UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI

Yuklangan vaqt

2024-11-11

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

28

Faytl hajmi

61,7 KB


 
 
 
 
 
 
UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI 
 
1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi 
2. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 
3. Uy xo‘jaliklari daromadlari 
4. Uy xo‘jaliklari xarajatlari 
 
1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi 
Uy xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi 
(elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo‘jaliklarining moliyaviy 
ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi.  
Bir tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, 
tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning)  xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda 
o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir 
tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar 
sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi. 
Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, 
real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, 
soliq to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda 
katta (muhim) rol o‘ynaydi. 
Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan  milliy statistikada aholidan (kishilar to‘plamidan) 
iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun 
ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar 
tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo‘jaligini  yagona (bir) 
yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining 
daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar 
hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda)
UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI 1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi 2. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 3. Uy xo‘jaliklari daromadlari 4. Uy xo‘jaliklari xarajatlari 1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo‘jaliklari moliyasi Uy xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o‘ynaydi. Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo‘jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda)
 
 
iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi). 
Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi” atamasining “xonadon” 
yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. SHunga mos ravishda “uy 
xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari 
ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. SHu munosabat bilan “oila” 
yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq (farqlamoq) lozim.  
Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan  kamroq darajada 
cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining 
o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining 
a’zolari bo‘lsalarda, uning oilasi bo‘laolmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan 
talaba uy-joy egasining uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kiraolmaydi 
va xokazo. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z ichiga olishi 
yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin. 
YUqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining iqtisodiy 
jihatdan aniqliligini  (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘laolmaydi. 
Buning ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega.  
Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va 
umumiy xo‘jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, 
o‘zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham  uy 
xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin.  
Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida 
ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim: 
-birgalikda (bir joyda) yashash; 
-umumiy byudjetning mavjudligi; 
-iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. 
Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy 
kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul 
mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) 
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir.  
Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin: uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari
iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi). Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. SHunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. SHu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq (farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalarda, uning oilasi bo‘laolmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kiraolmaydi va xokazo. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin. YUqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘laolmaydi. Buning ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim: -birgalikda (bir joyda) yashash; -umumiy byudjetning mavjudligi; -iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari
 
 
fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy 
(moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi. 
Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda 
va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning 
mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu o‘rinda gap “uy xo‘jaliklari moliyasi” 
kategoriyasining ijtimoiy -iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida ketayotir.  
Ana shuni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham 
berish mumkin: o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xo‘jaliklari va 
ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag‘lari maqsadli fondlarini shakllantirish, 
taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy 
xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida va  o‘zlariga nisbatan 
tashqi bozor sub’yektlari sanalganlar bilan moliyaviy munosabatda bo‘ladi. SHunga muvofiq 
ravishda uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
-ichki; 
-tashqi. 
Individlar - uy xo‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida 
zaruriy (kerak bo‘lgan) pul fondlarini  (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini, 
investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va xokazo) shakllantirish va ulardan 
foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar 
uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi. 
Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy 
sub’yektlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari orqali namoyon bo‘ladi. Korxonalar va tashkilotlar 
moliyasi bilan uy xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga iqtisodiy resurslarni 
taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo‘jaliklari yaratilgan mahsulotning 
qiymatidan o‘z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni 
birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar.  
Bu munosabatlar o‘zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda 
aholi daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu narsa, o‘z navbatida, 
iste’molning  shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy tuzilmasiga, to‘lovga layoqatli talabning
fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi. Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu o‘rinda gap “uy xo‘jaliklari moliyasi” kategoriyasining ijtimoiy -iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida ketayotir. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham berish mumkin: o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xo‘jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag‘lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida va o‘zlariga nisbatan tashqi bozor sub’yektlari sanalganlar bilan moliyaviy munosabatda bo‘ladi. SHunga muvofiq ravishda uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga bo‘lish mumkin: -ichki; -tashqi. Individlar - uy xo‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida zaruriy (kerak bo‘lgan) pul fondlarini (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini, investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va xokazo) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi. Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy sub’yektlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari orqali namoyon bo‘ladi. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga iqtisodiy resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo‘jaliklari yaratilgan mahsulotning qiymatidan o‘z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o‘zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu narsa, o‘z navbatida, iste’molning shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy tuzilmasiga, to‘lovga layoqatli talabning
 
 
shakllanishiga va nihoyat, uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish funksiyasining amalga 
oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.  
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to‘g‘ridan - to‘g‘ri 
(bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) 
va ular byudjet hamda maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi 
munosabatlarni ifodalaydi.  
Uy xo‘jaliklarining daromadlari va mol - mulklari soliqqa tortilish ob’yekti sifatida 
maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi 
hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida soliqlar, pensiya tizimi, ijtimoiy transfertlar orqali davlat 
moliyaviy oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi.  
Uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish 
jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning taqsimlanish 
jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas.  
Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, 
usuli va maqsadi to‘g‘risida,  ularni sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul 
qilishda mustaqildir. SHu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad 
va yakuniy (oxirgi) iste’molning o‘lchamiga (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, 
jumladan,  quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: 
- soliqli tartibga solish (tartiblash); 
- mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash); 
- birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash); 
- imtiyozlar tizimi; 
- sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali ijtimoiy ta’minotni 
rivojlantirish; 
- va boshqalar. 
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro) moliyaviy munosabatlar uy 
xo‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga 
keladigan munosabatlar sifatida qaraladi.  
Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga 
solinuvchi hisoblanadi.
shakllanishiga va nihoyat, uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish funksiyasining amalga oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to‘g‘ridan - to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo‘jaliklarining daromadlari va mol - mulklari soliqqa tortilish ob’yekti sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida soliqlar, pensiya tizimi, ijtimoiy transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida, ularni sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. SHu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning o‘lchamiga (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: - soliqli tartibga solish (tartiblash); - mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash); - birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash); - imtiyozlar tizimi; - sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish; - va boshqalar. Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro) moliyaviy munosabatlar uy xo‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi.
 
 
Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin: 
-fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari; 
-iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar; 
-uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit  munosabatlari; 
-uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanish  xususidagi boshqa munosabatlar. 
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari moliyaviy 
munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan 
munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida, 
yordamida), bo‘sh turgan  pul mablag‘larini bank hisob varaqlarida joylashtirish yoki ularni 
saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo‘yish orqali namoyon 
bo‘ladi.  Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompaniyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli 
ko‘rinishdagi sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida 
gavdalanadi. 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi uchun uy 
xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi.  
Uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
-taqsimlash; 
-takror ishlab chiqarish; 
-nazorat; 
-tartibga solish (tartiblash); 
-rag‘batlantirish; 
-ijtimoiy. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini doimiy 
ravishda to‘ldirib turadi. Bir  vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular 
o‘zlarining namoyon bo‘lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan  biroz farqlanishi 
ham mumkin. 
Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini oxirgi bosqichgacha, 
ya’ni aniq individgacha yoki uy xo‘jaligining har bir a’zosigacha etkazadi. Uy xo‘jaliklari 
moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari fondini 
shakllantirishni taqoza etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun iqtisodiy (moliyaviy)
Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin: -fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari; -iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar; -uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari; -uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa munosabatlar. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank hisob varaqlarida joylashtirish yoki ularni saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompaniyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi. Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi uchun uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: -taqsimlash; -takror ishlab chiqarish; -nazorat; -tartibga solish (tartiblash); -rag‘batlantirish; -ijtimoiy. Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular o‘zlarining namoyon bo‘lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin. Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini oxirgi bosqichgacha, ya’ni aniq individgacha yoki uy xo‘jaligining har bir a’zosigacha etkazadi. Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari fondini shakllantirishni taqoza etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun iqtisodiy (moliyaviy)
 
 
asos yaratadi. 
Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog‘at yoshiga etmaganlar 
yoki etgan bo‘lsada, turli sabablarga ko‘ra ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy 
xo‘jaliklarining hissasiga to‘g‘ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo‘jaliklari 
moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida u yoki bu 
nisbatlarda (proporsiyalarda) taqsimlanadi.  
Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib, har bir shaxsni 
(kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo‘lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir oqibatda, 
ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda 
taqsimlash funksiyasining ta’sir ob’yekti uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik 
qilayotgan) daromad hisoblanadi. Taqsimlash jarayonining sub’yektlari sifatida esa uy 
xo‘jaliklarining barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli shakllarda, jumladan, 
investitsion - taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Uning bu 
(investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan xarakterlanadiki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun 
moliyaviy resurslarni asosiy etkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari 
daromadlarining o‘sishi bu funksiya bajarilishining moddiy asosini tashkil etadi.  
Ko‘pchilik 
hollarda 
uy 
xo‘jaliklarining 
investitsion 
funksiyasi 
faqat 
kapitallashtiriladigan daromadlarning salmog‘i, ya’ni daromadning jamg‘arma sifatida 
foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga 
joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq bunday yondoshuv bir tomonlamalik xarakteriga ega. 
Haqiqatda esa, o‘z navbatida, iste’mol salmog‘ining oshishi ham iqtisodiyotga 
investitsiyalarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. 
Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi 
va shuningdek, uy xo‘jaliklarining pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Bu erda uy xo‘jaliklari 
moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida rol o‘ynaydi. Uy xo‘jaliklari 
daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining o‘sishi jamiyatdagi takror ishlab chiqarish 
jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi.  
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yekt 
hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaliklari a’zolarining turmush darajasi uning hissasiga to‘g‘ri 
kelayotgan daromadning o‘lchamiga to‘liq bog‘liqdir.
asos yaratadi. Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog‘at yoshiga etmaganlar yoki etgan bo‘lsada, turli sabablarga ko‘ra ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy xo‘jaliklarining hissasiga to‘g‘ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida u yoki bu nisbatlarda (proporsiyalarda) taqsimlanadi. Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib, har bir shaxsni (kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo‘lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir oqibatda, ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda taqsimlash funksiyasining ta’sir ob’yekti uy xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi. Taqsimlash jarayonining sub’yektlari sifatida esa uy xo‘jaliklarining barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli shakllarda, jumladan, investitsion - taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Uning bu (investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan xarakterlanadiki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslarni asosiy etkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi bu funksiya bajarilishining moddiy asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik hollarda uy xo‘jaliklarining investitsion funksiyasi faqat kapitallashtiriladigan daromadlarning salmog‘i, ya’ni daromadning jamg‘arma sifatida foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq bunday yondoshuv bir tomonlamalik xarakteriga ega. Haqiqatda esa, o‘z navbatida, iste’mol salmog‘ining oshishi ham iqtisodiyotga investitsiyalarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi va shuningdek, uy xo‘jaliklarining pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Bu erda uy xo‘jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida rol o‘ynaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining o‘sishi jamiyatdagi takror ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaliklari a’zolarining turmush darajasi uning hissasiga to‘g‘ri kelayotgan daromadning o‘lchamiga to‘liq bog‘liqdir.
 
 
Turli omillar ta’siri natijasida bu o‘lcham ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. 
SHuning uchun ham iste’molning odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan 
daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi ustidan 
nazoratsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SHuningdek, uy xo‘jaliklarining farovonligini qo‘llab-
quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish (rivojlantirish) uchun ular byudjetlarining holatlari, 
ularga tegishli bo‘lgan daromadlarning taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi 
ustidan nazorat ham ob’yektiv ravishda zarur. Ana shularda uy xo‘jaliklari moliyasining 
nazorat funksiyasi o‘zini namoyon etadi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish (tartiblash) funksiyasining namoyon bo‘lishini 
quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq: 
-makroiqtisodiyot; 
-mikroiqtisodiyot. 
Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi, bir vaqtning 
o‘zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning (tartiblashning) ob’yekti va 
instrumenti hisoblanadi.  
Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib (tartiblab), davlat, eng avvalo: 
-bozor 
munosabatlariga 
xos 
bo‘lgan 
daromadlarni 
differensiatsiya 
qilish 
(tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini kamaytiradi; 
-aholi daromadlari manbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi (o‘zgarishidagi) 
tendensiyalarni  shakllantiradi; 
-iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi (tartiblaydi); 
-uy xo‘jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir ko‘rsatadi. 
Mikroiqtisodiy yondoshuv nuqtai - nazaridan esa uy xo‘jaliklarining iqtisodiyoti uning 
turli ishtirokchilari o‘rtasidagi etarli darajada murakkab bo‘lgan munosabatlar kompleksiga 
asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning belgilari, odamlarning 
qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining xilma - xil darajasi bilan belgilanadi. SHu bilan 
birgalikda,  faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro 
tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy xo‘jaliklarining sog‘lom (normal) rivojlanishi 
sodir bo‘lishi mumkin. 
O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlarini 
muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu erda “ularni tartibga
Turli omillar ta’siri natijasida bu o‘lcham ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. SHuning uchun ham iste’molning odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi ustidan nazoratsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SHuningdek, uy xo‘jaliklarining farovonligini qo‘llab- quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish (rivojlantirish) uchun ular byudjetlarining holatlari, ularga tegishli bo‘lgan daromadlarning taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi ustidan nazorat ham ob’yektiv ravishda zarur. Ana shularda uy xo‘jaliklari moliyasining nazorat funksiyasi o‘zini namoyon etadi. Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish (tartiblash) funksiyasining namoyon bo‘lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq: -makroiqtisodiyot; -mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi, bir vaqtning o‘zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning (tartiblashning) ob’yekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib (tartiblab), davlat, eng avvalo: -bozor munosabatlariga xos bo‘lgan daromadlarni differensiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini kamaytiradi; -aholi daromadlari manbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi (o‘zgarishidagi) tendensiyalarni shakllantiradi; -iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi (tartiblaydi); -uy xo‘jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy yondoshuv nuqtai - nazaridan esa uy xo‘jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o‘rtasidagi etarli darajada murakkab bo‘lgan munosabatlar kompleksiga asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining xilma - xil darajasi bilan belgilanadi. SHu bilan birgalikda, faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy xo‘jaliklarining sog‘lom (normal) rivojlanishi sodir bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu erda “ularni tartibga
 
 
solish” deyilganda, uy xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad bir qismining 
o‘zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir 
funksiyani -iqtisodiy birlik sifatida uy xo‘jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda 
rivojlanishini qo‘llab - quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini -bajarishi yaqqol ko‘rinib 
turibdi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli shakl va mazmunda 
o‘zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o‘z o‘sib boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o‘sib 
borishi ob’yektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur 
bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan oshirishga intilish tufayli namoyon bo‘ladi. 
Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi mehnat faoliyatining sifati 
va natijalariga asoslangan bo‘lmog‘i lozim. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi aholi real daromadlarining 
o‘sishiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet 
siyosatiga asoslangan rag‘batlantiruvchi moliya mexanizmini (moliyaviy mexanizmni) 
yaratish orqali amalga oshiriladi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy aspektlari (yo‘nalishlari, jihatlari) 
unga tegishli bo‘lgan yuqoridagi barcha funksiyalarning tahlilida kuzatiladi. SHunday 
bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy funksiyaning uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan 
alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda, etarli darajada asoslangan deb 
hisoblash mumkin. CHunki uy xo‘jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalari 
aholi va uning alohida guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning 
shakllanishi va demografik jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Ana shu ma’noda, uy xo‘jaliklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy 
ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini 
aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsimlashdagi bog‘liqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy stratifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. 
Moliyaviy indikatorlar (masalan, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keluvchi pul daromadlari, 
aholi daromadlarining differensiatsiyalanish (tabaqalanish) koeffitsienti, hayot ko‘rish 
(yashash) minimumi, minimal ish haqi va boshqalar) taraqqiyot (rivojlanish) ijtimoiy - 
iqtisodiy dasturlarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat ijtimoiy siyosatining ishlab 
chiqilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatning farovonlik darajasini baholashga
solish” deyilganda, uy xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad bir qismining o‘zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyani -iqtisodiy birlik sifatida uy xo‘jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo‘llab - quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini -bajarishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli shakl va mazmunda o‘zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o‘z o‘sib boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o‘sib borishi ob’yektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan oshirishga intilish tufayli namoyon bo‘ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga asoslangan bo‘lmog‘i lozim. Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi aholi real daromadlarining o‘sishiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag‘batlantiruvchi moliya mexanizmini (moliyaviy mexanizmni) yaratish orqali amalga oshiriladi. Uy xo‘jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy aspektlari (yo‘nalishlari, jihatlari) unga tegishli bo‘lgan yuqoridagi barcha funksiyalarning tahlilida kuzatiladi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy funksiyaning uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda, etarli darajada asoslangan deb hisoblash mumkin. CHunki uy xo‘jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalari aholi va uning alohida guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shu ma’noda, uy xo‘jaliklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsimlashdagi bog‘liqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy stratifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy indikatorlar (masalan, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keluvchi pul daromadlari, aholi daromadlarining differensiatsiyalanish (tabaqalanish) koeffitsienti, hayot ko‘rish (yashash) minimumi, minimal ish haqi va boshqalar) taraqqiyot (rivojlanish) ijtimoiy - iqtisodiy dasturlarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat ijtimoiy siyosatining ishlab chiqilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatning farovonlik darajasini baholashga
 
 
imkon beradi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uy xo‘jaliklaridagi moliyaviy 
munosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo‘lishi xilma-xilligining to‘liqligi 
va ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog‘liqdir. 
 
2.Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari  
Uy xo‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiluvchi xo‘jalik 
yurituvchi sub’yektdir. Bir vaqtning o‘zida, u  faoliyati butun uy xo‘jaligining jami va uning 
har bir ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi 
mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy - iqtisodiy tizimdagi uy xo‘jaligining bunday o‘rni 
(pozitsiyalari) uning maqsadga yo‘naltirilganligi faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi 
lozim bo‘lgan qarorlarning o‘ziga xosligini belgilab beradi. 
Bolalar tarbiyasi, bilimlilik darajasining o‘sishi, sog‘liqni saqlash masalalari, dam 
olishni tashkil etish, uy xo‘jaligi keksa a’zolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va boshqa 
ijtimoiy maqsadlar uy xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.  
Aynan ana shular uy xo‘jaligi ichida ma’lum bir o‘zaro hamkorlikning (ta’sirning) 
normalari (me’yorlari) va qarorlar qabul qilishning ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlarini 
(hayotiy tajriba, an’analar, sub’yektiv ravishda ustuvorlik berish, jamoatchilik fikri va shunga 
o‘xshashlarni) shakllantiradi. Amalga oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini 
ta’minlab (ushlab) turish uchun zarur bo‘lgan to‘lanmagan ishlar salmog‘ining ancha kattaligi 
uy xo‘jaligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir. 
To‘langan va to‘lanmagan ishlar ko‘rinishlari o‘rtasidagi nisbat tarixiy  jihatdan 
o‘zgarib boradi va u uy xo‘jaligining ijtimoiy tarkibi hamda  butun jamiyatning ijtimoiy 
taraqqiyot (rivojlanish) darajasiga bog‘liq. 
Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan normalar va qoidalar tashqi 
omillar ta’siri natijasida shakllanadi. Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi: 
-ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish; 
-umumiy iqtisodiy vaziyat; 
-tarkibiy o‘zgarishlar; 
-inflyasion kutilishlar; 
-investitsion muhit;
imkon beradi. Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uy xo‘jaliklaridagi moliyaviy munosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo‘lishi xilma-xilligining to‘liqligi va ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog‘liqdir. 2.Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari Uy xo‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektdir. Bir vaqtning o‘zida, u faoliyati butun uy xo‘jaligining jami va uning har bir ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy - iqtisodiy tizimdagi uy xo‘jaligining bunday o‘rni (pozitsiyalari) uning maqsadga yo‘naltirilganligi faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarning o‘ziga xosligini belgilab beradi. Bolalar tarbiyasi, bilimlilik darajasining o‘sishi, sog‘liqni saqlash masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xo‘jaligi keksa a’zolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uy xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular uy xo‘jaligi ichida ma’lum bir o‘zaro hamkorlikning (ta’sirning) normalari (me’yorlari) va qarorlar qabul qilishning ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlarini (hayotiy tajriba, an’analar, sub’yektiv ravishda ustuvorlik berish, jamoatchilik fikri va shunga o‘xshashlarni) shakllantiradi. Amalga oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini ta’minlab (ushlab) turish uchun zarur bo‘lgan to‘lanmagan ishlar salmog‘ining ancha kattaligi uy xo‘jaligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir. To‘langan va to‘lanmagan ishlar ko‘rinishlari o‘rtasidagi nisbat tarixiy jihatdan o‘zgarib boradi va u uy xo‘jaligining ijtimoiy tarkibi hamda butun jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot (rivojlanish) darajasiga bog‘liq. Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan normalar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi. Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi: -ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish; -umumiy iqtisodiy vaziyat; -tarkibiy o‘zgarishlar; -inflyasion kutilishlar; -investitsion muhit;
 
 
-davlatning ijtimoiy siyosati; 
-va boshqalar. 
Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional chegaralarni aniqlab 
(belgilab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, iqtisodiy faoliyatning sub’yekti sifatida uy xo‘jaliklari 
maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil  hisoblanadilar va qabul qilingan 
iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar). 
Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan (yaratiladigan, vujudga 
keltiriladigan) ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq: 
- ijtimoiy - madaniy muhit, xususan, ijtimoiy holati, bilimlilik  (savodxonlik) darajasi, uy 
xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi ijtimoiy aloqalar (kontaktlar), dam olish shakllari 
va boshqalarga; 
- uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy 
xatti-harakatning tipiga (o‘z - o‘zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish 
rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan muhrlanganligiga va boshqalarga; 
- axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga - bunga  fikr yuritishning o‘ziga xos 
xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va xokazolar kiradi. 
Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar 
hisobidan amalga oshiriladi: 
-dastlabki (boshlang‘ich) manbalar; 
-jamg‘ariladigan  manbalar; 
-joriy manbalar. 
Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi  meros bo‘yicha yoki 
ko‘chmas mulk, naqd pullar (naqdinalar), moliyaviy aktivlarning hadya etilishi natijasida 
berilgan  boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari 
va investitsion quyilmalari resurslarning jamg‘ariladigan manbasini tashkil etadi. 
Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan 
olinadigan daromadlar, ijtimoiy transfertlar) va nodoimiy pulli daromadlar (masalan, iste’mol 
krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.   
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo‘jaligining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul 
mablag‘larining barcha manbalari uy xo‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi.  
Funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari
-davlatning ijtimoiy siyosati; -va boshqalar. Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional chegaralarni aniqlab (belgilab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, iqtisodiy faoliyatning sub’yekti sifatida uy xo‘jaliklari maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar). Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan (yaratiladigan, vujudga keltiriladigan) ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq: - ijtimoiy - madaniy muhit, xususan, ijtimoiy holati, bilimlilik (savodxonlik) darajasi, uy xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi ijtimoiy aloqalar (kontaktlar), dam olish shakllari va boshqalarga; - uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (o‘z - o‘zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan muhrlanganligiga va boshqalarga; - axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga - bunga fikr yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va xokazolar kiradi. Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: -dastlabki (boshlang‘ich) manbalar; -jamg‘ariladigan manbalar; -joriy manbalar. Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi meros bo‘yicha yoki ko‘chmas mulk, naqd pullar (naqdinalar), moliyaviy aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari va investitsion quyilmalari resurslarning jamg‘ariladigan manbasini tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, ijtimoiy transfertlar) va nodoimiy pulli daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi. Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo‘jaligining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha manbalari uy xo‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari
 
 
quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin: 
- joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-ovqat mahsulotlari, 
nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, 
davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlarning haqi va xokazo; 
- kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari-uzoq davr foydalanishga 
mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi 
a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, 
sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash; 
- pul jamg‘armalari. 
Uy xo‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining majmui ularning moliyaviy 
xatti - harakatini belgilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda sub’yektiv 
motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo‘lganligi uchun bunday xatti-harakat 
juda xilma - xildir. Buning ustiga, uy xo‘jaliklarining moliyaviy xatti-harakati dinamikali, tez 
o‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi.  
SHu munosabat bilan uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va sifat 
pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya 
nuqtai-nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xo‘jaligining jamg‘arma va investitsion 
salohiyatini o‘rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti - harakatini tahlil qilish 
uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda 
sodir bo‘layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib boriladi. 
Uy xo‘jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo‘lishidan qat’iy-nazar, baribir ularning 
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq. SHu nuqtai-nazardan, uy 
xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan quyidagi 
bloklarni qamrab oladi: 
- uy xo‘jaligining daromadlarini shakllantirish; 
- iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy xo‘jaligining iste’mol fondi); 
- jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi. 
YUqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar, ko‘rinib turibdiki, pul 
fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni qamrab oladi. Endi har bir blokka 
(yo‘nalishga) tegishli bo‘lgan uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning 
xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin: - joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlarning haqi va xokazo; - kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari-uzoq davr foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash; - pul jamg‘armalari. Uy xo‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining majmui ularning moliyaviy xatti - harakatini belgilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda sub’yektiv motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo‘lganligi uchun bunday xatti-harakat juda xilma - xildir. Buning ustiga, uy xo‘jaliklarining moliyaviy xatti-harakati dinamikali, tez o‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi. SHu munosabat bilan uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya nuqtai-nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xo‘jaligining jamg‘arma va investitsion salohiyatini o‘rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti - harakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir bo‘layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib boriladi. Uy xo‘jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo‘lishidan qat’iy-nazar, baribir ularning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq. SHu nuqtai-nazardan, uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan quyidagi bloklarni qamrab oladi: - uy xo‘jaligining daromadlarini shakllantirish; - iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy xo‘jaligining iste’mol fondi); - jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi. YUqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar, ko‘rinib turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni qamrab oladi. Endi har bir blokka (yo‘nalishga) tegishli bo‘lgan uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
 
 
YAkuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet cheklanmalarini aniqlab 
berganligi uchun uy xo‘jaliklarida daromadlarni shakllantirish  jarayoni prinsipial jihatdan 
muhim ahamiyatga ega. Daromadlar qancha katta (yuqori, ko‘p) bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining 
moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng 
bo‘ladi. Moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi davr 
daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham tegishli bo‘lishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklarining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha 
moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida (negizida) mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab 
chiqarish omillariga nisbatan bo‘lgan mulkchilik daromadlarni funksional (birlamchi) 
taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xo‘jaliklari moliyaviy salohiyatining o‘sishi uchun 
iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bir vaqtning o‘zida daromadning funksional taqsimlanishi 
yollanib mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining ijtimoiy maqomi bir tarzda (bir xilda) 
identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni fuqarolar o‘rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi.  
CHunki zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyati ijtimoiy maqomning 
aralashib (qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi. Unga ko‘ra, yollanma ishchilar qimmatli 
qog‘ozlarning turli ko‘rinishlarini egallab, kapitalning egasiga aylanishi, ko‘chmas mulkka 
ega bo‘lib, o‘zining biznesini tashkil qilishi mumkin.  
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni 
shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: 
-mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul shaklida) imkoniyatining 
mavjudligiga; 
-uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – uy xo‘jaligi a’zolari 
ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi va xokazo; 
-uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson kapitalidan 
foydalanishga; 
-uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga. 
Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu erda cheklanmalar 
(cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan variantlari majmuini belgilab (aniqlab) beradi.  
Ana shu nuqtai - nazardan uy xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional 
iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya qilinishi
YAkuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xo‘jaliklarida daromadlarni shakllantirish jarayoni prinsipial jihatdan muhim ahamiyatga ega. Daromadlar qancha katta (yuqori, ko‘p) bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng bo‘ladi. Moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi davr daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklarining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida (negizida) mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga nisbatan bo‘lgan mulkchilik daromadlarni funksional (birlamchi) taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xo‘jaliklari moliyaviy salohiyatining o‘sishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bir vaqtning o‘zida daromadning funksional taqsimlanishi yollanib mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining ijtimoiy maqomi bir tarzda (bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni fuqarolar o‘rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi. CHunki zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyati ijtimoiy maqomning aralashib (qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi. Unga ko‘ra, yollanma ishchilar qimmatli qog‘ozlarning turli ko‘rinishlarini egallab, kapitalning egasiga aylanishi, ko‘chmas mulkka ega bo‘lib, o‘zining biznesini tashkil qilishi mumkin. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: -mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul shaklida) imkoniyatining mavjudligiga; -uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – uy xo‘jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi va xokazo; -uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson kapitalidan foydalanishga; -uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga. Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu erda cheklanmalar (cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlari majmuini belgilab (aniqlab) beradi. Ana shu nuqtai - nazardan uy xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya qilinishi
 
 
mumkin: 
-hayotiy minimum byudjeti; 
-minimal iste’mol byudjeti; 
-optimal iste’mol byudjeti. 
Hayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi a’zolarining minimal, odatda, 
fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan oziq - ovqat va nooziq - ovqat tovarlari va 
xizmatlari to‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi. 
Minimal iste’mol byudjeti uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bo‘lgan 
ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan) darajasini 
ta’minlaydi. 
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi darajasida (doirasida) inson kapitalini 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat 
yaratadi. CHunki bu byudjet  insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham 
yuqoriroq (oliyroq) bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi.  
Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo‘lish (ajratish) 
mumkin: 
- o‘rtacha darajadagi etarlilik byudjeti; 
- yuqori darajadagi etarlilik byudjeti. 
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi  va uning umumiy hajmiga oid har 
qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi 
ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat  hayotiy minimumni 
qoplashga etadigan bo‘lsa, u holda  moliyaviy qarorlar uy xo‘jaligi iste’mol fondini 
minimallashtirishga va bir vaqtning o‘zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib 
topishga hamda hayot kechirishning (chidashning) moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z -
o‘zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda - chuyda 
savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Daromadlarning o‘sishi bilan iste’molning o‘lchami (hajmi) oshadi (o‘sadi, ortadi) va 
uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o‘sish sur’atlari 
daromadning o‘sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy 
adabiyotda J.M.Keyns tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. 
Moliyaviy qarorlarda bu uy xo‘jaligi iste’mol fondi va jamg‘armalar yo‘nalishini
mumkin: -hayotiy minimum byudjeti; -minimal iste’mol byudjeti; -optimal iste’mol byudjeti. Hayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan oziq - ovqat va nooziq - ovqat tovarlari va xizmatlari to‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi. Minimal iste’mol byudjeti uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan) darajasini ta’minlaydi. Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi darajasida (doirasida) inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. CHunki bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq (oliyroq) bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo‘lish (ajratish) mumkin: - o‘rtacha darajadagi etarlilik byudjeti; - yuqori darajadagi etarlilik byudjeti. Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi va uning umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga etadigan bo‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo‘jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o‘zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot kechirishning (chidashning) moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z - o‘zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda - chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Daromadlarning o‘sishi bilan iste’molning o‘lchami (hajmi) oshadi (o‘sadi, ortadi) va uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o‘sish sur’atlari daromadning o‘sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo‘jaligi iste’mol fondi va jamg‘armalar yo‘nalishini
 
 
optimallashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.  
Jamg‘ariladigan fondlarni (jamg‘armalarni) shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklarining 
moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi 
kerak: 
- ega bo‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning odatdagi darajasini saqlab 
turish uchun sug‘urta rezervlari yaratishning zarurligi; 
- uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish 
bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlar darajasini oshirish (ko‘paytirish) uchun pul 
rezervlarini yaratish kerakligi; 
- pensiya rezervlarining lozimligi; 
- 
uy 
xo‘jaligining 
daromadlilik 
darajasini 
oshirish 
maqsadida 
kelgusida 
investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi. 
Daromadlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda 
umumiqtisodiy o‘lchamlardan (parametrlardan) tashqari uy xo‘jaligining iste’mol va 
moliyaviy xatti - harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda ijtimoiy va psixologik 
jihatlar (aspektlar) muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi: 
- davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo‘lgan ishonch darajasi; 
- o‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti - harakat tajribasi va uning sub’yektiv 
bahosi; 
- asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish; 
- quyilmalarning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga egalik qilish. 
Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklari moliyaviy xatti-
harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari jamg‘arma strategiyalarining elementlari va turlarini 
(ko‘rinishlarini) ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Uy xo‘jaligining har qanday 
jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bo‘lgan uch komponetdan tarkib topadi: 
- jamg‘arish normasi (me’yori), ya’ni uy xo‘jaligi jami daromadining jamg‘arishga 
yo‘naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida jamg‘arishning amalga oshirilishi; 
- risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish o‘lchamlarini (parametrlarini) hisobga 
olgan holda investitsion instrumentni tanlash; 
- pul mablag‘larini quyish (joylashtirish) muddatlari. 
YUqoridagi (ko‘rsatkich)larning kombinatsiya qilinishi uy xo‘jaligining jamg‘arish
optimallashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamg‘ariladigan fondlarni (jamg‘armalarni) shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak: - ega bo‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug‘urta rezervlari yaratishning zarurligi; - uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlar darajasini oshirish (ko‘paytirish) uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi; - pensiya rezervlarining lozimligi; - uy xo‘jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi. Daromadlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda umumiqtisodiy o‘lchamlardan (parametrlardan) tashqari uy xo‘jaligining iste’mol va moliyaviy xatti - harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda ijtimoiy va psixologik jihatlar (aspektlar) muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi: - davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo‘lgan ishonch darajasi; - o‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti - harakat tajribasi va uning sub’yektiv bahosi; - asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish; - quyilmalarning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga egalik qilish. Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklari moliyaviy xatti- harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari jamg‘arma strategiyalarining elementlari va turlarini (ko‘rinishlarini) ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Uy xo‘jaligining har qanday jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bo‘lgan uch komponetdan tarkib topadi: - jamg‘arish normasi (me’yori), ya’ni uy xo‘jaligi jami daromadining jamg‘arishga yo‘naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida jamg‘arishning amalga oshirilishi; - risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish o‘lchamlarini (parametrlarini) hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash; - pul mablag‘larini quyish (joylashtirish) muddatlari. YUqoridagi (ko‘rsatkich)larning kombinatsiya qilinishi uy xo‘jaligining jamg‘arish
 
 
strategiyasini belgilab (aniqlab) beradi. Uning quyidagi turlari (ko‘rinishlari) bo‘lishi 
mumkin: 
-“0”li strategiya - jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha daromadlar joriy ehtiyojlarni 
qondirishga yo‘naltiriladi; 
-yuqori risk strategiyasi - quyilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy aktivlarga 
yo‘naltiriladi; 
- real strategiya - mablag‘lar past va bo‘lishi mumkin bo‘lgan riskli aktivlarga qo‘yiladi, 
risklar diversifikatsiya qilinadi. 
Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, shuningdek, bank tizimi 
va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Bunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank operatsiyalari, 
pensiya ta’minoti, sug‘urta ishi va shu kabilarning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi 
ham muhim rol o‘ynaydi.  
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida yaqinlashish 
tendensiyasi paydo bo‘layapti.  Bu  quyilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar 
portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xo‘jaliklari aktivlari portfelini 
diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg‘arish strategiyasining shakllanganligida 
namoyon bo‘lmoqda. 
 
3. Uy xo‘jaliklari daromadlari 
Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari 
summalari ularning daromadlari deyiladi.  Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon 
bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 
turli manbalardan tarkib (tashkil) topadi. 
Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarini ikki guruhga 
ajratish mumkin: 
-uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari; 
-uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari. 
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-o‘zini ta’minlashga 
mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi.  
Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
strategiyasini belgilab (aniqlab) beradi. Uning quyidagi turlari (ko‘rinishlari) bo‘lishi mumkin: -“0”li strategiya - jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriladi; -yuqori risk strategiyasi - quyilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy aktivlarga yo‘naltiriladi; - real strategiya - mablag‘lar past va bo‘lishi mumkin bo‘lgan riskli aktivlarga qo‘yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug‘urta ishi va shu kabilarning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida yaqinlashish tendensiyasi paydo bo‘layapti. Bu quyilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xo‘jaliklari aktivlari portfelini diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg‘arish strategiyasining shakllanganligida namoyon bo‘lmoqda. 3. Uy xo‘jaliklari daromadlari Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turli manbalardan tarkib (tashkil) topadi. Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarini ikki guruhga ajratish mumkin: -uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari; -uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari. Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-o‘zini ta’minlashga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
 
 
- shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan mahsulotlar; 
- uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan olingan 
natural to‘lovlar. 
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli bo‘yicha) uy 
xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi ijtimoiy transfertlarni va ish 
beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish 
mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan, bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini 
ta’minlash  funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo‘laolmaydi va ular pul 
mablag‘larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi. 
Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarida natural daromadlarning 
salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi.  SHunday bo‘lishiga qaramasdan, uning 
darajasi (salmog‘i) alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-liklari, 
demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin.  
SHu munosabat bilan qayd etish joizki, aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq 
aholisida natural daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bir 
vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar 
davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va xokazo) noqulay shart-sharoitlariga 
o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib hisoblanadi. 
Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul 
mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy 
etgan (rivojlangan) sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiychanligini 
ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi.  
Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari 
hisoblanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o‘lchanadi): 
-nominal daromadlar; 
-ega bo‘lingan daromadlar; 
-real daromadlar. 
Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari 
majmuining (to‘plamining) puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi. Bu ko‘rsatkich 
soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarni 
tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining YAIMdagi salmog‘i  har bir mamlakat
- shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan mahsulotlar; - uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan olingan natural to‘lovlar. Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi ijtimoiy transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan, bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo‘laolmaydi va ular pul mablag‘larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi. Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarida natural daromadlarning salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, uning darajasi (salmog‘i) alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. SHu munosabat bilan qayd etish joizki, aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va xokazo) noqulay shart-sharoitlariga o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib hisoblanadi. Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan (rivojlangan) sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiychanligini ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisoblanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o‘lchanadi): -nominal daromadlar; -ega bo‘lingan daromadlar; -real daromadlar. Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari majmuining (to‘plamining) puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi. Bu ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining YAIMdagi salmog‘i har bir mamlakat
 
 
milliy xo‘jaligining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning 
darajasi 65-75 foiz atrofida tebranadi.  
Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal 
daromadlar o‘rtasidagi farqni anglamoq  (ko‘ra bilmoq) lozim.  Ular bir-birlaridan shu davrda 
hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar, shuningdek, o‘tgan (oldingi) davrlar uchun 
qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar o‘lchamiga (miqdoriga, summasiga) 
farqlanadi. Ish haqi bo‘yicha  to‘lash muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo‘lishi 
o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy xo‘jaligining ixtiyorida 
qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xo‘jaligining ega bo‘lingan daromadi 
deyiladi.  
Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun mo‘ljallangan. YOppasiga (jamiga) 
o‘lchanishda (o‘lchanganda) ega bo‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi 
YAIMning tegishli qismiga mos  (teng) keladi. Uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining 
o‘sishi aholining moliyaviy imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab 
chiqarishni rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakat-
larda uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining YAIMdagi salmog‘i 70foizni tashkil 
etayapti. 
Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) ega bo‘lingan 
daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu ko‘rsatkich nominal 
daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi. Uning dinamikasi (o‘zgarishi) 
esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki  baholar 
indeksiga teskari bo‘lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Agar baholarning o‘sish sur’ati nominal ega bo‘lingan daromadlarning o‘sish 
tezligidan past bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi.  
Baholarning yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu narsa, 
o‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va  sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu 
jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning 
byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni ko‘rsatish
milliy xo‘jaligining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75 foiz atrofida tebranadi. Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o‘rtasidagi farqni anglamoq (ko‘ra bilmoq) lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar, shuningdek, o‘tgan (oldingi) davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar o‘lchamiga (miqdoriga, summasiga) farqlanadi. Ish haqi bo‘yicha to‘lash muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo‘lishi o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy xo‘jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xo‘jaligining ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun mo‘ljallangan. YOppasiga (jamiga) o‘lchanishda (o‘lchanganda) ega bo‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YAIMning tegishli qismiga mos (teng) keladi. Uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi aholining moliyaviy imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakat- larda uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining YAIMdagi salmog‘i 70foizni tashkil etayapti. Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) ega bo‘lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu ko‘rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi. Uning dinamikasi (o‘zgarishi) esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo‘lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar baholarning o‘sish sur’ati nominal ega bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan past bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu narsa, o‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni ko‘rsatish
 
 
mumkin: 
-mehnat haqi; 
-ijtimoiy to‘lanmalar; 
-tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; 
-mol-mulkdan keluvchi daromadlar. 
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab okladlari bo‘yicha ish haqining 
hisoblangan summalari; 
-rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar; 
-ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion to‘lanmalar; 
-mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar; 
-har yillik va qo‘shimcha  mehnat ta’tillarini to‘lashlar; 
-safar xarajatlari; 
-berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati; 
-va boshqalar. 
Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy o‘rinni 
egallaydi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan uy 
xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu mehnat 
munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo‘lgan sifat o‘zgarishlari bilan 
bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o‘rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning 
yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya 
sohasida) va daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining 
kengayishi) paydo bo‘ldi. 
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning 
etarli darajada samarali bo‘lmagan davlat siyosati, pinhona (xufyona) aylanmaning 
(iqtisodiyotning) o‘sishi mehnatga haq to‘lashning yashirin, rasmiy ravishda inobatga 
(hisobga) olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi.  
Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft - gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va 
qishloq xo‘jaligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik 
shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga 
nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo‘yicha ish haqining
mumkin: -mehnat haqi; -ijtimoiy to‘lanmalar; -tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; -mol-mulkdan keluvchi daromadlar. Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi: -bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab okladlari bo‘yicha ish haqining hisoblangan summalari; -rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar; -ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion to‘lanmalar; -mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar; -har yillik va qo‘shimcha mehnat ta’tillarini to‘lashlar; -safar xarajatlari; -berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati; -va boshqalar. Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy o‘rinni egallaydi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo‘lgan sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o‘rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bo‘ldi. Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning etarli darajada samarali bo‘lmagan davlat siyosati, pinhona (xufyona) aylanmaning (iqtisodiyotning) o‘sishi mehnatga haq to‘lashning yashirin, rasmiy ravishda inobatga (hisobga) olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft - gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xo‘jaligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo‘yicha ish haqining
 
 
tabaqalanishi o‘tkir muammoga aylangan. 
Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o‘rnatiladi (aniqlanadi) va 
uni davlat mehnatga haq to‘lashning minimal miqdori  (MHTMM) deb qayd etadi. 
MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar 
kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM 
tegishli byudjetlar hisobidan, boshqa sub’yektlar uchun esa ularning o‘z manbalari hisobidan 
ta’minlanadi. 
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda. 
Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga haq to‘lashning xodimlar 
malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog‘langanligi, markazdan turib 
byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash jarayoni ustidan to‘liq nazoratni amalga 
oshirishning iloji yo‘qligi va boshqalar) bog‘liqdir. 
Ijtimoiy to‘lanmalar (ijtimoiy transfertlar)  o‘zining ahamiyatiga ko‘ra uy xo‘jaliklari 
pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va 
asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish (tasniflarga ajratish, tasniflash) mumkin.  
Xususan, klassifikatsiya me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o‘tish maqsadga 
muvofiqdir: 
- iqtisodiy mazmuniga ko‘ra; 
- ijtimoiy to‘lanmalarning shakli bo‘yicha; 
- moliyalashtirish manbalariga ko‘ra. 
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ijtimoiy to‘lanmalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
- mehnat pensiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar - mehnat, ijtimoiy va harbiy 
pensiyalar; 
- ijtimoiy xarakterdagi (tavsifdagi) to‘lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola 
parvarishi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha); 
- individual foydalanish xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar-sog‘liqni saqlash, 
maorif, boshqa notijoriy tashkilotlar xizmatlarini to‘lash; 
- cheklangan harakatga ega bo‘lgan to‘lanmalar – ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, 
stipendiyalar. 
O‘zlarining shakli bo‘yicha ijtimoiy to‘lanmalar quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lishi 
mumkin:
tabaqalanishi o‘tkir muammoga aylangan. Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o‘rnatiladi (aniqlanadi) va uni davlat mehnatga haq to‘lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjetlar hisobidan, boshqa sub’yektlar uchun esa ularning o‘z manbalari hisobidan ta’minlanadi. Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga haq to‘lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog‘langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash jarayoni ustidan to‘liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo‘qligi va boshqalar) bog‘liqdir. Ijtimoiy to‘lanmalar (ijtimoiy transfertlar) o‘zining ahamiyatiga ko‘ra uy xo‘jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish (tasniflarga ajratish, tasniflash) mumkin. Xususan, klassifikatsiya me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o‘tish maqsadga muvofiqdir: - iqtisodiy mazmuniga ko‘ra; - ijtimoiy to‘lanmalarning shakli bo‘yicha; - moliyalashtirish manbalariga ko‘ra. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ijtimoiy to‘lanmalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: - mehnat pensiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar - mehnat, ijtimoiy va harbiy pensiyalar; - ijtimoiy xarakterdagi (tavsifdagi) to‘lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola parvarishi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha); - individual foydalanish xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar-sog‘liqni saqlash, maorif, boshqa notijoriy tashkilotlar xizmatlarini to‘lash; - cheklangan harakatga ega bo‘lgan to‘lanmalar – ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar. O‘zlarining shakli bo‘yicha ijtimoiy to‘lanmalar quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin:
 
 
- pensiyalar - mehnat, ijtimoiy va harbiy pensiyalar; 
- nafaqalar - kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi, ishsizlik bo‘yicha 
nafaqa va boshqalar; 
- stipendiyalar - oliy, o‘rta - maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o‘quvchilariga, aspirantlarga 
stipendiyalar; 
-imtiyozli to‘lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar - uy-joy - kommunal xizmatlariga, 
transport xizmatlari, sanatoriya - kurort davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash 
xizmatlarini to‘lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar; 
- sug‘urta qoplamalari - ko‘zda tutilmagan sabablar bo‘yicha sug‘urta hodisa ro‘y 
bergandagi to‘lanmalar; 
- moddiy yordam - ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko‘chib o‘tganlarga bir martalik 
to‘lanmalar va boshqalar. 
Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra ijtimoiy to‘lanma-larning quyidagi ko‘rinishlari 
bor: 
- barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar: 
respublika byudjetidan - urush ishtirokchilari va nogironlarini, jangovor harakatlar 
faxriylarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari; mintaqaviy va mahalliy 
byudjetlardan - mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qo‘shimchalar; 
- davlat maqsadli fondlarining byudjetlaridan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar: 
Pensiya fondining byudjeti hisobidan - mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va 
ularning oilalariga pensiyalar;  Ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan - vaqtinchalik 
mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va xokazo 
- korxonalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar-
pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va boshqalar; 
- kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan moliyalash-tiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar-
oilaviy holatlarga ko‘ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar.  
YAxlit olinganda uy xo‘jaliklari daromadlarining ijtimoiy to‘lanmalar ko‘rsatkichi 
pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, boshqa ijtimoiy va sug‘urta tushilmalarini o‘zida 
birlashtiradi. Ijtimoiy to‘lanmalarni moddiy -buyumlashgan tarkibiga ko‘ra uch ko‘rinishga 
ajratish mumkin:
- pensiyalar - mehnat, ijtimoiy va harbiy pensiyalar; - nafaqalar - kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa va boshqalar; - stipendiyalar - oliy, o‘rta - maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o‘quvchilariga, aspirantlarga stipendiyalar; -imtiyozli to‘lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar - uy-joy - kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriya - kurort davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to‘lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar; - sug‘urta qoplamalari - ko‘zda tutilmagan sabablar bo‘yicha sug‘urta hodisa ro‘y bergandagi to‘lanmalar; - moddiy yordam - ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko‘chib o‘tganlarga bir martalik to‘lanmalar va boshqalar. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra ijtimoiy to‘lanma-larning quyidagi ko‘rinishlari bor: - barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar: respublika byudjetidan - urush ishtirokchilari va nogironlarini, jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari; mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan - mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qo‘shimchalar; - davlat maqsadli fondlarining byudjetlaridan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan - mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiyalar; Ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan - vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va xokazo - korxonalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar- pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va boshqalar; - kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan moliyalash-tiriladigan ijtimoiy to‘lanmalar- oilaviy holatlarga ko‘ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar. YAxlit olinganda uy xo‘jaliklari daromadlarining ijtimoiy to‘lanmalar ko‘rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, boshqa ijtimoiy va sug‘urta tushilmalarini o‘zida birlashtiradi. Ijtimoiy to‘lanmalarni moddiy -buyumlashgan tarkibiga ko‘ra uch ko‘rinishga ajratish mumkin: