Uy xo‘jaliklari moliyasi (Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi)
Yuklangan vaqt
2024-12-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
193,0 KB
Uy xo‘jaliklari moliyasi (Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi)
Reja:
1.
Uy xo‘jaligining mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o‘rni. Oila
byudjeti.
2.
Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi. Uy xo‘jaliklari harajatlarining
tarkibi.
3.
Minimal iste’mol byudjetlari miqdorini belgilashda davlat kafolati.
Aholi daromadlarini indeksatsiyalash.
Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy
qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo‘jaliklarining
moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan
belgilanadi. Bir tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat,
yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi
va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini
shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va
xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor
talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat
yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish
orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to‘lovlari orqali esa
davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim)
rol o‘ynaydi.
Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar
to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq
kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan
tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi
(standarti) uy xo‘jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida)
birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini
to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda
xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda
(birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb
ta’riflaydi (aniqlaydi)1.
Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi” atamasining
“xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga
mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi” iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va
“oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida
ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan
ajratmoq (farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining
“oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan harakterga ega ekanligini qayd etib
o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli bo‘lgan joyda (binoda)
yashayotgan keksa ota-onalar uy xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi
bo‘la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining
uy xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k.
Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z ichiga olishi
yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining
iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy
omil bo‘la olmaydi. Buning ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga
xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan
belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan shaxslar
(kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining iste’molini mustaqil ravishda
ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi
1 Bu to‘g‘rida batafsil qarang: Finansovo-kreditniy ensiklopedicheskiy slovar / Pod obsh. red. A.G.Gryaznovoy. –
M.: 2002. s. 299.
mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy
birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
birgalikda (bir joyda) yashash;
umumiy byudjetning mavjudligi;
iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish
uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga
tegishli (oid) bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni
e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari
fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo‘lgan
iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi.
Iqtisodiy fanlarda sotsial-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir
xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy
kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu o‘rinda gap “uy
xo‘jaliklari moliyasi” kategoriyasining sotsial-iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida
ketayotir. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha
ta’rif ham berish mumkin: o‘zlarining sotsial-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy
xo‘jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag‘lari maqsadli
fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul
munosabatlarining majmui uy xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida va o‘zlariga
nisbatan tashqi bozor sub’ektlari sanalganlar bilan moliyaviy munosabatda bo‘ladi.
Shunga muvofiq ravishda uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy
munosabatlar majmuini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
ichki;
tashqi.
Uy xo‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida
zaruriy (kerak bo‘lgan) pul fondlarini (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini,
investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va h.k.) shakllantirish va
ulardan foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida vujudga
keladigan munosabatlar uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari
hisoblanadi.
Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy
sub’ektlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari orqali namoyon bo‘ladi. Korxonalar va
tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga
iqtisodiy resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo‘jaliklari
yaratilgan mahsulotning qiymatidan o‘z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak,
ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar. Bu
munosabatlar o‘zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda
aholi daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu narsa, o‘z
navbatida, iste’molning shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy tuzilmasiga, to‘lovga
layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish
funksiyasining amalga oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to‘g‘ridan-
to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi
(vujudga keladi) va ular byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va
ulardan
foydalanishdagi
munosabatlarni
ifodalaydi.
Uy
xo‘jaliklarining
daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish ob’ekti sifatida maydonga chiqadi va
demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir
vaqtning o‘zida soliqlar, pensiya tizimi, sotsial transfertlar orqali davlat moliyaviy
oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Uy
xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish
jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning
taqsimlanish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas.
Moliyaviy munosabatlarning bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada
reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini
shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida, ularni sarflashning
o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Shu bilan
birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi)
iste’molning o‘lchamiga (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan,
quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
soliqli tartibga solish (tartiblash);
mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash);
birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash);
imtiyozlar tizimi;
sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali sotsial
ta’minotni rivojlantirish;
va boshqalar.
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro) moliyaviy
munosabatlar
uy
xo‘jaliklari sektorining
ichida
moliyaviy
resurslarning
harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. Bu
yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga
solinuvchi hisoblanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish
mumkin:
fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;
iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar;
uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari;
uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa munosabatlar.
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari moliyaviy
munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan
munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida,
yordamida), bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank hisob varaqlarida joylashtirish
yoki ularni saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo‘yish
orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompaniyalari bilan
bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi sug‘urta fondlarini shakllantirish
va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi uchun uy
xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
taqsimlash;
takror ishlab chiqarish;
nazorat;
tartibga solish (tartiblash);
rag‘batlantirish;
sotsial.
Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini
doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va ma’lum
darajada ular o‘zlarining namoyon bo‘lishiga qarab moliyaning umumiy
funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin.
Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini oxirgi
bosqichgacha, ya’ni uy xo‘jaligining har bir a’zosigacha yetkazadi. Uy xo‘jaliklari
moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag‘lari
fondini shakllantirishni taqozo etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun
iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi.
Ma’lumki, uy xo‘jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog‘at yoshiga
yetmaganlar yoki yetgan bo‘lsa-da, turli sabablarga ko‘ra ishlamayotgan oila
a’zolari ham kiradi. Uy xo‘jaliklarining hissasiga to‘g‘ri kelgan milliy
daromadning bir qismi uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida
uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida u yoki bu nisbatlarda (proporsiyalarda)
taqsimlanadi. Uy xo‘jaliklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib,
har bir shaxsni (kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo‘lgan resurslar bilan
ta’minlab, oxir oqibatda, ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining
uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o‘rinda taqsimlash funksiyasining ta’sir ob’ekti uy
xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan (uy xo‘jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi.
Taqsimlash jarayonining sub’ektlari sifatida esa uy xo‘jaliklarining barcha
ishtirokchilari maydonga chiqadi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli shakllarda, jumladan,
investitsion-taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Uning bu
(investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan harakterlanadiki, uy xo‘jaliklari
iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslarni asosiy yetkazib beruvchilardan biri
hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi bu funksiya bajarilishining
moddiy asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik hollarda uy xo‘jaliklarining investitsion
funksiyasi
faqat
kapitallashtiriladigan
daromadlarning
salmog‘i,
ya’ni
daromadning jamg‘arma sifatida foydalaniladigani (mablag‘larni turli moliyaviy
institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish) bilan bog‘lanadi. Biroq
bunday yondoshuv bir tomonlamalik harakteriga ega. Haqiqatda esa, o‘z
navbatida, iste’mol salmog‘ining oshishi ham iqtisodiyotga investitsiyalarning
o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi.
Bir vaqtning o‘zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni
ishchi kuchi va shuningdek, uy xo‘jaliklarining pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi.
Bu yerda uy xo‘jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida
rol o‘ynaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari, harajatlari va jamg‘armalarining o‘sishi
jamiyatdagi takror ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari mustaqil xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaliklari a’zolarining turmush darajasi uning
hissasiga to‘g‘ri kelayotgan daromadning o‘lchamiga to‘liq bog‘liqdir. Turli
omillar ta’siri natijasida bu o‘lcham ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. Shuning
uchun ham iste’molning odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan
daromadlarning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi
ustidan nazoratsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuningdek, uy xo‘jaliklarining
farovonligini qo‘llab-quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish (rivojlantirish) uchun
ular byudjetlarining holatlari, ularga tegishli bo‘lgan daromadlarning taqsimlanishi,
daromad manbalarining dinamikasi ustidan nazorat ham ob’ektiv ravishda zarur.
Ana shularda uy xo‘jaliklari moliyasining nazorat funksiyasi o‘zini namoyon
etadi.
Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish (tartiblash) funksiyasining namoyon
bo‘lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq:
makroiqtisodiyot;
mikroiqtisodiyot.
Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi, bir
vaqtning o‘zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning (tartiblashning)
ob’ekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib
(tartiblab), davlat, eng avvalo:
bozor munosabatlariga xos bo‘lgan daromadlarni differensiatsiya qilish
(tabaqalashtirish) muammosining o‘tkirligini kamaytiradi;
aholi daromadlari manbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi
(o‘zgarishidagi) tendensiyalarni shakllan-tiradi;
iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi (tartiblaydi);
uy xo‘jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroiqtisodiy
yondoshuv
nuqtai-nazaridan
esa
uy
xo‘jaliklarining
iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o‘rtasidagi yetarli darajada murakkab bo‘lgan
munosabatlar kompleksiga asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar,
harakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining
xilma-xil darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, faqat uning
ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega
(yakdil) bo‘lsalargina, uy xo‘jaliklarining sog‘lom (normal) rivojlanishi sodir
bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy
manfaatlarini muvofiqlash-tirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu
yerda “ularni tartibga solish” deyilganda, uy xo‘jaligining bir a’zosiga to‘g‘ri
keladigan daromad bir qismining o‘zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak,
bundan uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyani – iqtisodiy birlik sifatida
uy xo‘jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo‘llab-
quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini – bajarishi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi turli shakl va
mazmunda o‘zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o‘z o‘sib boruvchi ehtiyojlarini
(ehtiyojlarning o‘sib borishi ob’ektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq
ravishda) qondirish uchun zarur bo‘lgan daromadlarni uy xo‘jaliklari tomonidan
oshirishga intilish tufayli namoyon bo‘ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy
xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga
asoslangan bo‘lmog‘i lozim.
Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi aholi real
daromadlarining
o‘sishiga
yo‘naltirilgan
ishlab
chiqarish
jarayonining
rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag‘batlantiruvchi moliya
mexanizmini (moliyaviy mexanizmni) yaratish orqali amalga oshiriladi.
Uy xo‘jaliklari moliyasi amal qilishining sotsial aspektlari (yo‘nalishlari,
jihatlari) unga tegishli bo‘lgan yuqoridagi barcha funksiyalarning tahlilida
kuzatiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, sotsial funksiyaning uy xo‘jaliklari
moliyasiga tegishli bo‘lgan alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda,
yetarli darajada asoslangan deb hisoblash mumkin. Chunki uy xo‘jaliklarining
daromadlari, harajatlari va jamg‘armalari aholi va uning alohida guruhlari sotsial-
iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik
jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shu ma’noda, uy xo‘jaliklari moliyasi
jamiyat barcha a’zolarining hayotiy ta’minlanish darajasini shakllantirish va
iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini
taqsimlashdagi
bog‘liqliklarni
ifodalaydi,
jamiyat
sotsial-iqtisodiy
stratifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy
indikatorlar (masalan, o‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keluvchi pul daromadlari, aholi
daromadlarining differensia-siyalanish (tabaqalanish) koeffitsiyenti, hayot ko‘rish
(yashash) minimumi, minimal ish haqi va boshqalar) taraqqiyot (rivojlanish)
sotsial-iqtisodiy dasturlarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat sotsial
siyosatining ishlab chiqilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatning
farovonlik darajasini baholashga imkon beradi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uy xo‘jaliklaridagi
moliyaviy munosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo‘lishi xilma-
xilligining to‘liqligi va ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga
bog‘liqdir.
2-savol bayoni. Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib
tushuvchi pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday
daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari
tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turli manbalardan tarkib
(tashkil) topadi.
Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarini ikki
guruhga ajratish mumkin:
uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-o‘zini ta’minlashga
mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo‘ladi. Ularning
tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olingan mahsulotlar;
uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi korxonalaridan
olingan natural to‘lovlar.
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining natural shakli
bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi sotsial
transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural
ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan,
bu mablag‘lar uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi
natural daromadlar bo‘laolmaydi va ular pul mablag‘larining defitsitligi sharoitida
kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat qiladi.
Umuman
olganda,
uy
xo‘jaliklarining
jami
daromadlarida
natural
daromadlarning salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni tashkil etadi. Shunday
bo‘lishiga qaramasdan, uning darajasi (salmog‘i) alohida olingan uy
xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-liklari, demografik va sotsial
tavsifnomalariga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan
qayd etish joizki, aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural
daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bir
vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan,
urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayon-larida va h.k.) noqulay
shart-sharoitlariga o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib
hisoblanadi.
Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul
mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari
taraqqiy etgan (rivojlangan) sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining
hayotiychanligini ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy
xo‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari
hisoblanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o‘lchanadi):
nominal daromadlar;
ega bo‘lingan daromadlar;
real daromadlar.
Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari
majmuining (to‘plamining) puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi. Bu
ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan
holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining
YAIMdagi salmog‘i har bir mamlakat milliy xo‘jaligining rivojlanish darajasiga
bog‘liq bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% atrofida
tebranadi. Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda
olingan nominal daromadlar o‘rtasidagi farqni anglamoq (ko‘ra bilmoq) lozim.
Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar,
shuningdek, o‘tgan (oldingi) davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida
olingan daromadlar o‘lchamiga (miqdoriga, summasiga) farqlanadi. Ish haqi
bo‘yicha to‘lash muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo‘lishi o‘tish
iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy xo‘jaligining
ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xo‘jaligining ega
bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun
mo‘ljallangan. Yoppasiga (jamiga) o‘lchanishda (o‘lchanganda) ega bo‘lingan
daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YAIMning tegishli qismiga mos
(teng) keladi. Uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi aholining
moliyaviy imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni
rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakat-
larda uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining YAIMdagi salmog‘i 70%ni
tashkil etayapti.
Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) ega
bo‘lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu
ko‘rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi.
Uning dinamikasi (o‘zgarishi) esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar va
iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo‘lgan pulning sotib
olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar
baholarning o‘sish sur’ati nominal ega bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan
past bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning
yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu narsa, o‘z
navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib
keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va
ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
mehnat haqi;
sotsial to‘lanmalar;
tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;
mol-mulkdan keluvchi daromadlar.
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:
bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab okladlari bo‘yicha ish
haqining hisoblangan summalari;
rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion
to‘lanmalar;
mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar;
har yillik va qo‘shimcha mehnat ta’tillarini to‘lashlar;
safar harajatlari;
berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati;
va boshqalar.
Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy
o‘rinni egallaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o‘tilishi
bilan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu
mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo‘lgan sifat
o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o‘rnini bosuvchi
va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi
yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari
(masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bo‘ldi.
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga
solishning yetarli darajada samarali bo‘lmagan davlat siyosati, pinhona (xufyona)
aylanmaning (iqtisodiyotning) o‘sishi mehnatga haq to‘lashning yashirin, rasmiy
ravishda inobatga (hisobga) olinmagan shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va
qishloq xo‘jaligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli
mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari
korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi
ancha past) bo‘yicha ish haqining tabaqalanishi o‘tkir muammoga aylangan.
Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o‘rnatiladi
(aniqlanadi) va uni davlat mehnatga haq to‘lashning minimal miqdori (MHTMM)
deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa
rag‘batlantiruvchi
to‘lanmalar
kiritilmaydi.
Byudjet
manbalari
hisobidan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjetlar hisobidan,
boshqa sub’ektlar uchun esa ularning o‘z manbalari hisobidan ta’minlanadi.
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hozirgi paytda isloh
qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga
haq to‘lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan
kuchsiz bog‘langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq
to‘lash jarayoni ustidan to‘liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo‘qligi va
boshqalar) bog‘liqdir.
Sotsial to‘lanmalar (sotsial transfertlar) o‘zining ahamiyatiga ko‘ra uy
xo‘jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Ularni turli belgilar va asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish (tasniflarga ajratish,
tasniflash) mumkin. Xususan, klassifikatsiya me’zonlari sifatida quyidagilarni
qayd etib o‘tish maqsadga muvofiqdir:
iqtisodiy mazmuniga ko‘ra;
sotsial to‘lanmalarning shakli bo‘yicha;
moliyalashtirish manbalariga ko‘ra.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra sotsial to‘lanmalarning quyidagi ko‘rinishlari
mavjud:
mehnat pensiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar - mehnat, sotsial va
harbiy pensiyalar;
sotsial harakterdagi (tavsifdagi) to‘lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga,
bola parvarishi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha);
individual foydalanish xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lanmalar –
sog‘liqni saqlash, maorif, boshqa notijoriy tashkilotlar xizmatlarini to‘lash;
cheklangan harakatga ega bo‘lgan to‘lanmalar – ishsizlik bo‘yicha nafaqalar,
stipendiyalar.
O‘zlarining shakli bo‘yicha sotsial to‘lanmalar quyidagi ko‘rinishlarga ega
bo‘lishi mumkin:
pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;
nafaqalar – kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi,
ishsizlik bo‘yicha nafaqa va boshqalar;
stipendiyalar – oliy, o‘rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o‘quvchilariga,
aspirantlarga stipendiyalar;
imtiyozli to‘lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy-kommunal
xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriya-kurort davolashlari va davolash
vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to‘lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va
boshqalar;
sug‘urta qoplamalari – ko‘zda tutilmagan sabablar bo‘yicha sug‘urta hodisa
ro‘y bergandagi to‘lanmalar;
moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko‘chib o‘tganlarga bir
martalik to‘lanmalar va boshqalar.
Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra sotsial to‘lanma-larning quyidagi
ko‘rinishlari bor:
barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan sotsial to‘lanmalar:
respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va nogironlarini, jangovor
harakatlar faxriylarini sotsial jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari; mintaqaviy va
mahalliy byudjetlardan – mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini sotsial
jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qo‘shimchalar;
davlat nobyudjet fondlarining byudjetlaridan moliyalashtiriladigan sotsial
to‘lanmalar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan – mehnat, sotsial pensiyalar,
harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiyalar; Sotsial sug‘urta fondi
mablag‘lari hisobidan – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun
nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k.
korxonalarning
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtiriladigan
sotsial
to‘lanmalar – pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik
nafaqalar va boshqalar;
kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan moliyalash-tiriladigan sotsial
to‘lanmalar – oilaviy holatlarga ko‘ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar.
Yaxlit olinganda uy xo‘jaliklari daromadlarining sotsial to‘lanmalar
ko‘rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, boshqa sotsial va sug‘urta
tushilmalarini o‘zida birlashtiradi. Sotsial to‘lanmalarni moddiy-buyumlashgan
tarkibiga ko‘ra uch ko‘rinishga ajratish mumkin:
pul mablag‘lari bilan yordamlashuv;
imtiyozlar;
natural ko‘rinishdagi yordam.
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng kamida
quyidagi uch vazifaning yechilishini ko‘zda tutadi:
imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o‘zgartirish (natural imtiyozlarni
pul kompensatsiyalari bilan almashtirish) va byudjet resurslarining cheklanganligi
uchun moliyalashtirilishining iloji bo‘lmagan ko‘plab imtiyozlarni bekor qilish;
ob’ektiv ravishda muhtoj bo‘lgan, kasbiy me’zonlari va alohida xizmatlari
belgilari bo‘yicha manzilli qo‘llab-quvvatlashga o‘tish;
sotsial qo‘llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini qattiq
(keskin) chegaralash.
Yuqorida
keltirilgan
vazifalarning
bajarilishi
sotsial
transfertlarni
(to‘lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga o‘tishning samarali
adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi.
Tadbirkorlik
faoliyatidan
olinadigan
daromadlar
uy
xo‘jaliklari
daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbatdagi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy biznesni yuritish va uy xo‘jaligida
to‘plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda
vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar
biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari
doirasida vujudga keladi.
Keyingi yillarda uy xo‘jaliklarining daromadlari tarkibida mulkdan
olinadigan daromadlarning salmog‘i oshib borayotir. Bunday daromadlar uy
xo‘jaliklarining mulkida bo‘lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish
aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat.
Bunda moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag‘larini bank
omonatlariga, qimmatli qlg‘ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga
joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan
olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan uy-joy binolari va yer
uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining mulkdan olinadigan
daromadlari quyidagi ko‘rinishlarda amal qiladi:
foizlar;
dividentlar;
rentalar.
Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, xususiy mulkchilik,
shu jumladan, yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik institutlarining rivojlanishi uy
xo‘jaliklari
daromadlarining
umumiy
summasida
mulkdan
olinadigan
daromadlarning yanada o‘sishiga olib kelishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va
dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda daromadlarning
tabaqalanishi (differensiatsiya qilinishi) juda ko‘p ob’ektiv va sub’ektiv omillar
ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ularning eng asosiylari quyidagilardir:
mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);
oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, o‘lchami (ko‘lami),
sotsial maqomi, jamg‘arilgan (to‘plangan) boyligi;
inson kapitaliga quyilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati, ularning
o‘sish salohiyati).
Farovonlikning umumiy darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarning
differensiatsiya qilinganligi (tabaqalangan-ligi) barcha mamlakatlar uchun xos.
Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishidagi notenglikni Jini koeffitsiyenti
(daromadlarning konsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol ko‘rsatadi. Uning umumiy
ko‘tarilishi (yuqoriligi) jamiyatning chuqur sotsial qatlamlarga bo‘linganligidan
darak beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o‘sishi, sotsial-iqtisodiy
rivojlanishda
barqaror
pozitiv
(ijobiy)
tendensiyalarning
shakllanishi,
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning samarali instrumentlari,
kambag‘allikni (qashshoqlikni) ogohlantirish mexanizmlari uy xo‘jaliklarida ega
bo‘lingan real pul daromadlarining o‘sishiga, daromadlarning notengligi
muammosini silliqlashtirishga (yumshatishga) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to‘lovlarni amalga oshirishga
va jamg‘arishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari uy xo‘jaliklari byudjetlarining
harajatlar qismini tashkil etib, ularning harajatlari deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda
uy xo‘jaliklarining harajatlari quyidagilar bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi:
davriylik nuqtai-nazaridan;
harajatlarning turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha;
harajatlarning funksional mo‘ljallanganlikka bog‘liq-ligiga ko‘ra;
majburiylik darajasi bo‘yicha;
to‘lovlarning avtonomlilik harakteriga ko‘ra;
iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirilayotgan real pul harajatlarining turlari
(ko‘rinishlari) bo‘yicha.
Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklarining harajatlari quyidagilarga
bo‘linadi:
qisqa muddatli harajatlar;
o‘rta muddatli harajatlar;
uzoq muddatli harajatlar.
Harajatlarning turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha uy xo‘jaliklarining harajatlari
quyidagilardan tarkib topadi:
joriy harajatlar;
kapital harajatlar.
Uy xo‘jaliklarining harajatlari funksional mo‘ljal-langanligiga ko‘ra
quyidagilardan iborat:
shaxsiy iste’mol harajatlari;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
pul to‘planmalari va jamg‘armalar.
Avtonomlilik harakteriga ko‘ra uy xo‘jaliklarining harajatlari ikkiga
bo‘linadi:
daromadlarning o‘lchamiga (ko‘lamiga) bog‘liq bo‘lmagan va hayotiy
minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy, qattiq) harajatlar;
daromadlarning dinamikasiga bog‘liq bo‘lgan elastik harajatlar.
Ayrim
hollarda
uy
xo‘jaliklari
harajatlarining
ana
shunday
klassifikatsiyalanishi doirasida kam elastikli harajatlar alohida guruhga ajratiladi
va uning tarkibiga uy-joy-kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini to‘lash
bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar kiritiladi.
Real pul harajatlarining turlari (ko‘rinishlari) bo‘yicha ham uy
xo‘jaliklarining harajatlari ikki guruhdan tashkil topadi:
iste’molga yo‘naltirilgan harajatlar;
jamg‘arishga yo‘naltirilgan harajatlar
Uy xo‘jaliklarining iste’molga yo‘naltirilgan harajatlari (iste’mol harajatlari)
ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf qilinadigan ega
bo‘lingan daromadning bir qismidan iborat. Iste’mol harajatlarining ko‘lami
quyidagilar bog‘liq:
ega bo‘lingan daromadga;
baholar darajasiga;
iste’molchilarning mol-mulklariga;
real foiz stavkalariga;
iste’mol bo‘yicha qarzdorlikning miqdoriga;
iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.
Uy xo‘jaliklari byudjetlaridagi iste’mol harajatlari sub’ektiv omillarga ham
ta’sirchan bo‘lib, ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish
mumkin:
iste’mol qilishga bo‘lgan intilishning chegarasi;
baholarning o‘zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi;
pul daromadlari;
soliqlar;
tovarlarning mavjudligi;
va boshqalar.
Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xo‘jaliklari byudjetlarining iste’mol
harajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:
birinchidan, iste’mol harajatlari yalpi mahsulot doiraviy aylanishi modelida
yalpi talab va yalpi harajatlarni tashkil qilishning eng katta qismi hisoblanadi;
ikkinchidan, uy xo‘jaliklari byudjetlarining iste’mol harajatlari qisqa
muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir
etish mumkin bo‘lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir.
Uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va
dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va harajatlari balansi
asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy ko‘rinishi quyidagicha
bo‘lishi mumkin (navbatdagi betga qarang):
Aholi pul daromadlari va harajatlari balansi
Daromadlar
Harajatlar va jamg‘armalar
1. Mehnatga haq to‘lash
2. Mehnat haqidan boshqa korxona
va tashkilotlardan olinadi-
gan yollanma ishchilarning
daromadlari
3. Dividentlar
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulot-
larini sotishdan olinadigan
tushumlar
5. Pensiya va nafaqalar
6. Stipendiyalar
1. Tovarlarni sotib olish va
xizmatlarni to‘lash
2. Majburiy to‘lovlar va
ixtiyoriy badallar:
a) soliqlar va yig‘imlar;
b) sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar;
v) jamoatchilik va kooperativ
tashkilotlarga badallar;
g) ssudalarni qaytarish;
d) lotereya chiptalarini sotib
olish;
7. Moliya tizimidan olinadigan
tushumlar (sug‘urta qoplama-
lari, omonatlarning foizla-
ri, lotereya yutuqlari va b.)
8. Xorijiy valyutani sotishdan
kelgan aholining daromadla-
ri
9. Boshqa tushumlar
a) komission magazinlar orqa-
li buyumlarni sotish
b) chiqindi ashyo, metallom va
boshqalarni sotish
10. O‘tkazmalar bo‘yicha olingan
Pullar
ye) tovar krediti uchun foizlar;
yo) pensiya fondlariga sug‘urta
badallari;
3. Omonatlar va qimmatli qog‘oz-
lardagi jamg‘armalarning
o‘sishi
4. Uy-joy binolarini sotib
olish
5. Xorijiy valyutani sotib
olish bo‘yicha aholi
harajatlari
6. O‘tkazmalar bo‘yicha
jo‘natilgan pullar
Jami
pul daromadlari
Jami pul harajatlari va
jamg‘armalar
Harajatlarning daromadlardan
oshishi
Daromadlarning harajatlardan
oshishi
Balans
Balans
Uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va
xizmatlarni to‘lash (iste’mol harajatlari) o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi
xizmatlarini to‘lash;
dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo‘llanmalar harajatlari va tibiy
xizmatlarni to‘lash;
kino, teatr va boshqa tamoshalar harajatlari;
passajir transportining barcha turlarini to‘lash harajatlari;
aloqa xizmatlarini to‘lash;
qolgan boshqa xizmatlarni to‘lash.
Majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo‘jaliklari byudjetlari
harajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu harajatlar, hozirgi sharoitda, o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lib, ular quyidagi omillar bilan bog‘langan:
birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kengayishi yakka tartibdagi
tadbirkorlarning xo‘jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq,
boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlarning ham kengashi (ko‘payishi) bilan
kuzatilmoqda;
ikkinchidan, sug‘urta tizimining rivojlanishi, notijoriy sektorning o‘sishi
(masalan, turli jamoatchilik tashkilotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir
tomondan, sug‘urta bo‘yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijoriy
tashkilotlarga ajratmalarni ko‘paytiradi;
uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivojlanishi uy xo‘jaliklari
byudjetlarining harajat-larida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bo‘yicha
foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi.
Sug‘urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xizmatlari amaliyotida
iste’mol krediti va u bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida
kelajakda uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlarining bu yo‘nalishlari faqat o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi
va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo‘jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga
sug‘urta badallari” harajatlar moddasining ham o‘sishiga olib keladi.
Uy xo‘jaliklari byudjetlari harajatlar qismining majburiy to‘lovlarida soliqlar
va yig‘imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining soliqqa
tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan,
davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning
daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat
qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli byudjetlari
darajalarida daromadlarning yetarli tushishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy
shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliqlar olingan daromadlardan ratsional
foydalanishni rag‘batlantirish va ularni shakllantirish yo‘llari bilan uy xo‘jaliklari
byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Uchinchidan, soliqlar
vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xo‘jaliklarining sotsial
muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol-
mulkidan (shu jumladan, yer solig‘i va yer uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa
majburiy to‘lovlar va yig‘imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy
shaxslardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig‘imlar) va davlat bojlarini to‘laydi.
Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va
harajatlarining balansida majburiy to‘lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri
(bilvosita) soliqlar ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar,
qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida
bo‘lib, ular tovar sotib olinayotganda to‘lanadi. Tovarlar bahosining darajasini
faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim to‘g‘ri (bevosita)
soliqlar (yagona sotsial soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq,
tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular
ham qisman yoki to‘liq tovarlar bahosi orqali kompensatsiya qilinadi.
Aholi daromadlari va harajatlari balansi harajatlar qismining boshqa
moddalari (“omonatlar va qimmatli qog‘ozlardagi jamg‘armalarning o‘sishi”,
“xorijiy valyutalarni sotib olish bo‘yicha aholi harajatlari” va boshqalar)
jamg‘arish jarayoni doirasida uy xo‘jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks
ettiradi.
3-savol bayoni. Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand
oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarning natijadorligini
oshirish va bunda aholining maqsadli guruhini aniqlash bo‘yicha vazifalar aniq bir
mezon va uslubiy yondashuvlarning ishlab chiqilishini talab etadi.
O‘z navbatida, ushbu uslubiy yondashuv va bazani shakllantirish aholining
turmush sharoiti va ijtimoiy holatini bevosita o‘zida aks ettiruvchi, ya’ni ularning
iste’mol tarkibi va xususiyatlari bo‘yicha real holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni
hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan
kelib
chiqib,
xususan,
mamlakatimizda
aholining
kambag‘al qatlamini aniqlash uslubini amaliyotga joriy etish va takomillashtirib
borish, shuningdek, «Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish
hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» 2021 yil 11 avgustdagi PF-6277-son Farmonlari ijrosini ta’minlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 yildagi
544-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi tomonidan Jahon bankining texnik ko‘magi asosida minimal
iste’mol harajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari tayyorlandi.
2022 yildan boshlab, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali
oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qo‘llaniladigan va jon boshiga
to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol harajatlariga
tenglashtiriladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi har yili avgust oyiga qadar minimal iste’mol harajatlari qiymatining
prognoz parametrlarini inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblaydi.
Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
bilan birgalikda minimal iste’mol harajatlari qiymatining prognoz ko‘rsatkichlarini
kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti harajatlari
parametrlarini shakllantirishda inobatga oladi.
Davlat statistika qo‘mitasi minimal iste’mol harajatlari va kambag‘allik
darajasini har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi
yilning 20 yanvariga qadar e’lon qilib boradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika
qo‘mitasi, Moliya vazirligi xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, minimal iste’mol
harajatlari tarkibini respublika iqtisodiyotining rivojlanishi hamda aholi daromad
va harajatlarining o‘zgarishini inobatga olgan holda kamida har 5 yilda qayta
ko‘rib chiqadi.
Yuqoridagi Qaror asosida Aholining minimal iste’mol harajatlari qiymati va
kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil uchun
hisoblangan minimal iste’mol harajatlari miqdorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bir
kishi uchun minimal iste’mol harajatlarining yangi miqdori 13,2 foizga oshib, 498
mingni tashkil etdi.
O‘zbekistonda dastlabki hisoblangan minimal iste’mol harajatlari 2021 yil
narxlarida 440 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning may oyida e’lon qilingan.
Qo‘mitaning qayd etishicha, yangi hisoblangan minimal iste’mol harajatlari
miqdori respublikaning barcha hududlarida 10,6 ming uy xo‘jaliklari o‘rtasida
o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga asoslangan. Mazkur hisob-kitoblarga muvofiq, eng
kam daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklarida kunlik iste’mol qilinadigan oziq-
ovqat va zarur nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol
harajatlari bir oyda kishi boshiga 498 ming so‘mni tashkil etadi.
Ma’lum qilinishicha, jahon tajribasida, shu jumladan O‘zbekistonda, minimal
iste’mol
harajatlari
kambag‘allik
chegarasi hisoblanadi hamda
mazkur
ko‘rsatkichdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kam
ta’minlangan oilalarga ko‘rsatiladigan moddiy yordam miqdorini belgilash;
davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamga muhtoj aholining
maqsadli guruhini aniqlash;
mamlakatda kambag‘allik chegarasini belgilash;
kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan
vazifa
va chora-tadbirlarning
natijadorligi
hamda
manzilliligini
oshirish,
shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish.
Minimal iste’mol harajatlarining oshirilishi ortidan quyidagi turdagi pensiya
va nafaqalar miqdorlari ham kamida shu summaga yetkazilishi kutilmoqda:
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga
qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga
qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori.
Nizom BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi,
Jahon banki, FAO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan minimal iste’mol
harajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash bo‘yicha berilgan
tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan.
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kambag‘allik — aholi iqtisodiy imkoniyatlarining hayot kechirish uchun zarur
minimal ehtiyojlarini qondirishiga yetarli darajada bo‘lmasligi;
kambag‘allik chegarasi — aholining real harajatlari tarkibidan kelib chiqib
hisoblanadigan bir kishi uchun minimal iste’mol harajatlari qiymati;
minimal iste’mol harajatlari (keyingi o‘rinlarda — minimal harajatlar) — uy
xo‘jaliklarining real iste’mol qiymatlari va tarkibini o‘rganish asosida ularning
sog‘lom hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat
mahsulotlar hamda xizmatlar uchun minimal harajatlarning hisoblangan qiymati;
minimal kilokaloriya — inson organizmining hayot faoliyatini ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan minimal energiyaviy qiymat;
protsentil — so‘rovda ishtirok etgan uy xo‘jaliklarini jon boshiga nisbatan
jami harajatlarga ko‘ra 1 foizlik guruhlarga ajratish;
real iste’mol qiymati — so‘rovnomada uy xo‘jaligi tomonidan tovar va
xizmatlar uchun amalga oshirilgan harajatlarning puldagi ifodasi;
target guruhi — so‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar orasidan iste’mol
xususiyatiga ko‘ra ajratib olingan kichik guruh;
uy xo‘jaligi — ma’lum bir uy-joyda birga yashovchi, daromadlarini to‘liq
yoki qisman birlashtirgan holda umumiy ro‘zg‘or yurituvchi kishilar guruhi. Bunda
uy xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida qarindoshlik aloqalari bo‘lishi shart emas;
uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi — uy xo‘jaligi byudjetining shakllanishi va
taqsimlanishini aniqlash hamda ularning hayot darajasini kuzatishga yo‘naltirilgan
tanlanma so‘rov usuli;
Engel koeffitsiyenti — uy xo‘jaligining jami harajatlari tarkibida oziq-ovqat
mahsulotlari qiymatining ulushi.
Ushbu Nizom minimal iste’mol harajatlarining uy xo‘jaliklari tanlama
kuzatuvi natijalari asosida aholining real iste’moli tarkibidan kelib chiqib, statistik
usul orqali hisoblashga mo‘ljallangan.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida aholi minimal harajatlari va
kambag‘allik chegarasini hisoblashda bir xil uslubiy yondashuvni ta’minlaydi.
Minimal harajatlar qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblashda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga
oshiriladigan uy xo‘jaligi tanlanma kuzatuvi natijalari asosida shakllanadigan aholi
iste’moli, daromad miqdori va tarkibi;
uy xo‘jaliklari iste’molining kilokaloriyadagi qiymatini aniqlash uchun oziq-
ovqat
mahsulotlarining
energiyaviy
qiymati
to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan
foydalaniladi.
Minimal harajatlar qiymati quyidagi tamoyillarga asoslanib hisoblanadi:
aholi tanlovi va moliyaviy imkoniyatlari kabi iste’mol tarkibiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarning inobatga olinganligi;
aholi oziq-ovqat mahsulotlari iste’moliga sarflagan amaldagi harajatlarning
e’tiborga olinganligi;
aholining real talabidan kelib chiqib hamda demografik holatning o‘ziga
xosligini inobatga olgan holda, nooziq-ovqat mahsulotlari turlari va tarkibining
inobatga olinganligi;
aholining zarur xizmatlar harajatlari qiymatini hisoblashda davlat tomonidan
ko‘rsatilayotgan bepul xizmatlarning e’tiborga olinganligi;
minimal harajatlar qiymati aholi real iste’moli tarkibidan kelib chiqqanligi
sababli ularda boqimandalik kayfiyatini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
minimal harajatlar qiymatini aholi bilan bevosita so‘rov o‘tkazish orqali
aniqlanishi.
Minimal harajatlarni hisoblash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan joylarga chiqqan
holda uy xo‘jaliklarining iste’moli, daromadi va yashash sharoitini inobatga
oluvchi so‘rovnoma o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqichda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uy xo‘jaliklari kesimida
iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar
qiymati real iste’mol qiymatidan kelib chiqib, target guruhi uchun respublika
o‘rtacha narxlarida hisoblab chiqiladi;
uchinchi bosqichda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uy xo‘jaliklarining aholi
jon boshiga iste’mol hajmidan kelib chiqib, o‘sish tartibida desillarga (10 foizlik
guruh) bo‘linadi va eng kam iste’molga ega bo‘lgan birinchi uch guruhdagi uy
xo‘jaliklari (target guruhi) ajratib olinadi;
to‘rtinchi bosqichda, kambag‘al aholining oziq-ovqat mahsulotlari harajati
asosida bir kilokaloriyaga sarflangan qiymat aniqlanadi;
beshinchi bosqichda, bir kilokaloriya qiymati Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti taklif etgan energiya qiymatiga (2 200 kkal) ko‘paytirilib, minimal oziq-
ovqat harajatlari aniqlanadi;
oltinchi bosqichda, target guruhining umumiy harajatlaridagi oziq-ovqat
mahsuloti ulushi aniqlanadi;
ettinchi bosqichda, minimal oziq-ovqat harajatlarini Engel koeffitsiyentiga
bo‘lish orqali bir kishi uchun minimal harajatlar aniqlanadi.
Uy xo‘jaliklari tomonidan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va
xizmatlarga sarflangan iste’mol harajatlari qiymati real iste’mol narxlaridan kelib
chiqib, respublika o‘rtacha narxlariga o‘tkaziladi.
Mn = mn * Hn, bunda:
Mn— uy xo‘jaligi tomonidan n turdagi mahsulot iste’moliga sarflangan
harajatlarning target guruhi uchun o‘rtacha respublika narxlaridagi qiymati;
mn — uy xo‘jaligi tomonidan n turdagi mahsulot iste’moli miqdori (kg, litr,
dona va boshqalar);
H — n turdagi mahsulotning real iste’mol narxlarining o‘rtacha respublika
narxi.
Misol uchun, uy xo‘jaligi bir oyda 5 kg kartoshka iste’mol qilsa, bunda ushbu
mahsulotning respublikadagi o‘rtacha yillik narxi 4500 so‘mni tashkil etsa, bu
holda:
5 kg *4500 so‘m/kg =22 500 so‘m.
Uy xo‘jaligi tomonidan iste’mol qilingan oziq-ovqat, nooziq-ovqat
mahsulotlari va xizmatlarning yig‘indisi orqali uy xo‘jaligi jami o‘rtacha oylik
iste’mol harajatlari qiymati aniqlanadi.
JIm=OXm+HOXm+XXm, bunda:
JIm — m uy xo‘jaligining jami iste’mol harajatlari qiymati;
OXm — m uy xo‘jaligining oziq-ovqat mahsulotlariga sarflagan jami
harajatlari qiymati;
HOXm — m uy xo‘jaligining nooziq-ovqat mahsulotlariga sarflagan jami
harajatlari qiymati;
XXm — m uy xo‘jaligining xizmatlarga sarflagan jami harajatlari qiymati.
Har bir uy xo‘jaligi jami iste’mol harajatlari qiymatini uning a’zolari soniga
bo‘lish orqali aholi jon boshiga jami iste’mol harajatlari qiymati aniqlanadi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi jami iste’mol harajatlari qiymatiga ko‘ra uy
xo‘jaliklari tartiblanadi va protsentillarga bo‘linadi.
Uy xo‘jaliklarining oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli miqdoridan (kg, litr,
dona va boshqalar) kelib chiqib, oziq-ovqat iste’molining jami kilokaloriya qiymati
aniqlanadi.
Uy xo‘jaliklari oziq-ovqat iste’molining bir kilokaloriya qiymati quyidagicha
aniqlanadi:
1kkal— uy xo‘jaligi iste’mol qilgan 1 kilokaloriyaning qiymati;
OXk — m uy xo‘jaligining iste’mol qilgan oziq-ovqat harajatlari;
IKk — m uy xo‘jaligi iste’mol qilgan kilokaloriya miqdori;
Masalan, 5 kishidan iborat uy xo‘jaligi kunlik oziq-ovqat iste’moli uchun
kuniga 11 750 kkal va mahsulot uchun 53 463 so‘m sarflangan bo‘lsa, u holda 1
kkal narxi quyidagicha hisoblanadi:
Target guruhida bir kishi uchun o‘rtacha bir kilokaloriya qiymatini kunlik
minimal
kilokaloriyaga
ko‘paytirish
orqali
kunlik
minimal
oziq-ovqat
harajatlarining qiymati aniqlanadi:
MOX = 1kkal * Nkkall, bunda
MOX — kunlik minimal oziq-ovqat harajatlari qiymati;
Nkkal — bir kishi uchun kunlik minimal kilokaloriya.
Kunlik minimal oziq-ovqat harajatlari qiymatini 30,41 ga (365/12)
ko‘paytirish orqali mazkur ko‘rsatkichning o‘rtacha oylik qiymati aniqlanadi.
Masalan, agar bir kilokaloriya narxi 4,6 so‘m va bir kishi uchun kunlik
minimal kilokaloriya 2 200 ga teng bo‘lsa, o‘rtacha oylik minimal oziq-ovqat
harajatlari qiymati quyidagicha aniqlanadi:
MOX=4,6*2200*30,41=304 404 so‘m.
Uy
xo‘jaligining
o‘rtacha
oylik
jon
boshiga
nisbatan
oziq-ovqat
mahsulotlariga sarflangan harajatlarining umumiy harajatlardagi ulushini aniqlash
orqali har bir uy xo‘jaligining Engel koeffitsiyenti hisoblanadi.
Engm— Engel koeffitsiyenti;
— m uy xo‘jaligining aholi jon boshiga jami oziq-ovqat harajatlari
qiymati;
— m uy xo‘jaligining aholi jon boshiga jami harajatlari qiymati.
Masalan, agar uy xo‘jaligining jami iste’moli tarkibida oziq-ovqat harajatlari
304 404 so‘m, jami harajatlari 439 860 so‘m bo‘lsa, u holda quyidagicha
hisoblanadi:
Minimal oziq-ovqat harajatlari qiymatini Engel koeffitsiyentining o‘rtacha
miqdoriga bo‘lish orqali bir kishi uchun o‘rtacha oylik minimal harajatlar qiymati
aniqlanadi.
Masalan, tanlangan guruh bo‘yicha o‘rtacha Engel koeffitsiyenti 69 foiz,
minimal oziq-ovqat harajatlari 304 404 so‘m bo‘lsa, u holda:
Minimal harajatlar hisoblangan yil bazaviy yil bo‘lib, kelgusi yil uchun
minimal harajatlar oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari
darajasidan kelib chiqib, indeksatsiya qilib boriladi.
Bunda iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat
mahsulotlari va xizmatlarning narxlari o‘zgarishi va ularning minimal
harajatlardagi ulushlari ko‘paytmasining yig‘indisi orqali minimal harajatlardagi
narxlar o‘zgarishi hisoblanadi.
MXinf — minimal harajatlardagi narxlar o‘zgarishi;
MOXind— minimal oziq-ovqat harajatlarining minimal harajatlardagi ulushi;
Inf00 — iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining
o‘zgarishi;
HOXind— minimal harajatlar tarkibida nooziq-ovqat mahsulotlarining ulushi;
Infno— iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi nooziq-ovqat mahsulotlari
narxining o‘zgarishi;
XXind— minimal harajatlar tarkibida xizmatlarning ulushi;
Infxiz— iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi xizmatlar narxining o‘zgarishi.
Minimal harajatlardagi narxlar o‘zgarishini o‘tgan davrdagi minimal
harajatlar qiymatiga ko‘paytirish orqali hisobot davrida minimal harajatlar qiymati
aniqlanadi.
MXt=MXt-1*MXinf
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi
“Minimal iste’mol harajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish
to‘g‘risida”gi 544-son qaroriga asosan 2021 yilda respublikaning barcha
hududlarida 10,6 ming uy xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari
asosida minimal iste’mol harajatlari qiymati hisoblandi.
Bunda, xalqaro uslubiyotdan kelib chiqib, minimal iste’mol harajatlarni
hisoblashda so‘rovnomada ishtirok etgan uy xo‘jaliklari harajatlari miqdori
bo‘yicha o‘nta guruhga ajratilib, ushbu oilalar orasidan eng kam harajat
(daromad)ga ega bo‘lgan 30 foiz uy xo‘jaliklari ajratib olindi.
So‘rovnoma asosida mazkur uy xo‘jaliklarida jon boshiga kunlik iste’mol
qilinadigan oziq-ovqat (2200
kkal)
va
zarur
bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlar
hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol harajatlar bir oyda kishi boshiga 498
ming so‘mni tashkil etishi hisob-kitob qilindi.
Ma’lumki, 2020 yilda 5,4 ming uy xo‘jaligi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
yakuni bo‘yicha dastlabki hisoblangan minimal iste’mol harajatlari 2021 yil
narxlarida 440 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning may oyida e’lon qilingan.
Jahon tajribasida minimal iste’mol harajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik
chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:
davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining
maqsadli (target) guruhini aniqlash;
mamlakat kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target
guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan
vazifa va chora -tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish,
shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash,
shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy
ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.