TUPROQNING TURLI CHUQURLIKLARIDAGI HARORATINI O‘LCHASH
Yuklangan vaqt
2024-12-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
317,3 KB
1
TUPROQNING TURLI CHUQURLIKLARIDAGI HARORATINI
O‘LCHASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Tuproqning turli chuqurliklardagi haroratining
o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish va haroratni o‘lchaydigan termometrlarning
tuzilishi bilan tanishish hamda ularni ishlatish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Topshiriqlar:
1. Tuproq chuqurliklaridagi haroratning ahamiyatini o‘rganish;
2. Savinov termometrining tuzilishini va undan foydalanib, hisob olishni
o‘rganish;
3. Termometr shchupining tuzilishini va uni ishlatishni o‘rganish;
4. Tortib olinadigan termometrning tuzilishi, o‘rnatilishi va undan hisob olishni
o‘rganish.
Kerakli materiallar va asboblar: belkurak, tuproq o‘ygich moslama, ish
daftari, chizg‘ich yoki metr, yog‘och tirgak, Savinov termometri, termometr shchup.
5.1.Tuproq chuqurliklarining harorati va uning ahamiyati
Tuproq haroratining energiya manbai quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Dastlab
radiatsiya tuproqning yuza qismini isitadi va asta-sekin isish jarayoni, issiqlik va
harorat o‘tkazuvchanlikka bog‘liq holda, tuproqning ichki qatlamlarilari tomon o‘tib
boradi. Tuproq haroratining turli chuqurliklarda sutka, oy va yil davomida harorati
o‘zgarib turadigan qatlami faol qatlam deb ataladi. Sutka davomida tuproqning ichki
qatlamida harorat o‘zgarmaydigan qatlam doimiy sutkalik harorat qatlami deyiladi.
Yil davomida tuproq harorati o‘zgarmaydigan qatlam esa doimiy yillik harorat
qatlami deyiladi.
2
SH.T.Xoliqulov, (2004) ma’lumotlariga ko‘ra sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlari
sharoitida chukurliklar buylab haroratning o‘zgarishini yaqqol tasavvur qilish
mumkin. Chuqurlik ortib borgan sayin harorat amplitudasi kamayib boradi. doimiy
sutkalik harorat qatlami deyarli 50 sm chuqurlikka to‘g‘ri keladi.
Tuproq harorati chuqurlik bo‘yicha Furening quyidagi qonunlari asosida
o‘zgaradi:
- tuproq chuqurliklari buyicha haroratning o‘zgarishi (minimum va maksimum
o‘rtasidagi farq) sutkada 24 soatga va yilda 12 oyga teng;
- tuproqning chuqurligi arifmetik progressiya bo‘yicha oshib borsa, tuproq
harorati amplitudasi geometrik progressiya bo‘yicha o‘zgarishga ega bo‘ladi;
- tuproqning chuqurligiga to‘g‘ri proporsional ravishda maksimal va minimal
haroratlarning bo‘lish vaqti chuqurliklarda tuproq yuzasiga nisbatan doimo kechikib
boradi.
5.1.2-chizma. Tuproq haroratining turli chuqurliklarda sutkalik o‘zgarishi
(SH.Xoliqulov, 2004).
Tuproq
chuqurliklari
haroratining
ahamiyati.
Tuproqning
turli
chuqurliklardagi haroratini o‘rganish u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish
meteorologlar, iqlimshunoslar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, quruvchilar va
melioratorlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Tuproq yuzasi quyosh
harorat, oC
sutka vaqti, soat
5 см
10 см
20 см
50 см
3
radiatsiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi faol yuza vazifasini o‘taydi.
Tuproqning ichki qismlari issiqlikni akkumulyasiya qiladi va shu bilan Yer sharining
iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida tuproqning turli (5-10 sm)
chuqurliklaridagi haroratini bilish o‘simliklar urug‘ining unib chiqishiga ta’sir
ko‘rsatsa, undan chuqurroq qismlarda o‘simlik ildizlarining faoliyatiga, oziqa
elementlarning harakatchanligiga, mikroorganizmlar faoliyatiga, tuproqning suv
rejimiga, sho‘rlanishiga v.b holatlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Turli xil chuqurliklarda tuproq haroratini o‘lchaydigan asboblarning tuzilishi,
o‘rnatilishi va ulardan hisob olish tartibini bilish qishloq xo‘jalik xodimlari,
gidrometeorologoya mutaxassislari uchun juda muhim ahamiyatga ega. Tuproq
chuqurlik qismining harorati asosan Savinov termometri (0-20 sm), tortib olinadigan
termometrlar bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari termometr TET-2, termometr M-54-
2 kabi elektrotermometrdan ham foydalaniladi.
5.2. Savinov termometri TM-5
Ushbu termometr tuproqning 5, 10, 15 va 20 sm chuqurliklardagi haroratni
yilning issiq davrlarida o‘lchashga mo‘ljallangan simobli termometrdir. Asbob
shkalasining har bir bo‘lagi 0,50S ga teng. Rezervuari silindrik shaklda bo‘lib,
rezervuardan biroz yuqorida termometr korpusi 1350 ga egilgan (5.2.1-rasm).
Rezervuar bilan shkala o‘rtasidagi (simob harakatlanadigan) shisha naychaning
atrofi issiqlikni himoya qiluvchi material bilan o‘ralgan. Bu termometr g‘ilofiga
tegib turgan rezervuardan yuqoridagi tuproq haroratining ta’siridan himoya qiladi va
mo‘ljallangan chuqurlikdagi tuproq haroratini aniq o‘lchashga yordam beradi.
Savinov termometrlari meteorologik maydonchadagi, maxsus o‘tdan
tozalangan, shudgorlangan tuproqqa (5.2.1-rasm, b), tuproq yuzasining haroratini
o‘lchaydigan termometrlarning g‘arb tomonidan ulardan 20 sm uzoqlikda
o‘rnatiladi.
Termometrlarni o‘rnatish uchun sharqdan g‘arbga qaragan yo‘nalishda shimol
tomonga 300 qiyalikda, uzunligi 40 sm, eni 25 sm va chuqurligi 20 sm li o‘ra qaziladi.
O‘raning shimoliy qismi devori tik qilib kesiladi. Tik devorga sharqdan g‘arbga
4
qarab 5, 10, 15, 20 sm chuqurlikda termometr rezervuari yonma-yon joylashadigan
qilib devordan gorizontal bo‘ylab chuqurchalar qilinadi (5.2.1-rasm).
Termometrning rezurvuari o‘ra devoriga zich qilib tiqib qo‘yiladi. Har bir
termometr oralig‘idagi masofa gorizontal bo‘yicha 10 sm ga teng bo‘lishi kerak.
Termometrning tuproqdan chiqib turgan qismi bilan tuproq yuzasi o‘rtasidagi
burchak 450 ga teng bo‘lishi lozim (5.2.1-rasm, a). So‘ngra kovlangan chuqurning
tuprog‘i imkon darajasida gorizonti buzilmagan holda qayta o‘z joylariga
joylashtiriladi.
a b
5.2.1-rasm. Savinov tuproq termometrlari
Termometrlarning holatini bir xil tutib turish uchun maxsus yog‘och tirgak
termometr korpusiga tirab qo‘yiladi. Termometrdan 0,1oC aniqlikda hisob olinadi.
5.3. Termometr shchup AM-6
Tuproq haydov qatlamining turli chuqurliklaridagi haroratni o‘lchaydi (5.3.1-
rasm). Termometr rezervuari toluol suyuqligi bilan to‘ldirilgan. SHkalasining har bir
bo‘lagi 1 oC ga teng. Metal yoki plastmassali g‘ilofning ichida 4 rezervuarga shisha
naycha ulangan. Termometrning pastki qismi uchli qilib yasalgan rezervuarni
himoyalovchi konussimon moslamadan 3 iborat. Rezervuar ebonetli himoya
qiluvchi prokladka va mis qirindisi 2 bilan himoyalangan.
Asbobning yuqori qismida shkala joylashtirilgan 1, eng yuqori qismida dastak
6 mavjud. Termometr tik holatda o‘rnatilishi lozim. Termometrning himoyalangan
qismida tuproq chuqurliklari 0-50 sm gacha shkala 7 yozilgan. Termometr kerakli
chuqurlikka o‘rnatiladi. Agar tuproq qattiq bo‘lsa, kerakli chuqurlikkacha asbob
erkin kiradigan o‘ra qilinadi. Termometr tuproqqa o‘rnatilgandan keyin mavjud
5
haroratni aks ettirishi uchun 10-15 minut kutiladi va so‘ngra hisob olinadi.
Hisobning aniqligi 0,5 oC ga teng bo‘lishi lozim. Termometrni doimo vertikal (tik)
holda bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim.
5.3.1-rasm.Termometr-shchupning tuzilishi:
1-termometr; 2-metall g‘ilof; 3-konussimon uchlik; 4-ebonit prokladka (qistirma);
5-maxsus tirqish; 6-dastak; 7-shkala.
5.4. Tortib olinadigan tuproq termometri TPV-50
Tuproqning 20, 40, 60, 80, 120, 240 va 320 sm chuqurliklariga o‘rnatiladi
(5.4.1-rasm). Barcha termometrlar simobli bo‘lib, shkalasining har bir chizig‘i 0,2
oC ga teng.
Termometr 1, maxsus g‘ilof (gardish) 2 ichiga o‘rnatilgan. Gardishning eng
pastki qismiga metall qalpoqcha 3 kiygizilgan. Qalpoqchaning ichiga rezervuarni
o‘rab turuvchi mis qirindisi solingan. Bu tashqi haroratni yaxshi o‘tkazib
rezurvuarga etkazish uchun xizmat qiladi. Termometrlar maxsus yog‘och
6
tayoqchalarga 4 mahkamlangan. Bu tayoqchalar termometrlarning o‘rnatilish
chuqurligiga qarab uzaytirib boriladi. Termometrlarni chuqurdan tortib olish uchun
eng yuqori qismiga qalpoqcha 5 va xalqa 6 o‘rnatilgan. Tuproq haroratini o‘lchash
uchun tayyorlangan chuqurlarga plastmassali yoki ebonetli trubachalar 7 tushiriladi.
Termometr rezervuariga o‘rnatilgan metal qalpoqcha 8 skvajinaning tagiga tegib
turadigan qilib o‘rnatiladi.
Termometrlar va yog‘ochning asosiy og‘irligini yerdan tashqarisiga chiqib
turgan qalpoqcha ushlab turadi va bir vaqtda trubaning og‘zini ham yopib turadi.
Trubalarning yerga kirib turgan qismi yashil, yerdan chiqib turgan qismi esa oq
rangga bo‘yaladi.
Meteorologik maydonchada tortib olinadigan termometrlar tabiiy holati
buzilmagan ochiq maydonchaga o‘rnatiladi. Tanlangan joy Savinov termometlari
o‘rnatilgan joydan 3-4 m sharqda, sharqdan g‘arbga tomon chuqurligi oshib boruvchi
tartibda ochiq maydonga o‘rnatiladi.
Chuqurlarning (svajina) oralig‘i 50 sm tashkil etadi (5.4.2-rasm).
Quvurlarning yerdan chiqib turgan qismi 0,5-1 m bo‘lishi kerak. Termometrlarning
shimol tomonidan termometrlardan 30 sm uzoqlikda, yog‘och zina orqali chiqadigan
va balandligi quvurning balandligi bilan teng bo‘lgan, olib qo‘yiladigan yo‘lak-
5.4.1-rasm. Tortib
olinadigan tuproq
termometrining tuzilishi.
7
ko‘prikcha yasaladi. Harorat o‘lchangandan so‘ng yog‘och yo‘lak-ko‘prikchalar olib
qo‘yiladi.
5.4.2-rasm. Tortib olinadigan tuproq termometrining meteorologik
maydonchada o‘rnatilishi va tashqi ko‘rinishi.
Quvurning uchidagi xalqadan ushlab termometr tuproqdan tortib olinadi va
tezda undan hisob olib yana joyiga qo‘yiladi. Hisob olishda dastlab gradusning
undan bir bo‘lagi, keyin to‘liq graduslar aniqlanadi. Shkala ko‘rsatishiga tuzatma
koeffitsienti kiritiladi. Termometrlarning 80 sm dan chuqurda o‘rnatilganlaridan
sutkada bir marta (soat 1500 da) hisob olinadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Tuproq chuqur qismining harorati nimalarga bog‘liq?
2. Sutkalik va yillik doimiy harorat qatlamiga ta’rif bering.
3. Tuproq harorati chuqurliklar bo‘ylab qaysi qonunga asosan o‘zgaradi?
4. Tuproq chuqurligidagi haroratning ahamiyati qanday?
5. Savinov termometri tuzilishini aytib bering?
6. Savinov termometri qanday o‘rnatiladi?
7. Yuqorida keltirilgan termometrlardan tashqari qanday termometrlarni
bilasiz?
8. Termometr shchup qanday tuzilgan va undan qanday foydalaniladi?
9. Tortib olinadigan termometrning tuzilishini ayting.
8
10. Tortib olinadigan termometr qanday chuqurliklarda o‘rnatiladi?
11. Yog‘och ko‘prikcha qanday o‘rnatiladi va nima uchun kerak?