Umurtqasizlar filogeniyasini rekonstruksiya qilish: kladistik usul; Linney kategoriyalari. Hayvonlarning hozirgi zamon zoologik sistematikasi, asosiy sistematik birliklar
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
19,1 KB
Umurtqasizlar filogeniyasini rekonstruksiya qilish: kladistik usul; Linney
kategoriyalari. Hayvonlarning hozirgi zamon zoologik sistematikasi, asosiy
sistematik birliklar
R E J A
1. Umurtqasizlar filogeniyasini rekonstruksiya qilish.
2. Linney kategoriyalari.
3. Hayvonlarning hozirgi zamon zoologik sistematikasi, asosiy sistematik
birliklar.
Zoologiya fanining keyingi rivojlanishi mashhur shved naturalisti Karl Linney
(1707-1778) nomi bilan bog’liqdir. K. Linney 1735 yilda o’zining “Tabiat sistemasi”
nomli kitobini nashr ettiradi. Bu kitobda u o’zaro bir-biriga qarindosh bo’lgan
sistematik kategoriyalar sinf, turkum, oila, avlod, tur haqida ma’lumotlar beradi va
o’ziga ma’lum bo’lgan 4200 tur hayvonlarni 6 ta sinfga bo’ladi.
Bular:
1. Sut emizuvchilar:
2. Qushlar:
3. Amfibiy va reptiliyalar:
4. Baliqlar:
5. Hasharotlar:
6. Chuvalchanglar:
Linney tur haqida masalani ham hal etib bergan. U tur deb o’zaro o’xshash
bo’lib, bir-birlari bilan bemalol qo’shilishib, nasl va boshqa turlarga o’tish imkoni
bo’lmagan individlarni atadi. Linney tuzgan sistema sun’iy bo’lib, hayvonlar
ko’proq tashqi ko’rinishga qarab u yoki bu sinflarga kiritilgan. Shu bilan birga K.
Linneyning fanga qo’shgan xizmatlari ham beqiyosligini tan olish kerak. K.
Linneyning fanga kiritgan binar nomenklaturasi sistematikaga tartib kiritdi. Binar
nomenklaturasi bo’yicha endilikda hayvonlar avlod va turkum nomi bilan atala
boshlandi. K. Linney sistematikaga biroz tuzatishlar ham kiritgan. Jumladan
ko’rshapalaklar avval qushlar sinfiga kiritilgan bo’lsa, Linney uni sut emizuvchilar
sinfiga odamni primatlar turkumiga kiritishi uni haqiqatga yaqinlashganini ko’rsatdi.
J.B. Lamark (1744-1829) hisoblanadi. Lamark barcha hayvonlarni 14 sinfga
ajratadi. Lamark o’zining “Zoologiya falsafasi” asarida birinchi bo’lib turlarning
o’zgarmasligi haqidagi fikrga qarshi turdi va o’zining evolyutsion ta’limotida
hayvonlar sistemasining oddiydan murakkabga qarab tuzadi.
Zoologiya tarixida fransuz olimi Jorj Kyuvening xizmatlari ham ancha
kattadir. Kyuve birinchi bo’lib, fanga eng katta kategoriya tipini kiritdi. Undan
tashqari u paleontologik qazilmalarga asoslanib, qadimda yashagan, lekin hozir
qirilib ketgan hayvonlar xususida ma’lumotlar beradi. Kyuve barcha hayvonlarni
sistemaga solishda ularning nerv sistemasiga asoslandi. Kyuve hamma hayvonlarni
4 tipga ajratdi.
1. Umurtqalilar:
2. Mollyuskalar
3. Bo’g’imlilar:
4. Shu’lalilar:
XI asrning yarmida tabiiy fanlarning rivojlanishi natijasida qiyosiy anatomiya,
embriologiya kabi fanlar paydo bo’ldi. Mikroskopning tuzilishini takomillashtirish
zoologiyada mikroskopik tekshirishlarni rivojlantirishga ta’sir etdi. XIX asr
biologiya fanida T. Shvann (1810-1882) va M. Shleyden (1804-1881) tomonidan
hayvonlar va o’simliklarning hujayraviy tuzilishi to’g’risidagi ta’limot katta
ahamiyatga ega bo’ldi.
Ch. Darvinning “Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi” (1859)
asarida turlarning o’zgarishi, evolyutsiyaning asosiy faktorlarining tushuntirib berdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida E. Gekel (1834-1919) va F. Myuller o’zlarini
biogenetik qonunlarini e’lon qilgan individual rivojlanishi bilan tarixiy taraqqiyoti
o’rtasida bog’lanishlarni ochib berdilar.
Zoologiya tarixida rus olimlarining ham ulkan hissalari bor. Ular Rossiya va
boshqa mamlakatlarda tarqalgan hayvonlarni o’rganish natijasida ko’plab
materiallar zoologiyadan bilimlarimizni yanada ko’payishiga xizmat qilishdi. P. S.
Pallas, G.V. Stellyer, A. F. Minendorf, N.N. Prejivalskiy kabilar shular
jumlasidandir. Hayvonlarning tuzilishi, embriologik rivojlanishi, tarixiy rivojlanishi,
sohada K. M. Byer, A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikovlar ulkan hissa qo’shdilar.
O’zbekistonda zoologiyaning rivojlanishi, tarixiy rivojlanishi, qomusiy
allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr al-Farobiy kabilarning
nomlari bilan bog’liqdir. Beruniy o’zining tibbiyot sohasidagi asarlarida 101 xil
hayvon va ulardan olinadigan dori-darmonlar haqida ma’lumotlar beradi.
“Hindiston” asarida esa Hindistonda uchraydigan turli hayvonlar haqida qiziqarli
ma’lumotlar keltiradi. Xususan, uning delfinlar tanasini ularni tovushlar orqali bir-
birlari bilan aloqa qilish haqidagi ishlari hozirda isbotlangan.
Ibn Sino (980-1073) “Kitob ash-shifo” asarida esa odamlarining ichagida
tekinxo’rlik bilan yashovchi chuvalchanglar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni
davolash choralari haqida yozadi. Ibn Sino ba’zi hayvonlarning tashqi
ko’rinishlariga qarab ularga “dumaloq qurt”, “mitti qurt”, “katta va uzun qurt” kabi
nomlarni ham bergan.
Farobiy “Hayvon organlari, ularning vazifasi va kuchlari” nomli asarida har
bir hayvonni harakatga keltiruvchi kuchlar va tabiiy issiqlik bo’lishi haqida
ma’lumotlar beradi. Uning yozishicha “hayvon yuragida katta issiqlik zaxiralari
bo’lib, issiqlik asta tomirlar orqali turli organlarga uzatiladi”. Muallif hayvon
organizmidagi barcha a’zolar ishi yurakda hosil bo’ladigan issiqlik evaziga ro’y
berishini ko’rsatadi.
Hayvonot dunyosi to’g’risidagi ilmiy ma’lumotlar Zaxiriddin Muhammad
Boburning (1483-1530) “Boburnoma” asarida ham keltiriladi. Asarda Hindistonda
uchraydigan 60 dan ortiq hayvonlar, ularni sistematikasi beriladi. Bobur fil,
karkidon, kiyik, tovus, to’ti, laylak, o’rdak, baqa, baliqlar kabi hayvonlarning fe’l -
atvorlarini, ularining turlari o’rtasidagi farqlar haqida ma’lumot beradi.
O’zbekistonda hayvonot dunyosini o’rganish faqat XIX asrning ikkinchi
yarmida boshlanib, bu sohada N. A. Seversov, A. P. Fedchenko, V. F. Oshanin
kabiarning xizmatlari juda katta bo’ldi.
Asrimizning 20- yillarida Turkiston Universiteti tashkil etilishi zoologiya
rivojiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyoda tarqalgan hayvonlarni
o’rganishda A. L. Brodskiy, T. Z. Zoxidov, R. O. Olimjonov, A. T. To’laganov va
boshqalar tomonidan olib borildi.
Markaziy Osiyo hayvonlarini o’rganish 20 asr boshlarida jadal suratlar bilan
olib borildi. N. I. Xodukin (1896-1954), L.M. Isayev (1868-1964) bu joylardagi
bezgak pashshalarini o’rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishgan.
Undan tashqari buxoroda odamlarda keng tarqalgan rishta kasallgi ham o’rganilgan.
Oqibatda bezgak va rishta bilan kasallanish oldi olingan.
Turkiston univyersitetida A.L. Brodskiy (1882-1943) bir hujayrali hayvonlarni
o’rganishni boshlab byerdi. D.N.Qashqarov (1878-1941) markaziy Osiyoda
ekologik tekshirishlarni olib bordi. V.V.Yaxontov (1899-1970) hasharotlarni,
A.M.Muhammedov suvda yashovchi umurtqasizlarni o’rganish borasida katta
tadqiqotlar olib bordi. Zoogelmintlarni o’rganish bo’yicha M.A. Sultonov, I.X.
Ergashev, J.Azimov kabilarni ishlari mavjud.
Zoologiya tarixida uzoq yillar mobaynida hayvonlarni o’rganishda ko’proq
sistematik xarakterdagi ishlarni bajarish, sistematikaning asosiy tamoyillarini tadqiq
qilishga qaratildi. Darhaqiqat yerda, suvda, tarqalgan hayvonlarning bir-birlariga
o’xshashlik farqlarini aniqlashning ma’lum yo’llari bo’lmaganida edi, jonivorlarni
tavsiflash, ularni ayrim o’xshash guruhlarga ajratish nihoyatda qiyin bo’lar edi.
Hayvonlarni bir-birlariga o’xshashlik va farqlarini o’rganishda sistematika
kategoriyalaridan foydalaniladi. Asosiy sistematik kategoriyalar yoki taksonlar tip,
sinf, turkum, oila, avlod va turdir. Eng katta takson tip, eng kichigi - tur hisoblanadi.
Bitta turga kiruvchi hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirish tarzi bir-biriga o’xshash
bo’lib, ma’lum territoriyalarni egallab, morfologik, fiziologik, ekologik, irsiy
xususiyatlari bilan boshqa turlardan farq qiladi. Bir turning individlari bir-birlari
bilan erkin chatishadi va serpusht nasl beradi.
Zoologiyaning keyingi yillardagi rivojlanishi undan endilikda alohida
guruhlarga mansub havonlarni o’rganuvchi shahobchalarni paydo bo’lishiga olib
keldi. Bular qatoriga protozoologiya-bir hujayrali hayvonlarni, gelmintologiya
chuvalchanglarni,
entomologiya
hasharotlarni,
akarologiya
kanalarni,
mirmekologiya chumolilarni, kartsinologiya qisqichbaqa-simonlarni, ornitologiya
qushlarni, teriologiya sut emizuvchi hayvonlarni o’rganuvchi shaxobchalarni
ko’rsatish mumkin. Undan tashqari zoologiya hayvonlarni tuxumlarini shakli, rangi,
og’irligi kabi qator ilmiy tadqiqotlarni olib boradigan fan sifatida maydonga
chiqmoqda. Konxiologiya bo’lsa yumshoq tanlilarning chig’anog’ini tadqiq qiladi.
Planktologiya esa suvda tarqalgan. Unda osilib yashovchi jonivorlarni o’rganadi.
Shuningdek
kitlarni
o’rganuvchi
ketologiya,
maymunlarni
o’rganuvchi
primatologiya kabi zoologiya shaxobchalari ham mavjud.
Bir qancha umumiy belgilari o’xshash bo’lgan turlar avlodga birlashtiriladi.
Avlodlar oilalarga, oilalar turkumlarga, turkumlar sinflarga, sinflar tiplarga
birlashtiriladi. Undan tashqari ”katta”, ”kenja” so’zlari qo’shib ishlatiladigan
taksonlar: katta sinf, kenja sinf, katta turkum, kenja turkum kabilardan ham
foydalaniladi.
Misol tariqasida karam kapalagining sistematik o’rnini ko’rsatamiz.
Tip-Arthrapoda-bo’g’imoyoqlilar
Kenja tip-Tracheata-traxeyalilar
Sinf-Ynsecta-hasharotlar
Kenja sinf-Ectognatha-ochiq jag’lilar
Turkum-lepidoptyera-kapalaklar
Kenja turkum -Frenata-har-xil qanotlilar
Oila -Piyerdae-oq kapalaklar
Avlod -Piyeris-oq kapalaklar
Tur -Piyeris brassica-karam kapalagi
Yuqorida ko’rsatilgandek turlar lotin tilida avlod va turni nomlari bilan
ifodalaniladi.
Hozirgi zamon zoologiyasida eng katta sistematik kategoriya tiplarni ham
yanada yuqoriroq taksonlarga birlashtirish zaruriyati kelib chiqdi. Shunga ko’ra bir
qancha tiplarga mansub tuzilishi va hayot jarayonlarida umumiy bo’lgan hayvonlar
ikki guruhga: bir hujayralilar (Protozoa) va ko’p hujayralilar (Metazoa) kenja
dunyosiga bo’linadi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Hayvonlarni klassifikatsiyalash nimalardan iborat?
2. Zoologiya fanlar sistemasi ekanligini qanday izohlaysiz?
3. Zoologiya tarixida Arastuning xizmatlarni tushuntiring.
4. Zoologiya tarixida K. Linney, J. B. Lamark ishlari nimalardan iborat bo’lgan?
5. Hayvonlarni klassifikatsiyalashga o’z hissalarini qo’shgan rus olimlari haqida
nimalarni bilasiz?
6. O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning zoologiya sohasidagi qanday ishlarni bilasiz?
7. O’zbekistonda zoologik tadqiqotlar bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida
nimalarni bilasiz?
8. Asosiy sistematik kategoriyalarga mansub sistematik me’zonlarni tushuntiring.
Glossariy
1. Filogeniya (филогения) — tarixiy rivojlanish jarayoni.
2. Mikroskop (микроскоп) — yunoncha ,,mikro"- kichik; ,,skoneo''- ko'raman
degan ma'noni anglatadi.
3. Sistematika (систематика) — hayvonlarni xilma-xilligi, o’zaro o’xshashlik va
farqlarni, sistematik guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi.
4. Protozoologiya (протозоология) — bir hujayrali hayvonlarni o'rganuvchi fan.
5. Takson (таксон) — oʻzaro qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan va
boshqa guruhlardan alohidalangan muayyan taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ,
oila va boshqalarga mansub boʻlgan organizmlar guruhi.
6. Tur (тур) — biologik sinflantirishdagi asosiy birliklardan biridir. Odatda bir-biri
bilan chatisha oladigan va nasldor avlod qoldiradigan organizmlar guruhiga tur,
deb aytiladi.
7. Turkum (туркум) (genus) — filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni
birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya
Adabiyotlar
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190
б.
2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан
лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006.