Tuproqlarining hajm va solishtirma og‘irligini aniqlash va ular asosida g‘ovakligini hisoblash
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
46,4 KB
Tuproqlarining hajm va solishtirma og‘irligini aniqlash va ular asosida
g‘ovakligini hisoblash
Mashg’ulot maqsadi. Tuproqning hajmi va solishtirma massasini aniqlash va
ular asosida g’ovakligini hisoblashni o’rganishdan iborat.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: piknometr, shish silindr, alymin
silindr (xalqa) chizg’ich (lineyka), analitik va texnik tarozilar, qumli hammom,
elektr plitaka, hisoblagich (kalkulyator), tuproq namumalari, distillangan suv.
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari
Tuproq qattiq qismi (fazasi) ning zichligi deb, quruq holatdagi qattiq qismi
massasining shunga teng xajmdagi suvning massasiga nisbatiga aytiladi. Bu
ko‘rsatkich son jihatidan tuproqdagi 1 sm3 qattiq moddalarning gramm massasiga
teng. Qattiq qismining zichligi tuproqning mexanik, minerologik tarkibiga, organik
moddalar miqdoriga bog‘liq bo‘lib ko‘pgina tuproqlarda 2,4 dan 2,8 g/sm3 gacha
o‘zgarib turadi.
Tuproqda chirindi qancha ko‘p bo‘lsa, qattiq qismining zichligi shuncha kam
bo‘ladi. Masalan, tarkibida 5-10 % chirindi bo‘lgan qora tuproqlar qattiq qismining
zichligi 2,4-2,5 g/sm3 ga teng; yuqori qatlamida 1-2 % chirindi bo‘lgan bo‘z
tuproqlar qattiq qismining zichligi esa taxminan 2,7 g/sm3 ni tashkil etadi.
Tuproqning g‘ovakli (kovakli) gini hisoblab aniqlash uchun qattiq qismining
zichligini bilish zarur. Bundan tashqari, mazkur ko‘rsatkich tuproqning tarkibiga
kiruvchi minerallarning petrografik tarkibi haqida ma’lum tasavvur beradi va
tuproqning mineral hamda organik qismlari orasidagi nisbatini ko‘rsatadi. Tuproq
qattiq qismining zichligi piknometrik usulda aniqlanadi. Bunda o‘lchash ishlari
analitik tarozida olib boriladi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Havoda qurigan, ko‘zlarining o‘lchami 1 mm
bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan tuproqdan 10 g namuna olinadi va piyolachaga yoki
kalka qog‘ozga solinadi.
2. Piknometr (5 - rasm) yoki 100 ml li kolbaga uning belgisiga qadar yangi
qaynatilib, xona xaroratigacha sovitilgan distillangan suv quyiladi. Suv solingan
piknometr tarozida tortib uning massasi aniqlanadi.
1 – rasm. Piknometr (50/100 ml)
3. Piknometrdagi suvning taxminan 2/3 qismi boshqa bir idishga qo‘yiladi va
piknometrga o‘lchab qo‘yilgan 10 g tuproq namunasi solinadi.
4. Tuproqdan havoni chiqarib yuborish uchun piknometr tuproq va suv bilan
birga 30 minut qaynatiladi. Qaynash vaqtida piknometrdan suspenziya otilib
chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
5. Keyin piknometr sovitiladi, belgisiga qadar disstillangan suv qo‘yiladi, sirti
yaxshilab artilib va tarozida tortiladi. Sovishini tezlashtirish uchun issiq piknometr
suv oqib turgan vodoprovod ostida ushlab turiladi.
Tarozida tortish vaqtida piknometrdagi suspenziya harorati xona haroratida
(18-20 0C) bo‘lishi shart, aks holda natija xato bo‘lishi mumkin.
Tortib ko‘rish natijalari asosida tuproq massasining solishtirma massasi
aniqlanadi. Bunda tuproqning massasi (A) va shu tuproq egallagan hajmni hisobga
olish kerak. Tuproq egallagan hajmni piknometrdan siqib chiqarilgan suv massasi
(hajmi) (B+A)-C dan bilib olish mumkin va u olingan tuproq namunasining xajmiga
to‘gri keladi. Solishtirma massani hisoblab topish quyida formula orqali aniqlanadi:
3
/
)
(
sm
g
C
A
B
A
D
,
bu yerda D-solishtirma massa, g/sm3; B-piknometrning suv bilan birgalikdagi
massasi, g; A-quruq tuproqning massasi, g; C- piknometrning suv va tuproq bilan
massasi, g; (B+A)-C-siqib chiqarilgan suvning massasi (hajmi), g.
Agar solishtirma massani aniqlash uchun havoda quritilgan tuproq olingan
bo‘lsa, u holda mutlaqo quruq tuproqning massasini ushbu formula yordamida
hisoblab topish lozim:
О
Н
G
а
А
2
100
100
*
,
bu yerda: A-mutlaqo quruq tuproqning massasi, g; a–tahlil uchun olingan
havoda quritilgan tuproqning massasi, g;
О
Н
G
2 -gigroskopik nam miqdori, %.
Tuproqning zichligi (hajm massasi) ni aniqlash.
Tuproqning tabiiy holdagi tuzilishi hajmining massasi uning zichligi (hajm
massasi) deb ataladi. Solishtirma massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi
shundaki, hajm massa tuproqning barcha massasi hajmini, ya’ni uning qattiq qismi
va kovakliklarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli tuproqning zichligi qattiq qismining
zichligidan doim kichik bo‘lib, 1 dan 1,8 g/sm3 gacha o‘zgarib turadi. Tuproq
massasi hajmining qiymati uning kovakliklariga, qattiq qismining massasiga,
tarkibidagi organik moddalar miqdoriga, tuproqning tuzilishi va boshqa omillarga
bog‘liq bo‘ladi.
Tuproqning zichligi ko‘rsatkichi asosida tuproqdagi fizik shart-sharoitlar
haqida ancha aniq tasavvur olish mumkin. Hajm massa tuproqning umumiy
kovakligini, undagi oziq moddalar va nam miqdorini hisoblab topish uchun zarur.
Tuproqning zichligi dala sharoitida, uning tabiiy tuzilishdagi buzilmagan holda
maxsus metall silindrlar (N.A.Kachinskiy burg‘ichasi singarilar) yordamida
aniqlanadi (6-rasm). Silindrlar (kesuvchi halqalar) yog‘och bolg‘a bilan tuproqqa
urib kirgiziladi va shu tarzda tuproq tuzilishini buzmagan holda kerakli hajmda
namuna olinadi. Tuproq quritiladi, tarozida tortilib zichligi quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:
V
m
dV
,
bu yerda: dV-tuproqning zichligi, g/sm3; m-quruq tuproqning massasi, g: v-
silindr (halqa) ning hajmi, sm3.
2-rasm. Tuproqning hajmiy massasini aniqlash uchun silindr (halqa)
Laboratoriya sharoitida tuproqning zichligi odatda tuzilishi buzilgan sochilma
tuproq namunasidan aniqlanadi, bu esa yerga ishlov berilgandan keyingi haydalma
qatlam tuproqning zichligiga taxminan mos keladi.
Tuproqning zichligini sochilma namunadan aniqlash
Ishni bajarish tartibi. 1. Bo‘yi 10 sm va diametri 4-5 sm, tubi sim to‘rli
bo‘lgan metall silindr olinib, uning sim to‘ri ustiga aylana qilib kesilgan filtr qog‘ozi
tuproqning zichligini aniqlab bo‘lgandan keyin nam sig‘imini aniqlash maqsadida
silindr suv bilan to‘yintirish uchun qo‘yilganda, uning tubidan tuproq to‘kilmasligi
uchun kerak bo‘ladi.
2.Silindrning hajmi aniqlanadi. Buning uchun uning bo‘yi va diametri
o‘lchanib ushbu formula yordamida hisoblab chiqish zarur.
)
(
3
2
sm
h
r
V
,
bu yerda: v-silindrning hajmi, sm3; -3,14; r-silindrning raduisi, sm; h-
silindrning bo‘yi, sm.
3.Ezg‘ilanmagan namunadan silindr to‘lguncha tuproq solinadi. Silindr
tuproq bilan to‘lgandan so‘ng uni tubi bilan kaftga urib o‘rtacha zichlanadi.
4.Tuproq solingan silindr tarozida tortiladi.
5.Tuproqning massasi hisoblab topiladi. Buning uchun tuproq solingan
silindrning massasidan bo‘sh silindr massasi ayirib tashlanadi (tuproqning nam
sig‘imini aniqlash uchun tuproqli silindr keyin olib qo‘yiladi).
Tuproqning zichligi quyidagi formula bilan hisoblab topiladi.
)
/
(
3
sm
g
V
P
d
,
bu yerda: d-tuproqning zichligi, g/sm3; P-tuproqning massasi,g; V-
silindrning hajmi, sm3.
Mutlaqo quruq tuproqning massasi P qattiq qismining solishtirma massasini
aniqlashdagi kabi hisoblab topiladi:
O
H
G
a
P
2
100
100
,
bu yerda: P-quruq tuproqning massasi, g; a-silindrga solingan havoda
quritilgan tuproqning massasi, g;
О
Н
G
2 -gigroskopik nam miqdori, %.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar haydalma qatlamining zichligi
qiymatini E.F.Morozovaning ma’lumotlari asosida (1969 y) quyidagicha baholash
mumkin:
1,0 - 1,3 g/sm3- eng maqbul (optimal):
1,3 - 1,4 g/sm3-yaxshi:
1,4 - 1,5 g/sm3- qoniqarli:
1,5 - 1,6 g/sm3- qoniqarsiz.
Tuproqning umumiy kovakligini hisoblash
Ma’lum hajm tuproq oralig‘idagi bo‘shliqlarning umumiy hajmiga kovaklik
deb ataladi. Kovaklik tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi va tuzilishiga bog‘liq.
Tabiiy sharoitda tuproq kovakliklari turli nisbatlarda suv va havo bilan to‘lgan
bo‘ladi.
Tuproqning kovakligi: umumiy, kapillyar va nokapillyar turlarga ajratiladi.
Umumiy kovaklik tuproqdagi jami g‘ovak bo‘shliqlarning umumiy hajmidan iborat.
Kapillyar kovaklik odatda tuproqning gilli zarralari tufayli hosil bo‘ladigan juda
ingichka (kapillyar) bo‘shliqlar yigindisidan iborat. Nokapillyar kovaklik deganda
struktura agregatlari yoki yirik qumli zarralar oraligidagi bo‘shliqlar yig‘indisi
tushuniladi. Me’yorida namlangan tuproqlarda kapillyar kovaklar odatda suv bilan,
nokapillyar kovaklar esa havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Kapillyar kovaklik bilan nokapillyar kovaklik orasidagi eng maqbul nisbat
taxminan 1:1 deb hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sharoitida eng
maqbul kovaklikka odatda tuproqqa yaxshi ishlov berish (haydash, kultivasiyalash,
boronalash singari) yo‘li bilan erishiladi.
Umumiy kovaklik quydagi formula bilan hisoblanadi.
100
*
)
(
1
D
d
Pум
,
bu yerda:
ym
P
-umumiy kovaklik, %; d-tuproq zichligi (hajmiy massa), g/sm3;
D-qattiq qismining zichligi, g/sm3; 100–foizda hisoblash uchun.
Tuproqning kovakligi yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda kapillyar kovakligi
ham kattaroq bo‘lishi va shuningdek aerasiya nokapillyar kovakligi esa barcha
hajmning kamida 15-20 % ni tashkil etishi agronomiya nuqtai nazaridan muhimdir.
Agar tuproqning namligi eng kam nam sig‘imiga mos bo‘lgan sharoitda aerasiya
kovakligining hajmi barcha hajmning 15-20 % idan kam bo‘lsa, u holda aerasiyasini
yaxshilash uchun agronomik yoki meliorativ chora-tadbirlar ko‘rilishi zarur. Qumoq
va soz tuproqlar haydalma qatlamining umumiy kovakligini baholash uchun
quyidagi shkala ishlab chiqarilgan (1-jadval).
1-jadval
Tuproq umumiy kovakligini baholash (N.A.Kachinskiy bo‘yicha)
Umumiy kovaklik, %
Tuproq kovakligining sifat bahosi
> 70
55-65
Haddan tashqari kovakli
A’lo
50-55
<50
40-25
Qoniqarli
Qoniqarsiz
Juda past
Nazorat uchun savollar
1. Tuproqning umumiy fizik xossalarini sanab bering?
2. Tuproq zichligi nima?
3. Tuproq qattiq qismi zichligi nima?
4. Kovaklikning qanday turlarini bilasiz?