TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ PAYDO BO‘LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ PROFILINING SHAKLLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-11-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
1,3 MB
TUPROQSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI. TUPROQ
PAYDO BO‘LISH JARAYONINING UMUMIY SXEMASI VA TUPROQ
PROFILINING SHAKLLANISHI
REJA:
1.
Kirish. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi
2.
Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi
3.
Tuproq profilining shakllanishi
Kalit so’zlar: tuproq, genetik tuproqshunoslik, o’simlik, tabiiy jism, unumdorlik,
tuproq qoplami.
Mavzuning maqsadi: Tuproqshunoslik fanining paydo bo’lishi,
rivojlanish bosqichlari va ularning boshqa fanlar bilan aloqalari hamda fanga hissa
qo’shgan xorij va o’zbek olimlarni o’rgatishdan iborat.
1. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi. Tuproqshunoslik - tuproq
haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning
kelib chiqishi, rivojlanishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda
geografik tarqalishi qonunlarini, tabiatda, bioqatlamda va jamiyatdagi asosiy
vazifalari va roli, uni meliorasiyalash yo’llari va usullari, muxofaza qilish hamda
insonlar ishlab chiqarish faoliyatida oqilona foydalanish qonunlarini o’rganadi.
Tuproqshunoslik fan sifatida uncha katta tarixga ega bo’lmasada tuproq
haqidagi dastlabki ma’lumotlar bundan 2-2,5 ming yillar oldin yuzaga kelgan.
Qadimgi Xitoy va Misr, Hindiston va Vavilon, Armaniston, O’rta Osiyo va
assuriyalik olimlar, faylasuflarning asarlarida uchraydi. O’sha davrlardayoq insonlar
yerga solinadigan mahalliy o’g’itlar (go’ng, hojatxona axlati, turli chiqindilar, ohak)
va shuningdek dukkakli, boshoqli ekinlar, ekinlar hosildorligini oshirishning muhim
omili ekanligini tajribadan bilganlar.
O’rta asr (IX-X asr) Sharqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy va Abu
Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy asarlarida, Temur tuziqlari va boshqa manbalarda
tuproqning hosil bo’lishi, rivojlanishi, tarkibi ayrim xossalari va xususiyatlari, hatto
ularning tasnifi to’g’risida ko’plab ilg’or fikrlar aytilgan.
Aburayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) kitoblarida O’rta
Osiyo territoriyasida asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslarning kelib chiqishi va
xossalari to’g’risida so’z yuritiladi. Uning minerallar fizik xossalarini o’rganishga
bag’ishlangan ishlari buyuk ixtiro xisoblanadi. Bu haqda u «Javohirlarni o’rganishga
oid ma’lumotlar to’plami» kitobida yozib qoldirgan. Beruniyning ilmiy to’plami
tuproqlar va ona jinslar mineral qismining fizik xossalarini o’rganishga
bag’ishlangan
birinchi
ish
xisoblanadi.
Beruniyning
litosferada
foydali
qazilmalarning paydo bo’lishi haqidagi ilmiy fikrlari, tog’ jinslarining nurashi va
tuproq, ona jinslar nurash maxsulotlari ekanligi haqidagi xulosalari X asrning buyuk
ilmiy kashfiyotidir.
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o’zining 30 dan ortiq asarlarini tabiiy
fanlarga bag’ishlagan. Ibn Sinoning «Kitob-ash-shifo» (Tib qonunlari) asarida bayon
etilgan tog’ jinslari va yer yuzasida kechadigan nurash jarayonlari to’g’risidagi
qarashlari tuproqshunoslikda katta ahamiyatga ega. Uning ko’rsatishicha, «yer
yuzasi suv va shamol ta’sirida yemiriladi va bu jarayon joyning rel’yefiga bog’liq.
Yer jinslari qattiq va yumshoq zarrachalardan iborat. Suv yumshoq jinslarni yuvadi
va yoki shamol ularni yalab, uchirib ketadi» deb ko’rsatadi. Olimning bu fikrlari
tuproq eroziyasiga doir masalalarni o’rganishda hozirgacha o’z mohiyatini
yo’qotmagan.
Shuningdek Abu Ali ibn Sinoning tuproqning mexanik tarkibi va fizik xossalari
haqida bildirgan fikrlari ham qimmatlidir. U quyidagicha yozadi: «Yerdan boshqa
sovuqroq va quruqroq hech narsa yo’q. Yerning o’zi iliq emas. O’zidan o’ziga meros
bo’lgan, tabiatan u sovuq, aks holda zich va og’ir bo’lmas edi». So’ngra Ibn Sino yer
po’sti va tuproqning tuzilishi haqida gapirib: «Yer sharining o’rtasida yerning oddiy
tabiatga to’liq mos keladigan, toza yer bo’lishi kerak. Uning ustida yer suv bilan
aralashgan xolda loy bo’lishi kerak. Uning ustida yoki suv yoki yer (tuproq)
ko’proq».
Yaqin kunlargacha «Tuproqshunoslik» fanining asoschisi 19-asrning ikkinchi
yarmida yashab o’tgan tuproq haqidagi birinchi ilmiy ta’rif V.V.Dokuchayev
tomonidan berilgan deb uqtirilgan. Vaholanki, Abu Ali ibn Sino jahon olimlari
orasida birinchilardan bo’lib «Donishnoma» («Donishe-name», Dushanbe, 1976)
asarida tuproqni ilmiy jihatdan juda teran va zukko ta’riflagan: «Tuproq – butun tirik
mavjudotning hayot-mamot negizidir». Ushbu fikrlardan ma’lumki, Abu Ali ibn
Sino
tuproqni
litosferaning
boshqa
qatlamlaridan
ajratgan.
Ibn
Sino
«Donishnoma»da mineral substansiyalar (butun borliqning birlamchi asosi) qavatiga
ilmiy tushuncha beradi. Bundan tashqari Ibn Sinoning ishlarida tuproq gurunt
qatlamida tuproq-suvining harakatlanishi haqidagi termodinamik qonunining
elementlari mavjud.
Maxmud Qoshg’ariy o’zining 1074-1077 yillarda yozilgan «Devon»
to’plamida ekspedisiyasi davridagi kuzatishlari asosida turli tuproqlarga tavsif
beradi. Ushbu to’plamda qora tuproq, o’simliklarsiz, sho’rlangan yerlarni –chalang
yer; unumdor, yaxshi yerlarni –sag’izli yer; toza tuproq, sog’lom tuproqni-sag’izli
tuproq; o’simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlarni –toza yer; yumshoq yerli
tuproqni, tekis yerni, qumli yerni –qayir yer; yuzasi notekis yer, botqoqlangan
yerlarni –qazg’on yer deb tavsif beradi.
Temuriylar davrida dehqonchilikka oid to’plamlar yozilgan. Chunonchi «Irshad
azziratfi ilm al xarasa» (joylardagi dehqonchilik ekinlari uchun ilmiy ko’llanma)
nomli asarning yozilishi Temuriylar davrida boshlangan va doimiy urushlar tufayli
Shayboniylar davrida (1599) tugallangan. Ushbu to’plamda to’qqiz tipdagi tuproqlar
haqida ma’lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar tarkibidagi qum miqdoriga ko’ra ikki
turga, ya’ni ustki qatlamida qumni ko’p saqlaydigan va ustki qatlamida qumni kam
saqlaydigan turlarga ajratilgan va shunga ko’ra tuproqqa ishlov berish, sug’orish
usullari va hosil miqdori ko’rsatilgan.
Ushbu to’plamda jigarrang (zardxak), qizil (surxxak) tuproqlar haqida,
shuningdek toshloq tuproqlarhaqida ma’lumotlar mavjud, ya’ni tuproqlar tavsifi va
ularga ishlov berish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu to’plamda tuproqni o’g’itlashga ham katta ahamiyat berilgan. O’sha
davrlarda tuproqqa o’g’it sifatida eski paxsadan yasalgan imoratlar qoldig’i,
ariqlarda to’planadigan loyqalardan foydalanish keng tarqalgan edi.
XVI asrlarda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligining oshirilishiga ko’p
e’tibor berila boshlandi. Bundan tashqari o’sha davrda tuproqni meliorasiyalash ham
ancha rivojlana boshlandi.
Buxoro vohasi dehqonlari sho’rlangan tuproqlarni yuvish va botqoqliklarni
quritishga katta e’tibor qaratdi. O’sha davrda Romiton, Peshku, Qorako’l
tumanlarida kovlangan zovurlar hozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda. Shuningdek
dehqonlar tuproqni tuzlardan tozalashda jo’xori va boshqa tuzga chidamli ekinlardan
foydalangan.
O’sha davrda uch dalali almashlab ekish eng ko’p tarqalgan dehqonchilik
sistemasi hisoblanardi. Ushbu sistemaga ko’ra dalalar uch qismgabo’linar edi.
Shundan ikki qismiga ekin ekilar, bir qismi esa qora shudgorga ajratilar edi. Shu
usulda yerga dam berilgan. Bundan tashkari o’sha davrlarda yo’ng’ichqa ekilganda
tuproq sifatining yaxshilanishi ma’lum bo’lgan.
Yevropa va rus olimlarining tuproqshunoslikka qo’shgan
hissalari
Tuproqshunoslik ilmiy fan sifatida faqat XVIII asr oxiri va XIX asr
boshlaridagina rivojlana boshladi. Bu davrda Yevropada feodalizmning kapitalizm
bilan almashinishi tufayli shahar aholisi ko’payib, sanoat ham taraqqiy eta boshlagan
edi. Natijada aholi uchun oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ishlab chiqarishni
ko’paytirish zaruriyati tug’ildi. Shuning uchun ham tuproq unumdorligini
yaxshilash, ekinlar hosildorligini ko’paytirish masalalari ko’plab olimlar va qishloq
xo’jalik amaliyotchilarini qiziqtira boshladi. Ammo bunga qadar ham olimlar
o’simliklarning oziqlanish manbalarini o’rganishga e’tibor berganlar.
1563 yilda fransuz tabiatshunosi Bernar Palissning "Qishloq xo’jaligida turli
tuzlar to’g’risida" traktatasida tuproq o’simliklarni mineral oziq moddalar bilan
ta’minlovchi asosiy manba ekanligi haqida fikrlar bayon etilgan. X1X asr boshlarida
esa nemis olimi Albert Teyer o’simliklarning "gumus bilan oziqlanishi" fikrini olg’a
suradi. Bu nazariyaga ko’ra, tuproq unumdorligini belgilaydigan asosiy omil - tuproq
chirindisi xisoblanadi.
Nemis olimi Yustus Libix gumus nazariyasiga keskin qarshi chiqib, o’zining
o’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanish nazariyasini olg’a surdi. O’simlik
chirindi emas, balki mineral moddalar bilan oziqlanadi, gumus esa karbonat
angidridining manbai hisoblanadi, deb ta’kidlaydi.
Rus tuproqshunoslarining katta xizmatlari natijasida yuzaga kelgan ilmiy
tuproqshunoslik fani nafaqat G’arbiy Yevropa, balki jahonning boshqa barcha
mamlakatlarida ham uning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1725 yilda barpo
etilgan fanlar Akademiyasida Rossiyaning tabiiy boyliklari, jumladan, tuproqlarni
o’rganish bo’yicha ko’plab ekspedisiyalar tashkil etildi. Bunda ulug’ rus olimi
M.V.Lomonosov
(1711-1765)
ning
xizmatlari
nihoyatda
katta
bo’ldi.
Lomonosovning 1763 yilda bosilib chiqqan, "Yer qatlamlari haqida"gi klassik asari
tuproqshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Tuproq haqidagi ilmiy fan asoschisi - buyuk rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-
1903) hisoblanadi. Amerikalik mashhur tuproqshunos K.F.Marbut (1936),
V.V.Dokuchayevning tuproqshunoslik tarixidagi rolini alohida ta’kidlab, uni
K.Linneyning biologiya va I.Laselning geologiya tarixiga qo’shgan hissasiga
tenglashtirgan edi. V.V.Dokuchayev tuproqshunoslikning asosiy yo’nalishlarini
ishlab chiqdi va tuproq hakidagi ilmiy tushunchani tavsiya etdi. Dokuchayev
ta’limotiga ko’ra tuproqlar hozir butun yer yuzi iqlimining o’zgarishiga qarab, bir-
biridan farqlanadigan tekislik zonalariga ajratilgan. Olim butun yer yuzini qutb,
shimoliy o’rmon, dasht, cho’l va subtropik zonalardan iborat beshta tabiiy zonaga
ajratib, bu zonalarning hammasini batafsil ta’riflab beradi. Dokuchayev har bir
tuproqning hosil bo’lishi tabiiy zonalardagi iqlimga, o’simliklar va hayvonot
olamiga, tuproq paydo qiluvchi jinslarga, joyning relyefi va yoshiga bog’liq
ekanligini isbotladi. Ana shunga ko’ra cho’l zonasida (O’rta Osiyoning asosiy qismi
shu zonaga kiradi) sariq va oqish (hozirgi bo’z) tuproqlar rivojlanadi deb ko’rsatdi.
Keyinchalik Kavkaz tog’lari tuproqlarini o’rganish jarayonlarida tuproqlarning
vertikal zonallik bo’yicha tarqalish qonunini bayon etdi. O’zining yirik kashfiyotlari
bilan jahon fani tarixida yorqin iz qoldirgan genial rus kimyogari D.I.Mendeleyev
(1854-1907) ning tuproqshunoslik sohasidagi ishlari ham diqqatga sazovor. U
Dokuchayevga rus qora tuproqlarini tekshirishga yaqindan yordam berdi. O’z
laboratoriyasida ko’plab tuproq analizlarini o’tkazdi.
Ilmiy tuproqshunoslikning rivojlanishida ulug’ rus olimi, professor
P.A.Kostichevning (1845-1895) tadqiqotlari ham katta rol o’ynaydi.
P.A.Kostichev qator yillar davomida turli tuproqlarni tabiatda va laboratoriya
sharoitida tekshirib, tuproqning paydo bo’lishi birinchi navbatda biologik jarayon
ekanligini ta’kidladi. Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi, tuproqlarning turli
xossa va tarkibini o’rganishga qator olimlar o’z hissasini qo’shdilar. Jumladan,
N.M.Sibirsev,
K.D.Glinka,
S.S.Kossovich,
S.S.Neustruyev,
V.R.Vilyams,
K.K.Gedroys, L.I.Prasolov va boshqa olimlarning ilmiy tuproqshunoslikni
rivojlantirishdagi roli beqiyosdir.
O’rta Osiyo tuproqlarining o’rganilishi.
Rossiya tadqiqotchilari tomonidan Turkiston – Markaziy Osiyo mamlakatlari,
jumladan O’zbekiston xududi tuproqlarini o’rganishga qiziqish juda katta bo’lgan.
Bundagi asosiy maqsad harbiy yurishlar uchun strategik yurishlarni amalgam
oshirish va bu mamlakatlarda texnik ekinlar, asosan paxta xom ashyosini
yetishtirishni yo’lga qo’yish hisoblanadi.
R.Xannikov (1843), A.Danilevskiy (1843), A.Vamberg (1874), M.I.Ivanova
(1878) larning harbiy geografik tadqiqotlari hisobotlarida birinchi marta
O’zbekiston tuproqlari o’lka landshaftining ajralmas qismi sifatida juda soda va
umumiy baholanadi (L.Tursunov, M. Qaharova, 2009).
XIX asrning oxirgi choragida Rossiya hukumati tomonidan tadqiqotchilar
oldiga g’o’za ekiladigan maydonlarni kengaytirish va dehqonlardan olinadigan yer
solig’ini tartibga solish vazifalari qo’yildi. Ushbu masalalar A.Muddendorf (1882),
A.N. Krasnov (1887), N. Teyx (1881) lar asarlarida o’z yechimini topgan.
O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganish va klassifikasiyalashda S.S.Neustruyevning
(1874-1928) ishlari muhim rol o’ynaydi. U 1907 yildan boshlab Turkistonda
muntazam tuproq-geografik tadqiqotlar olib bordi. 1926 yilda S.S.Neustruyev
o’zining «Turkistonga oid tuproq – geografik asari» da tuproqshunoslikning muhim
sohalariga ko’plab yangi g’oyalar tushunchalar kiritdi. Chimkent uyezdiga oid
regional monografiyasida O’rta Osiyo tuprog’ining yangi genetik tipi- "bo’z
tuproqlar" terminini fanga birinchi bo’lib kiritdi.
S.S.Neustruyev Chimkent uezdida (1908), Perovskiy (1910), Kazalin (1911),
Andijon (1911), Namangan (1913) va ayniqsa Osh (1914) hamda Xo’jand (1916)
uezdlarida o’tkazgan kuzatishlari natijasida arid tog’ o’lkalariga xos vertikal –
mintaqalari bo’yicha och tusli, tipik va to’q tusli tipchalarga ajratib, o’z hisobotlarida
ularga xarakteristika beradi.
Turkiston cho’llarining tekis zonalari va Sirdaryo, Amudaryo vodiylari
tuproqlarini o’rganib, Neustruev yirik ilmiy muommolarni olg’a surdi. Bu
g’oyalarning aksariyati uning 1926 yilda nashr etilgan (V.V.Nikitin hamkorligida)
«Turkistonning paxtachilik rayoni tuproqlari» asarida bayon etilgan. Unga Turkiston
zonasining obzor tuproq xaritasi ham ilova qilingan.
S.S.«Sherobod»
vodiysining
tuproq
–
geologik
ocherki»
(1931),
«Qoraqalpog’iston avtonom oblastida tuproq va botanik – geografik tadqiqotlar»
(1930) asarlari O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda N.A.Dimo (1873-1959) xizmatlari katta.
O’rta Osiyo respublikalarining turli masshtabli tuproq kartalari N.A.Dimo
rahbarligida tuzilgan.
Tuproq
mikrobiologiyasining
rivojlanishida
B.A.Amelyanskiy,
S.N.Vinogradov, N.A.Krasilnikov, E.N.Mishustinlarning ilmiy tadqiqotlari katta
hissa bo’lib qo’shildi. Bu ishlar nafaqat tuproq unumdorligi bilan bevosita bog’liq
bo’lgan biokimyoviy jarayonlar mohiyatini ochishga, balki tuproq unumdorligini
oshirish tadbirlarining amaliy sohalarini ham ishlab chiqish imkonini berdi.
Tuproqlarni o’g’itlash va o’simliklarning oziqlanishi haqidagi ta’limotni
rivojlantirishda buyuk sovet olimi akademik D.N.Pryanishnikov (1865-1948)ning
ko’plab agrokimyoviy tekshirishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. D.N.Pryanishnikov
Ulug’ Vatan urushi (1941-1943) yillarida Samarqandda qishloq xo’jalik institutida
faoliyat ko’rsatdi. Bu davrda mamlakatimiz uchun zarur bo’lgan muhim tadqiqotlar
olib bordi va jumladan, qand lavlagi va g’o’za etishtirish borasida qator bebaho ilmiy
asarlar yaratdi. Olimning O’simlik hayoti va sobiq ittifoq dehqonchiligida azot
nomli yirik asari shu davrda O’zbekistonda yozib tamomlangan edi.
Ilmiy tuproqshunoslikning rivojlanishida akademik L.I.Prasolov (1875-1954)
ning ishlari juda katta rol o’ynadi. L.I.Prasolov tuproqlar genezisi va klassifikasiyasi
hamda jahon tuproq kartasi va sobiq ittifoqning tuproq kartalarini tuzib chiqishga
katta hissa qo’shdi. U tuproq kartografiyasi va tuproq resurslarini hisobga olish va
sifat tomonidan baholashning hozirgi zamon ilmiy asoslarini ishlab chiqdi,
L.I.Prosolov rahbarligida O’rta Osiyoda olib borilgan tuproqlar geografiyasi
sohasidagi ishlsri diqqatga sazovor. Bu borada mashhur rus tuproqshunoslari
I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, K.P.Gorshenin, N.A. Dim ova boshqa olimlar katta
ishlarni amalgam oshirdilar.
O’rta Osiyo respublikalari tuproqlarini har tomonlama o’rganishda ayniqsa
N.A. Dimo (1873-1959) ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. O’rta Osiyo
respublikalarining dastlabki turli masshtabli tuproq kartalari N.A. Dimo rahbarligida
tuzilgan. Bu kartalar 1929 yilda Vashingtonda bo’lib otgan Birinchi Halqaro
tuproqshunoslar kongressida namaoyish etilgan. Uning studentlik davrida bajargan
ilmiy tadqiqotlari materiallaridan N.M.Sibirsev o’zining «Tuproqshunoslik»
darsligida foydalangan edi.
N.A.Dimoning ilmiy ishlari sobiq ittifoqning Yevropa qismi, O’rta Osiyo,
Zakavkaz’e va Moldova tuproqlari geografiyasi, tuproq sho’rlanishi, biologiyasi,
fizikasi va meliorasiyasiga bag’ishlangan.
N.A.Dimo 1908 yildan O’rta Osiyo. Ayniqsa Sirdaryo va Amudaryo havzalari
rayonlarining tuproqlarini batafsil o’rganishga kirishdi. 1909-1910 yillarda
Mirzacho’lning sho’rlangan tuproqlarini tekshirib, bu rayonning tuproq kartasini
tuzib chiqqan. N.A. Dimo tuproqlar zoologiyasining ham asoschisi hisoblanadi.
Olim ko’plab tuproq-zoologik tadqiqotlarida tuproqdagi ko’p sonli hayvonot olami
jumladan, yomg’ir chuvalchanglari, chumolilar, mayday umurtqali jonivorlarning
tuproq paydo bo’lishidagi roliga katta e’tibor berdi.
Keyinchalik O’rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda,
A.A.Rode,
N.A.Rozanov,
E.V.Lobova,
N.A.Kachinskiy,V.V.Egorov
va
boshqalarning tuproq giografiyasi, fizikasi va meliorasiyasi borasidagi ishlaei bilan
bir qatorda, ayniqsa paxtachilik rayonlarining tuproqlarini o’rganishda M.A.Orlov,
I.N. Antipov-Karatayev, S.N. Rijov, A.M. Pankov, N.V. Kimberg, M.U. Umarov,
M.B. Bahodirov, A.A. Sadriddinov va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi.
Hozirgi vaqtda O’rta Osiyoda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash, unumdorligini yanada oshirish borasida ancha ishlar amalgam
oshirilmoqda. Tuproq sharoitlariga ko’ra turli agrotexnika usullaridan to’g’ri va
samarali
foydalanish
ishiga
e’tibor
kuchaytirilmoqda.
Markaziy
Osiyo
respublikalaridagi Tuproqshunos va agrokimyo ilmiy – tadqiqot oliygohlari,
Toshkent Davlat dorilfinuni Tuproqshunoslik fakulteti va qator agrar oliygohlari
tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar
yo’nalishi va regional tuproqshunoslikning rivojlanishiga katta hissa bo’lib
qo’shilmoqda. Olib borilgan ko’plab ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida O’rta
Osiyo tuproqlariga doir ko’plab yirik fundamental asarlar yaratildi.
Keyinchalik O’rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda,
A.A.Rode, N.A.Rozanov va boshqalarning tuproq geografiyasi, fizikasi, borasidagi
ishlari paxtachilik rayonlarini o’rganishda M.A.Orlov, I.N.Antipov-Karatayev,
S.M.Rijov,
M.A.Pankov,
N.V.Kimberg,
M.U.Umarov.
M.B.Baxodirov,
A.M.Rasulov, O.K.Komilov va boshqalarning xizmatlari katta.
2. Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi.
Litosfera tarkibi. Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Tuproq fizik nuqtai
nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va
gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan. Tuproqning qattiq fazasi-
qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi
quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarining nurashi natijasida paydo bo’ladi.
Yerning qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va magmatik (zich-kristal),
cho’kindi va metamorfik tog’ jinslardan tashkil topgan.
Minerallar tabiatda kvars (Si02) va kalsiy karbonat (CaSO3) singari qattiq, neft
(CnNn), suv (H2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (CO2) singari gaz holida
uchraydi. Mineral jinslar turli murakkab jarayonlar natijasida paydo bo’ladi.
Ularning ko’pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar natijasida
paydo bo’lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar natijasida
paydo bo’lganlari esa organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot, litos-tosh
demakdir) deyiladi
Minerallar
va
tog’
jinslari
tuproq
ona
jinsining
manbaidir.
Yer ichida (qa’rida) yoki ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo’lgan
va ma’lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va
tashqi belgilarga ega bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral
deb ataladi
Tog’ jinslari. Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni egallagan bir yoki bir
nechta mineral to’plamidan (agregatidan) iborat tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi.
Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir. Barcha tog’ jinslari
uch gruppaga, ya’ni magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslariga
bo’linadi. Litosferaning ko’p qismi magmatik va metaforfik tog’ jinslaridan tashkil
topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan.
Quruqlikning yuza qatlamida (asosan tekisliklarda) cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni,
magmatik va metaforfik tog’ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi)
tog’ jinslari yer qobig’ining ichki qismidagi yuqori darajali temperatura sharoitida
erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi natijasida paydo bo’lgan intruziv
(yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’
jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian
(vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog’ jinslari litosferani tashkil
etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil etadi.
Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning suv
va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar,
daryolarda to’planishidan, o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil
bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslarining ko’p qismi o’zining kovakli, g’ovakli va qatlamli
bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq qiladi.
Vujudga kelishi jihatidan cho’kindi tog’ jinslari uch sinfga, ya’ni mexanikaviy,
kimyoviy va organik sinf (cho’kindi)ga bo’linadi.
Mexanikaviy cho’kindi tog’ jinslar magmatik yoki metamorfik tog’ jinslari
nurashi natijasida paydo bo’lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig’indisidan
iborat. Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli,
qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi.
Kimyoviy cho’kindi tog’ jinslari kontinental iqlimli zonaga xos sharoitda,
shuningdek ko’l va dengiz suvida erigan turli tarkibdagi birikmalarning oksid yoki
tuz holida cho’kishi natijasida paydo bo’ladi. Kimyoviy cho’kindilar tarkibiga ko’ra
kremniyli, karbonatli, temirli va tuzli gruppalarga bo’linadi.
Amorf holdagi kremnezemdan iborat bo’lgan kremniyli tuf (g’ovak va zich
qovushmali tog’ jinsi bo’lib, qurilish materiali sifatida ishlatiladi) va kremnezem
bilan loyqa aralashmasidan iborat bo’lgan opoka, ohakli tuflarning hamma turlari va
temirli tuflar hamda ko’l va botqoqliklar tagida to’plangan marganes, temir oksidlari
kimyoviy cho’kindilar hisoblanadi.
Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl), gips
(CaSO4·2H2O) va karnallit (MgCl2 KCl 6H2O) tuzlar ko’proq tarqalgan.
Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining
qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan ohaktosh (CaCO3) va dolomit (CaCO3, MgCO3)
tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan trepel va
diatomit singari organik cho’kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq
uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo’lishida
karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.
Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog’ jinslari yer qobig’ining quyi
qismida magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining murakkab geologik o’zgarishlari
natijasida paydo bo’ladi. Metamorfik tog’ jinslari mineralogik tarkibiga ko’ra gneys,
slanes, marmar va kvarsit gruppalariga bo’linadi. Yer yuzining muayyan qismida
(quruqlik va dengiz tagida) uchraydigan dastlabki (eng qadimgi) tog’ jinslari yer
geologik tarixining to’rtlamchi davridan ilgari vujudga kelgan, ular asosan zich va
qattiq holdagi qatlamlardir. To’rtlamchi yoki hozirgi geologik davrda paydo bo’lgan
tog’ jinslarining ko’pchiligi esa g’ovak holda (valun, shag’al, qum, chang, loyqa va
boshqalar), yer yuzi quruqlik qismining tekisliklarida ko’p uchraydi. Ularning
aksariyati tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Tuproq ona jinslari va umuman tuproq paydo bo’lishida tog’ jinslari va
minerallarning nurash prosesslari juda muhim, chunki nurash mahsullari keyinchalik
davom etadigan turli kimyoviy va biologik prosesslar ta’sirida o’zgara borib ularda
yangi xususiyatlar yuzaga keladi va tabiiy mustaqil jins holdagi tuproqqa aylanadi.
Tog’ jinslari va minerallarning nurashi.
Litosferaning ustki qatlamidagi qattiq, zich va yaxlit holdagi magmatik,
metamorfik va boshqa turdagi tog’ jinslari va ular tarkibidagi minerallar uzoq davrlar
davomida har xil tabiiy faktorlar ta’sirida o’zgaradi va parchalanadi.
Temperaturaning o’zgarishi, suv, havo va organizmlar ta’sirida tog’ jinslari va
minerallarning maydalanish hodisasiga nurash deyiladi
Litosferaning nurash jarayoni davom etayotgan ustki-yuza qatlamiga nurash
qobig’i deyiladi. Bunda 2 zona ajratiladi: ustki yoki hozirgi zamon nurash zonasi va
chuqurlik yoki qadimgi zamon nurash zonasi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni sodir
bo’ladigan hozirgi zamon nurash zonasining qalinligi bir necha santimetrdan 2-10 m
gacha bo’lishi mumkin.
Yer yuzida tarqalgan har xil tosh, shag’al., qum, chang va loyqalar singari
g’ovak jinslar uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelayotgan nurash jarayoni
mahsuli hisoblanib, ular asosan yerning nurash qobig’ida uchraydi va tuproq ona
jinsi bo’lish qobiliyatiga ega.
Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga ko’ra 3 xil:
fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo’linadi.
Fizikaviy nurash. Bu jarayon natijasida yaxlit tog’ jinslari hamda
minerallarning kimyoviy va mineralogik tarkibi o’zgarmagan holda ular
mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo’lakchalarga ajralib, parchalanadi va
maydalanadi. Fizikaviy nurash asosan havo haroratining keskin o’zgarishi natijasida
vujudga kelganligi sababli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash ham deyiladi.
Turli mineral tarkibli tog’ jinslari quyosh nuri issiqligi ta’sirida bir tekis
qizimaydi. Chunki minerallarning issiqlik singdirishi, issiqlik o’tkazishi va
tarqatishi, issiqlik sig’imi singari xususiyatlari har xil bo’ladi.
Quyosh nuri ta’sirida kunduzi tog’ jinslari va minerallarning sirtqi qismi ancha
tez qizib, hajmi kengayganligidan jinsning qizigan ustki qismi ichki sovuq va hajmi
uncha o’zgarmagan qismidan
ajrala boshlaydi, kechasi aksincha, tog’ jinsi va minerallarning sirti ichki qismiga
qaraganda tezroq soviydi va hajmi kichrayadi. Bu xildagi hodisalarning ko’p marta
takrorlanishi sababli tog’ jinslari va ularning tarkibidagi minerallar orasida yorilish
tezlashadi va kuchayib boradi. Natijada qattiq, zich va yaxlit holatdagi jinslar
parchalanib maydalanadi va uvalanadi. Odatda tez qiziydigan qora rangli tog’
jinslarda och tusli jinslarga nisbatan fizikaviy nurash tezroq boshlanadi. Tog’
jinslarining fizikaviy nurashi iqlim sharoitiga ko’ra o’zgarib turadi. Issiq va sovuk
keskin uzgarib turadigan kontinental iklimli zonalarda fizikaviy nurash boshqa
joylarga nisbatan tezroq va kuchliroq bo’ladi. Masalan, Qizilkum, Qorakum singari
issiq iqlimli sahrolarda tog’ jinslarining yuzasi kunduzi 60-800 gacha qiziydi, kechasi
esa temperatura keskin pasayib 10-150, ba’zan 00 darajaga tushib qoladi.
Yomg’ir hamda qor suvlari tog’ jinslari va minerallarda hosil bo’lgan har xil
kenglikdagi yoriqlarga sizib kirayotganda darzlar ichida kuchli kapillyar bosim
(kengligi 1 mm bo’lgan darzlarda kapillyar bosim kuchi 1500 kg/sm2 ga yetadi)
vujudga kelib, nurash jarayonini tezlashtiradi. Qish davrlarida yoriqlar orasidagi
suvlar temperaturasi 00 dan pasayganda muzlab, hajmi 1/10 marta kattalashadi va
darzlar orasida juda kuchli bosim (890 kg/sm2) yuzaga kelib nurashni yanada
kuchaytiradi. (1-rasm)
Arid (quruq) iqlimli rayonlarda yoriqlarga sho’r suv sizishi va tuzlarning o’sha
joyda kristallanishi tufayli fizikaviy nurash sodir bo’ladi. Masalan, suvda erigan
angidrid (CaS04) yoriqlar orasida to’planib suv bilan birikadi va gipsga (CaS04 ·
2H2O) aylanadi. Hajmi 33 % ga kengayadi va natijada u fizikaviy nurashni
kuchaytiradi.
1-rasm
Tog’ jinslarining fizik (termik) nurashi
Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi
kislorod hamda karbonat angidridi (CO2) ta’sirida kimyoviy o’zgaradi, yangi
birikmalar va minerallar hosil bo’ladi. Bu xildagi jarayonga kimyoviy nurash
deyiladi. Kimyoviy nurash jarayonida litosfera tarkibidagi dastlabki ortoklaz
(K2Al2Si6016), gematit (Fe2O3), angidrid (CaS04) singari birlamchi minerallar
parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (H4Al2Si2O9), limonit
(2Fe2O3·3H2O), gips(CaS04·2H2O), kabi minerallar vujudga keladi. Kimyoviy
nurash jarayonida ayniqsa erish, gidroliz, gidratlanish, va oksidlanish reaksiyalari
muhim rol o’ynaydi.
Galit (Na Cl), gips (CaS04 · 2H2O) va kalsit (CaCO3) kabi minerallar suvda
ancha yaxshi eriydi. Tarkibida karbonat angidridi (CO2) hamda har xil tuzlar,
ayniqsa xloridlar (Na Cl, MgCl2) ko’p bo’lgan suvda va issiq haroratli sharoitda erish
jarayoni kuchli o’tadi, chunki tarkibida karbonat angidridi bo’lgan suvda quyidagi
reaksiya
asosida
CaCO3
tez
eriydigan
bikarbonatga
o’tadi:
CaCO3+CO2+H2O=Ca(HCO3)2. Magmatik tog’ jinslari tarkibidagi minerallarning
kimyoviy nurashida, ayniqsa gidroliz katta rol o’ynaydi. Gidroliz reaksiyasi vaqtida
ishqoriy xarakterdagi minerallarning kationi dissosiasiyalangan suv ionlari bilan
birikib yangi minerallar yuzaga keladi. Masalan, ortoklaz minerali gidroliz natijasida
quyidagicha o’zgaradi:
K2Al2Si6O16+2H2O=H2Al2Si6O16+2KOH.
Bu reaksiya tufayli hosil bo’lgan KOH eritmaning ishqoriy bo’lishiga sabab
bo’ladi. Ishqorlar ta’sirida alyumo-kremniy kislotasining kristallar to’ri yemirilib,
natijada kaolinit hamda kremnezem paydo bo’ladi:
H2Al2Si6O16 + nH2O = H2Al2Si2O8 · nH2O + 4SiO2 · nH2O.
KOH esa karbonat angidridi (CO2) ta’sirida quyidagi tenglama bo’yicha
potashga aylanadi:
2KOH+CO2=K2CO3+H2O.
Gidratlanish jarayonida minerallar suv zarralari bilan birikib, yangi mineralga
aylanadi hamda kimyoviy nurashda gidratlanish yuzaga keladi. Ana shunday
gidratlanish tufayli gematit minerali limonitga, angidrid esa gipsga aylanadi:
2Fe2O3+3H2O=2Fe2O3·3H20
(gematit) (limonit)
CaS04 + 2H2O = CaSO4· 2H2O
(angidrid) (gips)
Gidratasiya natijasida modda bo’shashadi va uning hajmi kengayadi. Bir
qancha ayniqsa, tarkibida temir ko’p bo’lgan siderit, pirit singari minerallarning
kimyoviy nurashida atmosfera kislorodi ta’sirida sodir bo’ladigan oksidlanish
jarayoni ham katta ahamiyatga ega, chunki oksidlanish reaksiyasi natijasida ham bir
mineral boshqa mineralga, chunonchi, siderit limonitga aylanadi:
4FeCO3 + 3H2O+O2 = 2Fe2O3 · 3H2O + 4CO2
(ciderit) (limonit)
Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall
panjaralari buziladi. Natijada tog’ jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqlik,
plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xossalarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar
yuzaga keladi. Bu holat yer yuzasida yaxshi xususiyatli tuproq ona jinslari
ko’payishiga sabab bo’ladi.
Biologik
nurash.
Tog’
jinslari
va
minerallar
turli
organizmlar
(mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli
vujudga kelgan mahsullar ta’sirida mexanikaviy ravishda parchalanadi va kimyoviy
o’zgarish yuz beradi. Organizmlar ta’sirida yuzaga keladigan ana shunday
o’zgarishlarga biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar tog’
jinslardan o’z hayot sharoitlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral
jinslar yuzasiga to’playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo’lishi uchun qulay
sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti davomida
tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy
nurashga sababchi bo’ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya, zamburug’
va aktinomiset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1 g. tuproqda millionlab-
milliardlab mikroorganizm bo’ladi.
Mikroorganizmlar
ta’sirida
kechadigan
nitrifikasiya
va
sulfofikasiya
jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina
mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi. Shuningdek,
zamburug’lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo’lgan
dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi.
Tog’ jinslari va minerallarda paydo bo’lgan yoriqlar orasiga o’simlik
ildizlarining kirib rivojlanishi natijasida ular maydalana boshlaydi. Shuningdek,
qurt-qumirsqa va kalamush singari yer qazuvchi jonivorlar ham tog’ jinslari va
minerallarning mexanikaviy maydalanishida aktiv ishtirok etadi. Bundan tashqari,
o’simlik va hayvonlarning ko’plab qoldiqlari yer yuzasida to’planadi - chiriydi,
ulardan paydo bo’ladigan organik kislotalar ham tog’ jinslari va minerallarni
kimyoviy ravishda o’zgartadi.
Tuproq tog’ jinslaridan paydo bo’lgan. Ammo tuproq o’zining bir qancha
xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, ya’ni o’simliklarni suv, havo va oziq moddalari
hamda boshqa hayot omillari bilan ta’min etish xususiyati bilan tog’ jinslaridan
keskin farq qiladi. O’ziga xos ana shu xususiyatlarga ega bo’lgan tabiiy jins
hisoblangan tuproqning paydo bo’lishida nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlari
o’zaro munosabati natijasida kechadigan jarayonlar katta ahamiyat kasb etadi.
Tuproq paydo bo’lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir.
A.A.Rodening ko’rsatishicha, tuproq paydo bo’lish jarayoni deb moddalar va
energiyaning tuproq qatlamida o’zgarishi va harakati singari hodisalar yig’indisiga
aytiladi.
Tuproq paydo bo’lishi yaxlit qoya tog’ jinslarida yoki ularning suv, muz,
shamol, gravitasion (bir-birini tortish xususiyati) ta’sirida nurashi va qayta
yotqizilishidan hosil bo’lgan mahsulotlari ustida tirik organizmlarning paydo
bo’lishi paytidan boshlanadi.
Birlamchi tuproq paydo bo’lish jarayoni jarayonning birinchi davrlarida qoya
tog’ jinslari, magmatik yoki cho’kindi tog’ jinslarida, aslini olganda nurash jarayoni
bilan birgalikda sodir bo’ladi va zich qoya jinsda shakllanayotgan tuproq moddiy
jihatdan nurash po’sti bilan birgalikda vujudga keladi. Keyinchalik yer yuzasi
rivojlanishining ko’proq yetilgan bosqichlarida nurash va tuproq paydo bo’lish
jarayonlari makon va vaqt ichida bir-biridan ajraladi, tuproq esa faqatgina tog’
jinslari nurash po’stining eng ustki zonasida, ko’pincha u hosil bo’lganidan va qayta
yotqizilganidan keyingina shakllanadi. Bunda, shuni ta’kidlash lozimki, Yerning
uzoq geologik o’tmishidagi yer yuzasi rivojlanishining abiotik davrida nurash
jarayoni tuproq paydo bo’lish jarayonisiz sodir bo’lgan va yer yuzasida faqat nurash
po’sti mavjud bo’lgan, tuproq esa bo’lmagan.
Nurash va tuproq paydo bo’lish jarayonlarini va shunga binoan nurash po’sti va
tuproqni turli xildagi tabiiy jism sifatida bir-biridan ajratish jiddiy ahamiyatga ega.
Binobarin nurash va tuproq paydo bo’lish omillari (agentlari va sharoitlari) bir-biriga
o’xshash va ushbu jarayonlar bir xildagi yer yuzasidagi termodinamik sharoitlarida
sodir bo’lishi, ularning mos ravishda global differensiasiyalanishi bir-biriga o’xshasa
ham, ammo jarayonlarning o’zi va oxirgi natijasi bo’lgan ushbu jarayonlar
maxsulotlari turli xildir. Tog’ jinslarining nurash po’sti – bu tog’ jinslarining
parchalanishi, mineral komponentlarining transformasiyasi (o’zgarishi), harakat
etish yo’lida massasining katta kichikligiga ko’ra, saralanishi va qayta yotqizilishi –
gravigradasiyali sedimentasiyasi (cho’kishi) ning mahsulotlaridir. Tuproq – bu
gumusning mavjudligi, o’ziga xos morfologiyasi, iyerarxik strukturasi, global
funksiyaslari bilan nurash po’stlog’idan farq qiladigan yangi yaralgan spesifik
biokos tabiiy jismdir.
Tog’ jinslari nurashi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi va qayta
yotqizilishi jarayonlarida, dastlabki zich jinslar uchun xarakterli bo’lmagan va
tuproq paydo bo’lishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, qator yangi xossalarga
ega bo’ladi: 1) zich, yaxlit holatdan g’ovak, bo’laklarga bo’lingan holatga o’tadi; 2)
kovaklikka ega bo’ladi, shu tufayli havo sig’imi va havo o’tkazuvchanlik, nam
sig’imi va suv o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi; 3) birlamchi jins hosil
qiluvchi minerallar bilan bir qatorda nurash po’stlog’ining tog’ jinslari ikkilamchi
minerallarni, shu jumladan transformasiya va neosintez mahsulotlari bo’lgan va
almashinadigan singdirish qobiliyatiga ega bo’lgan kolloidli va kolloid kattaligidagi
loyli minerallarni saqlaydi; 4) o’zining granulometrik, mineralogik va kimyoviy
tarkibi bo’yicha yer yuzasida qayta taqsimlanadi; 5) tirik organizmlar uchun qulay
shakldagi, biofil elementlar, shuningdek zaharli kimyoviy elementlarni saqlaydi; 6)
materiallarning
nurashi,
aralashuvi
va
qayta
yotqizilishi
jarayonlarida
shakllanadigan, litologik qatlamlilikga ega bo’ladi.
Shunday qilib, tog’ jinslari nurash jarayonidayoq qator xossalarga ega bo’ladi,
bu esa ulardan hosil bo’ladigan tuproqlar uchun juda muhim hisoblanadi. Nurash
jarayoni bilan birgalikda kechadigan yoki undan keyin sodir bo’ladigan, tuproq
paydo bo’lish jarayonida, ushbu xossalar yanada rivojlanadi va tuproq xossalariga
aylanadi. Hosil bo’lgandan keyin o’z joyida qolgan (jinslarning elyuviysi), yoki suv
yoki shamol yoki gravitasiya kuchlari ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilib
yotqizilgan nurash ruxlyagi (tog’ jinslarining turli katta kichiklikka, tarkib va
xossalarga ega bo’lgan nurash mahsuloti), tuban va oliy o’simliklar va ular bilan
bog’liq bo’lgan fauna (hayvonot dunyosi) larning paydo bo’lishi shunga mos
ravishda tuproq paydo bo’lishining jadal rivojlanishi uchun qulay substrat tarzida
xizmat qiladi.
3-rasm
Tuproq hosil bo’lish jarayoni
Bu yerda 1-tog’ jinslarining nurashi, 2-nuragan tog’ jinslarining bir joydan
ikkinchi joyga yotqizilishi, 3- bir joydan ikkinchi joyga yoki usha joyning o’ziga
yotqizilgan tuproq hosil qiluvchi (ona) jinslarga o’simlik va hayhon qoldiqlarini
qo’shilishi natijasida dastlabki tuproq hosil bo’lish jarayoni, 4-tuproq hosil qiluvchi
omillar ta’sirida tuproq hosil bo’lishi, 5-genetik gorizotlari to’liq shakillangan
tuproq, d-tog’ jinsi yoki tub jins, c-ona jins yoki tuproq hosil qiluvchi B - illyuvial
yoki o’tuvchi gorizont, a- akkumulyativ gorizont
Tuproq paydo bo’lishi asosan nuragan va nurayotgan dastlabki jins qalinligi
chegarasida o’ziga xos tuzilishi (iyerarxik tuproq tuzilishi)ning shakllanishiga, yangi
hosil bo’lgan tuproqning maxsus xossalar va funksiyalarga ega bo’lishi va yer
yuzasidagi geosfera jarayonlarining umumiy dinamikasida, ushbu struktura
(tuzilish), xossa va funksiyalarning muntazam dinamik qayta yaratilishiga olib
keladi.
Biogen moddalar (C, N, Ca, P, K) ning tuproqda hosil bo’lishi,
o’zgarishi va aylanishi.
Biologik aylanish tuproq paydo bo’lishining asosini tashkil etishi bilan birga,
tuproqqa aylanayotgan jins yuzasida mineral moddalar bilan bir qatorda quyosh nuri
energiyasi ta’sirida ro’y beradigan fotosintez tufayli hosil bo’ladigan kimyoviy
energiyaga boy bo’lgan organik moddalarning to’planish manbai ham hisoblanadi.
Nobud bo’lgan o’simliklardagi organik moddalar parchalanganda ma’lum miqdorda
kimyoviy energiya ajraladi va boshqa shakldagi energiyaga aylanadi. Bu energiya
jinslarda biologik (organik) moddalarning ishtirokisiz kechishi mumkin bo’lmagan
jarayonlarning rivojlanishi uchun sarflanadi. Tog’ jinslaridagi dastlabki minerallar
asta-sekin o’zgarib yangi tarkib, tuzilish va xossalarga ega bo’la boshlaydi hamda
alohida tabiiy jism hisoblangan tuproqda to’plana boshlaydi.
Tog’ jinslaridan paydo bo’ladigan tuproqning o’ziga xos belgilarining yuzaga
kelishida ishtirok etadigan, shuningdek, tuproq paydo bo’lishiga olib keladigan va
bir vaqtning o’zida bir-biri bilan bevosita bog’liq holda kechadigan jarayonlar
quyidagilar:
1. Tuproqda yangi minerallarning hosil bo’lishi va o’simliklar uchun tez
o’tadigan harakatchan shakldagi elementlarning turli minerallaridan ajralib
to’planishiga olib keladigan turli o’zgarishlar;
2. Jinslarning yuza va yuqori qismlarida organik moddalarning to’planishi va
uning
minerallashuvi
hamda
gumusli
(chirindi)
moddalarga
aylanishi
(gumusifikasiya) natijasida kul va azotli moddalarning to’planishi;
3. Mineral va organik moddalarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida turli
darajada harakatchan organik-mineral birikmalarning hosil bo’lishi;
4. Tuproqning yuqori qismida qator biofil elementlar, jumladan oziq
elementlarning to’planishi;
5. Tuproq paydo bo’lish jarayonida yuzaga keladigan mineral, organik va
organik-mineral birikmalar tarzidagi elementlarning tuproq qatlamlarida harakati,
aralashuvi va cho’kib to’planishi.
Tuproq tarkibidagi minerallar yer po’sti minerallariga nisbatan ancha tezroq
parchalanadi. Tuproq paydo bo’lish jarayonida kechadigan nurashning borishida
quyi molekulyar (soddaroq) organik kislotalar va gumusli kislotalar, shuningdek
o’simliklar ildizlari va mikroorganizmlar ajratadigan karbonat angidridning ta’siri
katta. Shuning natijasida tuproqda nurashning qator, dastlabki suvda eriydigan va
kolloid shakldagi mahsulotlari hosil bo’ladi.
Shu bilan bir qatorda tuproqqa singadigan organik qoldiqlarning biokimyoviy
parchalanishi natijasida, dastlabki organik moddalarning minerallanishi hamda
gumusga aylanishi tufayli hosil bo’ladigan oraliq va oxirgi mahsulotlari to’planib
boradi.
Minerallarning
nurash
mahsulotlari
bilan
organik
moddalarning
minerallanishi va gumusga aylanish natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar
orasidagi murakkab jarayonlar ta’sirida dastlabki g’ovak jinslarga xos bo’lmagan
yangi birikmalar yuzaga keladi. Bu, tuproq va uning unumdorligining shakllanishida
muhim rol o’ynaydi. Gumus kislotalarining tuzlari ishqoriy yer metallari, ayniqsa
kalsiy bilan birikib suvda erimaydigan moddalar hosil qiladi va gel holida ular paydo
bo’ladigan joyda to’plana boshlaydi hamda mineral zarrachalar yuzasini parda
shaklida qoplab oladi, ularni yelimlab bir-biriga biriktiradi yoki zarrachalar orasidagi
mayda qil yo’llar va bo’shliqlarda to’planadi. Gumus kislotalari bilan alyuminiy va
temir gidrooksidlarining o’zaro ta’siri tufayli ham qator gumusli kompleks
birikmalar hosil bo’ladi. Ularning harakatchanlik darajasi gumus kislotalarining
tabiati va tuproq eritmasidagi kationlar hamda turli oksidlarning tarkibiga bog’liq.
Gumus moddalarning yuqori disperslangan (mayda) gilli minerallar bilan o’zaro
ta’sirlashuvi natijasida murakkab organik-mineral yaralmalar shakllanadi. Bu
kompleks kolloidlarning tarkibi va disperslanish darajasi bir xil emas. Shuning
uchun ham ular ancha kattaroq bo’lgan zarrachalar yuzasida turlicha
mustahkamlikda birikadi. Mineral va organik moddalarning o’zaro ta’siri natijasida
yuzaga keladigan mahsulotlar g’ovak jinslarning qatlamlari orqali harakat qilib,
molekulyar va kolloid eritmalar sifatida turli chuqurliklarga cho’kib yig’ila
boshlaydi. Natijada dastlabki, deyarli bir xil tarkibli ona jinslar o’zining kimyoviy
va mexanik tarkibi, fizik xossalari hamda tashqi belgilari bilan farq qiladigan qator
qatlamlarga ajralib tabaqalanadi. Bir-biridan farq qiladigan bu alohida qatlamlar
tuproq gorizontlari deb ataladi.(3-rasm)
Har bir tuproq gorizonti o’zining qalinligi, morfologik belgilari shuningdek,
fizikaviy xossalari, mexanik, kimyoviy va mineralogik tarkiblari bilan farqlanadi.
Muayyan tuproq gorizonti shu tuproqning kelib chiqishi va rivojlanish tarixini aks
ettirganligi uchun ham V.V.Dokuchayev bu qatlamlarni genetik gorizontlar deb
ataydi. Barcha tuproq gorizontlari yig’indisi tuproq profilini tashkil etadi.
3. Tuproq profilining shakllanishi va uning morfologik belgilari. Tuproq
paydo bo’lish jarayonlari natijasida tuproqning ona jinslardan farq qiladigan muhim
qator tarkibiy qismlari, xossalari va belgilari yuzaga keladi. Bu o’zgarishlar
tuproqning profilida o’z aksini topgan bo’ladi. Tuproq profili - tuproq genetik
gorizontlarining vertikal yo’nalish bo’yicha muayyan tarzda almashib turishi
natijasida yuzaga keladigan tashqi qiyofasidir. Tuproq profilini tashkil etuvchi
genetik gorizontlar o’ziga xos tashqi morfologik belgilari bilan ajralib turadi.
Tuproqlar, sodir bo’ladigan ichki jarayonlarni, ularning paydo bo’lishi (genezisi) ni
va rivojlanish tarixini namoyon etadigan, morfologik belgilar deb ataladigan, tashqi
ko’rinishga ega. Ana shu belgilar asosida tuproqlarni ona jinslaridan va bir-biridan
farqlab ajratish hamda tuproq paydo bo’lish jarayonlarining borishi, uning jadalligi
haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish mumkin. Tuproqning morfologiyasi haqidagi
asosiy fikrlar V.V.Dokuchayev tomonidan aytilgan bo’lib, S.A.Zaxarov uni
takomillashtirdi.
Tuproqning asosiy morfologik belgilariga: tuproq profilining tuzilishi, tuproq
va uning alohida gorizontlarining qalinligi, rangi (tusi); mexanik tarkibi; strukturasi;
qovushmasi; yangi yaralmasi va qo’shilmasi singarilar kiradi. Bularni o’rganish
maqsadida tuproq chuqur (razrez) lari kovlanadi (4-rasm).
3-rasm. Tuproq chuquri (kesmasi)
Tuproq profili (kesimi) ning tuzilishi. Aytilganidek, tuproq profili qator
genetik gorizontlardan iborat. Tuproq gorizontlari - tuproq paydo bo’lish jarayonlari
natijasida paydo bo’ladigan va odatda yer yuzasiga parallel yo’nalgan, deyarli bir xil
tuzilishli hamda o’zining morfologik (tashqi) belgilari bilan ajralib turuvchi tuproq
qatlamlaridir.
5- 6 -rasmlar. Tuproq profilining tuzilishi
Tuproq gorizontlari bir-biridan rangi (tusi), strukturasi, qovushmasi singari
morfologik belgilari bilan farqlanadi. Ular har xil kimyoviy va mexanik tarkibga ega
bo’lib, bu gorizontlarda biologik jarayonlar ham turlicha kechadi. Tuproq
gorizontlarining tuzilishi tabiiy tuproq paydo qiluvchi jarayonlar hamda insonlarning
yerdan foydalanishi tufayli o’zgarishi mumkin. Tuproq profilida bir qancha
gorizontlar ajratiladi va ular ham qator gorizontchalarga bo’linadi. Har bir gorizont
o’zining nomi va harfli belgilari (indekslari) ga ega (5-6 - rasmlar)
Ao - o’simliklarning organik qoldiqlaridan iborat organogen gorizont (o’rmon
to’shamasi, dasht o’simliklari namati);
T - torfli organogen gorizont;
A1 - gumusli - akkumulyativ (chirindi to’planadigan) gorizont; A2-elyuvial, B -
illyuvial yoki o’tuvchi, G - gley (berch) gorizont, C - ona jins, D-ostki g’ovak tog’
jinslari bo’lib, C - dan o’zining litologik tarkibi bilan farqlanadi. Ah - haydalma
gorizont, ishlov beriladigan tuproqlardagi haydalma qatlam. Qo’riq yerlarda Ach
gorizont - chimli qatlam ajratiladi. Ao va T organogen gorizontlari tuproq mineral
qismining yuzasida to’shama sifatida paydo bo’ladi. Organik moddalar
to’planadigan (akkumulyativ) gorizont (A) tuproq profilining yuqori qismida
yashil o’simliklarning qurigan biomassasi to’planishidan hosil bo’ladi. Bu gorizont
o’zining ifodalanishi, xarakteriga ko’ra - gumusli - akkumulyativ gorizont,
tuproqning yuqori mineral qatlamida hosil bo’lib, ularda mineral moddalarning
parchalanishi va ishqorsizlanishi ifodalanmagan; A1 - gumusli-elyuvial, tuproq
profilining yuqori gorizonti hisoblanib, unda morfologik va tarkibi jihatdan mineral
moddalarning parchalanishi va ishqorsizlanishi ifodalangan (o’rmon, o’rmon-dasht,
dasht zonalarida yaxshi shakllangan). A va A1 gorizontlari odatda boshqa
gorizontlarga nisbatan ancha to’q, qoramtir tusli bo’lib, bunda eng ko’p miqdorda
organik moddalar (gumus) va oziq moddalar to’plangan. Ishlov beriladigan tuproqlar
profili odatda haydalma gorizontdan (Ah) boshlanadi. Bu gorizont tuproq gumusli
qatlam va qisman pastki gorizontlarning haydalishi tufayli hosil bo’ladi. Chimlanish
jarayoni yaxshi boradigan qo’riq yerlarda (qora tuproqlar, kashtan va bo’z
tuproqlarda) chim qatlami (Ach) yaxshi ifodalanadi. Elyuvial (yuvilma) gorizont
(A2) tuproq mineral qismining intensiv parchalanishi va bu mahsulotlarning pastki
qatlamlarga yuvilib ketilishi jarayonlari natijasida paydo bo’ladi. U ochroq tusli.
Illyuvial yoki o’tuvchi (oraliq) gorizont (B) elyuvial yoki gumus (chirindi) li
gorizont ostida hosil bo’lib, ona jinslariga o’tuvchi qatlam hisoblanadi.
Elyuvial gorizontli tuproqlarda illyuvial gorizont yaxshi shakllanib, unda
yuvilgan moddalar (tuproq paydo bo’lish mahsulotlari) qisman ana shu qatlamda
to’plana boshlaydi. Shuning uchun shimilma gorizont ham deyiladi. Illyuvial
gorizontning quyidagi turlari: BFe - temir moddalari yuvilib keltirilgan. Bh - gumusli
moddalar shimilgan, Bk - karbonatlar tuplangan, Bs - sulfatlar va xloridlar keltirilgan.
Bi - il (loyka) zarrachalari keltirilib to’plangan qatlamchalari ajratiladi. Tuproqning
yuqori qismidan moddalar yuvilib keltirilmaydigan sharoitda (qora tuproq, kashtan
va bo’z tuproq kabilarda) B - gorizont illyuvial hisoblanmasdan balki gumusli
akkumulyativ gorizontdan jinslarga o’tuvchi qatlamdan iborat. U ko’pincha struktura
va qovushmasiga ko’ra B1 B2 gorizontchalariga ajratiladi.
Gley (berch) gorizonti (G) - gidromorf tuproqlarda hosil bo’ladi. Doimiy yoki
uzoq muddatli suv bosib turadigan o’ta nam va erkin kislorod yetishmaydigan
sharoitda, tuproqda anaerob-qaytarilish jarayonlari boradi. Natijada temir,
marganesning va alyuminiy harakatchan shaklining to’liq oksidlanmagan (zakis)
birikmalari yuzaga keladi hamda o’ziga xos qiyofa, ya’ni ko’kimtir, kulrang-zangori
yoki xira yashil tus beradi. Agar gleylanish boshqa gorizontlarda ham ifodalangan
bo’lsa, ularning harfli indekslari yoniga "g" deb yozib qo’yiladi. Masalan, Ag, Bg va
hokazo.
Ona jins (C) tuproq paydo bo’lish jarayonlari kam ta’sir etgan g’ovak
jinslardan iborat. Tuproq osti tub jinslari (D), odatda tuproq gorizontlari muayyan
jinslarda paydo bo’lib, uning ostida esa boshqa xossalarga ega jinslar mavjud
bo’lganda ajratiladi. Har bir tuproq tipi uchun o’ziga xos gorizontlar xarakterli
bo’lib, ba’zan bu gorizontlar ayrim tuproqlar profilida bo’lmasligi mumkin.
Tuproq va uning ayrim gorizontlari qalinligi. Tuproqning umumiy qalinligi
deb, uning yuzasidan boshlab ona jinsigacha bo’lgan gorizontlar (sm da ifodalangan)
yig’indisiga aytiladi.
Demak, tuproq qalinligi uning A0+A1+A2+B1+B2 kabi gorizont va
gorizontchalarining C (ona jinsi) gacha barcha yig’indisidir. Turli tuproqlarning
qalinligi har xil bo’lib, 40-50 sm dan 100-150 sm gachadir. Ammo O’rta Osiyoning
qadimdan sug’orilib kelinayotgan madaniy (agroirrigasion qatlamli) voha
tuproqlarining qalinligi 250-300 sm va undan ham oshadi. Tuproqlarning umumiy
qalinligidan tashqari ularning alohida genetik gorizontlari qalinligini aniqlash ham
agronomik nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligini
belgilashda, yerga ishlov berish, meliorativ tadbirlarni olib borishda hamda tuproq
paydo bo’lish jarayonlarining borishini o’rganishda bu ko’rsatkich e’tiborga olinadi.
Ayrim gorizontlar qalinligini belgilashda tuproq yuzasidan boshlab, uning
yuqori va quyi chegarasini ko’rsatib sm.da ifodalash ancha qulay (masalan, A0= 0-3
sm. A1=3-18, A2=18-30, B1=30-45 va x.k).
Tuproqning rangi (tusi) ko’zga yaqqol tashlanib turadigan eng muhim
morfologik belgilardan biridir. Tuproqning rangi (tusi) unda kechadigan jarayonlarni
ifodalab, tuproqlarni muayyan tiplarga kiritish imkonini beradi. Shuning uchun ham
aksariyat tuproqlar uning rangi, tusiga ko’ra nomlanadi (podzol, qizil va sariq, qora,
bo’z tuproqlar va h.k.)
Tuproqning rangi va tuslarida tuproq paydo bo’lish jarayonlari yaqqol aks etgan
bo’ladi. Shuning uchun ham bu belgi tuproqda kechadigan ko’plab jarayonlarni va
tuproqning kelib chiqish mohiyatini tushunishda alohida ahamiyatga ega.
Tuproqning rangi uni tashkil etgan moddalar tusi hamda tuproqning fizik holati va
namlik darajasi bilan aniqlanadi. Tuproq rangini belgilovchi eng muhim moddalar
jumlasiga: 1) gumus, 2) temir birikmalari, 3) kremnezem birikmalari va ohak
moddalari singarilar kiradi(7-rasm).
7- rasm.
Tuproq rangi (tusi)ning nomini aniqlashda foydalaniladigan. S.A. Zaxarov
uchburchagi
Tuproqda organik modda, gumus qancha ko’p bo’lsa, uning tusi shuncha
qoramtir bo’ladi. Tuproq tarkibidagi temir oksidi birikmalari tuproqqa qizil,
to’qsariq va sariq tus, temirning to’liq oksidlanmagan birikmasi (zakisi) - ko’kimtir,
zangori, yashil tusni beradi. Masalan botqoq tuproqlarida uchraydigan vivianit
(Fe3(PO4)2 ∙ 8H2O) tuproqqa yashilsimon ko’k tus beradi. Kremnezem (SiO2), kalsiy
karbonati (CaCO3) va kaolinit (H2Al2Si6 O8 ∙ 2H2O) oq va oqish tus beradi, ba’zan
oqish tus gips (SaSO4 ∙ 2H2O) va suvda oson eruvchi tuzlar (NaCl, Na2SO4 ∙ 10H2O
va boshqa) ishtirokida ham yuzaga keladi.
Tuproqning mexanik tarkibi. Dala sharoitida o’rganilayotganda mexanik tarkibi
tashqi belgilari asosida va barmoqlar orasida ezgilab taxminan qancha qum va loy
zarrachalari borligiga qarab aniqlanadi. Shu maqsadda loyli halqalar qilib qum,
qumloq, qumoq yoki soz tuproq ekanligini o’rganish ham mumkin. Mexanik
tarkibiga doir aniq ma’lumotlar laboratoriya analizlari asosida olinadi. Tuproq
strukturasi. Tuproqning alohida agregat bo’laklar (donachalar) ga ajralib ketishiga
tuproq strukturasi deyiladi. Bu agregatlar turli mexanik elementlarning bir-biriga
birikishidan hosil bo’ladi. Struktura bo’lakchalarining shakli, o’lchami va sifat
tarkibi turli tuproqlar hamda ularning alohida gorizontlarida har xil bo’lib,
S.A.Zaxarov bo’yicha asosan: kubsimon, prizmasimon va plitasimon kabi 3 tipga va
o’z navbatida turlar hamda xillarga ajratiladi (3-jadval va 8 -rasm).
Tuproq qovushmasi - tuproq zichligi va g’ovakligining tashqi ifodasidir.
Zichligiga
ko’ra
tuproqlar
qovushmasi
quyidigalarga
bo’linadi:
1. J u d a z i ch q o v u h m a - tuproq chuqurini belkurak bilan kavlashning
deyarli imkoni yo’q, misrang yoki metindan foydalanishga to’g’ri keladi.
2. Z i ch q o v u sh m a - chuqur ketmon yoki belkurak yordamida ancha
qiyinlik bilan kavlanadi. Bunday zichlik og’ir qumoq va soz mexanik tarkibli
tuproqning illyuvial girizonti uchun xarakterli.
3. G’ o v a k q o v u sh m a - chuqur oson kovlanadi, belkurak bilan tashlangan
tuproq mayda bo’laklarga sochilib ketadi. Uvoqli donador, strukturali qumoq va soz
tuproqlar hamda yetiltirib ishlov berilgan tuproqlarning haydalma qatlami uchun
xos.
4. S o ch i l m a q o v u sh m a - qumli va qumloq tarkibli tuproqlarning quruq
haydalma gorizontlari uchun xarakterli.
Qovushma - tuproqni agronomik jihatdan baholashning muhim ko’rsatkichidir.
Tuproqning yangi yaralmasi va qo’shilmasi. Tuproq paydo bo’lish
jarayonlarida vujudga keladigan va tuproq gorizontlarida to’planadigan turli shakl
va kimyoviy tarkibli moddalarga ya n g i ya r a l m a deb ataladi. Tuproqda boradigan
fizikaviy, kimyoviy hamda biologik jarayonlar natijasida o’simlik va hayvonot
olamining bevosita ta’siridan hosil
8- rasm. Tuproq strukturasining turlari va shakllari
I kubsimon tip: 1- yirik uvoqli; 2- yong’oqsimon; 3- donador; 4- changsimon.
II prizmasimon tip: 5- ustunsimon; 6 -yirik prizmatik.
III plitasimon tip: 7- yassi qatlamsimon; 8- yaproqsimon.
bo’lishiga ko’ra k i m yo v i y va b i o l o g i k ya n g i ya r a l a m a l a r
ajratiladi. Kimyoviy yangi yaralma tuproqdagi turli kimyoviy jarayonlar tufayli hosil
bo’ladigan har xil birikmalardan iborat. Tarkibiga ko’ra yangi yaralmalar: suvda
oson eriydigan tuzlardan, asosan natriy xlorid, natriy sulfat, kalsiy va magniy oksid
va gidrooksidlari (odatda fosfor kislotasi bilan birga), temirning oksid birikmalari va
chirindi moddalardan iborat bo’lishi mumkin.
Tuproq jonivorlarining hayot-faoliyati va o’simliklar ildizining rivojlanishi
davrida paydo bo’lgan joylarda har xil organik birikmalar hamda ayrim jonivorlar
organizmi orqali chiqarilgan moddalar biologik yangi yaralma deb ataladi. Bularga
koprolitlar yomg’ir chuvalchanglari chiqindilari; krotovinalar - yer kavlaydigan
hayvonlar (ko’rsichqon, yumronqoziq, sug’urlar kabilar) ning bo’sh yoki chiqindilar
bilan to’ldirilgan yo’llari; yirik ildizlar chirishidan to’planadigan ildiz qoldiqlari;
struktura bo’laklari ustida qoldirilgan nozik ildiz yo’llari - dendritlar singarilar
kiradi.
3- jadval
Tuproq strukturasi bo’laklarining klassifikasiyasi
Turlar
Xillar
Bo’laklarning
kattaligi
Palaxsasimon
1 tip kubsimon
yirik palaxsasimon
mayda palaxsasimon
> 10 sm
10 – 1 sm
Kesaksimon
yirik kesaksimon
o’rta kesakli
mayda kesakli
10–3 mm
3–1 mm
1–0,5 mm
Yong’oqsimon
yirik yong’oqsimon
yong’oqsimon
mayda yong’oqsimon
>10 mm
10–7 mm
7–5 mm
Donador
yirik donador
donador
mayda donador
5–3 mm
3–1 mm
1–0,5 mm
Ustunsimon
II tip Prizmasimon
yirik ustunsimon
ustunsimon
mayda ustunsimon
>5 cm
5–3 cm
<3 cm
Ustunli
yirik ustunli
5–3 cm
Ustunli
3 cm
Prizmasimon
yirik prizmasimon
prizmasimon
mayda prizmasimon
5–3 cm
3–1 cm
1–0,5 cm
III tip Plitasimon
Plitali
slanessimon
plitasimon
plastinkasimon
Yaproqsimon
>5 mm
5–3 mm
3–1 mm
<1 mm
Tangasimon
yirik tangachasimon
mayda tangachasimon
3–1 mm
<1 mm
Tuproqdagi yangi yaralmalar xarakteriga ko’ra tuproq genezisi va uning
agronomik xossalari haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Jumladan, tuproqning
yuqori gorizontlarida ko’kimtir va qo’ng’ir zang dog’larining bo’lishi, bu
tuproqlarning botqoqlanish sharoitida vujudga kelganini ifodalaydi. Agar bu alomat
hozirgi vaqtda paydo bo’layotgan bo’lsa, qishloq xo’jalik ekinlari uchun juda
noqulay sharoit hisoblanadi.
Qo’shilma deb, tuproq paydo bo’lish jarayonlari bilan bog’lik bo’lmagan, lekin
keyinchalik tashqaridan aralashib qo’shilib qolgan organik va mineral moddalarga
aytiladi. Hayvonlarning suyagi, turli chig’anoqlar, o’simlik qoldiqlari biologik
qo’shilma bo’lib, tosh, shag’al va boshqa jism bo’laklari mineral qo’shilma
hisoblanadi. Bulardan tashqari ko’mir bo’lakchalari, uy hayvonlari suyaklari, uy-
ro’zg’or buyumlari siniqlari (sopol va chinni idish bo’laklari) va insonlarning
suyaklari kabi narsalar arxeologik qo’shilmalardir. Bu qo’shilmalarni o’rganish
natijasida tuproqning yoshi va insonlarning tuproqqa ta’siri tarixini aniqlash
mumkin.
Nazorat savollari.
1. Tuproqshunoslik fani nimalarni o’rganadi?
2. V.V.Dokuchayev, N.M.Sibirsev, P.A.Kostichev, V.R.Vilyams va hozirgi zamon
olimlarining tuproq haqidagi ta’riflarini ayting?
3. Tuproqning tabiat va jamiyatdagi roli nimalarda namoyon etiladi?
4. Tuproqning tabiiy jism sifatidagi xususiyatlarini ayting?
5. Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari?
6. Tuproq va o’simliklar o’rtasidagi uzviy bog’liqlik to’g’risida nimalarni bilasiz?
7. Tuproqshunoslik fanining boshqa fanlar o’rtasida tutgan o’rni?
8. Tuproqshunoslik fanining tadqikot usullari.
9. Tog’ jinslarining nurashi, qayta yotqizilishi natijasida qanday yangi
xossalarga ega bo’ladi?
10.
Tabiatda moddalarning katta geologik aylanishi deganda nimalarni
tushunasiz?
11.
Moddalarning kichik biologik aylanishida sodir bo’ladigan oziq moddalarning
harakati, to’planishi va ahamiyatini so’zlab bering?
12Biogen moddalar (C, Ca, P, K) ning hosil bo’lishi, o’zgarishi va aylanishining
ahamiyati nimada?
Tavsiya qilingan adabiyotlar.
1. Boboxo‘jayev I., Uzokov P.- “Tuproqshunoslik”. “Mehnat” T 1995.
2. Qo‘ziev R.K.- «Genetik tuproqshunoslik muammolari», T.1996
3. Гафурова Л.А ва бошқалар “Мелиоратив тупроқшунослик” –Т. 2002
4.Кауричев И.С. «Почвоведение», Москва «Высшая школа», 1989
5. Маxсудов X.М., Одилов А.А. Эрозияшунослик Т.1998 й.
6. Турсунов Л. - “Тупроқ физикаси”, “Меҳнат” нашриёти. Т.1988 .
7.И. Турапов, Х. Номозов Тупроқ бонитировкаси Т-2010
8.Белоусов М.А. «Физиологические основны корневого питания хлопчатника»,
- Т.: «Фан», 1975.