TURLI XIL MATERIALLAR HAQIDA TUSHUNCHAGA EGA BO`LISH
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
368,2 KB
TURLI XIL MATERIALLAR HAQIDA TUSHUNCHAGA EGA
BO`LISH
Reja:
1. Turli xil materiallar haqida tushuncha
2. Turli xil materiallardan turli buyumlar yasash texnologiyasi haqida
3. Kvillingda bahor gullarini yasash
4. Kvillingda ertak qahramonlari va applikatsiyalar yasash
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Turli xil materiallar turlari, noorganik
materiallar, ish joyini to’g’ri tashkil qilishga talablari, xavfsizlik qodalari.
Turli materiallar bilan ishlash. Plastilin va noorganik materiallar: loy, qum,
sement, yog’och, folga, yumshoq sim, tunuka bilan ishlash. Turli materiallar bilan
ishlash 1-sinf Texnologiya darsligida tabiiy materiallar bilan birgalikda o’tiladi.
Bunda o’quvchilar tabiiy va turli materiallardan foydalanib turli hayvonlar, gullar
yasashni o’rganadilar.
Yog’och bilan ishlash. Yog’och zagotovkalarini qirqish bo‘yicha barcha
operatsiyalarni taxtaning ustida bajaradilar. Arra, qo‘larra yoki lobzik bilan
ishlanganda, belgilangan detallarni kichik tiskalar yoki iskanja (lobzik nabori) bilan
siqib qo‘yiladi. Yog‘ochdan yasalgan detallarni kozein yoki o’qituvchi tayyorlagan
yog’och elim vositasida yopishtirish nazarda tutiladi. Bunday ishlar uchun
o’qituvchii bolalar elimlagan yog‘och detallarni press yoki iskanjada qurita olishlari
uchun joyni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak. O’quvchilar yog‘ochdan yasalgan
detallarni mayda mixlar yordamida mustahkamlash bilan tanishadilar, bslg‘a bilan
to‘g‘ri ishlash usullarini o‘rganadilar. Buning uchun ularga mix qoqiladigan joyni
bur bilan qanday belgilash, bolg‘ani qanday ushlash, yog‘och detallarga jilvir bilan
qanday ishlov berish kerakligini ko‘rsatish lozim. Bolalar gigiena va texnika
xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini, mehnat madaniyati qoidalarini bilishlari va
unga amal qilishlarini qat’iy nazoratda tutmoqlik lozim. Masalan, ish vaqtida haddan
tashqari ortiqcha egilmaslik, yog‘och changini yutmaslik, chiqindilarni ehtiyotkorlik
bilan to‘plash, ish joyini ish tugashi bilanoq yig‘ishtirish va shu kabilardan iboratdir.
«Texnik modellash» – oddiy uchadigan, suzadigan, yuradigan texnik
o‘yinchoqlarni, shuningdek, sxematik namunalar asosida modellarni yasash
mehnatning maxsus turi sifatida ajratilgan.
Shuni aytish kerakki, ilgarilari klub-to‘garak tipidagi darsdan tashqari
mashg‘ulotlarning vazifa va mazmuni bilan mustahkamlangan texnik modellash
bo‘yicha temalar texnik texnologiya darslari ning boshqa barcha temalari bilan
organik birikib ketadi. Dastlabki darslaridayoq o‘quvchilar tabiiy materiallar, qog‘oz
va karton, gazmol, turli materiallar bilan ishlar ekanlar, texnika elementlari bilan
tanishadilar, qism va detal, oddiy razvyortka, detallarni biriktirishning kattiq,
suriladigan, olinadigan usullari va buyumlar haqidagi tasavvurga ega bo‘ladilar.
Bolalar detallarni biriktirishning turli usullari, shuningdek, mix bilan «tirqish
qoldirib biriktirish» kabilar bilan tanishadilar. Bir yoki bir nechta detallardan tashkil
topuvchi oddiy narsalar misolida bolalar pishiqlikni oshirish, ishqalanishning zararli
ta’sirini bartaraf etib, foydali ta’siridan foydalanish, o‘zlari ishlayotgan
materiallarning tuzilishi haqida tasavvurga ega buladilar. Bolalarda narsalarni yasash
ustida ishlash tartibi mo‘ljallash, tayyorlash, yig‘ish, bezash, amal (harakat)da
tekshirish, nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish
kabilar xaqida tasavvuri shakllanadi. Bularning barchasidan keyinchalik modellar
hamda texnik o‘yinchoqlarni yasashda foydalaniladi, ular bolalarning ijodiy fikrini
o‘stiradi, bolalarga to‘plagan mehnat tajribalarini atroflaridagi texnika bilan
bog‘lashlariga yordam beradi. Qishloq xo‘jalik mehnati gul-dekorativ va sabzavot
ekinlarini maktab tajriba uchastkasi hamda xona sharoitlarida o‘stirish ishlarini uz
ichiga oladi. Qishloq xo‘jalik tajribashunosligiga katta e’tibor beriladi. Bolalar
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar, o‘simliklarni
«urug‘dan- urug‘gacha» o‘stirish, qalamcha qilish, ko‘chatdan o‘stirish, bachki
shoxlarni qirqish, mevali bog‘dagi bir qator ishlar bilan tanishadilar. Bolalar o‘z
kuzatishlarida ko‘rib va ularni takrorlab o‘zlari yaratgan sharoitlarda o‘simliklarning
turlicha o‘sishi va rivojlanishi yuzasidan olib borgan ishlarining natijalarini
qiyoslash va tahlil qilishni o‘rganadilar. Ilgari planlashtirilgan tajribalarning yakun
va xulosalari bolalarni biliminn mustaqil egallashga, oddiy tadqiqotlar olib borishga,
tabiatda sodir bo‘layotgan hodisalarning sabablarini axtarish va asoslashga o‘rgatadi.
Qishloq xo’jalik mehnati darslarining aqlni o’stiruvchi xususiyatlari va ahamiyati
mana shundadir.
III sinf texnologiya fani programmasi boshlangich ta’lim yillari davomida
egallangan bilimlarni mehnatda qo‘llashga oshirilgan talablar qo‘yishni nazarda
tutadi.
Texnologiya fani mazmunidan kelib chiqib bolalar o‘qituvchi rahbarligi ostida
oddiy yigma chizmalarni o‘qishni o‘rganadilar, bu narsalarning detallarini uzlari
chizadilar yoki belgilaydilar. Bu maqsadda predmet chizmada 2 – 3 ko‘rinishda
(«oldindan ko‘rinishi», «tepadan ko‘rinishi» va «yon tomondan kurinishi»)
ifodalanadi. Bu bolalarning har bir detal o‘lchamlarini topishlari uchun zarurdir.
Detallar, odatda, predmet (parsa, buyum) namunasi yoki uning texnik rasmi mavjud
bo‘lganda razmetka qilinadi.
Bolalarga avval texnologiya darslarini planlashtirish va o‘tkazishda ajratilgan
yangi bir qator programm bilim hamda ko‘nikmalar beriladi. Ill sinf texnologiya fani
programmasi talablari qisqacha ko‘rinishda quyidagichadir. O’quvchilar yasashlari
lozim bo‘lgan narsaning chizmasini tuzish bilan tanishadilar. Bu maqsadda ular
chizmada aks ettirilishi lozim bo‘lgan predmet va detallarning o‘lchamini bilish
uchun namunalarni o‘lchaydilar, predmetlardan andaza oladilar. Sungra ular uz
chizmalari bo‘yicha razmetka qiladilar. Chizmalar berilgan razmer, va texnik,
shartlar, shuningdek, o‘quvchining o‘zi o‘ylab topgan fikr bo‘yicha ham chizilishi
mumkin.
Asosiy e’tibor turli materiallarga ishlov berishning kiritilishi turli
materiallardan tayyorlangan bir necha detalli narsalar tayyorlash, bu detallarni
buyumda birlashtirish va ularni turli usullar bilan biriktirish, kartonchani pichoq
bilan kesib ishlov berish, lobzik arra bilan tanishish, yogoch, karton, yumshoq
tunukadan tayyorlangan zagotovkalarda teshiklar ochishni o‘rgatishga qaratiladi.
Imkoniyati bor joylarda yangi sun’iy materiallar: shaffof plyonka, yumshoq plastik
massa (pirolon, penoplast) kleyonka, plastik - materiallar, sun’iy mo‘yna va shu
kabilardan narsalar tayyorlashni kiritish lozim. Hozirgi kunda bu materiallarning
chiqindisi ko‘p bo‘lib, maktablar ularni bemalol topa oladilar.
Ish vaqtida «ish qoidalariga» qat’iy rioya qilinadi. Butun e’tibor xilma-xil
qoidalar «asbob va materiallarni asra, avayla», «doimo ishni yaxshiroq qilishni
o‘yla» kabi rioyalarga qaratiladi. Bolalar elektr modellashga mo’ljallangan ish joyini
tayyorlash va uni tartibli saqlash bilan maxsus tanishadilar. Bolalarning uch yil
davomida ishlatgan va to‘qnash kelgan turli materiallarining xususiyatlari haqidagi
programma bilimlariga yakun yasaladi hamda umumlashtiriladi. Bu ish asosan ikki
yo‘nalishda olib boriladi:
1) o‘qituvchi o‘quvchilardan materiallarning xususiyatlari haqidagi bilimlaridan
xilma-xil narsalarni yasashdagi amaliy ishlarida foydalanishni talab qiladi;
2) ayni bir namunani turli belgilari kelib chiqishi, mo‘ljallanishi, xususiyatlari,
tashqi bezagiga kura kvalifikatsiya qila bilishni talab qiladigan material va detallar
namunalarining turli kolleksiya va naborlarini tuzish;
O’qituvchining programma talablarini amalga oshirish bo‘yicha intilishlarini,
birinchidan, mexnat darslariga rahbarlik qilish metodikasini egallash, ikkinchidan,
texnologiya darslari uchun asbobuskuna va materiallar zapasini yaratishga yo‘llash
zarur.
1. Butun yoz va o‘quv yili davomida maktabning ma’lum belgilangan joyida
tabiat, uydan, otaliqqa olgan korxonalardan keltirilgan materiallar: korobka,
upakovka materiallari, qog‘oz, ip, shpagat, sim, laxtak, tunuka, folga, reyka, faner,
gula, tabiiy materiallar, yangi sun’iy materiallarning chiqindilaridan tayyorlangan
zagotovkalar.
2. Yuqori sinflar aktiv o‘quvchilari pionerlardan maxsus komissiya yoki
brigadalar tuzilib, ular boshlang‘ich sinflar texnologiya darslari da qo‘llaniladigan
asbob-uskunalar va detallarni mustahkamlaydigan materiallarning holati, saqlanishi
va remontnini o‘z zimmalariga oladilar.
Texnologiya resurslarida foydalaniladigan asbob va uskunalar komplekta,
detallar, moslamalar ro‘yxati 1-ilovada hamda I va II sinflar qo‘llanmalarida
berilgan.
Boshlang‘ich sinf, ayniqsa III sinfda, texnologiya darslarining moddiy
jihozlangan bo‘lishi – boshlang‘ich ta’limning yangi programmasiga ko‘chgan har
bir maktab direktori, ilmiy bo‘lim mudiri, barcha pedagoglarning vazifasidir.
Biroq hamma gap faqat asbob-uskunaga taalluqli deb o‘ylash xatodir. Shunday
misollar borki, maktabda hamma material va asbobuskunalar mavjud, ammo
texnologiya darslarining darajasi juda past.
Bu o‘rinda asosiy narsa – o‘qituvchilarning boshlang‘ich sinflardagi politexnik
tayyorgarlik bo‘yicha mexnat darslarining programmasidagi barcha yangi narsalarni
chuqur
o‘zlashtirilishi
lozimligini
anglashlaridir.
Texnologiya
politexnik
tayyorgarlik programmasi boshlangich ta’lim predmetlar sistemasining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Obrazli qilib aytganda, «aql ishini qo‘l ishi bilan boglamay turib»
matematika va rus tili, tabiatshunoslik va rasm programma talablarini bolalar
o‘zlashtira olmaydi, oktyabryat va pionerlar kollektivini, har bir o‘quvchi shaxsini
rivojlantirish bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni etarlicha yuqori darajada amalga
oshirib bo‘lmaydi. O’qituvchilar buni tushunib, qalblari bilan his qilganlaridan
so‘nggina, texnologiya darslarining samaradorligini oshirishning yo‘l va vositalarini
har qanday qiyin sharoitda ham axtarib topadilar. Ular uchinchi sinf texnologiya
programmasini o‘z sinf va maktablarining turli sharoitlarida eksperimental
tekshiradilar, demak, I – III sinflar uch yillik texnologiya darslari programmasini
bolalar qay darajada uddalashlarini tekshirish bo‘yicha katta va muhim ishni
muvaffaqiyatli yakunlashga o‘z hissalarini qo‘shadilar.
III sinfda texnologiya darslari to‘g‘ri tashkil etilsa o‘quvchilar texnologiya
darsida istalgan predmetlarni yasay biladi. O’quvchilar mehnatini to‘g‘ri tashkil
etishda eng muhimi, amaliy ishga mo‘ljallangan topshiriqni to‘g‘ri tushuntirishdir.
Har bir topshiriqning mazmuni bolalarda ko‘nikma va malakalar, texnik
tafakkur, mehnatga qanday yondashishning shakllanishi va rivojlanishiga yordam
berishi, shuningdek ularning ishdagi mustaqilliklarini ta’minlashi lozim. Bu o‘rinda
o‘quvchilarning qiziqishlari va individual xususiyatlarini nazarda tutish kerak.
Shuning uchun mexnat topshiriqlarini tuzishda ularga quyidagi o‘quv vazifalarini
hal etish uchun zarur bo‘lgan bir qator ma’lumotlarni kiritish lozim.
1.Buyumning konstruksiyasi, tuzilishi, asosiy qismlarini biriktirish usullari va
nimaga mo‘ljallanganligini tushuntirish.
2.Bolalarni narsani tayyorlash ishining umumiy plani va ishni bajarish tartibi
bilan tanishtirish.
3.O’quvchilarni material-zagotovkani tanlash bilan tanishtirish.
4.Razmetka qilish jarayoni bilan tanishtirish.
5.O’quvchilarni narsani yasash bo‘yicha boshqa operatsiyalar va ularni kontrol
qilish bilan tanishtirish.
6.O’quvchilarda turli texnologik, texnik, shu jumladan, konstruktorlik
masalalarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
O’quvchilarga topshiriqni quyidagi tartibda, ya’ni o‘qituvchi buyumning
namunasini tayyorlab, sinf doskasida ayrim detallarning texnik rasmlarini va
ularning razvyortkasini aks ettirib berishi o‘zini oqlaydi. O’qituvchi narsaning
rasmini ko‘rsatib, uning asosiy qismlari nomini (masalan, fyuzelaj, old qismi, qanoti,
stabilizator) tartibi bilan aytadi. Bunday tushuntirish o‘qituvchi oldindan tayyorlab
qo‘ygan modelni ko‘rsatish davrida ham qilinishi mumkin. So‘ngra o‘qituvchi
detallarning texnik rasmlari va razvyortkalari yordamida bolalarni mehnat
ob’ektining detallari hamda ularni tayyorlash va yigishning umumiy ish plani bilan
tanishtiradi.
1. Samolyot modelining qismlarini o‘rganish (rasm buyicha).
2. Qog’oz tanlash.
3. Detallarni razmetka qilish (shablon bo‘yicha).
4. Detallarni qirqish.
5. Detallarni egish va elimlash.
6. Modelni yig‘ish.
7. Modelni uchirib sinash va tekshirish.
Birinchi navbatda bolalarga zagotovkani tanlashni o‘rgatish kerak: avval rasm
va namuna bo‘yicha detal shaklini, uni tayyorlash mumkin bo‘lgan materialni,
so‘ngra razvyortka bo‘yicha detalning o‘lchamlarini aniqlab chiqish lozim.
Bolalarga belgilangan razmerlar detalning gabarit o‘lchamidan 5 – 10 mm katta
bo‘lishi (ya’ni, pripusk kattaligida) kerakligi aytib qo‘yiladi. Agarda tayyor
zagotovkalar bo‘lsa o’quvchilarga ularni o‘lchab chiqish, uning detal tayyorlash
uchun yaroqliligini, undan detal chiqish- chiqmasligini aniqlash topshiriladi.
Topshiriqlarni tushuntirishda
razmetka jarayoniga katta e’tibor
beriladi.
Topshiriqning murakkabligi razmetkaning qaysi usulda texnik rasm yoki shablon
bo’yicha qilinishiga bog‘liq buladi.
III sinfda bolalarga razmetkaning izchilligini rasmdan ko‘rsatishda eng oddiy
texnologik kartaga murojaat etilib, uning quyidagi bosqichlari tushuntiriladi:
1. Asosiy chiziqlarni tanlash va to‘g‘ri burchakni razmetka qilish.
2. Gorizontal chiziqlarni,
3. Vertikal chiziqlarni,
4. Qiya chiziqlarni utkazish.
5. Detallarda teshik, kesma elementlari va shu kabilarni razmetka qilish va
tekshirish.
Topshiriqlarni tushuntirish va o‘quvchilarga instruktaj berishni kontrol savol,
texnik va texnologik savollar berish bilan yakunlash foydalidir.
Bu savollar taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1. Narsaning nomi nima? U qanday qismlardan tarkib topgan?
2. Narsaning detallarini qanday materialdan tayyorlagan ma’qul? Nima uchun?
3. Detalning qanday qismlari bor? Nima uchun detalning aynan shu formasi
tanlangan?
4. Detallarning forma va razmerini (qurilmani yaxshilash maqsadida) qanday
o‘zgartirish mumkin?
5. Detallarning materiallarini almashtirish mumkinmi? Nima uchun?
6. Detallarni qanday izchillikda tayyorlash lozim?
7. Zagotovka qanday tartibda razmetka qilinadi?
8. Detallar qaysi asbob va moslamalar yordamida tayyorlanadi?
9.Boshqa asbob va moslamalardan foydalanish mumkinmi?
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga texnologiya fani ni berishning muhim
vazifalaridan biri texnik texnologiya darslaridagi amaliy ishlarni bajarish jarayonida
bolalarning konstruktorlik ko‘nikma va qobiliyatlarini o‘stirishdir. Ishga
konstruksiyalash vazifalarining kiritilishi o‘qituvchiga texnik modellar yasash
mashg‘ulotlarini o’tkazishida yordam beradi, chunki konstruksiyalash texnik
modellar yasashning tarkibiy elementi hisoblanadi. Texnik modellashda oddiy
predmetlarni qog‘oz yoki gazmoldan konstruksiyalash bo‘yicha ishlar amalga
oshirilgach, bolalarning ijodkorliklarini, texnik tafakkurlarini o‘stirish uchun juda
qulay sharoit yaratiladi. Ishlab chiqarishda konstruksiyalash, odatda, inson turmush
faoliyatining turli sohalaridagi talablarini yaxshiroq qondirishni nazarda tutuvchi
qulay, chiroyli, sanoat, ro‘zg‘or va boshqa buyumlarni loyihalash, tayyorlash
jarayoni
bilan
aloqadordir.
Estetik
ifodalanganlikni,
kompanovkaning
ratsionalligini, foydalanishning kulayligi, pishiqligi, chidamliligini ta’minlovchi
badiiy konstruksiyalash alohida muhim ahamiyatga egadir. Texnologiya darslaridagi
konstruksiyalash ishlari bolalarning politexnik tasavvurlarini rivojlantiradi, narsalar
yasashdagi mustaqilliklarini, tashabbus va ijodlarini ustiradi. Biror predmet shaklini
yaratishdagi texnologik asoslarni pishiq egallashlariga, konstruktorlik fikrlarini
materialda mujassamlashtirishlariga yordam beradi. Qog’ozdan narsalar yasash
bo’yicha ishlarni bajarishda konstruksiyalash elementlariga o’rgatish o’z
xususiyatlariga ega bo’lib, buni o‘qituvchi nazarda tutishi lozim. Narsalar
konstruksiyasi va texnologik jarayonlarni o‘qituvchi quyi sinflar o‘quvchilarini
o‘qitish xususiyatlari, shunga muvofiq ishlarni texnologiya darslarida amalga
oshirish imkoniyatlarini hisobga olib tanlaydi. Buning uchun o‘qituvchi qog‘ozdan
predmetlarni konstruksiyalashning mazmuni va xususiyatlarini bilishi, bu ishning
quyi sinf o‘quvchilariga texnologiya fani berishdagi vazifalarini tushunishi,
konstruksiyalash ishini tarkib toptiruvchi bosqichlarni egallab olishi zarur.
O’qituvchi
o‘quvchilarda
konstruksiyalash
bo‘yicha
xilma-xil,
avvaliga
konstruksiyaning o‘zini, asl nusxalarini, o‘z fikrini amaliy ro‘yobga chiqarishga
asta-sekin yondashishi uchun oddiy masalalarni hal etish ko‘nikmasini
shakllantirishda ularga individual yondashishni amalga oshirishi zarur. Narsalarni
konstruksiyalash ishlarining asosiy mazmuni quyidagichadir:
1. Ob’ektni, narsaning nimaga mo‘ljallanganligi hamda uning pishiqligi,
chidamliligi, bezalishi, foydalanishga qulayligi, jihozlanishiga qo‘yilgan talablarga
muvofiqligini hisobga olib tanlash.
2. Narsaning ratsional konstruksiyasini asosiy va qo‘shimcha detallarning shakli,
o‘lchami va sonini, ularni biriktirish usullarini aniqlash.
3. Ratsional va foydalanishga qulay texnologiyani izlash, materiallar,
bajarishning usul, vosita, tartib va sharoitlarini, yordamchi ishlov beradigan, yig‘ish
va bezash operatsiyalarini tanlash. Texnologiya darslariga konstruksiyalash
elementlarining kiritilishi o‘quvchilar tomonidan yangi narsalarning yasalishini
shart qilib qo‘ymaydi. Agarda o‘quvchilar, masalan, karnaval bosh kiyimlarini hech
qachon tayyorlamagan bo‘lsalar, ularga bu narsani konstruksiyalashning
topshirilishi xato bo‘lgan bo‘lur edi, Konstruksiyalash bo‘yicha dastlabki ishlar
uchun tanish predmetlar, operatsiyalar va mehnat usullaridan foydalanish zarur.
Konstruksiyalash uch bosqichga bo‘linadi:
a) fikr yuritish operatsiyalarini qamrab oluvchi aqliy konstruksiyalash –
konstruksiyani o‘ylash, uning asosiy qismlari, detallari ustida fikr yuritish, o‘ylangan
konstruksiyani ilgari ma’lum bo‘lganlari bilan qiyoslash;
b) grafik konstruksiyalashda chizma va rasmlarni ma’lum fikr bo‘yicha
detallarning shakli, o‘lchamlari va shu kabilarni kerakli hisob-kitoblar asosida
aniqlab amalga oshirish.
v) predmet-manipulyativ konstruksiyalash, bunda oldingi ikki bosqich asosida
tasvirlash, chizma yoki rasm bo‘yicha ishni bajarishning fikriy va qo‘l operatsiyalari
birlashtiriladi.
Texnologiya
darslarida
konstruksiyalash
ishlarining
tartibi
quyidagicha amalga oshirilishi mumkin.
1. Buyum namunasini tahlil qilish, qog‘oz yoki boshqa materiallardan
tayyorlangan qurilmalarni eslash. 2. Buyumning nimaga mo‘ljallanganligini aniq
bilib olish va anglash.
3. Asosiy va qo‘shimcha detallarning shakli, o‘lchami, miqdorini kollektiv
o‘rtasida muhokama qilish.
4. Muayyan materiallarni almashtirish imkoniyatlarini aniklash.
5.Buyumning dekorativ bezagini nazarda tutib eskizini yasash.
6. Narsani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni, ularning izchilligini,
operatsiyalarni o‘zgartirish yoki almashtirish imkoniyatlarini qayd qilish. Ishdagi
aniqlik va tartiblilik talablarini, o‘zini-o‘zi kontrol qilish xususiyatlarini anglash.
Sim bilan ishlash va undan o‘yinchoqlar yasash. Turli maydachuyda narsalarni
yasashda xilma-xil simlardan foydalanish mumkin. Xlorvinil izolyasiyasi yoki usiz
yumshoq sim to‘qish va o‘rib ishlash uchun yaroqlidir. Qattiq po‘lat yoki alyumin
simdan texnik modellashda bir qator detallarni yasashda foydalaniladi. Bu simdan
arava, avtomobil o‘qlari, suv parragi, yumshoq o‘yinchoklar va shu kabilarni
tayyorlashda foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan simlarning ayrim xususiyatlari
hakida ma’lumotlar. Chiqarilayotgan simlarning diametri 0,005 dan 17 mm gacha
bo‘ladi. U asosan dumaloq kesimli bo‘ladi. Biroq kvadrat, olti qirrali,
trapetsiyasimon yoki oval shakldagi simlar ham bo‘ladi. Simlardan turli
maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar, mixlar, elektrodlar, ingichka
parma, muzika asboblari uchun torlar yasash va shu kabilardan foydalaniladi.
Simdan tayyorlanadigan narsalardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Masalan, engil archa o‘yinchoqlari (xar xil to‘qilgan gullar, barglar va ustiga rangli
ip o‘ralgan), turli o‘yinchoq suvenirlarni yasash, agarda ma’lum tema bo‘yicha 2-3
figura
birlashtirilsa,
syujet
kompozitsiya
(masalan,
«balet»,
«zoopark»,
«muzikantlar» kabi)larni yaratish mumkin. Bu o‘yinchoqlarda o‘quvchilar o‘z ijodiy
qobiliyatlarini namoyish etadilar. Karkaslarga rangli iplar, yumshoq, sim, gazlama
o‘ralishi mumkin. Simdan yasaladigan har qanday o‘yinchoq bir bo‘lakdan hech
qanday qirqishlarsiz, ulashlarsiz yasalishi kerak. Ayrim bo‘laklardan faqat bezash
maqsadlarida foydalaniladi. Ishni oddiy narsalarni yasashdan boshlagan ma’qul.
Xo‘tik, echki va shu kabilarni yumshoq simdan tanasini yasashdan boshlab,
keyin oyoqlari, boshi, quloqlari qilinadi. Uni kiyintirish ham mumkin, buning uchun
unga rangli ip o‘rab chiqiladi. Ip, gazlamadan kokil, dum yasaladi, umuman figurani
o‘z istagiga ko‘ra bezash mumkin.
Turli xil ajoyib odamchalarni yasash uchun 400 mm sim, har xil rangdagi
qog‘oz, gazlama, mo‘yna, mochalka, rangli ip, shablon uchun qog‘oz kerak bo‘ladi.
Avval narsa yasaladigan barcha detallar tayyorlanadi. Oyoq-qo‘llar, gavda burab
yasaladi, so‘ngra xam-ma detallarni biriktirib odamcha yasaladi. Bu odamchaning
gavdasi karton taglikka o‘riatiladi, kartondan bosh andazasi olinadi (ikki bo‘lak) va
ularni bo‘yin, bosh xamda bosh bo‘laklari bir-biriga muvofiq keltprib elimlanadi.
Shundan so‘ng uni o‘z istagiga ko‘ra bezaladi.
Yumshoq simdan xilma-xil o‘yinchoqlarni yasash mumkin. Taklif etilayotgan
rasmlar o‘quvchida ijod va fantaziya cheksizligini oshiradi. Simlardan jumboqlar
yasash. Sim jumboqlar bir-biriga birikkan sim figuralardan iborat bo‘lib, ularni
butunligi va tashki ko‘rinishini buzmay, ya’ni simlarni sindirmay va egmay bir-
biridan ajratish kerak. Jumboqlarni yasashda o‘rtacha qattiqlikdagi 1,5—3 mm
simlardan foydalaniladi. Sim jumboqlarning o‘lchami cheklanmaydi, biroq ularni
haddan tashkari mayda yoki kattalashtirib yubormaslik kerak. Har bir sim jumboqni
yasashga kirishishdan oldin natural kattaligida chizib ko‘rish kerak. Bunda sim
jumboqlarning turli detallari o‘z mo‘ljallangan joyiga qat’iy muvofiq kelishiga rioya
qilish kerak.
Sim jumboklarni yasashda bolg‘a, jag‘i o‘tkir, jag‘i yassi va jag‘i yumaloq
ombirlar kerak bo‘ladi. Simni barcha konturlar bo‘yicha rasmga aniq muvofik
keladigan qilib qirqish qiyin.
Xar bir sim jumboqda faqat figuralarni qanday ajratish yo‘linigina emas, balki
keyin ularni biriktira bilish ham muhimdir.
Plastmassalar. Plastmassa sun’iy olingan modda bo‘lib, unda molekulalar
sintez yo‘li bilan oldindan belgilangan tuzilishga olib kelinadi. Sun’iy yaratilgan
moddalar sintetik ham deyiladi. Sanoatimiz plastmassadan turli predmetlarni va
kapron, neylon, organik oyna, paralon, polietilen va shu kabi xilma-xil to‘qimalarni
ishlab chiqaradi. Zamonaviy ximiya sanoati shunday materiallarni yaratganki,
ulardagi xususiyatlar tabiiy materiallarda uchramaydi. Sintetik materiallar —
plastmassalar o‘sha qimmatli sifatlari bilan ajralib turadi. Plastmassalar juda engil
va shu bilan birga bukiluvchan va elastikdir. Ayrim plastmassalar. o‘ta mustaxkam
bo‘lyb, issiqliq va elektrni yaxshi izolyasiya qiladi, kislotalarga bardoshlidir.
Plastmassaning kimmatli xususiyatlaridan biri ulardan yuksak unumdor usulda:
quyish, presslash va shu kabi usullarda mahsulot ishlab chiqarishning mumkinligidir.
Plastmassaga ishlov berish jarayonnda deyarli chiqindi bo‘lmaydi, mahsulot
darhol tayyor holda chikadi, ya’ni ularga qo‘shimcha ishlov berilmaydi.
Plastmassalar boshqa qimmatli xususiyatlarga ham egadir-ki, bu ulardan qurilish,
texnika va turmushda yanada kengroq foydalanish imkonini beradi.Plastmassa yo
sof tarzdagi polimerdan, yo polimerning to‘ldirgichlar bilan birikmasidan iborat
bo‘lishi mumkin. Yog’och qirindilari, ip-gazlama, oyna tolasi, qog‘oz va boshqa
materiallar to‘ldirgich bo‘lishi mumkin. To‘ldirgichlar pishiqlikni, qattiqlikni, o‘tga
bardoshlilikni oshirish va shu kabilarga xizmat qiladi. Ba’zan plastmassalar tarkibiga
ularning plastikligini oshirsh uchun plastifikatorlar, tashqi ta’sirlardan saqlovchi
bo‘yovchi kabilar kiritiladi.
1-sinf Texnologiya darsligida “Tabiiy va turli materiallardan hayvonlar yasash”
mavzusida plastmassa bilan ishlash keltirilgan.
Keyingi yillarda aviatsiya sanoati, avtomobilsozlik, asbobsozlik, stanoksozlik,
meditsina va turmushda keng qo‘llanilayotgan xilma-xil plastmassa turlari yaratildi.
Amaliy mashg‘ulotlarda topilishi oson bo‘lgan plastmassalardan va ishlab
chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: organik shisha, paralon, penoplast,
linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir. Organik shisha, Keyingi yillarda yangi ajoyib
material — organik shisha yoki pleksiglis keng tarqaldi. Bu odatda oddiy shisha
singari shaffof, ammo sinmaydigan sun’iy plastmassadir. Organik shishani arralash,
egish va elimlash mumkin. U turli ranglarga bo‘yaladi. Organik shishadan harflarni
(stend sarlavhalari uchun), turli emblema va bezaklarni, ayniqsa asboblar,
kolleksiyalar uchun quticha va g‘iloflar, texnik modellash uchun turli detallarni
qirqish mumkin.
Organik shisha 2—10 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. U bilan qalinligi 3 mm
gacha bo‘lgan yupqa taxtachalarga ishlov beriladi. Organik shishani arra va lobzik
bilan arralanadi, uni egish uchun bir oz isitish kerak, uning kichikroq parchalarini
suvda qaynatib yumshatish mumkin. Organik shisha o‘zidan tayyorlangan elim bilan
yaxshi yopishadi.
Organik shishani yopishtiradigan elimlarning soni ko‘p, biroq. o‘quv
ustaxonalarida BF-2 dan foydalangan ma’qul. BF-2 bilan elimlangan narsa 3—4
sutka davomida biriktirilgan holatda saqlanishi kerak. Atseton va amilatsetatda
organik shishadan tayyorlangan elim yaxshi va tez yopishtiradi, biroq uiing xidi juda
yomon bo‘lganligi uchun ustaxonani yaxshilab shamollatishga to‘g‘ri keladi.
Paralon sun’iy yo‘l bilan olingan material bo‘lib, g‘ovak strukturaga ega, usti
yumshoq, juda engil, yaxshi bo‘yaladi, suv ta’sir etmaydi. Paralonni gazlamaga,
qog‘ozga va ko‘pgina boshqa materiallarga yopishtirish mumkin. Paralon xalq
xo‘jaligida, jumladan, mebel sanoatida: divan matratslari, stul, kreslo o‘tirgichlari
uchun foydalaniladi. Tikuvchilik sanoatida paralondan vatin, paxta, mo‘yna o‘rnida
foydalaniladi. U juda engil hamda ajoyib issiqlikni izolyasiya qilish xususiyatiga ega
bo‘lib, qo‘g‘irchoq fabrikalarida keng ko‘llanadi, undan turli xil o‘yinchoqlar
tayyorlanadi,
chiqindilari
o‘yinchoqlar
g‘ovagini
to‘ldiradi.
Paraloidan
o‘yinchoqlar, turli narsalarni yasashdan oldin bo‘lajak buyumning chizmasini yoki
tasvirini chizish lozim. Ana shu chizma yoki tasvir asosida kartondan andaza
qirqiladi. Andazani paralonning ustiga qo‘yib, oddiy qalam bilan chizib chiqiladi,
so‘ngra detallar yoki to‘liq mahsulot qaychi bilan qirqib olinadi. Paralonni oz-ozdan
qirqish kerak, chunki paralon siqiladi, shuning uchun uzun qirqilgan joylar notekis
chiqishi mumkin.
Detallarni mahsulotga biriktirishning boshqa usuli ham mavjud. Unda detallar
sim bilan biriktiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘z fantaziyalarini namoyish qilishlari,
figuralar qomatini turlicha ko‘rsatishlari mumkin.
Penoplast anchagina pishik, juda engil, oq rangdagi material. Undan
kemasozlik,
samolyotsozlik,
qurilish
va
elektronika
hamda
boshqalarda
foydalaniladi.
O’quv ustaxonalarida maxsus asboblarsiz turli o‘yinchoqlar, postanovkalar
uchun butofariyalar, texnik modellash bo‘yicha suvda suzadigan modellar va shu
kabilarni yasash mumkin. Penoplastni qirqish, qchrish va turli materiallarga elimlash
oson, uni topish qiyin emas, ishlab chiqarish chiqindilaridan ham foydalanish
mumkin. Penoplastdan narsalar yasash jarayoni juda oddiy. Rasm yoki chizmani
penoplastning tekis sathiga qalam bilan chiziladi va u mayda tishli arra, lobzik bilan
qirqib olinadi. Arralashda paydo bo‘lgan kirdichiqdi, notekis joylar egovlab
tekislanishi mumkin. Tayyorlangan materiallar turli elimlar vositasida montaj
qilinadi.
Yog’och bilan ishlash. Yog‘och eng ko‘p tarqalgan materiallardan bo‘lib,
ukuvchilar mashg‘ulotlarda ko‘p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari
kerak.
Qaragay — ko‘p tarqalgan va ishlov berilishi oson daraxtdir. U unchalik qattiq
emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo‘ylab randalanadi. Qarag‘ay
yogochning rangi bir oz qizg‘ish ottenkali ochsariqdir.
Qoraqarag‘ay — yaxshi ishlanadi, uning yog‘ochi ok rang, ba’zan sarg‘ish
ottenkali bo‘ladi. Qoraqarag‘ay strukturasiga ko‘ra qarag‘aydan yumshoq va engil.
Biroq, qoraqarag‘ayda butoqlar ko‘p, qurigaida yorilib ketadi, bu uning nuqsonidir.
Qayin — qarag‘ayga nisbatan pishiqroq va og‘irroq, biroq oson arralanadi va
randalanadi, qayin yoqimlp qizg‘ish tovlanuvchi ochsariq ottenkaga egadir.
Jo‘ka — yog‘ochi yumshoq, arralash oson, stameska, pichok bilan oson
ishlanadi, chetlari uqalanmaydi, darz ketmaydi. Jo‘kani yorish qiyin. Jo‘ka qarag‘ay
va qoraqarag‘aydan engil, sarg‘ish ottenkali ok rangga ega.
Tog‘terak — asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Eg‘ochi
yumshoq, anchagina engil.
Eman — yog‘ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og‘ir, chiroyli jigar rangga
ega.
Turli materiallar bilan ishlash darslarining texnologik xususiyatlari, qog’oz va
karton bilan ishlash hamda gazlama va tolali materiallar bilan ishlash darslaridan
farq qiladi. Chunki qog’oz, karton va gazlama hamda tolali materiallar tayyor
mahsulot bo’lib, ulardan turli o’yinchoqlar yasaladi, ularning chiqindilaridan ham
tejamkorlik bilan foydalanish o’rgatiladi.
Turli materiallar bilan ishlashda esa, eng avval, qaysi narsadan nimalar yasash
mumkinligini avvaldan rejalab, anchayin izlanib, tabiat qo’ynidan axtarib topib,
yig’ib olingandan so’ng, reja asosida turli o’yinchoqlar, ertaklar asosida ko’rsatmali
ko’rinishlarga boy personajlar yasash mumkin. Turli multfilmlar asosida
qahramonlar qiyofalari, turli rangli manzaralar yasaladi.
Mehnat darslarida turli tabiiy materiallar- daraxt novdalari, qamish, poxol,
g’o’za chanoqlari, yong’oq, qum, loyning ishlatilishi hamda plastic massalar:
plastilin, rezina, sellofan, polietilin lentalar, plyonkalar, gugurt qutilari, g’altak, iplar,
turli chiqitlar; tuxum po’chog’i, xandon pista po’chog’i, danak po’choqlari,
bo’shagan plastmassa idishlari ishlatiladiki, ana shunday tashlab yuborilishi mumkin
bo’lgan narsalardan chiroyli, go’zal o’yinchoqlar, ertak qahramonlari, turli
ko’rsatmali manzaralar yasah mumkinligi tejamkorlik ruhida tarbiyalash
imkoniyatlar ko’pligini ko’rsatadi. Tashlandiq narsalardan ham kerakli buyumlar,
estetik zavq olsa bo’ladigan, ayniqsa, o’z ko’rinishi, mazmuni bilan bolalarni
tarbiyalashi mumkin bo’lgan narsalar yasalishi ular tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi.
Turli tabiiy materiallarni to’plash, saqlash yo’llarini, ularga ishlov berish yo’llarini
qo’llash bolalarga tabiatshunoslik darslarida olgan bilimlarni mustahkamlash
imkonini beradi.
Turli tabiiy materiallardan bilan ishlash mashg’ulotlarni rejalashtirish va
materiallarni tanlashda, albatta, mahalliy sharoitlardan kelib chiqish, o’lka iqlimi,
tabiati, ishlab chiqarish korxonalari, xalq badiiy ustaxonalari va shu kabilar e’tiborga
olish kerakligini unutmaslik lozim. Bunday mashg’ulotlar bolalarning ijodiy
qobiliyatlarini o’stiribgina qolmay, ularning ijodkorligini o’stiradi, estetik
hissiyotlarni shakllantiradi. Turli materiallarning o’ziga xos texnologik xususiyatlari
xilmaxilki, ulardan narsalar yasashda material sifatida ham, yasalgan narsaga bezak
berish materiali sifatida ham foydalanish mumkin. Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki,
turli materiallar bialn ishlash jarayonida bolalar quyidagi malaka va ko’nikmalarni
egallaydilar.
1. Turli tabiiy materiallarni to’plash va saqlash qoidalari bilan tanishish.
Tevarak-atrofni muhofaza qilish. 2. Turli tabiiy materiallarga ishlov berish va
rejalashtirish.
3. Turli tabiiy materiallarni tu’plash uchun atrof-muhitdan obyekt tanlash.
4. Turli tabiiy materiallardan nimalar yasa olishni tahlil qilish hamda ularga
ishlov berish asboblarini tanlash.
5. Mustaqil fiklab, ijodkorligini namoyon qilish. Ijodkorlik qobiliyatini o’stirish.
6. Boshqa xil materiallar bilan tanishish (yog’och, yumshoq sim, tunuka, turli
chiqindilar to’plashlari).
7. Obrazlar, personajlar, o’yinchoqlarni yaratishda konstruktorlik va ijodiy
qobiliyatlarni o’stirish.
8. Yog’och va metallga ishlov berish asboblari bilan tanishish, ya’ni pichoq,
bolg’a, arra, parma, bigiz, qaychi, ombur, o’tkir tig’li asbob kabi…
Bolalarda turli tabiiy materiallar bilan ishlash alohida qiziqish uyg'otadi.
Ayniqsa, o'quvchilar loy, plastilin va tabiiy materiallar, jumladan, daraxtlarning
shoxlari, chinor urug'lari, turli qurigan barglar, daraxt po'kaklari, yelimlaridan
foydalanib qushlar, jonivorlar, ertak ishtirokchilarining shakllarini qiziqib
yasaydilar. O'z tasavvurlaridagi personajlar bilan boyitadilar.
O'quvchilar turli materiallar bilan ishlashda ishlash qoidasiga, texnika
xavfsizligi qoidalariga, gigiyena-sanitariya holatlariga rioya qilibgina qolmay,
telamkorlikka ham alohida e'tibor beradilar. Shuni unutmaslik lozimki, ko'zga
tashlanmagan qismlar, chiqindilar yig'ilib kattalashadi. Demak, o'qituvchi tabiiy
materiallardan turli narsalar yasashni rejalar ekan, o'quvchilarga:
- turli tabiiy materiallarning xossasi va xususiyatini hisobga olgan holda
isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslikni tushuntirishi;
- ularning shakli, ko'rinishlarini rejalab, aniq narsa yasash yo'li bilan tejashni
o'rgatishi;
- qanday asboblar ishlatish mumkinligi va asboblarni to'g'ri ishlatish
(sindirmaslik, buzmaslik) yo'lini uqtirishni bilishi;
- asboblarni ishlayotganda juda egilib, chang-to'zon yutishdan, ish joyini tartibsiz
qilishdan saqlanishni ta'kidlashi;
- ish mazmunini sodda, murakkabligiga qarab, bosqichmabosqich sinflarga
moslashyo'li bilan tejamkorlik tuyg'usini singdirishi talab etiladi.
Yuqoridagi tartib va qoidalar sinf o'quvchilarda tejamkorlik, tadbirkorlik
sifatlarini tarbiyalash, mehnat darslari samaradorligini oshiradi.
Asosan 1-sinflarda bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olib sanchmaydigan,
qirqmaydigan, kesmaydigan asboblardan foydalangan holda po'kak, turli bo'sh
qutilar, qutichalar, daraxtning urug'lari, qurigan barglaridan yelimlab yopishtirib,
plastilin yordamida yopishtirish yo'li bilan turli shakldagi o'yinchoqlar yasash
o'rgatiladi va o'rganish jarayonida bolalarda yig'ilgan tabiiy materiallarni o'rni bilan
ishlatishga, turar joyini asrab-avaylashga, tabiatni muhofaza qilishga o'rgatish bilan
tejamkorlik hissini rivojlantira boriladi. Ayniqsa o'quvchida turli materiallardan
foydalanib
narsalar
yasayotganda
ish
joyini
saranjom-sarishta
tutush,
plastilinyordamida yopishtirish kerak bo'lganda, plastilinni partaga ishqab
yumshatmaslik, maxsus taxtachada yoki klyonka, sintetik qog'ozcha ustida
yumshatish, kiyimlariga surtmaslik uqtiriladi. Chunki partani plastilin ishqab qo'ysa,
kitob-daftarlari yopishadi, sifati buziladi, yirtiladi, parta ham xunuk bo'ladi.
Qolaversa, kiyimlariga yuqadi, iflos bo'ladi. Ifloslangan partani hadeganda tozalab
bo'lmaydi. Partani toza tutish bilan maktab mulkini asragan bo'ladi hamda hozirgi
iqtisodiy taqchillik davrida maktab mulkini tejaydi. Shuningdek, plastilin ham
tejaladi. Yuqoridagi omillarni bosqichma-bosqich o'stirib, rivojlantirib borilishi
o'quvchilarda tejamkorlik sifatlarining shakllanishiga olib keladi.
O'quvchi 2-sinfga o'tgach, endi turli tabiiy materiallar bilan ishlash asta
murakkablashib boradi. 2-sinf o'quvchisi xilma-xil materiallar, yog'och, metall, loy,
qum kabilardan narsa-buyumlar tayyorlashni o'rganadilar. Endi o'quvchilar ayrim
asboblardan foydalanishni, asboblar bialn ishlashda texnika xavfsizligi qoidasiga
rioya qilishni va bu bilan o'zlarining sog'liqlariga zarar keltirmagan holda asboblarni
ham asrab-avaylashni o'rganadilar. Shu yo'nalishda o'quvchilarda o'yinchoqlar
yasash va turli materiallarni ishlatishda tejamkorlik hissiyoti chuqurlashtirilib,
singdirib boriladi. 3-sinfga o'tganda bu holat yana ham kengroq shakllantiriladi.
Bunday ijobiy fazilatlarni o'quvchilarning turli materiallardan maketlar, texnik
o'yinchoqlar, yog'och va fanerdan gul tuvaklarini (guli bilan) qo'yish uchun naqshli
tokchalar, stellyajlar; yumshoq simlar yordamida turli shaklli o'yinchoqlar
yasashlarida ko'ramiz.
Turli materiallar bilan ishlash turidan tashqari texnik modellash, ya'ni
konstruktorlar bilan ishlash, qishloq xo'jalik mehnati hamda o'zo'ziga xizmat turlari
borki, bu mehnat turlarini o'quvchilarga singdirishda ham tejamkorlikka alohida
e'tibor beriladi. Konstruktor to'plamlari bilan ishlashda bolalar texnik modellar
yasaydilar, shu tariqa ularda qurish-yasash, konstruktorlik qobiliyatlari o'sib boradi.
Mehnat darslarida texnik modellar-samolyot, mashina, parovoz, paroxodlar haqida
tushuncha berib borish bilan birga shu texnika vositalari inson mehnatini
osonlashtirgani haqida to'xtalib, ana shu texnikani asrab, uzoq vaqt ishlatish bilan
hayotimizda tejamkorlikka erishayotganligimizni, hayotimiz farovon bo'lib
borayotganligini tushuntiradi. 4-sinfda o'tar ekanmiz, elektr energiyasini tejash
kerakligini, u inson hayotida nafaqat yoritish vazifasini bajarishi, balki sanoat va
qishloq xo'jaligida, oziq-ovqatlar ishlab chiqarishda dvigatellarni, katta zavodlarni
yurgizishi haqida tushuncha beramiz. Mehnatning boshqa turlarida ham
tejamkorlikning zarurligi haqida fikr yuritilsa, suhbatlar o'tkazilsa, ko'zlangan
natijaga erishishi mumkin.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Turli xil materiallar turlarini ayting.
2. Yog’ochning qanday turlarini bilasiz?
3.Turli xil materiallar bilan ishlashda qanday texnika xavfsizligi qoidalari
mavjud?
Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar:
1.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.
2.Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi». Darslik. Т.: TDPU.2015-yil.