TUPROQ UNUMDORLIGI VA UNING AHAMIYATI. TUPROQ KOLLOIDLARI VA TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI
Yuklangan vaqt
2024-11-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
176,0 KB
TUPROQ UNUMDORLIGI VA UNING AHAMIYATI. TUPROQ
KOLLOIDLARI VA TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI
REJA
1. Tuproqning unimdorligi, ahamiyati
2. Tuproqning singdirish qobilyati va uning turlari
3. Tuproq singdirish qobilyatining ekologik ahamiyati.
Kalit so’zlar: tuproq kolloidlari, singdirish, kationlar, singdirish sig’imi,
unumdorlik, singdirish kompleksi TSK, atsidoitlar, bazoidlar.
Tuproqning singdirish qobilyati va uning turlari
Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida turli tog’ jinslari, minerallar va
organik moddalarning to’xtovsiz maydalanishi va parchalanishi yuzaga keladi,
hamda tuproq tarkibida zarralar aralashmasi- dispers sistema hosil bo’ladi. Dispers
sistemadagi o’lchami 0,2 dan 0,001 м (mikron) gacha bo’lgan zarrachalarga tuproq
kolloidlari deyiladi. Ularning miqdori har xil bo’lib, tuproq massasiga nisbatan 1-2
dan 30-40 foizgacha o’zgarib turadi. Tuproq kolloidlari ham boshqa barcha
kolloidlar singari xossalarga ega bo’lsa-da, ayrim xususiyatlari jumladan, ularni
tashkil etuvchi moddalarning sifat tarkibi bilan farq qiladi. Odatda zarrachalar
o’lchami 1 mikrondan kichik bo’lganda kolloid xossasi ro’y beradi. Shuning uchun
kolloidlarga qadarli fraksiyalar (1-0,2м) ham ajratiladi. Kolloidlar xossasiga ega
bo’lgan barcha zarrachalar yig’indisiga t u p r o q n i n g k o l l o i d kompleks i yoki
K.K. Gedroys bo’yicha t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh k o m p l e k s i (TSK)
deyiladi.
Tuproqning singdirish kompleksi jumladan kolloidlar tuproqda kechadigan
moddalarning singdirishi va almashinishi kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.
Tuproqning turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalarni o’zida singdirishi yoki
kolloidlar yuzasida ular konsentrasiyasini oshirish xossasiga t u p r o q n i n g s i n
g d i r i sh q o b i l i ya t i deyiladi.
Tuproqning eritmadan ba’zi moddalarni o’zida singdirib qolish qobiliyati uzoq
o’tmishdan ma’lum. Yunon olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 y) va XVI asrda
Bekon Berberi sho’r suvni tuproq qatlamlari orqali o’tkazib, chuchuk suv olish
tajribalarini o’tkazadi.
Angliyalik olimlar Tompson va Spens 1845 yilda dastlabki laboratoriya
tadqiqotlarida tuproqda almashinish qobiliyatiga ega bo’lgan asoslar borligi
ko’rsatib o’tildi. Angliyalik olim D.T.Uey tuproq eritmadagi birikmalarni tuz holida
emas, balki tuzlarning asoslarinigina singdiradi; tuproq bilan eritma orasidagi
almashinish reaksiyasi juda tez-darhol va ekvivalent miqdorida bo’ladi. Agar
eritmada erkin holdagi ishqorlar (NaOH, KOH kabi) bo’lsa, ular tuproqda to’liq
singdiriladi (adsorbilanadi) degan xulosalarga keldi.
V.V.Dokuchayev,
P.A.Kostichev,
A.N.Sabaninlar
o’z
tadqiqotlarida
tuproqning singdirish qobiliyatini o’rganishga alohida e’tibor berdilar. Ayniqsa
tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyatini o’rganish borasida jahon miqyosidagi
yangiliklar bilan boyitgan olim K.K.Gedroysning xizmatlari alohida ahamiyatga
ega. Ko’p yillik ilmiy-tadqiqod ishlarining natijalari akademik K.K.Gedroysning
«Tuproqning singdirish qobilyati haqida ta’limot» (1922) asarida bosilib chiqdi.
Tuproqning singdirish qobiliyati haqidagi ta’limotni keyinchalik yanada
rivojlanishida G.Vigner, S.Matson, Ye.N.Gapon (20-30 yillarda) va so’ngra
A.N.Sokolovskiy, N.P.Remezev, A.f.Tyulin, I.N.Antipov-Karatayev, S.N.Alyoshin,
N.I.Gorbunov, F.Kelli va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi. Tuproqning
singdirish jarayonlarida kolloidlar asosiy ahamiyatga ega.
Tuproq kolloidlari asosan ikki yo’l: yirik zarralarning mexanik va kimyoviy
nurab, maydalanishi hamda molekulalar va ionlarning kimyoviy, fizikaviy yo’llar
bilan birikishi (kondensasiyasi) natijasida hosil bo’ladi. Tarkibiga ko’ra tuproq
kolloidlari mineral, organik va ular kompleksidan iborat organik-mineral
gruppalarga bo’linadi. Tuproq kolloidlarining xarakterli xususiyati ular solishtirma
yuzasi: (ya’ni ma’lum massa yoki hajmdagi tuproq zarrachalarining yuzasi, m2 yoki
sm2 hisobida) ning katta bo’lishi va shunga ko’ra sathiy energiyasining yuqori
bo’lishidir. Buni tasavvur etish uchun 1 sm3 hajmdagi qattiq jismni tashkil etuvchi
barcha kublar yuzasi maydonini hisoblashdan olingan quyidagi raqamlarni keltirish
kifoya (28-jadval).
28-jadval
Kublar tomonlari yuzasining maydoni (K.K.Gedroys bo’yicha)
Qirrasining uzunligi,
sm
Kublar soni
Tomonlarining
umumiy maydoni, sm2
1
1
6
0,1
103
60
0,01
106
600
0,001
109
6000
0,0000001
1021
60000000
Demak, 1sm3 hajmdagi maydonni million marotaba maydalaganda, barcha
kublar tomonlarining umumiy maydoni 60000000 sm2 yoki 0,6 ga ni tashkil etadi.
Kolloidlarning solishtirma yuzasi tuproqning kimyoviy aktivligini belgilovchi
sharoitlardan biridir. Turli tuproqlar singdirish qobiliyatining xususiyatlari,
ko’pincha tuproq singdirish kompleksi (TSK) jumladan kolliodlarning tarkibi va
tuzilishiga bog’liq.
Har qanday jismni parchalash yoki eritish yoki boshqa yo’l bilan turli
kattalikdagi zarrachalarga qadar maydalash mumkin. Jism changlangan holatda
dispers sistemani tashkil etadi, qaysiki unda ikki qism ajratiladi: dispers faza va
dispers muhit. Dispers faza – maydalangan jism zarrachalarining yig’indisi. Dispers
muhit – ushbu zarrachalar tarqalgan suyuqlik, gazsimon yoki kattiq jism.
Tuproq, doimiy bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashuvdagi, barcha tipdagi dispers
sistemalar yig’indisi hisoblanadi.
Tuproq kolloidlarining tuzilishi va holati. Tuproq kolloidlari nihoyatda
kichik ultramikroskopik zarracha bo’lsada juda murakkab tuzilgan. Kolloid
zarracha, ular yuzasidagi ionlar qatlami bilan birga kolliod misella deyiladi.
Kimyoviy tarkibidan qat’iy nazar kolloid misella asosan uch qavatdan - yadro,
ichki qavat va sirtqi qavatdan iborat. Kolloid misella asosini uning yadrosi tashkil
etadi. Yadro kimyoviy jihatdan murakkab birikma bo’lib, amorf yoki kristalik
tuzilishlidir. Mineral kolloidlar yadrosi asosan alyumokislotalar hamda ba’zan
kremniy kislota, temir va alyuminiy oksidlaridan tashkil topgan. Organik kolloidlar
yadrosi asosan gumin kislotasi, fulvokislotalari, protein, kletchatka va boshqa
murakkab organik moddalardan iborat. Yadro ustida ikkita qarama-qarshi
zaryadlangan ionli qatlam joylashgan. Bevosita yadro ustida joylashgan ionlarga
potensiallarni aniqlovchi (potensiallovchi) ionlar, tashqi qatlamdagi ionlarga
kompensirlovchi yoki harakatsiz ionlar qatlami deyiladi.
Potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlami ko’pincha manfiy zaryadlangan bo’lib,
kompensirlovchi qatlam esa, shu manfiy zaryadlarga teng keladigan miqdordagi
musbat ionlari zaryadlaridan iborat. Kompensirlovchi ionlar tuproqshunoslikda
almashinuvchi yoki singdiriluvchi kationlar ham deyiladi. Ko’pchilik singdirilgan
kationlar potensiallarni aniqlovchi ionlar yonida joylashgan bo’lib, harakatsiz ionlar
qatlamini tashkil etadi. Singdirilgan kationlarning oz qismi potensiallarni aniqlovchi
ionlar qatlamidan ancha uzoqroq masofada joylashib, diffuziya qatlamini hosil
qiladi. Misella yadrosi potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlami bilan birga granula
deyiladi. Granula kompensirlovchi ionlarning harakatsiz qatlami bilan birga kolliod
zarracha deb ataladi.
Zaryadlanishiga ko’ra tuproq kolloidlari uch gruppaga ajratiladi.
Asidoidlar - zarracha manfiy zaryadlangan bo’lib almashinuvchi ionlar
vodorod va boshqa kationlar hisoblanadi.
Bazoidlar - zarracha musbat zaryadlangan bo’lib, almashinuvchi ionlar
gidroksil va boshqa ionlardan tashkil topgan.
Amfolitoidlar - zarracha musbat yoki manfiy zaryadlangan bo’lishi mumkin.
Eritmadagi
vodorod
ionlarining
konsentrasiyasiga
ko’ra
amfolitoidlarda
almashinuvchi vodorod yoki gidroksil ionlari mavjud bo’ladi. Shuning uchun ular
muhit reaksiyasiga qarab asidoid yoki bazoidlarga o’xshaydi. Amfolitoidlarga temir
va alyuminiy gidroksidlarining kolloidlari kiradi. Kolloid zarrachalar elektr
zaryadiga ega bo’lganligi sababli suv molekulalarini tortib olib gidratlanadi va o’z
yuzasida suv pardasini hosil qiladi. Suv pardasining qalinligi kolloidlarning tarkibi,
tabiati va zaryadlari miqdoriga ko’ra har xildir.
Qalin suv pardasi bilan o’ralgan kolloidlarga gidrofil va yaxshi gidratlanmagan
kolloidlarga gidrofob kolloidlar deyiladi. Tuproqdagi gumus kislotalari, oqsillar va
kremniy kislotasining kolloidlari gidrofil bo’lib, temir va alyuminiy gidrati oksidlari
va kaolinit gruppasi minerallarining kolloidlari gidrofobdir. Suv pardasi kolloid
zarrachalarning bir-biriga ta’sir kuchini pasaytiradi, ularning birikishi kamayib,
qiyin koagullanadi.
Tuproq kolloidlari ham boshqa kolloidlar kabi ikki, ya’ni zol va gel holida
bo’ladi. Zol holidagi kolloid suyuq muhitda erigan va tarqoq holatda bo’lib, bir xil
zaryadli (ko’pincha manfiy) bo’lganida to’xtovsiz harakat qilib turadi. Gel holidagi
kolloid aksincha har xil zaryadli bir qancha kolloid zarrachalar yig’indisidan iborat,
yopishqoq quyqa shaklda bo’lib, suyuq muhitda osonlik bilan cho’kish xususiyatiga
ega. Zol holidagi kolloidlarning turli omillar ta’sirida bir-biri bilan yopishib,
tuplanib cho’kma hosil qilishi, ya’ni gel holatiga o’tishiga koagulyasiya, aksincha,
gel holatidagi kolloidlarning yana qayta tarqalib zol hosil bo’lishiga peptizasiya
jarayoni deyiladi. Koagulyasiya asosan turli elektrolitlar ta’sirida zoldagi
zaryadlarning yo’qolib, neytrallanish natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, tabiatda
koagullanish tuproqning qurishi yoki muzlashi natijasida ham ro’y beradi. Bunday
sharoitda elektrolitlarning zollarga ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
Gidrofob kolloidlarning elektorolitlar ta’sirida koagullanishi oson bo’lib,
gidrofil kolloidlarda esa faqat yuqori konsentrasiyali elektrolitlar bo’lganda yuzaga
keladi. Gidrofil kolloidlar ko’pincha zol hosil qilib, peptizasiya jarayonlarini
kuchaytiradi. Bunda ayniqsa kolloidlarning gidroksil (OH-) ionlari va yuqori
gidratlangan kationlar (masalan, Na) bilan to’yinganligi katta rol o’ynaydi.
Peptizasiya natijasida tuproq strukturasi buzilib, uning fizikaviy va suv xossalari
yomonlashadi. Kolloidlar koagullanishi asosan kolloidlar bilan elektrolitlar, ya’ni
tuproqning suyuq qismidagi tuz, kislotalar va ishqorlarning o’zaro ta’siri natijasida
vujudga keladi. Chunki bu elektrolitlar (CaCl2, NaOH, HCl) dissosilanish natijasida
musbat kationlar (Ca2+, Na+, H+) va manfiy zaryadli (Cl-, OH-) anionlarga ajraladi.
Ana shu kation yoki anionlar ta’sirida kolloid zarrachalar neytrallanadi va boshqa
kolloid misella tomonidan tortib olinib, koagullanadi. Tuproq kolloidlari ko’pincha
manfiy zaryadlanganligi sababli, bu hodisa musbat zaryadli ionlar ta’sirida ro’y
beradi.
Koagullanishning borish tezligi, shu jarayonda ishtirok etadigan kation yoki
anionlarning valentligiga, kolloidlar turiga va tuproqning mexanik hamda kimyoviy
tarkibiga bog’liq. Mineral kolloidlar organik kolloidlarga nisbatan reyaksiyaga
tezroq kirishadi, shuningdek bir valentli (Na+, K+) kationlar ikki va uch valentli
(Ca2+, Mg2+, Fe3+) kationlarga nisbatan koagullanishda sust ishtirok etadi.
K.K.Gedroys koagullanish qobiliyatiga ko’ra barcha kationlarni quyidagi liotrop
qatorga joylashtiradi:
Li+< Na+ < NH4+ < K+ < Mg2+ < H+ < Ca2+ < Ba2+ < Al3+ < Fe3+
Bir valentli kationlar bilan to’yingan kolloidlar asosan zol holatda bo’ladi; bir
valentli kationlar ikki va uch valentli kationlar bilan almashganda gel holatiga o’tadi.
Masalan, tuproq singdirish kompleksining natriy bilan to’yinishi natijasida zol hosil
bo’lib, tuproqning chang holatga kelishiga, tuproq kolliodlari zaryadining oshishi va
gidratlanishiga sabab bo’ladi. Natriyning kalsiy bilan almashinishi esa
koagullanishga va tuproqda suvga chidamli strukturaning yuzaga kelishiga olib
keladi. Ishqoriy reaksiya turli oksidlar kolloidlarining cho’kmaga tushishi va
organik hamda ba’zi mineral kolloidlarning zol holatiga o’tishini kuchaytiradi.
Kolloidlar koagullanishi qaytar va qaytmas bo’ladi. Bir valentli kationlar (Na+, K+,
H+) ta’sirida vujudga kelgan gel osonlik bilan yana zolga o’tganligi uchun uni qaytar
koagullanish deyiladi. Ikki va uch valentli ( Ca2+, Mg2+, Fe3+) kationlar ta’sirida
paydo bo’lgan gel yana qayta zolga o’tmaganligi uchun qaytmas koagullanish deb
ataladi. Qaytmas koagullanish tuproqdagi suvga chidamli strukturalarni hosil qiladi
va uni uzoq saqlab qoladi.
Musbat zaryadlangan kolliodlar koagullanishida anionlar qatnashadi. Lekin
ko’pchilik tuproq kolloidlari manfiy bo’lganidan, bu xildagi koagullanish kam
uchraydi. Tuproq qatlamlarida to’planadigan manfiy zaryadli organik va mineral
moddalarning musbat kolloidlari bir-biri bilan aralashib, o’zaro ta’sirlashuvidan
elektrolitsiz koagullanish vujudga keladi. Ana shunday koagullanish podzol va
sho’rtob tuproqlarning illyuvial gorizontlarida ko’p uchraydi. Neytral va unga yaqin
reaksiyali karbonatli tuproqlar (qora, kashtan va bo’z tuproqlar) dagi koagullanish
natijasida turli mayda zarrachalar birikib, mikrostrukturali va keyinchalik yirik
donador strukturalarni paydo qiladi. Natijada tuproqlarning fizik-suv, fizik-mexanik
xossalari yaxshilanadi. Demak tuproq kolliodlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan
koagullanish va singdirish jarayonlari dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega.
2. Tuproqning singdirish qobilyati va uning turlari. Tuproq komponentlari
(qattiq, suyuq, gazsimon va biologik fazalari) ning tevarak – atrof muhitdan turli
qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, ayrim molekulalar, kationlar va anionlarni
almashinib yoki almashmasdan singdirish xossasiga uning singdirish qobiliyati
deyiladi.
Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari o’z tabiati bilan nihoyatda
murakkab bo’lib, jumladan, turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib,
ushlanib qolinishi yoki ularning bevosita singdirilmasligi kabi xilma-xil hodisalar
yig’indisini o’z ichiga oladi. Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy,
fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida ro’y beradi. Akademik
K.K.Gedroys tuproqda moddalarning singdirilishi (yutilishi) va bunda yuz
beradigan turli jarayonlarni e’tiborga olib, tuproqning singdirish qobiliyatini:
mexanik, biologik, kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy kabi besh turga ajratadi.
Mexanik singdirish qobiliyati. Atmosfera yog’inlari va sug’orish suvlaridagi
mayda loyqa zarrachalarning tuproq qatlamlarida to’liq yoki qisman ushlanib
qolinishiga mexanik singdirish deyiladi. Masalan, yerni loyqa suv bilan sug’organda
undagi mayda gard holidagi zarrachalar tuproqning g’ovaklarida mexanik ravishda
saqlanib qoladi. Mexanik singdirish tuproqning mexanik tarkibi va g’ovakligiga
bog’liq. Og’ir qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda qumloq va qumli
tuproqlarga nisbatan bunday singdirish yuqori bo’ladi. Tuproq zarrachalari orasidagi
kapillyar g’ovaklar qanchalik kichik bo’lsa, unda o’lchami kattaroq zarrachalar
shuncha ko’p to’planadi, shuningdek, zichlangan tuproqlarda g’ovaklikka nisbatan
mexanik singdirish kuchliroqdir.
Mexanik singdirish tuproqning muhim xossasi hisoblanadi. Bahorgi oqim
suvlardagi ko’plab loyqa zarrachalari va undagi oziq moddalar suv sizib o’tgandan
keyin, tuproqda singdirilib qolinadi. Tuproqning mexanik singdirish qobiliyatidan
dehqonchilikda
va
sug’orish
amaliyotida
keng
foydalaniladi.
Masalan,
dehqonlarimiz azaldan toshloq va qumli yerlarning fizik holatini yaxshilash, suvning
sizib ketishini kamaytirish maqsadida maydonlarga suv bilan loyqa yuborib,
yotqizishgan (kolmataj). Ana shu yo’l bilan toshloq yerlarni yaroqli holga
keltirishgan. Loyqa yotqizish hozirgi vaqtda g’ovak gipsli tuproqlarning fizikaviy
xossalarini yaxshilab borishda ham keng foydalanilishi mumkin.
O’rta Osiyoning qator daryolarining loyqa suvlari bilan (masalan, Amudaryo
suvida loyqa ko’p bo’ladi) yerni sug’organda tuproqda mexanik singdirilish
natijasida, loyqa bilan birga ko’plab oziqaviy moddalar to’planadi va tuproq
unumdorligi ham oshib boradi.
Biologik singdirish qobiliyati o’simliklar va tuproq mikroorganizmlarining
hayot faoliyati bilan bog’liq. O’simliklar rivojlanish davrida tuproq eritmasidan
o’ziga kerakli moddalarni tanlab oladi va ularni organik moddalarga aylantirib,
tuproqda mustahkam ushlab qoladi. Natijada o’simliklarning ildizi tarqalgan tuproq
qatlamlarida organik moddalar bilan bir qatorda, ko’plab har xil kul elementlari va
azot to’planadi va yuvilishdan saqlanib qolinadi. Dukkakli o’simliklarning 2
metrdan oshadigan ildizlari tuproqning pastki qatlamlaridan kaliy, fosfor, kalsiy,
oltingugurt kabi elementlarni so’rib olib, tuproqning yuqori qatlamlarida to’playdi.
Tuproq mikroorganizmlari organik moddalarni parchalab, kul elementlarini aktiv
o’zlashtiradi. Ba’zilari atmosferadagi azotni fiksasiyalab, ularni oqsil moddalarning
birikmalari holida tuproqda ushlab, mustahkamlaydi.
Demak, biologik singdirish natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur oziqa
moddalar, jumladan, azot to’planadi va tuproq unumdorligi yaxshilanib boradi.
Ye.N.Mishustin ma’lumoticha, madaniylashgan chimli podzol tuproqlarning har
gektarida bir yilda biologik singdirilish natijasida 120 kg azot, 40 kg fosfor, 25 kg
kaliy to’planadi.
Kimyoviy singdirish qobiliyati. Tuproqda kechadigan kimyoviy reaksiyalar
natijasida eritmadagi birikmalarning qiyin eriydigan holda cho’kmaga tushishi va
tuproqda mustahkam ushlanib qolinishiga kimyoviy singdirish deyiladi. Kimyoviy
yo’l bilan tuproqda aninonlardan SO2-4, CO2-3, H2PO4,HPO2-4, PO3-4, kationlardan
Ca2+, Mg2+, Fe3+, Al3+ singarilar singdirilishi mumkin. Tuproqqa tushadigan
atmosfera yog’inlari, sizot va sug’orish suvlari tarkibidagi kation va anionlar tuproq
eritmasidagi tuzlar bilan erimaydigan va qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi va
natijada tuproqda singib qoladi. Masalan:
1)
TSK]Ca2+ + Na2SO4TCK]2Na + CaSO4;
2) TSK]Ca2+ + 2NaHCO3 TSK] 2 Na +Ca(HCO3)2
Ca (HCO3)2 H2O + CaCO3 +CO2;
3)
Na2CO3 + CaSO4CaCO3 + Na2SO4;
4) Al(OH)3 + H3PO4AlPO4 +3H2O ;
Agar karbonatli yerga tarkibida fosfor kislotaning eriydigan tuzi bo’lgan
superfosfat Ca(H2PO4)2 solinsa, u holda bu tuz tuproq eritmasidagi kalsiy tuzlari
bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib, suvda qiyin eriydigan uch kalsiy fosfat
Ca3(PO4)2 hosil bo’ladi:
2 CaCO3 + Ca(H2PO4)2 = Ca3(PO4)2 + 2Na2CO3 + 2 H2CO3 → 2CO2 +2H2O
(ohak)(superfosfat)(cho’kma)
Ana shunday singdirilish natijasida o’simliklarning fosfordan foydalanish
koeffisiyenti juda kam (20-25 foiz). Shu sababli hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida
yaxshiroq eriydigan va o’simliklar uchun qulay bo’lgan o’g’it-ammofos
qo’llanilmoqda.
Kislotali tuproqlar (podzol, chimli-podzol, qizil tuproqlar) da temir va
alyuminiy gidrooksidlari ko’p bo’lganidan fosfor kislotasi ionlari bilan reaksiyaga
kirib, qiyin eriydigan temir va alyuminiy fosfatlari vujudga keladi.
Demak, fosforli o’g’itlardan foydalanilayotganda tuproqning kimyoviy
singdirish qobiliyatiga alohida e’tibor berish lozim.
Fizikaviy singdirish qobiliyati. Tuproqning mayda dispers (kolloid)
zarrachalari yuzasida turli moddalar konsentrasiyasi oshirilishiga fizikaviy
singdirish qobiliyati deyiladi. Tuproqdagi mayda zarrachalarning yuza energiyasi
ta’sirida turli gaz va suv bug’lari, mikroorganizmlar va organik moddalar fizik yo’l
bilan singdiriladi hamda ularni tuproqdan yuvilib ketishdan saqlaydi. Fizikaviy
singdirishda adsorbilanish ya’ni kolloidlar yuzasida moddalar konsentrasiyasining
ko’payishi yuz berganidan, bu singdirishga molekulyar singdirish yoki
adsorbilanish deb ham yuritiladi. Fizikaviy singdirish tuproqning mexanik va
mineral tarkibiga, gumus miqdoriga bog’liq. Mexanik zarrachalar qanchalik mayda
va gumus ko’p bo’lsa adsorbilanish xususiyati shuncha yuqori bo’ladi. Fizik yoki
molekulyar adsorbilanish natijasida organik moddalardan hosil bo’lgan ammoniy
kabi azot birikmalari hamda eritmadagi turli tuzlar tuproqda singdirilib, yuvilishdan
saqlanib qoladi.
Fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati. Tuproqning kolloid zarrachalari yuzasida
turli ionlarning singdirilishi va eritmadagi ionlar bilan ekvivalent miqdorida
almashinish qobiliyatiga fizik-kimyoviy yoki o’rin almashinadigan adsorblanish
(singdirish) deyiladi. Almashinadigan singdirishda kationlar va anionlar ishtirok
etadi. Ammo tuproq tarkibida ilgari aytilganidek, manfiy zaryadlangan kolloidlar
ko’proq bo’lganligi sababli, aksariyat hollarda kationlar almashuvi ro’y beradi.
Kationlarning singdirilishi. Tuproqdagi kationlar turli yo’llar jumladan, o’zaro
almashinish reaksiyalari natijasida erimaydigan cho’kma hosil qilishi tufayli va
kompensirlovchi ionlar qatlamida kationlarning o’rin almashinuvi yo’li bilan hamda
potensiallarni aniqlovchi ionlar qatlamida almashinmaydigan holda mustahkam
ushlanib qolinishi natijasida singdiriladi.
Demak, tuproqdagi singdirilgan kationlar almashinuvchi va almashinmaydigan
holda bo’lishi mumkin. Tuproq eritmasidagi kationlar bilan tuproq orasidagi o’zaro
ionlar almashinuvida nafaqat kimyoviy balki, fizik-kimyoviy jarayonlar ham
kechadi. K.K.Gedroys va boshqa olimlarning tadqiqotlaridan ma’lumki,
almashinish reaksiyasi qat’iy ekvivalent nisbatlarda kechadi va almashinuv tezligi
energiyasi kationlarning xossalariga, kolloidlar tarkibi hamda eritmaning
konsentrasiyasiga bog’liq.
Tuproq eritmasi ionlari kolloid zarrachalarining diffuziya va tashqi
kompensirlovchi (harakatsiz) qatlamidagi ionlar bilan qat’iy nisbatda (gramm-ekv
hisobida) almashinadi. Masalan, tuproq kolloid qismiga kalsiy kationi singdirilgan
bo’lsa, tuproqqa neytral tuz (masalan, KNO3) eritmasi quyilganda reaksiya
quyidagicha kechadi:
Eritmadagi kaliy tuproq tomonidan singdirilib, eritmaga esa ekvivalent
miqdorida kalsiy chiqadi.
Turli kationlarning almashinuv singdirishidagi energiyasi aktivligi bir xil emas.
Almashinish energiyasi kationlar valentligiga bog’liq. Valentligi qancha yuqori
bo’lsa, almashinuv energiyasi ham shuncha katta bo’ladi va tez almashinib, tuproqda
mustahkam ushlanib qoladi. Bir xil valentlikdagi kationlarning singdirishdagi
aktivligi esa ular atom og’irligining ko’payishi va ionlar gidratasiyasining kamayishi
bilan kuchayadi. Tuproqda uchraydigan kationlarni ularning singdirilish aktivligiga
ko’ra quyidagi qatorga joylashtiriladi:
Na+ < NH4+<K+ < Mg2+ < Ca2+ < H+ < Al3+ <Fe3+
Valentligi jihatdan vodorod bu qatorda alohida o’rin egallaydi va qonuniyatga
bo’ysunmaydi. Vodorod bir valentli bo’lsa-da, aktivligi jihatdan ikki valentli
kalsiydan yuqori. Buning asosiy sababi, vodorod ioni o’z atrofiga faqat bir
molekulali suv biriktirib olganligidan gidratasiya qatlamining qalin bo’lmasligidir.
Aktivligi katta bo’lgan kationlar tuproqda tez va mustahkam singdiriladi. Kationlar
singdirilishida
eritmaning
konsentrasiyasi
ham
muxim
rol
o’ynaydi.
Konsentrasiyaning oshishi bilan bir valentli kationlarning konsentrasiyasi
kamayganda esa ikki valentli kationlarning singdirilishi aktivlashadi. Demak, tuproq
qurib, undagi namning kamayishi bilan eritma konsentrasiyasi oshadi va bir valentli
kationlar ko’proq singdiriladi. Shuning uchun ham sho’rtoblarni kimyoviy
meliorasiyalayotganda (gipslashda) kalsiyning singish samarasini oshirish
maqsadida yerda ko’proq nam to’plab, uni saqlab turish chora-tadbirlarini ko’rish
lozim. Kationlarning singdirilishida kolloid zarrachalarning tarkibi va tuzilishi ham
muhim ahamiyatga ega. Masalan, ko’p qavatli kristall panjaralarga ega bo’lgan gilli
minerallar (montmorillonit, kaolinit va gidroslyudalar) da singdirish sifati va
energiyasi uning turli qavatlarida bir xil emas. Xullas, kationlarni singdirilish
energiyasi tuproqda kechadigan turli jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyatga
ega.
Tuproqdagi
almashinmaydigan
singdiriluvchi
kationlar.
Tuproqda
almashinuvchi kationlar bilan bir qatorda ma’lum miqdorda almashinmaydigan yoki
fiksasiyalangan kationlar ham bo’ladi. Bu kationlar tuproqni neytral tuz eritmalari
bilan ishlaganda, undan siqib chiqarilmaydi. Tuproqda almashinmaydigan tarzda
barcha kationlar singdirilsa-da, ammo K+ va NH4+ kationlari ko’proq fiksasiyalanib,
tuproqda mustahkam ushlanib qolinish xususiyatiga ega. Almashinmaydigan holda
singdirilgan kationlar tuproq bilan birikish mustahkamligiga ko’ra, kristall
panjaralardagi ionlar va singdiriluvchi kompleksdagi almashinuvchi kationlar
oralig’ida turadi. Almashinmaydigan singdirish noqulay hodisa bo’lib, uning
natijasida kaliy va ammoniy o’simliklarga juda kam o’tadigan holatga o’tadi.
Almashinmaydigan holda singdiriladigan kationlar miqdori tuproqning mexanik
tarkibi, kolloidlarning mineralogik tarkibiga hamda gumus miqdoriga bog’lik.
Demak, og’ir soz tuproqlarda yengil mexanik tarkibli tuproqlarga nisbatan
almashinmaydigan kationlar ko’proq bo’lib, gumusli gorizontlarda kamroq
fiksasiyalanadi.
Anionlarning singdirilishi. Tuproqlar kationlardan tashqari ba’zi anionlarni
ham singdiradi. Anionlarning singdirilishi turli omillarga: muhit reaksiyasiga,
anionlarning xossalari, tuproq kolloidlarining tuzilishi, kimyoviy tarkibi va
zaryadiga bog’liq. Anionlarning singdirilishida musbat zaryadangan kationlar katta
rol o’ynaydi. Anionlarning singdirilishida ular aktivligi bir xil emas.
Masalan: Cl- = NO3- < SO42- < CO32- < PO43- < OH-
Kationlar singari anionlarning singdirilishi ham ularning valentligiga bog’liq.
Ammo bu keltirilgan qatordan ko’rinib turibdiki, OH- (gidroksil) ionining
singdirilishi uch valentli ionlarga nisbatan ham yuqori bo’lib, ularning asosiy sababi
singdirilganda qiyin eriydigan birikmalar hosil qilishidir. Kislota reaksiyali
sharoitda anionlarning singdiriluvchanligi oshadi. Tuproqda ko’proq uchraydigan
anionlarning singdirilish aktivligiga ko’ra quyidagi uch gruppaga bo’linadi.
B i r i n ch i g r u p p a g a tuproqda kimyoviy jihatdan yaxshi singdiriladigan
anionlar kiradi. Bularga fosfor kislotasi anionlari (PO4-3, HPO4-2, H2PO4-) kiradi.
Muhit reaksiyasiga ko’ra eritmadagi bu anionlar nisbati o’zgaradi. Ko’proq bir
kalsiy fosfat (Ca(H2PO4)2·H2O) va natriy, ammoniy, kaliy fosfatlari ancha yaxshi
eriydi. Kamroq eriydigan tuzlariga ikki kalsiy fosfat (CaHPO4·2H2O), yomon
eruvchan tuzlariga uch kalsiy fosfat [Ca3(PO4)2, shuningdek, alyuminiy, temir
fosfatlari kiradi. Fosforning bu birikmalari qiyin yoki kam eriganligi sababli
tuproqda singdirilib, fosfor tuproqdan yuvilib ketmaydi.
I k k i n ch i g r u p p a g a tuproqda singdirilmaydigan yoki manfiy
singdiriladigan anionlar, jumladan, suvda qiyin eriydigan tuzlar hosil qilmaydigan
Cl-, NO3- anionlari kiradi.
U ch i n ch i g r u p p a g a singdirilishi jihatdan yuqoridagi har ikkala gruppa
oralig’ida turuvchi (SO4-2, CO3-2, SiO22- kabi) anionlar kiradi. Bu anionlar muhit
sharoitiga ko’ra yaxshi yoki yomon erishi mumkin. Sulfat kislotasi anionlarini
tuproq juda kam singdiradi, ba’zan manfiy singdirilishi ro’y beradi. Tuproq tarkibida
kalsiy miqdori ko’p va namligi kamayganda, CaSO4 hosil bo’lib, cho’kmaga tushadi.
Magniy, kaliy, natriy sulfat tuzlari suvda yaxshi eriydi. Sho’rlangan yerlarni yuvib,
sulfat tuzlarini oson ketkazish mumkin. Gips (CaSO4 ·2H2O) suvda qiyin eriydi (1 l
suvda 2 g) va ba’zi tuproqlarda to’planib, alohida gipsli gorizont shakllanadi.
Tuproqdagi singdirilgan (almashinuvchi) kationlar tarkibi, singdirilish sig’imi
va ularning tuproq xossalariga ta’siri.
Turli tuproqlar almashinuvchi kationlar tarkibi bilan farq qiladi (29-jadval).
29-jadval
Asosiy tuproq tiplarida singdirilgan (almashinuvchi) kationlar miqdori
va singdirish sig’imi. 100 g tuproqda mg-ekv. (N.I.Gorbunov, 1978)
Tuproq turlari
Tuproq
gorizonti va
chuqurligi, sm
Ca2+
Mg2+
K+
Na+
H+
Al+3
Singdi-
rish
sig’imi
Chimli o’rtacha
podzollashgan
To’q tusli sur
o’rmon
Tipik qora
Sho’rtob
Bo’z
Qizil
A1
A2
B
C
A1
A1A2
B
BC
A
AB
C
A1
B1
B2
C
A
AB
C
A
B
C
1-5
20-30
50-60
180-190
0-7
20-30
70-80
170-180
0-10
70-80
160-170
0-5
18-23
45-60
95-100
0-5
20-25
70-75
0-10
30-40
150-200
28,1
1,9
6,2
4,4
35,4
14,3
11,9
14,9
43,9
27,8
27,6
10,3
16,1
17,1
14,0
7,8
6,8
4,1
2,4
2,8
0,3
6,6
1,4
2,1
2,9
3,5
2,0
3,0
3,0
9,6
9,6
9,5
5,1
9,3
8,0
6,5
0,4
0,9
4,2
1,7
1,3
0,9
Yo’q
-«»-
-«»-
-«»-
asari
-«»-
-«»-
-«»-
0,2
0,1
0,1
1,5
1,3
1,4
1,5
0,1
0,1
0,1
yo’q
-«»-
-«»-
Yo’q
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
0,1
0,05
0,05
0,5
2,4
2,5
2,7
0,2
0,2
0,2
yo’q
-«»-
-«»-
10,5
1,2
6,5
1,0
yo’q
-«»-
1,0
0,8
yo’q
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
7,3
5,1
10,8
45,2
4,4
14,8
8,3
38,9
16,3
15,9
18,7
53,7
37,5
37,2
17,2
29,1
29,4
24,7
8,5
8,0
8,6
11,4
9,3
12,0
Tuproqda singdirilgan kationlardan ko’pincha Ca2+, Mg2+, K+, Na+, NH4+ , H+,
Al3+, Fe3+. singarilar bo’ladi.
Tuproqdagi bu kationlar nisbati bir xil emas. Tuproqdagi almashinuvchi
kationlar tarkibiga ko’ra K.K.Gedroys barcha tuproqlarni asoslar bilan to’yingan va
to’yinmagan gruppalarga ajratadi. (16-rasm).
Asoslar bilan to’yingan tuproqlarga singdirish kompleksida singdirilgan
asoslardan Sa2+, Mg2+, va Na+ saqlovchi, asoslar bilan to’yinmagan tuproqlarga esa
asoslar bilan to’liq ravishda to’yinmagan hamda H+, Al3+, ionlari saqlovchi tuproqlar
kiradi. Asoslar bilan to’yinish darajasi turli tuproqlarda bir xil emas. Qora tuproqlar,
bo’z tuproqlar va kashtan tuproqlarda yuqori (100 foiz) bo’lib asoslar bilan
to’yinmagan chimli-podzol, sariq va qizil tuproqlarda to’liq bo’lmasdan 30-60 foizni
tashkil etadi.
16-rasm. Tuproqlarning asoslar bilan to’yinganlik darajasi
Almashinuvchi kationlar tarkibi tuproqlarning xossalari va o’simliklar o’sib
rivojlanishiga keskin ta’sir etadi. K.K.Gedroys almashinuvchi kationlarning
o’simliklarga bevosita o’tishi mumkinligini aniqlagan. TSKda kalsiy va o’simliklar
uchun zarur boshqa kationlar bo’lganda, eng qulay sharoit yaratilgan bo’ladi.
Singdirish kompleksida H+va Al3+ ionlari ko’payib ketganda tuproq eritmasining
kislotaliligi oshadi, Na+ bo’lganda esa (ko’pincha Mg2+ bilan birga) ishqoriyligi
oshib, tuproq xossalarini yomonlashtiradi va o’simliklar uchun noqulay sharoit
yuzaga keladi. Asoslar bilan to’yinmagan podzol va chimli podzol tuproqlarda Ca2+,
Mg2+, uncha ko’p bo’lmasdan H+, va Al3+, ning singdirish kompleksida ko’payishi
natijasida tuproq eritmasining reaksiyasi kislotali holatga o’tadi. Tuproq strukturasi
buziladi va umuman tuproq mineral qismining qator o’zgarishlariga sabab bo’ladi.
Kalsiy va magniy kationlari yuqori aktivlikka ega bo’lib, tuproqdagi organik va
mineral zarrachalar (zol) ning qaytmas koagulyasiyasini yuzaga keltiradi, natijada
kolloid moddalar yuvilmasdan tuproqda to’planib qoladi. Koagulyasiya tufayli
mexanik elementlar birikib turli agregatlarni va so’ngra agronomik nuqtai nazardan
mustahkam struktura hosil bo’ladi. Tuproq eritmasining reaksiyasi neytral yoki unga
yaqin bo’ladi. Ba’zan kalsiy va magniyning nisbati o’zgarib, Mg2+ ko’payib borsa
tuproqning xossalariga salbiy ta’sir etadi. Almashinuvchi magniyning oshishi
gumusli moddalarning eruvchanligini ko’paytiradi, magniy gumati o’simliklarning
ildiz sistemasiga zaharli ta’sir etadi. Ba’zan natriy bilan birga magniy tuproqlarning
sho’rtoblanishiga ham sabab bo’ladi. Magniyli sho’rtobsimon tuproqlar O’rta
Osiyoning qator rayonlarida, jumladan, Dalvarzin cho’li va boshqa joylarda hisobga
olingan (N.A.Rozanov, 1951). Sho’rtob va sho’rtobsimon tuproqlarning
almashinuvchi kationlari tarkibida kalsiy kam bo’lib, natriy ko’payadi (aytilganidek
ba’zan magniy ham rol o’ynaydi). Natriy, kolloidlarning gidrofillik xossasini
oshiradi, ularning suv bilan kuchli peptizasiyalanishiga olib keladi. Natriy bo’lganda
tuproq eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega. Tuproq strukturasiz bo’lib, kolloidlar
gidrofilligi natijasida tuproq kuchli ko’pchiydi va suvni o’tkazmaydi. Gidrofilligi
tufayli tuproqda o’simliklar uchun foydali nam kamayib ketadi. Demak, tuproqda
natriyning ko’payishi, uning unumdorligini pasaytirib yuboradi.
K a t i o n l a r n i n g s i n g d i r i sh s i g’ i m i. Eritmadagi neytral tuzlar ta’siri
bilan tuproq tarkibidan siqib chiqarilishi mumkin bo’lgan kationlarning umumiy
miqdori a l m a sh i n u v ch i k a t i o n l a r y i g’ i n d i s i n i (S) tashkil etadi
hamda 100 g tuproq ka nisbatan mg. ekv bilan ifodalanadi.
Almashinish xossasiga ega bo’lgan singdirilgan kationlar yig’indisiga
tuproqning s i n g d i r i sh s i g’ i m i yoki k a t i o n l a r n i n g a l m a sh i n i sh s
i g’ i m i (E) deyiladi. Singdirish sig’imi ham 100 g tuproqda mg/ekv hisobida
aniqlanadi. Turli tuproqlarda singdirish sig’imi 100 g tuproqda 3-70 mg/ekv gacha
o’zgarib turadi. Singdirish sig’imi tuproqdagi gumus miqdori, mexanik tarkibi,
kolloidlarning mineralogik tarkibi va miqdoriga bevosita bog’liq. Singdirish sig’imi
tuproq chirindisidagi gumin va fulvokislotalarning sifat ko’rsatkichlariga ham
bog’liq. Silikatsiz temir va alyuminiyning gumus bilan hosil qilgan organik-mineral
kompleksida singdirish sig’imi pasayadi. Chunki, Fe3+ va Al3+, gumusning aktiv
funksional qismini biriktirib, kationlar singishini kamaytiradi. Muhit reaksiyasining
o’zgarishi bilan kationlarning singdirilishi ham har xil bo’ladi. Ishqoriy sharoitda
gumus tarkibidagi gidroksil gruppaning aktivligi oshib, manfiy zaryadlar
ko’payganligidan, singdirish sig’imi ham ortadi.
Singdirish sig’imi turli tuproqlarning genetik gorizontlari bo’ylab ham
o’zgaradi.
Bundan ko’rinib turibdiki, qora tuproqlarda kationlarning singdirish sig’imi
yuqori bo’lib, ayniqsa ko’p gumusli qismi bu jihatdan aktivdir (100 g tuproqda 53,7
mg ekv). Chimli podzol tuproqlarda singdirish sig’imi juda o’zgaruvchan bo’lib,
ayniqsa podzol (A2) gorizontida ancha pastdir. Bo’z tuproqlarning singdirish sig’imi
yuqori qatlamda biroz ko’p bo’lsada, umuman gorizontlari bo’yicha deyarli bir xil
(8,0-8,6 mg/ekv). Singdirish sig’imi tuproqlarning muhim ko’rsatkichlaridan biri.
Singdirish sig’imi qanchalik yuqori bo’lsa, o’simliklar uchun zarur kimyoviy
elementlar (Ca, Mg, K) tuproqda yuvilishdan saqlanib qolinadi. Tuproq muhiti
reaksiyasining mo’tadilligini va umuman tuproq unumdorligining yuqori holatda
saqlanishini ta’minlaydi.
3. Tuproq singdirish qobilyatining ekologik ahamiyati. Singdirish qobiliyati
tuproqning eng muhim xossalaridan biri hisoblanadi, chunki u tuproq paydo bo’lish
va unumdorligining rivojlanish jarayonlarida qatnashadi. Singdirish qobiliyati,
o’simliklar va mikroorganizmlar uchun oziqa elementlarining to’planishini
taminlashi sababli, tuproqning oziqa rejimini tartibga soladi, bundan tashqari tuproq
reaksiyasi, uning buferlik darajasi, suv – fizik xossalarini ham tartibga solishda
ishtrok etadi.
Tuproqning singdirish qobiliyati xususiy tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning
rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, tuproq paydo bo’lishi
maxsulotlarining to’planish jadalligi va gumusli – akkumulyativ gorizontning
shakllanishiga tuproqning singdirish qobiliyati sezilarli darajada ta’sir etadi.
Tuproqning singdirish qobiliyatini, uning ayrim genetik gorizontlarini, tuproq,
ona jinslar komponentlarini va boshqalarni nadqiq qilishda tadqiqotchilar va
amaliyotchilar kationlarning almashinish sig’imi o’lchamining katta turli –
tumanligiga duch keladi. Ushbu turli tumanlikni quyidagicha gruppalashtirish
mumkin.
Ayrim singdirilgan kationlarning tuproqda sodir bo’ladigan turli xildagi
xodisalar mohiyatiga ta’siri natijasi birxil ahamiyatga ega emas. Ayrim
almashinuvchi kationlarning ekologik ahamiyatini quyidagi umumlashtirilgan
ma’lumotlar asosida bilish mumkin:
Kalsiy (Ca2+) - Almashinuvchi kalsiy, ko’p qirrali ahamiyati tufayli –
unumdorlikni saqlovchi kation hisoblanadi. U so’zsiz barcha tuproqlarda, ammo
turli miqdorda va boshqa kationlar bilan turli nisbatda uchraydi. Uning optimal
miqdori kationlar almashinish sig’imidan 80-90%. Ushbu miqdor tipik qora
tuproqlar uchun xarakterli.
Kationlar
almashinish
sig’imi, 100 g
tuproqda mg- ekv.
Tadqiqot obyektlari
3 - 5
Singdirish
qobiliyati
eng
past,
qariyib
butunlay
kremnezem va kvarsdan tashkil topgan, podzol tuproqlar
elyuvial gorizontida kuzatiladi.
5 - 10
Juda past miqdor. Bular dalashpatli qumlar, qumli va
qumloq
tuproqlar,
granulometrik
tarkibida
changli
fraksiyalarni ko’p saqlaydigan karbonatli lesslar, kam gumusli
bo’z, sur tusli qo’ng’ir va qumli cho’l tuproqlarida kuzatiladi.
10 – 15
Singdirish qobiliyati past. Bu yengil qumoq tarkibli
tuproqlarga xos va shuningdek nam tropik va subtropiklar
uchun, erkin temir va alyuminiy oksidlarini ko’p saqlaydigan
tuproqlar va nurash qobiqlari uchun xarakterli.
15 – 25
Kationlar
almashinish
sig’imi
o’rtacha.
Odatda,
yuviladigan suv rejimli va gumus miqdori ko’p bo’lmagan (sur
va qung’ir tusli o’rmon tuproqlari) tuproqlarda kuzatiladi.
25 – 35
Singdirish qobiliyati o’rtachadan yuqori. Bu quruq dasht
va yarim cho’l tuproqlarining gumusli gorizontlari, smektitli
minerallar, gidroslyudalar, kaolinitlar nisbatan bir tekis
aralashgan lessimon, qoplama va boshqa loylar va qumloqlar
uchun xarakterli.
35 – 45
Singdirish qobiliyati yuqori. Ko’pchilik qora tuproqlar,
sletozemlar
(zich
tuproqlar),
smektitli
minerallar
(montmorillonit, beydellit va x.z.) bilan boyigan turli kelib
chiqishga ega bo’lgan loylar, slitogenetik (zichgenetik) va
illyuvial-loyli gorizontlar uchun xarakterli.
45 – 60
Kationlar almashinish sig’imi juda yuqori. Bular gumus
miqdori o’rtacha va gumusli gorizonti juda qalin qora
tuproqlar, turli kelib chiqishga ega bo’lgan tuproqlarning
gumusli akkumulyativ chimli gorizontlarida kuzatiladi.
60 va undan
ko’p
Singdirish
qobiliyati
juda
yuqori.
Faqat
tuproq
massasining ayrim komponentlari gumus moddalari, smektitli
minerallar, vermikulit va x.k. uchun xarakterli.
Ca2+ ning ushbu miqdorda mavjudligi kolloidlar sistemasining 99,9 foiz
koagulisiyasini va shuningdek o’tchil o’simliklar ildiz sistemasining aktiv faoliyati
tufayli yuqori darajada strukturaning shakllanishi va yetarli miqdorda gumus
moddalarining hosil bo’lishi uchun zamin yaratiladi. Ammo, montmorillonit tipidagi
yuqori darajada bukadigan loyli minerallarning ko’p miqdorda bo’lishi, Ca2+ ion
optimal miqdorda bo’lsa ham donador va uvoqli strukturaning hosil bo’lishiga
qarama qarshi ularoq, slitogenetik (zichtuproq paydo bo’lishi) xodisaning sodir
bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Ca2+ o’simlik ildizlari tomonidan ion almashinish singdirish qobiliyatiga ega.
Ammo o’simliklar oziqlanishining ushbu usuli, odatda e’tiborga olinmaydi, chunki
kalsiy xar doim eritmalarda mavjud, biosferada tanqis ion hisoblanmaydi.
Magniy (Mg2+) – Almashinuvchi magniy har doim Ca2+ bilan birgalikda
uchraydi. Ca:Mg ning tipik nisbati = 5:1. Shunday miqdorda uning ta’siri Ca2+ nikiga
o’xshaydi.
Tuproqlarda tuproqning singdirish kompleksida (TSK) Ca2+ miqdorining
ozayishi hisobiga, magniy miqdorining ko’payishi, ya’ni Ca:Mg nisbatining magniy
tomonga o’zgarishi tufayli tuproq muhitida ekologik garmoniya (uyg’unlik) ning
buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda Mg2+ ning o’zi, tuproq muhitida
magniy karbonati va bikarbonatining mavjudligi tufayli yuqori ishqoriylikni keltirib
chiqaradi. Masalan, Kavkaz oldi lessimon sozlari va qumoqlari hamda
O’zbekistonning karbonat magniyli, sho’rlangan o’tloq tuproqlari va x.z. larda
kuzatiladi, qaysiki ularda ishqoriylik pH-8,6 – 9,1 gacha yetishi mumkin.
Tuproqning singdirish kompleksida magniyning ko’pligi tuproqning sho’rtoblanish
xossalarining yuzaga kelishi va xatto ayrim holatlarda maxsus tuproqlar – magniyli
sho’rtoblarning hosil bo’lishiga olib keladi.
Kaliy (K+) – Almashinuvchi kaliy o’simliklar oziqlanishida – o’zlashtiriladigan
kaliyning asosiy manbai. Kompensirlovchi qavatdagi ionlarga qarama qarshi ularoq,
kaliyning minerallar kristal panjaralariga o’tib, almashinmaydigan singdirilishi qayd
qilingan.
Natriy (Na+) - Natriyning miqdori kationlar almashinish sig’imidan 3% dan
kam bo’lganda – tuproq sistemasining funksiyalanishida biosenozlar uchun zarur
optimal komponent hisoblanadi. Bunday holatda element kolloidlar dispersiyaligini
0,1% ga yaqin darajada bo’lishini ta’minlaydi, bu esa gumus moddalarining
xarakatlanishi, dinamikligi va minerallanishida birinchi navbatdagi zaxira
ekanligida va tuproq eritmasini biologik zarur komponentlar bilan ta’minlashda
muhim hisoblanadi.
Alyuminiy (Al3+) - Singdirilgan holatdagi alyuminiy - kolloidlarning jadal
kaogulyatori. Nordon tuproqlarda diqqat e’tibor beriladigan obyekt hisoblanadi.
Tuproq eritmasiga o’tganda gidrolitik nordon tuz hosil qiladi, qaysiki tuproq
muhitida Al3+ ning yuqori peptizasiyalanishiga olib keladi, shuning uchun tuproq
kislotaligini aniqlashda vodorod ioniga teng tarzda hisobga olinadi. Al3+ fiziologik
zaharli kation sifatida o’rganiladi.
Fe3+ - Nam tropik tuproqlardagi alyuminiy singari, kolloidlarni jadal
kaogulyatori hisoblanadi. Struktura mikroagregatlarining shakllanishida ishtrok
etadi, bu esa ferrallitlik tuproqlarda tuproq massasining qumlanishiga o’xshash
taassurot qoldirishga sabab bo’ladi. Odatda bunday tuproqlar yolg’on qumli
tuproqlar sifatida hisobga olinadi. Temirlashgan tuproqlar plastikligi past bo’lishga
moyil.
NH4+ - Singdirilgan ammoniy ioni – o’simliklar uchun qulay azot
to’planishining yagona imkoniyatidir. Ammonifikasiya jarayonlarida kolloidlar
tomonidan singdiriladi. O’simlik ildiz sistemalari tomonidan oson o’zlashtiriladi.
To’planadigan miqdori kationlar almashinish sig’imiga nisbatan 3% dan oshmaydi.
Fizik va fizik - kimyoviy ahamiyati yetarlicha o’rganilmagan. Shu sababdan
ammoniyli azot, shu jumladan singdirilgan holatdagisi - agrokimyoviy
tadqiqotlarning alohida mavzusi hisoblanadi.
Tuproqning
singdirish
qobiliyatini
tahlil
qilish
natijasida
quyidagi
umumlashtirilgan xulosaga kelish mumkin:
1. Tuproq singdirish kompleksining tarkibi tuproq muhitining reaksiyasi va
uning barqarorligini belgilaydi. Neytral, kislotali yoki ishqorli tuproq sharoitlari
to’g’ridan – to’g’ri singdirilgan kationlar tarkibiga bog’liq.
2. Tuproqning singdirish kompleksi kolloidlarning elektrostatik tabiati tufayli
atmosfera suvlari ta’sirida sizot suvlariga yuvilib ketishdan himoyalangan,
o’simliklar uchun qulay biofil kationlarni saqlaydigan joy. O’zining barqarorligi va
samaradorligi bo’yicha TSK o’simliklar oziqlanishini regulyatori sifatida tuproq
eritmasidan ancha ustun turadi. Bu Na+, NH4+, K+, Mg2+, Ca2+, shuningdek metal
xususiyatga ega bo’lgan barcha mikroelementlarga taalluqlidir. Ayniqsa shuni
ta’kidlash zarurki, o’simliklarning kaliy bilan oziqlanishi faqat kolloidlardagi
almashinadigan kaliy hisobiga amalga oshiriladi, agroximiklar tomonidan
aniqlanadigan o’simliklarga qulay kaliy – kolloidli – almashinadigan kelib chiqishga
ega elementdir.
3. Kolloidli massaning holati, amalda yaxlit sistema sifatidagi tuproqning
barcha fizikaviy tavsifini, va birinchi navbatda strukturasi, zichligi, havo sig’imi,
nam sig’imi va tuproq namligining holatini belgilaydi. Ko’pchilik o’simliklar,
hayvonlar va boshqa organizmlar uchun tuproq fizik holatining ekologik optimal
darajasi kolloidlarning 99,9% gel holatida va 0,1% - zol holatida bo’lgan muhitda
yuzaga keladi.
4. Tuproqning singdirish kompleksi og’ir metallar va radionukleidlar kation –
ifloslantiruvchilari uchun geokimyoviy baryer hisoblanadi. Ammo kation – kolloidli
singdirishni absolyutlashtirish ham mumkin emas. Yuvilmaydigan suv rejimli
tuproqlarda singdirilgan kationlar almashinish yo’li bilan o’simliklar tomonidan
o’zlashtiriladi va oziqlanishning biologik zanjiriga o’tadi. Yuviladigan tipdagi suv
rejimli tuproqlarda, ifloslantiruvchilarning H+ bilan almashinib siqib chiqarilishi va
keyichalik landshaftdagi harakati muqarrar.
Bundan ko’rinib turibdiki, qora tuproqlarda kationlarning singdirish sig’imi
yuqori bo’lib, ayniqsa ko’p gumusli qismi bu jihatdan aktivdir (100 g tuproqda 53,7
mg ekv). Chimli podzol tuproqlarda singdirish sig’imi juda o’zgaruvchan bo’lib,
ayniqsa podzol (A2) gorizontida ancha pastdir. Bo’z tuproqlarning singdirish sig’imi
yuqori qatlamda biroz ko’p bo’lsada, umuman gorizontlari bo’yicha deyarli bir xil
(8,0-8,6 mg/ekv). Singdirish sig’imi tuproqlarning muhim ko’rsatkichlaridan biri.
Singdirish sig’imi qanchalik yuqori bo’lsa, o’simliklar uchun zarur kimyoviy
elementlar (Ca, Mg, K) tuproqda yuvilishdan saqlanib qolinadi. Tuproq muhiti
reaksiyasining mo’tadilligini va umuman tuproq unumdorligining yuqori holatda
saqlanishini ta’minlaydi.
Ammo natriyning tuproqshunoslikda va agronomiyadagi ushbu roli yetarli
darajada o’rganilmaganligini ta’kidlash joiz.
Na+ almashinuvchi kation sifatida uning tuproq eritmasidagi konsentrasiyasi
kaogulyasiyalanish oldi (porogi) holatidan past bo’lganda kolloidlarning aktiv
peptizatori hisoblanadi. Bunda barcha kolloidlar sistemasi zol holatiga o’tadi, tuproq
sho’rtoblanish xossasiga ega bo’lib, oquvchi, strukturasiz bo’lib qoladi, eritmalarda
ishqoriy tuzlar paydo bo’ladi, pH- 9,5 – 10,0 gacha ko’tarilishi mumkin. Maxsus
tuproqlar – sho’rtoblar hosil bo’ladi. Tuproqlarning sho’rtoblanishini va
sho’rtoblarni o’rganish – tuproqshunoslikning maxsus bo’limi xisoblanadi.
Vodorod (H+) - Almashinuvchi vodorod – tuproq kislotaligining manbaidir.
Karbonatsiz tuproqlarda, ya’ni CaCO3 saqlamaydigan tuproqlarda uning ishtroki
yuqori. pH - 6,5 dan 7,2 bo’lganda vodorodning TSK dagi miqdori kationlar
almashinish sig’imiga nisbatan 5% dan kam. Bunday sharoitda almashinuvchi H+
ekologik neytral hisoblanadi. Almashinish sig’imiga nisbatan 5% dan ko’p bo’lsa
tuproqning kislotali xossasiga ta’sir eta boshlaydi va kolloidli singdirilgan
vodorodning
miqdori
qancha
ko’p
bo’lsa,
kislotalik
shuncha
oshadi.
Almashinadigan kationlar yig’indisiga nisbatan vodorodning miqdori 40-50% ni
tashkil etganda tuproq muhitining maksimal kislotaligi kuzatiladi, bunda tuproq
reaksiyasi kislotali va kuchli kislotali bo’ladi (pH 3- 5). Tuproqning singdirish
kompleksida vodorodning maksimal miqdori almashinuvchi kationlar sig’imidan
80% gachani tashkil etishi mumkin.
Nazorat savollari
1. Tuproq kolloidlarining paydo bo’lishi, tarkibi va asosiy xossalari qanday?
2. Tuproq kolloidlarining solishtirma yuzasi va moddalarni yutishi deganda
nimani tushunasiz?
3. Asidoidlar, bazoidlar va amfolitoidlar deb nimaga aytiladi?
4. Kolliod misella, granula, zarracha deb nimaga aytiladi?
5. Tuproqning mexanik singdirish qobiliyati qaysi ko’rsatgichlarga bog’liq?
6. Kimyoviy yo’l bilan tuproqda qaysi kation va anionlar singdirilishi
mumkin?
7. Tuproqning singdirish sig’imi, almashinuvchi kationlar yig’indisi, asoslar
bilan to’yinish darajasi deb nimaga aytiladi?
8. Asosiy tuproq tiplarida almashinuvchi kationlar tarkibini ayting va ularni
yaxshilash tadbirlari qanday?
9. Singdirilish aktivligiga ko’ra kationlar qanday joylashtirilgan va kationlar
aktivligi nimalarga bog’liq?
Tavsiya qilingan adabiyotlar.
1. 1. Boboxo‘jayev I., Uzokov P.- “Tuproqshunoslik”. “Mehnat” T 1995.
2. 2. Qo‘ziev R.K.- «Genetik tuproqshunoslik muammolari», T.1996
3. Гафурова Л.А ва бошқалар “Мелиоратив тупроқшунослик” –Т.
2002
4.Кауричев И.С. «Почвоведение», Москва «Высшая школа», 1989
3. 5. Маxсудов X.М., Одилов А.А. Эрозияшунослик Т.1998 й.
4. 6. Турсунов Л. - “Тупроқ физикаси”, “Меҳнат” нашриёти. Т.1988
.
5. 7.И. Турапов, Х. Номозов Тупроқ бонитировкаси Т-2010
6. 8.Белоусов М.А. «Физиологические основны корневого питания
хлопчатника», - Т.: «Фан», 1975.