Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish.

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

39,1 KB


 
 
 
 
 
 
Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish. 
 
REJA: 
 
1. 
Havo transportida yo‘lovchi tashishni tartibga solishning huquqiy 
asoslari 
2. 
Xalqaro aviatashuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlash 
3. 
Xalqaro aviatashuvlarda asosiy turistik hujjatlarning muhimligi 
4. 
Havo transportida yo‘lovchi yoki yuk tashish to‘g‘risidagi shartnoma
Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish. REJA: 1. Havo transportida yo‘lovchi tashishni tartibga solishning huquqiy asoslari 2. Xalqaro aviatashuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlash 3. Xalqaro aviatashuvlarda asosiy turistik hujjatlarning muhimligi 4. Havo transportida yo‘lovchi yoki yuk tashish to‘g‘risidagi shartnoma
 
 
 
 
Kalit so’zlar: Xavo transporti haqida tushuncha berish. Havo transportida 
yo‘lovchi tashishni tartibga solishning huquqiy 
asoslari. Xalqaro aviatashuvlarni 
huquqiy jihatdan ta’minlash. Xalqaro aviatashuvlarda asosiy turistik 
hujjatlarning muhimligi. Havo transportida yo‘lovchi yoki yuk tashish 
to‘g‘risidagi shartnoma. Dunyoda so’ngi yillarda ochilgan va ochilishi 
kutilayotgan ko’plab ajoyib aeroportlar. Aviyachipta aviatashish to’g’risidagi 
shartnomani tasdiqlovi xujjat sifatida. Aviyachiptalarni bronlashtirishning 
zamonaviy  tizimlari. Xavo layterlarida ko’rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari. 
“O’zbekiston Xavo yo’llari” Milliy aviakompaniyasida yo’lovchilar tashish. 
 
 
3.1. HAVO TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISHNI 
TARTIBGA SOLISHNING HUQUQIY 
ASOSLARI 
O'zbekiston Respublikasida transport infratuzilmasining rivojlanishi. 
Davlatlar o'rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish avvaldan xalqlarni 
birlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va madaniyatlarni o'zaro boyitish 
asosiy vositalaridan biri edi. Qadim zamonlardanoq transport yo'nalishlari 
davlat daromadlarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Vaqt o'tishi 
bilan transport hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. 
O'tmishda O'zbekiston hududi Buyuk Ipak yo'lining markazida joylashgan 
bo'lib va shu sababli Yevropadan Osiyoga olib keladigan eng qisqa transport 
koridorlari aynan ushbu yo'nalish orqali o'tgan. O'zbekistonning geografik 
joylashuvi G'arb va Sharq o'rtasidagi chorrahada, shuningdek Yeroosiyo 
qit'asining Shimoli va Janubidan foydalanib, Yeroosiyo qit'asining ko'plab 
mamlakatlari uchun doimiy yer usti va xavfsiz transport aloqalarini amalga 
oshirish imkoniyatini ochib beradi.
Kalit so’zlar: Xavo transporti haqida tushuncha berish. Havo transportida yo‘lovchi tashishni tartibga solishning huquqiy asoslari. Xalqaro aviatashuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlash. Xalqaro aviatashuvlarda asosiy turistik hujjatlarning muhimligi. Havo transportida yo‘lovchi yoki yuk tashish to‘g‘risidagi shartnoma. Dunyoda so’ngi yillarda ochilgan va ochilishi kutilayotgan ko’plab ajoyib aeroportlar. Aviyachipta aviatashish to’g’risidagi shartnomani tasdiqlovi xujjat sifatida. Aviyachiptalarni bronlashtirishning zamonaviy tizimlari. Xavo layterlarida ko’rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari. “O’zbekiston Xavo yo’llari” Milliy aviakompaniyasida yo’lovchilar tashish. 3.1. HAVO TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISHNI TARTIBGA SOLISHNING HUQUQIY ASOSLARI O'zbekiston Respublikasida transport infratuzilmasining rivojlanishi. Davlatlar o'rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish avvaldan xalqlarni birlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va madaniyatlarni o'zaro boyitish asosiy vositalaridan biri edi. Qadim zamonlardanoq transport yo'nalishlari davlat daromadlarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Vaqt o'tishi bilan transport hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. O'tmishda O'zbekiston hududi Buyuk Ipak yo'lining markazida joylashgan bo'lib va shu sababli Yevropadan Osiyoga olib keladigan eng qisqa transport koridorlari aynan ushbu yo'nalish orqali o'tgan. O'zbekistonning geografik joylashuvi G'arb va Sharq o'rtasidagi chorrahada, shuningdek Yeroosiyo qit'asining Shimoli va Janubidan foydalanib, Yeroosiyo qit'asining ko'plab mamlakatlari uchun doimiy yer usti va xavfsiz transport aloqalarini amalga oshirish imkoniyatini ochib beradi.
 
 
Ayni paytda, O'zbekiston Respublikasi dengiz transportidan tashqari, 
barcha zamonaviy transport turlariga ega. Respublikada temir yo'llar va 
avtomobil yo'llar tarmog'i, xalqaro aeroport komplekslari rivojlangan. Shu 
bilan birga, davlat hududini ko'ndalang va bo'ylama kesib o'tuvchi va 
mamlakatning xalqaro va tranzit tashishlar uchun ehtiyojlarini ta'minlovchi 
havo yo'llari mavjud. 
O'zbekiston hududida xalqaro transport terminallari va logistika markazlari 
faoliyat ko’rsatmoqda. Bunday markazlar turli xil transport turlari faoliyatini 
muvofiqlashtirishni ta'minlashga mo'ljallangan, bu ayniqsa dengizga chiqish 
imkoni yo'q bo’lgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhimdir. 
Yuk aylanmasining asosiy qismi temir yo'l, avtomobil va quvur yo'l 
transportlariga, yo'lovchi aylanmasi esa, avtomobil, havo yo'l, temir yo'l 
transportlariga tu’g’ri keladi. 
Bugungi kunda transport sohasida 12 mingga yaqin turli mulkchilik 
shakldagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. 2017 yilda 
"tashish va saqlash" faoliyatini ko’rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar 
ulushi, faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlar va korxonalar umumiy hajmida 
(fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) 6,3 % ni tashkil etdi. 
Aviatashuvlar yo‘lovchilar va bagajni tashishning o‘ziga xos turi bo‘lib, 
aviatsiya korxonalari tomonidan havo kemalarida belgilangan haq evaziga, 
shuningdek tashuvchining er usti transportlarida amalga oshiriladi. 
Ichki aviatashuv — uchish joyi, manzil hamda barcha qo‘nish joylari 
bir davlat hududida joylashgan havoda yo‘lovchi va yuk tashish. 
Xalqaro aviatashuv — uchish joyi va manzil tegishincha ikki davlat 
hududida; agar boshqa davlat hududida qo‘nish nazarda tutilgan bo‘lsa, bir 
davlat hududida joylashgan havoda yo‘lovchi va yuk tashish. 
Tashish davri quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘lovchi tashishda – 
yo‘lovchi aeroport perroniga havo kemasiga chiqish uchun kirgan paytdan u 
perronni tashuvchining vakolatli shaxslari kuzatuvida tark etgunga qadar; 
bagaj tashishda — bagaj tashish uchun qabul qilingan paytdan u oluvchiga
Ayni paytda, O'zbekiston Respublikasi dengiz transportidan tashqari, barcha zamonaviy transport turlariga ega. Respublikada temir yo'llar va avtomobil yo'llar tarmog'i, xalqaro aeroport komplekslari rivojlangan. Shu bilan birga, davlat hududini ko'ndalang va bo'ylama kesib o'tuvchi va mamlakatning xalqaro va tranzit tashishlar uchun ehtiyojlarini ta'minlovchi havo yo'llari mavjud. O'zbekiston hududida xalqaro transport terminallari va logistika markazlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bunday markazlar turli xil transport turlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta'minlashga mo'ljallangan, bu ayniqsa dengizga chiqish imkoni yo'q bo’lgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhimdir. Yuk aylanmasining asosiy qismi temir yo'l, avtomobil va quvur yo'l transportlariga, yo'lovchi aylanmasi esa, avtomobil, havo yo'l, temir yo'l transportlariga tu’g’ri keladi. Bugungi kunda transport sohasida 12 mingga yaqin turli mulkchilik shakldagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. 2017 yilda "tashish va saqlash" faoliyatini ko’rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar ulushi, faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlar va korxonalar umumiy hajmida (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) 6,3 % ni tashkil etdi. Aviatashuvlar yo‘lovchilar va bagajni tashishning o‘ziga xos turi bo‘lib, aviatsiya korxonalari tomonidan havo kemalarida belgilangan haq evaziga, shuningdek tashuvchining er usti transportlarida amalga oshiriladi. Ichki aviatashuv — uchish joyi, manzil hamda barcha qo‘nish joylari bir davlat hududida joylashgan havoda yo‘lovchi va yuk tashish. Xalqaro aviatashuv — uchish joyi va manzil tegishincha ikki davlat hududida; agar boshqa davlat hududida qo‘nish nazarda tutilgan bo‘lsa, bir davlat hududida joylashgan havoda yo‘lovchi va yuk tashish. Tashish davri quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘lovchi tashishda – yo‘lovchi aeroport perroniga havo kemasiga chiqish uchun kirgan paytdan u perronni tashuvchining vakolatli shaxslari kuzatuvida tark etgunga qadar; bagaj tashishda — bagaj tashish uchun qabul qilingan paytdan u oluvchiga
 
 
berilgunga yoki belgilangan qoidalarga 
binoan 
boshqa 
tashkilotga 
topshirilgunga qadar 
 
 
3.2. XALQARO AVİATASHUVLARNİ HUQUQİY JİHATDAN 
TA’MİNLASH 
Dunyo 
miqyosidagi 
va 
ikki 
tomonlama 
konvensiyalar 
xalqaro 
aviatashuvlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi.  
Ikki tomonlama  bitimlar,  qoida  tariqasida,  hamkorligi  boshqa  
shartnomalar (MDH, EI doirasidagi va h.k.) bilan belgilangan ikki davlat 
o‘rtasida tuziladi. 
Keng ahamiyatga molik xalqaro bitimlarda davlatlarning ancha katta 
doirasi ishtirok etadi. Ular uchishlarni tartibga soluvchi xalqaro normalar va 
qoidalarni, shuningdek mazkur davlatlar hududi ustida aviatashuvlarni tashkil 
etish prinsiplarini ishlab chiqadi. 
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi sohasidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan biri 
1929 yilda qabul qilingan «Xalqaro aviatashuvlarga daxldor ayrim qoidalarni 
unifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Varshava konvensiyasidir. Ushbu normativ 
hujjatda quyidagilar o‘z ifodasini topgan: 
• 
xalqaro aviatashuvlar tarifi; 
• 
aviatashuvchilar tomonidan havoda yo‘lovchi va yuk tashish tartibi; 
• 
tashish shartnomasini tasdiqlovchi asosiy tashish hujjatlari; 
• 
tashuvchining javobgarligi tartibi; 
ushbu konvensiyaga davlatlarning qo‘shilishi tartibi1 
Keyinchalik Varshava konvensiyasi 1955 yilgi Gaaga bayonnomasi, 
1971 yilgi Gvatemala bayonnomasi va 1975 yilgi Monreal bayonnomasi 
bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali rivojlantirildi.
berilgunga yoki belgilangan qoidalarga binoan boshqa tashkilotga topshirilgunga qadar 3.2. XALQARO AVİATASHUVLARNİ HUQUQİY JİHATDAN TA’MİNLASH Dunyo miqyosidagi va ikki tomonlama konvensiyalar xalqaro aviatashuvlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ikki tomonlama bitimlar, qoida tariqasida, hamkorligi boshqa shartnomalar (MDH, EI doirasidagi va h.k.) bilan belgilangan ikki davlat o‘rtasida tuziladi. Keng ahamiyatga molik xalqaro bitimlarda davlatlarning ancha katta doirasi ishtirok etadi. Ular uchishlarni tartibga soluvchi xalqaro normalar va qoidalarni, shuningdek mazkur davlatlar hududi ustida aviatashuvlarni tashkil etish prinsiplarini ishlab chiqadi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi sohasidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan biri 1929 yilda qabul qilingan «Xalqaro aviatashuvlarga daxldor ayrim qoidalarni unifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Varshava konvensiyasidir. Ushbu normativ hujjatda quyidagilar o‘z ifodasini topgan: • xalqaro aviatashuvlar tarifi; • aviatashuvchilar tomonidan havoda yo‘lovchi va yuk tashish tartibi; • tashish shartnomasini tasdiqlovchi asosiy tashish hujjatlari; • tashuvchining javobgarligi tartibi; ushbu konvensiyaga davlatlarning qo‘shilishi tartibi1 Keyinchalik Varshava konvensiyasi 1955 yilgi Gaaga bayonnomasi, 1971 yilgi Gvatemala bayonnomasi va 1975 yilgi Monreal bayonnomasi bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali rivojlantirildi.
 
 
Yo‘lovchining o‘limi yoki uning sog‘lig‘iga shikast etkazilganligi, 
bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining 
javobgarligi to‘g‘risidagi qoida Varshava konvensiyasiga kiritilgan muhim 
band hisoblanadi. Ushbu hujjatga binoan, xalkaro reyslarda yo‘lovchining 
hayoti va sog‘lig‘i uchun tashuvchining javobgarligi aksariyat hollarda 10 
000 AQSH dollari bilan chegaralanadi. 
Bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining 
javobgarligi 
aksariyat xalqaro tashuvlarda (shu jumladan xalqaro tashuvning 
ichki qismlarida) ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajning 1 kilogrammi uchun 20 
AQSH dollari hamda har bir 
yo‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bagaji 
uchun 400 AQSH dollarini tashkil etadi. 
SHunga qaramay, ayrim tashuvchilar, ayniqsa, xususiy tashuvchilar 
xalqaro standartlarning yangi qoidalariga muvofiq o‘z xarajatlari moddalarini 
oshira boshladilar. Tabiiyki, bunga faqat ko‘proq kafolatlar bera oladigan va 
samolyotlarni 750 mln. – 1 mlrd. AQSH dollariga sug‘urta qiladigan moliyaviy 
jihatdan barqaror va yirik aviakompaniyalargina qodir. Qolgan kompaniyalar 
hukumat qarorlarini kutadilar. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston 
yuqorida zikr etilgan konvensiyaga yaqin kelajakda albatta qo‘shiladi. Zero, 
ushbu jarayonning kechga surilishi milliy aviakompaniyalarning xalqaro 
bozordagi mavqei pasayishiga olib keladi. Natijada O‘zbekiston fuqarolari 
havo kemasi bortidagi noxush hodisalar uchun ko‘proq tovon to‘laydigan chet 
el tashuvchilari xizmatlaridan foydalanishni ma’qul ko‘rishlari mumkin. 
Bundan tashqari, xalqaro uchishlar qabul qilingan xalvaro normativlarga 
rioya 
qilishni talab etganligi uchun konvensiyaga imzo chekan mamlakatlarning 
aviatsiyani boshqarish idoralari ko‘rsatilgan hujjatni hali imzolamagan 
davlatlardan samolyotlarni o‘z hududiga kiritmaslik huquqiga ega. Masalan, 
shovqinni chegaralash 
bilan bog‘liq hollarda shunday bo‘lgan: shovqini kuchli 
samolyotlarning uchishini chegaralovchi xalqaro standartlarni qabul qilgan 
mamlakatlar Rossiyaning iqtisodiy 
holatini hisobga olish niyatida emas ekanliklarini namoyish etdilar
Yo‘lovchining o‘limi yoki uning sog‘lig‘iga shikast etkazilganligi, bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining javobgarligi to‘g‘risidagi qoida Varshava konvensiyasiga kiritilgan muhim band hisoblanadi. Ushbu hujjatga binoan, xalkaro reyslarda yo‘lovchining hayoti va sog‘lig‘i uchun tashuvchining javobgarligi aksariyat hollarda 10 000 AQSH dollari bilan chegaralanadi. Bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining javobgarligi aksariyat xalqaro tashuvlarda (shu jumladan xalqaro tashuvning ichki qismlarida) ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajning 1 kilogrammi uchun 20 AQSH dollari hamda har bir yo‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bagaji uchun 400 AQSH dollarini tashkil etadi. SHunga qaramay, ayrim tashuvchilar, ayniqsa, xususiy tashuvchilar xalqaro standartlarning yangi qoidalariga muvofiq o‘z xarajatlari moddalarini oshira boshladilar. Tabiiyki, bunga faqat ko‘proq kafolatlar bera oladigan va samolyotlarni 750 mln. – 1 mlrd. AQSH dollariga sug‘urta qiladigan moliyaviy jihatdan barqaror va yirik aviakompaniyalargina qodir. Qolgan kompaniyalar hukumat qarorlarini kutadilar. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston yuqorida zikr etilgan konvensiyaga yaqin kelajakda albatta qo‘shiladi. Zero, ushbu jarayonning kechga surilishi milliy aviakompaniyalarning xalqaro bozordagi mavqei pasayishiga olib keladi. Natijada O‘zbekiston fuqarolari havo kemasi bortidagi noxush hodisalar uchun ko‘proq tovon to‘laydigan chet el tashuvchilari xizmatlaridan foydalanishni ma’qul ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari, xalqaro uchishlar qabul qilingan xalvaro normativlarga rioya qilishni talab etganligi uchun konvensiyaga imzo chekan mamlakatlarning aviatsiyani boshqarish idoralari ko‘rsatilgan hujjatni hali imzolamagan davlatlardan samolyotlarni o‘z hududiga kiritmaslik huquqiga ega. Masalan, shovqinni chegaralash bilan bog‘liq hollarda shunday bo‘lgan: shovqini kuchli samolyotlarning uchishini chegaralovchi xalqaro standartlarni qabul qilgan mamlakatlar Rossiyaning iqtisodiy holatini hisobga olish niyatida emas ekanliklarini namoyish etdilar
 
 
3.3.XALQARO AVİA TASHUVLARDA ASOSİY TURİSTİK 
HUJJATLARNİNG MUHİMLİGİ 
Xalqaro havo huquqining muntazam havo aloqalari sohasidagi yana bir 
muhim hujjati 1944 yilda qabul qilingan «Xalqaro fuqaro aviatsiyasi 
to‘g‘risida»gi CHikago 
konvensiyasidir. Ushbu konvensiyada dunyo miqyosida 
parvozlarni amalga oshirishning bir qancha muhim prinsiplari belgilab 
qo‘yilgan bo‘lib, ularga asosan ahdlashayotgan har bir davlat boshqa 
ahdlashayotgan davlatlarga quyidagi huquqlarni beradi: 
2. o‘z hududi ustidan qo‘nmasdan o‘tish; 
3. notijorat maqsadlarida (yonilg‘i quyish, ekipajni almashtirish uchun, 
texnik va 
boshqa maqsadlarda) qo‘nish; 
4. milliy mansubligi havo kemasiga ega bo‘lgan davlat hududida bortga 
olingan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni tushirish; 
milliy mansubligi havo kemasiga ega bo‘lgan davlat hududiga eltib 
qo‘yilishi lozim bo‘lgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni bortga olish; 
ahdlashayotgan davlatlardan istalgan birining hududiga eltib qo‘yilishi 
lozim bo‘lgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni bortga olish hamda shunday 
hududlardan istalgan biridan kelgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni 
tushirish1. 
Keyinchalik bu prinsiplar Bitim bo‘yicha sherik hamda uchinchi tomon 
o‘rtasida 
yo‘lovchilar, pochta va yuklarni ikkala yo‘nalishda o‘z hududi orqali 
yoki o‘z mamlakati hududidan o‘tmaydigan havo yo‘li orqali tashish huquqi 
bilan, shuningdek Bitimga a’zo bo‘lgan boshqa mamlakatning ichki havo 
yo‘llari orqali yo‘lovchi va yuklarni tashish huquqi bilan kengaytirildi. 
Chikago konvensiyasi bilan qabul qilingan davlatlarning xalqaro 
uchishlarni amalsha oshirish huquqlari amalda ayrim doiralar bilan 
chegaralanadi, ular davlatlar o‘rtasida havo aloqalarini amalga oshirish uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratadi, uchishlarning xavfsizligini ta’minlaydi, 
shuningdek mamlakatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilishi va 
turizmning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
3.3.XALQARO AVİA TASHUVLARDA ASOSİY TURİSTİK HUJJATLARNİNG MUHİMLİGİ Xalqaro havo huquqining muntazam havo aloqalari sohasidagi yana bir muhim hujjati 1944 yilda qabul qilingan «Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida»gi CHikago konvensiyasidir. Ushbu konvensiyada dunyo miqyosida parvozlarni amalga oshirishning bir qancha muhim prinsiplari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ularga asosan ahdlashayotgan har bir davlat boshqa ahdlashayotgan davlatlarga quyidagi huquqlarni beradi: 2. o‘z hududi ustidan qo‘nmasdan o‘tish; 3. notijorat maqsadlarida (yonilg‘i quyish, ekipajni almashtirish uchun, texnik va boshqa maqsadlarda) qo‘nish; 4. milliy mansubligi havo kemasiga ega bo‘lgan davlat hududida bortga olingan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni tushirish; milliy mansubligi havo kemasiga ega bo‘lgan davlat hududiga eltib qo‘yilishi lozim bo‘lgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni bortga olish; ahdlashayotgan davlatlardan istalgan birining hududiga eltib qo‘yilishi lozim bo‘lgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni bortga olish hamda shunday hududlardan istalgan biridan kelgan yo‘lovchilar, pochta va yuklarni tushirish1. Keyinchalik bu prinsiplar Bitim bo‘yicha sherik hamda uchinchi tomon o‘rtasida yo‘lovchilar, pochta va yuklarni ikkala yo‘nalishda o‘z hududi orqali yoki o‘z mamlakati hududidan o‘tmaydigan havo yo‘li orqali tashish huquqi bilan, shuningdek Bitimga a’zo bo‘lgan boshqa mamlakatning ichki havo yo‘llari orqali yo‘lovchi va yuklarni tashish huquqi bilan kengaytirildi. Chikago konvensiyasi bilan qabul qilingan davlatlarning xalqaro uchishlarni amalsha oshirish huquqlari amalda ayrim doiralar bilan chegaralanadi, ular davlatlar o‘rtasida havo aloqalarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, uchishlarning xavfsizligini ta’minlaydi, shuningdek mamlakatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilishi va turizmning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
 
 
Xalqaro havo aloqalarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar orasida 
«Xalqaro havo transporti to‘g‘risidagi Bitim» (Chikago, 1944 y.); «Xalqaro 
havo yo‘llari orqali tranzit qilish to‘g‘risidagi Bitim» (CHikago, 1944 y.); «Chet 
el havo kemasi o‘z bortida uchinchi shaxslarga etkazgan zararni qoplash 
to‘g‘risidagi Konvensiya» (Rim, 1952). 
Gaz quvurlari barcha magistral quvurlarning 99,2 %ni tashkil qiladi. Neft 
quvurlarining ulushi 0,8 % ni tashkil etadi. 
Avtomobil transporti yuklarni va yo'lovchilarni tashishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Islohotlar yilida mamlakatimizda 42,7 ming km dan ortiq 
avtomobil yo'llar qurilib, foydalanishga topshirildi, ularning 98,5 % qattiq 
qoplamga ega. 
Neftigaz industriyasi sanoatning flagmani va iqtisodiyotning etakchi 
tarmogi hisoblanadi. U mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim 
rol o'ynaydi. 
2018 yil 1 yanvar holatiga respublika bo'yicha magistral quvurlarning 
uzunligi 
13895,7 km.ni tashkil qildi. 
Xalqaro standartlarga muvofiq 11 aeroport (Toshkent, Nukus, 
Samarqand, 
Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg'ona 
va Navoiy shaharlarida) modernizatsiya qilindi. 
Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik aeroport hisoblanadi. 
Buxoro, 
Samarqand va Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga 
ega. 
2001 yilning sentyabr—oktyabr oylarida Monrealda (ICAO shtab-
kvartirasida) ICAOning navbatdagi, 33-chi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. U 11 
sentyabrda AQSHda yuz bergan fojia munosabati bilan xalqaro fuqaro 
aviatsiyasida uchishlar xavfsizligini oshirishning global strategiyasini ishlab 
chiqishga chaqirdi. 
Aeronavigatsiya masalalarida SHimoliy Qutb orqali aviamarshrutlarning 
yangi tuzilishini 2002 yil fevraldan amalga kiritish haqida kelishib olindi. Bu 
Yevropa va SHimoliy Amerikani Markaziy va Janubi-SHarqiy Osiyo bilan
Xalqaro havo aloqalarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar orasida «Xalqaro havo transporti to‘g‘risidagi Bitim» (Chikago, 1944 y.); «Xalqaro havo yo‘llari orqali tranzit qilish to‘g‘risidagi Bitim» (CHikago, 1944 y.); «Chet el havo kemasi o‘z bortida uchinchi shaxslarga etkazgan zararni qoplash to‘g‘risidagi Konvensiya» (Rim, 1952). Gaz quvurlari barcha magistral quvurlarning 99,2 %ni tashkil qiladi. Neft quvurlarining ulushi 0,8 % ni tashkil etadi. Avtomobil transporti yuklarni va yo'lovchilarni tashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Islohotlar yilida mamlakatimizda 42,7 ming km dan ortiq avtomobil yo'llar qurilib, foydalanishga topshirildi, ularning 98,5 % qattiq qoplamga ega. Neftigaz industriyasi sanoatning flagmani va iqtisodiyotning etakchi tarmogi hisoblanadi. U mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. 2018 yil 1 yanvar holatiga respublika bo'yicha magistral quvurlarning uzunligi 13895,7 km.ni tashkil qildi. Xalqaro standartlarga muvofiq 11 aeroport (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg'ona va Navoiy shaharlarida) modernizatsiya qilindi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga ega. 2001 yilning sentyabr—oktyabr oylarida Monrealda (ICAO shtab- kvartirasida) ICAOning navbatdagi, 33-chi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. U 11 sentyabrda AQSHda yuz bergan fojia munosabati bilan xalqaro fuqaro aviatsiyasida uchishlar xavfsizligini oshirishning global strategiyasini ishlab chiqishga chaqirdi. Aeronavigatsiya masalalarida SHimoliy Qutb orqali aviamarshrutlarning yangi tuzilishini 2002 yil fevraldan amalga kiritish haqida kelishib olindi. Bu Yevropa va SHimoliy Amerikani Markaziy va Janubi-SHarqiy Osiyo bilan
 
 
bog‘lovchi uchishlar uzoqligini ancha qisqartirish, uchish vaqtini kamaytirish, 
uchishlarning yanada qulayroq jadvalini tuzish, atrof muhitga etkaziladigan 
ekologik zararni kamaytirish, yo‘lovchilar va aviakompaniyalarga iqtisodiy 
foyda keltirish imkonini beradi. 
IATA 1945 yili Gavanada aviatashuvchilar uyushmasi tarzida tuzilgan. 
Bugungi kunda unga jahonning 130 mamlakatidan 272 aviakompaniya a’zo. 
Ular orasida “O‘zbekistan Havo Yo‘llari” aviakompaniyasi ham bor. 
Uchish xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash IATA faoliyatining 
muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Buning uchun u uchish xavfsizligini 
ta’minlashga qaratilgan aviakompaniyalarning foydalanish faoliyatiga va 
aviatsiya asbob- uskunalariga qo‘yiladigan yangi talablarni ishlab chiqadi va 
amalga 
kiritadi; 
turboreaktiv 
va 
turbovintli 
samolyotlarda 
uchish 
xavfsizligining holati to‘g‘risidagi hisobotlarni har yili e’lon qiladi; uchish 
xavfsizligi va inson omilining roli muammolari bo‘yicha seminarlar va 
konferensiyalar o‘tkazadi; yo‘lovchilarni bir kara tekshirishni nazarda 
tutadigan xavfsizlik tizimini ishlab chiqadiki, bu yo‘lovchi aeroportda 
rasmiyatchiliklardan o‘tishini engillashtiradi 
 
3.4. HAVO TRANSPORTİDA YO‘LOVCHİ YOKİ YUK 
TASHİSH TO‘G‘RİSİDAGİ SHARTNOMA 
 
Havoda yo‘lovchi yoki yuk tashish tashuvchi bilan tuzilgan shartnomasi 
asosida 
amalga oshiriladi. 
Tashuvchi — havoda yo‘lovchi, yuk yoki pochta tashish huquqina 
beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan ekspluatant 
Havoda yo‘lovchi tashish shartnomasiga asosan tashuvchi havo kemasi 
yo‘lovchisini belgilangan manzilga chiptada ko‘rsatilgan reys bo‘yicha 
uchayotgan havo kemasida joy berish yo‘li bilan eltib qo‘yish, yo‘lovchining 
yonida bagaj bo‘lgan taqdirda, shu bagajni ham manzilga eltish va yo‘lovchiga 
yoki uning vakiliga topshirish majburiyatini oladi.
bog‘lovchi uchishlar uzoqligini ancha qisqartirish, uchish vaqtini kamaytirish, uchishlarning yanada qulayroq jadvalini tuzish, atrof muhitga etkaziladigan ekologik zararni kamaytirish, yo‘lovchilar va aviakompaniyalarga iqtisodiy foyda keltirish imkonini beradi. IATA 1945 yili Gavanada aviatashuvchilar uyushmasi tarzida tuzilgan. Bugungi kunda unga jahonning 130 mamlakatidan 272 aviakompaniya a’zo. Ular orasida “O‘zbekistan Havo Yo‘llari” aviakompaniyasi ham bor. Uchish xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash IATA faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Buning uchun u uchish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan aviakompaniyalarning foydalanish faoliyatiga va aviatsiya asbob- uskunalariga qo‘yiladigan yangi talablarni ishlab chiqadi va amalga kiritadi; turboreaktiv va turbovintli samolyotlarda uchish xavfsizligining holati to‘g‘risidagi hisobotlarni har yili e’lon qiladi; uchish xavfsizligi va inson omilining roli muammolari bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar o‘tkazadi; yo‘lovchilarni bir kara tekshirishni nazarda tutadigan xavfsizlik tizimini ishlab chiqadiki, bu yo‘lovchi aeroportda rasmiyatchiliklardan o‘tishini engillashtiradi 3.4. HAVO TRANSPORTİDA YO‘LOVCHİ YOKİ YUK TASHİSH TO‘G‘RİSİDAGİ SHARTNOMA Havoda yo‘lovchi yoki yuk tashish tashuvchi bilan tuzilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Tashuvchi — havoda yo‘lovchi, yuk yoki pochta tashish huquqina beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan ekspluatant Havoda yo‘lovchi tashish shartnomasiga asosan tashuvchi havo kemasi yo‘lovchisini belgilangan manzilga chiptada ko‘rsatilgan reys bo‘yicha uchayotgan havo kemasida joy berish yo‘li bilan eltib qo‘yish, yo‘lovchining yonida bagaj bo‘lgan taqdirda, shu bagajni ham manzilga eltish va yo‘lovchiga yoki uning vakiliga topshirish majburiyatini oladi.