’ir sohil
tuproqlari – sholi uchun optimal, choy va lyupin faqat nordon tuproqlarda o’sadi,
beda esa neytral va kuchsiz ishqoriy tuproqlarda yaxshi o’sadi.
O’simliklarni mineral moddalar bilan ta’minlashi. Ushbu moddalarning
qulayligi va miqdori turli o’simliklar uchun birxil ahamiyatga ega emas. Sabzavotlar
va ekinbop nasha organik moddalarga, va osono’zlashtiriladigan azot, fosfor va
kaliyga boy tuproqlarni talab qiladi, yaxshi gumusli, strukturali tuproqlar paxta,
g’alla ekinlari va kungaboqar uchun optimal hisoblanadi, shu bilan birga tuproqda
chirindining ko’pligi uzum, tamaki, grechixa hosilining sifatini pasaytiradi.
Optimal va barqaror nam zapasiga ega bo’lishi. Bunda ham ekologik
optimum katta turli – tumanlikka ega. Sholi suv bostirish yo’li bilan ekiladi,
sabzavot ekinlari uchun yaxshi, ammo oshiqcha bo’lmagan namlik zarur, uzum va
oq jo’xori esa, boshqa ko’pchilik o’simliklar qurg’oqchilikdan nobud bo’ladigan
tuproq namligida ham normal o’saveradi.
Yetarli darajada g’ovak va kesakli – donador yoki yong’oqsimon strukturaga
ega bo’lishi, qaysiki bu o’simliklar ildiz sistemasining erkin va chuqur rivojlanishini
ta’minlaydi. Gilos, olma, nok faqat g’ovak tuproqlarda yaxshi hosil beradi, olxo’ri
esa zich tuproqlarda normal hosil bermaydi, makkajo’xori, kungaboqar, beda zich
tuproqlarni, aksincha yaxshilaydi, meliorasiyalaydi.
Optimal issiqlik sig’imiga va issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi, ya’ni
tegishli o’simliklarning hayot faoliyatini yetarli darajada issiqlik bilan ta’minlay
olishi kerak. Bunda ham ekologik turli-tumanlilik xarakterli hisoblanadi. Salqin
sharoit kartoshka, bryukva, turnepslar uchun zarur, olma, nok, olxo’ri va uzum
tropiklarning yuqori haroratiga bardosh beraolmaydi.
Unumdorlikni oshirishning asosiy tadbirlari.
Tuproq unumdorligini muntazam oshirib borish va uning imkoniyatlaridan
qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini yanada oshirish maqsadida samarali
foydalanish,
hozirgi
tuproqshunoslik-ning
aktual
muammolaridan
biridir.
Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilma-xildir. Tuproqqa maqbul
darajada ishlov berish, o’g’itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish,
almashlab ekish, yerdan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etish, tuproqning
ekologik
holatini
yaxshilash
singari
tadbirlar
tuproq
unumdorligining
samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi. Tuproqqa ishlov berishning asosiy
maqsadi, uning suv-havo va oziq rejimlarini tartibga solishga qaratilgan. Ishlov
berishning maqbul turlaridan foydalanishda tuproqning gumusli qatlami qalinligi,
tuproq haydalma osti gorizontlarining xususiyatlari, mexanik tarkibi, har xil tuz
saqlaydigan qatlamning joylashuv chuqurligi va boshqa xususiyatlarga e’tibor
beriladi.
Turli o’g’itlardan foydalanish hamda kimyoviy meliorasiya (ohaklash,
gipslash) kabi tadbirlarni qo’llanishda tuproq xossalarini e’tiborga olish yanada
ko’proq ahamiyatga ega. Tuproqdagi o’simlikka o’tuvchi, harakatchan shakldagi
oziq moddalar miqdoriga ko’ra mineral o’g’itlar dozasi aniqlanadi. Organik
o’g’itlardan foydalanilayotganda ham tuproqning (gumus miqdori, gumusli holati
kabi) xossalari e’tiborga olinadi. Tuproq xossalari yerni sug’orish yoki zahini
qochirish meliorasiyasi turlaridan foydalanish zarurligini ko’rsatib beradi. Jumladan
tuproqning tuz rejimi va suv fizik xossalarini e’tiborga olmasdan sug’orish
yerlarning qayta sho’rlanishiga yoki botqoqlanishiga sabab bo’ladi.
Ekinlarni
joylashtirayotganda
tuproqning
xossalari,
sho’rlanish,
sho’rtoblanish hamda eroziyalanish darajasi, joyning relyef sharoitlari katta
ahamiyatga ega, chunki bu omillar tuproq unumdorligining ko’plab shart-
sharoitlarini
belgilaydi.
Tajribalardan ma’lumki, mineral o’g’itlardan foydalanish ekinlar hosildorligini
keskin oshiradi, ammo uning samarasi odatda unumdorligi pastrok joylarda
yuqoriroq bo’ladi (25-jadval).
O’rta Osiyo tuproqlari unumdorligini o’rganishga doir vegetativ tajribalar
shuni ko’rsatadiki, gumusga boy tipik bo’z tuproqlar hamda o’tloq va botqoq-o’tloq
tuproqlar ancha yuqori unumdorlikka ega bo’lib, och tusli bo’z tuproqlar kamroq va
taqirlar past unumdorlikka ega. Masalan, azotli o’g’itlar barcha tuproqlarda
ekinlarning hosilini oshirsa-da, ammo kam gumusli och tusli bo’z tuproq va taqir
tuproqlarda uning samarasi yuqoriroq bo’lgan. Fosfor taqirlarda, azot va fosfor
aralashmasi esa barcha tuproqlarda hosilni oshirish imkonini beradi. Bunda, yana
o’sha kam gumusli tuproqlarda mineral o’g’itlar samarasi yaxshi ifodalanadi.
Tuproqlarning turli genetik qatlamlari ham bir xil unumdorlikka ega emas.
Almashlab ekish joriy etilmagan va faqat mineral o’g’itlar solinadigan
dalalarda tuproqdagi gumus va oziq element miqdori keskin kamayib, struktura
holati yomonlashadi hamda unumdorligi pasayadi. Tuproqlarni agrokimyoviy
tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, O’rta Osiyoda gumusi kam tuproqlar jami ekin
maydonining 2/3 qismini, chirindi miqdori o’rtacha bo’lgan tuproqlar 1/3 qismini,
ko’p chirindili tuproqlar esa atigi 7 foizini tashkil etadi.
25-jadval
Turli tuproq tiplarining unumdorligi.
Almashlab ekish yo’lga qo’yilmagan paxtachilik rayonlari tuproqlaridagi
gumus miqdori keyingi 25-30 yilda deyarli ikki barobar kamaygan. Har yili bir tonna
Tuproqlar
So’li hosili bir idishda, g
O’g’itsiz
NPK
Qo’shimcha, %
Podzol
7,6
51
572
Qalin qatlamli va oddiy qora
14,4
64
327
Janubiy qora tuproq, kashtan
13,7
62
352
Bo’z tuproq
11,6
54
365
paxta hosili uchun 300-400 kg miqdorida gumus sarflanadi. Buning o’rnini qoplash
uchun esa gektariga kamida 20 t. go’ng yoki boshqa organik o’g’itlar solish kerak
bo’ladi.
(I.S.Rabochev,
A.I.Imomaliyev,
1985).
Qishloq
xo’jalik
ishlab
chiqarishning ilg’orlari tuproqning unumdorlik omillariga kompleks tarzda ta’sir
ko’rsatib, qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olishga
erishmoqdalar. Agronom mutaxassislarning asosiy diqqat - e’tibori ham tuproqning
unumdorligini oshirib, uning ekologik holatini yaxshilab borishga qaratilmog’i
zarur.
TUPROQ KOLLOIDLARI, VA TUPROQNING SINGDIRISH
QOBILIYATI
Tuproq kolloidlari, ularning hosil bo’lishi va tarkibi. Tuproq paydo bo’lish
jarayonlari natijasida turli tog’ jinslari, minerallar va organik moddalarning
to’xtovsiz maydalanishi va parchalanishi yuzaga keladi, hamda tuproq tarkibida
zarralar aralashmasi- dispers sistema hosil bo’ladi. Dispers sistemadagi o’lchami 0,2
dan 0,001 μ (mikron) gacha bo’lgan zarrachalarga tuproq kolloidlari deyiladi.
Ularning miqdori har xil bo’lib, tuproq massasiga nisbatan 1-2 dan 30-40 foizgacha
o’zgarib turadi. Tuproq kolloidlari ham boshqa barcha kolloidlar singari xossalarga
ega bo’lsa-da, ayrim xususiyatlari jumladan, ularni tashkil etuvchi moddalarning
sifat tarkibi bilan farq qiladi. Odatda zarrachalar o’lchami 1 mikrondan kichik
bo’lganda kolloid xossasi ro’y beradi. Shuning uchun kolloidlarga qadarli
fraksiyalar (1-0,2μ) ham ajratiladi. Kolloidlar xossasiga ega bo’lgan barcha
zarrachalar yig’indisiga t u p r o q n i n g k o l l o i d kompleks i yoki K.K. Gedroys
bo’yicha t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh k o m p l e k s i (TSK) deyiladi.
Tuproqning singdirish kompleksi jumladan kolloidlar tuproqda kechadigan
moddalarning singdirishi va almashinishi kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.
Tuproqning turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalarni o’zida singdirishi yoki
kolloidlar yuzasida ular konsentrasiyasini oshirish xossasiga t u p r o q n i n g s i n
g d i r i sh q o b i l i ya t i deyiladi.
Tuproqning eritmadan ba’zi moddalarni o’zida singdirib qolish qobiliyati
uzoq o’tmishdan ma’lum. Yunon olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 y) va XVI
asrda Bekon Berberi sho’r suvni tuproq qatlamlari orqali o’tkazib, chuchuk suv olish
tajribalarini o’tkazadi.
Angliyalik olimlar Tompson va Spens 1845 yilda dastlabki laboratoriya
tadqiqotlarida tuproqda almashinish qobiliyatiga ega bo’lgan asoslar borligi
ko’rsatib o’tildi. Angliyalik olim D.T.Uey tuproq eritmadagi birikmalarni tuz holida
emas, balki tuzlarning asoslarinigina singdiradi; tuproq bilan eritma orasidagi
almashinish reaksiyasi juda tez-darhol va ekvivalent miqdorida bo’ladi. Agar
eritmada erkin holdagi ishqorlar (NaOH, KOH kabi) bo’lsa, ular tuproqda to’liq
singdiriladi (adsorbilanadi) degan xulosalarga keldi.
V.V.Dokuchayev,
P.A.Kostichev,
A.N.Sabaninlar
o’z
tadqiqotlarida
tuproqning singdirish qobiliyatini o’rganishga alohida e’tibor berdilar. Ayniqsa
tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyatini o’rganish borasida jahon miqyosidagi
yangiliklar bilan boyitgan olim K.K.Gedroysning xizmatlari alohida ahamiyatga
ega. Ko’p yillik ilmiy-tadqiqod ishlarining natijalari akademik K.K.Gedroysning
«Tuproqning singdirish qobilyati haqida ta’limot» (1922) asarida bosilib chiqdi.
Tuproqning singdirish qobiliyati haqidagi ta’limotni keyinchalik yanada
rivojlanishida G.Vigner, S.Matson, Ye.N.Gapon (20-30 yillarda) va so’ngra
A.N.Sokolovskiy, N.P.Remezev, A.f.Tyulin, I.N.Antipov-Karatayev, S.N.Alyoshin,
N.I.Gorbunov, F.Kelli va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi. Tuproqning
singdirish jarayonlarida kolloidlar asosiy ahamiyatga ega.
Tuproq kolloidlari asosan ikki yo’l: yirik zarralarning mexanik va kimyoviy
nurab, maydalanishi hamda molekulalar va ionlarning kimyoviy, fizikaviy yo’llar
bilan birikishi (kondensasiyasi) natijasida hosil bo’ladi. Tarkibiga ko’ra tuproq
kolloidlari mineral, organik va ular kompleksidan iborat organik-mineral
gruppalarga bo’linadi. Tuproq kolloidlarining xarakterli xususiyati ular solishtirma
yuzasi: (ya’ni ma’lum massa yoki hajmdagi tuproq zarrachalarining yuzasi, m2 yoki
sm2 hisobida) ning katta bo’lishi va shunga ko’ra sathiy energiyasining yuqori
bo’lishidir. Buni tasavvur etish uchun 1 sm3 hajmdagi qattiq jismni tashkil etuvchi
barcha kublar yuzasi maydonini hisoblashdan olingan quyidagi raqamlarni keltirish
kifoya (26-jadval).
26-jadval
Kublar tomonlari yuzasining maydoni (K.K.Gedroys bo’yicha)
Qirrasining uzunligi, sm
Kublar soni
Tomonlarining umumiy
maydoni, sm2
1
1
6
0,1
103
60
0,01
106
600
0,001
109
6000
0,0000001
1021
60000000
Demak, 1sm3 hajmdagi maydonni million marotaba maydalaganda, barcha
kublar tomonlarining umumiy maydoni 60000000 sm2 yoki 0,6 ga ni tashkil etadi.
Kolloidlarning solishtirma yuzasi tuproqning kimyoviy aktivligini belgilovchi
sharoitlardan biridir. Turli tuproqlar singdirish qobiliyatining xususiyatlari,
ko’pincha tuproq singdirish kompleksi (TSK) jumladan kolliodlarning tarkibi va
tuzilishiga bog’liq.
Har qanday jismni parchalash yoki eritish yoki boshqa yo’l bilan turli
kattalikdagi zarrachalarga qadar maydalash mumkin. Jism changlangan holatda
dispers sistemani tashkil etadi, qaysiki unda ikki qism ajratiladi: dispers faza va
dispers muhit. Dispers faza – maydalangan jism zarrachalarining yig’indisi. Dispers
muhit – ushbu zarrachalar tarqalgan suyuqlik, gazsimon yoki kattiq jism.
Tuproq, doimiy bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashuvdagi, barcha tipdagi dispers
sistemalar yig’indisi hisoblanadi.
Tuproq kolloidlarining tuzilishi va holati. Tuproq kolloidlari nihoyatda
kichik ultramikroskopik zarracha bo’lsada juda murakkab tuzilgan. Kolloid
zarracha, ular yuzasidagi ionlar qatlami bilan birga kolliod misella deyiladi.
Kimyoviy tarkibidan qat’iy nazar kolloid misella asosan uch qavatdan - yadro,
ichki qavat va sirtqi qavatdan iborat. Kolloid misella asosini uning yadrosi tashkil
etadi. Yadro kimyoviy jihatdan murakkab birikma bo’lib, amorf yoki kristalik
tuzilishlidir. Mineral kolloidlar yadrosi asosan alyumokislotalar hamda ba’zan
kremniy kislota, temir va alyuminiy oksidlaridan tashkil topgan. Organik kolloidlar
yadrosi asosan gumin kislotasi, fulvokislotalari, protein, kletchatka va boshqa
murakkab organik moddalardan iborat. Yadro ustida ikkita qarama-qarshi
zaryadlangan ionli qatlam joylashgan. Bevosita yadro ustida joylashgan ionlarga
potensiallarni aniqlovchi (potensiallovchi) ionlar, tashqi qatlamdagi ionlarga
kompensirlovchi yoki harakatsiz ionlar qatlami deyiladi.
Potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlami ko’pincha manfiy zaryadlangan
bo’lib, kompensirlovchi qatlam esa, shu manfiy zaryadlarga teng keladigan
miqdordagi musbat ionlari zaryadlaridan iborat. Kompensirlovchi ionlar
tuproqshunoslikda almashinuvchi yoki singdiriluvchi kationlar ham deyiladi.
Ko’pchilik singdirilgan kationlar potensiallarni aniqlovchi ionlar yonida joylashgan
bo’lib, harakatsiz ionlar qatlamini tashkil etadi. Singdirilgan kationlarning oz qismi
potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlamidan ancha uzoqroq masofada joylashib,
diffuziya qatlamini hosil qiladi. Misella yadrosi potensiallarni aniqlovchi ionlar
qatlami bilan birga granula deyiladi. Granula kompensirlovchi ionlarning harakatsiz
qatlami bilan birga kolliod zarracha deb ataladi.
Zaryadlanishiga ko’ra tuproq kolloidlari uch gruppaga ajratiladi.
Asidoidlar - zarracha manfiy zaryadlangan bo’lib almashinuvchi ionlar
vodorod va boshqa kationlar hisoblanadi.
Bazoidlar - zarracha musbat zaryadlangan bo’lib, almashinuvchi ionlar
gidroksil va boshqa ionlardan tashkil topgan.
Amfolitoidlar - zarracha musbat yoki manfiy zaryadlangan bo’lishi mumkin.
Eritmadagi
vodorod
ionlarining
konsentrasiyasiga
ko’ra
amfolitoidlarda
almashinuvchi vodorod yoki gidroksil ionlari mavjud bo’ladi. Shuning uchun ular
muhit reaksiyasiga qarab asidoid yoki bazoidlarga o’xshaydi. Amfolitoidlarga temir
va alyuminiy gidroksidlarining kolloidlari kiradi. Kolloid zarrachalar elektr
zaryadiga ega bo’lganligi sababli suv molekulalarini tortib olib gidratlanadi va o’z
yuzasida suv pardasini hosil qiladi. Suv pardasining qalinligi kolloidlarning tarkibi,
tabiati va zaryadlari miqdoriga ko’ra har xildir.
Qalin suv pardasi bilan o’ralgan kolloidlarga gidrofil va yaxshi
gidratlanmagan kolloidlarga gidrofob kolloidlar deyiladi. Tuproqdagi gumus
kislotalari, oqsillar va kremniy kislotasining kolloidlari gidrofil bo’lib, temir va
alyuminiy gidrati oksidlari va kaolinit gruppasi minerallarining kolloidlari
gidrofobdir. Suv pardasi kolloid zarrachalarning bir-biriga ta’sir kuchini pasaytiradi,
ularning birikishi kamayib, qiyin koagullanadi.
Tuproq kolloidlari ham boshqa kolloidlar kabi ikki, ya’ni zol va gel holida
bo’ladi. Zol holidagi kolloid suyuq muhitda erigan va tarqoq holatda bo’lib, bir xil
zaryadli (ko’pincha manfiy) bo’lganida to’xtovsiz harakat qilib turadi. Gel holidagi
kolloid aksincha har xil zaryadli bir qancha kolloid zarrachalar yig’indisidan iborat,
yopishqoq quyqa shaklda bo’lib, suyuq muhitda osonlik bilan cho’kish xususiyatiga
ega. Zol holidagi kolloidlarning turli omillar ta’sirida bir-biri bilan yopishib,
tuplanib cho’kma hosil qilishi, ya’ni gel holatiga o’tishiga koagulyasiya, aksincha,
gel holatidagi kolloidlarning yana qayta tarqalib zol hosil bo’lishiga peptizasiya
jarayoni deyiladi. Koagulyasiya asosan turli elektrolitlar ta’sirida zoldagi
zaryadlarning yo’qolib, neytrallanish natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, tabiatda
koagullanish tuproqning qurishi yoki muzlashi natijasida ham ro’y beradi. Bunday
sharoitda elektrolitlarning zollarga ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
Gidrofob kolloidlarning elektorolitlar ta’sirida koagullanishi oson bo’lib,
gidrofil kolloidlarda esa faqat yuqori konsentrasiyali elektrolitlar bo’lganda yuzaga
keladi. Gidrofil kolloidlar ko’pincha zol hosil qilib, peptizasiya jarayonlarini
kuchaytiradi. Bunda ayniqsa kolloidlarning gidroksil (OH-) ionlari va yuqori
gidratlangan kationlar (masalan, Na) bilan to’yinganligi katta rol o’ynaydi.
Peptizasiya natijasida tuproq strukturasi buzilib, uning fizikaviy va suv xossalari
yomonlashadi. Kolloidlar koagullanishi asosan kolloidlar bilan elektrolitlar, ya’ni
tuproqning suyuq qismidagi tuz, kislotalar va ishqorlarning o’zaro ta’siri natijasida
vujudga keladi. Chunki bu elektrolitlar (CaCl2, NaOH, HCl) dissosilanish natijasida
musbat kationlar (Ca2+, Na+, H+) va manfiy zaryadli (Cl-, OH-) anionlarga ajraladi.
Ana shu kation yoki anionlar ta’sirida kolloid zarrachalar neytrallanadi va boshqa
kolloid misella tomonidan tortib olinib, koagullanadi. Tuproq kolloidlari ko’pincha
manfiy zaryadlanganligi sababli, bu hodisa musbat zaryadli ionlar ta’sirida ro’y
beradi.
Koagullanishning borish tezligi, shu jarayonda ishtirok etadigan kation yoki
anionlarning valentligiga, kolloidlar turiga va tuproqning mexanik hamda kimyoviy
tarkibiga bog’liq. Mineral kolloidlar organik kolloidlarga nisbatan reyaksiyaga
tezroq kirishadi, shuningdek bir valentli (Na+, K+) kationlar ikki va uch valentli
(Ca2+, Mg2+, Fe3+) kationlarga nisbatan koagullanishda sust ishtirok etadi.
K.K.Gedroys koagullanish qobiliyatiga ko’ra barcha kationlarni quyidagi liotrop
qatorga joylashtiradi:
Li+< Na+ < NH4+ < K+ < Mg2+ < H+ < Ca2+ < Ba2+ < Al3+ < Fe3+
Bir valentli kationlar bilan to’yingan kolloidlar asosan zol holatda bo’ladi; bir
valentli kationlar ikki va uch valentli kationlar bilan almashganda gel holatiga o’tadi.
Masalan, tuproq singdirish kompleksining natriy bilan to’yinishi natijasida zol hosil
bo’lib, tuproqning chang holatga kelishiga, tuproq kolliodlari zaryadining oshishi va
gidratlanishiga sabab bo’ladi. Natriyning kalsiy bilan almashinishi esa
koagullanishga va tuproqda suvga chidamli strukturaning yuzaga kelishiga olib
keladi. Ishqoriy reaksiya turli oksidlar kolloidlarining cho’kmaga tushishi va
organik hamda ba’zi mineral kolloidlarning zol holatiga o’tishini kuchaytiradi.
Kolloidlar koagullanishi qaytar va qaytmas bo’ladi. Bir valentli kationlar (Na+, K+,
H+) ta’sirida vujudga kelgan gel osonlik bilan yana zolga o’tganligi uchun uni qaytar
koagullanish deyiladi. Ikki va uch valentli ( Ca2+, Mg2+, Fe3+) kationlar ta’sirida
paydo bo’lgan gel yana qayta zolga o’tmaganligi uchun qaytmas koagullanish deb
ataladi. Qaytmas koagullanish tuproqdagi suvga chidamli strukturalarni hosil qiladi
va uni uzoq saqlab qoladi.
Musbat zaryadlangan kolliodlar koagullanishida anionlar qatnashadi. Lekin
ko’pchilik tuproq kolloidlari manfiy bo’lganidan, bu xildagi koagullanish kam
uchraydi. Tuproq qatlamlarida to’planadigan manfiy zaryadli organik va mineral
moddalarning musbat kolloidlari bir-biri bilan aralashib, o’zaro ta’sirlashuvidan
elektrolitsiz koagullanish vujudga keladi. Ana shunday koagullanish podzol va
sho’rtob tuproqlarning illyuvial gorizontlarida ko’p uchraydi. Neytral va unga yaqin
reaksiyali karbonatli tuproqlar (qora, kashtan va bo’z tuproqlar) dagi koagullanish
natijasida turli mayda zarrachalar birikib, mikrostrukturali va keyinchalik yirik
donador strukturalarni paydo qiladi. Natijada tuproqlarning fizik-suv, fizik-mexanik
xossalari yaxshilanadi. Demak tuproq kolliodlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan
koagullanish va singdirish jarayonlari dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega.
Tuproqning singdirish qobiliyati va uning turlari.
Tuproq komponentlari (qattiq, suyuq, gazsimon va biologik fazalari) ning
tevarak – atrof muhitdan turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, ayrim
molekulalar, kationlar va anionlarni almashinib yoki almashmasdan singdirish
xossasiga uning singdirish qobiliyati deyiladi.
Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari o’z tabiati bilan nihoyatda
murakkab bo’lib, jumladan, turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib,
ushlanib qolinishi yoki ularning bevosita singdirilmasligi kabi xilma-xil hodisalar
yig’indisini o’z ichiga oladi. Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy,
fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida ro’y beradi. Akademik
K.K.Gedroys tuproqda moddalarning singdirilishi (yutilishi) va bunda yuz
beradigan turli jarayonlarni e’tiborga olib, tuproqning singdirish qobiliyatini:
mexanik, biologik, kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy kabi besh turga ajratadi.
Mexanik singdirish qobiliyati. Atmosfera yog’inlari va sug’orish suvlaridagi
mayda loyqa zarrachalarning tuproq qatlamlarida to’liq yoki qisman ushlanib
qolinishiga mexanik singdirish deyiladi. Masalan, yerni loyqa suv bilan sug’organda
undagi mayda gard holidagi zarrachalar tuproqning g’ovaklarida mexanik ravishda
saqlanib qoladi. Mexanik singdirish tuproqning mexanik tarkibi va g’ovakligiga
bog’liq. Og’ir qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda qumloq va qumli
tuproqlarga nisbatan bunday singdirish yuqori bo’ladi. Tuproq zarrachalari orasidagi
kapillyar g’ovaklar qanchalik kichik bo’lsa, unda o’lchami kattaroq zarrachalar
shuncha ko’p to’planadi, shuningdek, zichlangan tuproqlarda g’ovaklikka nisbatan
mexanik singdirish kuchliroqdir.
Mexanik singdirish tuproqning muhim xossasi hisoblanadi. Bahorgi oqim
suvlardagi ko’plab loyqa zarrachalari va undagi oziq moddalar suv sizib o’tgandan
keyin, tuproqda singdirilib qolinadi. Tuproqning mexanik singdirish qobiliyatidan
dehqonchilikda
va
sug’orish
amaliyotida
keng
foydalaniladi.
Masalan,
dehqonlarimiz azaldan toshloq va qumli yerlarning fizik holatini yaxshilash, suvning
sizib ketishini kamaytirish maqsadida maydonlarga suv bilan loyqa yuborib,
yotqizishgan (kolmataj). Ana shu yo’l bilan toshloq yerlarni yaroqli holga
keltirishgan. Loyqa yotqizish hozirgi vaqtda g’ovak gipsli tuproqlarning fizikaviy
xossalarini yaxshilab borishda ham keng foydalanilishi mumkin.
O’rta Osiyoning qator daryolarining loyqa suvlari bilan (masalan, Amudaryo
suvida loyqa ko’p bo’ladi) yerni sug’organda tuproqda mexanik singdirilish
natijasida, loyqa bilan birga ko’plab oziqaviy moddalar to’planadi va tuproq
unumdorligi ham oshib boradi.
Biologik singdirish qobiliyati o’simliklar va tuproq mikroorganizmlarining
hayot faoliyati bilan bog’liq. O’simliklar rivojlanish davrida tuproq eritmasidan
o’ziga kerakli moddalarni tanlab oladi va ularni organik moddalarga aylantirib,
tuproqda mustahkam ushlab qoladi. Natijada o’simliklarning ildizi tarqalgan tuproq
qatlamlarida organik moddalar bilan bir qatorda, ko’plab har xil kul elementlari va
azot to’planadi va yuvilishdan saqlanib qolinadi. Dukkakli o’simliklarning 2
metrdan oshadigan ildizlari tuproqning pastki qatlamlaridan kaliy, fosfor, kalsiy,
oltingugurt kabi elementlarni so’rib olib, tuproqning yuqori qatlamlarida to’playdi.
Tuproq mikroorganizmlari organik moddalarni parchalab, kul elementlarini aktiv
o’zlashtiradi. Ba’zilari atmosferadagi azotni fiksasiyalab, ularni oqsil moddalarning
birikmalari holida tuproqda ushlab, mustahkamlaydi.
Demak, biologik singdirish natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur oziqa
moddalar, jumladan, azot to’planadi va tuproq unumdorligi yaxshilanib boradi.
Ye.N.Mishustin ma’lumoticha, madaniylashgan chimli podzol tuproqlarning har
gektarida bir yilda biologik singdirilish natijasida 120 kg azot, 40 kg fosfor, 25 kg
kaliy to’planadi.
Kimyoviy singdirish qobiliyati. Tuproqda kechadigan kimyoviy reaksiyalar
natijasida eritmadagi birikmalarning qiyin eriydigan holda cho’kmaga tushishi va
tuproqda mustahkam ushlanib qolinishiga kimyoviy singdirish deyiladi. Kimyoviy
yo’l bilan tuproqda aninonlardan SO2-4, CO2-3, H2PO4,HPO2-4, PO3-4, kationlardan
Ca2+, Mg2+, Fe3+, Al3+ singarilar singdirilishi mumkin. Tuproqqa tushadigan
atmosfera yog’inlari, sizot va sug’orish suvlari tarkibidagi kation va anionlar tuproq
eritmasidagi tuzlar bilan erimaydigan va qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi va
natijada tuproqda singib qoladi. Masalan:
1) TSK]Ca2+ + Na2SO4TCK]2Na + CaSO4;
2) TSK]Ca2+ + 2NaHCO3 TSK] 2 Na +Ca(HCO3)2
Ca (HCO3)2 H2O + CaCO3 +CO2;
3) Na2CO3 + CaSO4CaCO3 + Na2SO4;
4) Al(OH)3 + H3PO4AlPO4 +3H2O ;
Agar karbonatli yerga tarkibida fosfor kislotaning eriydigan tuzi bo’lgan
superfosfat Ca(H2PO4)2 solinsa, u holda bu tuz tuproq eritmasidagi kalsiy tuzlari
bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib, suvda qiyin eriydigan uch kalsiy fosfat
Ca3(PO4)2 hosil bo’ladi:
2 CaCO3 + Ca(H2PO4)2 = Ca3(PO4)2 + 2Na2CO3 + 2 H2CO3 → 2CO2 +2H2O
(ohak)(superfosfat)(cho’kma)
Ana shunday singdirilish natijasida o’simliklarning fosfordan foydalanish
koeffisiyenti juda kam (20-25 foiz). Shu sababli hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida
yaxshiroq eriydigan va o’simliklar uchun qulay bo’lgan o’g’it-ammofos
qo’llanilmoqda.
Kislotali tuproqlar (podzol, chimli-podzol, qizil tuproqlar) da temir va
alyuminiy gidrooksidlari ko’p bo’lganidan fosfor kislotasi ionlari bilan reaksiyaga
kirib, qiyin eriydigan temir va alyuminiy fosfatlari vujudga keladi.
Demak, fosforli o’g’itlardan foydalanilayotganda tuproqning kimyoviy
singdirish qobiliyatiga alohida e’tibor berish lozim.
Fizikaviy singdirish qobiliyati. Tuproqning mayda dispers (kolloid)
zarrachalari yuzasida turli moddalar konsentrasiyasi oshirilishiga fizikaviy
singdirish qobiliyati deyiladi. Tuproqdagi mayda zarrachalarning yuza energiyasi
ta’sirida turli gaz va suv bug’lari, mikroorganizmlar va organik moddalar fizik yo’l
bilan singdiriladi hamda ularni tuproqdan yuvilib ketishdan saqlaydi. Fizikaviy
singdirishda adsorbilanish ya’ni kolloidlar yuzasida moddalar konsentrasiyasining
ko’payishi yuz berganidan, bu singdirishga molekulyar singdirish yoki
adsorbilanish deb ham yuritiladi. Fizikaviy singdirish tuproqning mexanik va
mineral tarkibiga, gumus miqdoriga bog’liq. Mexanik zarrachalar qanchalik mayda
va gumus ko’p bo’lsa adsorbilanish xususiyati shuncha yuqori bo’ladi. Fizik yoki
molekulyar adsorbilanish natijasida organik moddalardan hosil bo’lgan ammoniy
kabi azot birikmalari hamda eritmadagi turli tuzlar tuproqda singdirilib, yuvilishdan
saqlanib qoladi.
Fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati. Tuproqning kolloid zarrachalari yuzasida
turli ionlarning singdirilishi va eritmadagi ionlar bilan ekvivalent miqdorida
almashinish qobiliyatiga fizik-kimyoviy yoki o’rin almashinadigan adsorblanish
(singdirish) deyiladi. Almashinadigan singdirishda kationlar va anionlar ishtirok
etadi. Ammo tuproq tarkibida ilgari aytilganidek, manfiy zaryadlangan kolloidlar
ko’proq bo’lganligi sababli, aksariyat hollarda kationlar almashuvi ro’y beradi.
Kationlarning singdirilishi. Tuproqdagi kationlar turli yo’llar jumladan,
o’zaro almashinish reaksiyalari natijasida erimaydigan cho’kma hosil qilishi tufayli
va kompensirlovchi ionlar qatlamida kationlarning o’rin almashinuvi yo’li bilan
hamda potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlamida almashinmaydigan holda
mustahkam ushlanib qolinishi natijasida singdiriladi.
Demak,
tuproqdagi
singdirilgan
kationlar
almashinuvchi
va
almashinmaydigan holda bo’lishi mumkin. Tuproq eritmasidagi kationlar bilan
tuproq orasidagi o’zaro ionlar almashinuvida nafaqat kimyoviy balki, fizik-
kimyoviy jarayonlar ham kechadi. K.K.Gedroys va boshqa olimlarning
tadqiqotlaridan ma’lumki, almashinish reaksiyasi qat’iy ekvivalent nisbatlarda
kechadi va almashinuv tezligi energiyasi kationlarning xossalariga, kolloidlar tarkibi
hamda eritmaning konsentrasiyasiga bog’liq.
Tuproq eritmasi ionlari kolloid zarrachalarining diffuziya va tashqi
kompensirlovchi (harakatsiz) qatlamidagi ionlar bilan qat’iy nisbatda (gramm-ekv
hisobida) almashinadi. Masalan, tuproq kolloid qismiga kalsiy kationi singdirilgan
bo’lsa, tuproqqa neytral tuz (masalan, KNO3) eritmasi quyilganda reaksiya
quyidagicha kechadi:
Eritmadagi kaliy tuproq tomonidan singdirilib, eritmaga esa ekvivalent
miqdorida kalsiy chiqadi.
Turli kationlarning almashinuv singdirishidagi energiyasi aktivligi bir xil
emas. Almashinish energiyasi kationlar valentligiga bog’liq. Valentligi qancha
yuqori bo’lsa, almashinuv energiyasi ham shuncha katta bo’ladi va tez almashinib,
tuproqda mustahkam ushlanib qoladi. Bir xil valentlikdagi kationlarning
singdirishdagi aktivligi esa ular atom og’irligining ko’payishi va ionlar
gidratasiyasining kamayishi bilan kuchayadi. Tuproqda uchraydigan kationlarni
ularning singdirilish aktivligiga ko’ra quyidagi qatorga joylashtiriladi:
Na+ < NH4+<K+ < Mg2+ < Ca2+ < H+ < Al3+ <Fe3+
Valentligi jihatdan vodorod bu qatorda alohida o’rin egallaydi va qonuniyatga
bo’ysunmaydi. Vodorod bir valentli bo’lsa-da, aktivligi jihatdan ikki valentli
kalsiydan yuqori. Buning asosiy sababi, vodorod ioni o’z atrofiga faqat bir
molekulali suv biriktirib olganligidan gidratasiya qatlamining qalin bo’lmasligidir.
Aktivligi katta bo’lgan kationlar tuproqda tez va mustahkam singdiriladi. Kationlar
singdirilishida
eritmaning
konsentrasiyasi
ham
muxim
rol
o’ynaydi.
Konsentrasiyaning oshishi bilan bir valentli kationlarning konsentrasiyasi
kamayganda esa ikki valentli kationlarning singdirilishi aktivlashadi. Demak, tuproq
qurib, undagi namning kamayishi bilan eritma konsentrasiyasi oshadi va bir valentli
kationlar ko’proq singdiriladi. Shuning uchun ham sho’rtoblarni kimyoviy
meliorasiyalayotganda (gipslashda) kalsiyning singish samarasini oshirish
maqsadida yerda ko’proq nam to’plab, uni saqlab turish chora-tadbirlarini ko’rish
lozim. Kationlarning singdirilishida kolloid zarrachalarning tarkibi va tuzilishi ham
muhim ahamiyatga ega. Masalan, ko’p qavatli kristall panjaralarga ega bo’lgan gilli
minerallar (montmorillonit, kaolinit va gidroslyudalar) da singdirish sifati va
energiyasi uning turli qavatlarida bir xil emas. Xullas, kationlarni singdirilish
energiyasi tuproqda kechadigan turli jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyatga
ega.
Tuproqdagi
almashinmaydigan
singdiriluvchi
kationlar.
Tuproqda
almashinuvchi kationlar bilan bir qatorda ma’lum miqdorda almashinmaydigan yoki
fiksasiyalangan kationlar ham bo’ladi. Bu kationlar tuproqni neytral tuz eritmalari
bilan ishlaganda, undan siqib chiqarilmaydi. Tuproqda almashinmaydigan tarzda
barcha kationlar singdirilsa-da, ammo K+ va NH4+ kationlari ko’proq fiksasiyalanib,
tuproqda mustahkam ushlanib qolinish xususiyatiga ega. Almashinmaydigan holda
singdirilgan kationlar tuproq bilan birikish mustahkamligiga ko’ra, kristall
panjaralardagi ionlar va singdiriluvchi kompleksdagi almashinuvchi kationlar
oralig’ida turadi. Almashinmaydigan singdirish noqulay hodisa bo’lib, uning
natijasida kaliy va ammoniy o’simliklarga juda kam o’tadigan holatga o’tadi.
Almashinmaydigan holda singdiriladigan kationlar miqdori tuproqning mexanik
tarkibi, kolloidlarning mineralogik tarkibiga hamda gumus miqdoriga bog’lik.
Demak, og’ir soz tuproqlarda yengil mexanik tarkibli tuproqlarga nisbatan
almashinmaydigan kationlar ko’proq bo’lib, gumusli gorizontlarda kamroq
fiksasiyalanadi.
Anionlarning singdirilishi. Tuproqlar kationlardan tashqari ba’zi anionlarni
ham singdiradi. Anionlarning singdirilishi turli omillarga: muhit reaksiyasiga,
anionlarning xossalari, tuproq kolloidlarining tuzilishi, kimyoviy tarkibi va
zaryadiga bog’liq. Anionlarning singdirilishida musbat zaryadangan kationlar katta
rol o’ynaydi. Anionlarning singdirilishida ular aktivligi bir xil emas.
Masalan: Cl- = NO3- < SO42- < CO32- < PO43- < OH-
Kationlar singari anionlarning singdirilishi ham ularning valentligiga bog’liq.
Ammo bu keltirilgan qatordan ko’rinib turibdiki, OH- (gidroksil) ionining
singdirilishi uch valentli ionlarga nisbatan ham yuqori bo’lib, ularning asosiy sababi
singdirilganda qiyin eriydigan birikmalar hosil qilishidir. Kislota reaksiyali
sharoitda anionlarning singdiriluvchanligi oshadi. Tuproqda ko’proq uchraydigan
anionlarning singdirilish aktivligiga ko’ra quyidagi uch gruppaga bo’linadi.
B i r i n ch i g r u p p a g a tuproqda kimyoviy jihatdan yaxshi singdiriladigan
anionlar kiradi. Bularga fosfor kislotasi anionlari (PO4-3, HPO4-2, H2PO4-) kiradi.
Muhit reaksiyasiga ko’ra eritmadagi bu anionlar nisbati o’zgaradi. Ko’proq bir
kalsiy fosfat (Ca(H2PO4)2·H2O) va natriy, ammoniy, kaliy fosfatlari ancha yaxshi
eriydi. Kamroq eriydigan tuzlariga ikki kalsiy fosfat (CaHPO4·2H2O), yomon