TURIZM INDUSTRIYASIDA RAQOBATBARDOSH OMILLAR ASOSIDA BUYUK IPAK YO‘LI DAVLATLARINING GURUHLANISHI
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
761,2 KB
TURIZM INDUSTRIYASIDA RAQOBATBARDOSH OMILLAR
ASOSIDA BUYUK IPAK YO‘LI DAVLATLARINING GURUHLANISHI
Reja:
1. Turizm industriyasida moyillik tushunchasi.
2. Buyuk ipak yo‘li davlatlari va loyiha.
3. Metodologiya va natijalar.
4. Guruh tahlili natijalari.
5. Sayohat va turizm raqobatbardosh ustunlari
6. T-Test natijalari. Sayohat va turizm boshqaruv tuzilma quyi indeksi
7. T-Test natijalari. Sayohat va turizm biznes muhit va infratuzilma quyi indeksi
8. T-Test natijalari. Sayohat va turizm insoniy, madaniy va mabiiy resurslar quyi
indeksi
9. T-Test natijalari. Sayohat va turizm indeksida davlatlarning ish qiyosi.
10.
Buyuk ipak yo‘li davlatlarida xalqaro turistlar kelishi va turizm kirimlari.
Turizm industriyasida moyillik tushunchasi
Moyillik - biror kishiga moyillik, doimiy diqqatga sazovor joy. E’tiborga moyil
bo‘lgan dastlabki belgisi marketing bu alohida emas, balki faoliyat tizimi
tushunchasi bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, bu qo‘yilgan maqsadlarga
erishish uchun turistik korxonalarning umumlashtirilgan ketma-ket bajariladigan
harakatlaridir. Demak, marketing bu reklama va xizmatlarni sotish yoki xizmatlarni
yaratish emas, balki marketing tamoyiliga binoan, barcha vazifalarni va harakatlarni
birlashtirishi lozim bo‘lgan tizimdir.
Strategik marketingning maqsad va vazifalari turizm sohasi holatini
tavsiflovchi muammo va moyilliklar bilan ham aniqlanadi.
Raqobat yuqoriligi shundaki, turistik firma, odatdagidek, bozorning boshqa
vakillari tomonidan ham tayyorlangan mahsulotni (joylashtirishni, ovqatlanishni,
madaniy marosimlarni va boshqalar) bozorga chiqarmoqda, iste’molchi ularning
xizmatlaridan vositachilar yordamisiz foydalanishi mumkin. Bunday moyillik va
muammolar marketingning vazifa va qurilmalarini sezilarli darajada o’zgartiradi.
Hozirda talabni o’rganish firma strategiyasini aniqlashda birinchi darajali vazifa deb
hisoblanmaydi.
Buyuk ipak yo‘li davlatlari va loyiha
Buyuk Ipak yoʻli Qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli.
Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.
Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda
madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun
bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda
aytiladigan
naqlga
qaraganda:
„Oʻtirgan —
boʻyra,
yurgan —
daryo“.
Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning
harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu
qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim
davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi.
Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim
zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning
aloxidagi qismlari edi.
Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho
toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib
chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan,
Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib
beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib
topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan
bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya
davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu
yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan.
Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda
Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk
yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning
oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb
oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.
"Qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro
bogʻlagan qitalararo karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk
ipak yoʻli y. atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan
bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar
boʻlishgan.
Buyuk ipak yoʻli y. atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻli y.ni
tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat
olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy
Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar.
ususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877 yil
mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida
ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak
yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli y.“ atamasi qabul qilingan.
Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo
karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli
Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar,
Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin.
Iskandar Maqduniy (qarang Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri
yoʻlga solingan.
Buyuk ipak yoʻli y.ning sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol
oʻynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sugʻdiyona mamlakati i stilo etilishi
bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻli y.ning
markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan
oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida
Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo
tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini qaratadi va bu
yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi
Chjan^Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan
Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki
batafsil yoʻllik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan
tuzilgan. Bu maʼlumotlar Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qoʻllanma“sida
saqdangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning
taxminan 107— 114 yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan
asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga kura, Buyuk ipak yoʻli y. 2 katga kiyemga
boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan
Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning jan. va
Afgʻonistonning shim.gʻarbida joylashgan qad. viloyat)dan boshlangan. Ariyadan
yoʻl shim.ga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna
Marv shahri harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shim.
Afgʻonistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shim. tomon yoʻnalib
Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. 1si, shim.si
boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga
ketilgan. 2si, jan.si esa Surxondaryo vodiysi boʻylab komedlarning togʻli oʻlkasiga
(hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan.
Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb
hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan,
Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl TaklaMakon
choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qad. poytaxti — Chananga olib
borgan. Bu yerdan yoʻl ehgimol shim.gʻarbga Koreya va Yaponiyaga ketgan boʻlsa
kerak.
Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻli y.ning Yettisuv orqali Choch
(Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra Poykend, Marv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi
shim. qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga
ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd savdogarlari Vizantiya va
Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib
oʻtib, Shim. Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik
Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak
kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak
vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni
„varvar“ — german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga
ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3
buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi
oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obʼyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan
uzoq vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish
boʻyicha monopol huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar
koʻp miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj
qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni astasekin Zakavkazye va
Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yoʻli y.ning tarixi tugaydi.
Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq bilan Gʻarbni
bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin
boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki
bu yoʻlning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.
1987 yil YUNESKO madaniy taraqqiyot boʻyicha BMTning umumjahon
dekadasi doirasida „Ipak yoʻli — muloqot yoʻli“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu
dastur Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni
nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi — Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida yanada
mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, ushbu buyuk qitʼalarda
yashovchi koʻp sonli xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat.
Koʻplab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990 yil
okt.; Buxoro, 1996 yil fevral) va seminarlar oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli y. boʻylab
birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar,
broshyuralar va maqolalar chop etildi, baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar
taʼmirlandi. Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Shri
Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yoʻli y.ni oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy intlar
barpo etilgan. Maye, BMT va YUNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida
Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997 yil mayda Oʻrta Osiyoni
Eron bilan bogʻlagan Saraxs — Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi,
bu bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta
Osiyoga chiqish imkoniga ega boʻldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari
Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan loyiha
amalga oshirilmoqda [qarang Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yoʻlagi
(TRACECA)]. Navbatdagi vazifa — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl
uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan
tortib Tinch okeanigacha boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻli y.ning „temir yoʻl“
varianti toʻla tiklangan boʻladi.
Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995
yil 2 iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimovning Buyuk ipak
yoʻli y.ni qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada
xalkaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni
eʼlon qilindi
Metod (yunon. metods — usul)
keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni
anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda
qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim
haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi.
Metodologiya
faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham
o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda
tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo
sharoitlarida voqyelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini
ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida
ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Natija (inglizcha result) yoki rezultat (rus tilidagi versiya) - sifat yoki miqdoriy
ravishda ifodalangan harakatlar yoki hodisalar zanjiri (ketma-ketligi) yakunidir.
Masalan, potensial natijalarga afzallik, noqulaylik, daromad, yo'qotish, qiymat va
g'alaba kiradi. Hamda maqsad kerakli, ammo hali erishilmagan natijani tavsiflaydi.
Guruh tahlili natijalari.
Mahalliy budjetlarning daromadlari bo'yicha statistik ma'lumotlardan kelib
chiqib, daromadlarni hisoblash uchun (1) formulani va uni axborot bilan ta'minlash
lozim:
Inc q TP * CpCm * 1-natija raqami Q CZ * CpCn * 2-natija raqami * 12 Q
Q KC * S3 * 3-natija raqami Q (TP G’ 2) * TsS * 4-natija raqami (1)
Bu yerda
TP - turistik oqim;
CpCm - bir kun narxi (sayyoh tomonidan bir kunlik sayohat uchun sarf qilingan
mablag ', shu jumladan tur xarajatlari);
ChZ - turizm sohasida ish bilan band bo'lganlar soni;
SrSn - turizm sohasidagi o'rtacha ish haqi;
KS - turizm faoliyati uchun foydalaniladigan erlarning kadastr qiymati;
SZ - sayyohlik faoliyati uchun er maydoni;
CA - esdalik sovg'asi narxi (turistlar tomonidan esdalik mahsulotlariga
sarflanadigan mablag ');
Inc - sayyohlik sohasidagi daromadlar.
2019 yil yakuniga ko’ra, turistik xizmatlar eksporti ko’rsatkichi 1 mlrd 313 mln
AQSh dollarini tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan (2018 yilda 1 mlrd 041 mln) 26,1
foizga o’sish qayd etildi. Joylashuv vositalari soni jami 1188 tadan iborat bo’lgan
bo’lsa, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi boshqalar.
Hududlar kesimida joylashuv vositalarining yuklanish darajasi quyidagicha:
Qoraqalpog’iston Respublikasi – 62,6 foiz, Andijon viloyati – 65,0 foiz, Buxoro
viloyati – 96,6 foiz, Jizzax viloyati – 52,5 foiz, Qashqadaryo viloyati – 61,0 foiz,
Navoiy viloyati – 74,3 foiz, Namangan viloyati – 40,6 foiz, Samarqand viloyati –
82,3 foiz, Sirdaryo viloyati – 64,4 foiz, Surxondaryo viloyati – 68,8 foiz, Toshkent
viloyati – 76,1 foiz, Farg’ona viloyati – 42,7 foiz, Xorazm viloyati – 81,5 foiz,
Toshkent shahri – 85,7 foiz.
Sayohat va turizm raqobatbardosh ustunlari
Raqobatbardoshlik – ko’p o’lchovli solishtirma atamadir va uning ob’ektlarini
tasniflash uchun raqobatbardoshlikni miqdoriy ifodalash kerak bo’ladi. Ushbu
vazifani tizimlituzilmaviy usul vositasi orqali echish maqsadida raqobatbardoshlik
tizim sifatida tasvirlanadi.
Turistik hudud raqobatbardoshligi - turistik hududlarning barcha bozorlarda o’z
o’rnini saqlab qolish, vaqt oralig’ida sifat va ko’lamini muntazam oshirib borish
qobiliyatidir. Bundan tashqari, raqobatbardoshlik - turistik hududlarning o’z
raqobatchilariga nisbattan bozordagi salmoqni saqlab turib mavjud resurslardan
oqilona foydalangan holda qo’shimcha qiymatga ega mahsulot (xizmat)larni yaratish
va ularni integratsiyalash qobiliyati hamda tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlari
hudud etqazib berayotgan mahsulot va xizmatlar evaziga, boshqa turistik hududlar
bilan qiyoslaganda, to’laroq qondirilishidir
G.I.Crouch va J.Ritchie turistik hududlar raqobatbardoshligining 36 ta asosiy
omillarini ajratib, quyidagi 10 tamoyil eng muhim degan xulosaga kelganlar: 117 1)
geografiya va iqlim; 2) bozor aloqalari; 3) madaniyat va tarix; 4) turistik tuzilma; 5)
xavfsizlik; 6) narx-navo; 7) soddalashtirilgankirish; 8) imij; 9) geografik joylashuv;
10) infratuzilma.
Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum) doirasida har yili e’lon
qilinadigan Sayohat va turizm raqobatbardoshligi hisobotida (Travel and Tourism
Competitiveness Report) ma’lum davlatlarning turizm sohasi 129 o’sishiga va
investitsion muhitning jozibadorligiga ta’sir etuvchi omillar “SaTuRa” Indeksi
(Sayohat va turizm raqobatbardoshligi indeksi - Travel & Tourism Competitiveness
Index — TTCI) asosida baholanadi. “SaTuRa” Indeksi Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish Tashkiloti (OECD – Organization of economic cooperation and
development) tomonidan har yili e’lon qilinadi.
Turistik hudud (dectinatsiya) raqobatbardoshligi - geografik joylarning rezident
va norezidentlar uchun jozibadorligini optimallashtira olish hamda turizm sohasida
mavjud resurslardan samarali va barqaror shaklda foydalanishni ta’minlagan holda
sifatli, innovativ va jozibali turizm xizmatlarini etkazish evaziga ichki va xalqaro
bozorlarni egallash qobiliyatidir. 2007 yilda ilk marotaba joriy etilgan “SaTuRa”
Indeksi, “davlatning iqtisodiy rivojlanishi va uning raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir
etuvchi sayohat va turizm sohasi barqaror rivojlanishiga turtki bo’luvchi bir qator
omil va iqtisodiy tendentsiyalar”ni hisobga olishni ko’zda tutadi. Mamlakatning
sayohat va turizm sohasi raqobatbardoshligini aniqlash uchun 4 guruhga
birlashtirilgan 14 ta subindekslar tanlangan
Birinchisi, “Rivojlanish uchun qulay sharoitning shakllantirilganligi” bo’lib,
mamlakatda faoliyat olib borishning umumiy qoidalarini qamrab olgan. Ular
quyidagilar: biznes muhit, xavfsizlik va tinchlik, sog’liqni saqlash va gigiena, inson
resurslari va mehnat bozori hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
joriy qilinganligi.
Ikkinchisi, “Sayohat va turizm sohasiga oid siyosat va uning rivojlanishi uchun
qulay sharoitning shakllantirilganligi” bo’lib, sayohat va turizm sohasiga to’g’ridan-
to’g’ri ta’sir etuvchi dastur va strategik rejalarni qamrab oladi. Ular quyidagilar:
sayohat va turizmning strategik soha sifatida tan olinganligi, xalqaro ochiqlik,
raqobatbardosh narxlar, barqaror ekologik vaziyat.
Uchinchisi, “Infratuzilma”bo’lib, turli sohalarda mavjud infratuzilmaning sifati
va barchaga undan foydalanish huquqining berilganligini nazarda tutadi. Havo
transporti infratuzilmasi, er va suv transporti infratuzilmasi, turizmda xizmat
ko’rsatish infratuzilmasi kabilarni qamrab oladi.
Oxirgi, to’rtinchi subindekslar guruhi, “Tabiiy va madaniy resurslar”, ya’ni
sayohat maqsadiga aylanishi mumkin bo’lgan barcha resurslarni, tabiiy resurslar,
madaniy
resurslar
131
va
ishbilarmonlik
turizmi
kabilarni
o’zida
mujassamlashtirgan.
Buyuk ipak yo‘li davlatlarida xalqaro turistlar kelishi va turizm
kirimlari.
Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” XXII Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi
o’tkazildi. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va “Buyuk ipak yo‘li” reklama
agentligi tomonidan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan
mazkur anjumanda O‘zbekiston, Yaponiya, Chili, Fransiya, Rossiya, Litva,
Hindiston,
Birlashgan
Arab
Amirliklari,
Portugaliya,
Tailand,
Turkiya,
Turkmaniston kabi davlatlardan yuzdan ziyod sayyohlik firma va kompaniyalar
vakillari ishtirok etdi
O’zbekiston Respublikasi mustaqil hayot va taraqqiyot yo’lidek eng buyuk
yo’lni tanlab, «Buyuk ipak yo’li»ni ham qayta tiklash g’oyasini birinchilar qatori
ilgari surgan va ushbu g’oyani ro’yobga chiqarish uchun tinimsiz harakat qilayotgan
davlatdir. Shuning uchun ham O’zbekiston qadimiy «Buyuk ipak yo’li»ning yuk
ortilgan ot va tuyalardan iborat karvonlarga moslangan «Ipak yo’li»ning o’ta
zamonaviy mazmun va darajalarda, eng yangi texnika va texnologiyalar bilan
qurollangan ilg’or, 19 murakkab transport va aloqa kommunikasiyalari sistemasi
sifatida qayta tiklanish uchun ko’p tadbirlarni ko’rmoqda. Bu tadbirlarga ham
mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirish, ham «Buyuk ipak yo’li»ni tiklash vositalari
deb qaramoqda. «Buyuk ipak yo’li»ning yangi mazmunda va sifatlarda to’la-to’kis
tiklanishi bilan Evropa va Osiyo mamlakatlari xalqlari uchun butunlay yangi
taraqqiyot manbalari, omillari va imkoniyatlari vujudga keladi. Ular yanada kengaya
borib, ekologik muammolarning eng og’iri – Orol dengizi muammosini echishga
ham yordam berishi mumkin. «Buyuk ipak yo’li» tiklanishining asosiy samaralari
xususida quyidagilarni aytish mumkin.