TUPROQ YUZASINING HARORATINI O‘LCHAYDIGAN TERMOMETRLAR

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

667,5 KB


 
 
 
 
 
 
TUPROQ YUZASINING HARORATINI O‘LCHAYDIGAN 
TERMOMETRLAR 
 
 
 
Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda suyuqlikli, elektrik bimetall va 
boshqa termometrlardan foydalaniladi. Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda 
asosan suyuqlikli termometrlardan foydalaniladi. 
Muddatli termometr TM–3. Simobli termometr silindrik rezervuarga ega. 
Tuproq haroratini o‘lchash lozim bo‘lgan muddatdagi haroratni aniqlash uchun 
ishlatiladi (4.2.1–rasm). 
Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 oC ga teng bo‘lib noldan yuqori 50 oC gacha, 
noldan past –30 oC gacha haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan. 
 
4.2.1–rasm. Suyuqlikli (muddatli) termometrning tuzilishi: 
1–shkala mahkamlagich; 2–shisha g‘ilof; 3–shkala; 5–
kapillyar trubka; 6–rezervuar 
Maksimal 
termometr 
TM–1. 
Ma’lum 
muddat 
o‘rtasidagi tuproq yuzasi haroratning maksimal qiymatini 
o‘lchashga mo‘ljallangan (4.2.2–rasm). Simobli va silindrik 
rezervuarga ega. Shkalasining har bir bo‘lagi 0,50C ga teng. 
Termometr gorizontal holatda ishlatiladi (biroz rezervuar 
4.2.2-rasm. 
Maksimal 
termometr.1-
rezervuar;  
2 -shtift; 3-kanal 
TUPROQ YUZASINING HARORATINI O‘LCHAYDIGAN TERMOMETRLAR Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda suyuqlikli, elektrik bimetall va boshqa termometrlardan foydalaniladi. Tuproq yuzasining haroratini o‘lchashda asosan suyuqlikli termometrlardan foydalaniladi. Muddatli termometr TM–3. Simobli termometr silindrik rezervuarga ega. Tuproq haroratini o‘lchash lozim bo‘lgan muddatdagi haroratni aniqlash uchun ishlatiladi (4.2.1–rasm). Shkalasining har bir bo‘lagi 0,5 oC ga teng bo‘lib noldan yuqori 50 oC gacha, noldan past –30 oC gacha haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan. 4.2.1–rasm. Suyuqlikli (muddatli) termometrning tuzilishi: 1–shkala mahkamlagich; 2–shisha g‘ilof; 3–shkala; 5– kapillyar trubka; 6–rezervuar Maksimal termometr TM–1. Ma’lum muddat o‘rtasidagi tuproq yuzasi haroratning maksimal qiymatini o‘lchashga mo‘ljallangan (4.2.2–rasm). Simobli va silindrik rezervuarga ega. Shkalasining har bir bo‘lagi 0,50C ga teng. Termometr gorizontal holatda ishlatiladi (biroz rezervuar 4.2.2-rasm. Maksimal termometr.1- rezervuar; 2 -shtift; 3-kanal  
 
tomonga egilgan holda o‘rnatiladi). Rezervuarning 1 pastki qismiga shisha naycha 
3 bilan rezervuar tutashgan joyni toraytiruvchi shtift o‘rnatilgan 2. Harorat 
oshganda, rezervuardagi simob shisha naycha bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Harorat 
pasayganda dastlab naycha ichidagi simob, ishqalanish kuchi sababli naychaning 
toraygan joyidan rezervuarga tusha olmaydi. Ya’ni kapillyarlik uziladi va 
simobning yuqori sathi shu joyda to‘xtab qoladi. Agar yana harorat ko‘tarilsa, 
simobning kengayish kuchi naychadagi simobni yuqoriga ko‘taradi. Shunday qilib, 
ma’lum vaqt oralig‘idagi maksimal harorat aniqlanadi.  
Minimal termometr TM–2. Tuproq yuza qismining ma’lum vaqt 
oralig‘idagi eng past haroratni ko‘rsatadi (4.2.3–rasm). Termometr rezervuari spirt 
bilan to‘ldirilgan. Shkalasining har bir bo‘lagi 0,50C ga teng. Termometrning 
rezervuari vilkasimon yoki silindrik shkalaga ega. Shisha naycha 1 ichidagi spirtga 
2 ikki tomoni yo‘g‘onlashtirilgan yupqa qora shishadan iborat shtiftning shkalada 
joylashgan o‘rniga qarab minimal harorat aniqlanadi.  
Tuproq harorati pasayganda yengil shtiftni spirtning o‘zi tashqi pardasi 3 
bilan siljitib, pastga qarab olib tushadi. Hisob olishda, shisha shtiftning rezervuarga 
teskari tomondagi qismining spirtning tashqi pardasiga tegib turgan qismining 
ko‘rsatishi yozib olinadi. 
 
 
           
 
4.2.3–rasm. Minimal termometr va uning ichidagi shtiftning ko‘rinishi. 
 
tomonga egilgan holda o‘rnatiladi). Rezervuarning 1 pastki qismiga shisha naycha 3 bilan rezervuar tutashgan joyni toraytiruvchi shtift o‘rnatilgan 2. Harorat oshganda, rezervuardagi simob shisha naycha bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Harorat pasayganda dastlab naycha ichidagi simob, ishqalanish kuchi sababli naychaning toraygan joyidan rezervuarga tusha olmaydi. Ya’ni kapillyarlik uziladi va simobning yuqori sathi shu joyda to‘xtab qoladi. Agar yana harorat ko‘tarilsa, simobning kengayish kuchi naychadagi simobni yuqoriga ko‘taradi. Shunday qilib, ma’lum vaqt oralig‘idagi maksimal harorat aniqlanadi. Minimal termometr TM–2. Tuproq yuza qismining ma’lum vaqt oralig‘idagi eng past haroratni ko‘rsatadi (4.2.3–rasm). Termometr rezervuari spirt bilan to‘ldirilgan. Shkalasining har bir bo‘lagi 0,50C ga teng. Termometrning rezervuari vilkasimon yoki silindrik shkalaga ega. Shisha naycha 1 ichidagi spirtga 2 ikki tomoni yo‘g‘onlashtirilgan yupqa qora shishadan iborat shtiftning shkalada joylashgan o‘rniga qarab minimal harorat aniqlanadi. Tuproq harorati pasayganda yengil shtiftni spirtning o‘zi tashqi pardasi 3 bilan siljitib, pastga qarab olib tushadi. Hisob olishda, shisha shtiftning rezervuarga teskari tomondagi qismining spirtning tashqi pardasiga tegib turgan qismining ko‘rsatishi yozib olinadi. 4.2.3–rasm. Minimal termometr va uning ichidagi shtiftning ko‘rinishi.  
 
Tuproq yuzasining haroratini o‘lchaydigan termometrlar meteorologik 
maydonchaning o‘tdan 
tozalangan, 
shudgorlangan 
va 
tekislangan, 
yirik 
kesakchalardan holi bo‘lgan 4x6 m o‘lchamdagi qismiga o‘rnatiladi. Har uchala 
termometrlar rezervuari sharq tomonga qaratib qo‘yiladi. Termometrlar orasi 10–
15 sm bo‘lishi kerak. Termometr rezervuari tuproq ichida bo‘lishi uchun 
termometr tanasining yarmi tuproqqa kirgizilgan holda rezervuar tomonga biroz 
qiya qilib o‘rnatiladi. Termometrni o‘rnatishdan oldin spirt ichidagi shtift spirt 
sathining tashqi pardasiga tekkizib qo‘yiladi. Termometr ko‘rsatishi muddatli 
termometr ko‘rsatkichiga yaqin bo‘lishi kerak. Tuproq termometrlaridan hisob 
olish uchun (tuproq zichligini oshirmaslik uchun) maxsus yog‘och reykalardan 
iborat yo‘lak–moslama 3 o‘rnatiladi. Kuzatuvchi yo‘lak–moslama ustidan borib 
muddatli, maksimal va minimal 1 hamda Savinov termometrlaridan 2 hisob oladi 
(4.2.4–rasm).  
 
a)
 b )
  
4.2.4–rasm. a) maydonchada termometrlarning joylashishi:  
1–tuproq termometrlari, 2–Savinov termometri, 3–hisob olish uchun maxsus 
yo‘lakcha: b) maydonchadagi termometrlarning ko‘rinishi. 
 
Termometrlardan hisob olishda, shkala ko‘rsatkichining 0,10C aniqligida 
amalga oshirish zarur. Dastlab muddatli, keyin minimal va oxirida maksimal 
termometrlardan hisob olinadi. Maksimal termometrdan hisob olingandan so‘ng 
uni silkitib, qayta o‘rnatiladi.  
Tuproq yuzasining haroratini o‘lchaydigan termometrlar meteorologik maydonchaning o‘tdan tozalangan, shudgorlangan va tekislangan, yirik kesakchalardan holi bo‘lgan 4x6 m o‘lchamdagi qismiga o‘rnatiladi. Har uchala termometrlar rezervuari sharq tomonga qaratib qo‘yiladi. Termometrlar orasi 10– 15 sm bo‘lishi kerak. Termometr rezervuari tuproq ichida bo‘lishi uchun termometr tanasining yarmi tuproqqa kirgizilgan holda rezervuar tomonga biroz qiya qilib o‘rnatiladi. Termometrni o‘rnatishdan oldin spirt ichidagi shtift spirt sathining tashqi pardasiga tekkizib qo‘yiladi. Termometr ko‘rsatishi muddatli termometr ko‘rsatkichiga yaqin bo‘lishi kerak. Tuproq termometrlaridan hisob olish uchun (tuproq zichligini oshirmaslik uchun) maxsus yog‘och reykalardan iborat yo‘lak–moslama 3 o‘rnatiladi. Kuzatuvchi yo‘lak–moslama ustidan borib muddatli, maksimal va minimal 1 hamda Savinov termometrlaridan 2 hisob oladi (4.2.4–rasm). a) b ) 4.2.4–rasm. a) maydonchada termometrlarning joylashishi: 1–tuproq termometrlari, 2–Savinov termometri, 3–hisob olish uchun maxsus yo‘lakcha: b) maydonchadagi termometrlarning ko‘rinishi. Termometrlardan hisob olishda, shkala ko‘rsatkichining 0,10C aniqligida amalga oshirish zarur. Dastlab muddatli, keyin minimal va oxirida maksimal termometrlardan hisob olinadi. Maksimal termometrdan hisob olingandan so‘ng uni silkitib, qayta o‘rnatiladi.  
 
Minimal termometrning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirish uchun dastlab 
spirt sathi eng yuqori qismining ko‘rsatishi va keyin shtiftning ko‘rsatishi yozib 
olinadi. O‘lchov tugagandan so‘ng, termometr rezervuarini biroz yuqoriga ko‘tarib, 
shisha shtiftni spirtning ichki tomonidan tashqi pardaga tekkizib, keyin termometr 
avvalgi joyiga qo‘yiladi. 
Termometrlardan olingan ma’lumotga shkala tuzatmasidan tashqari 
qo‘shimcha tuzatma ham kiritiladi. Bu tuzatma minimal termometrdagi spirt 
ko‘rsatkichi bilan muddatli termometrdagi simob ko‘rsatkichlarining o‘rtacha oylik 
farqiga qarab kiritiladi. 
 
Minimal termometrning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirish uchun dastlab spirt sathi eng yuqori qismining ko‘rsatishi va keyin shtiftning ko‘rsatishi yozib olinadi. O‘lchov tugagandan so‘ng, termometr rezervuarini biroz yuqoriga ko‘tarib, shisha shtiftni spirtning ichki tomonidan tashqi pardaga tekkizib, keyin termometr avvalgi joyiga qo‘yiladi. Termometrlardan olingan ma’lumotga shkala tuzatmasidan tashqari qo‘shimcha tuzatma ham kiritiladi. Bu tuzatma minimal termometrdagi spirt ko‘rsatkichi bilan muddatli termometrdagi simob ko‘rsatkichlarining o‘rtacha oylik farqiga qarab kiritiladi.