TUPROQNING KIMYOVIY VA ORGANIK QISMI VA TUPROQ BIOTASINING AHAMIYATI
Yuklangan vaqt
2024-11-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
41
Faytl hajmi
159,2 KB
TUPROQNING KIMYOVIY VA ORGANIK QISMI VA TUPROQ
BIOTASINING AHAMIYATI
REJA
1. Tuproqning kimyoviy tarkibi, makro va mikroelemntlar.
2. Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va xossalari
3. Tuproq biotasi.
Kalit so’zlar: yashil o’simliklar, bakteriyalar, suvo’tlar, zambrug’lar, mikrobiologik
faollik, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya, ammonifikatsiya.
1. Tuproqning kimyoviy tarkibi, makro va mikroelemntlar. Ma’lumki,
tuproq mineral, organik va organik-mineral moddalardan iborat. Tuproqning
kimyoviy tarkibi ona jinslarga bog’liq bo’lsa-da, undan keskin farq qiladi va asosan
turli birikmalar holidagi elementlardan tashkil topgan.
Tuproq kimyoviy tarkibining o’ziga xos xususiyati, undagi organik moddalar
(jumladan gumus) ning mavjudligi, ayrim element birikmalarining turlicha
shakldaligi va vaqt o’tishi bilan tarkibining doimiy bo’lmasligidir.
Tuproqdagi mineral birikmalarning asosiy manbai yer po’sti qattiq qobig’i
(litosferada) gi har xil tog’ jinslari hisoblanadi. Organik moddalar esa turli o’simlik
va jonivorlarning hayot-faoliyati natijasida tuproqda to’planadi. Mineral va organik
moddalarning o’zaro ta’siri tufayli tuproqdagi organik-mineral kompleksining
murakkab birikmalari hosil bo’ladi.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra ba’zi kimyoviy elementlarning miqdori litosfera
va tuproqda keskin farq qiladi (9-jadval).
Tuproq mineral qismining kimyoviy tarkibi litosfera tog’ jinslariga bog’liq
bo’lganidan, ayrim elementlarning miqdori jihatidan tuproq va litosfera tarkibi bir-
biriga o’xshashdir. Masalan, litosfera va tuproqda kislorod birinchi, kremniy-
ikkinchi o’rinda turadi. So’ngra alyuminiy, temir singarilar miqdori ham yaqindir.
9-jadval
Litosfera va tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlarning o’rtacha nisbiy
miqdori, foiz hisobida A.P.Vinogradov, 1950)
Elementlar
Litosfera
Tuproq
Elementlar
Litosfera Tuproq
O
47,20
49,00
C
0,10
2,00
Si
27,60
33,00
S
0,09
0,085
Al
8,80
7,14
Mn
0,09
0,085
Fe
5,10
3,80
P
0,08
0,08
Ca
3,60
1,37
N
0,01
0,10
Na
2,64
0,63
Cu
0,01
0,002
K
2,60
1,36
Zn
0,005
0,005
Ammo tuproqdagi ba’zi elementlar miqdori litosferadan keskin farq qiladi.
Jumladan, tuproqda litosferadagiga nisbatan uglerod 20 marta va azot miqdori 10
barobar ko’pdir. Tuproqda bu elementlarning to’planishi turli organizmlarning
faoliyati bilan bog’liq bo’lib, organizmlar tarkibida uglerod 18, azot 0,3 foizni
tashkil etadi (A.N.Vinogradov). Nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlari
natijasida ayrim elementlar miqdori o’zgaradi. Tuproqda litosferaga nisbatan
kislorod, vodorod va kremniy ko’payib alyuminiy, temir, kalsiy, magniy, natriy,
kaliy va boshqa elementlar kamayadi.
Tuproqdagi asosiy kimyoviy elementlar. ularning birikmalari, miqdori va
ahamiyati. Tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar turli birikmalar holida bo’lib,
ulardagi mineral va organik moddalar tarkibi bilan bevosita bog’liq. Quyida
tuproqdagi ayrim element birikmalari va ularning o’simliklar hayotidagi ahamiyati
haqida qisqa to’xtalib o’tamiz.
Kislorod. Tuproq gumusi, ko’pchilik birlamchi va ikkilamchi minerallar
hamda tuzlar, kislotalar va suv tarkibiga kiradi. Kislorod o’simliklar, barcha tirik
organizmlar hayotida va tuproqda kechadigan jarayonlarda muhim ahamiyatga ega.
Kremniy. Kvars (SiO2) tuproqda ko’p tarqalgan kremniy birikmalaridan biri
hisoblanadi. Shuningdek, kremniy birlamchi va ikkilamchi silikatlar, ferrosilikatlar,
alyumosilikatlar tarkibiga kiradi. Kremniy o’simlik hayotida, jumladan ular
poyasining pishiq bo’lishida katta ahamiyatga ega. Kremniy o’simlik tanasi,
boshoqlari, poyasida ko’p to’planadi va shamol esganda, yomg’ir yoqqanda
shoxlarining egilib og’masligi uchun ularning mustahkamlagini oshiradi. O’simlik
odatda kremniyni eritmadan oladi. Hozirgi vaqtda o’simliklar tanasining pishiqligini
oshirishda (masalan, manzarali gulchilikda) kremnezyomning suvda tez eriydigan
tuzlaridan foydalaniladi.
Alyuminiy. Tuproqda alyuminiy birlamchi va ikkilamchi minerallarning
tarkibida, organik-mineral kompleks shaklida va singdirilgan holatda (kislotali
tuproqlarda) bo’ladi. Alyuminiy saqlagan birlamchi va ikkilamchi minerallar
parchalanganda, uning tarkibidagi alyuminiy gidrooksidlari ajralib, bir qismi (kam
harakatchan formasi) o’z joyida qoladi va qisman zol holatida eritmaga o’tadi.
Kislotali sharoitda (pH<5) alyuminiy gidrooksidi ancha harakatchan bo’lib,
alyuminiy eritmada Al(OH)2+ Al(OH)2+ ionlari xolida yuzaga keladi va
o’simliklarning o’sishiga salbiy ta’sir etadi.
Suvda eriydigan va kolloidli alyuminiy gidrooksidi organik kiislotalar bilan
ta’sirlashib, ancha harakatchan kompleks birikmalar hosil qiladi va tuproq profili
bo’ylab aralashib tarqaladi.
Alyuminiyning o’simliklar hayotidagi roli katta. Alyuminiyning azotli
birikmasi o’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligini oshiradi. Masalan,
qurg’oqchilik davrida alyuminiy ta’sirida kungaboqarning yosh barglarida oqsilning
biosintezi jadallashadi va nuklein kislotalari miqdori ham ko’payadi. Alyuminiyning
konsentrasiyasi oshib ketganda, o’simliklarning ildiz sistemasi zararlanadi. Hayvon
va odamlarda qon hosil bo’lishi sekinlashadi, fosfor almashinuvi susayadi, raxit
kasali kuchayadi. Tuproqdagi Al2O3 ning yalpi miqdori odatda 1-2 dan 15-20
foizgacha o’zgarib turadi, ferralitli tropik tuproqlarda va boksit tarkibida 40 foizdan
ham oshadi.
Temir. Tuproq tarkibida temir miqdori o’rtacha 2-3 foiz bo’lib, birlamchi va
ikkilamchi silikatli minerallari, shuningdek, temir oksidi, gidrooksidi va oddiy
tuzlari tarkibiga kiradi. Temir singdirilgan holatda va organik-mineral kompleks
tarkibida ham bo’ladi. Temir saqlovchi minerallar nuraganda uning gidrooksidlari
ajraladi. Kuchli kislotali (pH<3) sharoitda temir gidrooksidining harakatchanligi
oshib, eritmada temir ionlari hosil bo’ladi. Havo yetishmaydigan sharoitda temir
oksidi zakis (to’liq oksidlanmagan) formasiga qadarli tiklanadi va FeCO3,
Fe(HCO3)2, FeSO4 ning eriydigan birikmalari yuzaga keladi. Temirning eritmadagi
juda tez eriydigan birikmalari o’simliklarga salbiy ta’sir qiladi. Temir o’simlik
hayotida katta ahamiyatga ega va uning ishtirokisiz fotosintez susayib, xlorofill hosil
bo’lmaydi. Neytral va ishqorli tuproqlardagi yaxshi oksidlanib turadigan sharoitda
o’simliklarda temir yetishmasligi seziladi va xloroz bilan kasallanadi. Tuproqdagi
temir birikmalari o’zgaruvchan bo’lib, Fe2O3 ning umumiy miqdori qumli
tuproqlarda 0,5-1,0 foizgacha, lyoss tuproqlarda 3-5, tropik o’lkalardagi lateritlarda
20-50 foizgacha o’zgarib turadi. Ba’zi tuproqlarda temir konkresiyalari (ortshteyn)
va uning alohida qatlamchalari tez-tez uchrab turadi.
Kalsiy va magniy. Tuproqdagi plagioklazlar, slyudalar, rogovaya obmanka,
montmorillonit, gidroslyudalar, kalsit, magnezit, fosfatlar, sulfatlar kabi birlamchi
va ikkilamchi minerallar tarkibida bo’ladi. Ko’pchilik tuproqlarning singdirish
kompleksida kalsiy birinchi, magniy esa ikkinchi o’rinda turadi. Tuproqdagi kalsiy
va magniyning o’rtacha miqdori mutanosib ravishda 2 va 0,6 foizni tashkil etadi.
CaCO3, MgCO3 suvda qiyin eriydigan birikma bo’lib, tuproqlarda keng tarqalgan va
kalsiy, magniyning asosiy manbai hisoblanadi. Karbonatlar suvda erigan karbonat
angidridi ta’sirida bikarbonatlar [Ca(HCO3)2, Mg(HCO3)2 ] ga o’tadi.
Kalsiy tuproq strukturasining shakllanishida ishtirok etib, fizikaviy, fizik-
mexanik va biologik xossalarini yaxshilashda muhim rol o’ynaydi. O’rta Osiyoning
ayrim gidromorf tuproqlarida kalsiy karbonati 25-30 va hatto 50-80 foizgacha
bo’lib, alohida qattiq (sho’x) qatlamini hosil qiladi, MgCO3 esa ko’p to’planganda
magniyli sho’rxoklar yuzaga keladi hamda tuproqning unumdorligi pasayib ketadi.
(D.M.Kuguchkov, P.Uzoqov).
Kalsiy va magniy o’simlik va hayvon organizmlari hayotida katta ahamiyatga
ega. Kalsiy atmosferadagi azot fiksasiyasida va organik moddalarning
minerallashib, turli oziq moddalar to’planishi, oqsil moddalar sintezida ishtirok
etadi.
Magniy xlorofillning tarkibiy qismiga kirib, oksidlanish - qaytarilish
jarayonlarida qatnashadi va o’simliklarning nafas olishini yaxshilaydi.
Uglerod asosan tuproq gumusida, turli organik moddalar tarkibida va
shuningdek karbonatlarda saqlangan bo’ladi. Uglerodning tuproqdagi o’rtacha
miqdori 2, chirindiga boy qora tuproqlarda 10 foizga yetadi. Torfli tuproqlarda
bunga nisbatan bir necha barobar ko’pdir. Uglerod muhim biogen element bo’lib,
yerdagi hayot asosini tashkil etadi. O’simlik quruq qismining o’rtacha 45 foizi
ugleroddan iborat. O’simliklar uglerodni atmosfera va tuproq havosidagi karbonat
angidrididan nafaqat barglari, balki ildizlari orqali ham to’playdi. Organik uglerod
tuproqdagi uglevodlar, uglevodorodlar, organik kislotalar (yog’lar, efirlar, spirtlar
va boshqalar), aminokislotalar, gumus kislotalari tarkibida bo’ladi.
Tuproqdagi gumus zahirasining kamayishi bilan uglerod ham ozayib ketadi.
Buni ayniqsa, O’rta Osiyoning paxtachilik rayonlari tuprog’i misolida ko’rish
mumkin. Uglerod zahirasini ko’paytirish uchun yerga organik (jumladan guminli)
o’g’itlar solish va almashlab ekishni to’g’ri yo’lga qo’yish lozim. Agrokimyoviy
tekshirishlardan ma’lumki, ko’p yillik o’simliklar ikki yil davomida tuproqdagi
uglerod miqdorini 0,39-0,59 foizgacha oshiradi(T.Zokirov, 1986).
Azot uglerod singari biosferada nihoyatda katta rol o’ynaydi. Tuproqdagi azot
asosan quyidagi birikmalar: gumusdagi azot, ammoniyli (NH4+) va nitrat (NO3- )
tuzlaridagi azot, oksillardagi organik azot va ularning parchalanish mahsulotlaridagi
aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida bo’ladi. Tuproqdagi azotning
asosiy qismi organik moddalar tarkibida saqlanganidan, azot miqdori ham organik
birikmalar, jumladan gumus miqdoriga bog’liq. Ko’pchilik tuproqlarda azot
gumusning 1/40 va 1/20 qismini tashkil etadi. Azotning biologik yo’l bilan
atmosferadan to’planishida mikroorganizmlarning roli katta. Tuproq ona jinslarida
azot juda kam bo’ladi. Tuproqdagi murakkab organik birikmalar (gumus)
tarkibidagi azot minerallashgandan keyin ammoniy va nitrat birikmalari holida
o’simliklarga o’tadi. Bu jarayon nam yetarli bo’lgan va havo kirib turadigan
sharoitda yaxshi kechadi. Ammoniy ionlari almashinadigan va qisman
almashinmaydigan (fiksasiyalangan) holda tuproqqa yaxshi singdiriladi. Nitrat ioni
asosan tuproq eritmasida bo’lib, o’simliklar uni oson o’zlashtiradi. Nam ko’p
bo’lgan sharoitda nitratlar yuvilib ketadi. Azot tirik organizmlar hayotida asosiy rol
o’ynaydi. Azot barcha oksil moddalar tarkibiga kiradi. Xlorofillda, nuklen
kislotalari, fosfatidlar va boshka ko’plab organik moddalar tarkibida bo’ladi.
Shuning uchun azotning tuproqdagi zahirasi yerga mineral va organik o’g’itlar
solish, beda almashlab ekish yo’li bilan ko’paytirib boriladi.
Tuproqlardagi azot miqdori 0,3-0,4 foiz atrofida bo’lib, ko’pincha 0,1 foizdan
oshmaydi.O’rta Osiyoning ayrim tuproqlarida azot miqdori quyidagicha: och tusli
bo’z tuproq haydalma qatlamida - 0,04-0,07, qadimdan sug’oriladigan tipik bo’z
tuproqlarda 0,08-0,12, qadimdan sug’oriladigan o’tloq tuproqlarda 0,10-0,15 va to’q
tusli bo’z tuproqlarda 0,20-0,50 foiz bo’ladi. Yerga azotli mineral o’g’itlar
qo’llanish bilan birga g’o’za-beda almashlab ekishni yo’lga qo’yish qo’shimcha
ravishda 400-600 kg/ga biologik azot to’plash imkonini beradi. Bu esa
o’simliklarning azot bilan samarali oziqlanishini va ulardan yuqori hosil olishni
ta’minlaydi.
Fosfor. Tuproqda fosfor juda kam bo’lib, P2O5 ning yalpi miqdori 0,1-0,2
foizdan oshmaydi. Tuproqdagi fosfor organik va mineral birikmalar holidadir.
Organik fosfor, fitin, nuklein kislotasi, nukleoproteidlar, fosfatidlar hamda fosfatlar
shaklida bo’ladi. Gumus tarkibida to’plangan organik fosfor barcha tuproq
fosforining 14-44 foizini tashkil etadi. Mineral fosfor ortofosfat kislotasining kalsiy,
magniy, temir va alyuminiy tuzlaridan iborat. Tuproqdagi fosfor apatit, fosforit va
vivianit minerallari tarkibiga kiradi. Yer pustidagi barcha fosforning 95 foizi
magmatik jinslardagi apatitda saqlangan bo’ladi. Tuproqdagi mineral fosfor
birikmalari ko’pincha kam harakatchan bo’ladi. Kislotali tuproqlarda temir va
alyuminiy fosfatlari, neytral va kam ishqorli (O’rta Osiyo) tuproqlarda esa kalsiy
fosfati ko’p bo’ladi. Karbonatli tuproqlarda eruvchan fosfatlar qiyin eriydigan
gidroksilapatit yoki uch kalsiyli fosfatga o’tadi va o’simliklar uni qiyin o’zlashtiradi.
Fosfor muhim biologik element sifatida protoplazma, qator fermentlar va vitaminlar
tarkibiga kiradi. Tuproqning reaksiya muhiti kam kislotali (pH -6,5) bo’lganda
o’simliklarning fosfat ionlarini o’zlashtirishi uchun yaxshi sharoit yuzaga keladi.
Ekinlardan yuqori hosil olish uchun barcha tuproqlarda fosfor o’g’itlaridan keng
foydalaniladi.
Oltingugurt oqsil moddalar va efir moylari tarkibiga kiradi. Odatda
o’simliklarning oltingugurtga talabi fosfornikiga nisbatan kamroq. Tuproqning
yuqori gorizontlarida oltingugurt biologik yo’l bilan to’planadi va SO3 miqdori 0,01
dan 2 foiz atrofida o’zgarib turadi. Tuproqdagi oltingugurt fosfatlar, sulfidlar va
organik moddalar tarkibida bo’ladi. Organik moddalar parchalanganda va sulfidlar
oksidlanganda sulfatlar hosil qiladi. Ayniqsa kaliy, natriy va magniy sulfatlari suvda
yaxshi eriydi va tuproqda kam singdiriladi. Quruq iqlimli sharoitdagi sho’rlangan
tuproqlarda sulfatlar miqdori bir necha prosentgacha ko’payadi. Odatda tuproqlarda
o’simliklarning
oziqlanishi
uchun
oltingugurt
yetarli.
O’rta
Osiyoning
sug’oriladigan bo’z tuproqlarida, uning miqdori ancha kamayishi kuzatilgan.
Shuning uchun g’o’zani oltingugurt suspenziyasi bilan oziqlantirish, uning yuqori
samaradorligini ko’rsatadi.
Kaliy. Yalpi kaliy (K2O) miqdori og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda ancha ko’p
bo’lib, 2-3 foizga yetadi. Kaliyning asosiy qismi biotit, muskovit, kaliyli dala
shpatlari, gidroslyudalar kabi birlamchi va ikkilamchi minerallarning kristall
panjaralarida saqlangan bo’lib, o’simliklarga o’tmaydigan shakldadir. Ba’zi
minerallar (biotit, muskovit) dan kaliy oson ajralib, o’simliklarning oziqlanishida
muhim
rol
o’ynaydi.
Kaliy
tuproqda
singdirilgan
(almashinuvchi
va
almashinmaydigan) holatda va oddiy tuzlar shaklida saqlangan bo’ladi.
Almashinuvchi kaliy o’simliklarning oziqlanishi uchun asosiy manba hisoblanadi.
Tuproqlar almashinuvchi kaliy bilan qanchalik ko’p to’yingan bo’lsa, uning
o’simliklarga o’tishi ham shunchalik yaxshi va oson bo’ladi.
O’rta Osiyoning sug’oriladigan tuproqlaridagi kaliy asosan o’simliklarga
o’tadigan ya’ni -suvda eriydigan va almashinadigan holatda bo’ladi. Kaliy, azot va
fosfor kabi organizmdagi muhim fiziologik funksiyani bajaradi. O’simliklarda
fotosintez
jarayonining
normal
kechishida,
ba’zi
vitaminlar
sintezida,
fermentlarning
aktivligini
oshirishda
ishtirok
etadi.
Ayniksa
kartoshka,
ildizmevalilar, turli o’tlar, tamaki kaliyni ko’p talab etadi. Kaliy yetishmaganda
o’simlikda turli kasallik va hasharotlarning ta’siriga chidamsiz bo’ladi. G’o’zaga
kaliy yetishmaganda kasallanadi, chigitning unib chiqishi qiyinlashadi, hosil
kamayadi va tolasining sifati pasayadi. Tuproqning kaliy bilan ta’minlanishiga ko’ra
o’g’itlardan to’g’ri foydalanish ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.
Tuproqdagi mikroelementlar turlari va ahamiyati.
Tuproqdagi o’simliklar va hayvon organizmi uchun nihoyatda oz miqdorda
zarur bo’lgan qator kimyoviy elementlar borki, ular mikroelementlar deyiladi.
Mikroelementlar jumlasiga bor (B), marganes (Mn), molibden (Mo), mis (Cu), rux
(Zn), kobalt (Co), yod (I), ftor (F) singarilar kiradi. Bulardan ayrimlarinigina
biologik roli yaxshi o’rganilgan.
Mikroelementlar o’simliklar va hayvonlar hayotida muhim fiziologik hamda
biokimyoviy ahamiyatga ega. Ular qator fermentlar, gormonlar va vitaminlar
tarkibiga kiradi. Mikroelementlarning tuproqda yetarli bo’lmasligi yoki miqdorining
oshib ketishi organizmlarda kechadigan biologik jarayonlarga salbiy ta’sir etadi va
turli kasalliklarga sabab bo’ladi. O’simliklar hosili pasayib mahsulotlar sifati
kamayadi. Hozirgi vaqtda tuproqda mikroelementlar miqdori, ularning birikish
shakllari, tirik organizmlar hayotidagi rolini o’rganish hamda tuproqdagi miqdori va
rejimini tartibga solish tadbirlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
V.V.Kovalskiy tomonidan tuproqlardagi mikroelementlar miqdorini ko’rsatuvchi
biogeokimyoviy provinsiyalar karta sxemasi tuzib chiqilgan. O’zbekistonning
chorvachilik yaylovlari uchun yaratilgan ana shunday karta-sxemalar katta amaliy
ahamiyatga ega bo’lmoqda. (M.A.Rish, Sh.N.Nazarov).
Tuproqdagi mikroelementlar miqdori asosan birlamchi minerallar, qisman gil
minerallar va organik moddalar tarkibiga bog’liq va litosferadagidan farq qiladi.
Quyida o’simlik va hayvonot organizmlari hayoti uchun zarur bo’lgan va yaxshi
o’rganilgan ayrim mikroelementlar haqida to’xtab o’tamiz.
Mis (Cu). Tuproqdagi misning o’rtacha miqdori 0,02 foizni tashkil etib asosan
tuproqning gumusli gorizontlarida organik-mineral kompleks shaklida va
singdirilgan holatda bo’ladi. Misning bir qismi birlamchi va ikkilamchi minerallar
tarkibiga kiradi. Tuproq kislotaliligining ko’tarilishi bilan misning harakatchanligi
ham oshadi. Neytral va ishqorli tuproqlarda ko’pincha o’simliklar uchun mis yetarli
bo’lmaydi. Tuproqdagi mis ona jins tarkibiga bog’liq. Jumladan, Zarafshon
vodiysidagi kuzatishlarga ko’ra slaneslarning g’ovak jinslarida granitga nisbatan
mis 2-3 barobar ko’pligi kuzatilgan. (Ye.K.Kruglova, 1981).
Mis muhim biologik ahamiyatga ega bo’lib, turli oksidlovchi fermentlar
tarkibiga kiradi, va oqsil moddalarning almashinuviga ijobiy ta’sir etadi. Tuproqda
mis yetishmaganda o’simliklarda oqsillar sintezi pasayadi va hosili ancha kamayadi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti
xodimlarining tadqiqotlari Farg’ona vodiysi va Mirzacho’lning sug’oriladigan
yerlari tuprog’ida o’simliklarning o’zlashtirishi uchun qulay bo’lgan mis birikmalari
juda kamligini ko’rsatadi. Bunday yerlarda misli o’g’itlar qo’llanilganda paxta hosili
2,5-4 s/ga oshgan.
Hozirgi vaqtda Olmaliq kimyo zavodida tarkibida mis bo’lgan ammofos olish
texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Rux (Zn) Tuproqning gumusli gorizontida ko’proq to’planadi va organik
moddalar bilan murakkab birikmalar hosil qiladi. Shuningdek rux tuproq
kolloidlarida singdirilgan holda va turli minerallar tarkibida uchraydi. Rux miqdori
tuproqda o’rtacha 0,005 foizni tashkil etadi. Rux o’simliklardagi biologik
jarayonlarni kuchaytiradi va nafas olishda qatnashadigan fermentlar faoliyatini
kuchaytiradi. Rux yetishmasa o’simlikdagi oqsil tez parchalanadi. Yorug’likning
kuchayishi bilan o’simliklarning ruxga bo’lgan talabi oshadi. O’rta Osiyoning
sug’oriladigan yerlarida rux juda kam bo’lib, ayniqsa sabzavot ekinlari, makkajuxori
va mevali daraxtlar uchun rux yetishmaydi. Shunday tuproqlarga rux sulfat, rux
oksidi va rux qo’shilgan o’g’itlar qo’llanilganda ekinlar hosili oshadi va uning sifati
yaxshilanadi.
Bor (B). Tuproqdagi alyumosilikatlar, ayniqsa chirindi qatlamidagi organik
birikmalar tarkibida ko’proq to’planadi. Tuproqdagi borning o’rtacha miqdori 0,001
foiz atrofida. Bor elementi o’simliklardagi uglevodlar almashinuvida va gulining
changlanishi jarayonida katta rol o’ynaydi. Bor yetishmaganda changlanmagan
gullar tushib ketadi va hosil ham kamayadi. O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari, ayniqsa
gumusi ko’proq o’tloq tuproqlarda harakatchan bor miqdori ancha ko’proq. Bor
yetishmaydigan yerlarga bor kislotasi, bura va bor mikroelementi bilan boyitilgan
o’g’itlar yaxshi samara beradi.
Molibden (Mo) qator minerallar tarkibiga kiradi va tuproq organik
moddalarida, singdirilgan holda ham bo’ladi. Tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,0003
foiz. Molibden kislotali tuproqlarda marganes, mis, rux va kobaltga nisbatan kam
harakatchan bo’ladi. Molibden yuqori biogen xususiyatga ega bo’lgan mikroelement
bo’lib, dukkakli o’simliklarda ko’p to’planadi. O’simliklarda azot almashinuvida,
ayniqsa azot to’plovchi azotobakteriyalar va tuganak bakteriyalari faoliyatida
muhim ahamiyatga ega. Molibden yetishmasa dukkaklilar ildizida tuganaklar hosil
bo’lmaydi. Barcha o’simliklarga oz miqdorda bo’lsa-da, molibden zarur. Molibden
o’simliklar hujayrasida selitrani ammoniyga aylantiradigan nitrat reduktaza
fermentining tarkibiga ham kiradi. Bu ferment yetishmasa oqsil moddalar
sintezlanishi pasayadi. O’simliklarga molibden saqlovchi o’g’itlar qo’llanilganda va
chigit ammoniy molibdenning 0,01 foizli eritmasida namlab ekilganda yaxshi natija
beradi.
Marganes (Mn). O’simliklar va hayvonlar organizmi uchun zarur va muhim
mikroelementlardan hisoblanadi. Marganes o’simliklarda fermentlar tarkibiga
kiradi, fotosintez faoliyatini kuchaytiradi hamda oqsillar hosil bo’lishida muhim rol
o’ynaydi. Marganes qator minerallar (radonit, gausmonit, manganazit) tarkibida
bo’ladi. Tuproqning gumusli qatlamida va illyuvial gorizontida ko’proq to’planadi.
Marganesning tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,085 foiz bo’lib, O’rta Osiyoning bo’z
tuproqlarida 0,06-0,07 foiz va gidromorf tuproqlarda ancha ko’p. Suvda eriydigan
nitrat, xlorid va sulfat birikmalari tarkibidagi marganes o’simliklarga yaxshi o’tadi.
Ishqorli va karbonatli tuproqlarda marganes kam harakatchan bo’lganligi sababli
o’simliklar uchun yetarli bo’lmaydi, nordon reaksiyali sharoitda aksincha marganes
ko’payib, o’simliklarga zaharli ta’sir etadi. Tuproqdagi o’zlashtiriladigan marganes
kam bo’lganda, shu mikroelementlarning o’g’itlaridan foydalaniladi.
Kobalt (Co) turli alyumosilikatlar tarkibida saqlanadi, kolloidlarda
singdirilgan va turli organik-mineral birikmalar holida bo’ladi. O’simliklarda
fotosintez jarayonini yaxshilaydi, oqsil almashinuvini tezlashtiradi.
Kobaltning tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,008 foiz bo’lib, gumusli qatlamda
ko’proq. Ayrim rayonlardagi tuproqlarda kobalt juda kam. Bunday yerlarga kobaltli
mikroo’g’itlar qo’llanish yaxshi natija beradi.
Yod (J) odatda tuproqning yuqori gumusli qatlamida ko’proq to’planadi,
o’rtacha mikdori 0,0005 foiz. O’rta Osiyoning to’q tusli o’tloq tuproqlarida bo’z
tuproqlarga nisbatan yod ko’proq saqlanadi. Yod o’simliklardagi fotosintez
jarayonida aktiv qatnashadi, oqsil moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa
chorva mollardagi turli kasalliklarning oldini olishda yaylov tuproqlari va
o’simliklarda yod yetarli bo’lishi kerak. Yod yetishmaganda, shu mikroelement
saqlovchi preparatlar ishlatiladi.
O’simliklarning mikroelementlar bilan ta’minlanish darajasini baholash uchun,
uning
tuproqdagi
harakatchan
formalarini
bilish
zarur.
Tuproqdagi
mikroelementlarning harakatchan shakldagi miqdori juda o’zgaruvchan bo’lib,
tuproqning genetik xususiyatlariga, tuproqlarning madaniylashtirish holatiga va
boshqa sharoitlarga bog’liq. G.Ya.Rinks tuproqdagi harakatchan mikroelement
miqdorini baholashning quyidagi gradasiyasini tavsiya etadi (mg-kg hisobida).
1. Mikroelementlarga juda kambag’al - Cu<0,3; Zn<0,2; Mn<0,1; Co<0,2;
Mo<0,05; B<0,1;
2. Mikroelementlarga kambag’al Cu<1,5; Zn<l; Mn<10; Co<1; Mo<0.15;
B<0,2.
Tuproqlar mikroelementlarga juda kambag’al va kambag’al bo’lganda
tarkibida mikroelementlar bo’lgan o’g’itlarni ko’proq qo’llanishni talab etadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda, jumladan O’rta Osiyo respublikalarida tuproqning
mikroelementlar
bilan
ta’minlanishini
ko’rsatuvchi
kartogrammalar
tuzib
chiqilmoqda. Bu materiallar mikroo’g’itlardan samarali foydalanish imkonini
beradi.
2.Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va xossalari
Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan
tashkil
topgan.
Bu
organik
moddalar
o’simliklar,
jonivorlar
va
mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan qoldiqlaridan, ular metabolizmining
mahsulotlaridan hamda tuproqning o’ziga xos moddasi - gumus yig’indisidan iborat.
Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda
kompleksi bo’lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda
mineral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir.
Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik
hujayralari va tuproq faunasi (jonivorlari) ham ishtirok etadi. Tuproqlar organik
qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o’simlik qoldiqlari 10
foiz, tuproq florasi va faunasi (tirik zamburug’lar, suv o’tlari, bakteriya va
aktinomisetlar, yomg’ir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo’ladi (12-
rasm).
Tuproqning yuzasi va butun profilida to’planadigan barcha o’simlik va hayvon
qoldiqlari organik moddalarning potensial manbai hisoblanadi hamda tuproq paydo
bo’lish jarayonlarida aktiv qatnashadi. Tuproqdagi biomassa zahirasi, uning
strukturasi, dinamikasi va tarkibi turli tabiiy zonalarda bir xil emas. Ayniqsa yashil
o’simliklar eng ko’p biomassa to’plash imkoniyatiga ega. Ularning har yili
to’playdigan biomassasi umurtqasiz hayvonlar va mikroorganizmlarga nisbatan
o’nlab, yuzlab marotaba, umurtqali hayvonlarga nisbatan esa bir necha ming
marotaba ko’p. Shuning uchun ham tuproqdagi organik moddalarning asosiy qismi
yashil o’simliklarning yer yuzasiga tushadigan qoldiqlari va ildizlari hisobiga
bo’ladi (12 - rasm).
12- rasm. Tuproq organik qismining tarkibi
Ammo jonivorlar va mikroorganizmlar qoldiqlarining tarkibida oqsil
moddalarning ko’p bo’lishi, tuproqda azotga boy organik moddalarning
to’planishida muhim rol o’ynaydi. Turli o’simliklar formasiyasi qoldiradigan, har
yili to’planadigan organik modda (biomassasi) bir xil emas va gektariga o’rtacha
3,4-13,7 tonnani, nam subtropik o’rmonlarida esa hatto 30-35 tonnani tashkil etadi.
Turli tabiiy tuproq zonalarida quyidagi o’simliklarning qoldiqlari to’planishi
mumkin. Tundra zonasida fitomassa zahirasi 150 dan 2500 g/m2 gacha, o’rmon-
tayga zonasining yuqori bonitetli o’rmonlarida fitomassa miqdori 25-40 ming g/m2
gacha ko’payadi. Dasht zonasi o’tsimon o’simliklar o’rmonlarga nisbatan kamroq
biomassa (1200-2500 g/m2) to’playdi, ammo ildiz massasi 3-6 marta ko’p bo’ladi.
Cho’l zonasida fitomassa zahirasi keskin kamayadi, ammo ildiz massasi ko’payadi
va yer yuzasidagi organik moddalar hamda ildiz massasining nisbati 1:8-1:9 ga
barobardir.
Tuproqning biologik aktivligi ancha past bo’lsa-da, nam yetarli bo’lgan bahor
vaqtlarida kuchayadi. Tuproqda to’planadigan organik qoldiqlarning kimyoviy
tarkibi ko’pincha nobud bo’lgan organizmlarning turlariga bog’liq (10-jadval).
10- jadval
Yuqori va tuban organizmlarning kimyoviy tarkibi quruq moddaga nisbatan
foiz hisobida (A.Ye.Vozbuskaya)
Organizmlar
Kul
Oqsil-li
modda-
lar
Uglevodlar
Ligni
n
Lipid-lar
oshlovchi
modda-
lar
Sellyu-
loza
Gemisel-
lyuloza va
boshqa
uglevod-
lar
Bakteriyalar
2-10
40-70
-
bor
-
1-40
Suv o’tlari
20-30
10-15
5-10
50-60
-
1-3
Lishayniklar
2-6
3-5
5-10
60-80
8-10
1-3
Mox (yo’sunlar)
3-10
5-10
15-25
30-60
-
5-10
Qirqquloq (papo-
rotnik) simonlar
6-7
4-5
20-30
20-30
20-30
2-10
Ninabarglilar:
yog’och qismida
ninabarglarida
0,1-1
2-5
0,5-1
3-8
45-50
15-20
15-25
15-20
25-30
20-30
2-12
15-20
Yaproqlilar:
yog’och qismida
yaproqlarida
0,1-1
3-8
0,5-1
4-10
40-50
15-25
20-30
10-20
20-25
20-30
5-15
5-15
Ko’p yillik o’tlar:
boshoqlilarda
dukkaklilarda
5-10
5-10
5-12
10-20
25-40
25-30
25-35
15-25
15-20
15-20
2-10
2-10
Tuproqda to’planadigan organik qoldiqlar tarkibida kul moddalar (Ca, K, P, Si.
Fe, S singari), uglevodlar, oqsillar, lignin, lipidlar, mumlar, smolalar, oshlovchi
moddalar va boshqa organik birikmalar bo’ladi. Jadval materiallaridan ko’rinib
turibdiki, bakteriyalar va dukkakli o’simliklar tarkibida oqsil moddalari ko’p bo’lib,
daraxtsimon o’simliklarning yog’ochlik qismida juda kam.
Ammo daraxtlar tarkibida uglevodlar, lignin va oshlovchi moddalar asosiy rol
o’ynaydi. Demak, tuproqdagi organik moddalar tarkibining murakkabligi va xilma-
xilligi organik qoldiqlarning turlicha bo’lishiga hamda keyinchalik o’zgarish
sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Tuproqdagi organik moddalar tarkibida o’simliklar,
bakteriyalar va zamburug’lar plazmalaridagi barcha birikmalar, hamda ularning
keyinchalik ta’sirlashuvi va o’zgarishi (transformasiyasi) dan hosil bo’lgan
mahsulotlar mavjud. Bularga tuproqda bir sutkadan yuz va ming yillar saqlanadigan
minglab birikmalar kiradi.
Organik va kimyoviy birikmalarning tuproqda parchalanishi. Organik
birikmalarning tuproqda parchalanishi murakkab va uzoq kechadigan jarayon bo’lib,
unda mexanik, fizik, biologik va biokimyoviy omillar natijasida juda murakkab
o’zgarishlar ro’y beradi. Mukammal tuzilgan strukturali organik birikmalar oddiy
shakldagi birikmalargacha, jumladan to’liq minerallashgan (CO2, NH3, H2O kabi)
mahsulotlarga qadarli parchalanadi va qisman gumus moddalari to’planadi.
Tuproqdagi
organik
moddalarning
qayta
o’zgarishida
turli
organizmlar
(bakteriyalar, lishayniklar, zamburug’lar, suv o’tlari, umurtqali va umurtqasiz
jonivorlar) ning roli katta. Mikroorganizmlar bilan bir qatorda, organik
moddalarning qayta o’zgarishi va parchalanishida hamda gumusli moddalarning
hosil bo’lishida fermentlarning ahamiyati ham katta.
F e r m e n t l a r tabiati bilan oqsil moddalarning eng yirik va o’ziga xos sinfi
hisoblanadi. Fermentlarning asosiy manbai tuproqda yashovchi tirik organizmlar:
bakteriyalar, aktinomisetlar, umurtqasiz jonivorlar va o’simliklar hisoblanadi.
Tuproq fermentlari organik qoldiqlarning qayta o’zgarishida aktiv qatnashadi.
Tuproqdagi barcha fermentlar kompleksi tuproqning fermentativ aktivligini
belgilaydi. Tuproqda turli kimyoviy birikmalarning parchalanishi va murakkab
o’zgarishi ro’y beradi.
M o n o v a d i s a x a r i d l a r n i n g o’ z g a r i sh i. Tirik o’simlik materiallari,
ularning qoldiqlari va to’shamalarida mono va disaxaridlar miqdori 4 foizdan,
foizning undan bir ulushiga qadarli o’zgarib turadi. Oqsil va qand moddalari
tuproqda tez parchalanadi. K r a x m a l gidrolizi amilaza fermentlari ishtirokida
boradi. O’simlik qoldiqlarining qayta o’zgarishi bilan kraxmal miqdori tez va keskin
kamayishi mumkin.
S e l l yu l o z a ning faqatgina 5 foizi sellyuloza fermentlarini sintezlaydigan
mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi, chunki sellyuloza molekulalari pektin
va mum qobig’i bilan o’ralgani uchun uning parchalanishi susayadi. Ignabargli
o’rmonlardagi podzol tuproqlarda sellyuloza 5-6 yilda, chim-podzol tuproqlarda 3-
4, boshoqli ekinlar o’sadigan dashtlardagi tipik qora tuproqlarda 2 yilda to’liq
parchalanadi. Lipidlar oqsillar, qand va kraxmalga nisbatan sekinroq parchalanadi.
Birinchi gruppaga tuproqdagi nospesifik (gumusga xos xususiyatga ega
bo’lmagan) organik moddalar, ya’ni tuproqda hosil bo’lmagan moddalar, chunonchi
fito-, zoo-, mikrobiologik tabiatga ega va tuproq paydo bo’lish jarayonida nobud
bo’lgan biomassa (organik qoldiqlar) va tirik organizmlar hayot faoliyati
mahsulotlari tarzida tuproqqa tushadigan moddalar kiradi.
Ikkinchi gruppa tuproq gumusi yoki faqat tuproqqa xos bo’lgan va tuproq
paydo bo’lishi jarayonida hosil bo’lgan maxsus organik moddalardan iborat.
Tuproq
Tuproqning
noorganik qismi
Tuproqning organik
qismi
Tirik organizmlar (tuproqda
yashaydigan,edafon)
Gumus
(chirindi)
Anatomik tuzulishini
yo’qotmagan qoldiqlar
Parchalanish va chirindi
hosil bo’lishdagi oraliq
mahsulotlar
Spesifik (o’ziga xos)
gumusli moddalar
Spesifik xususiyatiga ega
bo’lmagan (gumusga xos
bo’lmagan) birikmalar
13-rasm. Tuproqdagi organik moddalar sistemasi
Tuproqning moddiy tarkibida organik moddalar eng muhim ahamiyatga ega,
modomiki gumus paydo bo’lishi va gumus to’planishi faqat tuproq paydo bo’lish
jarayoni bilan bog’liq va odatda tuproq paydo qiluvchi jinslardan meros o’tmaydi,
ammo, ona jinslar gumusning tarkibi va xossalariga albatta ta’sir etadi.
Tuproqdagi nospesifik (tuproqqa xos xususiyatga ega bo’lmagan)
organik birikmalar.
Tuproqshunoslikda biologik kelib chiqishga ega bo’lgan organik moddalar
massasida uglevodlar (sellyuloza, monosaxaridlar, disaxaridlar, gemisellyuloza,
pektinli moddalar), lignin, oqsillar, yog’lar, lipidlar, oshlovchi moddalar, mum,
smolalar va boshqalar ko’p uchraydi. Fermentlar va fenollar ham muhim ahamiyatga
ega.
Tuproq paydo bo’lish jarayonida tuproqqa tushadigan turli biologik obyektlar
kimyoviy tarkibi bo’yicha bir – biridan keskin farq qiladi(10-jadval).
Uglevodlar – organik moddalarning katta gruppasi bo’lib, ularga
monosaxaridlar, disaxaridlar, kraxmal, sellyuloza (kletchatka), gemisellyuloza va
boshqalar kiradi. Katta qismini sellyulozalar tashkil etadi. Ular miqdori ayniqsa
o’simliklarning yog’och qismida ko’p bo’lib, 50 – 60% ni tashkil etadi. Barglar va
o’tlarda uning miqdori 30% ga yaqin.
O’simlik va hayvon qoldiqlari bilan tuproqqa tushadigan uglevodli
komponentlar, fermentativ gidrolizlanish, oksidlanish, kondensasiyalanish kabi turli
o’zgarishlarga ancha tez uchraydi.
Chunonchi tuproqda uglevodlarning tarqalishi, ularning miqdori va
taqsimlanishiga tuproq tiplarining ta’siri haqidagi masalalar yetarli darajada
o’rganilmagan bo’lsada, umuman, tuproq paydo bo’lishida uglevodlarning muhim
ahamiyatga ega ekanligi haqida xulosa qilish mumkin.
Gemisellyulozalar sellyuloza bilan birgalikda uchraydi va o’simlik
massasining 15-30% ni tashkil etadi.
Lignin uglerodni ko’p saqlashi, gidroksil (OH) va metoksil (OCH3) gruppalari
bilan birgalikdagi benzol xalqalarining mavjudligi bilan farq qiladi, qaysiki ular
keyinchalik gumusli moddalar strukturasining komponentlariga aylanadi. O’simlik
qoldiqlarida lignin miqdori 35% gacha yetishi mumkin.
Oqsillar va aminokislotalar – azot va fosfor saqlaydigan nospesifik organik
moddalarning asosiy kimyoviy komponentlari hisoblanadi. Biomassalarda oqsillar
miqdori juda turli-tuman: yog’och qismi - < 1, pichan (o’tlar) – 5 – 10, zamburug’lar
– 10-50; bakteriyalar – 40-80% oqsil saqlaydi.
Tuproq paydo bo’lishida ushbu kimyoviy birikmalar proteolitik va
aminsizlantiruvchi fermentlar ta’siriga uchraydi. Tuproqda aminokislotalar erkin va
birikkan bo’lishi mumkin. Tuproq aminokislotalari tarkibining xarakterli
xususiyatlaridan biri, ularning umumiy va gidrolizlanadigan azot, tuproq gumusi
zaxiralari bilan uzaro korrelyasiyalanishi hisoblanadi. Shunday qilib, tuproqdagi
aminokislotalar organik moddalar – o’simliklar oziqlanishi sistemasidagi muhim
tarkibiy bo’g’in hisoblanib, tuproq paydo qiluvchi jarayonning rivojlanishi va
qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishlashda zarur sharoitni ta’minlaydi.
Smola (yelim) lar turli kimyoviy tuzilishga ega. Ko’pincha igna bargli
daraxtlarda uchraydi.
Mumlar himoya vazifasini bajaradi, miqdori juda kam.
Oshlov moddalari deyarli barcha o’simliklarda mavjud. Ularning miqdori
daraxtlar po’stlog’ida ko’p (5-20%), o’tlar va mikroorganizmlarda kam.
Smolalar, mumlar va oshlov moddalari tuproqda qiyin parchalanadi, ba’zi
hollarda esa tuproq mikroflorasi faoliyatini susaytiradi.
Kul elementlari o’simlik va hayvon qoldiqlarini yondirilgandan keyin
qoladigan kulni tashkil etadi. Kul elementlarining tirik obyektlardagi miqdori
ularning turi, yoshi va oziqlanadigan muhitiga ko’ra farqlanadi. O’simlik
qoldiqlarida kul miqdori 5% atrofida, yog’ochda kam, 1% ga yaqin, o’tlarda ancha
yuqori, 10% atrofida. Kulning asosiy massasini Ca, Mg, K, Na, Si, H, S, Fe, Al, Mn
va ko’pgina mikroelementlar tashkil etadi.
Fermentlar tuproq massasining fermentativ aktivligini belgilaydi, biologik
kelib chiqishga ega, va tuproq paydo bo’lishida sodir bo’ladigan barcha biokimyoviy
jarayonlarda so’zsiz katalizator hisoblanadi. Juda ko’p fermentlar nospesifik
tabiatga ega bo’lgan organik moddalar va gumusning parchalanishi, o’zgarishi,
minerallashishi jarayonlarida katalizator sifatida ishtrok etadi.
Fenollar organik birikmalarning maxsus sinfi hisoblanadi. Fenolli birikmalar
tuproqning barcha uchta fazasida va tuproqda sodir bo’ladigan biologik, gidrologik,
geologik, kimyoviy, biokimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarda ishtirok etib,
biotik va abiotik sintez va parchalanishning turli xildagi metamarfozasiga uchraydi.
Fenol xususiyatga ega bo’lgan moddalar organo-mineral birikmalarning hosil
bo’lishida qatnashadi. Tuproq fenollari: erkin, tuproq mineral qismi (matrisasi) bilan
birikkan va mustaxkam birikkan va tuproq profilida xarakat etmaydigan kabi bir
necha shakllarda mavjud. Ular orasidagi nisbat fenollarning kimyoviy strukturasi va
tuproq sharoitlarining yig’indisiga bog’liq.
Shunday qilib, barcha tuproq nospesifik organik moddalarini tuproq paydo
bo’lish jarayonlaridagi biokimyoviy ahamiyatiga ko’ra 5 gruppaga bo’lish mumkin:
1. Tez chiriydigan va mikroorganizmlar tomonidan singdiriladiganlar-
shakarlar va oqsillar. Azot, fosfor va boshqa biofil elementlar birikmalarining tezda
tuproq eritmasiga o’tishini ta’minlaydi.
2. Sekin chiriydigan, fermentlar ta’sirida parchalanadigan va gumus hosil
bo’lishida asosiy manba hisoblanadiganlar – sellyuloza, lignin, gemisellyuloza,
pektin.
3. Ingibitor – moddalar, mikroorganizmlar faoliyatini susaytiradigan, qiyin
chiriydiganlar: oshlov moddalari, mumlar, smolalar. Organik moddalarning
konservasiyalanish
(chirishini
sekinlashtirish)
iga,
organogen
genetik
gorizontlarning hosil bo’lishiga imkon tug’diradi.
4. Turli biokimyoviy yo’nalishdagi fermentlar.
5. Turli struktura hosil qiluvchi va funksional ta’sir etuvchi fenol birikmalari.
Nospesifik organik birikmalar massasining yuqori o’zgaruvchanlikka ega
ekanligi sababli ushbu moddalarning tuproqdagi miqdori keng miqyosda o’zgarib
turadi. Laboratoriyada aniqlanadigan gumusning 10% ga yaqini, boshlang’ich
organizmlarning morfologik tuzilishini to’liq yo’qotgan, nospesifik xususiyatga ega
bo’lgan organik moddalar hisoblanadi. Tuproq nospesifik organik moddalari eng
avvalo, faqat tuproq massasiga xos (spesifik) va tuproqning gumusli moddalari deb
ataluvchi, ikkinchi gurux organik moddalarning hosil bo’lishida dastlabki material
sifatida muhim ahamiyatga egadir.
Tuproq gumusi - spesifik organik moddalar kompleksi.
Tuproqqa tushadigan organik qoldiqlarning bir qismi, turli biokimyoviy va
fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida oxirgi mahsulotlar (CO2, H2O va oddiy tuzlar)
ga qadar oksidlanib minerallashadi, bir qismi esa murakkab o’zgarishlarga uchrab
tuproqning o’ziga xos gumusli moddalarini hosil qiladi.
Gumus va chirindi moddalarining hosil bo’lishi haqida ko’plab tadqiqotlar olib
borilishiga qaramasdan, hozirga qadarli gumus paydo bo’lish mexanizmi haqida
munozarali fikrlar mavjud. Organik qoldiqlar turli birikmalarning mikrobiologik
oksidlanish sikli (davri) nisbatan yaxshi o’rganilgan bo’lsa-da, gumus hosil
bo’lishida o’simlik qoldiqlarining har xil tarkibiy qismining biokimyoviy
transformasiyasi (o’zgarishi) yetarli tadqiq etilmagan. Shuning uchun bu jarayonlar
sohasidagi mavjud sxemalar faraziy xarakterga ega. Gumus va gumus
kislotalarining
hosil
bo’lish
yo’llari
va
mexanizmi
qadimdan
boshlab
tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan. Gumus hosil bo’lishi haqidagi dastlabki biologik
nazariya asoschisi M.V.Lomonosov tuproq chirindisi "vaqt o’tishi bilan hayvon va
o’simlik qoldiqlarining chirishi" natijasida hosil bo’lgan deb ta’kidlaydi. Shu davrda
shved olimi I.G.Valeriusning ko’rsatishicha, "chirindi g’ovak, ko’pincha qoramtir
tusli yer (tuproq) bo’lib, suvni singdirganda kuchli ko’pchiydi va bulutsimon holga,
quriganda esa changsimon holatga o’tadi. Turli moddalarni singdirib o’simliklarning
o’sishida katta ahamiyatga ega". Valerius chirindining kelib chiqishini qisqacha
tushuntirib, "chirindi o’simliklarning parchalanishi natijasida paydo bo’lgan" deb
ta’kidlaydi.
Gumus, yoki gumusli moddalar – bular, Yerning tuproq qoplamiga xos,
kimyoviy birikmalarning maxsus guruxi, ya’ni faqat tuproq hosilalari uchun
spesifikdir. Gumus o’simliklar, hayvonlar va mikroblar qoldiqlari moddalaridan
atrof muhit komponentlari bilan o’zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’ladi. Gumus
organik moddalar sintezidan hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikmadir va
tuproqdagi organik moddalarning 80-90 foyizini tashkil etadi.
Organik moddalarning parchalanishi natijasida nisbatan oddiy moddalar,
sintezlanganda esa juda murakkab birikmalar hosil bo’ladi. Shunday qilib, har
qanday tuproqda bir vaqtning o’zida ikki jarayon:
1. Minerallanish – murakkab organik birikmalarning oddiy moddalar (SO2,
H2O, HN3 kabi) gacha parchalanishi va
2. Gumusning hosil bo’lishi (gumifikasiya) jarayonlari ro’y beradi.
Jahon tuproqshunosligida gumus hosil bo’lish nazariyasi V. V. Dokuchayev,
P.A. Kostichev, I.V. Tyurin, M.M. Kononova, S.A. Vaksman, L.N. Aleksandrova,
D.S. Orlov va boshqa tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. Yer sharida quyosh
energiyasining eng katta akkumulyatori sifatida, uning biosferada sodir bo’ladigan
xodisalardagi muhim planetar ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan. Gumus
tuproq unumdorligini integral ko’rsatkichi hisoblanadi. Tuproqdagi organik
moddalar o’zining funksiyasi bo’yicha turli-tuman va murakkab, tuproq
unumdorligining shakllanishi, o’simliklar o’sishi va rivojlanishi u bilan bog’liq.
Ammo tuproqqa bog’liq bo’lgan organizmlar hayotiy sharoitlari bo’lishi uchun,
gumusning o’zi eng avvalo tirik organizmlar maxsuli bo’lishi kerak.
Gumifikasiya (gumusning hosil bo’lishi) ning asosiy mahsuloti gumin va
fulvokislotalaridir, qaysiki tuproq turli xossalarining shakllanishi va tuproq paydo
bo’lish tiplari ularga to’g’ridan to’gri bog’liq.
Afsuski kimyo fanining juda katta yutuqlariga qaramasdan, hozirgi kunda
gumin kislotalari yoki fulvokislotalarining ma’lum kimyoviy formulasini chiqarish
qiyin, chunki bu o’zgaruvchan tarkibga ega kimyoviy birikmalar gruppalaridir.
Ammo ular bir xildagi struktura elementlaridan tashkil topgan, ularning
molekulalardagi miqdori esa o’zgaruvchan:
1. Gumin kislotalarida aromatik yadro yoki fulvokislotalarda aromatik qism.
2. Azot va fosfor saqlovchi komponentlar. Gumin kislotalari parchalanganda
ularni tashkil etadigan aminokislotalarning, shu jumladan aromatik kislotalarning
ham, katta turli tumanligi aniqlangan. Azotning barcha potensial zaxirasi organik
moddalarda jamlangan. Fosfat zapasining 50% ham ularda saqlanadi.
3. Funksional gruppalarining birikmalari turli tuman: karboksilli, fenolli,
spirtli, metoksilli va boshqalar. Funksional gruppalarning vodorodi almashinish
reaksiyasi qobiliyatiga ega. Aynan funksional gruppalar tufayli gumusli kislotalar
atrof muhitdan almashinish tarzida kationlarni singdirishi va kolloidli komplekslarni
hosil qilishi mumkin.
4. Uglevodorodli zanjirlar. Gumusli kislotalar molekulalari ko’pgina ichki
bo’shlikga ega bo’lgan g’ovak, g’alvirak tuzilishga ega, gidrofilligi va yuqori
singdirish qobiliyati bilan ajralib turadi. Ularning elementar tarkibi 11-jadvalda
keltirilgan.
Gumus hosil bo’lishi atrof muhitning ma’lum sharoitlarida sodir bo’ladi. Ushbu
sharoitlarning turli-tumanligi tufayli gumus hosil bo’lishidagi oxirgi maxsulotlar
ham bir xil emas. Odatda, muhit sharoitining turli xilligini ta’kidlagan holda, gumus
hosil bo’lishining quyidagi omillarini ko’rsatish mumkin: o’simlik qoldiqlarining
massasi, gumusga aylanayotgan moddalar kimyoviy tarkibi, tuproq namligi va
aerasiyasining rejimi, muhit reaksiyasi va oksidlanish – qaytarilish sharoitlari,
mikroorganizmlar faoliyatining jadalligi, tuproq granulometrik tarkibi va mineral
qismining boshqa xususiyatlari.
11- jadval
Gumusli moddalar elementar tarkibi, quruq kulsiz namunaga nisbatan
%
Kislotalar
C
N
O
N
gumin kislota
52-62
3-5,5
30-33
3,5-
5,0
fulvokislota
44-49
3,5-5,0
44-49
2,0-
6,0
Gumus hosil bo’lish jarayoniga bir xildagi sharoitning o’zi ham ba’zan qarama
– qarshi ta’sir etishi mumkin. Masalan, tuproqning kalsiy bilan boyishi qulay
sharoitda mikrofloralarni faollashtiradi va o’simlik qoldiqlarini transformasiya
jarayonlarini tezlashtiradi, ammo shu bilan bir vaqtda organik moddaning kalsiy
bilan o’zaro ta’sirlashuvi ularning chidamliligini oshiradi va natijada gumifikasiya
sur’atini pasaytirishi mumkin.
Tuproq organik moddalari oddiydan murakkablikka va murakkablikdan
oddiylikka tomon yo’nalgan murakkab o’zgarish yo’lini o’taydi. Har yili nurash
pustlog’ining yuqori qatlamlarida yangi gumusli moddalar sintezi sodir bo’ladi.
Buning boshlanishi tuproqda o’simlik va hayvon qoldiqlaridan iborat organik
moddalarning to’planishi bilan bog’liq. Tuproqshunoslikda ushbu xodisa elementar
tuproq jarayonlaridan biri hisoblanadi, qaysiki bu barcha tuproq paydo bo’lish
jarayoni tiplariga xosdir.
Tuproqga xos jarayonlar tarzidagi gumifikasiyaning biokimyoviy moxiyati
o’simlik qoldiqlaridagi sellyuloza, oqsil, lignin va boshqa kimyoviy birikmalarning
tuproq gumusining turli komponentlariga aylanishi ekanligi tasdiqlangan.
Gumusning hosil bo’lishini biokimyoviy, va shuningdek sof kimyoviy agentlar
ta’sirida sodir bo’ladigan, va muayyan ekologik sharoitda ancha turg’un spesifik
(gumusga xos) va nospesifik (gumusga xos bo’lmagan) organik birikmalarning
shakllanishiga olib keladigan organik qoldiqlarning o’zgarishi deb hisoblash
mumkin.
Gumus hosil bo’lishi haqidagi talqin qilishlar va nazariyalar sohasida turli
yondoshishlar mavjud.
Tuproq gumusi hosil bo’lishining mikrobiologik konsepsiyasi S.P.Kostichev
tomonidan o’tgan asrlarda yaratilgan.
P.A.Kostichev o’zining qator eksperimental tajribalari asosida tuproqning
organik
moddalari
turli
jonivorlar
va
o’simlik
organizmlari,
ayniqsa
mikroorganizmlarning yashash sharoiti maxsuli ekanligini isbotlaydi. Sungra uni
tuproq mikrobiologlari – S.N.Vinogradskiy, D.M.Novogrudskiylar taraqiy ettirdi.
Ushbu nazariya keyingi davrlargacha o’zining keng tan olinishini topmadi. Uning
ma’nosi shundaki, mikroorganizmlar xo’jayra ichki sintezi mahsulotlari orasida,
tuzilishi bo’yicha gumin kislotalari – tuqtusli xromoproteidlar- melanoid tipidagi
pigmentlarga o’xshash birikmalarni to’playdi. Ayniqsa bu geterosikllarida azot
saqlovchi, zamburug’lar melanoproteidlariga taalluqli. Shunday qilib, ushbu
nazariyaga ko’ra, melanoproteidlar sintezi gumin kislotalarini mikroorganizmlar
xo’jayra ichki hosilalari bilan tenglashtiriladi. Ushbu moddalar o’zining
mikrobiologik parchalanishga chidamliligi tufayli tuproqlarda to’planishi mumkin
va to’g’ridan - to’g’ri yoki gumusli moddalar tarkibi sifatida qo’shilish yo’li bilan
tuproq gumusining shakllanishiga olib kelishi mumkin.
P.A.Kostichevning ishlari S.P.Kravkov va uning shogirdi A.G.Trusovlar
tomonidan ham davom ettirildi. Trusov taxminicha organizmlar yengil
o’zlashtiradiganorganik
kislotalar
gumus
moddalarning
bilvosita
manbai
hisoblanadi. Chunki bu organik kislotalar mikroorganizmlar plazmasiga aylanadi.
Lignin, oshlovchi moddalar va boshqa qator aromatik tabiatga ega bo’lgan va qiyin
o’zlashtiriladigan organik moddalar gumus moddalarning bevosita manbaidir. Bu
moddalarning
parchalanish
mahsulotlari
oksidlanadi,
kondensasiyalanadi
(quyuqlashadi) va qoramtir rangli murakkab gumus moddalarga aylanadi.
M.M.Kononova
va
L.N.Aleksandrova
tomonidan
taklif
etilgan
kondensasiyalanish (polimerlanish) natijasida gumus hosil bo’lish sxemasi keng
tarqalgan. Ana shu nuqta-nazarga ko’ra gumus hosil bo’lishida oqsillarning
parchalanishidan hosil bo’lgan perro – C4H5N va benzol (C6H6) kabi
monomerlarning oksidlanish va kondensatlanishidan hamda lignin va oshlovchi
moddalarning parchalanishidan yuzaga keladigan fenol (C6H5 OH) va xinon
(C6H2O5) singari oddiy moddalarning fermentlar ta’sirida va ishtirokida
polimerlashib sintezlanishidan paydo bo’ladi. Bu faraziyaga ko’ra gumus
moddalarning fulvokislotalari gumus hosil bo’lish jarayonining dastlabki davrida
past molekulyar bo’lib, keyinchalik bu prosessning rivojlanishi natijasida
kondensatlanib (polimerlanib) yuqori molekulyar moddaga aylanadi. Demak,
fulvokislotalar gumus hosil bo’lish jarayonining boshlang’ich davrida paydo
bo’lgan organik kislota bo’lib, gumin kislotadan sifat jihatidan farq qiladi. (14-rasm
chizma).
M.M.Kononovaning ta’kidlashicha fenol tipidagi aromatik birikmalarning
aminokislotalar va proteinlar bilan kondensasiyasi jarayoni gumus hosil bo’lish
jarayonining o’ziga xos (spesifik) reaksiyasi hisoblanadi. Struktura birliklarining
manbai ligninlar, taninlar, mikroorganizmlar metobolizmining mahsulotlari bo’lgan
fenol birikmalari, oqsilli birikmalarning qisman parchalanishi va sintezi bo’lgan
aminokislotalar va peptidlar hisoblanadi.
L.N.Aleksandrova gumus hosil bo’lishining ayrim zvenolari uzoq muddatli va
turli-tumanligini alohida ta’kidlaydi. Birinchi stadiyasida organik qoldiqlar
parchalanish mahsulotlarining biokimyoviy oksidlanishi natijasida kislotalar hosil
bo’lish jarayoni ustun bo’ladi. Bunda hosil bo’lgan gumus kislotalar sistemasining
erish darajasi bo’yicha gumin va fulvokislotalar gruppalariga fraksiyalanishi sodir
bo’ladi. Tuproqda erkin gumin kislotalarining va ulardan hosil bo’lgan organik-
mineral moddalarning murakkab sistemasi shakllanadi. Bir vaqtning o’zida gumin
kislotalarning azotli qismi ham hosil bo’ladi. Gumifikasiyaning ikkinchi stadiyasida,
alifatik zanjirlarning qisman ajralib chiqishi, aminsizlanishi va molekulalar ichida
gruppalarga ajralishi tufayli, gumin kislotalarida asta-sekin aromatizasiyalanish
darajasi oshib boradi. Ushbu stadiya juda uzoq muddatli, yangi hosil bo’lgan gumus
moddalarining doimiy ravishda kirib turishi natijasida murakkablashib boradi.
Uchinchi stadiya gumus moddalari transformasiyasi – ularning asta-sekin
minerallashishidir.
M.M.Kononovaning kondensasiyalanish nazariyasi gumus hosil bo’lish
jarayonida
yuqori
molekulali
fragmentlarning
ishtrokini
inkor
etmaydi.
L.N.Aleksandrovaning gipotezasi ham o’z navbatida gumus hosil bo’lish jarayonida
kondensasiyalanish reaksiyasini rad etmaydi. Shunday qilib, ta’kidlash lozimki,
gumifikasiyaning ikkala yo’li ham tabiatda bo’lishi mumkin va haqiqatan mavjud.
Umumiy tarzda minerallanish va gumus hosil bo’lish jarayonlari o’rtasida,
gumus moddalarining asosiy manbalari va gumus moddalarining o’zlari orasidagi
o’zaro aloqani, parchalanishning har qanday etapidan boshlanadigan turli
darajagacha davom etadigan bir vaqtning o’zida doimo sodir bo’lib turadigan
parchalanish va sintezlanish sifatida tasavvur qilish mumkin.
O’simlik qoldiqlarining gumusga aylanish jarayonidagi o’zgarish rasm-
chizmasi (M.M.Kononova, L.N.Aleksandrova, N.N.Belchikova bo’yicha).
14-rasm-chizma
Gumus hosil bo’lishining biokimyoviy oksidlanish konsepsiyasi. Bu nuqtai
nazar dastlab I.V.Tyurin keyinchalik L.I.Aleksandrova tomonidan rivojlantirildi.
Ana shu konsepsiyaga ko’ra gumus hosil bo’lishi murakkab biofizik-kimyoviy
jarayon bo’lib, bunda organik qoldiqlardagi yuqori molekulyar holatdagi oraliq
mahsuslotlarning parchalanishidan o’ziga xos yuqori sinfli murakkab organik
birikmalar-gumusli kislotalar hosil bo’ladi. Gumus hosil bo’lishida sekin boradigan
Nobud bo’lgan organizmlar
Oshlovchi moddalar (lignin)
Uglevodlar, oqsillar
Mikroorganizmlar
ta’sirida parchalanish
СО2, Н2О, NH3
kabi oxirgi
mahsulotlar
Reosintez parchalanish va moddalar
almashinuvidan hosil bo’lgan moddalar
Mikroorganizmlar ta’sirida
parchalanish СО2, Н2О, NH3
kabi oxirgi mahsulotlar
Aromatik xossali moddalar (chala
fenollar, fenollar)
Kondensasiya- gumusning
hosil bo’lishi
Aminokislotalar, oqsillar
Xinoidga o’xshash
moddalar
Kondensasiya- gumusning hosil bo’lishi
biokimyoviy oksidlanish jarayonlari yo’naltiruvchi ahamiyatga ega bo’lib natijada
qator yuqori molekulyar organik kislotalar sistemasi yuzaga keladi. Gumin
kislotalarning murakkab sistemasi o’simlik qoldiqlari tarkibidagi kul elementlari va
tuproqning mineral qismi bilan o’zaro ta’sirlashib, qator organik-mineral birikmalar
hosil qiladi.
Gumus hosil bo’lishining biologik konsepsiyasiga ko’ra gumusli moddalar
turli mikroorganizmlar mahsulotlarining sintezidan iborat. Bu nuqtai nazar
V.R.Vilyams tomonidan aytilgan bo’lib, uning fikricha gumus moddalar sifati
turlicha
ekanligi
mikroorganizmlar
(aerob
va
anaerob
bakteriyalar,
zamburug’lar)ning turi bilan bog’liq bo’lib, har xil gumus moddalar esa, turlicha
gruppadagi mikroorganizmlarning ekzoenzimlari (sirtqi achitqisi) maxsulidir.
D.S.Orlov, quyidagi tenglama bo’yicha boradigan, gumus xosil bo’lishining
kinetik nazariyasini taklif etadi: H=1(Q, J, t), bu yerda H- gumifikasiya darajasi; Q-
tuproqqa tushadigan o’simlik qoldiqlarining umumiy hajmi; J- gumifikasiya
jarayoni ayrim stadiyalari va tuproq biokimyoviy faolligiga proporsional bo’lgan,
o’simlik qoldiqlari transformasiyasining jadalligi; t– to’plangan qoldiqlarga tuproq
ta’sirining vaqti. Gumifikasiya darajasini tuproq biokimyoviy (yoki biologik)
aktivligining umumiy chuqurligi (darajasi) bilan bog’lash mumkin.
A.D.Fokinning gumus moddalarining fragmental yangilash nazariyasi, organik
moddalarning
parchalanish
maxsulotlari
gumus
molekulalarini
to’liq
shakllantirmasligi mumkin, balki avval shakllangan molekulalar periferik (chetki)
fragmentlariga, so’ngra esa siklik strukturasiga kondensasiyalanish yo’li bilan
qo’shilishi mumkinligiga asoslangan.
Bu nazariyaga ko’ra ushbu sharoitda ko’proq chidamli termodinamik, spesifik
(gumusli) va nospesifik organik birikmalar sistemasining shakllanishi o’simlik
qoldiqlari va gumus moddalarining biokimyoviy transformasiyasi natijasi
hisoblanadi. Bunda ushbu sistemaning umumiy xossalaridan biri – uning
dinamikligidir. Gumus moddalar sistemasining yillik o’zgarishi ma’lum siklik
(davriylik) ka ega, qaysiki uni (sistemani) bir vaqtning o’zida ma’lum barqaror
holatga olib keladi.
Xullas gumus hosil bo’lishi nihoyatda murakkab jarayon bo’lib, turlicha shart-
sharoitlar va omillarga bog’liq va uni bir xildagi nazariya bilan tushuntirish qiyin.
Gumus hosil bo’lish tezligi, uning borish xarakteri qator omillarga, jumladan,
o’simliklar qoldig’ining miqdori va kimyoviy tarkibiga, tuproqning namligi va
aerasiyasiga, muhit reaksiyasiga, oksidlanish-qaytarilish sharoitiga, mikrobiologik
faoliyatining intensivligiga, mikroorganizmlar gruppalari tarkibiga, shuningdek,
tuproq mineral qismining mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibiga bog’liq. Ana
shu omillar asosida L.N.Aleksandrova tuproqdagi organik qoldiqlarning gumusga
aylanishining fulvatli, gumat-fulvatli, fulvat-gumatli va gumatli tiplarini ajratadi.
D.S.Orlov (1977) turli tuproqtiplarini gumusga aylanish jarayonlarini xarakterlovchi
gumusga aylanish chuqurligi tushunchasini tavsiya etadi.
Tuproq gumusining tarkibi va xossalari.
Tuproq gumusini o’rganish va tekshirish ishlari bundan 150 yildan ortiq
davrdan buyon olib borilib, ko’plab ilmiy asarlar yaratilishiga qaramasdan
gumusning tabiati, ayrim tarkibiy qismlarining struktura formulasi, tuzilishi hamda
tuproq chirindisining paydo bo’lish mexanizmi, tuproq xossalariga va o’simliklarga
ta’siri haqida aniq tasavvurga ega emasmiz. Buning asosiy sababi gumus juda
murakkab tarkibli organik modda bo’lib, uni toza holda ajratib olish qiyin. Chunki
tuproqning mineral qismi organik moddalar bilan mustahkam birikkan bo’lib,
gumus moddalarini ajratib olish usullari hozirgacha mukammal emas.
Gumusning kimyoviy tarkibini o’rganishga doir dastlabki tadqiqotlar shved
olimi Ya.Berselius tomonidan olib borildi. U 1836 yilda tuproq chirindi moddalarini
tekshirib qator o’ziga xos organik birikmalarini kren, apokren, gumin, ulmin kabi
to’rtta gumus kislotalarini ajratdi. Bu kislotalarning tarkibi keyinchalik V.R.Vilyams
va boshqa qator olimlar tomonidan batafsil o’rganildi.
Rus olimlari I.V.Tyurin, M.M.Kononova, S.S.Dragunov, V.V.Ponomareva,
L.N.Aleksandrova va boshqalarning ko’rsatishicha, gumusning tarkibi asosan
quyidagi uch gruppa organik moddalardan iborat.
1. Hali chirimagan o’simlik va hayvon qoldiqlari tarkibidagi dastlabki
moddalar (oqsillar, uglevodlar, ligninlar, yog’lar va boshqalar).
2. Gumusga aylanayotgan oraliq mahsulotlar (aminokislota-oksikislota, fenol,
monosaxarid kabilar).
3. Gumus moddalari, chirindining o’ziga xos asosiy spesifik qismi bo’lib,
barcha gumus tarkibining 85-90 foizini tashkil etadi. Gumusning o’ziga xos
bo’lmagan qismi hisoblangan birinchi va ikkinchi gruppa organik moddalar
gumusning 10-15 foizini tashkil etadi.
Gumusning kimyoviy tarkibi qanday elementlardan iborat ekanligi aniqlanib,
chirindi hosil bo’ladigan o’simliklar qoldiqlari tarkibidan farq qiladi (12-jadval).
Demak, gumus tarkibida o’simliklarga nisbatan uglerod va azot miqdori ko’payib,
kislorod va vodorod aksincha kamayadi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra hozirgi
vaqtda gumus moddalari tarkibi: gumin kislotalari, fulvokislotalar va gumin
(gidrolizlanmaydigan) moddalardan iborat. Ba’zan alohida gimatomelan kislotasi
ham ajratiladi.
Gumin kislotalari siklik tuzilishga ega bo’lgan azot saqlaydigan yuqori
molekulyar organik kislota bo’lib, suvda kam eriydi, mineral kislotalarda esa
erimaydi. Gumin kislotalari ishqorlarda oson eriydi, ular eritmasi qoramtir rangda
bo’lib, to’q jigarrangdan qoragacha o’zgarib turadi. Mineral kislotalarning vodorodi
hamda ikki, uch valentli kationlar ta’sirida eritmadan cho’kmaga tushadi. Gumin
kislotalarning element tarkibi uglerod (50-62), vodorod (2,8-6,6), kislorod (31-40)
va azot (3-6) foizdan iborat.
12-jadval
O’simlik va gumus tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori
(foiz hisobida)
C
H
O
N
Kul
O’simlik
45
6,5
42
1,5
5
Gumus
58
4,5
28
3
2-8
Gumin kislotalarning elementlar tarkibi turli tuproqlarda bir xil emas. Qora
tuproqlardagi gumin kislotada uglerod eng ko’p bo’lib, chimli podzol tuproqlarda
vodorod ko’payadi. Bo’z tuproqlarda bu nisbatan azotning ko’pligi bilan farqlanadi
(o’rtacha 4,7 foiz) va uglerod ham bu tuproqda ancha ko’p (61,9 foiz).
Gumin kislotalari tarkibida kul elementlari 1-10 foiz atrofida o’zgarib, ular
molekulalarining doimiy komponentlari emas. Gumin kislotalari molekulasining
muhim qismi karboksil, fenol-gidroksil, metoksil, karbonil va amidlar kabi
funksional gruppalaridan tashkil topgan. Keyingi ma’lumotlarga ko’ra gumin
kislotalari tarkibida aromatik va geterosiklik komponentlar 50-60, uglevod
komponentlari - 25-30 va funksional gruppa 10-25 foiz atrofida bo’ladi. Kislotali
xususiyati, singdirish sig’imi va gumat tuzlarining hosil bo’lishi ana shu funksional
gruppa miqdoriga bog’liq. Jumladan, funksional gruppadagi vodorodning
dissosiyalanishi pH miqdoriga bog’liq bo’lib, ishqoriy muhitda ko’proqdir. Shu
sharoitda almashinish qobiliyati 100 g gumin kislotasida 700 mg. ekv ni tashkil
etadi. Tuproqdagi gumin kislotalari asosan gel holatida bo’ladi. Mineral kislotalar
ta’sirida kam gidrolizlanadi, ishqorlar ta’sirida eritmaga o’tadi. Gumin kislotalari
tuproqning mineral qismi bilan o’zaro ta’sirlashib uning tuzlari (gumatlar) ni hosil
qiladi. Gumatlar murakkab organik-mineral kompleks bo’lib, gilli minerallar
yuzasida mustahkam yutilgan va barqaror bo’lishi mumkin.
Natriy, kaliy, ammoniy ishqorlarining gumatlari suvda yaxshi eriydi hamda
haqiqiy va kolloid eritmalar hosil qiladi. Kolloid shakldagi gumatlar tuproqning
illyuvial qatlamlarigacha yuvilib, cho’ktirilishi mumkin. Bu jarayon ko’proq biroz
sho’rtob va sho’rtob tuproqlarda yaxshi ifodalangan.
Kalsiy va magniy gumatlari suvda erimaydi va tuproqda gel holida ushlanib,
mustahkamlanadi. Gel mexanik zarrachalarini biriktirib, sementlab ayniqsa qora,
o’tloq-qora va bo’z tuprolarda suvga chidamli struktura hosil qiladi.
Fulvokislotalar. Past konsentrasiyada och sariq, yuqori konsentrasiyada
jigarrang sariq bo’lganidan fulvokislota (lotincha fulvos – sariq) deb atagan.
Fulvokislotalarning elementar tarkibi C-41-46, H-4-5, N-2-4 foiz bo’lib,
kislorod, uglerod miqdoriga bog’liq va gumin kislotasiga nisbatan ko’p (40-48 foiz).
Fulvokislotalari ham gumin kislotalari kabi azot saqlovchi yuqori molekulyar
organik kislotalar jumlasiga kiradi. Ammo gumin kislotasidan och rangli bo’lishi,
uglerodni ancha kam, kislorodni ko’proq saqlashi, suvda, kislotalar va ishqorlarda
erishi bilan farq qiladi. Suvli eritmasi kuchli kislotali (pH 2,2-2,8) xususiyatga ega.
Ishqoriy va ishqoriy yer metallarning fulvat tuzlari (fulvatlar) suvda yaxshi eriydi.
Fulvatlarning temir, alyuminiy bilan birikkan kompleksi ham qisman eriydi.
Fulvokislotalar kuchli kislotali bo’lishi sababli, tuproq minerallarining
kimyoviy nurash jarayonlari aktivlashadi. Fulvokislotalar juda harakatchan
bo’lgandan tuproq tarkibidagi organik va mineral moddalarning tez yuvilib ketishiga
olib keladi.
Gumin moddalari. Gumusning ishqorlarda erimaydigan qismi va qiyin
eriydigan organik qoldiqlar (masalan, xitin)dan iborat.
Gumus tarkibida guminlar 15-20, ba’zi tuproqg’larda 40-48 foizga yetadi.
Gematomelan kislotalari- fulvokislotalar va gumin kislotalari har ikkalasining
oraliq xususiyatiga ega bo’lgan gumus moddalari gruppasi hisoblanadi.
Turli tuproqlarda gumus miqdori, sifat tarkibi va unga ta’sir qiluvchi
omillar. Tuproqlarda to’planadigan gumus miqdori va uning sifat tarkibi qator
omillar va sharoitlarga, jumladan parchalanadigan biomassa miqdori va sifatiga,
tuproqning kimyoviy tarkibiga, suv-havo xossalari hamda issiqlik rejimlariga
bog’liq.
Turli o’simliklar formasiyalari, ilgari aytilgandek, organik qoldiqlarning
miqdori va kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Yaxshi aerasiyalangan, nam va issiqlik
yetarli bo’lgan eng qulay sharoitda o’simlik, hayvonot qoldiqlari jadal parchalanadi.
Ularning ancha qismi minerallashadi va gumusning kamayishiga olib keladi. Tuproq
namligi yuqori, ammo harorati past bo’lganda organik qoldiqlarning parchalanishi
sekinlashadi va torf hamda yarim chirigan holda to’planadi. Nam rejimi, aerasiya va
issiqlik optimal bo’lganda (masalan, qora tuproqlarda) organik qoldiqlarning
parchalanishi sekin boradi; ularda gumusga aylanish kuchli boradi va gumus
miqdori ham ko’p bo’ladi. Demak, o’simlik va mikroorganizmlarning faoliyati
uchun suv va issiqlik rejimlari qulay bo’lgan sharoitda gumus hosil bo’lishi uchun
yaxshi sharoit yuzaga keladi. V.V.Dokuchayev gumus paydo bo’lishining biologik
tabiatini alohida ko’rsatib, tuproqda gumusning to’planishi geografik qonuniyatga
ega ekanligiga e’tiborni qaratgan edi. Gumus paydo bo’lish jarayonlari gidrotermik
jarayonlarga, ya’ni ob-havo va o’simliklar qoplamiga bog’liqdir, harorat va namlik
yer ustida mintaqalar va zonalar bo’ylab tarqaladi bu esa o’simliklar dunyosi va
tuproq qoplamiga mos keladi. Turli tuproq-iqlim zonalarida atmosfera yog’inlari,
gidrotermik sharoitlarga ko’ra biologik aktivlik davrining turlicha bo’lishi gumus
miqdoriga va uning sifatiga keskin ta’sir etadi (13-jadval).
Demak, biologik aktivlik davrining davomiyligi eng ko’p bo’lgan (154-170
kun) qora tuproqlarda gumin kislotlarining ko’proq to’planishi uchun yaxshi sharoit
yaratiladi. (Cgk: Cfk = 2,2-2,9). Cho’l zonasidagi sur qo’ng’ir tusli tuproqlarda va
bo’z tuproqlar zonasida gumin kislotalari kamroq bo’lsa-da, lipidlar ancha ko’p
to’planadi, Cgk:Cfk=0,53 atrofida.
13– jadval
Asosiy tuproq zonalarining iqlim xususiyatlari va biologik aktivlik
davrining davomiyligi (D.S.Orlov va L.A.Grishina, 1981)
Tuproqlar nomi
Yillik yog’in miqdori, mm
Yillik radiasiya balansi (kkal, sm2)
C umumiy, foiz
Umumiy C ga nisbatan Cgk, foiz
Umumiy C nisbatan, lipidlar, foiz
Cgk: Cfk
Biologik aktivlik
davrining davomiyligini
hisoblash
Harorat 100C bo’lgan davrda davomiyligi, kun
Shu jumladan 1-2% nam zaxirasi bo’lgan kun
TBA kun
Tundra
553 12,7 1,7 11,6
13,
8
0,48
50
Yo’q
50
Podzol
565 25,2 0,4 10,1
8,7
0,70
92
-
92
Chimli podzol
584 33,5 1,7 26,3
8,0
0,75
110
-
110
Oddiy qora
574 45,2 4,2 36,0
3,1
2,90
170
-
170
Janubiy qora
401 49,1 2,7 39,0
2,3
2,20
175
5
170
Kashtan
334 50,1 1,5 32,2
4,3
1,63
190
150
140
Chalacho’l
qo’ng’ir
178 54,2 0,7 14,5
3,9
0,59
215
125
90
Sur-qo’ng’ir tusli
142 45,0 0,3 17,0
7,8
0,44
210
137
73
Shimoliy bo’z
181 45,0 0,4 14,0
7,2
0,53
210
137
73
TBA – tuproqning biologik aktivligi
Turli tuproqlarda gumus miqdori 14-jadvalda keltirilgan. Undan ko’rinib
turibdiki, o’simliklarning o’sishi va mikroorganizmlar faoliyati uchun tuproqning
namlanishi va issiqlik bilan ta’minlanishi qulay bo’lgan tipik (qalin qavatli) qora
tuproqlar zonasida gumus ham eng ko’p to’planadi va gektariga 709 tonnani tashkil
etadi. Bu sharoitlar yetarli bo’lmagan bo’z tuproqlarda 82 t/ga dan oshmaydi.
Namlik yuqori, lekin kislorod yetishmaydigan shimoliy rayonlarda va
aksincha,
issiqlik
ko’p
va
qurg’oqchilik
kuchayib,
namlik
yetarlicha
to’planmaydigan Janubiy rayonlarda gumus miqdori keskin kamayadi. Masalan,
bo’z tuproqlarda qora tuproqlardagi gumusning 11 foizi, podzol tuproqlarda esa 13
foizi to’planadi xolos.
Bo’z tuproqlar zonasida organik qoldiqlar massasi kam bo’lib, gidrotermik
sharoitlarga ko’ra tez parchalanib minerallashadi va kam gumus hosil bo’ladi.
Ammo boshqa tuproqlarga nisbatan azot va boshqa oziqa elementlarga boyligi bilan
ajralib turadi.
Demak, mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda gumus ko’p to’planadi. Masalan,
qumloq va qumli tuproqlarga nisbatan qumoq tuproqlarda gumus miqdori 1,1-1,9,
og’ir qumoq va soz tuproqlarda 1,6-2,6 marta ko’payadi. Sho’rlanmagan karbonatli
tuproqlarda gumus ko’p to’planadi, chunki kalsiy gumus hosil qilgan kolloidli
mahsulotlarni gellar holida mustahkamlab, yuvilishdan saqlaydi.
14 - jadval
Tuproqlardagi gumus zahirasi (I.V.Tyurin va M.M.Kononova bo’yicha)
Tuproqlar xili
0-20 sm
qatlamda,
t/ga
0-100 sm qatlamda
t/ga
maksimalga
nisbatan,%
Podzol
53
99
13
O’rmon-dasht podzollashgan tuproqlari
109
215
30
Qora tuproqlar:
ishqorsizlangan
192
549
70
tipik
224
709
100
oddiy
137
429
60
To’q tusli kashtan
99
229
32
Bo’z tuproqlar
37
82
11
Gumusning to’planishida tuproqning mexanik tarkibi, ona jinslar tarkibi va
joyning relyefi kabi omillar ham muhim rol o’ynaydi. Yengil mexanik tarkibli
tuproqlarda aerasiya va issiqlik yaxshi bo’lganidan organik qoldiqlar tez
minerallashib, gumus kam to’planadi.
Bo’z tuproqlarda gumus tarkibida fulvokislota ko’payadi, ammo bu kislota
tarkibi jihatdan gumin kislotalariga yaqin bo’lib, takomillashgan va azotga boydir.
Qizil tuproqlarda ham podzollar singari fulvokislotalar miqdori yuqoridir.
Gumus tarkibidagi GK:FK nisbati ko’rsatkichi tuproqning muhim sifat belgisi
bo’lib, gumus hosil qilish sharoiti va tuproqning xossalari haqida xulosa qilish
imkonini beradi. Turli tuproqlardagi gumin kislotalarining xususiyatlari biroz farq
qiladi. Masalan, podzol tuproqlar gumusi tarkibidagi gumin kislotalari qora
tuproqlarnikiga nisbatan ancha ochroq tusli kam optik zichlikka ega, qiyin
kaogulyasiyalanadi. Bo’z tuproqlar gumusidagi gumin kislotalari va fulvokislotalar
yuqori sifatli bo’lganidan tuproq strukturasining hosil bo’lishida va oziq rejimida
muhim rol o’ynaydi.
26 -jadval
Tuproqlar yuqori gorizontlaridagi gumusning sifat tarkibi (I.V.Tyurin
va M.M.Kononova bo’yicha)
Tuproqlar nomi
Gumus,
foiz
Gumusga nisbatan foiz
Gk/Fk
nisbati
Gumin
kislotalari
Fulvokis-
lotalar
Podzol va chimli
podzol
2,5-4,0
12-20
25-28
0,6-0,8
O’rmon sur tuproqlar
4,0-6,0
25-30
25-27
1,0
Tipik va oddiy qora
tuproqlar
7,0-10,0
35-40
15-20
1,5-2,5
To’q tusli kashtan
3,0-4,0
30-35
20
1,5-1,7
Bo’z tuproq
1,5-2,0
20-30
20-30
0,8-1,0
Qizil tuproq
4,0-6,0
15-20
22-28
0,6-0,6
GK - gumin kislotalari
FK - fulvokislotalari
Tuproqning gumusli holati va tuproq profilida gumusning tarqalishi.
Tuproqning gumusli holati deganda organik moddalarning morfologik belgilari,
umumiy zahirasi, xossalari va uning hosil bo’lishi, o’zgarishi hamda tuproq profili
bo’ylab harakati (migrasiyasi) kabi jarayonlarning yig’indisi tushuniladi.
Tuproqning gumusli holatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar sistemasi
L.A.Grishina va D.S.Orlov (1977) tomonidan tavsiya etilgan.
Bu sistemada tuproqning gumusli holatini ko’rsatuvchi qator belgilar jumladan,
organik moddalar miqdori va zahirasi, uning tuproq qatlami bo’ylab tarqalishi, azot
bilan boyiganligi, gumus hosil qilish darajasi, gumus kislotalarining tiplari va
ularning alohida belgilari e’tiborga olingan. Turli tuproqlarda gumusli holat bir xil
emas, masalan, tundra tuproqlari organik moddalarning kam gumusga aylanishi,
gumus zahirasining o’rtacha bo’lishi va profil bo’ylab keskin kamayib borishi,
gumusning gumat-fulvat tipda bo’lishi va azotni kam saqlashi kabi xususiyatlar
bilan xarakterlanadi. Podzol tuproqlarning gumusli holati o’ziga xos bo’lib, bunda
qalin o’rmon to’shamasining bo’lishi, gumus miqdori va zahirasining juda kamligi,
organik moddalarning o’rtacha darajada gumus hosil bo’lganligi va azot bilan
o’rtacha boyiganligi, gumusining fulvat va gumat-fulvat tipdaligi, erkin gumus
kislotalarning ko’pligi, kalsiy bilan birikkan mexanik fraksiyalarning kam bo’lishi
kabi ko’rsatkichlar xarakterli. Madaniylashgan podzol va chimli podzol
tuproqlarning haydalma qatlamida gumus miqdori va zahirasi ko’payadi, azot bilan
boyishi ancha oshadi, gumus tuproq profili bo’ylab asta-sekin o’zgarib boradi,
gumus tarkibida gumin kislotalari ko’payib, fulvat-gumatli tipga o’tadi.
Haydalma qora tuproqlarning gumusli holati organik moddalarning ko’pligi va
gumus zahirasining yuqori bo’lishi va profil bo’ylab asta-sekin kamayib borishi,
azot bilan o’rtacha boyiganligi, gumus hosil qilish darajasining juda yuqori ekanligi,
fulvat-gumatli va gumat tipdagi gumusi, erkin gumin kislotalarning kamligi va
kalsiy bilan birikkan qismining ko’pligi bilan xarakterlanib, tuproq "nafas olish"
darajasining yuqori ekanligi muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Gumus
gorizontining qalinligi qora tuproqlarda 1-1,5 metrdan kam emas, Ukraina va Kuban
qora tuproqlarida 2 m dan oshadi. Qora tuproqlardan Janub va Shimol tomonga
qarab gumus miqdori kamayib boradi.
Bo’z tuproqlarda gumus miqdori juda kam, profil bo’ylab keskin kamayib
boradi, gumusli qatlam qalinligi 30-40 sm atrofida bo’ladi. Bu zonadagi tuproqlar
tarkibidagi organik moddalari yuqori gumus hosil qilishi, azot bilan juda boyiganligi
va fulvat-gumatli tarkibidagi gumusi bilan xarakterlanadi.
Tuproq gumusli holatining asosiy ko’rsatkichi, uning yuqori gorizontlaridagi
organik moddalar miqdori ko’p bo’lganidan, ko’pincha tuproq unumdorligi ana shu
belgisi asosida baholanadi.
Hozirgi vaqtda qator tuproq tiplari uchun bu gradasiyadan farq qiladigan
klassifikasiyalar ishlab chiqilgan.
27 - jadval
Tuproqlar chirindi (gumusli) holatining ko’rsatkichlari
(D.S.Orlov, L.A. Grishina, 1981 y.)
Alomati
Alomat darajasi
Chekli qiymatlari
Chirindi miqdori, %
Juda yuqori
Yuqori
O’rtacha
Past
Juda past
> 10
6 – 10
4 – 6
2 – 4
> 2
20 sm
100 li qatlamda chirindining
umumiy miqdori, t/ga
Juda yuqori
Yuqori
O’rtacha
Past
Juda past
> 200
600
150-200
400-600
100-150
200-400
50 – 100
100-200
< 50
< 100
Azot bilan boyiganlik darajasi, C :
N
Juda yuqori
Yuqori
O’rtacha
Past
Juda past
< 5
5 – 8
8 – 11
11- 14
> 14
Organik moddaning chirindiga
aylanish (gumifikasiya) darajasi,
C gk
C fk X 100, %
Juda yuqori
Yuqori
O’rtacha
Kuchsiz
Juda kuchsiz
> 40
30 – 40
20 – 30
10 – 20
< 10
Chirindi (gumus) ning tipi, Crk :
Cfk
Gumatli
Fulvat-gumatli
Gumatli- fulvatli
Fulvatli
> 2
1 – 2
< 0,5-1
0,5
Tuproqlarning biologik aktivligi
(nafas olishi) gektariga kg/soat
Yuqori
O’rtacha
Sust
> 10
5 – 10
< 5
Hozirgi vaqtda qator tuproq tiplari uchun bu gradasiyadan farq qiladigan
klassifikasiyalar ishlab chiqilgan. Masalan, O’zbekiston sug’oriladigan tuproqlari
gumus miqdoriga ko’ra shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo’linadi (foiz
hisobida): juda kam- 0,00-0,40; kam- 0,41-0,80; o’rtacha- 0,81-1,20; yetarli- 1,21-
1,60; yuqori- 1,61-2,00; juda yuqori- >2,00. Ammo barcha gradasiyalarda 15 (ilgari
12) va 30 foiz chegarasi o’zgarmas standart hisoblanadi. Tuproqlarning gumusli
holati qator agronomik tadbirlarni olib borishda muhim ahamiyatga ega.
Turli tuproqlar profili bo’ylab organik moddalar miqdorining taqsimlanishi bir
xil emas. Tabiatda b i m o d a l t a q s i m l a n i sh – ikkita gumus qatlamli, masalan
podzollarda illyuvial–temirli-gumusli; p o l i m o d a l l i t a q s i m l a n i sh, masalan
kulli-vulkan tuproqlarda va ba’zan boshqalarda uchraydi. Turli tuproqlarning yuqori
gorizontlarida gumus miqdori katta chegarada – 0,5-1 dan 10-12 foiz va undan ham
ko’proqqa o’zgaradi.
Nazorat savollari.
Tuproqdagi mineral moddalar manbai, miqdori va tarkibini ta’riflang?
1.
Tuproqdagi makro va mikro elementlar
2.
Tuproqning umumiy fizik xossalariga ta’rif bering?
3.
Tuproqdagi organik moddalar manbai, miqdori va tarkibini ta’riflang?
4. Tuproqdagi organik moddalar sistemasi qanday tarkibiy qismlardan iborat?
5.
Gumus hosil bo’lishi haqidagi asosiy nazariyalar mohiyatini tushuntirib
bering?
6.
Nobud bo’lgan organizmlar qoldiqlarining gumusga aylanishida sodir
bo’ladigan o’zgarishlarni ta’riflang?
7.
Gumus moddalari ayrim gruppalarining elementlar tarkibi va
xususiyatlari nimadan iborat?
8.
Tuproqda gumus qaysi sharoitda ko’p to’planadi?
9.
Qaysi mexanik tarkibi (yengil yoki og’ir) tuproqda organik modda tez
parchalanadi va tuproqda kam saqlanib qoladi?
10.
Tuproqni
gumusli
holatining
asosiy
ko’rsatkichlari
qanday.
Podzol, qora va bo’z tuproqlar gumusli holatini izohlab bering?
11.
Gumus miqdoriga ko’ra tuproqlar qanday gruppalarga bo’linadi?
Gumusning tuproq unumdorligidagi ahamiyati va funksiyalari.
Tuproqning gumusli holatini qanday boshqarish mumkin?
1. Tavsiya qilingan adabiyotlar.
2. 1. Boboxo‘jayev I., Uzokov P.- “Tuproqshunoslik”. “Mehnat” T 1995.
3. 2. Qo‘ziev R.K.- «Genetik tuproqshunoslik muammolari», T.1996
4. 3. Гафурова Л.А ва бошқалар “Мелиоратив тупроқшунослик” –Т.
2002
5. 4.Кауричев И.С. «Почвоведение», Москва «Высшая школа», 1989
6. 5. Маxсудов X.М., Одилов А.А. Эрозияшунослик Т.1998 й.
7. 6. Турсунов Л. - “Тупроқ физикаси”, “Меҳнат” нашриёти. Т.1988 .
8. 7.И. Турапов, Х. Номозов Тупроқ бонитировкаси Т-2010
9. 8.Белоусов М.А. «Физиологические основны корневого питания
хлопчатника», - Т.: «Фан», 1975.