1
UMUMIY ETIKANING ASOSLARI.
Reja:
1. Axloq va yurish-turish qoidalari
2. Etikaning rivojlanish tarixi.
3. Asosiy etika qoidalarining xususiyatlari.
2
1.Axloq va yurish-turish qoidalari
Yuqorida keltirganimizdek «etika» termini qadimgi grek «etos» so’zidan kelib
chiqqan bo’lib urflar, odatlar, xulq-atvorlarni bildiradi va etika fan sifatida 20 asrdan
ortiqroq mavjud.
Etika bu odob-axloq haqidagi fan. Odob-axloq ijtimoiy ong shakli bo’lib, unda
jamiyatda yashayotgan kishilarning g’oyalari, tasavvurlari, tamoyillari hamda yurish-
turish qoidalari o’z aksini topadi. Axloq va yurish-turish qoidalarini sinonim
tariqasida qo’llash mumkin. Ma’lumki jamiyatda kishilarning yurish-turish
qoidalarini tartibga soluvchi turli ijtimoiy normalar mavjud bo’ladi. Bu ijtimoiy
normalar ijtimoiy jamoa yoki guruhlar doirasida umumqabul qilingan qoidalar yoki,
axloq namunalari hisoblanadi. Bu normalar jamiyatda odamlarning yurish-turishini
tartibga soluvchi vosita, kelishilgan jamoaviy harakatlarni takomollashtirishga xizmat
qiladi. Axloqiy normalarning mohiyatini yaxshiroq tushunush uchun boshqa ijtimoiy
normalarni ko’rib chiqishimiz lozim bo’ladi. Masalan, odatlarni olaylik. Odatlar
avloddan-avldga o’tib kelayotgan umumqabul qilingan va takrorlanib kelayotgan
kishilarning ahloq qoidalari shakllari bo’lib, ijtimoiy va madaniyat tajribalarini
avloddan-avlodga o’tkazib kelish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Marosimlar bu
marosimlarni o’tkazish tartib qoidalari. An’analar bu insonlarning u yoki bu
jamiyatdagi vaqtlar davomida sinovlardan o’tib uzoq muddat yashab kelayotgan
axloq normalari hisoblanadi. Huquq bu davlat tomonidan qabul qilinadigan va
qo’riqlanadigan axloq qoidalaridir. Din bu borliq olamni yaratguvchi Olloh haqida
insonlarning tassavvuriga asoslangan insoniyat jamiyatining ruhiy-axloqiy qoidalari
hisoblanadi.
Jamoat taskilotlarining normalari bu ushbu jamoat tashkilotlarining o’zlari
tomonidan qabul qilinadigan va ushbu tashkilotlarning ustavlarida ko’da tutilgan
jamoat ta’sir choralari vositasida himoya qilinadigan muomala qoidalaridir.
Ushbu yuqorida sanab o’tilganlardan farqli o’laroq, axloq normalari bu
jamiyatda insonlarning yaxshilik bilan yomonlik, adolat va adolatsizlik, burch, sha’n,
3
qadr-qimmat haqidagi tasavvurlariga muvofiq holda o’rnatiladigan qoidalar
hisoblanadi. Bu normalar ba’zan huquq deb ataladi va xulq-atvor qoidalarini o’zida
ifodalaydi va axloqiy nuqtai nazardan olganda “yaxshi xulq-atvorlar”, “jinoiy xulq-
atvorlar”, “xulq-atvorlarni tuzatish”lar deb baholanadi.
Odob-axloq normalari nohuquqiy tusdagi hujjatlarda mavjud bo’ladi. Ularga
turli xil kodekslar, qasamyodlar va boshqalar kiradi. Bunga misol qilib 1979 yilning
dekabrida BMT Bosh Assambleyasining 34-sessiyasi tomonidan qabul qilingan
huquqiy tartibotni qo’llab-quvvatlash bo’yicha rahbar xodimlarning odob-axloqi
Kodeksini keltirish mumkin. Ushbu Kodeksda huquqni himoya qiluvchi
organlarning, birinchi navbatda jinoyat ishi bo’yicha tergov olib borayotganlarning
inson qadr-qimmatini hurmat qilish va himoyalashini, inson huquqini qo’llab
quvvatlash va himoya qilishini (2-m.), oxirgi zaruratlardagina va ularga yuklatilgan
vazifalarni bajarishga talab qilinadigan darajadagina kuch ishlatishni (3-m.), o’z
faoliyatini amalga oshirish davomida olingan maxfiy tusdagi ma’lumotlarni, agar o’z
vazifasini bajarish yoki odilsudlov boshqacha qalab qilmasa, sir saqlashi lozimligi (4-
m.), qiynash yoki boshqa shafqatsiz, noinsoniy yoki qadr-qimmatni taptaydigan har
qanday harakatga murosasiz qarashlik lozimligi belgilab qo’yilgan.
2. Etikaning rivojlanish tarixi.
Etika mohiyat haqidagi, axloqning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi, uning
o’ziga xos xususiy vazifalari haqidagi fan bo’lib o’zining boy tarixiga ega.
Etika fanining asoschisi bo’lib buyuk qadimgi grek faylasofi Sokrat (e.o.gi
469-399) hisoblanadi. Insoniyat tarixida buyuk etikashunoslar sifatida Platon (
e.o.gi428-328 yillar), Aristotel (e.o.gi384-322 yillar), Seneka (e.o.gi 4 yil –
eramizning 65 yili), Mark Avreliy (121 – 180), Avgustin Blajenniy (354 – 430), B.
Spinoza (1632 – 1677), I. Kant (1724 – 1804), A. Shopengauyer (1788 – 1860), F.
Nitsshe (1844 – 1900), A. Shveytser (1875 – 1965).
4
Odob-axloq haqida ko’plab buyuk mutaffakkurlarimiz shug’ullanishgan,
qimmatli fikrlarini o’z asarlarida aytib qoldirganlar. Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos
Hojib, Kaykovus ibn Iskandar, Amir Temur, Aliher Navoiylarning axloq to’g’risida
aytib ketgan qimmatli fikrlari jahonshumul ahamiyatga ega boldi.
Qadimgi davrlardan, eng muhimi 2500 yil oldin Qadimgi Gretsiya fanlarning
rivojlangan vaqtlarda boshlab odamlarni yomon harakatlardan saqlagan axloqiy sezgi
tushunchalarning mohiyati va paydo bo’lishi masalalari paydo bo’la boshladi.
Insonda nima axloqiy deb atalishi to’g’risida ilmiy tushuntirishga urinishlar bo’lib
o’tgan. Aynan o’sha sinfiy sivilizatsiyaga o’tish zamonida filosofik bilimning
mustaqil bir qismi sifatida qayd etih vujudga kelgan.
Etikaning rivojlanish tarixini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
− etikadan oldingi,
− antik etika,
− o’rtaasrlar etikasi,
− Yangi davr etikasi,
− zamonaviy etika.
Etikadan oldingi davr.
Ibtidoiy jamiyatining mulkiy tabaqalanishining yuqori bosqichini aks ettiruvchi
Gomer dostonlaridayoq muhim qaramaqarshiliklar uchraydi. Bir tomondan olganda
Gomer qahramonlari axloqli. Ular o’ qabilasiga tegishli, qabilasi uchun kurashadilar
va bu ularning hayot mazmuni hisoblanadi. Vatan, qabila sha’ni, jangsshining shon-
sharafi, do’stlik, oilaning faravonligi ularning xulq-atvorining asosini tashkil etadi.
Boshqa namondan qaralganda, na “Iliada”da va ha “Odisseya” da aniq belgilaab
qo’yilgan axloq Kodeksi mavjud emas-ki, unga rioya qilishlik axloqning mezoni
hisoblansa.
Gesiodada boshqacha holatni ko’rish mumrin, qaysikim sinfiy wivilizatsiya
davriga to’g’ri keladi. Uning dostonlari axkoqiy ma’no bilan sug’orilgan. Asosiy
qadriyatlar tariqasida Gesiod mehnat va adolatni ilgari suradi va uning tagida avaylab
5
asrash, hisob kitoblilik, qonuniylikni va umuman olganda mulkni musstahkamlashga
qaratadi.
Antik etika.
Eramizda oldingi 5 asrda falsaning inson muammolari tarafiga burilishi
etikaning shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynadi. Antik etikada ikkita asosiy
yo’nalishni aytib o’tish mumkin:
− birinchisi – sofistlar va axloqni inkor etuvchilar, ular axloqiy talablarning
majburiyligini inkor qiladi;
− ikkinchisi – qadimgi Gretsiyaning buyuk mutafakkurlari Sokrat, Platon (e.o.gi 5
asr), Aristotel (e.o.gi 4 asr), Epikur (e.o.Z asr) axloq fani tariqasida etikaga asos
solganlar.
Sofistlar maktabining bir vakili bo’lgan - Protogor (e.o.5-4 asrlarning oxiri) fikricha
axloq muayan bir davrda har bir insoniyat jamiyati uchungina bo’ladi, shu sababli
axloqiy talablar barcha xalqlarda har xil bo’ladi, yaxshilik va yomonlik tushunchalari
nisbiy hisoblanadi.
Sofistlarga Sokrat (e.o.gi 469-399 yillar.) qarshi chiqdi. Uning fikricha yaxshi
fazilatli deganda boshqalarni siqishtirmasdan ularga nisbatan adolatli bo’lish, faqat
o’zigagina emas balki jamiyatga xizmat qilishga qodir bo’lish, buningsiz jamiyatni
tassavvur qilib bo’lmaydi. Bu boradagi antik yutuqlarning yakuni Aristotelning
(e.o.gi 4 asr.) etikasi bo’lib, u birinchi bo’lib etikani yaxsh fazilatlilar haqidagi
teoretik fan tariqasida ilgari ham ta’kidlaganimizdek tizimga solgan va unga nom
bergan. Aristotelning talimoti bo’yicha aolatli odam tamonidangina sodir etilgan
harakatlar adolatli hisoblanadi.
O’rta asr etikasi.
O’rta asrda etikasi diniy etika bo’lib qoldi.
6
Agar antik etika insonning axloqiy yuksalishi uning o’ziga bog’liq, axloq
kishining yaxshi fazilatlari majmuyi bo’sa, o’rta asrdagi etikaning axloqiy talablari
xudoning amri kabi bo’ladi.
Yangi davr etikasi.
Ushbu davr axloq kontseptsiyasini T.Gobbs yaratgan.Uning ta’limotiga binoan,
axloq tushintirishga muhtoj, dunyo axloqiy baho nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
. Su sababli Gobbs ijtimoiy axloqni jazlash xavfi bilan qo’rqitib turadigan hokimiyat
kerak degan xulosaga keladi va bu bir kishining yoki odamlar yig’ini hokimiyatimi
qat’I nazar barcha bo’ysunishi kerak. Davlatda tabiyatdagiday kuch qonunni yaratadi.
Davlatning xohishi oily qonun. Tinch yashash faqat qudratli davlat kuchiga
bo’ysunish bilan amalgam oshiriladi.
19 asrning 40 yillarida marksistik nazariya vujudga keldi va u kishilik
jamiyatining rivojlanishiga moddiy nuqtai nazardan qaradi. Marksistik etika qoidalari
quyidagilarda belgilanadi:
Osnovnoe polojenie marksistskoy etiki zaklyuchaetsya v sle-
duyuщem: inson nima qilishi kerakligini aniqlashda u o’zi nima eydi. Insonning
mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir'1. Axloq inson jamiyat bilan,
bnsoniyat bilan uchrashganda yuzaga keladi.
Zamonaviy etika.
20 asr axloq nazariyasi orasida zo’rlikka asoslanmaganlik etiksi bo’lib butun
dunyoda tarafdorlari ko’payib bormoqda.
Tarixda bo’lgan, hozirda ham davlatlar o’rtasidagi, millatlar o’rtasidagi, kishilar
o’rtasidagi nizolarni kuch yordamida hal qilish mavjud.
Kuch ishlatmaslik etikasi esa nizolarni kuch ishlatishni istisno qiluvchi butunlay
o’zgacha yondashishdir.
7
«Haqiqiy etika so’zdan foydalanishni bekor qilingan joyda boshlanadi” degan
A.Shveytserning so’zlarida katta ma’no yotibdi. Uning etik kontseptsiyasi
aktiv maqsadli faoliyatga chaqiradi, hayotning barcha mavjud formalarini saqlab
qolishga, odamlarga sharaf bilan xizmat qilishga, ularga hayotining bir parchasini,
muhabbatini, mehrini berishga da’vat qiladi.
Axloq tog’risida Sharq mutaffakkirlari va davlat arboblari ko’plab qimmatli
fikrlarni bildirganlar. Ulardan Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida,
Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarida, Kaykovus “Kaykovus” asarida, Amur
Temur “Tuzuklar”ida, Alisher Navoiy ko’plab asarlarida davlat rahbari, vazirlar,
qozilar axloqi haqida ibratli so’zlarni keltirganlar.
Markaziy Osiyoda Uyg’onish davrining buyuk mutaffakkiri Abu Nasr Farobiy
“Fozil odamlar shahri” asarida bu shaharga hokim bo’ladigan odam shu shahar
ahlisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiyatan o’n ikki hislat-fazilatni o’zida
birlashtirgan bo’lishi zarur, degan edi. Fozillar shahri hokimi avvalo to’rt muchasi
sog’ bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishida biror a’zosidagi nuqson halal
bermasligi lozim, aksincha, u sog’-salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi
lozim, deb ta’kidlagan. Ikkinchidan, bunday shahar hokimi tabiyatan nozik farosatli
bo’lib, suhbatdoshining so’zlarini, fikrlarini tez tushinib, tez ilg’ab olishi, shu
sohadaumumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur. Uchichidan, u
anglagan, ko’rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab
qolishi, barcha tavsilotlarini unutmasligi lozim. To’rtinchidan, u zehni o’tkir, zukko
bo’lib, har qanday narsaning bilinear-bilinmas alomatlari nimani anglatishini tez
bilib, sezib olishi zarur. Beshinchidan, u fikrini ravshan tushutira olish maqsadida,
chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. Oltinchidan uustozlardan ta’lim olishga,
bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi, o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan,
buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi zarur. Ettinchidan, taom eyishda,
ichimlikdan ochofot emas, o’zini tiya oladigan bilishi, (qimor yoki boshqa)
o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur. Sakkizinchi, u haq va
haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon
8
ko’radigan bo’lishi zarur. To’qqizinchi, u o’z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli
odam bo;lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug’ma oily himmat bo’lishi, ulug’,
oily ishlarga intilishi zarur. O’ninchi, bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlariga
qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo’lishi zarur. O’n birinchi,
tabiatan adolatparvar bolib, odilodamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni,
mustabid va zolimlarni yomon koruvchi, o’z odomlariga ham, begonalarga ham
haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad
beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarnibarchaga yaxshilikni va
o‘zi suygan go‘zalliklarni ravo ko’ruvchi bo;lishi zarur. O’zi haq ish oldida o’jarlik
qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi
zarur. O’n ikkinchi, o’zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalgam oshirishda
qat’yatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l
qo’ymasliggi kerak.
Farobiyning fikricha, mana shu barcha hislatlarning bir odamda jamlanishi
amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi
va ular ular nodir insonlardir. Maboda fozillar shahrida shunday barkamol inson
topilib qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitasi yoki beshtasi kamol topganida
ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi
mahallarda fozillar shahrida bunday odam yo’ bo’lib qolganida ham (vafot etganida
yoki boshqa joyga ketgan vaqtida), ana shu imom (hokim) yoxud uning izdoshlari
(agar mazkur imomdan so’ng biri .... shaharga boshlq bo’lsalar) chiqargan qonun va
tartiblarga amal qilinadi.
Moboda biror zamonda fozillar shahrida hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha
kishida boshqa zarur hislatlar bo’lsayu, ammo donishmandlar bo’lmasa, fozillar
shahri yaxshi yazshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” (“Qutga, ya’ni baxt-saodatga erishtiruvchi
bilim”, 1069 yilda yozilgan) asarida mansabdor shaxslarning fazilatlari, ularga
bo’ladigan ahloqiy talablarni bayon qilganlar. Jumladan, beklar, yani mamlakat
boshlig’i, vazirlar haqida gap yuritganlar. Yusuf Xos Hojibning fikricha, bek dono,
9
botir, sheryurak bo’lishi kerak. Uning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo’lishi taqozo
etiladi. Ochiq yuzlik bekning fazilatlaridan biri.
XI asrning 82-83 yillarida G’arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn
Iskandar o’ og’li Gulonshohga bag’ishlab “Nasihatnoma”sini yaratadi va o’sha davr
an’anasiga ko’ra, uni bobosi podshoh Shams-ul Maoliy sharafiga “Qobusnoma” deb
ataydi. Ana shu asarda “Ilm talabi va qozigarlik zikrida” deb nomlangan bob bo’lib,
unda bo’lg’usi qozilarga ularning axloqi qanday bo’lishi kerakligi to’g’risida
maslahatlar berilgan. Jumladan unda quyidagi fikrlar keltirilgan.
“Har kishi har ishni qo’lga olsa, ul ishni yaxshi bilsin va uni ko’p varzish
(ya’ni mashq, odat) qilsin, toki ul ishdan ko’p naf ko’rgay”.
“Ey farzand, agar donishmandlikda baland darajaga etib, qozi bo’lsang, ohista
va tamkin bo’lg’il va tez fahm, ohibi tadbir, peshbin (oldindan ko’ruvchi),
mardumshunos (odamlarni tekshira oluvchi) va sohibi siyosat bo’lg’il, har guruhning
urf-odatidin, yo’-yo’rig’idin xabardor, har qavmning mazhabidin ogoh bo’lg’il.
Kerakdurkim, qozilik hiylalari senga ma’lum bo’lg’ay. Agar bir vaqt bir mazlum
oldinga kelsa, uning gunohi bo’lmasa va zulm etib, uning haqqi bekor ketar bo’lsa, ul
mazlumning faryodiga etg’il va tadbir yuzidan ul mustahiqqa haqqin etkurg’il”.1
Yuqorida berilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, qozilar, ya’ni hozirgi kunda
sud’yalareng donishmand kishilar sanalgan. Ular barcha insoniy fazilatlar egasi
bo’lib, qolgan kishilarga o’z axloqlari bilan hamuna bo’lishlari lozim.
Amir Temur Tuzuklarida qayd etilishicha, saltanat ishlarida eng birinchi galda
to’rt narsaga amal qilinish lozim: 1. Kenggash. 2. Mashvaratu maslahat. 3. Qat’iy
qaror, tadbirkorlik va hushyorlik. 4.Ehtiyotkorlik.2 Davlatni shakllashtirish borasida
esa u yana muhim sanalgan to’rt ustunga suyanib faoliyat yuritgan: 1. Islom va
shariat qoidalari. 2. To’ra va tuzuklar. Z.Xazina. 4. Raiat va askar.
Amir Temur ajdodlarning davlatchilik va qonunshunoslik borasidagi eng yaxshi
an’analarini zamonasining talablariga uyg’unlashtiradi, ularni adolatli tamoillar
1 Кайковус. Қобуснома. Т.: “Ўқитувчи”, 2006, б. 122-123.
2 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 24-б.
10
darajasiga ko’tara oldi, chunonchi ushbu qarorga kelishgacha bo’lgan davrda eng oily
an’analardandan
tortib,
hatto
piri
Zaynuddin
Abubakr
Toyibodiyning
maslahatlarigacha puxta o’rgandi, unga suyanib ish tutdi. Xususan, u “maktubda (piri
Zaynuddin Abubakr Toyibodiyning xati ko’zda tutilmoqda) yozilgan so’zlar saltanat
ishlarida men uchun eng to’g’ri yo’lboshchi edi3, – deb yozgan edi. Shunga ko‘ra
davlat ishlarining to‘qkiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa
qilich bilan bajo keltirilishini angladim» – deb yozadi Temur.4 Mazkur fiqoning
aslida, bugungi kunda ham katta nufo‘zi bor. Zero, Yaqin Sharq, Afg‘oniston
mojarolarida, murosaga kelish, Temurbek tili bilan aytganda, kengash va mashvarat
lozimki, mojarolarning qurol kuchi bilan tinchitaman, deganlar faqat qonli
to‘qnashuvlar, ur-yiqitlar va xunrezlikni keltirib chiqaradilar. Amir Temur, hatto
shunday og‘ir vaziyatlarni, eng qiyin va murakkab holatlarda ham to‘qqiz marta
kengashib, tadbir ishlatib, hal etish lozimligini ta’kidlar ekan, bu nafaqat o‘z
zamonasi, balki kelajakka ham adolatli xitobki, inson bor ekan, dunyo bor ekan, bu
siyosiy qarashlar va odilona belgilangan qonunlar o‘z kuchi, salohiyati, nufo‘zini
yo‘qotmaydi. «Donishlar demishlarkim, o‘z o‘rnida qilingan tadbir bilan sanoqsiz
lashkar qilichi ojizlik qilgan har qanday mamlakat darvozasini ochib, behisob
lashkarni yengib bo‘lur». Ko‘rinadiki, Amir Temur har qanday siyosiy mojarolarni
bir to‘g‘ri tadbir bilan jilovlash mumkinligini odillik ila olg‘a suradi. Shu bois ham u
«tadbirkor va hushyor kishi ming-minglab layoqatsiz kimsalardan yaxshidir», deydi.
G‘alaba, muvaffaqiyat haqida esa yanada odilona fikr yuritib: «g‘olib bo‘lmoqlik
tangrining madadi va bandasining tadbiri bilan» amalga oshishini bilardi.
Xususan, u tajribasiga tayanib, kengashning ikki turli bo‘lishini, birinchisi – til
uchida aytilgani, ikkinchisi chin yurakdan chiqqani ekanligini aytadi. «Til uchida
aytilganini shunchaki eshitardim, – deydi u, – yurakdan aytilgan maslahatni esa
qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim».
Podshohlar uchun to‘g‘ri so‘z, haqqoniy xabarning foydasi ko‘p, chunki yolg‘on
davlatni yemiradi. Amir Temur to‘g‘ri so‘z kishiga hurmat bilan qaraydi: «qaysi kishi
3 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 24-б.
4 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 24-б.
11
aqlga siqqan bir ishni kuyunib gapirsa, suyib eshitar edim; kimki oqilona gaplarni
erlarcha keskinlik bilan so‘zlasa, unga solardim; har kimdan kengash so‘rar edim,
lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida o‘ylab
ko‘rgach, to‘g‘ri va savoblirog‘ini tanlab olardim».5
Amir Temur nuqtai nazarida saltanatni boshqarishda 12 tamoyilga asoslanish
kerak6:
Bu borada Amir Temur «Qissai Temur» kitobida «Men o‘n ikki ishni qilib,
saltanat martabasiga yetushubdurman va ul o‘n ikki ish bila mulkgirlik va mulkdorlik
qilib saltanatim o‘zangiga zeb ziynat berdim»7, deb yozadi.
Birinchisi, qonun-qoidaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u o‘zini yolg‘iz, tanho
hukmron hisoblamaydi: olamning yaratuvchisini, uning buyukligini tan oladi, elchi
Rasululloh diniga sodiqligini va shariatga nafaqat o‘z yurtida, balki butun dunyo
bo‘yicha rivoj berganligini e’tirof etadi.
Ikkinchisi, o‘n ikki tabaqa, toifa yordamida mamlakatni idora qildim, deydi.
Uchinchisi, xoh mamlakatni zabt etish, xoh g‘alabani ko‘zlagan bo‘lsin, avvalo,
maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik, hushyorlik va ehtiyotkorlikka e’tibor qaratdi,
saltanat ishlarida murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat qo‘l kelishini aytadi,
uning fikricha, podshoh goho ko‘p narsani bilib tursa ham bilmaslikka olishi kerak.
Chunki davlatning mayda-chuyda, ikir-chikiri ko‘p, ular orasida o‘ralashib qolmaslik
kerak. Bundan saboq shuki, millat, xalq, jabru zulm ko‘rmasligi, mustamlakachilar
oyoqlari ostida xor-zor bo‘lmasligi; uning g‘ururi, shon-shavkati, or-nomusi
toptalmasligi uchun millat va xalq boshida turgan rahnamolar saltanat yuritish
borasida, avvalo, qonun ustuvorligiga erishmas ekanlar, unday davlat fuqarosi oxir-
oqibat juda ko‘p azob-uqubatlarga duchor bo‘ladi. To‘rtinchisi, bu xil saltanat qonun-
qoidalarini mustahkam tutish, har bir kishini mansabga tayinlaganda, u o‘z mansabini
suiiste’mol qila olmadi va boshqalarnikiga ham ko‘z olaytirmadi.
Beshinchisi Amir Temur har bir qalb ehtiyojini qondirishga, uni zaru zevarlar
bilan ziynatlashga harakat qilganki, bil’aks, inson haq-huquqini anglab, mehnat qilar
5 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 26-27-б.
6 Темур тузуклари. – Тошкент, 1996, 68-72-б.
7 Қиссаи Темур («Малфузоти Темурий»). – Тошкент, 2000, 245-б.
12
ekan, yashash ehtiyoji bilan hisoblashadi, mehnat qilib, istaganidek turmush
kechirmas ekan, undagi faollikni kuchaytirish, shijoat va g‘ayratni oshirish qiyin.
Shuningdek, amirlar, sipohsolarlar, bahodirlarning ittifoqligi va birligi g‘alabani
ta’minlashda asosiy o‘rin tutgan.
Oltinchisi, Amir Temur davlatda zulm bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi va jabr-
zulm yuritishga qarshi turadi. Dinsiz joylarda davlat turishi mukin, ammo zulm bor
joyda u tanazzulga uchraydi, bobosining ushbu o‘gitlariga amal qilgan Z. Bobur
Hindistonni fath etgach, hatto eng ashaddiy dushmanlari bilan ham murosayu
madoraga kelib, jabr-zulm o‘rniga adolat poydevorini yaratdi, shu bois ham uning
avlodlari uzoq hukm surdilar.
Yettinchisi, ajoyib fazilatli insonlar qadrlanishi lozim, shijoatli kishilarni yaqin
tutish kerak, ulamo bilan suhbatda bo‘lib turish davlat ishlarida katta foyda keltiradi,
ammo zinhor-bazinhor buzuqi va og‘zi shaloq kimsalarni majlislarga yaqin
yo‘latmaslik, ularning tuhmatlariga, g‘iybatlariga e’tibor qaratilmaslik lozim.
Sakkizinchisi, Amir Temo‘rning fikricha, podsho bir ishga kirishdimi, unga butun
fikri-zikri, kuchini berishi, bitmagunicha ishdan qo‘lini tortmasligi kerak. Bir so‘z
aytdimi - bajarsin. Qadimdan xozirgi damgacha o‘tgan sultonlarning davlatchilik
borasida olib borgan siyosatlari, qonunlari, turmush turishlarini o‘rgansin, ulardan
namuna olsin. Davlatlarning tanazzulga uchrash sabablarini so‘rab surushtirsin va
davlatu saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi, ocharchilik va vabo keltiruvchi holatlardan
ehtiyot bo‘lsin.
Odatda, podsholar shunday farovonlik va to‘kin-sochinlikni orzu qiladilar. Biz bu
dalil-isbot orqali Amir Temur o‘z davridayoq «To‘zuklar»da bayon etgan qonun-
qoidalarga amal qilib, raiyat uchun shunday hayotni ta’min etganiga guvoh bo‘lamiz.
To‘qqizinchi tamoyilda biz buning yana bir tasdig‘ini topamiz: «Raiyat ahvolidan
ogoh bo‘ldim, ulug‘larni og‘a o‘rnida, kichiklarni farzand qatorida ko‘rdim».
Sohibqiron har bir mamlakat ahvolidan doimo voqif bo‘lib turadi.
O‘ninchisi, unga xizmatga kirgan boshqa qabila, el, elatning ulug‘lariga hurmat
ko‘rsatdi, yaxshilarga yaxshilik qildi, yomonlarni o‘z yomonlariga topshirdi. O‘zr
so‘rab kelganlarni kechirdi.