TURIZMGA SUV TRANSPORTIDA XIZMAT KO’RSATISH.
Reja:
1.
Dengiz transportida yo‘lovchi tashishni tartibga solishning huquqiy
asoslari.
2.
Dengiz kruiz kemalarida xizmat ko‘rsatish.
3.
Daryo kruiz kemalarida turistlarga xizmat ko‘rsatish.
4.
Yaxting hamda suvda dam olishning boshqa turlari.
1. DENGIZ TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISHNI TARTIBGA
SOLISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Odamlarni suvda tashish transport vositalari yordamida sayohat qilishning
eng qadimgi turlaridan biridir. Dastlab odamlar buning uchun yog‘och sollar va
qayiqlardan foydalanganlar. Hozirgi zamon turizmida ularni noan’anaviy
transport turlariga kiritish mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti ulkan teploxodlar —
o‘z bortiga yuzlab yo‘lovchilar olish, ularni qulay shart-sharoitlarda uzoq
masofalarga tashish, dengiz va okeanlar bo‘ylab, hatto muzliklar orasida
sayohatlar qilishga qodir laynerlar
yaratilishiga olib keldi
Xizmat ko‘rsatish sohasiga qarab, hozirgi zamon suv transporti dengiz va
daryo transportiga bo‘linadi. Dengiz transportiga mansub bo‘lgan kemalar
xalqaro yo‘nalishlarda, uzoq masofalarga va kabotaj tashuvlarini amalga
oshiradi. Xalqaro dengiz aloqalari deganda yo‘lovchi va yuklarni mamlakat
hududidan tashqariga tashish va mamlakat tashqarisidan tashib keltirish
tushuniladi.
Dengiz transportida yo‘lovchi va yuk tashish xalqaro va milliy qonun
hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xalqaro tashuvlarga nisbatan shartnomalar va
konvensiyalar amal qiladi. 1974 yilda Afinada qabul qilingan «Dengizda
yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risidagi Konvensiya» shunday hujjatlardan biridir.
Konvensiya qoidalari barcha kemalarga nisbatan (havo yostig‘i ustidagi
kemalardan tashqari) amal qiladi va har qanday xalqaro tashuvga nisbatan
qo‘llaniladi, basharti kema Konvensiyaga a’zo davlat bayrog‘i ostida suzsa yoki
shunday
davlatda
ro‘yxatga
olingan
bo‘lsa.
Afina
Konvensiyasida
yo‘lovchining o‘limi yoki uning badaniga shikast etkazilishi natijasida,
shuningdek bagajning yo‘qotilishi yoki shikastlanishi natijasida unga etkazilgan
zarar uchun tashuvchining javobgarligi nazarda tutilgan. Mazkur hujjatga
muvofiq tashuvchining mulkiy javobgarligi yo‘lovchining sog‘lig‘iga shikast
etkazganlik uchun 700000 SHveysariya frankini; qo‘l yukini yo‘qotganlik yoki
unga shikast etkazganlik uchun – 12500 SHveysariya frankini; transport vositasi
uchun – 50000 SHveysariya frankini; bagajning boshqa predmetlari uchun –
18000
SHveysariya frankini tashkil etadi.
1958 yilda tuzilgan Xalqaro dengiz tashkiloti – IMO (International
Maritime
Organization)
dengizda
kema
qatnovi
masalalari
bilan
shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‘lovchi
va yuk tashish sohasida, shu jumladan dengizda suzish xavfsizligi va dengizni
ifloslanishdan saqlash bilan bog‘liq xalqaro hujjatlarni ishlab chiqadi. Ushbu
tashkilot faoliyati natijasida dengizda xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk
tashish masalalarini tartibga soluvchi bir qancha konvensiyalar imzolandi:
«Dengizda inson hayotini qo‘riqlash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1974);
«Dengizda yo‘lovchi va yuk tashishning ba’zi bir qoidalarini bir xillashtirish
to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1967); «Dengizda yo‘lovchi tashishning
ba’zi bir qoidalarini bir xillashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1981);
«Dengizda halokatga uchraganlarni qidirish va qutqarish to‘g‘risidagi xalqaro
Konvensiya» (1979); «Dengizni chiqindilar va boshqa materiallar bilan
ifloslanishining oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya» (1972) va b.
Agar dengizda yo‘lovchi tashish kruiz xususiyatiga ega bo‘lsa, dengizda
yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi shartnomaga mijozga xizmat ko‘rsatish
sohasiga, chunonchi: ovqatlanish, ko‘ngilochar tadbirlar, ekskursiya dasturiga
tegishli bo‘lgan qo‘shimcha bitimlar tuziladi.
Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksining boblaridan biri kemani
muayyan muddatga fraxt qilish (taym-charter) to‘g‘risidagi shartnomaga
bag‘ishlanadi. Ushbu shartnoma turistik va boshqa maqsadlarda yo‘lovchilarni
ommaviy tashish uchun dengiz kemalaridan foydalanuvchi turfirmalar va
boshqa tashkilotlarga qiziqarlidir.
Kemani vaqtinchalik fraxt qilish shartnomasiga ko‘ra kema egasi
belgilangan haq (fraxt) evaziga fraxt qiluvchiga kemani va kema ekipaji
a’zolarining xizmatlarini yo‘lovchi, yuk tashish uchun yoki boshqa tijorat
maqsadlarida muayyan muddatga taqdim etish majburiyatini oladi. Bunday
shartnomani rasmiylashtirishda unda quyidagilar ko‘rsatilishi shart: taraflar
nomi; fraxt qilish maqsadi; kema nomi, uning texnik va foydalanish
ko‘rsatkichlari (yuk ko‘tarish qobiliyati, tezligi va b.); suzish hududi; kemani
topshirish va qaytarish vaqti va joyi; fraxt qiymati; taym-charterning amal
qilish muddati.
Butun taym-charter muddati mobaynida kemani soz holatda saqlash
kema
egasining
majburiyati
hisoblanadi.
Fraxt
qiluvchi
kemadan
foydalanganlik uchun haqni o‘z vaqtida to‘lashi shart — odatda haq muayyan
muddat (yarim oy, bir oy) uchun oldindan avans tariqasida to‘lanadi. Haq
to‘lash muddatlariga rioya qilinmagan
hollarda kema egasi shartnomani bekor
qilish va kemani chaqirib olishga haqli.
Taym-charter shartnomasiga ko‘ra kapitan hamda ekipajning boshqa
a’zolari kema egasining kemani boshqarish, ichki tartib va ekipaj tarkibiga oid
farmoyishlariga
bo‘ysunishi
lozim.
Kemadan
tijorat
maqsadlarida
foydalanishga oid farmoyishlarni fraxt qiluvchi beradi. Bunda fraxt qiluvchi
kemadan shartnomada nazarda tutilmagan
maqsadlarda yoki bitimda nazarda
tutilmagan suzish hududida foydalanishga haqli emas.
Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksida kemani ekipajsiz fraxt
qilish (berbout-charter) shartnomasi ham nazarda tutilgan. Kemani ekipajsiz
fraxt qilish shartnomasiga ko‘ra kema egasi belgilangan haq (fraxt) evaziga
fraxt qiluvchiga muayyan muddatga foydalanish va egalik qilishga ekipaj bilan
komplektlanmagan va
jihozlanmagan kemani yo‘lovchi, yuk tashish uchun yoki
boshqa tijorat maqsadlarida taqdim etish majburiyatini oladi. Bu holda fraxt
qiluvchi kema ekipajini mustaqil ravishda komplektlaydi. Komanda ilgari
mazkur kema ekipaji a’zosi bo‘lgan yoki bo‘lmagan shaxslardan tashkil topishi
mumkin. Ekipajni komplektlash usulidan qat’i
nazar, uning barcha a’zolari fraxt
qiluvchining barcha buyruqlariga bo‘ysunishlari shart. Berbout-charter
shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: taraflarning nomi; kema nomi,
klassi, bayrog‘i, texnik va foydalanish ko‘rsatkichlari; sarflaydigan yonilg‘i
miqdori; suzish hududi; fraxt qilish maqsadi; kemani topshirish va qaytarish
vaqti va joyi; fraxt qiymati hamda shartnomaning amal qilish muddati.
5.2. DENGİZ KRUİZ KEMALARİDA XİZMAT KO‘RSATİSH
XX asr oxirida kruiz industriyasi turistik biznesning eng jadal
rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Ma’lumki, kruiz deganda suv transporti
turlarida sayohat qilish tushuniladi. U orol qirg‘og‘i bo‘ylab ekskursiya qilishni,
port shaharlarning diqqatga
sazovor joylari bilan tanishishni, shuningdek dengiz
va daryo laynerlari bortida dam olishni o‘z ichiga oladi.
Kruiz kompaniyalari, shuningdek ularning floti ko‘rsatiladigan xizmatlar
toifasiga qarab (mehmonxonalar singari) toifalarga ajratiladi. Aksariyat yirik
kruiz kompaniyalari ommaviy iste’molchiga qarab mo‘ljal olsa-da, ular
ko‘rsatadigan xizmatlar «4 — 5 yulduz» darajasidadir. Oliy toifa («6 yulduz»)
kemalar atigi to‘rtta bo‘lib, ular «Seaborn», «Radisson Seven Seas Cruises»,
«Cunard Line» va «Silversea Cruises» kompaniyalariga tegishli. Mazkur
kompaniyalarning kemalari kamida 200 — 250 yo‘lovchiga mo‘ljallangan
bo‘lib, ularga hashamatli apartamentlarda eksklyuziv dam olish hamda
sayohatchilarning odatlari va xohish-istaklarini hisobga oluvchi xizmatlar
taklif qilinadi. Bunday kompaniyalarning xizmatlaridan kema bortida
o‘tkazilgan har bir kun uchun 1000 AQSH dollari va undan ko‘proq haq to‘lashga
qodir boy odamlar foydalanadi.
Ommaviy turizmga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan dengiz kruiz
kemalari 1700 dan 2600 tagacha yo‘lovchi sig‘adigan ko‘p palubali ulkan
kemalardir. Zamonaviy kemalarning o‘rtacha tonnaji 75 000 t dan 100 000 t
gacha etadi.
«Royal
Caribbean
International»
va
«Celebrate
Cruises»
kompaniyalarining dengiz laynerlari o‘zining qulayliklari bilan ajralib turadi.
«Royal Caribbean» kompaniyasining dengiz floti uch klass: Radiance, Vision
va Voyager klasslariga mansub kemalardan iborat.
Radiance kemalarining intereri o‘zining shinamligi bilan farq qiladi.
Ko‘p sonli darchalar dengiz manzaralarini kuzatish imkonini beradi.
Kayutalarning yarmidan ko‘prog‘i individual verandaga ega. Vision klassiga
mansub 6 kemaning barchasi o‘ziga xosligi va tashqi ko‘rinishi bilan ajralib
turadi. Voyager klassi kemalari boshqa kruiz kemalaridan kattaligi bilan farq
qiladi, chunki ular katta maydonlarni talab qiluvchi turli zamonaviy texnika
vositalari bilan jihozlangan.
Bugungi kunda jahondagi eng katta (va qimmat) kruiz layneri 17 palubali
gigant «Voyager of the Seas» hisoblanadi. 1999 yilda suvga tushirilgan bu kema
«Royal Caribbean International» kompaniyasiga tegishli. Uning suv sig‘imi 142
000 t, bortga olishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilar soni — 2200 mehmon va
1180 ekipaj a’zosi, o‘rtacha tezligi — 50 km/soat. Kemaning o‘lchamlari ham
aqlni lol qoldiradi: uzunligi – 311 m, kengligi – 47 m, balandligi – 70 m.
Ushbu dengiz laynerining o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning bortida
birinchi marta quyidagilar qurilgan: konkida uchish maydonchasi, alpinizm bilan
shug‘ullanish uchun devor va haqiqiy ko‘cha — to‘rt paluba balandlikdagi
oynavand gumbaz ostida
promenad. Kemada restoranlar va barlar, diskotekalar,
uch yarusli teatr, tungi klublar, kazino, kutubxona, kinoteatr, ko‘p sonli
basseynlar (jakuzi bilan), bolalar va kattalar uchun “suvtog‘lar”, sauna, sport
inshootlari (golf maydoni, rolikodrom, basketbol maydonchasi, uzunligi 400 m
bo‘lgan yugurish yo‘lagi, fitnes-studiya, 900 tomoshabinga mo‘ljallangan muz
maydoni), tabiiy solyariy, go‘zallik saloni, massaj kabineti, vertolyot
maydonchasi va hokazolar bor. Palubalar o‘rtasida o‘n to‘rtta oynavand lift
yordamida aloqa qilinadi.
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 2000 va 2001 yillarda yana ikkita
shunday megalayner – «Explorer of the Seas» va «Adventure of the Seas» suvga
tushirildi.
Ekonom-klass bo‘yicha kruizlarni amalga oshirishda normal hayot
ta’minoti uchun zarur barcha qulayliklarga ega bo‘lgan eski andozadagi kichik
kemalardan
foydalaniladi.
Klassik
kruizlar,
qoida
tariqasida,
kruiz
laynerlarining servisi, komfort iva dizayniga qo‘yiladigan barcha zamonaviy
talablarga javob beradigan yangi yoki qayta jihozlangan kemalarda amalga
oshiriladi. Mazkur dengiz sayohatlari o‘rtcha ommaviy iste’molchi uchun
mo‘ljallangan. Premium, lyuks va eksklyuziv kruizlar boy turistlarga
mo‘ljallangan bo‘lib, ularga individual tartibda xizmat ko‘rsatiladi.
Karib dengizi havzasi va O‘rtaer dengizi dengiz kruizlari o‘tkaziladigan
asosiy hududlar hisoblanadi. Karib dengizi havzasining afzal jihati shundan
iboratki, bu erda kruizlarni yil bo‘yi o‘tkazish mumkin. Karib dengizi havzasi
bo‘ylab tashkil etilgan kruizlar davomida turistlar bir necha mamlakatga tashrif
buyurishlari va ularning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishlari, ajoyib
plyajlarda dam olishlari, mashhur sharshara va vulqonlarni tomosha qilishlari,
Bagama orollaridagi YAshil lagunada delfinlar bilan suzishda ishtirok etishlari
mumkin. Deyarli har bir portda ularga suv osti dunyosini batiskafda yoki lasta,
niqob yoki akvalang yordamida tadqiq qilish imkoniyati beriladi. Ushbu hudud
bo‘ylab kruiz sayohatlarining davomiyligi 3 kundan
ikki haftagacha; marshrutlar
yo‘nalishlarga qarab tasniflanadi: G‘arbiy Karib, Sharqiy Karib, Janubiy Karib,
Karib Sharqi va G‘arbi, butun Karib.
Paromlarda
kruizlar
dengiz
sayohatlarining
so‘nggi
yillarda
ommaviylashib borayotgan turlaridin biridir. Umumiy holda parom deganda
muayyan qirg‘oqlar o‘rtasidagi suv to‘siqlari orqali transport vositalari
(avtomobillar, avtobuslar, temir yo‘l vagonlari), yuklar va yo‘lovchilarni
muntazam tashishga mo‘ljallangan suzuvchi qurilma (kema, sol va sh.k.)
tushuniladi.
5.3. DARYO KRUİZ KEMALARİDA TURİSTLARGA XİZMAT
KO‘RSATİSH
Daryo va ko‘llar bo‘ylab sayohat ichki suv sistemalari rivojlangan
mamlakatlarda dam olishning eng ommaviy usullaridan biridir. O‘tgan asrning
o‘rtlarida turistik marshrutlarda ishlashga mo‘ljallangan komfortabel daryo
kemalarining qurilishi dengiz kruizlari jadal sur’atlarda rivojlanishiga olib
keldi.
Ichki suv arteriyalari bo‘ylab amalga oshiriladigan kruizlar, dengiz
kruizlariga solishtirganda, bir qancha ustunliklarga ega. Ular muttasil
o‘zgaruvchi manzarani kuzatish, safar marshruti yirik aholi yashaydigan
punktlar orqali o‘tgan holda shaharlar me’morchiligini o‘rganish, agar sayohat
kichik manyovrchan kemada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, istalgan ma’qul
xushmanzara joyda to‘xtash imkonini beradi. Bundan tashqari, daryolar va
ko‘llarda barpo etilgan gidrotexnika inshootlari (shlyuzlar, kanallar, suv
omborlari) ham turistlar diqqatiga sazovor ob’ektlardir. Daryo kruizi turist
uchun bir yo‘nalishda amalga oshirilishi yoki halqali marshrutga ega bo‘lishi
mumkin.
Daryo bo‘ylab sayohatlarni yo kema egalari, yo turistik kompaniyalar
tashkil etishi mumkin. Masalan, Rossiyada Volga daryo kemachilik
boshqarmasi «Rixard Zorge», «Aleksandr Sveshnikov» teploxodlarida
quyidagi kruizlarni amalga oshiradi:
«Moskva—Nijniy Novgorod— Moskva» marshruti bo‘yicha «Zolotыe
kupola Rossii» kruizi (10 kun), Uglich, Mishkin, Kostroma, Plyos, Murom
shaharlarida to‘xtagan holda; «Moskva— Plyos— Moskva» marshruti bo‘yicha
«Uzorы Kostromы» kruizi (6 kun), Uglich, Mishkin, YAroslavl, Kostroma
shaharlarida to‘xtagan holda; «Moskva— Uglich—Moskva» va «Moskva—
Tver—Moskva» marshrutlari bo‘ylab qisqa muddatli uch kunlik sayohatlar.
YAna bir mashhur tashuvchi — Moskva daryo kemachilik boshqarmasi