URG‘OCHI HAYVONLAR JINSIY ORGANLARI
1.Urg‘ochi hayvonlarning ko‘payish organlarining fiziologiyasi.
2.Jinsiy sikl, reflekslar va juftlanish, urug‘lanish fiziologiyasi.
3.Hayvonlarni qochirish turlari. Bug‘ozlik, bolaning o‘sish va rivojlanishida
plasentaning ahamiyati. Tug‘ish fiziologiyasi.
Tayanch iboralar.
Tuxumdonlar, tuxum yo‘li, bachadon, qin, tashqi jinsiy lablar, ovogenez,
ko‘payish, o‘sish, yetilish, ovulyatsiya, kuyikish, yestrogen, jinsiy qo‘zg‘alish, jinsiy
sikl, progesteron, qo‘zg‘alish, tormozlanish, muvozanatlanish, qisir, juftlashish,
ereksiya, quchoqlashish refleksi, jinsiy aloqa, eyakulyatsiya, tabiiy va sun’iy
qochirish, morula, trofoblast, yembrioblast, korunkula, plasenta, vitamin, gormon,
antitela, Batalov yo‘li, Aransit yo‘li, tug‘ish, tutish uch fazali jarayon.
Urg‘ochi hayvonlar jinsiy organlariga:
1. Tuxumdonlar.
2. Tuxum yo‘llari.
3. Bachadon.
4. Qin.
5. Tashqi jinsiy lablar kiradi.
Tuxumdonlar oval tuzilgan organ bo‘lib, hayvonlarning qorin bo‘shlig‘i-ning
bel qismida buyrak orqasida joylashgan kattaligi turli hayvonlarda turlicha: sigirlar,
cho‘chqalarda uzunligi 2-5 sm, qo‘ylarda 0,8-2 sm, biyada 3-15 sm dir. Sigir, qo‘y,
cho‘chqa tuxumdonlarining usti oq parda bilan o‘ralib, bu parda-dan tuxumdon
ichiga biriktiruvchi to‘qima tolalari o‘tgan. Tuxumdon po‘stlog‘ida generativ
epiteliy hujayralaridan tuxum hujayralari hosil bo‘lib-ovogenez deyiladi (Ovum-
tuxum). Ovogenezda uchta faza farq qilinadi.
1. Ko‘payish.
2. O‘sish.
3. Yetilish.
Generativ hujayralardan hosil bo‘lgan tuxum hujayrasi follikulyar epiteliy
bilan o‘ralib, follikulyar epiteliy hujayralari bo‘linib, ko‘payib turadi va tuxum
hujayrasining atrofi bir necha qavat bo‘lib o‘raladi ya’ni follikula hosil bo‘ladi.
Follikula kengayib ichida bo‘shliq hosil bo‘lib, bo‘shliq follikulyar epiteliy
ishlab chiqargan yestrogen gormoni bilan to‘lib, hajmi kattalashib graf pufakchasini
hosil qiladi. Tuxum do‘mboqchasiga ovosit (rivojlanayotgan tuxum hujayrasi)
joylashib, tuxum hujayrasi ovulyatsiya va urug‘langandan keyin yetiladi.
Tuxumdonda ko‘p follikulalar hosil bo‘lsada yetilish davrida ko‘pi shimilib ketadi-
atreziyaga uchraydi.
Yetilayotgan follikulalar kattaligi va soni turli hayvonlarda turlicha masalan:
biya va sigirlarda 1-2 ta follikula yetilib, ularning diametri 1-1,5 sm bo‘lib,
tuxumdonni to‘g‘ri ichakdan qo‘l bilan paypaslab bilamiz.
Qo‘y va yechkilarda 1-7 ta follikula birdaniga yetilib 1 sm kattalikda bo‘lsa,
cho‘chqalarning ikkala tuxumdonida 15-40 tagacha 0,8-1 sm kattalikdagi fallikula
yetiladi.
Sigirlar follikulalari uch fazada yetiladi.
1. Fazada follikulalar qattiq bo‘lib kattaligi 0,5-0,75 sm (10-15 soat davom
yetadi).
2. Faza 10-12 soat davom yetib follikulalar paypaslaganda po‘sti taranglashib
kattalashib 1-1,5 sm bilqillab turadi.
3. Fazada tuxum hujayrasining po‘sti juda yupqalashib paypaslaganda yorila-
yotganday tuyilib hayvonlarni qochirish uchun qulay payt hisoblanib ovulyatsiya-
dan oldin kuzatilib follikula yorilib tuxum hujayrasi chiqa boshlaydi.
Biya follikulalari 4 fazada yetilib ularning follikulalari katta va yetilishini
aniqlash oson.
1. Fazada tuxumdonning tuxum yetiladigan kichik qismi yumshaydi.
2. Fazada tuxumdonning tuxum yetiladigan qismi kattalashib sezilar-sezilmas
bilqillashi kuzatiladi.
3. Fazada tuxumdonning follikula yetiladigan qismi kattalashib noksimon
shaklda bo‘lib bilqillash yaxshi seziladi.
4. Fazada follikula po‘sti yupqalashib bilqillash juda yaxshi sezilib folli-
kuladagi suyuqlik 80-100 mlga yetadi.
Ovulyatsiya vaqtida chiqqan tuxum hujayrasi dumaloq, diametri 0,1-0,2mm
spermatazoidlardan bir necha marta katta, protoplazma va yadroga yega (sariq
donacha va shar shaklidagi yadro).
Protoplazma mikroskop tagida yaxshi ko‘rinmay u sariq po‘st bilan o‘ralib
sariq po‘st ustida tuxum hujayrasining xususiy pardasi bilan o‘ralib tiniq parda bilan
qoplangan bo‘ladi. Po‘st bilan parda orasida bo‘shliq bo‘ladi. Tuxum hujayrasining
xususiy pardasi tuxum do‘mboqchasidan chiqqan bir necha qavat mayda
follikulalardan iborat. Shu’lasimon o‘ralib uning tashqi qismidan boshqa follikulyar
hujayralar qoplagan.
Jinsiy yetilgan urg‘ochi hayvon organizmidagi tuxum hujayralarining yeti-
lishi bilan ovulyatsiya, kuyikish jinsiy moyillik va jinsiy qo‘zg‘alish vaqti-vaqti bilan
takrorlanib turadi. Ovulyatsiya-organizmni ta’sirotlarga nisbatan murakkab
reaksiyasi bo‘lib yetilgan follikula pufagi yorilib tuxum hujayrasi tashqariga chiqadi.
Tuxumdonlar nerv tolalari bilan yaxshi ta’minlanib qinda, bachadonda
haroratni, mexanik, kimyoviy ta’sirotlarni sezadigan retseptorlar bo‘lib shu
retseptorlarning ta’sirlanishi ovulyatsiya refleksini keltirib chiqaradi.
Ovulyatsiya quyonlar, mushuklar, bug‘ilar ba’zi bir yumronqoziqlar,
tuyalarda juftlanishdan bir necha soat o‘tgandan keyin kuzatilib ovulyatsiyada nerv
siste-masining o‘rni muhimdir. Masalan: quyon tuxumdoniga keladigan nerv tolasi
uzilsa tuxum hujayrasi yaxshi yetilmaydi.
Ovulyatsiyaga erkak hayvonlarni ko‘rinishi, boqish sharoiti, follikula
pufagining suyuqligini beradigan bosimi, suyuqlik tarkibidagi proteolitik fermentlar
ta’sir yetadi. Nerv sistemasidan tashqari jinsiy bezlar faoliyatiga ichki sekresiya
bezlari ham ta’sir qiladi.
Jinsiy bezlar faoliyatiga ta’sir qiladigan gipofiz bezining gonodo-trop
gormonining uch xili bo‘lib.
1. Follikulalarni yetilishini ta’minlaydigan gormon-erkak va urg‘ochi hayvon-
lar jinsiy bez epiteliylarini rivojlantirib erkak hayvonlarda spermato-genezga ijobiy
ta’sir yetadi.
2. Interstisial hujayralarning yetilishini ta’minlovchi gormon follikula-larni
yetilishini, yestrogen gormonlarining ajralishini, sariq tana hosil bo‘lishini,
progesteron, testosteron gormonlarini ishlab chiqarishini kuchay-tiradi.
3. Lyuteinotrop gormon (prolan B) sariq tanadan progesteron gormonini ishlab
chiqartirib sut bezining rivojlanishiga, laktatsiyaga ta’sir yetadi va prolaktin deb
ataladi.
Ovulyatsiya jinsiy moyillikdan keyin sigirlarda 7-15 soat, qo‘ylarda 31-32
soat, qorako‘l qo‘ylarda 22-60 soat, cho‘chqalarda 25-40 soatdan keyin biyalarda 3-
7 kun oldin yoki jinsiy moyillik tugashidan 48-24 soat oldin kuzatiladi.
Ko‘p bola tug‘adigan hayvonlar tuxumdonida birdaniga ko‘p tuxum hujay-
rasi yetilib qisqa vaqtda ovulyatsiyaga uchraydi. Masalan: qo‘y, yechki, sigir tuxum-
donlarida ikkita follikula birdaniga yetilsa ular 4 soatda ovulyatsiyaga uchrab
follikulalarning yetilishi hayvon organizmining fiziologik holatiga, yilning fasliga,
iqlim sharoitiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq. Yetilgan follikulalarning hammasi
ovulyatsiyalanmasa dastlab ovulyatsiyaga uchragan follikulalar o‘rnida hosil
bo‘lgan sariq tana progesteron gormonini ishlab chiqarib boshqa follikulalarni
yetilishi va ovulyatsiyaga uchrashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ovulyatsiya vaqtida tuxum yo‘llariga ko‘p qon kelib, muskulli devori va
tuxumdon tomog‘idagi qismi kengayib taranglashib ichiga tuxum hujayrasi tushi-
shiga sharoit yaratilib, follikuladan chiqqan tuxum hujayra va follikulyar suyuqlik
tuxum yo‘lini kengaygan qismiga tushadi. Tuxum yo‘llari devori va bu yerdagi
xilpillovchi epiteliylar harakati tufayli tuxum hujayrasi bachadonga tomon harakat
qiladi.
Tuxum hujayralari turli hayvonlar tuxum yo‘lida turli vaqtgacha urug‘la-nish
qobiliyatini saqlab biyalarda 10 soat, qoramollarda 20 soat, qo‘ylarda 5 soat,
sichqonlarda 12, kalamushlarda 20, dengiz chuchqalarida 6-7 soat turadi.
Kuyikish - techka- tuxumdonda yetilayotgan follikulalar ishlab chiqargan
jinsiy gormonlar-yestrogenlarning qon orqali organizmga tarqalishi natijasi-da hosil
bo‘ladigan murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, gormonlar jinsiy yo‘llarning qon
tomirlariga qon kelishini ta’minlab bachadon, qin va tashqi jinsiy lablarni shilliq
pardalarida giperemiya hosil qilib, ko‘p shilimshiq ajratib, jinsiy yo‘llarda ko‘p
shilimshiq suyuqlik oqib turadi. It va sigirlar kuyikkanida mayda tomirlar yorilib,
jinsiy yo‘llardagi suyuqlikning rangi qizil bo‘ladi. Kuyikish belgilari sigir va
g‘unojinlarda yaqqol sezilib kuyikish jinsiy moyillikdan sigirlarda 15 soat,
cho‘chqalarda 24 soat oldin kuzati-ladi. Jinsiy moyillik qonga tushgan yestrogen
gormoni nerv sistemasini qo‘zg‘a-tib, urg‘ochi hayvon erkak hayvonga moyilligini
bildirib urg‘ochi hayvon organizmi jinsiy aloqaga, ko‘payishga tayyor bo‘ladi. Ya’ni
sigirlar bezovtalanadi, ozuqani yomon yeydi, podadan qochadi va bir-biriga
sakraydi.
Cho‘chqalar, bezovtalanib, bir-biriga sakrab, harakatsizlik refleksi hosil
bo‘ladi, ya’ni hayvon orqasiga qo‘l tashlansa yurmay to‘xtab qoladi. Erkak cho‘chqa
yaqinlashsa undan ajramaydi.
Biyalarni hulq-atvori o‘zgarib, bezovtalanib, ishtahasi pasayib, tashqi
ta’sirotlarga sezuvchan bo‘ladi.
Qo‘ylarda
jinsiy
moyillik
faqat
erkak
hayvonlarni-qo‘chqorlarni
yaqinlashtirib aniqlanadi. Jinsiy moyillik turli hayvonlarda turlicha bo‘lib biyalarda
3-10-12 kungacha davom yetib, ularning follikulalarini yetilib yorilishiga ko‘p vaqt
o‘tadi. Sigirlarda 10-20 soat davom yetib, jinsiy moyillik tashqi muhit
temperaturasiga, sutkaning davriga ya’ni salqin vaqtda jinsiy moyillik issiq
vaqtdagidan yaxshi kuzatiladi. Jinsiy moyillik susayishi bilan urg‘ochi hayvonlar
erkak hayvonlarni yaqinlashtirmaydi, tepadi, tishlaydi, qochadi va befarq bo‘ladi.
Jinsiy qo‘zg‘alish - urg‘ochi hayvon organizmining umumiy holati bo‘lib,
ovulyatsiya, kuyikish va jinsiy moyillik bilan bog‘liq bo‘lib erkak hayvonga
yaqinlashib unga sakraydi, lekin erkak hayvonni o‘ziga sakratmaydi. Urg‘ochi
hayvonlar jinsiy organlarida takrorlanadigan bu davriy jarayonlar jinsiy sikl
to‘g‘risida ta’limot yaratilishiga olib keldi. Jinsiy sikl deb, urg‘ochi hayvonlar
organizmida bir kuyikishdan ikkinchi kuyikishgacha bo‘lgan fiziolo-gik jarayon
tushinilib, bu murakkab neyrogumoral jarayonda organizmning barcha sistemalari
ishtirok yetadi.
Jinsiy siklda qo‘zg‘alish, tormozlanish va muvozanatlanish davrlari farq
qilinadi.
1. Qo‘zg‘alish davrida kuyikish, jinsiy moyillik, tuxumdonlarda follikulalar-
ning yetilishi va ovulyatsiyaga uchrashi kuzatiladi. Hayvonlarning jinsiy refle-ksi
boshqa reflekslardan ustin turadi.
Ovulyatsiya tufayli yorilgan follikula o‘rniga turli vaqtda sariq tana hosil
bo‘lib qo‘ylarda 10 soatdan keyin diametri 2-3 mm tuxumdon yuzasida bo‘rtib o‘sib
kattalashib 8 kunda to‘la yetiladi.
Biyalarda sariq tana diametri ovulyatsiyadan ikki kun o‘tganida 25-70 mm
bo‘lib, keyin kattalashib kichrayadi. Sariq tananing progesteron gormoni hay-
vonning kuyikishini, jinsiy moyilligini yo‘qota borib bachadon shilliq par-dasidan,
qindan, qin daxlizidan oqayotgan shilimshiqni kamaytirib chiqarmay qo‘yadi, ya’ni
osoyishtalik befarqlik boshlanadi.
2. Tormozlanish davri deb shunga aytiladi.
3. Muvozanatlaish davrida osoyishtalik befarqlik va jinsiy organlarda o‘zgar-
ishlarini yo‘qolgani yaqqol bilinadi. Tuxumdonda, ham follikula, ham sariq tana
bo‘lib, jinsiy sikl nisbatan tinch bo‘ladi.
Tuxum hujayrasi otalangandan keyin hayvon bug‘ozlanib, hayvon tug‘ib
ma’lum vaqtdan keyin jinsiy sikl yana qayta boshlanadi. Hayvonlar qochmay qolsa
sigir va qo‘ylarda 10-12, cho‘chqalarda 15-16, biyalar 8-12 kundan keyin
tuxumdonidagi sariq tana kichrayib yo‘qoladi, o‘rnini biriktiruvchi to‘qima
qoplaydi. Sariq tananing so‘rilishi progesteron gormonini kamayishiga olib kelib,
follikulalarni yetila borishiga va yestrogen gormonlarini hosil qilib qonga o‘tib jinsiy
siklning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Qisir sigirlarda 19-21, biyalarda 20-22, qo‘y,
yechkilarda 17-18, cho‘chqalarda 19-21, tuyalarda 9-50 kunda jinsiy sikl takroralnib,
jinsiy funksiyalar tashqi muhit, yilning fasli, iqlimi, harorat, yorug‘lik oziqlantirish
va boshqa sabablarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Jinsiy siklning namoyon bo‘lishiga qarab monosiklik hayvonlarga ya’ni
ma’lum faslda jinsiy sikllari takrorlanib, ularga yovvoyi hayvonlar va itlar kiradi.
Bug‘oz bo‘lmasa yilning butun fasllarida sigirlar, cho‘chqalar, biyalar, qo‘y va
tuyalarning ayrim zotlarida jinsiy sikl takrorlanib polisiklik hayvonlarga kiradi.
Hayvonlar organizmiga tashqi muhit ta’siroti bilan bog‘lab boqib, parvarish
qilib sharoitlarni o‘zgartirib jinsiy siklni boshqarib o‘zgartirish mumkin. Masalan:
yoz faslida qo‘ylarda jinsiy sikl kuzatilmay kechalari salqinda yayratib boqish,
yaxshi oziqlantirish hisobiga jinsiy siklni paydo qilish mumkin.
Jinsiy faoliyat murakkab neyrogumoral jarayon bo‘lib jinsiy refleks-larni
paydo bo‘lishida markaziy va vegetativ nerv sistemalari, gipofizning gonodotrop
gormoni va tuxumdon gormonlari ishtirok yetib nerv sistemasi asosiy va yetakchi
vazifani bajarib, gumoral sistema bilan bog‘langandir. Gormonlar nerv sistemasi
orqali ta’sir yetganda butun organizm faoliyatiga ta’sir yetib, bu vaqtda ko‘payish
jarayonlariga aloqali shartli reflkslarni engil hosil qilish mumkin. Masalan: jinsiy
moyilligi qo‘zg‘alib kelayotgan biyalarga ayg‘irni bir necha bor yaqinlashtirilsa va
shartli ta’sirotchi bilan quvvatlansa keyinchalik faqat shartli ta’sirotchiga nisbatan
jinsiy moyillik belgisi paydo bo‘ladi. Bu urg‘ochi hayvonlar jinsiy faoliyatlarida
bosh miya yarim sharlar po‘stlogi yetakchi vazifa bajarishini ko‘rsatadi.
Juftlanish (jinsiy akt) shartli va shartsiz reflekslarning murakkab yig‘indisi
bo‘lib erkak hayvon urug‘i urg‘ochi hayvon jinsiy yo‘liga tushirilishi bilan
xarakterlanib 4 xil jinsiy refleks farq qilinadi.
1. Ereksiya.
2. Quchoqlashish refleksi.
3. Jinsiy aloqa.
4. Eyakulyasiya.
Bular shartsiz reflekslar bo‘lib, hayvonlar hayoti jarayonida juftlash-ishga
yordam beradigan shartli reflekslar ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan: yosh
tajribasiz hayvonlar urg‘ochi va erkak hayvonlarga sakrashi mumkin, lekin tajribasi
orta borgan sari o‘z turiga mansub urg‘ochi hayvonga, kuyikkanda sakraydi.
Hayvonlar jinsiy yetilib organizmda hosil bo‘lgan jinsiy gormonlar ta’sirida qarama-
qarshi jinsdagi hayvonga moyil bo‘lib yaqinlashadi, bu vaqtda xid bilish, ko‘rish,
eshitish va boshqa sezgi organlari muhim rol o‘ynab jinsiy aktga aloqador refleks
namoyon bo‘ladi. Qishloq hujalik hayvonlarning jinsiy reflekslari quyidagilar:
1.Ereksiya - jinsiy a’zoga arteriya qoni ko‘p oqib kelib (yo‘g‘onlashib)
kattalashib, sezuvchanligi va harorati oshadi muskullarning qisqarishi natijasida
jinsiy a’zoning asos qismi quymich suyakka qisilib, qon qaytib oqib keta olmaydi.
Ereksiya vaqtida siydik tanosil yo‘li sperma o‘tishi uchun kengayadi. Urg‘ochi
hayvonni ko‘rinishi, hidi va boshqa ta’sirotlar erkak hayvonlar sezgi organlariga
ta’siri reflektor ereksiya markazini qo‘zg‘atadi. Ta’sirot bosh miyadan orqa
miyaning dumg‘uza ya’ni ereksiya markazga va jinsiy a’zoga uzatilib ereksiya sodir
bo‘ladi, ba’zan MNS ishtirokisiz ham yeresiya sodir bo‘ladi.
Ayg‘ir, buqa va qo‘chqorlarni hayvonlarni qochiriladigan xonalarga
kiritilishi urg‘ochi hayvonlarni ko‘rmaganida ham ereksiya hosil qilib, bu ereksiya-
ni shartli reflektor ravishda hosil bo‘lganligini bildiradi.
2.Quchoqlashish refleksi-erkak hayvonni urg‘ochi hayvon ustiga sakrab
oldingi oyoqlari bilan quchoqlab, bu holat ayg‘ir va cho‘chqalarda yaxshi kuzatiladi.
3.Bu vaqtda jinsiy aloqa refleksi yuzga chiqib jinsiy a’zo urg‘ochi hayvon
qiniga kiritilib, erkak hayvon harakati bilan jinsiy a’zo qin shilliq pardasiga
ishqalanib, bosim berib, retseptorlarni ta’sirlab-eyakulyatsiya boshlanadi ya’ni
siydik tanosil kanalidan sperma chiqariladi. Demak, eyakulyatsiya bo‘lishi uchun
jinsiy a’zo ereksiya holatiga kelib, qinga ishqalanib ma’lum bosim va harorat
ta’sirida jinsiy a’zoning bosh qismidagi nerv yelementlari qo‘zg‘alib, qo‘zg‘alish
orqa miyaning bel dumg‘aza qismidagi eyakulyatsiya markaziga borib, markaz
qo‘zg‘alishi natijasida javob reaksiyasi jinsiy bezlar, siydik tanosil kanalining
muskullari qisqarib, urug‘don ortig‘idagi spermatazoidlar qo‘shimcha jinsiy bez
sekretlari bilan siydik tanosil kanaliga chiqarilib, bu yo‘lning ritmik qisqarishi bilan
sperma qinga tushiriladi.
Urg‘ochi hayvonlar jinsiy moyilligi erkak hayvonlarga qaraganda passiv,
kuchoqlashish refleksi jisniy aktga qarshilik qilmay jinsiy aloqa jinsiy organlar
muskullarining umumiy harakati, urg‘ochi hayvonlarda ereksiya jinsiy organlarga
bachadon bo‘yniga, tanasiga, ichki jinsiy labga va qinning dahliziga qon qo‘yiladi.
Eyakulyatsiya urg‘ochi hayvonlarda 2 fazada kechib 1 fazada qin dahlizi va
qin bezlaridan shilimshiq ajralish kuchaysa, 2 fazada bachadon tanasi va buynining
muskullari tortilib qisqarib, ichidagi shilimshiq qinga chiqarilib spesifik qo‘zg‘alish
(orgazm) sodir bo‘ladi.
Juflanishga otlarda 0,5 daqiqa, kavsh qaytaruvchilarda bir necha soniya,
cho‘chqalarda 5-8 daqiqa va itlarda 45 daqiqa vaqt o‘tadi.
Miya
po‘stlog‘idagi
qo‘zg‘alish
va
tormozlanish
jarayonlari
muvozanatlashmagan erkak hayvonlar jinsiy reflekslari buzilib haddan tashqari
qo‘zg‘aluvchan bo‘lsa, ozroq brom preparatlari va tormozlangan bo‘lsa kofein berish
maqsadga muvofiqdir.
Hayvonlar 2 xil yo‘l bilan ta’biiy va sun’iy yo‘l bilan qochirilib sigir, qo‘y va
yechkilar juftlashtirilganda sperma urg‘ochi hayvonni qiniga biya va cho‘chqalarda
to‘g‘ri bachadonga tushadi. Shuning uchun V.K.Milavanov hayvonlarni tabiiy
qochirishni: qin (sigir, qo‘y, yechki, quyonlar) va bachadon (biya, cho‘chqa va itlar)
tipiga bo‘ladi. Bachadon tipida qochadigan hayvonlarning bachadoni uzun, bo‘yni
burmali, erkak hayvonlarning jinsiy a’zolari uzun jinsiy aktda jinsiy a’zo
bachadonga juda yaqin borib qo‘shimcha jinsiy bezlar rivojlanganligi uchun
spermasi ko‘p va bachadonga tushgan spermatazoidlar uzoq harakat qilib tuxum
hujayralarni urug‘lantiradi.
Qin tipi bo‘yicha qochuvchi hayvonlar bachadonini bo‘yni tor kanalga
o‘xshab ko‘ndalang burmaga yega, erkaklarning yeyakulyati kam. Jinsiy yo‘lga
tushgan spermatazoidlar harakatiga bachadon tanasi va shoxlarining qisqarishi ta’sir
qiladi. Tuxumdonlarda follikulalar yetilganda bachadon harakati sezilarli bo‘l-ib
jinsiy moyilligi davrida bachadon qisqarishi yaxshi kuzatiladi va ovulyatsiya-dan
keyin tezlashadi. Hayvonlar qochirilganda gipofiz orqa qismining gormoni oksitosin
bachadon harakatini tezlashtiradi, hayvonning xurkishi, unga qo‘pol-lik qilish
buyrak usti bezining mag‘iz qavatidan ajraladigan adrenalin gormo-ni bachadon
harakatini susaytirib, tuxumni urug‘lanishi pasayadi. Bachadonga o‘tgan sperma
tuxum yo‘llarini muskullarini qisqarishi natijasida harakat qilib, spermatazoidlar
tuxum hujayrasiga yaqinlashgandagina mustaqil harakat qiladi. Har ikkila tipdagi
hayvonlar bachadoni bo‘ynida spermatazoidlarni yashab urug‘lantirish xususiyatini
saqlash uchun sharoit yetarli. Jinsiy moyillik davrida sigirlar jinsiy organida
spermatazoidlar 24 soat, qo‘ylarnikida 36-48, biya va cho‘chqalarnikida 24-28 soat
yashab urug‘lantirish qobiliyatiga yega. Spermatazoidlar aktivligi urg‘ochi hayvon
organizmining umumiy holatiga, semizligi, ovulyatsiya davrida ajralgan follikula
suyuqligini bachadonga oqib kelishiga bog‘liq. Urug‘lanish spermatazoidlarning
tuxum hujayrasi protoplaz-masiga kirib, o‘zaro assimilyasiya va dissimilyasiyaga
uchraydigan murakkab fiziologik jarayoniga aytiladi. Natijada zigota hosil bo‘lib
yangi organizm vujudga keladi. Ovulyatsiya vaqtida follikuladan chiqqan oosit o‘zi
o‘ralgan follikulyar hujayra bilan tuxum yo‘liga tushib peristaltik harakat tufayli
bachadonga siljiydi. Agar hayvon vaqtida qochirilgan bo‘lsa tuxum hujayra
spermatazoidlar bilan uchrashib urug‘lanadi, urug‘lanish 3 ta davrda qechadi.
1-davrda spermatazoidlar o‘zidan ajratgan gialuronidaza fermenti ta’sirida
shu’lasimon tojni o‘ragan follikulyar hujayralarni yemiradi, juda ko‘p
spermatazoidlar qatnashadi.
2-davrda spermatazoidlarning ko‘pchiligi tuxum hujayrasining ichidagi tiniq va
sariqlik parda o‘rtasidagi bo‘shliqga kiradi.
3-davrada sariqlik oldi bo‘shliqdan bitta spermatazoid dumi bilan tuxum
sitoplazmasiga o‘tib urug‘lanish davri boshlanib vaqt o‘tishi bilan spermatazo-
idlarning dumi ajrab tuxum protoplazmasining assimilyasiya qilish natijasi-da
spermatazoid boshchasi kattalashib tuxum hujayra yadrosiga tenglashib, tuxum
hamda spermatazoid yadrosi yaqinlashib assimilyasiyalanib zigota paydo bo‘ladi.
Spermatazoid tansi baland, dumi va qolgan spermatazoidlar tuxum hujayrasi-ning
fermentlari ta’sirida yerib zigota tomonidan o‘zlashtiriladi. Zigota tuxum yo‘lida
harakat qilib ovulyatsiyadan keyin cho‘chqalarda 3-4, sigirlarda va qo‘ylarda 4-5,
biyalarda 6-7 kunda bachadonga keladi va oosit urug‘lanmasa 6-10 soatdan keyin
strukturasi o‘zgarib yadrosi burishib halok bo‘ladi.
Bug‘ozlik urg‘ochi hayvon organizmida tuxumning urug‘lanishi homilaning
rivojlanishi va yetilgan bolani tug‘ilishi bilan yakunlanadi
Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota tuxum yo‘lida bo‘linib ko‘p
blastomerlar hosil qilib tiniqlik pardani to‘ldiradi. Zigotaning kattaligi hujayra
kattaligidan farq qilmaydi, chunki bo‘linishdan hosil bo‘lgan blasto-merlar kichraya
borib bu davrga-Morulla deyiladi. Morulla davrida zigota tuxum yo‘lidan bachadon
shoxiga tushadi. Blostomerlarning tiniqlik pardaga tegib turgan tashqi qatlami-
trofoblast (ozuqalantiruvchi qatlam) trofoblast ichidagi blastomerlar embrioblast
(zaradish qatlami) odeyiladi. Tiniqlik parda yupqalashib, yirtilib, trofoblast
hujayralari proteolitik ferment ajratib bachadon devorining embrion tegib turgan
joydagi pardaga ta’sir yetib o‘ziga xos sutsimon massaga aylantiradi. Embrioblast
hujayralari tezlik bilan ko‘payib sariq xaltani hosil qiladi. Sariq xalta bachadon
shilliq pardasidan ajralayotgan sutsimon massa bilan to‘lib, embrion hayotining
dastlabki davrida osmos yo‘li bilan oziqalanadi va bir vaqtda amnion (suvli parda),
allontois (siydikli parda), xorion (tomirli parda) shakllanib, amnion bolani o‘rab
olgan suv pufagini, allantois amnionni o‘rab olgan siydik pufagini hosil qiladi.
Allantoisning qon tomirlari o‘sib, kindik arteriyasi va venasi hosil bo‘lib, allantois
ustidan xorion (tomirli parda) o‘rab, ot va sigirlarda ikki oy, qo‘y va cho‘chqalarda
bir oydan so‘ng bu parda to‘la shakllanadi va bachadon shilliq pardasi bilan
tutashadi.
Allantois va xarion o‘rtasida kindik qon tomirlarini hosil bo‘lishi, allan-toisni
xorionga tegib turishi va xorionni bachadon shilliq pardasi bilan tutashganligi homila
bilan ona o‘rtasida murakkab bog‘lanish hosil qila-di, ya’ni homila ona
organizmidan kelayotgan moddalar hisobiga yashay boshlaydi va homilada hosil
bo‘lgan chiqindi moddalar ona organizmiga o‘tkazilib turi-ladi. Ona va homila
o‘rtasidagi bog‘lanish tuxum hujayra urug‘langanidan 60 kun o‘tganida, biyalarda
2,5-3 oyligida, qo‘ylarda 6-7, cho‘chqalarda 4-5 haftadan keyin paydo bo‘ladi va
homilani embrion davri tugab, bola davri boshlanadi. Xorion bilan bachadon shilliq
pardasi tutashgan joyiga plasenta yoki bola o‘rni deyi-lib, plasenta hosil bo‘lishi
bilan xarionning barcha yuzasi yoki ayrim qismlari notekis bo‘lib, shu joylarda
so‘rg‘ichlar hosil bo‘lib, so‘rg‘ichlar bachadonni teg-ishli chuqurcha(kripta)lariga
kirib turadi.
Ot va cho‘chqalar xarionining barcha yuzasida vorsinkalar hosil bo‘lib,
vorsinkalar bachadon shilliq pardasiga tegib turib, bachadon shilliq pardasidan
ajralgan yembriotrof modda (bachadon suti) shu vorsinkalar orqali bola organi-
zmiga o‘tadi va yembriotrofli yoki epitelioxorionli plasenta deyiladi. Bu hayvonlar
hamilasi bo‘g‘ozlikning barcha davrlarida yembriotrof moddalar bilan oziqalanib,
xarion bilan bachadon shilliq pardasining epiteliysi oralig‘idagi bo‘shliq doim shu
modda bilan to‘lib turadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar xarionining ba’zi qismlari o‘zgarib, qolgan
qismi silliq bo‘ladi. Shu o‘zgargan joyda hosil bo‘lgan vorsinkalar bir tutam bo‘lib
tutashib katelidonlar deyiladigan tuzilma hosil qiladi. Kateledonlar bachadon shilliq
pardalarining yuzasidagi-karunkulalarga-maxsus chuqurchalarga kirib turadi.
Demak, kavsh qaytaruvchi hayvonlar plosentasi ko‘p bo‘lakli bo‘lib, bachadon
shilliq pardasi epiteliysini yo‘qatib, xorion vorsinkalari biriktiruvchi to‘qima bilan
to‘g‘ridan - to‘g‘ri tutashib ona qon tomirlariga ancha yaqinlashganligi tufayli
desmoxorial plasenta deyiladi.
Yirtqich, kemiruvchi hayvonlarda xorion vorsinkalari bevosita bachadon qon
tomirlar epiteliysiga tutashib, yendotelioxorial plasenta deyiladi va xomilasi avval
embriotrof modda bilan oziqlansa ham, vorsinkalari bachadon qon tomirlari bilan
tutashgandan so‘ng ona qonidagi oziq moddalar bilan oziqalana boshlaydi. Plasenta
murakkab organ bo‘lib, xomila o‘ziga kerakli oziqalarni, kislorodni plasenta orqali
olib, o‘zida hosil bo‘lgan chiqindi moddalar va karbanat angidrid plasenta orqali ona
organizmiga chiqariladi. Plasentada murakkab biokimyoviy, fermentativ jarayonlar
hosil bo‘ladi, ya’ni oqsil albumozlargacha, yog‘lar va uglevodlar o‘z tarkibiy
qismlariga parchalanib xomila organizmida qayta sintezlanadi.
Plasentada Vitamin A, V, S jamg‘arilib-to‘planib, turli moddalaprni tanlab
o‘tkazadi, ya’ni gormon, antitela engil o‘tib, mikroorganizmlar, parazit-lar, ularni
zaharlari o‘tmay xomilani soqlaydi. Bunga plasentani barer vazifasi deyiladi. Ona
va bola organizmi plasenta orqali neyrogumoral yo‘l bilan bog‘langandir.
Xomilada qon aylanishi. Xomilada qon aylanishi o‘ziga xos bo‘lib:
1.O‘ng va chap yurak bo‘lmachalari orasidagi to‘siqda oval klapanli teshik
bo‘lib, u klapan chap yurak bo‘lmachasiga ochiladi.
2. O‘pka ishlamaganligi tufayli o‘pka arteriyasi aorta bilan Batallov yo‘li orqali
tutashgan. Demak, xomilaga qon dumg‘aza arteriyasidan ikkita kindik arteriyasi
chiqib, kindik halqasi orqali allontoxorionga kelib, u yerda mayda qon tomiri
kapillyarlarga bo‘linib, chigal hosil qiladi va xorion vorsinkalariga yetib borib, shu
yerda qon kislorodga boyiydi. Kapillyarlar birikib kindik venasini hosil qilib, kindik
holqasi orqali xomila organizmiga kirib, jigarga yo‘nalib darvoza venasi va keyingi
kavak venaga quyiladi. Kavsh qaytaruvchi va yetxo‘r hayvonlarda kindik venasi
jigarga yetmasdan qo‘shimcha tomir Aransiy yo‘li ajralib, shu yo‘l orqali keyingi
kavak venaga quyiladi. Kavak vena orqali qon o‘ng yurak bo‘lmachasiga, oz qismi
bo‘lmachalar oralig‘idagi oval teshik orqali chap yurak bo‘lmachasiga o‘tib,
yurakning o‘ng va chap qismlari-dagi qon qisman aralashadi. Yurak qorinchalar
sistemasida qon aorta va o‘pka arteriyasiga haydalib, o‘pka arteriyasi orqali
borayotgan qonning asosiy qismi Batalov yo‘li orqali aortaga tushadi. Demak,
xomila qon tomirlarida aralash qon aylanib, kislorodi kamroq va karbanat angidridi
ko‘proqdir.
Xomilada qon berk sistema bo‘ylab harakat qilib, ona qoni bilan aralashmaydi.
Bola tug‘ilishi bilan o‘pka ishlab o‘pka arteriyasidan kelayotgan qon o‘pkaga borib,
Batalov yo‘li bitib ketadi. O‘ng va chap yurak bo‘lmachasi o‘rtasidagi avol teshik
ham berkiladi. Natijada arteriya va vena qoni aralashmasdan oqadi, kindik arteriya
va venasi bitib payga aylanadi.
Xomilada assimilyasiya jarayoni dissimilyasiya jarayonidan ustun bo‘lib,
yurakdan boshqa organlar faol bo‘lmaganligi uchun energiya sarfi kam bo‘ladi.
Ichaklar yembrianal davrning ikkinchi davrida ishga tushib, fermentlar ishlab
chiqara boshlaydi. Shuning uchun ichakda yepidermis, o‘t suyuqligi va boshqa ara-
lashmalardan iborat mekoniy to‘planib, bola tug‘ilganiga qadar amnion suyuqligiga
chiqarilishi va qayta yutilishi mumkin. Embrional davrning boshlarida jigarda o‘t
hosil bo‘lib, xomila buyragi allantoisda to‘planadigan siydikni ishlab chiqaradi.
Bo‘g‘ozlikning ikkinchi yarimida homila ona qornida shartsiz reflektor yo‘l
bilan harakat qilib, bu harakatlar oyoq muskullarining qisqarishi bilan bog‘liqdir.
Ona qornidagi bola bosh miyasi aktiv faol bo‘lmay shartli reflektor jarayon hosil
bo‘lmaydi, bir qancha ichki sekresiya bezlari faol bo‘lib, jinsiy gormonlar, insulin,
o‘sish gormoni va boshqalar hosil bo‘ladi. Bo‘g‘ozlik davri hayvon turiga, iqlim
sharoitiga bog‘liq bo‘lib, erkak jinsiy homila urg‘achi jinsli homilaga nisbatan kech
tug‘iladi va turli hayvonlarda bo‘g‘ozlik davri quyidagichadir.
Biya-340, tuya 365, yeshak 380, sigir-285, cho‘chqa-114, qo‘y-yechki-150,
it-62, mushuk-58, quyon-39, tulki-51.
Bo‘g‘ozlik davrida ona organizmida o‘zaro bog‘liq murakkab o‘zgarishlar
bo‘lib, qonning morfologik tarkibida sezilarli o‘zgarish kuzatilmaydi, qonning rang
ko‘rsatkichi pasayib, oqsil albuminlar hisobiga kamayadi. Qorako‘l qo‘ylar
bo‘g‘ozligida immunobiologik aktivlik pasayib, birinchi bo‘g‘ozlik davrida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Bo‘g‘ozlik davrida ichki sekresiya bezlar faoliyatida ham
murakkab o‘zgarishlar hosil bo‘ladi.
Tug‘ish oyi, kuni yetib to‘la yetilgan xomila va uni o‘rab olgan parda,
suyuqliklarni tashqariga chiqarilishidan iborat murakkab fiziologik jarayondir.
Tug‘ish bug‘ozlikning qonuniy oqibati bo‘lib, bunga organizm oldindan tayyor-lanib
va po‘stloq osti markazlari bachadondan kelayotgan ta’sirotlardan yaxshi
qo‘zg‘aladi.
Tug‘ish bachadon va qarin press muskullarining aktiv qisqarishi bilan
boshlanadi, bu jarayonda butun organizm va xomilaning o‘zi ham qatnashadi.
Sariq tana plasentadan hosil bo‘lgan progesteron gormoni bachadon mus-
kullarini sezuvchanligini pasaytirib, bachadon kengayib, cho‘ziladi va homilaning
o‘sib yetilishiga sharoit yaratiladi. Bug‘ozlik oxirida xomila yetilgandan keyin
progesteron hosil bo‘lishi keskin kamayib, hatto to‘xtab qoladi va uning o‘rniga
tuxumdonlar yestrogen gormonlarini hosil qila boshlab, yestrogenlar bachadon
devorini asetilxolin va oksitosin moddalariga sezuvchanligini oshiradi (gipo-fiz orqa
qismidan ajralib, silliq muskullarni qo‘zg‘atadigan aktiv modda).
Bu moddalar xomila harakati ta’sirida bachadon introretseptorlarini ta’sirilab
muskullar qisqara boshlaydi (to‘lg‘oq tutaboshlaydi).
Tug‘ish uch fazada:
1. Faza. Jinsiy yo‘l ochilishi tulg‘oq boshlanib bachadon bo‘yni ochiladi va
xomila joylashgan pufak tug‘riq yo‘liga siljib qinni kengaytiradi va pufak yorilib
uning ichidagi suyuqlik jinsiy yo‘llarni namlab, silliqlab bola chiqarilishiga qulaylik
hosil qiladi.
2. Faza. Butun organizm ishtirokida bachadon, qorin muskullari qisqarib bola
tashqariga chiqariladi. Biyada 5-30 daqiqa, sigir 20 daqiqadan-1-3 soat, qo‘y 2 soat,
cho‘chqa 2-6 soatda
3. Faza yo‘ldosh ajraladi. Sigirda 8-10 soatdan so‘ng, qo‘ylarda tezroq,
biyalarda 30-60 daqiqa, cho‘chqalarda yo‘ldosh har bir bola tug‘ilganda ajraladi.
Qushlarning ko‘payishi.
Moda qushlarda chap va o‘ng tuxumdon va tuxum yo‘li bo‘lib, yetilgan moda
qushlarda faqat chap tuxumdon va tuxum yo‘li rivojlanadi, uni kengaygan qismi-
varonka, oqsilli qism - bo‘yincha, bachadon (ohak qismidan) va qindan iborat bo‘lib,
qin kloakaga ochiladi.
Tuxum beradigan tovuqlar tuxumdoni o‘rtacha 40 g, tuxum yo‘llarining
og‘irligi 75-80 g, uzunligi 65-70 smdir. Tuxumdan chiqqan tovuqlarda tuxum yo‘li
kalta tortib 17-20 sm, tuxum yo‘lini og‘irligi 4 g, tuxumdoni 3 g atrofida bo‘ladi.
Tovuqlar tuxumdonida rivojlanishining turli davrlarida 500-3500 tagacha
follikula bo‘lib, ularni hammasi ham yetilmaydi. Avval yetiladigan tuxum hujayra
juda kichik bo‘lib, diametri 40 mikron bo‘lib, u follikulyar epiteliy bilan o‘raladi va
nozik sariq parda bilan undan ajralib qoladi. Sarig‘lik to‘playdi, yetilgan tuxum
hujayra sariqligining diametri 35-40 mm keladi. Bu sariqlikning yuzasida tuxum
hujayrasi 1-2 mm diametrli oq dog‘ sifatida bilinib turadi.
Nor parrandalarning ko‘payuv organlariga urug‘donlar, urug‘ chiqaruvchi
kanalchalar, urug‘ yo‘lidan iborat. Jinsiy a’zo reduksiyalangan; erkak o‘rdaklarda,
g‘ozlarda jinsiy a’zo kloakaning ventrol (pastki) devoridagi buramadan hosil bo‘lib,
xo‘rozlarda jinsiy a’zo umuman yo‘q.
Urug‘donlar qorin bo‘shlig‘ida buyrak usti benida joylashgan chap tomondan
urug‘don o‘ng tomondagisidan kattaroq lekin zaif taraqqiy yetgan. Spermatazoidlar
urug‘don kanalida hosil bo‘lib, urug‘ chiqaruvchi kanalchalarga va urug‘ yo‘liga
chiqariladi. Spermatazoidlar 6 soatda yetiladi. Qushlarda qo‘shimcha jinsiy bezlar
yo‘q bo‘lganligi tufayli ularda yeyakulyat 0,5-0,8 ml bo‘lib, 1 mlddan 7 mldgacha
spermatazoid bo‘ladi.
Tuxumdonlarda follikula yetilib, yorilib undan tuxum hujayrasi chiqadi va
tuxum yo‘lining kengaygan qismiga tushadi va shu qismning peristaltik harakati
tufayli oqibatida tuxum hujayrasi kloakaga qarab harakatlanadi va 15-18 daqiqadan
keyin tuxum yo‘lining oqsilli qismiga borib, 3-3,5 soat davomida oqsil bilan o‘raladi,
tuxum HUJAYRASINI BO‘YINChAGA O‘TKAZILADI VA oqsil bilan 1-1,5 soat
davom yetadi natijada po‘stloq osti parda hosil bo‘ladi. Shakllanayotgan tuxum bu
yerdan bachadonga, tuxum yo‘lining oxakli qismiga o‘tkazilib, u yerda 20 soatgacha
turadi.
Bachadonda tuxum to‘la oqsil bilan o‘ralib, po‘stloq osti pardasi shakllanib,
oxakli po‘st bilan qoplanadi. Po‘stloq osti parda ikki qavatdan iborat bo‘lib, varaqlar
paynak qismida bir biridan uzoqlashadi va ular orasida puga-bo‘shliq hosil bo‘ladi.
To‘la yetilgan tuxum qin va kloaka orqali chiqariladi. Tuxum po‘stida ko‘p
teshiklar bo‘lib, ular orqali gaz almashinib, suv bug‘lanadi. Shuning uchun tuxum
quruq joyda saqlansa nami qochib qoladi va paynak qismidagi bo‘shliq kattalashadi.
Tovuq tuxumini og‘irligi 55-70 g bo‘lib, 65,6% suv, 34,3% quruq modda, quruq
moddaning 12,1% oqsil, 10,5% yog‘, 0,9% uglevod va 10,9% mineral moddalar
tashkil qilib, mineral moddalarning 98,1% tuxum po‘sitida bo‘ladi. Tuxum sariqligi
48,7 suv, 32,6% yog‘, 16,6% oqsil, 2,1% tuzlardan iborat. Bu mineral moddalarda
kalsiy va fosfor eng ko‘pdir, vitaminlardan A,V,V2,D,E,K va almashtirib
bo‘lmaydigan aminokislotalar, lipidlar ko‘pdir.
Tuxum sarig‘i tovuq iste’mol qilayotgan oziqa tarkibidagi pigmentlar
(ksantafill va karatinlarga) bog‘liq.
Tovuqlarning yilning necha kuni tuxum berishi yoki tuxum qo‘yish sikli
organizmning fiziologik holatiga bog‘liq. Bu sikl tuxum yo‘lida tuxumni shakllanish
vaqtiga bog‘liq bo‘lib, bu vaqt o‘rtacha 23-30 soatni tashkil qiladi. Tuxum qancha
uzoq vaqt shakllansa tuxum qo‘yish sikli ham qisqaradi. Tovuqlar yorug‘lik ta’sirida
tuxum qo‘yib, agar tuxum kunning yorug‘ paytida yetilib tashqariga chiqarilmasa,
bu tuxum tovuqning qorong‘ida tug‘masligi sababli tuxum yo‘lida qolib ketadi.
Odatda navbatdagi ovulyatsiya tuxum qo‘yilganidan 10-20 daqiqa o‘tganidan
keyin yuzaga keladi. Tuxumni shakllanishi uchun 28 soat vaqt ketadigan bo‘lsa,
tovuq birinchi kuni agar soat 6 da tuxum qo‘ysa, ikkinchi kun soat10 da, uchinchi
kun soat 14 va soat18 da tuxum qo‘yadi va tovuqning tuxum qo‘yish sikli tugaydi.
Chunki navbatdagi tuxum kelgusi kun soat 22 da qo‘yilishi lozim bo‘lib, qorong‘i
bo‘lgani uchun, tuxumni yertalab qo‘yadi va bir kun tuxum qo‘ymaydi va tuxum
qo‘yish sikli qisqaradi.
Tuxum 25 soatda shakllansa, tovuqning tuxum qo‘yish sikli uzoqroq bo‘ladi
6-7-8-9-10-11-12-13-14-15-16-17-18 larda tuxum qo‘yadi va bir kun tuxum
qo‘ymay dam oladi.
Agar tuxum 24 soatda shakllansa tovuq har kuni tuxum qo‘yadi. Parrandalar
tuxum yo‘lida spermatazoidlar o‘zini urug‘lantirish qobiliyatini saqlab, tovuq xo‘roz
bilan juftlanganidan so‘ng 20-25 kungacha urug‘langan tuxum qo‘yadi. Tovuq
xo‘roz bilan juftlanganidan 3 kun o‘tgandan so‘ng spermatazoid tuxum yo‘lini
kengaygan qismiga yetib boradi. Urug‘lanishda 6-12 spermatazoid tuxum hujayra-
siga kirib, urug‘langan tuxum hujayraning rivojlanishi parranda tanasida o‘tadi.
Tuxum tashqariga chiqarilganidan so‘ng teshishli sharoit vujudga kelgunicha
embrion rivojlanishi to‘xtaydi, qulay sharoit vujudga kelishi bilan rivojlana
boshlaydi.
Agarda tegishli sharoit yaratilsa tovuqlar 21 kunda, g‘ozlar 29-30 kunda,
o‘rdaklar 28 kunda tuxumdan jo‘ja ochib chiqadi. Xo‘rozlar 4 yoshgacha, tovuqlar
6 yoshgacha, erkak va urg‘ochi o‘rdaklar 4 yoshgacha, g‘ozlar 5-8 yoshgacha jinsiy
faol bo‘lib, xo‘jalikda 2-3 yoshgacha saqlash maqsadga muvofiqdir.
Qushlarda tuxum qo‘yish nerv va gumoral sistema orqali boshqariladi,
ovulyatsiya gipofizning gonadotrop va lyutinlovchi gormonlari ta’sirida yuzaga
keladi. Follikulalardan ajraladigan folekula gormoni ta’sirida tuxum yo‘li kengayadi,
bez hujayralari sekret ishlab chiqaradi, moddalar almashinuvi kuchaya-di va
tuxumni shakllanishi uchun sharoit yaratadi.
Ovulyatsiyaga uchragan follikuladan ajraladigan progesteron gormoni ham
tuxum qo‘yishiga ta’sir qiladi. Tovuqlarni qo‘shimcha oziqlantirish, yaxshi va
yorug‘ sharoitda saqlab gipofiz faoliyatini kuchaytirib, tuxum qo‘yishni ko‘pay-tirsa
bo‘ladi.
Tuxum qo‘yishga, shakllanayotgan tuxum sifatiga nerv sistemasi ta’sir qilib,
tovuqni to‘satdan cho‘chitilsa ularni tuxum qo‘yishi kechikib qoladi.
Tayyorlanish uchun savollar.
1. Urg‘ochi hayvonlar jinsiy organlar fiziologiyasi.
2. Ovulyatsiya deb nimaga aytiladi?
3. Kuyikish deb nimaga aytiladi.
4. Jinsiy moyillik deb nimaga aytiladi?
5. Jinsiy sikl deb nimaga aytiladi?
6. Jinsiy sikl davrlarini ayting?
7. Jinsiy qo‘zg‘alish o‘zgarishlarini ayting?
8. Juflanish deb nimaga aytiladi?
9. Qanday jinsiy reflekslarni bilasiz?
10.Hayvonlarni qochirish tiplarini ayting?
11.Urug‘lanish deb nimaga aytiladi?
12.Urug‘lanish davrlarini tushuntiring?
13.Bo‘g‘ozlik jarayonini tushuntiring?
14.Xomilada qon aylanishini farqini tushuntiring?
15.Tug‘ish va tug‘ish darvlarini ayting?