TUPROQNING ISSIQLIK XOSSALARI VA REJIMI HAQIDA TUSHUNCHA HAMDA UNING QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI UCHUN AHAMIYATI

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

73,0 KB


 
 
 
 
 
 
TUPROQNING ISSIQLIK XOSSALARI VA REJIMI HAQIDA 
TUSHUNCHA HAMDA UNING QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI 
UCHUN AHAMIYATI 
 
 
Yer yuzasiga keladigan radiatsiya miqdoriga bog‘liq holda tuproq 
yuzasining harorati o‘zgaradi. Tuproqdagi haroratning bir qismi havoning quyi 
qatlamlarini isitishga, bir qismi tuproqdagi namni bug‘latishga, bir qismi tuproqda 
o‘sadigan o‘simliklarni harorat bilan ta’minlashga va qolgan qismi tuproqning 
ichki chuqur qismlarini isitishga sarflanadi. 
Tuproq harorati radiatsiya balansiga bog‘liq. Tuproq yuzasining radiatsiya 
balansi quyidagi qismlardan iborat: 
 
A
P
LE
B



  
 
 
 
 
(1) 
 
bunda: L – bug‘ hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘lgan yashirin issiqlik (o‘rtacha 2,5 
ming J/g); E – bug‘lanish tezligi; P – yer yuzasi bilan atmosfera o‘rtasidagi 
turbulent issiqlik almashinuvi; A–yer yuzasi bilan atmosferaning quyi qismi 
o‘rtasidagi molekulyar issiqlik almashinuvi. 
Tuproq harorati chuqurlikka mos ravishda isib boradigan bo‘lsa (kunduzi va 
yozda) haroratning insolyatsiya tipi, aksincha, ya’ni tuproq yuzasi ichki qismlarga 
nisbatan sovuqroq bo‘lsa, tuproq o‘zidagi issiqlikni atmosferaga beradi. Bunga 
tuproq haroratining radiatsiya tarqatish tipi deyiladi. 
Tuproq harorati o‘simliklar o‘sib rivojlanishining eng muhim omillaridan 
biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi shu joyda kechadigan biologik va 
kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat 
TUPROQNING ISSIQLIK XOSSALARI VA REJIMI HAQIDA TUSHUNCHA HAMDA UNING QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI UCHUN AHAMIYATI Yer yuzasiga keladigan radiatsiya miqdoriga bog‘liq holda tuproq yuzasining harorati o‘zgaradi. Tuproqdagi haroratning bir qismi havoning quyi qatlamlarini isitishga, bir qismi tuproqdagi namni bug‘latishga, bir qismi tuproqda o‘sadigan o‘simliklarni harorat bilan ta’minlashga va qolgan qismi tuproqning ichki chuqur qismlarini isitishga sarflanadi. Tuproq harorati radiatsiya balansiga bog‘liq. Tuproq yuzasining radiatsiya balansi quyidagi qismlardan iborat: A P LE B    (1) bunda: L – bug‘ hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘lgan yashirin issiqlik (o‘rtacha 2,5 ming J/g); E – bug‘lanish tezligi; P – yer yuzasi bilan atmosfera o‘rtasidagi turbulent issiqlik almashinuvi; A–yer yuzasi bilan atmosferaning quyi qismi o‘rtasidagi molekulyar issiqlik almashinuvi. Tuproq harorati chuqurlikka mos ravishda isib boradigan bo‘lsa (kunduzi va yozda) haroratning insolyatsiya tipi, aksincha, ya’ni tuproq yuzasi ichki qismlarga nisbatan sovuqroq bo‘lsa, tuproq o‘zidagi issiqlikni atmosferaga beradi. Bunga tuproq haroratining radiatsiya tarqatish tipi deyiladi. Tuproq harorati o‘simliklar o‘sib rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi shu joyda kechadigan biologik va kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat  
 
bo‘lgandagina 
o‘simliklar 
yaxshi 
rivojlanib, 
mikroorganizmlar 
faoliyati 
aktivlashadi. Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi, 
tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa qismi yana nurlanib atmosferaga 
qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib, sovish xususiyatiga, ya’ni issiqlik 
rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qatlamlaridagi haroratning 
ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Harorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik–
kimyoviy, biokimyoviy, biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligining 
muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va cho‘kmaga 
tushishi, mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproqdagi 
issiqlik miqdoriga bog‘liq. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ining unib chiqishi, 
ildizlarning rivojlanishi, ulardagi alohida fazalarning o‘tishi, fotosintez jadalligi 
singarilarga bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘simlik hosildorligi tuproqning issiqlik 
sharoitiga bog‘liq. Tuproqda issiqlik yetarli bo‘lmaganda, o‘simliklar hosili 
kamayib, ko‘pchilik ekinlar nobud bo‘ladi. Turli tuproqning issiqlik rejimlari 
A.P.Voyekov, 
A.F.Chudnovskiy, 
M.I.Budiko, 
A.M.Shulgin, 
A.N.Dimo, 
O‘zbekistonda 
esa 
I.Turapov, 
SH.T.Xoliqulov 
va 
boshqalar 
tomonidan 
o‘rganilgan. 
Tuproqdagi issiqlikning asosiy manbayi – quyosh nur energiyasi (quyosh 
radiatsiyasi) hisoblanadi. Shuningdek, tuproqdagi issiqlikning uncha ko‘p 
bo‘lmagan qismi, yerning ichki energiyasi va litosferaning yuqori qismida 
kechadigan kimyoviy, biologik va radioaktiv jarayonlar natijasida keladigan 
issiqlik hisobiga to‘planadi. Organik moddalar (go‘ng, o‘simlik qoldiqlari, har xil 
chirindi kabilar) ning chirishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik yopiq grunt 
(parnik xo‘jaligi) sharoitida sabzavotchilikda keng ishlatiladi. 
Quyosh radiatsiyasi tuproq yuzasiga yutilib, issiqlik energiyasiga aylanadi 
va u tuproqning pastki qatlamlariga o‘tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qismi 
harorati tuproq haroratidan pastroq bo‘lsa, tuproqdagi to‘plangan issiqlik 
atmosferaga qarab o‘tadi. 
Yer yuzasiga tushayotgan va yerdan qaytayotgan quyosh radiatsiyalarining 
energiyasiga bog‘liq holda tuproq isib–soviydi. Tuproq yuzasiga singdiriladigan va 
bo‘lgandagina o‘simliklar yaxshi rivojlanib, mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib, sovish xususiyatiga, ya’ni issiqlik rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qatlamlaridagi haroratning ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Harorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik– kimyoviy, biokimyoviy, biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligining muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va cho‘kmaga tushishi, mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproqdagi issiqlik miqdoriga bog‘liq. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ining unib chiqishi, ildizlarning rivojlanishi, ulardagi alohida fazalarning o‘tishi, fotosintez jadalligi singarilarga bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘simlik hosildorligi tuproqning issiqlik sharoitiga bog‘liq. Tuproqda issiqlik yetarli bo‘lmaganda, o‘simliklar hosili kamayib, ko‘pchilik ekinlar nobud bo‘ladi. Turli tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Voyekov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, A.N.Dimo, O‘zbekistonda esa I.Turapov, SH.T.Xoliqulov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Tuproqdagi issiqlikning asosiy manbayi – quyosh nur energiyasi (quyosh radiatsiyasi) hisoblanadi. Shuningdek, tuproqdagi issiqlikning uncha ko‘p bo‘lmagan qismi, yerning ichki energiyasi va litosferaning yuqori qismida kechadigan kimyoviy, biologik va radioaktiv jarayonlar natijasida keladigan issiqlik hisobiga to‘planadi. Organik moddalar (go‘ng, o‘simlik qoldiqlari, har xil chirindi kabilar) ning chirishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik yopiq grunt (parnik xo‘jaligi) sharoitida sabzavotchilikda keng ishlatiladi. Quyosh radiatsiyasi tuproq yuzasiga yutilib, issiqlik energiyasiga aylanadi va u tuproqning pastki qatlamlariga o‘tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qismi harorati tuproq haroratidan pastroq bo‘lsa, tuproqdagi to‘plangan issiqlik atmosferaga qarab o‘tadi. Yer yuzasiga tushayotgan va yerdan qaytayotgan quyosh radiatsiyalarining energiyasiga bog‘liq holda tuproq isib–soviydi. Tuproq yuzasiga singdiriladigan va  
 
undan 
qaytadigan 
issiqlikning 
miqdori 
tuproqning 
rangiga, 
struktura 
agregatlarining holatiga, tuproqning o‘simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga 
va boshqa omillarga bog‘liq. Tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi 
miqdori joyning geografik joylashuvi va relyef sharoitlariga, shuningdek, yil, 
kecha–kunduz davomida o‘zgarishi va atmosfera holati (ochiq yoki bulutli 
bo‘lishi) kabilarga ham bog‘liq. Shimoliy yarimsharda quyosh radiatsiyasining 
umumiy oqimi shimoldan janubga borgan sayin oshib boradi. Yer yuzasining 
mo‘tadil kenglik zonasida quyosh radiatsiyasi kunning o‘rtalarida, yerning tekis 
yuzasida minutiga 0,8–1,5 kal/sm2 ni tashkil etadi. 
Tuproqning issiqlik xossalari. Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning 
issiqlik singdirishi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kiradi. Tuproqning 
issiqlik singdirishi – tuproqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish 
xossasidir. Tuproqning bu xossasi odatda albedo (A) ko‘rsatkichi bilan 
xarakterlanadi. Albedo qanchalik kam bo‘lsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha 
ko‘p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq 
yuzasining tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq (4.1.1–jadval). To‘q tusli, 
gumusga boy tuproqlar och tusli tuproqqa nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa 
qaraganda quyosh energiyasini ko‘proq singdiradi va albedo ko‘rsatkichi past 
bo‘ladi.  
 
4.1.1–jadval 
Turli tuproqlar va o‘simlik qoplamining albedosi, % 
(A.F.Chudnovskiy, 1959) 
 
Tuproqlar 
Albedo 
O‘simliklar  
Albedo 
Quruq holdagi qora 
14 
Bahorgi bug‘doy  
10–25 
Nam holdagi qora 
8 
Kuzgi bug‘doy 
16–23 
Quruq holdagi bo‘z 
25–30 
Sabza o‘t 
26 
Nam holdagi bo‘z 
10–12 
Qurigan o‘t  
19 
undan qaytadigan issiqlikning miqdori tuproqning rangiga, struktura agregatlarining holatiga, tuproqning o‘simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga va boshqa omillarga bog‘liq. Tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi miqdori joyning geografik joylashuvi va relyef sharoitlariga, shuningdek, yil, kecha–kunduz davomida o‘zgarishi va atmosfera holati (ochiq yoki bulutli bo‘lishi) kabilarga ham bog‘liq. Shimoliy yarimsharda quyosh radiatsiyasining umumiy oqimi shimoldan janubga borgan sayin oshib boradi. Yer yuzasining mo‘tadil kenglik zonasida quyosh radiatsiyasi kunning o‘rtalarida, yerning tekis yuzasida minutiga 0,8–1,5 kal/sm2 ni tashkil etadi. Tuproqning issiqlik xossalari. Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning issiqlik singdirishi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kiradi. Tuproqning issiqlik singdirishi – tuproqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish xossasidir. Tuproqning bu xossasi odatda albedo (A) ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi. Albedo qanchalik kam bo‘lsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha ko‘p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq yuzasining tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq (4.1.1–jadval). To‘q tusli, gumusga boy tuproqlar och tusli tuproqqa nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa qaraganda quyosh energiyasini ko‘proq singdiradi va albedo ko‘rsatkichi past bo‘ladi. 4.1.1–jadval Turli tuproqlar va o‘simlik qoplamining albedosi, % (A.F.Chudnovskiy, 1959) Tuproqlar Albedo O‘simliklar Albedo Quruq holdagi qora 14 Bahorgi bug‘doy 10–25 Nam holdagi qora 8 Kuzgi bug‘doy 16–23 Quruq holdagi bo‘z 25–30 Sabza o‘t 26 Nam holdagi bo‘z 10–12 Qurigan o‘t 19  
 
Quruq holdagi gil 
23 
G‘o‘za 
20–22 
Nam holdagi gil 
16 
Kartoshka  
Sholi  
19 
12 
 
Tuproqning issiqlik sig‘imi – tuproqning issiqlikni singdirib, o‘zida ushlab 
turish qobiliyati bo‘lib, 1 gramm yoki 1 sm3 hajmdagi tuproqning 1°C ga qizdirish 
uchun ketgan va kaloriya bilan o‘lchanadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. 
Tuproqning og‘irlik (yoki solishtirma) issiqlik sig‘imi va hajmiy issiqlik sig‘imi 
ajratiladi. Issiqlik sig‘imi tuproqning minerologik va mexanik tarkibiga, organik 
moddalar miqdoriga, uning g‘ovakligi va tuproqdagi havo miqdoriga bog‘liq 
(4.1.2–jadval). Suvning issiqlik sig‘imi tuproqdagi mineral va organik 
moddalardagiga qaraganda ancha yuqori bo‘lganidan, nam tuproqlarning haroratini 
oshirish uchun quruq tuproqqa nisbatan ko‘proq issiqlik zarur bo‘ladi. Nam 
tuproqlar sekinroq qizib va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi. 
Soz tuproqlar nam holatida qumli tuproqlarga qaraganda ancha yuqori issiqlik 
sig‘imiga ega bo‘lganidan, sekinroq soviydi. Shuning uchun serchirindi va og‘ir 
mexanik tarkibli tuproqlar «sovuq» tuproq, oz chirindili, yengil (qumli, qumloq) 
tuproqlar «iliq» tuproqlar jumlasiga kiradi. 
 
 
 4.1.2–jadval 
Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida 
minerallarining issiqlik sig‘imi 
Modda 
Issiqlik sig‘imi 
og‘irlik 
hajmiy  
kal/(g grad) 
j/(g grad) 
kal/sm3 grad 
j/(sm3grad) 
Kvarsli qum 
0,196 
0,82 
0,517 
2,16 
Gil 
0,233 
0,98 
0,577 
2,42 
Torf 
0,477 
2,00 
0,611 
2,56 
Quruq holdagi gil 23 G‘o‘za 20–22 Nam holdagi gil 16 Kartoshka Sholi 19 12 Tuproqning issiqlik sig‘imi – tuproqning issiqlikni singdirib, o‘zida ushlab turish qobiliyati bo‘lib, 1 gramm yoki 1 sm3 hajmdagi tuproqning 1°C ga qizdirish uchun ketgan va kaloriya bilan o‘lchanadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Tuproqning og‘irlik (yoki solishtirma) issiqlik sig‘imi va hajmiy issiqlik sig‘imi ajratiladi. Issiqlik sig‘imi tuproqning minerologik va mexanik tarkibiga, organik moddalar miqdoriga, uning g‘ovakligi va tuproqdagi havo miqdoriga bog‘liq (4.1.2–jadval). Suvning issiqlik sig‘imi tuproqdagi mineral va organik moddalardagiga qaraganda ancha yuqori bo‘lganidan, nam tuproqlarning haroratini oshirish uchun quruq tuproqqa nisbatan ko‘proq issiqlik zarur bo‘ladi. Nam tuproqlar sekinroq qizib va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi. Soz tuproqlar nam holatida qumli tuproqlarga qaraganda ancha yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, sekinroq soviydi. Shuning uchun serchirindi va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar «sovuq» tuproq, oz chirindili, yengil (qumli, qumloq) tuproqlar «iliq» tuproqlar jumlasiga kiradi. 4.1.2–jadval Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida minerallarining issiqlik sig‘imi Modda Issiqlik sig‘imi og‘irlik hajmiy kal/(g grad) j/(g grad) kal/sm3 grad j/(sm3grad) Kvarsli qum 0,196 0,82 0,517 2,16 Gil 0,233 0,98 0,577 2,42 Torf 0,477 2,00 0,611 2,56  
 
Suv 
1,000 
4,19 
1,000 
4,19 
Kvars 
0,198 
0,83 
– 
 
Kaolin 
0,233  
0,97 
– 
 
 
Tuproqqa ishlov berish, yerni sug‘orish yo‘li bilan tuproq g‘ovakligini va 
namligini o‘zgartirish hamda ma’lum darajada tuproqning haroratini boshqarish 
mumkin. 
Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi – tuproqning o‘zi orqali issiqlikni 
o‘tkazish qobiliyati. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 
yuzasidan 1 sekundda o‘tadigan kaloriya yoki joul hisobidagi issiqlik miqdori 
bilan o‘lchanadi. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi, uning mineralogik, 
mexanik tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va 
tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Shunga 
ko‘ra, tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Buni 
quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin: 
 
Modda 
Issiqlik o‘tkazuvchanlik 
kal/sm2 sek 
j/sm2 sek 
Havo 
0,00006 
0,000210 
Suv 
0,00136 
0,005866 
Torf 
0,00027 
0,001107 
Kvars 
0,00240 
0,00984 
Granit 
0,00820 
0,033620 
Bazalt 
0,00520 
0,021320 
 
Tuproq mineral qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi havoga nisbatan o‘rtacha 
100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. Shuning uchun tuproq qanchalik 
nam bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazishi yuqori, g‘ovakligi ko‘p bo‘lganda esa issiqlik 
o‘tkazuvchanlik past. Yozda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik 
Suv 1,000 4,19 1,000 4,19 Kvars 0,198 0,83 – Kaolin 0,233 0,97 – Tuproqqa ishlov berish, yerni sug‘orish yo‘li bilan tuproq g‘ovakligini va namligini o‘zgartirish hamda ma’lum darajada tuproqning haroratini boshqarish mumkin. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi – tuproqning o‘zi orqali issiqlikni o‘tkazish qobiliyati. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 yuzasidan 1 sekundda o‘tadigan kaloriya yoki joul hisobidagi issiqlik miqdori bilan o‘lchanadi. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi, uning mineralogik, mexanik tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Buni quyidagi ma’lumotlardan bilib olish mumkin: Modda Issiqlik o‘tkazuvchanlik kal/sm2 sek j/sm2 sek Havo 0,00006 0,000210 Suv 0,00136 0,005866 Torf 0,00027 0,001107 Kvars 0,00240 0,00984 Granit 0,00820 0,033620 Bazalt 0,00520 0,021320 Tuproq mineral qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi havoga nisbatan o‘rtacha 100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. Shuning uchun tuproq qanchalik nam bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazishi yuqori, g‘ovakligi ko‘p bo‘lganda esa issiqlik o‘tkazuvchanlik past. Yozda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik  
 
o‘tkazuvchanligi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab 
issiqlik o‘tkazishi ham pasayadi. Kuz davomida tuproqda ko‘proq nam to‘plash, 
o‘z navbatida ko‘proq issiqlik zaxirasini ham yaratish imkonini beradi. Bu – kuzgi 
g‘allani ertangi sovuqlar ta’sirida muzlashdan saqlab qoladi. 
Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi, tuproq qatlamlariga o‘tishi, 
to‘planishi va qaytishi kabi hodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi 
deyiladi. 
Tuproqning 
issiqlik 
rejimi 
iqlim 
(quyosh 
radiatsiyasining 
oqimi, 
atmosferaning namlanishi va quruqlashuvi va boshqalar), shuningdek, joyning 
relyef sharoitlari, o‘simlik va qor qoplami singarilar ta’sirida vujudga keladi. 
Tuproqning issiqlik holatini xarakterlovchi issiqlik rejimining asosiy ko‘rsatkichi 
tuproq harorati hisoblanadi. Tuproq harorati, kelayotgan quyosh radiatsiyasi oqimi 
va tuproqning issiqlik xossalari bilan belgilanadi. Harorat tez o‘zgarib turadigan 
tuproq qatlami 0–1 sm bo‘lib, 3–5 sm dan boshlab, keskin pasayadi. Tuproqning 
35–100 sm chuqurligida haroratning sutkalik o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi. 
Tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishiga joyning kengligi, havoning ochiq yoki 
bulutli bo‘lishi, yog‘in - sochin, shamol ta’siri hamda tuproqning tarkibi, o‘simlik 
va qor qoplami ta’sir etadi. Yoz faslida yalang, ochiq joylarda tuproq ustki 
qatlamining harorati O‘rta Osiyoda 70-75°C va tropik mamlakatlarda 82°C ga 
etadi. Tuproqdagi haroratning iyul va avgust oylarida o‘rtacha sutkalik o‘zgarishi 
eng yuqori, yanvar–fevralda esa minimal darajada bo‘ladi. Yoz faslida eng yuqori 
sutkalik o‘rtacha harorat, odatda tuproqning ustki qismida kuzatilib, quyi 
qismlarida kamayib boradi. Qishda esa aksincha tuproqning yuzasida harorat 
pasayib, quyi qismlarida ko‘tariladi. Tuproq haroratining o‘zgarib turishiga sabab 
bo‘luvchi asosiy tabiiy omillarga joyning relyefi, tuproq xossalari, o‘simlik va qor 
qoplami singarilar kiradi. O‘simlik qoplami yoz faslida yer yuzasining nihoyatda 
isib ketishidan saqlaydi, qish mavsumida esa tuproqdagi issiqlikning tarqalib 
ketishini pasaytiradi. Qishki davrda qor qoplami tuproq haroratiga ta’sir etib, 
issiqlikni to‘playdi va yerni sovib ketishdan, muzlashdan saqlaydi. Bu – 
qishlayotgan kuzgi g‘alla nobud bo‘lishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. 
o‘tkazuvchanligi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab issiqlik o‘tkazishi ham pasayadi. Kuz davomida tuproqda ko‘proq nam to‘plash, o‘z navbatida ko‘proq issiqlik zaxirasini ham yaratish imkonini beradi. Bu – kuzgi g‘allani ertangi sovuqlar ta’sirida muzlashdan saqlab qoladi. Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi, tuproq qatlamlariga o‘tishi, to‘planishi va qaytishi kabi hodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi. Tuproqning issiqlik rejimi iqlim (quyosh radiatsiyasining oqimi, atmosferaning namlanishi va quruqlashuvi va boshqalar), shuningdek, joyning relyef sharoitlari, o‘simlik va qor qoplami singarilar ta’sirida vujudga keladi. Tuproqning issiqlik holatini xarakterlovchi issiqlik rejimining asosiy ko‘rsatkichi tuproq harorati hisoblanadi. Tuproq harorati, kelayotgan quyosh radiatsiyasi oqimi va tuproqning issiqlik xossalari bilan belgilanadi. Harorat tez o‘zgarib turadigan tuproq qatlami 0–1 sm bo‘lib, 3–5 sm dan boshlab, keskin pasayadi. Tuproqning 35–100 sm chuqurligida haroratning sutkalik o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi. Tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishiga joyning kengligi, havoning ochiq yoki bulutli bo‘lishi, yog‘in - sochin, shamol ta’siri hamda tuproqning tarkibi, o‘simlik va qor qoplami ta’sir etadi. Yoz faslida yalang, ochiq joylarda tuproq ustki qatlamining harorati O‘rta Osiyoda 70-75°C va tropik mamlakatlarda 82°C ga etadi. Tuproqdagi haroratning iyul va avgust oylarida o‘rtacha sutkalik o‘zgarishi eng yuqori, yanvar–fevralda esa minimal darajada bo‘ladi. Yoz faslida eng yuqori sutkalik o‘rtacha harorat, odatda tuproqning ustki qismida kuzatilib, quyi qismlarida kamayib boradi. Qishda esa aksincha tuproqning yuzasida harorat pasayib, quyi qismlarida ko‘tariladi. Tuproq haroratining o‘zgarib turishiga sabab bo‘luvchi asosiy tabiiy omillarga joyning relyefi, tuproq xossalari, o‘simlik va qor qoplami singarilar kiradi. O‘simlik qoplami yoz faslida yer yuzasining nihoyatda isib ketishidan saqlaydi, qish mavsumida esa tuproqdagi issiqlikning tarqalib ketishini pasaytiradi. Qishki davrda qor qoplami tuproq haroratiga ta’sir etib, issiqlikni to‘playdi va yerni sovib ketishdan, muzlashdan saqlaydi. Bu – qishlayotgan kuzgi g‘alla nobud bo‘lishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega.  
 
Tuproqning harorati, shuningdek, uning mexanik tarkibi, namligi va rangiga 
bog‘liq. Namlikni yaxshi saqlab turadigan soz tuproqlar yuqori issiqlik sig‘imiga 
ega bo‘lganidan, bug‘lanishga ketadigan issiqlikni shuncha ko‘p sarflaydi. Qumli 
tuproqlar kichik issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, soz tuproqqa nisbatan tezroq 
isiydi. Demak, yengil mexanik tarkibli quruq va zaxi yaxshi qochirilgan tuproqlar 
bahor–yozda issiqroq bo‘lib, kuzda esa soz tuproqlarga nisbatan sovuqroq bo‘ladi. 
Tuproqning harorat rejimini xarakterlashda tuproqning 20 sm chuqurlikdagi aktiv 
harorat (>10°C) ning davomiylik davri muhim ahamiyatga ega. Ana shu 
chuqurlikda ekinlar ildiz sistemasi tabiiy qatlamining asosiy qismi tarqalgan 
bo‘ladi. 
Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi faol harorati (>10°C) tuproqning issiqlik 
bilan ta’minlanishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichdir (4.1.3–jadval). 
O‘rtacha yillik harorat va tuproqning muzlash xarakteriga ko‘ra V.N.Dimo 
tuproq issiqlik rejimining muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy 
muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratadi.  
Tuproq namligi yetarli bo‘lsa, tuproqdagi issiqlik (ma’lum chegaragacha) 
qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning rivojlanishi shunchalik tezlashib boradi. 
Juda yuqori harorat ham o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, yuqori 
haroratda kartoshka tuganaklarining hosil bo‘lish jarayoni pasayadi. Past haroratda 
o‘simliklarning rivojlanishi susayib, vegetatsiya davri cho‘ziladi va o‘simliklar 
hosili kamayadi.  
 
 
4.1.3–jadval 
Tuproqning issiqlik bilan ta’minlanish darajasini baholash (V.N.Dimo) 
 
Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi faol 
haroratlari yig‘indisi, oC 
Tuproqning issiqlik bilan 
ta’minlanishi 
0–400 
past 
Tuproqning harorati, shuningdek, uning mexanik tarkibi, namligi va rangiga bog‘liq. Namlikni yaxshi saqlab turadigan soz tuproqlar yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, bug‘lanishga ketadigan issiqlikni shuncha ko‘p sarflaydi. Qumli tuproqlar kichik issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, soz tuproqqa nisbatan tezroq isiydi. Demak, yengil mexanik tarkibli quruq va zaxi yaxshi qochirilgan tuproqlar bahor–yozda issiqroq bo‘lib, kuzda esa soz tuproqlarga nisbatan sovuqroq bo‘ladi. Tuproqning harorat rejimini xarakterlashda tuproqning 20 sm chuqurlikdagi aktiv harorat (>10°C) ning davomiylik davri muhim ahamiyatga ega. Ana shu chuqurlikda ekinlar ildiz sistemasi tabiiy qatlamining asosiy qismi tarqalgan bo‘ladi. Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi faol harorati (>10°C) tuproqning issiqlik bilan ta’minlanishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichdir (4.1.3–jadval). O‘rtacha yillik harorat va tuproqning muzlash xarakteriga ko‘ra V.N.Dimo tuproq issiqlik rejimining muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratadi. Tuproq namligi yetarli bo‘lsa, tuproqdagi issiqlik (ma’lum chegaragacha) qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning rivojlanishi shunchalik tezlashib boradi. Juda yuqori harorat ham o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, yuqori haroratda kartoshka tuganaklarining hosil bo‘lish jarayoni pasayadi. Past haroratda o‘simliklarning rivojlanishi susayib, vegetatsiya davri cho‘ziladi va o‘simliklar hosili kamayadi. 4.1.3–jadval Tuproqning issiqlik bilan ta’minlanish darajasini baholash (V.N.Dimo) Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi faol haroratlari yig‘indisi, oC Tuproqning issiqlik bilan ta’minlanishi 0–400 past  
 
400–800 
juda past 
800–1200 
kuchsiz 
1200–1600 
o‘rtachadan past 
1900–2100 
o‘rtacha 
2100–2700 
o‘rtachadan yuqori 
2700–3400 
yaxshi 
3400–4400 
eng yaxshi 
4400–5600 
yuqori 
5600–7200 
eng yuqori 
 
4.1.4–jadval 
Urug‘larning unib chiqish harorati, oC 
 
Ekinlar 
Urug‘lar 
 
unishi 
ko‘karib chiqishi 
Bug‘doy, arpa, no‘xat, beda 
0–1 
2–3 
Lavlagi, zig‘ir 
3–4 
6–7 
Kartoshka, kungaboqar 
5–6 
8–9 
Jo‘xori, tariq, soya 
8–10 
10–11 
Loviya, kanakunjut, g‘o‘za, 
10–12 
12–13 
Kunjut, sholi, yeryong‘oq 
12–14 
14–15 
 
400–800 juda past 800–1200 kuchsiz 1200–1600 o‘rtachadan past 1900–2100 o‘rtacha 2100–2700 o‘rtachadan yuqori 2700–3400 yaxshi 3400–4400 eng yaxshi 4400–5600 yuqori 5600–7200 eng yuqori 4.1.4–jadval Urug‘larning unib chiqish harorati, oC Ekinlar Urug‘lar unishi ko‘karib chiqishi Bug‘doy, arpa, no‘xat, beda 0–1 2–3 Lavlagi, zig‘ir 3–4 6–7 Kartoshka, kungaboqar 5–6 8–9 Jo‘xori, tariq, soya 8–10 10–11 Loviya, kanakunjut, g‘o‘za, 10–12 12–13 Kunjut, sholi, yeryong‘oq 12–14 14–15