Umurtqalilar zoologiyasining obyektlari va predmeti. Fanning rivojlanish tarixi va uslublari. Fanning maqsad va vazifalari. Tipning umumiy ta’rifi. Xordalilarni hayvonot olami sistemasida tutgan o’rni
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
32,7 KB
Umurtqalilar zoologiyasining obyektlari va predmeti. Fanning rivojlanish
tarixi va uslublari. Fanning maqsad va vazifalari. Tipning umumiy ta’rifi.
Xordalilarni hayvonot olami sistemasida tutgan o’rni. Xordalilarni o’ziga xos
muhim belgilari va ularning biologik ahamiyati.
R E J A
1. Umurtqalilar zoologiyasining obyektlari va predmeti.
2. Fanning rivojlanish tarixi va uslublari. Fanning maqsad va vazifalari.
3. Xordalilarni hayvonot olami sistemasida tutgan o’rni.
4. Xordalilarni o’ziga xos muhim belgilari va ularning biologik ahamiyati.
Biologiya fanlari ichida zoologiya alohida va asosiy o’rinni egallaydi. Oliy
o’quv yurtlarida zoologiya fanini umurtqasiz hayvonlar zoologiyasiga va umurtqali
hayvonlar zoologiyasiga ajratib o’qish odat bo’lib qolgan. Bu nafaqat qulay, xatto
metodik tamondan ham to’g’ridir.
Umurtqali hayvonlar zoologiyasi aniqrog’i, xordalilar zoologiyasi (chunki bu fan
hayvonot olamida faqat bitta xordalilar tipini o’z ichiga oladi ) inson hayotida va
tabiatda katta rol o’ynaydi.
Xordalilar hayvonlar ichida eng yuqori taraqqiy etgan va murakkab tuzilgan
bo’lib, har-xil sharoitlarda yashaydi va yer yuzida keng tarqalgan. Xordali hayvonlar
insonning xo’jalik faoliyatida katta ahamiyatga ega, chunki xordalilar ichida oziq-
ovqat maxsuloti-teri, jun, mo’yna beradigan turlari bor. Boshqalari transport,
qurilish, sport va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Xordalilar xonaki hayvon zotlarini
yaratishda tabiiy manba bo’lib xizmat qiladi. Xonakilashtirish jarayoni uzluksiz
ravishda olib borilmoqda. Masalan: bizning ko’z oldimizda tulki, oq tulki, norka,
los, tuyaqush va boshqa turlar xonakilashtirilmoqda. Umurtqali hayvonlar qishloq
va o’rmon xo’jaligi, bog’ va xiyobon zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan
kurashda bebaxo kuch xisoblanadi.
Xordali hayvonlar faqat foydali bo’libgina qolmasdan ba’zi turlari qishloq
xo’jaligi uchun zararlidir. Masalan: yumronqoziqlar, sichqonlar, dala sichqonlarini
ba’zi turlari infeksiyalarni: vabo, tuleryamiya, brutselyoz va boshqalarni tarqatuvchi
bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, umurtqali hayvonlar zoologiyasi xordalilar tipiga mansub
bo’lgan hayvonlarning tuzilishi, geografik tarqalishi, kelib chiqishi va evolyutsiyasi,
hayot kechirishi, yashash sharoitiga moslanishi, inson hayotida va tabiatdagi roli
to’g’risida ta’lim beruvchi fandir.
Umurtqali hayvonlar zoologiyasining kelajakdagi rivojlanishi tabiatni muhofaza
qilish va uning boyliklaridan to’g’ri foydalanish masalalari bilan bog’liq bo’ladi.
Hayvonlarni qo’riqlash va ulardan to’g’ri foydalanishda qo’riqxonalar,
zakazniklar, “qizil kitob”lar va O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasi
tamonidan qabul qilingan “Hayvonot dunyosini qo’riqlash va ulardan foydalanish
to’g’risida”gi qarori katta ahamiyatga ega.
UMURTQALI HAYVONLAR ZOOLOGIYASI FANINING QISQACHA
RIVOJLANISH TARIXI.
Hayvonlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar qadimgi Gretsiyaning buyuk
faylasufi va tabiatshunosi Aristotel (eramizga qadar 380-332 yillar) tamonidan
berilgan, uning “Хayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning kelib chiqishi”, “Hayvonlarning
qismlari to’g’risida” kabi asarlarida 452 tur hayvon to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Aristotel hayvonlarni ikki gruppaga ajratgan.
1. qoni yo’q hayvonlar.
2. qoni bor hayvonlar.
Bu umurtqali hayvonlar va umurtqasiz hayvonlarga mos keladi. qadimgi Rim olimi
Plinniy ikkinchi (eramizning 23-79 yillar) o’zining “Tabiiy tarix” kitobida o’sha
davrda ma’lum bo’lgan xamma hayvonlarni yozgan. Eramizning boshlaridan to o’rta
aslarga qadar, ya’ni feodalizm davrida fanda xam turg’unlik boshlanadi.
XVIII asrga kelib hayvonlarning Hozirgi zamon sistemasi yaratildi. Bu ishda
shved olimi K. Linneyning xizmati nixoyatda katta. K. Linney xamma hayvonlarni
6 ta sinfga bo’ldi: sut emizuvchilar, qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar,
baliqlar, xasharotlar va chuvalchanglar. Sinflarni turkumlarga, turkumlarni
avlodlarga va avlodlarni turlarga bo’ldi. Fransuz olimi J. Kyuve (1769-1832 y.)
organ va qismlarning o’zaro bog’liqligi (korrelyatsiya) to’g’risidagi ta’limni ishlab
chiqdi. J. Lamark (1744-1829y) esa organik olam evolyutsiyasi to’g’risidagi
ta’limotni avtorlaridan biri edi.
Rossiyada
zoologiya
bo’yicha
ilmiy
materiallar,
fanlar
akademiyasi
ekspeditsiyalarining ishi natijasida yig’ildi. Akademik Pallas Volga bo’yi, Sibir,
qozog’iston va Ural faunasini o’rgandi. S. Steller Uzoq Sharqni, S. Gmelin
Rossiyani Yevropa qismi janubini I. Lepexin mamlakatning Shimoliy va Markaziy
qismlarining
umurtqali
hayvonlarini
o’rgandilar.
Zoologiyaning
ekologik
yo’nalishini rivojlantirishga MDU professori K. Rule (1814-1858) katta hissa
qo’shdi. K. Rulening shogirdi N. A. Seversov (1827-1885) o’z uztozining
g’oyalarini umurtqali hayvonlar ekologiyasi va zoogeografiyasi yo’nalishlarida
kuchaytirdi. Rus olimlarining baliqlar (K. S. Berg (1876-1950) amfibiya va
reptiliyalar (P.M. Terentev) Sut emizuvchilar (S.I.Ognev 1886-1951) qushlarni
(G.P. Dementev 1898-1968) o’rganishdagi hissalari juda kattadir.
Umurtqali hayvonlar ekologiyasini professor D.N. qashqarov (1878-1941)
akademik S.S Shvars (1919-1976) professor N.T. Naumovlar (1902-1982) batafsil
va xar tomonlama o’rgandilar. umurtqali hayvonlarning anatomiyasi kelib chiqishi
va evolyutsiyasi soxasida akademik Shmalgauzen (1884-1963) va uning ustozi
akademik A. N. Sversevlar (1866-1936) buyuk ishlar qildilar.
Xordalilar tipiga tashqi ko’rinishi, yashash sharoiti va hayoti xar xil bo’lgan
hayvonlar kiradi. Xordalilarning vakillari hamma hayot muhitlarida: suvda, yer
ustida, yer tagida, daraxtlarda va havoda yashaydi. Geografik tamondan bular yer
sharining deyarli hamma qismiga tarqalgan. Xordalilar tipining Hozirgi zamonda yer
yuzida yashayotgan turlari 50 mingdan ortiq.
Xordalilar tipiga har xil lansetniklarni o’z ichiga olgan bosh suyaksizlar,
Hozirgi zamon vakillari, minogalar va miksinalarni umumlashtirgan to’garak
og’izlilar, hamda umurtqali hayvonlarni olti sinfi, ya’ni tog’ayli va suyakli baliqlar,
suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar
kiradi. Xordalilarga yana dengizlarda o’troq xolda hayot kechiruvchi hayvonlar-
pardalilar ham kiradi.
Xordalilar tuzilishi va yashash sharoitlari xar xil bo’lishiga qaramasdan
quyidagi belgilari bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi.
1.O’q skeleti bo’lib xorda yoki orqa-tori xizmat qiladi. Xorda elastik egiluvchan
o’zaklardan hamda vakuola hujayralardan tuzilgan to’qimadan tashkil topgan. Xorda
ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entodyerma hisobidan taraqqiy
etadi. Tuban xordalilarda xorda umrbod saqlanadi, yuqori xordalilarda esa embrional
organ holida bo’ladi va keyinchalik xorda tog’ay yoki suyak umrtqalar bilan
almashinadi.
2.O’q skeletining ustida ichi bo’sh nay shaklidagi markaziy Nerv sistemasi
joylashadi. Nerv nayining ichidagi bo’shliq nevrotsel deyiladi. Nerv nayi embrional
taraqqiyot davrida ektodyerma xisobidan rivojlanadi.
3.Hazm nayining oldingi bo’limi devorining ikki tomoniga qator o’rnashgan va
halqum bo’shlig’ini tashqi muhit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo’ladi.
Tuban xordalilarda jabra yoriqlariga joylashgan jabralar umrbod saqlanadi va nafas
olish organi bo’lib xizmat qiladi. Quruqda yashaydigan umurtqalilarda jabralar faqat
embrion davrida hosil bo’ladi.
Yuqoridagi aytilgan uchta belgi bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi
belgilar ham juda xaraktyerlidir, lekin bu belgilar boshqa tiplarda ham uchraydi.
1. Xordalilar va ignatanlilarda ikkilamchi og’iz teshigi bo’ladi
2. Xordalilarda igna terililarda va halqali chuvalchanglarda ikkilamchi tana
bo’shlig’i (tsellom) bo’ladi.
3. Yuqori taraqqiy etgan xordalilarning zorodishlarida va tuban xordalilarda
ko’pgina organlar metamer (segmentli) joylashadi.
4. Xordalilar va ko’pchilik umurtqasiz hayvonlarning (bulutlar va
kovakichlilardan tashqari) gavdasi ikki yoqlama (billateral) simmetriyali bo’lib
tuzilgan.
Xordalilar tipi uchta kenja tipga bo’linadi:
1. Bosh suyaksizlar Acrania
2. Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar Urochopdata yoki Tunicata
3. Umurtqalilar yoki bosh suyaklilar Vyertebrata
4. Lichinka xordalilar Urochordata
keja tipining umumiy xarakteristkasi.
Lichinka xordalilar hayvonlarning primitiv (sodda, tuban) gruppasi bo’lib, 1500
ga yaqin turlarini o’z ichiga oladi. Bular asosan dengizda yashovchi hayvonlar
xisoblanadi va ko’pchiligi boshqa xordalilardan voyaga etgan davrida Nerv nayi va
xordalarining yo’qligi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham bular lichinka xordalilar
deb ataladi. Bu hayvonlarning hammasi gavdasining maxsus parda-tunikaga
o’ralganligi bilan xaraktyerlanadi. Tunika o’zining ximiyaviy tarkibiga ko’ra
o’simlik tsellyulozasiga o’xshash va shu moddaning hayvonot olamida ham borligini
ko’rsatadigan yagona misol hisoblanadi. Lichinka xordalilarning tuzilishini
astsidiya- Ascidia mentula misolida ko’rib chiqamiz.
Voyaga etgan astsidiya tashqi ko’rinishiga ko’ra qo’shog’izli shisha bankaga
o’xshaydi. Ostki tomoni bilan suv tagidagi substratga yopishib oladi va o’troq hayot
kechiradi. Gavdasining ustki tomonida og’iz sifoni, yon tomonida kloaka sifoni
joylashadi.
OVQAT HAZM QILISH VA NAFAS OLISH ORGANLARI: Og’iz sifoni
syerbar xaltasimon halqumga ochiladi. Halqumning devorida bir qancha jabra
yoriqlari-stigmalar bor. Bu stigmalar tashqariga ochilmasdan jabra oldi bo’shlig’iga
yoki atrial bo’shliqqa ochiladi. Halqumning tagida qisqa qizilo’ngachga ochiladigan
teshik bor. Qizilo’ngach xaltasimon oshqozonga ochiladi. Oshqozon esa ichak bilan
qo’shiladi.
Ichak atrial bo’shliqqa ochiladi. Atrial bo’shliq kloaka sifoniga ochiladi. Ovqat
zarachalari suv bilan birga halqumga tushadi. Halqumdan bezli ariqcha-endostilga
cho’kadi. Endostil og’iz teshigiga etmasdan turib halqum oldi egatchasiga hamda
halqumga qarama-qarshi joylashgan orqa plastinkalarga bo’linadi. Ovqat luqmalari
endostilning kiprikli hujayralari yordamida yuqoriga-halqum oldi egatchasiga
haydaladi. U yerdan orqa plastinka orqali qizio’ngachga ochiladi.
Qon aylanish sistemasi tutash emas. Xaltasimon yurakdan ikkita qon tomiri
chiqadi. Bulardan oldingisi jabra qon tomiri deb ataladi va stigmalarga mayda-
mayda shoxchalar byeradi. Keyingisi ichak qon tomiri deb ataladi va ichki
organlarga boradi. Astsidiya yuragining xususiyati shundaki, u qonni dam u
tomonga, dam bu tomonga qarab xaydaydi. Natijada astsidiyaning xar qaysi qon
tomiri bazan arteriya vazifasini, ba’zan vena vazifasini bajaradi. Asidiyaning
markaziy nerv sistemasi ichki bo’shlig’i bo’lmagan nerv tugunchasidan iborat
bo’lib, bu tugunchalar og’iz va kloaka sifonlari o’rtasida joylashgan, sezuv organlari
yo’q. Astsidiyada ajratish organlari bo’lmaydi.
Ko’payish organlari: Astsidiyalar germofradit hayvonlar hisoblanadi. Lekin
jinsiy hujayralari bir vaqtda pishib etilmaganligi sababli ular o’z-o’zini
urug’lantirolmaydi. Natijada bitta assidiyaning o’zi ham yerkaklik, ham urg’ochilik
funksiyalarini bajaradi. Assidiyalar jinssiz va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. Jinssiz
ko’paygan vaqtda assidiyaning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi stolon
kolbasasimon bo’rtma hosil bo’ladi. Barcha organlar shu kurtaklardan yuzaga keladi.
Rus olimi A.O. Kovalevskiyning tekshirishlariga ko’ra jinsiy ko’payish vaqtida
astsidiyaning urug’langan tuxum xujayrasidan kichik harakatchan lichinka chiqadi.
Lichinkaning keyingi qismida uzun dumi bo’ladi. Dum bo’ylab uzun xorda
joylashadi. Xorda ustida Nerv nayi joylashgan. Lichinkaning halqumida ko’p sonli
jabra yoriqlari bor.
Xarakatchan lichinka tezda suv osti qismlariga yopishib olib regressiv
metamorfoz davrini o’z boshidan kechiradi. Dumi, unda joylashgan xordasi, nerv
nayining ko’p qismi yo’qoladi. Nerv nayining oldingi qismi nerv tugunchasiga
aylanadi. Shunday qilib, xordalilarga xos belgilarga ega bo’lgan xarakatchan
lichinka asta-sekin o’troq xolda yashovchi, voyaga etgan astsidiyaga aylanadi.
Lichinka xordalilarning sistematikasi.
Lichinka xordalilar kenja tipi uchta sinfga bo’linadi.
1 -sinf - Assidiyalar - Ascidiae.
Assidiyalar yakka va koloniya xolda suvda o’troq hamda erkin suzib hayot
kechiradi. Yakka Assidiyalarning ba’zi turlarini bo’yi 50sm.ga yetadi va rangi tiniq
bo’ladi. Boshqa assidiyalar koloniya hosil qiladi. Assidiyalarning uchinchi
gruppalari esa yerkin suzuvchi koloniya hosil qiladi. Assidiyalar yer sharining
barcha dengiz suvlarida tarqalgan.
2 -sinf - Salplar - Salpae.
Salplar yerkin suzib yuruvchi dengiz hayvonlaridir. Gavdasi tashqi
ko’rinishidan bodringga o’xshaydi. Gavdasining oldi va orqa uchlarida og’iz va
kloaka teshiklari joylashadi. Butun gavdasi yupqa tiniq parda bilan o’ralgan.
Hayvonni o’rab olgan muskul lentalari shu pardadan ko’rinib turadi.
Salplarning yakka xolda koloniya bo’lib yashaydigan turlari ham bor. Salplar
uchun jinssiz va jinsiy ko’payishning navbatlashib turishi xaraktyerlidir. Salplar
asosan tropik dengizlarda tarqalgan. Ular mayda plankton organizmlar bilan
ovqatlanadi.
3 -sinf - Appendikulyarilar - Appendiculariae.
Bularning gavdasi uzunligi 0,3-3mm. bo’ladi. Faqat ba’zilari 1-2 sm.ga etadi.
Suvda yerkin suzib hayot kechirishadi. Appendikulyariyalar o’zlarining tuzilishi
bilan astsidiyalarning lichinkalariga o’xshaydi. Ularning dumlari umrbod saqlanadi.
Dum o’qi bo’ylab, xorda va uning ustida Nerv nayi joylashadi. Atrial bo’shlig’i
bo’lmaydi. Ularda regressiv metamorfoz uchramaydi. Terisi ajratgan moddadan
g’ilof hosil bo’ladi, g’ilof astsidiyalarning pardasiga mos keladi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Umurtqalilar zoologiyasining obyektlari va predmeti nimalardan iborat?
2. Fanning rivojlanish tarixi va uslublari. Fanning maqsad va vazifalarini
tushuntirib bering.
3. Xordalilarni hayvonot olami sistemasida tutgan o’rni qanday?
4. Xordalilarni o’ziga xos muhim belgilari va ularning biologik ahamiyatini so’zlab
bering.
Glossariy
1. Xorda- (o’q skelet) boshlang’ich umurtqa. Elastik egiluvchan o’zaklardan hamda
vakuola hujayralardan tuzilgan to’qimadan tashkil topgan bo’lib entoderma
hisobidan taraqqiy etadi.
2. Tuban xordalilar- xorda umrbod saqlanadi.
3. Yuqori xordalilar- xorda embrional organ holida bo’ladi va keyinchalik xorda
tog’ay yoki suyak umrtqalar bilan almashinadi.
4. Nerv nayi- embrional taraqqiyot davrida ektoderma xisobidan rivojlanadi. O’q
skeletining ustida ichi bo’sh nay shaklida bo’lib markaziy nerv sistemasi joylashadi.
Nevrotsel - nerv nayining ichidagi bo’shliq.
5. Tunika- o’zining ximiyaviy tarkibiga ko’ra o’simlik sellyulozasiga o’xshash va
shu moddaning hayvonot olamida ham borligini ko’rsatadigan yagona misol
hisoblanadi.
Adabiyotlar
1. Наумов С.П. Умуртқали ҳайвонлар зоологияси (А.Абдуллаев таржимаси),
Тошкент. 1995 йил. “Ўқитувчи” нашриёти. 260 б.
2. Дадаев С. Умуртқалилар зоологияси. Маърузалар матни. Т. Низомий
номидаги ТДПУ наширёти. 2000.
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши
керак. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017
4. Богданов О.П. Ўзбекистон ҳайвонлари (умуртқалилар) Тошкент,
Ўқитувчи. 1983