TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ PAYDO BO’LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ PROFILINING SHAKILLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
475,6 KB
TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ
PAYDO BO’LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ
PROFILINING SHAKILLANISHI
Reja:
1. Kirish.Tuproq-tabiiy jism, qishlok xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy
vositasi.
2. Qishloq xo’jaligini rivojida tuproqshunoslik fanining axamiyati.
3. Rossiyada va chet elda genetik tuproqshunoslik fanining axamiyati.
4.O’zbekiston Respublikasida tuproqshunoslik fanining rivojlanishi va
axamiyati.
Tayanch iboralar: tuproq, genetik tuproqshunoslik ,o’simlik, tabiiy jism,
unumdorlik, tuproq qoplami.
Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish
vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari,
unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini o’rganadi.
Tuproqning eng muhim xossasi - unumdorlikdir. Tuproq unumdorligining
rivojlanishida
tirik
organizmlar,
jumladan
yashil
o’simliklar
va
mikroorganizmlarning roli alohida ahamiyatga ega. Shunga ko’ra tuproqning yana
bir ta’rifini keltiramiz: «Iqlim va tirik organizmlar ta’sirida o’zgargan va
o’zgarayotgan hamda unumdorlik qobiliyatiga ega bo’lgan yerning ustki g’ovak
qatlamiga tuproq deyiladi».
Unumdorlik tuproqning o’simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda
issiqlik bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproqning tog’ jinslardan tubdan farq
qiladigan ana shu sifat belgisini mashhur tuproqshunos olim va agronom
V.R.Vilyams mukammal o’rgangan. V.R. Vilyamsning tuproq haqidagi ta’rifida
ham unumdorlik xossasi alohida ta’kidlanadi: "Biz tuproq haqida gapirganda
o’simliklardan hosil olishni ta’minlaydigan yer shari quruqlik qismining yuqori
g’ovak gorizontlarini tushunamiz".
Tuproq bu qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi, qayta
tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki
xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun,
hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi.
Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g’amg’urlik
qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosial-iqtisodga
daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik
masalalari, yer to’g’risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy
baholash va x.z. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12
sessiyalari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri
to’g’risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer
umummilliy boylik, O’zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va
farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan
muhofaza qilinadi» deb ko’rsatilgan.
Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne’matlar bilan to’ydirayotgan bitmas-
tuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo
yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot
uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo’lib, u biologik tirik jism hisoblanadi.
Tuproq qatlami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda
o’ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining
normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liq. Tuproqning eng
asosiy vazifalaridan biri Yerdagi hayotning mavjudligini, davomiyligini
ta’minlashdir. Aynan, o’simliklar, ular orqali esa hayvonot dunyosi va insonlar
o’zining yashashi uchun, biomassasini yaratish uchun oziqa moddalar va suvni
tuproqdan oladi. Tuproqda organizmlar uchun qulay va zarur o’zlashtirilaoladigan
kimyoviy birikmalar shaklida biofil elementlar to’planadi. Tuproqda barcha yer usti
o’simliklari rivojlanadi, unda mikroorganizmlar va turli xil jonivorlar oziqlanadi.
Tuproqsiz yerdagi tirik organizmlarning tabiiy assosiasiyasi faoliyat ko’rsata
olmaydi. Eng muhimi, bunda biosfera jarayonlarining birligini ya’ni: tuproq bu
hayotning mahsuli va shu bilan birga uning mavjudligining sharti .
Ekosistemada ya’ni inson yashaydigan tabiiy muhitda, tuproq muhim
ahamiyatga ega, qaysiki aynan tuproq ularni iste’mol qiladigan asosiy oziqa massasi
bilan ta’minlaydi.
2. Tuproq yer sharining barcha qobiqlari hayotida katta rol o’ynaydi va qator
vazifalarni bajaradi. Ayniqsa tuproq qoplamining qatlamning ajralmas qismi
sifatidagi xilma-xil ko’plab vazifalari alohida ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining
bioqatlamdagi asosiy (boshqalar bilan almashtirib bo’lmaydigan) vazifalari
quyidagilardir:
1). Tuproqning bioekologik vazifasi - tuproq ekologiya manbai va muhit bo’lib,
unda ko’plab organik moddalar to’planadi. Akademik V.A.Kovdaning hisobicha yer
yuzasida (asosan o’rmonlarda) to’planadigan biologik qism miqdori qariyb n·1013
tonnani tashkil etadi. Yer osti ildiz qismi hamda hayvonot va mikroorrganizmlar
faoliyati bilan bog’liq organik moddalar miqdori bundan kam emas.
2). Tuproq qatlamining bioenergetik vazifasi. Tuproq qoplamini o’z ichiga
oluvchi ekologik sistemada o’simliklar har yili yerda taxminan n·1017 kkal
miqdordagi kimyoviy aktiv energiya to’playdi. Tuproqning o’zida organik moddalar
(detrit, gumus-chirindi)da n·1018 kkal miqdorida energiya to’planadi.Har bir tonna
gumus 5 ·106 kkal potensial energiyaga ega 1 g gumus 4,5-5 kkal kimyoviy energiya
saqlaydi.
3). Tuproq qoplamining azot oqsil to’plash vazifasi. Tuproq - o’simlik tarzidagi
ekologik sistema, atmosferadagi molekulyar N ni to’plab, ularni aminokislotlar va
oqsillarga aylantirish xususiyatiga ega. Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi
azotning biologik fiksasiyalanishi har yili 140 mln.t.ni tashkil etadi.
4). Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi - tuproqda to’planadigan
bioyig’ilma turli kimyoviy elementlar va ular birikmalarining manbai ham
hisoblanadi. O’simliklarning ildiz sistemasi tuproqning pastki qismlaridan ko’plab
kimyoviy elementlar (S, N, H, O, P, Ca, K, Mg, Al singari) ni so’rib oladi va tuproq
qatlamlarida to’plash imkoniyatini beradi.
5). Tuproq qatlamining gidrologik vazifasi - tuproq qoplamining yer gidrologik
siklidagi va gidrosferadagi roli ham nihoyatda katta. Tuproq qoplamida atmosfera
yog’inlari to’planadi, bug’simon suvlar kondensasiyalanib erkin suvga aylanadi.
6) Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi - tuproq
qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosfera tarkibining shakllanishida,
fotosintezda, karbonat angidridining birikishi, azot to’plashi, kislorod va
vodorodning to’planishida, denitrifikasiya, desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas
olishida, karbonat angidridning atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida
ham katta rol o’ynaydi.
Tuproq qoplami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda
o’ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining
normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liqdir.
Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq,
suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan.
Tuproqning qattiq fazasi-qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir.
Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarining nurashi
natijasida paydo bo’ladi. Yerning qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va
magmatik (zich-kristal), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslardan tashkil
topgan.Minerallar tabiatda kvars (Si02) va kalsiy karbonat (SaSO3) singari qattiq,
neft (SnNn), suv (N2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (CO2) singari gaz holida
uchraydi. Mineral jinslar turli murakkab jarayonlar natijasida paydo bo’ladi.
Ularning ko’pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar natijasida
paydo bo’lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar natijasida
paydo bo’lganlari esa organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot, litos-tosh
demakdir) deyiladi. Minerallar va tog’ jinslari tuproq ona jinsining manbaidir.
Yer qa’rida yoki ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo’lgan va
ma’lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va tashqi
belgilarga ega bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral deb
ataladi.
Demak, yer qobig’ida uchraydigan minerallar o’zining kimyoviy tarkibi va
fizikaviy xossalari jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, kvars (SiO2), ortoklaz
(K 2Al2Si6O16 ), dolomit (SaMg (SO3)2), albit (Na2Al2Si6O16), anortit (SaAl2Si2O8),
muskovit (KN2Al3 (SiON)3) ning har qaysi alohida mineraldir.
Mineral murakkab har xil geoximiyaviy va bioximiyaviy prosesslar natijasida
shakllangan litosferada paydo bo’ladigan tabiiy jinsdir.
Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni egallagan bir yoki bir nechta
mineral to’plamidan tashkil topgan tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi. Masalan:
granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir.
Barcha tog’ jinslari uch gruppaga, ya’ni magmatik (otqindi), cho’kindi va
metamorfik tog’ jinslariga bo’linadi. Litosferaning ko’p qismi magmatik va
metamorfik tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami
cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asosan
tekisliklarda) cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari
esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog’ jinslari yer qobig’ining ichki
qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning
sovib qotishi natijasida paydo bo’lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit,
diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy
temperaturada tez sovigan jinslar obsidian, (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir.
Magmatik tog’ jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95
foizini tashkil etadi.
Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning
suv va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar,
daryolarda to’planishidan, o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil
bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslarining ko’p qismi o’zining kovakli, g’ovakli va qatlamli
bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq
qiladi.Cho’kindi tog’ jinslar magmatik yoki metamorfik tog’ jinslari nurashi
natijasida paydo bo’lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig’indisidan iborat.
Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli, qumli,
va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi.
Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl),
gips (CaSO4·2N2O) va karnalit (MgCl2 KCl 6N2O) tuzlar ko’proq tarqalgan.
Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining
qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan oxaktosh (CaSO3) va dolomit (CaSO3, MgSO3)
tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan trepel va
diatomit singari organik cho’kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq
uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo’lishida
karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.
Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog’ jinslari yer qobig’ining quyi
qismida magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining murakkab geologik o’zgarishlari
natijasida paydo bo’ladi. Metamorfik tog’ jinslari mineralogik tarkibiga ko’ra gneys,
slanes, marmar va kvarsit gruppalariga bo’linadi.
Yer yuzining muayyan qismida (quruqlik va dengiz tagida) uchraydigan
dastlabki (eng qadimgi) tog’ jinslari yer geologik tarixining to’rtlamchi davridan
ilgari vujudga kelgan, ular asosan zich va qattiq holdagi qatlamlardir. To’rtlamchi
yoki hozirgi geologik davrda paydo bo’lgan tog’ jinslarining ko’pchiligi esa g’ovak
holda (valun, shag’al, qum, chang, loyqa va boshqalar), yer yuzi quruqlik qismining
tekisliklarida ko’p uchraydi. Ularning aksariyati tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Tuproq ona jinslari va umuman tuproq paydo bo’lishida tog’ jinslari va
minerallarning nurash prosesslari juda muhim, chunki nurash mahsullari keyinchalik
davom etadigan turli kimyoviy va biologik prosesslar ta’sirida o’zgara borib ularda
yangi xususiyatlar yuzaga keladi va tabiiy mustaqil jins holdagi tuproqqa aylanadi.
2. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Litosferaning ustki qatlamidagi
qattiq, zich va yaxlit holdagi magmatik, metamorfik va boshqa turdagi tog’ jinslari
va ular tarkibidagi minerallar uzoq davrlar davomida har xil tabiiy faktorlar ta’sirida
o’zgaradi va parchalanadi.
Temperaturaning o’zgarishi, suv, havo va organizmlar ta’sirida tog’ jinslari va
minerallarning maydalanish hodisasiga nurash deyiladi.
1-rasm. Granitning nurashi.
2-rasm. Magmatik tog’ jinslarining
nurashi.
Litosferaning nurash jarayoni davom etayotgan ustki-yuza qatlamiga nurash
qobig’i deyiladi. Bunda 2 zona ajratiladi: ustki yoki hozirgi zamon nurash zonasi va
chuqurlik yoki qadimgi zamon nurash zonasi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni sodir
bo’ladigan hozirgi zamon nurash zonasining qalinligi bir necha santimetrdan 2-10
m gacha bo’lishi mumkin.
Yer yuzida tarqalgan har xil tosh, shag’al., qum, chang va loyqalar singari
g’ovak jinslar uzoq vaqtlardan buyon davom etib izlayotgan nurash jarayoni mahsuli
hisoblanib, ular asosan yerning nurash qobig’ida uchraydi va tuproq ona jinsi bo’lish
qobiliyatiga ega.
Tuproq yerning bosh qatlamini hosil qiladi uch o’lchovli organi
hisoblanadigan qobiq. Bu qatlam har yer usti hayot qo’llab-quvvatlaydi,
tozalovchi filtrlar va suv, biodegrades poklaydiyer usti-suv ekologik tizimlar
o’rtasidagi ifloslantiruvchi gazsimon almashish va atmosfera. Bu barcha tabiiy
resurslar va birlamchi eng asosiy hisoblanadi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish
uchun o’rta. Sanoat xom ashyo manbai tashqari va fuqarolik tuzilmalari
uchun poydevor, u ham sayyora tarixi va bir arxiv hisoblanadi ishlab chiqilgan
germplasm yoki seyedbankning jihozi. Muddatli tuproq resurs manfaatli
sifatida belgilangan aktivlar va tuproq uchun mo’ljallanganligini foydalanish
bilan bog’liq xususiyatlari. Tuproq barqaror boshqarish atroflicha
tushunishga bog’liq uning sifatlari, jarayonlar uning ekotizim xizmatlarini
yoki karasal vazifalarini mo’tadil ahamiyati, va atrof-muhit bilan o’zaro orqali
sodir o’zgarishlar tuproq muhim sifatlar quyidagilar kiradi:Bu asrlarga o’n
yilliklar inson vaqt ichida tiklanmaydigan hisoblanadi. Bu teng peyzaj orqali
va biomassa ekologiya o’rtasida taqsimlanadi. Bu noto’g’ri va noto’g’ri moyil
bo’ladi.1
Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga ko’ra 3 xil:
fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo’linadi.
Fizikaviy nurash. Bu jarayon natijasida yaxlit tog’ jinslari hamda
minerallarning kimyoviy va mineralogik tarkibi o’zgarmagan holda ular
mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo’lakchalarga ajralib, parchalanadi va
maydalanadi. Fizikaviy nurash asosan havo haroratining keskin o’zgarishi
natijasida vujudga kelganligi sababli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash ham
deyiladi.
Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog’ jinslari va minerallarning sirtqi qismi ancha
tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizigan ustki qismi ichki sovuq va hajmi
uncha o’zgarmagan qismidan ajrala boshlaydi, kechasi aksincha, tog’ jinsi va
minerallarning sirti ichki qismiga qaraganda tezroq soviydi va hajmi kichrayadi.Arid
1 (Soil degradation in the United States: extent, severity, and trends/ Rattan Lal, Terry M.Sobecki, Thomas Iiваri, John M.
Kimble.2004, 3бет.)
(quruq) iqlimli rayonlarda yoriqlarga sho’r suv sizishi va tuzlarning o’sha joyda
kristallanishi tufayli fizikaviy nurash sodir bo’ladi. Masalan, suvda erigan angidrid
(SaS04) yoriqlar orasida to’planib suv bilan birikadi va gipsga (CaS04 ·2H2O)
aylanadi. Hajmi 33 % ga kengayadi va natijada u fizikaviy nurashni kuchaytiradi.
Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi
kislorod hamda karbonat angidridi (CO2) ta’sirida kimyoviy o’zgaradi, yangi
birikmalar va minerallar hosil bo’ladi. Bu xildagi jarayonga kimyoviy nurash
deyiladi.
Kimyoviy nurash jarayonida litosfera tarkibidagi dastlabki ortoklaz
(K2Al2Si6016), gematit (Fe2O3), angidrid (SaS04) singari birlamchi minerallar
parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (N4Al2Si2O9), limonit
(2Fe2O3·3H2O), gips(CaS04·2H2O), kabi minerallar vujudga keladi.
Kimyoviy nurash jarayonida ayniqsa erish, gidroliz, gidratlanish, va
oksidlanish reaksiyalari muhim rol o’ynaydi.
Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall
panjaralari buziladi. Natijada tog’ jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqlik,
plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xossalarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar
yuzaga keladi. Bu holat yer yuzasida yaxshi xususiyatli tuproq ona jinslari
ko’payishiga sabab bo’ladi.
Biologik
nurash.
Tog’
jinslari
va
minerallar
turli
organizmlar
(mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli
vujudga kelgan mahsullar ta’sirida mexanikaviy ravishda parchalanadi va kimyoviy
o’zgarish yuz beradi. Organizmlar ta’sirida yuzaga keladigan ana shunday
o’zgarishlarga biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar tog’
jinslardan o’z hayot sharoitlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral
jinslar yuzasiga to’playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo’lishi uchun qulay
sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti davomida
tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy
nurashga sababchi bo’ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya,
zamburug’ va aktinomiset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1 g.tuproqda
millionlab-milliardlab mikroorganizm bo’ladi.
Mikroorganizmlar
ta’sirida
kechadigan
nitrifikasiya
va
sulfofikasiya
jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina
mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi. Shuningdek,
zamburug’lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo’lgan
dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi.
Tuproqshunoslik ilmiy fan sifatida faqat XVIII-XIX asr boshlarida rivojlana
boshladi. Bu davrda Yevropada feodalizmning kapitalizm bilan almashinishi tufayli
shahar aholisi ko’payib, sanoat ham taraqqiy eta boshlagan edi. Natijada aholi uchun
oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ishlab chiqarishni ko’paytirish zaruriyati
tug’ildi. Shuning uchun ham tuproq unumdorligini yaxshilash, ekinlar hosildorligini
ko’paytirish masalalari ko’plab olimlar va qishloq xo’jalik amaliyotchilarini
qiziqtira boshladi. Ammo bunga qadar ham olimlar o’simliklarning oziqlanish
manbalarini o’rganishga e’tibor berganlar.
1563 yilda fransuz tabiatshunosi Bernar Palissning "Qishloq xo’jaligida turli
tuzlar to’g’risida" traktatasida tuproq o’simliklarni mineral oziq moddalar bilan
ta’minlovchi asosiy manba ekanligi haqida fikrlar bayon etilgan. XIX asr boshlarida
esa nemis olimi Albert Teyer o’simliklarning "gumus bilan oziqlanishi" fikrini olg’a
suradi. Bu nazariyaga ko’ra, tuproq unumdorligini belgilaydigan asosiy omil -
tuproq chirindisi xisoblanadi.
Nemis olimi Yustus Libix gumus nazariyasiga keskin qarshi chiqib, o’zining
o’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanish nazariyasini olg’a surdi.
Rus tuproqshunoslarining katta xizmatlari natijasida yuzaga kelgan ilmiy
tuproqshunoslik fani nafaqat G’arbiy Yevropa, balki jahonning boshqa barcha
mamlakatlarida ham uning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1725 yilda barpo
etilgan fanlar Akademiyasida Rossiyaning tabiiy boyliklari, jumladan, tuproqlarni
o’rganish bo’yicha ko’plab ekspedisiyalar tashkil etildi. Bunda ulug’ rus olimi
M.V.Lomonosov
(1711-1765)
ning
xizmatlari
nihoyatda
katta
bo’ldi.
Lomonosovning 1763 yilda bosilib chiqqan, "Yer qatlamlari haqida"gi klassik asari
tuproqshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Tuproq haqidagi ilmiy fan asoschisi - buyuk rus
olimi V.V.Dokuchayev (1846-1903) hisoblanadi.
Amerikalik mashhur tuproqshunos K.F.Marbut
(1936),
V.V.Dokuchayevning
tuproqshunoslik
tarixidagi rolini alohida ta’kidlab, uni K.Linneyning
biologiya va I.Laselning geologiya tarixiga qo’shgan
hissasiga tenglashtirgan edi.
V.V.Dokuchayev tuproqshunoslikning asosiy
yo’nalishlarini ishlab chiqdi va tuproq hakidagi ilmiy
tushunchani tavsiya etdi. Dokuchayev ta’limotiga ko’ra tuproqlar hozir butun yer
yuzi iqlimining o’zgarishiga qarab, bir-biridan farqlanadigan tekislik zonalariga
ajratilgan. Olim butun yer yuzini qutb, shimoliy o’rmon, dasht, cho’l va subtropik
zonalardan iborat beshta tabiiy zonaga ajratib, bu zonalarning hammasini batafsil
ta’riflab beradi. Dokuchayev har bir tuproqning hosil bo’lishi tabiiy zonalardagi
iqlimga, o’simliklar va hayvonot olamiga, tuproq paydo qiluvchi jinslarga, joyning
relyefi va yoshiga bog’liq ekanligini isbotladi. Ana shunga ko’ra cho’l zonasida
(O’rta Osiyoning asosiy qismi shu zonaga kiradi) sariq va oqish (hozirgi bo’z)
tuproqlar rivojlanadi deb ko’rsatdi. Keyinchalik Kavkaz tog’lari tuproqlarini
o’rganish jarayonlarida tuproqlarning vertikal zonallik bo’yicha tarqalish qonunini
bayon etdi.
Ilmiy
tuproqshunoslikning
rivojlanishida
ulug’
rus
olimi,
prof.
P.A.Kostichevning (1845-1895) tadqiqotlari ham katta rol o’ynaydi.
P.A.Kostichev qator yillar davomida turli tuproqlarning tabiatda va
laboratoriya sharoitida tekshirib, tuproqning paydo bo’lishi birinchi navbatda
biologik jarayon ekanligini ta’kidladi.Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi,
tuproqlarni turli xossa va tarkibini o’rganishga qator olimlar o’z hissasini qo’shdilar.
Jumladan,
N.M.Sibirsev,
K.D.Glinka,
S.S.Kossovich,
S.S.Neustruyev,
V.R.Vilyams,
K.K.Gedroys,
L.I.Prasolov
va
boshqa
olimlarning
ilmiy
tuproqshunoslikni rivojlantirishdagi roli beqiyosdir. O’rta Osiyo tuproqlarini
o’rganish va klassifikasiyalashda S.S.Neustruyevning (1874-1928) ishlari muhim
rol o’ynaydi. U 1907 yildan boshlab Turkistonda muntazam tuproq-geografik
tadqiqotlar olib bordi. 1926 yilda S.S.Neustruyev o’zining «Turkistonga oid tuproq-
geografik asari» da tuproqshunoslikning muhim sohalariga ko’plab yangi g’oyalar
tushunchalar kiritdi. Chimkent uyezdiga oid regional monografiyasida O’rta Osiyo
tuprog’ining yangi genetik tipi- "bo’z tuproqlar" terminini fanga birinchi bo’lib
kiritdi. O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda N.A.Dimo (1873-1959) xizmatlari
katta. O’rta Osiyo respublikalarining turli masshtabli tuproq kartalari N.A.Dimo
rahbarligida tuzilgan.
Tuproq degradasiyasi 21-asrning muhim ekologik muammolaridan biri
hisoblanadi. Uning ahamiyati, biomassa mahsuldorligiga uning haqiqiy va
potentsial suv va havo sifati va atmosferaga issiqxona gazlari emissiyasi ta’siri
tomonidan ta’kidlangan bo’ladi. Tuproq degradasiyasi, suv (qurg’oqchilik
yaratib biomassa samaradorlikni ta’sir yoki anayerobiyoz) va ildiz zonasida
tabiiy muvozanati(degration), samarali ildiz chuqurligi kamaytirish va
zararkunandalarga sezuvchanlik oshirish,tuproq degradatsiyasiyuzasining
to’xtatib va yerigan yuklarni tashish bilan suv sifatiga ta’sir qiladi,suv va er
osti suvga qishloq xo’jaligi kimyoviy moddalar. Tuproq va suv manbai
ifloslanishi,tuproq degradasiyasi bilan bog’liqdir,yer osti suv ifloslanishi.
Tuproq degradasiyasi iqlim o’zgarishi bevositava bilvosita ta’sir qiladi.2
Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar va bilimlar qadimgi
davrlardan boshlab dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Ilmiy fan
sifatida tuproqshunoslik fani Rossiyada X1X asrning oxirlarida rus olimlari
V.V.Dokuchayev., P.A.Kostichev., N.M.Sibirsev., V.R.Vilyams g’oyalari va
asarlari tufayli shakllana boshladi va rivojlandi.
2 .(Soil degradation in the United States: extent, severity, and trends/ Rattan Lal, Terry M. Sobecki, Thomas Iiваri,
John M. Kimble. 2004.2 бет)