TUPROQNING TURLI CHUQURLIKLARIDAGI HARORATNI O‘LCHASH

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

372,0 KB


 
 
 
 
 
 
TUPROQNING TURLI CHUQURLIKLARIDAGI HARORATNI 
O‘LCHASH 
 
 
Mashg‘ulotning maqsadi: Tuproqning turli chuqurliklaridagi haroratning 
o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish va haroratni o‘lchaydigan termometrlarning 
tuzilishi bilan tanishish hamda ularni ishlatish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. 
Topshiriqlar: 
1. Tuproq chuqurliklaridagi haroratning ahamiyatini o‘rganish; 
2. Savinov termometrining tuzilishini va undan foydalanib, hisob olishni 
o‘rganish; 
3. Termometr - shchupning tuzilishini va uni ishlatishni o‘rganish; 
4. Tortib olinadigan termometrning tuzilishi, o‘rnatilishi va undan hisob 
olishni o‘rganish. 
. 
 
1.1. Tuproq chuqurliklarining harorati va uning ahamiyati 
 
Tuproq haroratining energiya manbayi quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. 
Dastlab radiatsiya tuproqning yuza qismini isitadi va asta–sekin isish jarayoni, 
issiqlik va harorat o‘tkazuvchanlikka bog‘liq holda, tuproqning ichki qatlamlari 
tomon o‘tib boradi. Tuproq haroratining turli chuqurliklarida sutka, oy va yil 
davomida harorati o‘zgarib turadigan qatlam faol qatlam deb ataladi. Sutka 
davomida tuproqning ichki qatlamida harorat o‘zgarmaydigan qatlam doimiy 
sutkalik harorat qatlami deyiladi. Yil davomida tuproq harorati o‘zgarmaydigan 
qatlam esa doimiy yillik harorat qatlami deyiladi.  
TUPROQNING TURLI CHUQURLIKLARIDAGI HARORATNI O‘LCHASH Mashg‘ulotning maqsadi: Tuproqning turli chuqurliklaridagi haroratning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish va haroratni o‘lchaydigan termometrlarning tuzilishi bilan tanishish hamda ularni ishlatish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Topshiriqlar: 1. Tuproq chuqurliklaridagi haroratning ahamiyatini o‘rganish; 2. Savinov termometrining tuzilishini va undan foydalanib, hisob olishni o‘rganish; 3. Termometr - shchupning tuzilishini va uni ishlatishni o‘rganish; 4. Tortib olinadigan termometrning tuzilishi, o‘rnatilishi va undan hisob olishni o‘rganish. . 1.1. Tuproq chuqurliklarining harorati va uning ahamiyati Tuproq haroratining energiya manbayi quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Dastlab radiatsiya tuproqning yuza qismini isitadi va asta–sekin isish jarayoni, issiqlik va harorat o‘tkazuvchanlikka bog‘liq holda, tuproqning ichki qatlamlari tomon o‘tib boradi. Tuproq haroratining turli chuqurliklarida sutka, oy va yil davomida harorati o‘zgarib turadigan qatlam faol qatlam deb ataladi. Sutka davomida tuproqning ichki qatlamida harorat o‘zgarmaydigan qatlam doimiy sutkalik harorat qatlami deyiladi. Yil davomida tuproq harorati o‘zgarmaydigan qatlam esa doimiy yillik harorat qatlami deyiladi.  
 
SH.T.Xoliqulov, (2004) ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan o‘tloq 
tuproqlari sharoitida chuqurliklar bo‘ylab haroratning o‘zgarishini yaqqol tasavvur 
qilish mumkin. Chuqurlik ortib borgan sayin harorat amplitudasi kamayib boradi, 
doimiy sutkalik harorat qatlami deyarli 50 sm chuqurlikka to‘g‘ri keladi. 
Tuproq harorati chuqurliklar bo‘yicha Furening quyidagi qonunlari asosida 
o‘zgaradi: 
- tuproq chuqurliklari bo‘yicha haroratning o‘zgarishi (minimum va 
maksimum o‘rtasidagi farq) sutkada 24 soatga va yilda 12 oyga teng; 
- tuproqning chuqurligi arifmetik progressiya bo‘yicha oshib borsa, tuproq 
harorati amplitudasi geometrik progressiya bo‘yicha o‘zgarishga ega bo‘ladi;  
- tuproqning chuqurligiga to‘g‘ri proporsional ravishda maksimal va minimal 
haroratlarning bo‘lish vaqti chuqurliklarda tuproq yuzasiga nisbatan doimo 
kechikib boradi. 
 
 
5.1.2–chizma. Turli chuqurliklarda tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishi 
(SH.Xoliqulov, 2004). 
 
SH.T.Xoliqulov, (2004) ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlari sharoitida chuqurliklar bo‘ylab haroratning o‘zgarishini yaqqol tasavvur qilish mumkin. Chuqurlik ortib borgan sayin harorat amplitudasi kamayib boradi, doimiy sutkalik harorat qatlami deyarli 50 sm chuqurlikka to‘g‘ri keladi. Tuproq harorati chuqurliklar bo‘yicha Furening quyidagi qonunlari asosida o‘zgaradi: - tuproq chuqurliklari bo‘yicha haroratning o‘zgarishi (minimum va maksimum o‘rtasidagi farq) sutkada 24 soatga va yilda 12 oyga teng; - tuproqning chuqurligi arifmetik progressiya bo‘yicha oshib borsa, tuproq harorati amplitudasi geometrik progressiya bo‘yicha o‘zgarishga ega bo‘ladi; - tuproqning chuqurligiga to‘g‘ri proporsional ravishda maksimal va minimal haroratlarning bo‘lish vaqti chuqurliklarda tuproq yuzasiga nisbatan doimo kechikib boradi. 5.1.2–chizma. Turli chuqurliklarda tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishi (SH.Xoliqulov, 2004).  
 
Tuproq 
chuqurliklari 
haroratining 
ahamiyati. 
Tuproqning 
turli 
chuqurliklardagi haroratini o‘rganish va u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish 
meteorologlar, iqlimshunoslar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, quruvchilar va 
melioratorlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Tuproq yuzasi quyosh 
radiatsiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi faol yuza vazifasini o‘taydi. 
Tuproqning ichki qismlari issiqlikni akkumulyasiya qiladi va shu bilan yer 
sharining iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida tuproqning turli 
chuqurliklaridagi (5–10 sm) haroratni bilish o‘simliklar urug‘ining unib chiqishiga 
ta’sir ko‘rsatsa, undan chuqurroq qismlarda o‘simlik ildizlarining faoliyatiga, oziqa 
elementlarning harakatchanligiga, mikroorganizmlar faoliyatiga, tuproqning suv 
rejimiga, sho‘rlanishiga v.b holatlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Turli xil chuqurliklarda tuproq haroratini o‘lchaydigan asboblarning 
tuzilishi, o‘rnatilishi va ulardan hisob olish tartibini bilish qishloq xo‘jalik 
xodimlari, gidrometeorologoya mutaxassislari uchun juda muhim ahamiyatga ega. 
Tuproq chuqurlik qismining harorati asosan Savinov termometri (0–20 sm), tortib 
olinadigan termometrlar bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari, termometr TET–2, 
termometr M–54–2 kabi elektrotermometrdan ham foydalaniladi. 
 
5.2. Savinov termometri TM–5 
 
Ushbu termometr yilning issiq davrlarida tuproqning 5, 10, 15 va 20 sm 
chuqurliklardagi haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan simobli termometrdir. Asbob 
shkalasining har bir bo‘lagi 0,5oC ga teng. Rezervuari silindrik shaklda bo‘lib, 
rezervuardan biroz yuqorida termometr korpusi 135o ga egilgan (5.2.1–rasm). 
Rezervuar bilan shkala o‘rtasidagi (simob harakatlanadigan) shisha naychaning 
atrofi issiqlikni himoya qiluvchi material bilan o‘ralgan. Bu termometr g‘ilofiga 
tegib turgan rezervuardan yuqoridagi tuproq haroratining ta’siridan himoya qiladi 
va mo‘ljallangan chuqurlikdagi tuproq haroratini aniq o‘lchashga yordam beradi. 
Savinov termometrlari meteorologik maydonchadagi, maxsus o‘tdan 
tozalangan, shudgorlangan tuproqqa (5.2.1–rasm, b), tuproq yuzasining haroratini 
Tuproq chuqurliklari haroratining ahamiyati. Tuproqning turli chuqurliklardagi haroratini o‘rganish va u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish meteorologlar, iqlimshunoslar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, quruvchilar va melioratorlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Tuproq yuzasi quyosh radiatsiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi faol yuza vazifasini o‘taydi. Tuproqning ichki qismlari issiqlikni akkumulyasiya qiladi va shu bilan yer sharining iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida tuproqning turli chuqurliklaridagi (5–10 sm) haroratni bilish o‘simliklar urug‘ining unib chiqishiga ta’sir ko‘rsatsa, undan chuqurroq qismlarda o‘simlik ildizlarining faoliyatiga, oziqa elementlarning harakatchanligiga, mikroorganizmlar faoliyatiga, tuproqning suv rejimiga, sho‘rlanishiga v.b holatlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Turli xil chuqurliklarda tuproq haroratini o‘lchaydigan asboblarning tuzilishi, o‘rnatilishi va ulardan hisob olish tartibini bilish qishloq xo‘jalik xodimlari, gidrometeorologoya mutaxassislari uchun juda muhim ahamiyatga ega. Tuproq chuqurlik qismining harorati asosan Savinov termometri (0–20 sm), tortib olinadigan termometrlar bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari, termometr TET–2, termometr M–54–2 kabi elektrotermometrdan ham foydalaniladi. 5.2. Savinov termometri TM–5 Ushbu termometr yilning issiq davrlarida tuproqning 5, 10, 15 va 20 sm chuqurliklardagi haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan simobli termometrdir. Asbob shkalasining har bir bo‘lagi 0,5oC ga teng. Rezervuari silindrik shaklda bo‘lib, rezervuardan biroz yuqorida termometr korpusi 135o ga egilgan (5.2.1–rasm). Rezervuar bilan shkala o‘rtasidagi (simob harakatlanadigan) shisha naychaning atrofi issiqlikni himoya qiluvchi material bilan o‘ralgan. Bu termometr g‘ilofiga tegib turgan rezervuardan yuqoridagi tuproq haroratining ta’siridan himoya qiladi va mo‘ljallangan chuqurlikdagi tuproq haroratini aniq o‘lchashga yordam beradi. Savinov termometrlari meteorologik maydonchadagi, maxsus o‘tdan tozalangan, shudgorlangan tuproqqa (5.2.1–rasm, b), tuproq yuzasining haroratini  
 
o‘lchaydigan termometrlarning g‘arb tomoniga ulardan 20 sm uzoqlikda 
o‘rnatiladi. 
Termometrlarni o‘rnatish uchun sharqdan g‘arbga qaragan yo‘nalishda 
shimol tomonga 300 qiyalikda, uzunligi 40 sm, eni 25 sm va chuqurligi 20 sm li 
o‘ra qaziladi. O‘raning shimoliy qismi devori tik qilib kesiladi. Tik devorga 
sharqdan g‘arbga qarab 5, 10, 15, 20 sm chuqurlikda termometr rezervuari yonma–
yon joylashadigan qilib devordan gorizontal bo‘ylab chuqurchalar qilinadi (5.2.1–
rasm). 
Termometrning rezervuari o‘ra devoriga zich qilib tiqib qo‘yiladi. Har bir 
termometr oralig‘idagi masofa gorizontal bo‘yicha 10 sm ga teng bo‘lishi kerak. 
Termometrning tuproqdan chiqib turgan qismi bilan tuproq yuzasi o‘rtasidagi 
burchak 450 ga teng bo‘lishi lozim (5.2.1–rasm, a). So‘ngra kovlangan chuqurning 
tuprog‘i imkon darajasida gorizonti buzilmagan holda qayta o‘z joylariga 
joylashtiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
a 
 
 
 
 
 
b 
 
5.2.1–rasm. Savinov tuproq termometrlari 
  
Termometrlarning holatini bir xil tutib turish uchun maxsus yog‘och tirgak 
termometr korpusiga tirab qo‘yiladi. Termometrdan 0,1oC aniqlikda hisob olinadi. 
 
o‘lchaydigan termometrlarning g‘arb tomoniga ulardan 20 sm uzoqlikda o‘rnatiladi. Termometrlarni o‘rnatish uchun sharqdan g‘arbga qaragan yo‘nalishda shimol tomonga 300 qiyalikda, uzunligi 40 sm, eni 25 sm va chuqurligi 20 sm li o‘ra qaziladi. O‘raning shimoliy qismi devori tik qilib kesiladi. Tik devorga sharqdan g‘arbga qarab 5, 10, 15, 20 sm chuqurlikda termometr rezervuari yonma– yon joylashadigan qilib devordan gorizontal bo‘ylab chuqurchalar qilinadi (5.2.1– rasm). Termometrning rezervuari o‘ra devoriga zich qilib tiqib qo‘yiladi. Har bir termometr oralig‘idagi masofa gorizontal bo‘yicha 10 sm ga teng bo‘lishi kerak. Termometrning tuproqdan chiqib turgan qismi bilan tuproq yuzasi o‘rtasidagi burchak 450 ga teng bo‘lishi lozim (5.2.1–rasm, a). So‘ngra kovlangan chuqurning tuprog‘i imkon darajasida gorizonti buzilmagan holda qayta o‘z joylariga joylashtiriladi. a b 5.2.1–rasm. Savinov tuproq termometrlari Termometrlarning holatini bir xil tutib turish uchun maxsus yog‘och tirgak termometr korpusiga tirab qo‘yiladi. Termometrdan 0,1oC aniqlikda hisob olinadi.  
 
5.3.Termometr - shchup AM–6 
 
Tuproq haydov qatlamining turli chuqurliklaridagi haroratni o‘lchaydi (5.3.1–
rasm). Termometr rezervuari toluol suyuqligi bilan to‘ldirilgan. Shkalasining har 
bir bo‘lagi 1oC ga teng. Metall yoki plastmassali g‘ilofning 4 ichida rezervuarga 
shisha naycha ulangan. Termometrning pastki qismi uchli qilib yasalgan 
rezervuarni himoyalovchi konussimon moslamadan 3 iborat. Rezervuar ebonetli 
himoya qiluvchi prokladka va mis qirindisi 2 bilan himoyalangan.  
 
 
 
5.3.1–rasm.Termometr–shchupning tuzilishi: 
 1–termometr;2–metall g‘ilof; 3–konussimon uchlik; 4–ebonit prokladka 
(qistirma); 5–maxsus tirqish; 6–dastak; 7–shkala. 
 
Asbobning yuqori qismida shkala joylashtirilgan 1, eng yuqori qismida 
dastak 6 mavjud. Termometr tik holatda o‘rnatilishi lozim. Termometrning 
5.3.Termometr - shchup AM–6 Tuproq haydov qatlamining turli chuqurliklaridagi haroratni o‘lchaydi (5.3.1– rasm). Termometr rezervuari toluol suyuqligi bilan to‘ldirilgan. Shkalasining har bir bo‘lagi 1oC ga teng. Metall yoki plastmassali g‘ilofning 4 ichida rezervuarga shisha naycha ulangan. Termometrning pastki qismi uchli qilib yasalgan rezervuarni himoyalovchi konussimon moslamadan 3 iborat. Rezervuar ebonetli himoya qiluvchi prokladka va mis qirindisi 2 bilan himoyalangan. 5.3.1–rasm.Termometr–shchupning tuzilishi: 1–termometr;2–metall g‘ilof; 3–konussimon uchlik; 4–ebonit prokladka (qistirma); 5–maxsus tirqish; 6–dastak; 7–shkala. Asbobning yuqori qismida shkala joylashtirilgan 1, eng yuqori qismida dastak 6 mavjud. Termometr tik holatda o‘rnatilishi lozim. Termometrning  
 
5.4.1-rasm. Tortib olinadigan tuproq 
termometrining tuzilishi. 
himoyalangan qismida tuproq chuqurliklari 0–50 sm gacha shkala 7 yozilgan. 
Termometr kerakli chuqurlikka o‘rnatiladi. Agar tuproq qattiq bo‘lsa, kerakli 
chuqurlikkacha asbob erkin kiradigan o‘ra qilinadi. Termometr tuproqqa 
o‘rnatilgandan keyin mavjud haroratni aks ettirishi uchun 10–15 minut kutiladi va 
so‘ngra hisob olinadi. Hisobning aniqligi 0,5oC ga teng bo‘lishi lozim. 
Termometrni doimo vertikal (tik) holda bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim. 
 
5.4. Tortib olinadigan tuproq termometri TPV–50 
 
Tuproqning 20, 40, 60, 80, 120, 240 va 320 sm chuqurliklariga o‘rnatiladi 
(5.4.1–rasm). Barcha termometrlar simobli bo‘lib, shkalasining har bir chizig‘i 
0,2oC ga teng.  
 
 
Termometr 1, maxsus g‘ilof (gardish) 2 ichiga o‘rnatilgan. Gardishning eng 
pastki qismiga metall qalpoqcha 3 kiygizilgan. Qalpoqchaning ichiga rezervuarni 
o‘rab turuvchi mis qirindisi solingan. Bu tashqi haroratni yaxshi o‘tkazib 
rezervuarga yetkazish uchun xizmat qiladi. Termometrlar maxsus yog‘och 
tayoqchalarga 4 mahkamlangan. Bu tayoqchalar termometrlarning o‘rnatilish 
chuqurligiga qarab uzaytirib boriladi. Termometrlarni chuqurdan tortib olish uchun 
5.4.1-rasm. Tortib olinadigan tuproq termometrining tuzilishi. himoyalangan qismida tuproq chuqurliklari 0–50 sm gacha shkala 7 yozilgan. Termometr kerakli chuqurlikka o‘rnatiladi. Agar tuproq qattiq bo‘lsa, kerakli chuqurlikkacha asbob erkin kiradigan o‘ra qilinadi. Termometr tuproqqa o‘rnatilgandan keyin mavjud haroratni aks ettirishi uchun 10–15 minut kutiladi va so‘ngra hisob olinadi. Hisobning aniqligi 0,5oC ga teng bo‘lishi lozim. Termometrni doimo vertikal (tik) holda bo‘lishiga alohida e’tibor berish lozim. 5.4. Tortib olinadigan tuproq termometri TPV–50 Tuproqning 20, 40, 60, 80, 120, 240 va 320 sm chuqurliklariga o‘rnatiladi (5.4.1–rasm). Barcha termometrlar simobli bo‘lib, shkalasining har bir chizig‘i 0,2oC ga teng. Termometr 1, maxsus g‘ilof (gardish) 2 ichiga o‘rnatilgan. Gardishning eng pastki qismiga metall qalpoqcha 3 kiygizilgan. Qalpoqchaning ichiga rezervuarni o‘rab turuvchi mis qirindisi solingan. Bu tashqi haroratni yaxshi o‘tkazib rezervuarga yetkazish uchun xizmat qiladi. Termometrlar maxsus yog‘och tayoqchalarga 4 mahkamlangan. Bu tayoqchalar termometrlarning o‘rnatilish chuqurligiga qarab uzaytirib boriladi. Termometrlarni chuqurdan tortib olish uchun  
 
eng yuqori qismiga qalpoqcha 5 va halqa 6 o‘rnatilgan. Tuproq haroratini o‘lchash 
uchun tayyorlangan chuqurlarga plastmassali yoki ebonetli trubachalar 7 
tushiriladi. Termometr rezervuariga o‘rnatilgan metall qalpoqcha 8 skvajinaning 
tagiga tegib turadigan qilib o‘rnatiladi. 
Termometrlar va yog‘ochning asosiy og‘irligini yerdan tashqarisiga chiqib 
turgan qalpoqcha ushlab turadi va bir vaqtda ebonentli trubaning og‘zini ham 
yopib turadi. Trubalarning yerga kirib turgan qismi yashil, yerdan chiqib turgan 
qismi esa oq rangga bo‘yaladi. Meteorologik maydonchada tortib olinadigan 
termometrlar tabiiy holati buzilmagan ochiq maydonchaga o‘rnatiladi. Tanlangan 
joy Savinov termometlari o‘rnatilgan joydan 3–4 m sharqda, sharqdan g‘arbga 
tomon chuqurligi oshib boruvchi tartibda ochiq maydonga o‘rnatiladi. 
Chuqurlarning (skvajina) oralig‘i 50 sm tashkil etadi (5.4.2–rasm). 
Trubaning yerdan chiqib turgan qismi 0,5–1 m bo‘lishi kerak. Termometrlarning 
shimol tomoniga termometrlardan 30 sm uzoqlikda, yog‘och zina orqali 
chiqadigan va balandligi trubaning balandligi bilan teng bo‘lgan, olib qo‘yiladigan 
yo‘lak–ko‘prikcha yasaladi. Harorat o‘lchangandan so‘ng yog‘och yo‘lak–
ko‘prikchalar olib qo‘yiladi. 
 
 
 
 
5.4.2–rasm. Tortib olinadigan tuproq termometrining meteorologik maydonchada 
o‘rnatilishi va tashqi ko‘rinishi. 
eng yuqori qismiga qalpoqcha 5 va halqa 6 o‘rnatilgan. Tuproq haroratini o‘lchash uchun tayyorlangan chuqurlarga plastmassali yoki ebonetli trubachalar 7 tushiriladi. Termometr rezervuariga o‘rnatilgan metall qalpoqcha 8 skvajinaning tagiga tegib turadigan qilib o‘rnatiladi. Termometrlar va yog‘ochning asosiy og‘irligini yerdan tashqarisiga chiqib turgan qalpoqcha ushlab turadi va bir vaqtda ebonentli trubaning og‘zini ham yopib turadi. Trubalarning yerga kirib turgan qismi yashil, yerdan chiqib turgan qismi esa oq rangga bo‘yaladi. Meteorologik maydonchada tortib olinadigan termometrlar tabiiy holati buzilmagan ochiq maydonchaga o‘rnatiladi. Tanlangan joy Savinov termometlari o‘rnatilgan joydan 3–4 m sharqda, sharqdan g‘arbga tomon chuqurligi oshib boruvchi tartibda ochiq maydonga o‘rnatiladi. Chuqurlarning (skvajina) oralig‘i 50 sm tashkil etadi (5.4.2–rasm). Trubaning yerdan chiqib turgan qismi 0,5–1 m bo‘lishi kerak. Termometrlarning shimol tomoniga termometrlardan 30 sm uzoqlikda, yog‘och zina orqali chiqadigan va balandligi trubaning balandligi bilan teng bo‘lgan, olib qo‘yiladigan yo‘lak–ko‘prikcha yasaladi. Harorat o‘lchangandan so‘ng yog‘och yo‘lak– ko‘prikchalar olib qo‘yiladi. 5.4.2–rasm. Tortib olinadigan tuproq termometrining meteorologik maydonchada o‘rnatilishi va tashqi ko‘rinishi.  
 
Trubaning uchidagi halqadan ushlab termometr tuproqdan tortib olinadi va 
tezda undan hisob olib, yana joyiga qo‘yiladi. Hisob olishda dastlab gradusning 
o‘ndan bir bo‘lagi, keyin to‘liq graduslar aniqlanadi. Shkala ko‘rsatishiga tuzatma 
koeffitsienti kiritiladi. Termometrlarning 80 sm dan chuqurda o‘rnatilganlaridan 
sutkada bir marta (soat 1500 da) hisob olinadi. 
Trubaning uchidagi halqadan ushlab termometr tuproqdan tortib olinadi va tezda undan hisob olib, yana joyiga qo‘yiladi. Hisob olishda dastlab gradusning o‘ndan bir bo‘lagi, keyin to‘liq graduslar aniqlanadi. Shkala ko‘rsatishiga tuzatma koeffitsienti kiritiladi. Termometrlarning 80 sm dan chuqurda o‘rnatilganlaridan sutkada bir marta (soat 1500 da) hisob olinadi.  
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Tuproq chuqur qismining harorati nimalarga bog‘liq? 
2. Sutkalik va yillik doimiy harorat qatlamiga ta’rif bering. 
3. Tuproq harorati chuqurliklar bo‘ylab qaysi qonunga asosan o‘zgaradi? 
4. Tuproq chuqurligidagi haroratning ahamiyati qanday? 
5. Savinov termometri tuzilishini aytib bering? 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Tuproq chuqur qismining harorati nimalarga bog‘liq? 2. Sutkalik va yillik doimiy harorat qatlamiga ta’rif bering. 3. Tuproq harorati chuqurliklar bo‘ylab qaysi qonunga asosan o‘zgaradi? 4. Tuproq chuqurligidagi haroratning ahamiyati qanday? 5. Savinov termometri tuzilishini aytib bering?