Turizm sohasida transportda tashish turlari va ularning tasniflanishi
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
558,6 KB
Turizm sohasida transportda tashish turlari va ularning tasniflanishi
Reja:
1. Transport xizmatini amalga oshiruvchi tashkilotlar.
2. Turistik mahsulotlar tarkibida transportning ulushi.
3. Turistlarni transportda tashish xizmatlari va uning turlari.
4. Turizmda transport xizmatlarining tasniflanishi.
«O‘zbekiston Temir yo‘llari» Davlat aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi
(«O‘zbekiston Temir yo‘llari» DATK). U O‘zbekiston respublikasi xududida
joylashgan sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘llari bazasida 1994-yil 7-noyabrda
tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy yo‘llari tarmog‘i 3645 km. ni tashkil
etadi va unda hozirgi kunda 54,7 ming kishidan ko‘prok ishchilar ishlaydi.
«O‘zbekiston
havo
yo‘llari»
Milliy
aviakompaniyasi
tuzilmasi.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" - xalq xo‘jaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk,
yo‘lovchi tashuvlari, maxsus aviatashishlar) bilan ta’minlovchi O‘zbekiston
Respublikasi Milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992 yil 28-yanvarda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu
vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aerovokzallar
qurish,
havodagi
harakatni
boshqarish
tizimini
tubdan
o‘zgartirish,
aerodromlarni yangi zamonaviy texnika bilan ta’minlash, yuqori malakali
mutaxassislarni
tayyorlovchi
baza
hamda
boshqaruv
tizimini
takomillashtirishga yo‘naltirilgan respublika Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish
davlat dasturi amalga kirdi. O‘tkazilgan islohotlar O‘zbekiston aviatsiya
transportining xalqaro, iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalarini
rivojlantirishda etakchchi sohalardan biriga aylanishiga omil yaratdi.
Jahonda 1300 dan ko‘proq aviakompaniyalar mavjud bo‘lib, aviareyslarda
har yili o‘rtacha 1.5 mlrd. kishi tashiladi. Xalqaro havo aloqalariga xizmat
ko‘rsatishda jahonning 1 mingtadan ortiq aeroportlari ishtirok etadi. Ulardan
650 ga yaqini muntazam xalqaro havoda aviatashishlarni ta’minlaydi. Hozirgi
vaqtda xalqaro tashish tarmoqlari barcha geografik hududlarni qamrab olgan va
ular 190 dan ziyod davlatlarni bog‘laydi.
Hozirgi kunda yo‘lovchilarni tashish soni bo‘yicha Amerikaning Delta
Airlines, Pan Amerikan, United, Fransiyaning Air France, Nemislarning
Lufthansa, Britaniyaning British Airwuys Rossiyaning Aeroflot jahonning
yirik aviakompaniyalari hisoblanadi.
Turistik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan avtomobil xizmati uchta
asosiy yo‘nalishni o‘zida mujassamlashtiradi:
•
avtobusda sayohatni tashkil etish;
•
turistlarning shaxsiy transportida sayohatni tashkil etish;
•
avtomobillarni turistlarga prokat (ijra)ga berish.
Avtomobil transporti turizmda eng ko‘p va keng miqyosda foydalaniladi.
CHunki u turistlarni «eshikdan eshikkacha» eltib qo‘yishni ta’minlaydi.
Ushbu maqsadlarda muntazam yo‘lovchi tashish uchun reys avtobuslari va
nomuntazam – turistik korxonaning xususiy transporti va turistning shaxsiy
transporti qo‘llaniladi. Suv transporti vositalari orasida suv osti (ekskursiya suv
osti qayiqlari) va suv usti (teploxodlar, sayohat kemalari, dengiz paromlari,
sayr kemalari, yaxtalar, katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv
transporti vositalari ta’minoti bilan bog‘liq masalalari asosan dengiz va
daryoda turistik maqsadlarda muntazam va nomuntazam yo‘lovchi tashish
misolida qarab chiqiladi.
Islom Karimov nomidagi "Toshkent xalqaro aeroporti" DUK: mamlakatning
havo darvozasi. 2 996 063dan ortiq odam - aynan shuncha yo‘lovchiga 2012-
yilda “Toshkent” xalqaro aeroporti tomonidan xizmat ko‘rsatildi. Bu hali
marra emas. Aerovokzalning yo‘lovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga
1300 kishidan oshadi. “Toshkent”
xalqaro aeroporti dunyoning deyarli barcha
ulkan shaharlari bilan havo aloqalariga ega.
U IKAOning II-toifasiga ega bo‘lib,
barcha turdagi havo kemalarni qabul qiladi.
Aerodrom ikkita - janubiy va shimoliy (ICAO II-toifasi) uchish-qo‘nish
maydoniga, magistral rullash yo‘llariga, uzoq va o‘rtacha magistral samolyotlari
uchun 110 ta turish joylari bo‘lgan umumiy maydoni 100 gektarli perronga
ega.
“Toshkent” aeroporti havo kemalariga, yuklarga va yo‘lovchilarga yerda
xizmat ko‘rsatilishi uchun mo‘ljallangan yer ustki texnikasiga ega: TREPEL-
7.0\20.0 konteynerlarini ortkich; MULAG Comet va Nissan kichik tyagachlari,
MDF-7,7 transportyorlari, AVIA bagajini tashish uchun bort avtomobillari,
HUNERT GmbH suv quygichlari, 5,8 metrga ko‘tariluvchi Albert ABS-580
avtomobil traplari; perronda turuvchi COBUS-3000, MERSEDES-204,
MITCUBISI-ROSA yo‘lovchi avtobuslari;
200-350 tonna SCHOPF F-180, 400
tonnadan ortiq SCHOPF F 369 buksirlash tyagachlari, “Serviser” ALFONS
CAK yonilg‘i quygichlari, 40 tonna yonilg‘i quygichi. 2008 - 2013-yillar
mobaynida yangi maxsus texnika: “FMS TEMPES” rusumli muzlashga qarshi
mashina, ABS-580 avtotraplari, “AIST-9C” havo qizdirish
qurilmasi va boshqa
ko‘plab texnika sotib olingan. Dunyoning yetakchi aviakompaniyalari
o‘zlarining YYevropadan Osiyoga va orqaga tranzit bilan uchuvchi yuk
samolyotlarini qo‘ndirish uchun aynan Toshkentni
bejiz tanlashmaydi.
Aerovokzalning texnika bilan qurollanganligi ham uzoq, ham yaqin horij
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishiga imkoniyat yaratadi. Yo‘lovchilarni
ro‘yxatga olish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan, bu esa xizmat
ko‘rsatish sifatini va madaniyatini ancha yaxshilaydi. Hozirgi paytda
“Toshkent” aeroportida elektron chipta tizimi joriy qilingan.
Yo‘lovchilarni O‘zbekiston hududidagi shaharlarga jo‘natish yangi Mahalliy
Havo Yo‘llari (Toshkent-3) terminali orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda
mahalliy havo yo‘llarining Aerovokzali soatiga 400 ta yo‘lovchini o‘tkazish
qobiliyatiga ega qulay bino hisoblanadi. Yo‘lovchilarni va bagajlarni ro‘yxatga
olish uchun sakkizta ustun, dorixona, do‘kon, ma’lumot xizmati, shaharlararo
telefon va boshqalar mavjud.
Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan har jihatdan qulay bo‘lgan
Toshkent-2 terminali orqali yo‘lovchilarni uzoq va yaqin horijga jo‘natish va
ularni qabul qilish ishlari amalga oshiriladi. Uchib ketish va kelish zallaridagi
chiqish galereyalari 4 ta teleskopik traplar bilan ta’minlangan. Yo‘lovchilarni
ro‘yxatga olish bo‘yicha (DCS) avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan, ro‘yxatga
olish paytidan boshlab havo kemasiga chiqish vaqtigacha yo‘lovchilarga sifatli
xizmat ko‘rsatish jarayoni yaxshilangan.
Hozirgi
paytda
uchib
ketuvchi
yo‘lovchilar
uchun
yangi
blok
foydalanishga topshirilgan.
O‘zbekiston mehmonlariga va aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun Aerovokzal
binosida qulay mebel bilan jihozlangan katta kutish zallari; tunu-kun tartibida
ishlovchi pasport, bojxona va chegara nazorati xizmatlari; ma’lumotxonalar;
bagajni tashish uchun yangi konveyer tizimlari; xalqaro telefon aloqasi; chipta
sotib olish va bronlash kassalari; Duty-Free do‘konlari; barlar; tez
ovqatlanish, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqalar mavjud.
Biznes va birinchi klass yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish uchun VIP
(alohida muhim shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun) va CIP (yuqori qulaylik)
zallari bor. Yo‘lovchilarning qulayliklari uchun ularni samolyotgacha va
orqaga yetkazib qo‘yuvchi alohida har jihatdan qulay avtobuslar taqdim
qilinadi.
Avvalgiday, “Toshkent” xalqaro aeroporti rahbariyatining eng muhim
vazifalariga parvozlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari kiradi. Shuning
uchun aviatsiya xavfsizligini (AX) ta’minlovchi bo‘linmalarning texnik
jihatdan
ta’minlanishiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Barcha nazorat-o‘tish joylari
(NO‘J) tekshirish uskunalari bilan jihozlangan.
“Toshkent” xalqaro aeroporti - mamlakatimizning havo darvozasidir.
Shuning uchun undagi barcha xizmatlarning ishiga e’tibor oshirilgan. Inson
ushbu darvozalar orqali qayerga uchib ketmasin va qayerdan uchib kelmasin,
uning parvozi bexatar bo‘lishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar
bajarilganligiga ishonishi mumkin. Barkamollikka erishish uchun qilingan
barcha harakatlar zoye ketmasligini vaqt hali ko‘rsatadi!
PYTTX faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali ketuvchi tranzit yuklarga ishlov
berish va saqlash;
2. eksport, import yuklarga ishlov berish va saqlash;
3. maxsus toifadagi (xavfli, tirik hayvonlar, tez ayniydigan) yuklarga
ishlov berish va saqlash;
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK reyslarida yuk tashilishini bronlash va
sotish;
2.2 TURİSTİK MAHSULOTLAR TARKİBİDA
TRANSPORTNİNG ULUSHİ
Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati etakchchi
o‘rinlardan birini egallaydi. Bu shu bilan ifodalanadiki, barcha turistik
yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki
ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib
qolmoqda.
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga
chiqishi bilan uzviy bog‘langan va uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infrastrukturaning muhim elementi
hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks
xizmatlarni tashkil qiladi. Transport
korxonalari turizm tizimini shakllantiruvchi
turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
Turistik
mahsulotni
shakllanitirishda
tashqi
tashkilotlar
xizmatlari
harajatlarining ulushi turfirma uchun quyidagicha bo‘ladi:
joylashtirish harajatlari
– 46,5%
transport harajatlari
– 25,7%
ovqatlanish harajatlari – 9,7%
ekskursiya xizmatlari harajatlari – 3,6%
Jami: – 85,5%
(Safar paytidagi sug‘urta xizmatlari, viza xizmatlari, tibbiyot xizmatlari va
boshqalar).
Turizm soxasida transport ta’minoti tizimi qo‘yidagicha farqalanadi:
•
turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish
vositasi sifatida, turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan
manzilga eltib qo‘yish (yoki yo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta
olib kelish;
•
transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport
•
vositasini taqdim etish;
•
tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish:
ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif
byurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish;
•
turga kiritilgan sayoxat davomida ijaraga beriladigan engil avtomashina
2.3. TURİSTLARNİ TRANSPORTDA TASHİSH XİZMATLARİ VA
UNİNG TURLARİ
Tashishning yer ustida olib yurish turlari bo‘yicha :
♦
insoning jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan tashishlar va
harakatlanishlar (piyeda,changida,velosipeda,rikshalar);
♦
xayvonlar yordamida(ulovli,tuyada, otda, itlarda)
♦
mexanik vositalar bilan;
♦
avtomobil transportida(g‘ildirakli, zanjirli,);
♦
relsli transport-temir yo‘llar,metro,tramvay, kanatli yo‘llar;
♦
xavo bolishli transport vositalarli.
Xavo orqali tashish turlari:
1. xavo sharlari va dirijabllar, deltaplanlar, parashyutlar;
2. vertaletlar.
Yer usti va yer tagida
Havoda
Mototsikllar va mashinalar
Kichik flot kemalari
Kengfyuzelyajli samolyotlar
Avtobuslar va tralebuslar
Parashutlar
Temir yo‘l transporti
Havo sharari
Havo bolishli vezdaxodlar
Deltaplanlar
Dengiz osti kemalari
Gidrosamolyotlar
Kosmik kemalar
Vertalyotlar
Elkanli kemalar, yaxtalar
Dengiz kemalari
Daryo kemalari
Suv ustida va suv tagida
MEXANIK HARAKAT VOSITALARI ORQALI TASHISH VA HARAKAT QILISH
1.rasm . Transportda tashish xizmatlarining xili va turi bo‘yicha tasniflanishi