Umurtqalilarning kelib chiqishi. Tuzilishining asosiy belgilari: o’q skeleti, bosh skeleti, qo’l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish sistemasi, nafas olish sistemasi va sezgi a’zolari
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
28,5 KB
Umurtqalilarning kelib chiqishi. Tuzilishining asosiy belgilari: o’q skeleti,
bosh skeleti, qo’l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish sistemasi, nafas olish
sistemasi va sezgi a’zolari. To’garak og’izlilar sinfi. Sinf vakillarining tuzilishi
va umumiy belgilari. To’garak og’izlililarning kelib chiqishi va evolutsiyasi.
R E J A
1. Umurtqalilarning kelib chiqishi.
2. Sinf vakillarining tuzilishi va umumiy belgilari.
3. To’garak og’izlilar sinfining umumiy tavsifi.
4. To’garak og’izlililarning kelib chiqishi va evolutsiyasi.
Umurtqali hayvonlar tuzilishining umumiy xarakteristikasi. Gavdasining shakli
xilma-xil. Suvda yashaydigan tuban umurtqalilarning gavdasi bosh, tana va dum
qismlarga bo’linadi. Bularda toq orqa, dum osti hamda juft ko’krak va qorin suzgich
qanotlari bor. quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning gavdasida yana bo’yin
qismi hosil bo’ladi, toq suzgich qanotlari bo’lmaydi, juft suzgich qanotlari o’rniga
besh barmoqli oyoqlari paydo bo’ladi. Teri qoplagichlari. Terisi gavdani himoya
qilishda termoregulyatsiya ayrish va sezuv protsesslarida ishtirok etadi. Teri tashqi
epidermis va ichki chin teri (korium) qavatlaridan tashkil topgan. Epidermis ko’p
qavatli epiteliydan tuzilgan. Hayoti suv muxiti bilan bog’liq bo’lgan to’garak
og’izlilar, baliqlar va amfibiyalarning lichinkalari epidermisida shilimshiq modda
ajratuvchi bezlar bo’ladi. Shilimshiq moddalar bu hayvonlarning suvda xarakatini
yengillashtiradi. quruqda yashovchi umurtqali hayvonlarda (sudralib yuruvchilar,
qushlar, sut emizuvchilar) epidermisining tashqi qavati shoxlanadi. Bular terilarining
yuzalarida xar xil shox hosilalar, tangacha, qalqoncha, pat, jun va boshqalar hosil
bo’ladi. Chin teri qattiq tolali biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan. Bu to’qimada
tog’ay va suyak tangachalar, qoplovchi suyaklar joylashadi.
Skeleti. Umurtqali hayvonlarning skeleti o’q skeletiga, bosh skeletiga va oyoq
skeletiga bo’linadi.
O’q skeleti umurtqalilarning embrionida xordadan iborat va u segmentlarga
bo’linmaydi. Xordani va markaziy nerv sistemasini biriktiruvchi to’qima pardasi
tashqaridan o’rab turadi. Bu skeletogen parda xisoblanadi. Parda hisobidan tog’ay
yoki suyakdan tuzilgan umurtqalar taraqqiy etadi. Minogalarning umurtqalari
murtak xolda bo’lib, umurtqa pog’onasi bo’limlarga bo’linmaydi. Baliqlarning
umurtqa pog’onasi ikkita bo’limga-qovurg’ali tana va qovurg’asiz dum bo’limlariga
bo’linadi. quruqda yashovchi umurtqali hayvonlarning umurtqa pog’onasi besh
bo’limga: bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi. Bunda
ko’krak bo’limning qovurg’alari to’sh bilan qo’shilib, ko’krak qafasini hosil qiladi.
Umurtqa pog’onasi bir tomondan butun gavdaga tayanch bo’ladi, ikkinchi tomondan
orqa miya va ichki organlar uchun saqlovchi g’ilof bo’lib xizmat qiladi. Bosh skeleti.
Miya va yuz yoki visseral bo’limlardan iborat. Miya qutisi bosh miya va sezuv
organlarini mexanik ta’sirotlaridan himoya qiladi. Visseral skelet to’garak
og’izlilarda tog’ay panjaralardan tuzilgan bo’lsa, baliqlarda visseral yoydan 1)jag’
yoyi, 2) til osti yoy, 3) jabra yoylaridan tuzilgan. quruqda yashovchi umurtqali
hayvonlarning jag’ yoyining ustki qtsmi miya qutisining tarkibiga kiradi. Til osti
yoyining ustki qismi eshitish suyagiga, ostki qismi jabra yoylarining oldingi til osti
apparatiga aylanadi. To’garak og’izlaridan tashqari xamma umurtqalilarda juft
oyoqlar va ularning kamar skeleti bo’ladi. Baliqlarda juft suzgich qanotlari skeleti
bo’lsa, quruqda yashovchi umurtqali hayvonlarda besh barmoqli oyoqlar skeleti
bo’ladi.
Jag’sizlarga harakatchan jag’lari bo’lmaydigan, og’iz organi so’ruvchi tuban
tuzilgan unnirtqasiz hayvonlar kiradi. Ularning jabra yoylari va juft suzgichlari
bolmaydi.
Toq burun teshigi toq hidlov xaltasiga ochiladi. Jag’sizlar to’garak og’izlilar sinfini
o’z ichiga oladi.
To’garak og’izlilar sinfi. To’garak og’izlilar tanasi silindrsimon cho’ziq, terisi
yalang’och, shilimshiq modda bilan qoplangan. Juft suzgichlari va jag’lari
bo’lmaydi. Og’iz teshigi og’iz so’rg’ichi tubida joylashgan. Burun teshigi toq
bo’ladi. Xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Orqa miyasi ikki yoni bo’y’ab
juft-juft boiib, mayda tog’ay o’simtalar joylashgan .
Tuzilishi. To’garak og’izlilar gavdasining oldingi va o’rta qismi silindrsimon,
keyingi qismi ikki yonidan yassilashgan. Gavdasi bosh, tana va dum bo’iimlaridan
iborat. Lekin ularning chegarasi aniq emas. Juft suzgichlari bo’lmaydi. Dumi
toraygan bo’lib, dum suzgichi bor. Tanasining orqa tomonida oldingi va keyingi
qismga bo’lingan orqa suzgichi joylashgan. Terisi yupqa bo’lib, juda ko’p teri
bezlariga ega.
Skeleti yaxshi rivojlangan xordadan iborat. Orqa miya ikki yoni bo’ylab
biriktiruvchi to’qima ichida umurtqalar yuqori yoyintng ilk o’simtalari joylashgan.
Miya qutisi asosini tog’ay plastinka tashkil etadi. Bu plastinka yon tomonida eshitish
kapsulasi, oldida hidlash chuqurchasi joylashgan Jabra yoylari varaglari bo’lmaydi.
Muskullari mioseptalar yordamida bir qancha miomerlarga bo’lingan.
Hazm qilish sistemasi og’iz oldi so’rg’ichlaridan boshlanadi. So’rg’ichlarda muguz
tishlar bo’Iadi. Uning tubidajoylashgan og’iz teshigi halqum bilan tutashgan.
Halqum gorizontal to’siq yordamida nafas olish nayi (halqumning ostki qismi) va
uning ustida joylashgan qizilo’ngachga ajraladi. Qizilo’ngach ichakka ochiladi.
Ichak anal teshigi bilan tashqi muhitga ochiladi. Oshqozon yaxshi bilinmaydi. Jigari
katta bo’lib, o’t pufagi bo’lmaydi.
Nafas olish sistemasi jabradan iborat. Nafas olish nayi devori Odd yonida jabra
yoriqlari bo’ladi. Bu yoriqlar jabra xaltalariga ochiladi. Xaltachalar devorida juda
kolp yiipqa varaqchalar bo’lib, ular ko’p sonli kapillarlar qon tomirlari bilan
ta’minlangan. Minogalarda har qaysi jabra xaltalari alohida teshik bilan tashqariga
ochiladi. Miksinlarda tashqi jabra teshiklari bo’ylama nayga, nay esa tana yon
tomonidagi bir juft teshik bilan bog’langan.
Qon aylanish sistemasi lansetniklarga o’xshash bo’lib, bitta yopiq doiradan iborat.
Yuragi yiirakoldi bo’lmasi va yurak qorinchasiga ajraladi. Ayirish sistemasi voyaga
yetgan minogalarda tana buyrak, ayrim miksinlarda esa bosh buyrak bo’ladi.
Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Bosh miya juda kichik bo’ladi: Oldingi miya
usti pardasida nerv hujayraiari bo’lmaydi. Miyacha uzunchoq miya ustida
joylashgan yo’g’onlashuvdan iborat.
Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Minogalar ko’zi kichkina, miksinalarda
reduksiyaga uchragan. Hidlov bo’shlig’i toq bo’lib, yagona burun teshigi bilan
tashqariga ochiladi. Ichki quloq rivojlangan; muvozanat organida faqat ikkita yarim
doira naylar bo’ladi. Teri retseptorlari har xil vazifani bajaradi. Minogalar uchun yon
chiziq organlarining ahamiyati ayniqsa katta. Bu organlar bosh va tananing ikki
yonidagi maxsus chuqurchalarda joylashgan. Ular yordamida hayvoniar suv oqimi
va suvdagi narsalami sezadi.
Ko’payishi va rivojlanishi. To’garak og’izliiar ayrim jinsli, jinsiy bezlari toq;
yetishgan jinsiy hujayralar jinsiy bezlar devori yorig’idan tana bo’sh-lig’iga va u
yerdan siydik tanosil sinusi orqali tashqariga chiqib urug’ianadi. Miksinlar
o’zgarishsiz rivojlanadi; minogalar tuxumidan lichinka chiqadi. To’garak og’izliiar
2 turkum: minogalar va miksinlarga bo’linadi.
Minogalar turkumi erkin yashovchi hayvonlardan iborat. Orqa suzgichi va 7 juft
jabra teshiklari bor. Dengizlarda, ayrim turlari (daryo minogalari) daryolarda
yashaydi. Minogalar mayda bentos hayvoniar va ularning murdasi bilan oziqlanadi.
Dengiz minogalari uvildiriq tashlash uchun daryolarga o’tadi, uvildiriq tashlagach
halok bo’ladi. Tuxumdan qumqazar deb ataladigan lichinka chiqadi. Qumqazar suv
tubida yashaydi, mayda organizmlar va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Ular bir
necha yil yashab, tuzilishi tamoman o’zgarib, voyaga yetgan hayvonga aylanadi
(metamorfoz). Qumqazar lichinkasi tuzilishini boshqutisizlarga o’xshashligi
to’garak og’izlilarni boshqutisizlar bilan qarindoshligini ko’rsatadi.
Miksinlar turkumi chala parazit hayot kechiradi. Orqa suzgichi bo’lmaydi. K.o’zlari
teri bilan qoplangan. Jabra xaltalari tana bo’ylab joylashgan umumiy nayga ochiladi.
Bu nayning teshigi boshidan orqaroqda tashqariga ochiladi.
Amaliy ahamiyati. Har xil minogalar ovqat uchun ishlatiladi. Miksinlar baliqlar
tanasida parazitlik qilib, ovlanadigan baliqlarga ziyon yetkazadi. Miksinlar to’rga
ilingan baliqlar tanasini yorib, ichki organlarini yeb qo’yadi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.Jag’sizlar bo’limiga qanday sinfga mansub hayvonlar kiradi?
2.To’garak og’izlilarning skeleti va muskullari qanday tuzilgan.
3.To’garak og’izlilar qanday yo’l bilan ko’payadi?
4.Bu sinf vakillari qanday nafas oladi?
5.Qumqazar qaysi hayvonning lichinkasi va u qanday tuzilishga ega?
6.Miksinlar qanday yo’l bilan ko’payadi?
Glossariy
1. Skeletogen parda- xordani va markaziy nerv sistemasini tashqaridan o’rab
turuvchi biriktiruvchi to’qima pardasi.
2. Umurtqa pog’onasi- bir tomondan butun gavdaga tayanch bo’ladi, ikkinchi
tomondan orqa miya va ichki organlar uchun saqlovchi g’ilof bo’lib xizmat qiladi.
3. Miya qutisi- bosh miya va sezuv organlarini mexanik ta’sirotlaridan himoya
qiladi.
4. Qumqazar lichinka- dengiz minogalari lichinkasi.
Adabiyotlar
1. Наумов С.П. Умуртқали ҳайвонлар зоологияси (А.Абдуллаев таржимаси),
Тошкент. 1995 йил. “Ўқитувчи” нашриёти. 260 б.
2. Дадаев С. Умуртқалилар зоологияси. Маърузалар матни. Т. Низомий
номидаги ТДПУ наширёти. 2000.
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017
4. Богданов О.П. Ўзбекистон ҳайвонлари (умуртқалилар) Тошкент, Ўқитувчи.
1983